Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.06.2003 yildagi 237-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANDIJON—TOShKENT—NUKUS—QOʻNGʻIROT—BEYNOV AVTOMAGISTRALI QURILIShIDA YOʻL IShLARINI TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon—Toshkent—Nukus—Qoʻngʻirot—Beynov tezyurar avtomagistrali qurilishida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish va yoʻl xoʻjaligi infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi “Taxiatosh don” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Sihatgoh” sogʻlomlashtirish maskanini hamda bolalar bogʻchasini tegishli ravishda “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni va Taxiatosh shahar hokimligi tasarrufiga tekin oʻtkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining “Taxiatosh don” aksiyadorlik jamiyati koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni belgilangan tartibda balansdan balansga oʻtkazsin, “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni va Taxiatosh shahar hokimligi tegishli ravishda qabul qilib olsinlar va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qaroriga 4-ilova (Tugatiladigan va sotiladigan obyektlar roʻyxati)dan 1-band chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237-son