08.07.2024 yildagi 392-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahrida Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash, bu borada Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi, “El-yurt hurmati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibasi Lola Murotova tomonidan yaratilgan boy tajribani yoshlarga yetkazish orqali qishloq xoʻjaligi sohasida professional va oliy taʼlimning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligining Fargʻona shahrida Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabini (keyingi oʻrinlarda — Maktab) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Maktab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat professional taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda uning faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Maktabga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinf bitiruvchilari belgilangan tartibda oʻqishga qabul qilinadi va oʻquv jarayoni boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Maktabda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlmagan “Fermerlar maktabi” tashkil etiladi hamda buyurtmachilar mablagʻlari hisobidan fermerlar malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini boshqarish, shu jumladan, dars jadvali, oʻquvchilar baholarini qayd qilish, pedagog kadrlar oʻquv yuklamalarini belgilash va guruh jurnallarini yuritish toʻliq raqamlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili 1-iyunga qadar Fargʻona viloyati hokimligining taklifi asosida Maktabga oʻquvchilarni qabul qilish parametrlarini belgilangan tartibda shakllantirsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻquvchilarni qabul qilish parametrlariga mos ravishda yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish hamda soha tashkilotlarida stajirovkadan oʻtkazish ishlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda muntazam ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9-sinf bitiruvchilarini qishloq xoʻjaligi sohasidagi kasblarga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Maktabda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi doirasida “Germaniya tajribasi” asosida oʻquvchilarni qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini sifatli tashkil etish va metodik yordam koʻrsatish uchun Fargʻona davlat universiteti biriktirilsin, bunda universitet har oʻquv yili yakuni boʻyicha kadrlar tayyorlash ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Maktabni oʻqitiladigan fanlar boʻyicha yangi oʻquv adabiyotlari va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bir oy muddatda Maktabning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Maktabni joriy saqlash, uning faoliyat yuritishini, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari 2024-yilda Fargʻona viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2024-yilda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan Maktabga qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish uchun Fargʻona viloyati mahalliy budjetiga tegishli mablagʻlarni ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fargʻona viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Maktabni mos binoga joylashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Maktab uchun zarur boʻladigan qishloq xoʻjaligi texnikalari budjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabga qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish beruvchilar biriktirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchilari amaliyoti ishlab chiqarish tashkilotlarida tashkil etilishiga hamda keyinchalik ularni ishga joylashtirishga har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2024-y., 09/24/392/0483-son)