Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-son qaroriga
ILOVA
48-ILOVA
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Avtotransport vositasida xavfli yuklarni tashish |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi) |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) Ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, yashash manzili, telefon raqami; transport vositasi va (yoki) tirkamasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, turi (kuzov-sisternali, konteyner-sisterna), davlat raqami belgilari, transport vositalari va (yoki) tirkamalarining oxirgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilgan sanasi. b) Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: avtotransport vositasida tashiladigan xavfli yukning nomi, BMT roʻyxati boʻyicha moddaning tartib raqami, sinfi, kichik sinfi va kodi hamda uning hajmi va vazni toʻgʻrisida maʼlumot; avtotransport vositasi va (yoki) tirkamalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxasi; transport vositasining bir martalik texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Yigʻim undirilmaydi. |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: |
Yigʻim undirilmaydi. |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddati: |
10 ish kuni. |
|
9. |
Ruxsat etishga doir talab va shartlar: |
a) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-yanvardagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalariga rioya qilish; b) yonilgʻi baki akkumulyator batareyasidan uzoqlikda yoki undan oʻtib boʻlmaydigan toʻsiq bilan ajratilgan boʻlishi, shuningdek dvigatel, elektr simlari va tutun chiqaradigan quvurdan uzoqda boʻlishi hamda bakdan yoqilgʻi oqqanda tashilayotgan xavfli yukka tushmasdan bevosita yerga quyiladigan tarzda joylashgan boʻlishi kerak. Bak, bundan tashqari tubi va yonlaridan himoyaga (gʻilofga) ega boʻlishi kerak. Yonilgʻi dvigatelga oʻz-oʻzidan berilmasligi kerak; v) avtotransport vositasidan 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashish uchun bir marta foydalanilgan taqdirda glushitelning chiqarish trubasi chiqish oʻyigʻiga alangani oʻchiruvchi toʻr oʻrnatilishi lozim; g) 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashiydigan vositalarning elektr uskunalari quyidagi talablarni qondirishi kerak: elektr uskunasining nominal kuchlanishi 24 voltdan ortiq boʻlmasligi kerak; elektr simi korroziyaga uchramaydigan choksiz qobiq bilan himoyalangan simlardan iborat boʻlishi hamda uning qizib ketishini toʻliq oldini oladigan tarzda hisoblab chiqilgan boʻlishi kerak; elektr tarmogʻi yumshoq predoxranitellar (zavodda tayyorlangan) yoki avtomatik viklyuchatellar yordamida oshirilgan yuklamadan saqlangan boʻlishi kerak; elektr oʻtkazma ishonchli izolyatsiyaga ega boʻlishi, mustahkam mahkamlanishi va avtotransport vositasining konstruktiv qismlariga urilish va yorilishlaridan zarar koʻrmaydigan tarzda joylashtirilishi hamda sovutish tizimidan ajralib chiqqan issiqlikdan va ishlatilgan gazlardan himoyalangan boʻlishi kerak; agar akkumulyatorlar dvigatel kapoti ostiga joylashtirilmagan boʻlsa, u holda ular izolyatsiyalovchi ichki devorlar bilan ekvivalent mustahkamlikda metalldan yoki boshqa materialdan ventilyatsiya qilinadigan boʻlmada boʻlishi kerak; avtotransport vositasi akkumulyatorni elektr zanjiridan ikki polosali viklyuchatel (yoki boshqa vosita) yordamida ajratish uchun moslangan boʻlishi kerak, u imkoni boricha akkumulyatorga yaqin joyda boʻlishi kerak. Viklyuchatelni boshqarish – toʻgʻridan-toʻgʻri yoki masofadan turib boshqarish privodi ham haydovchining kabinasidan, ham avtotransport vositasining tashqarisida boʻlishi kerak. U oson topilishi va farq qiladigan belgi bilan belgilanishi kerak. Viklyuchatel ishlab turgan dvigatelda elektr zanjirining xavfli ortiqcha yuklamasini keltirib chiqarmasdan uning kontakti ishlayotgan dvigatelda ulanadigan tarzda boʻlishi kerak. rezbali sokolga ega boʻlgan lampalardan foydalanish taqiqlanadi. Avtotransport kuzovlarining ichida tashqi elektr simlar tarmogʻi boʻlmasligi kerak, kuzov ichidagi yoritish elektr lampalari mustahkam toʻsuvchi toʻr yoki panjaraga ega boʻlishi kerak; d) avtotransport vositalari uchqunga xavfsiz boʻlgan materialdan 200 mm uzunlikdagi yerga tegib turadigan metall zanjir va toʻxtash joyida statistik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoya qilish uchun metall shtir bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Neft mahsulotlari tashiydigan avtotsisternalar kamida 2,5 mm kesimli va neft mahsulotlarini oqizish va quyishda yerga ulanish uchun kamida 20 mm uzunlikdagi egiluvchan koʻp tomirli sim bilan jihozlangan boʻlishi kerak. g) “Furgon” tipidagi kuzovli avtotransport vositasida kuzov toʻliq yopiq boʻlishi, mustahkam boʻlishi, tirqishlari boʻlmasligi hamda tashilayotgan xavfli yukning xossasiga qarab tegishli ventilyatsiya tizimi bilan jihozlanishi kerak. Ichki qoplash uchun uchqun chiqarmaydigan materiallardan foydalaniladi, yogʻoch materiallar oʻtga chidamli modda bilan qoplanishi kerak. Eshiklar yoki eshikka qulf solingan boʻlishi kerak. Eshik yoki eshiklar konstruksiyasi kuzovning qattiqligini pasaytirmasligi kerak. Ochiq kuzovlarni qoplash uchun brezentdan foydalanilgan hollarda, u oʻt olishi qiyin boʻlgan va suv oʻtkazmaydigan matodan tayyorlanishi va bortni ular darajasidan 200 mm yopishi hamda zapor moslamali metall reykalar yoki zanjirlar bilan mahkamlanishi kerak; j) avtotransport vositasida orqa tomonda butun sisternada kenglikda zarbalardan yetarli darajada saqlaydigan bamper boʻlishi kerak. Sisternaning orqa devori bilan bamperning orqa qismi oʻrtasidagi masofa kamida 100 mm ni tashkil etishi kerak (ushbu masofa sisterna devorining chet orqa nuqtasidan boshlab yoki tashilayotgan moddaga tegib turgan chiqib turuvchi armaturadan boshlab oʻlchanadi); l) quvurlar va rezervuarning yuqori qismiga oʻrnatilgan sisternalarning yordamchi uskunalari silkitilgan holda shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi kerak. Bunday himoya konstruksiyasi shakli samarali himoyani taʼminlashi kerak boʻlgan kuchayadigan halqalar, himoya qopqoqlari, uzuna yoki boʻylama elementlar shaklida tayyorlanishi kerak; m) avtotransport vositasi quyidagi soz instrumentlar va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak: avtotransport vositasini avariya yuz berganda taʼmirlash uchun qoʻlda ishlatiladigan asboblar toʻplami; yongʻinni oʻchirish uchun belkurak va qumning zarur zaxirasi; har bir avtotransport vositasi uchun kamida bitta yurib ketishdan saqlaydigan tirgak, tirgakning oʻlchami avtotransport vositasi tipiga va uning gʻildiragi diametriga muvofiq boʻlishi kerak; toʻq sariq rangli oʻchib yonadigan (yoki doimiy) avtonom taʼminlanadigan ikkita fonar. Ular ulardan foydalanish xavfli yuklarning yonishini yuzaga keltirmaydigan tarzda konstruksiyalangan boʻlishi kerak. Tunda toʻxtaganda yoki koʻrish yaxshi boʻlmaganda, agar avtotransport vositasining chiroqlari nosoz boʻlsa, bitta fonar taxminan 10 m masofada avtotransport vositasi oldiga va boshqasi taxminan 10 m masofada avtotransport vositasining orqasida oʻrnatiladi; dori qutisi va tashiladigan xavfli moddalarni neytrallashtirish vositalari. Yuklarni xavfsiz tashish shartlarida va avariya kartochkasida nazarda tutilgan hollarda avtotransport vositasi tashilayotgan xavfli moddani neytrallashtirish hamda haydovchi va kuzatuvchi xodimning yakka tartibdagi himoya vositalari bilan butlanishi kerak; n) xavf toʻgʻrisidagi axborot tizimi jadvallarini avtotransport vositalariga mahkamlash ularning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlaydigan maxsus qurilmalar yordamida bajarilishi kerak. Xavf toʻgʻrisidagi axborot tizimi jadvallari avtotransport vositasining oldida (bamperda) va orqada, transport vositasining raqami belgilarini va tashqi chiroqlari priborlarini toʻsmagan, shuningdek avtotransport vositasining gabaritlaridan turtib chiqmagan holda uning boʻylama oʻqiga perpendikulyar joylashtirilishi kerak; k) xavfli yuklarni tashish uchun gaz generatorli avtotransport vositalarini qoʻllash taqiqlanadi; p) xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalariga bittadan ortiq tirkama yoki yarim tirkama tirkalmasligi kerak. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi. |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Guvohnoma 6 oy muddatga beriladi. |
|
12. |
Izoh: |
I. Xavfli yuklar – oʻziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud boʻlgani taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar. II. Agar yoʻnalishning uzunligi 400 kilometrdan ortiq boʻlsa yoki tashish kechasi amalga oshirilsa, xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarining bir haydovchi bilan harakatlanishi taqiqlanadi. III. Qish vaqtida togʻ sharoitlarida xavfli yuklarni tashishda yukni tashuvchilar avtotransport vositalarini protektorning qishki shinalari bilan butlashlari kerak. |
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma pasportiga
ILOVA
|
№ ______ |
|
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi |
|
GUVOHNOMA |
|
1. Ushbu guvohnoma quyidagi avtotransport vositasi Yoʻl harakati qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi va quyidagi sinflar va kichik sinflarda nazarda tutilgan xavfli yuklarni tashish uchun ruxsat etiladi: |
| ___________________________________________________________________________________________ |
|
(xavfli yukning nomi, BMT roʻyxati boʻyicha moddaning tartib raqami, sinfi, kichik sinfi koʻrsatiladi) |
|
2. Avtotransport vositasining ishlab chiqaruvchisi va kuzov turi:__________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________ |
|
(yopiq, ochiq, sisterna, yarim tirkama va boshqalar) |
| ___________________________________________________________________________________________ |
|
3. Avtotransport vositasining davlat raqam belgisi va shassi raqami: _____________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________ |
|
4. Murojaat etuvchining nomi (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O.), joylashgan manzili (jismoniy shaxslar uchun — yashash manzili): ___________________________________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________ |
| ___________________________________________________________________________________________ |
|
5. Amal qilish muddati:______________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________ |
|
Vakolatli organ rahbari_____________________________________________________________________________________________________ |
|
(egallab turgan lavozimi, F.I.O., elektron imzosi,) |
| ”. |