15.06.2024 yildagi 338-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarini, shu jumladan, mustaqil ishlab chiqaruvchilarni va yirik isteʼmolchilarni magistral elektr tarmoqlariga ulanishini soddalashtirish hamda ularga teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilarning magistral elektr tarmoqlariga ulash;
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilarga xalqaro talablarga mos teng shart-sharoitlar yaratish;
magistral tarmoqlardan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash orqali elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorida faoliyat yurituvchi barcha tomonlar uchun umumiy texnik talablarni oʻrnatish.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarining talablari magistral tarmoqlarga ulangan hamda yangidan ulanadigan barcha turdagi elektr energetika korxonalari va isteʼmolchilari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
ushbu qaror rasmiy kuchga kirgan sanada magistral tarmoqlarga ulangan barcha turdagi elektr energiyasi korxonalari, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar uchun Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarining faqatgina ekspluatatsiya jarayonidagi talablari taalluqli hisoblanadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori Sh.X. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-iyun,
338-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi 338-son qaroriga
ILOVA
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish
QOIDALARI
I boʻlim. Umumiy qoidalar
1-bob. Asosiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida magistral elektr tarmoqlarini rejalashtirish hamda uni xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish, magistral elektr tarmoqlariga ulanish va undan foydalanish huquqlariga doir talablar hamda ularning ishlash tartibini belgilash sohasidagi, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarining taqsimlash tizimlariga ulanishdagi munosabatlarni tartibga soladi.
Mazkur Qoidalar magistral elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash orqali barcha Foydalanuvchilar va vakolatli organlar uchun umumiy talablarni oʻrnatadi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ajratish — Tegishli tizim operatori tarmogʻida bevosita ish bajarmasdan ulanishni tiklash imkonini qoldirmagan holda, Foydalanuvchi tarmogʻining ulanish nuqtasidagi infratuzilmani hammasini yoxud bir qismini oʻchirish;
alohida ishlash — oʻchishdan soʻng birlashgan energetika tizimidan alohida ajralgan butun yagona elektr energetika tizimining yoki undagi chastota va kuchlanishni boshqaruvchi kamida bitta generatsiyalovchi modulga ega boʻlgan qismning mustaqil ishlashi;
berk taqsimlash tizimi — sanoat, tijorat yoki boshqa umumiy xizmat koʻrsatish obyektlariga geografik chegaralangan hududda elektr energiyasini taqsimlovchi, maishiy isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib bermaydigan, kam sonli maishiy isteʼmolchilar yoki taqsimlash tizimi operatori bilan ishlaydigan tizim;
Berk taqsimlash tizimi operatori — berk taqsimlash tizimining faoliyat yuritishi uchun masʼul boʻlgan subyekt;
generatsiyalovchi modul — elektr energiyasini sinxron yoki sinxron boʻlmagan (nosinxron) holda generatsiyalovchi (ishlab chiqaruvchi) qurilma yoki qurilmalar majmuasi;
Isteʼmolchi — oʻz tarmoqlari orqali uzatish tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan yoki ulanishni rejalashtirgan elektr energiyasini ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va (yoki) boshqa maqsadlarda elektr energiyasidan Foydalanuvchi yuridik shaxs, yaʼni yirik isteʼmolchilar;
koʻrsatma — operator (dispetcher) tomonidan oʻz vakolati doirasida harakatlarni bajarish uchun Foydalanuvchilarga biron-bir harakatni amalga oshirish uchun berilgan har qanday buyruq (farmoyish, topshiriq, ruxsat);
kuchlanishni avtomatik rostlagichi — klemmadagi haqiqiy kuchlanishni etalon qiymat bilan taqqoslash va qoʻzgʻatish tizimini boshqarish yoʻli bilan sinxron generatsiyalovchi modulning klemmalaridagi kuchlanishni boshqaruvchi, uzluksiz harakat qiluvchi avtomatik qurilma;
maksimal quvvat — Elektr stansiyasi operatori va Tegishli tizim operatori oʻrtasidagi Ulanish shartnomasida koʻrsatilgan generatsiyalovchi modul(lar)ning ishlashi bilan bogʻliq, tarmoqqa uzatilmaydigan yuklamani (oʻz ehtiyoji uchun va boshqa maqsadlarda) chegirib tashlagandan soʻng uzatilishi mumkin boʻlgan uzluksiz maksimal aktiv quvvat;
minimal barqaror ishlash rejimi — ulanish shartnomasida koʻrsatilgan yoki Tegishli tizim operatori va Elektr stansiyasi operatori oʻrtasida kelishilgan, generatsiyalovchi modulning cheklanmagan vaqt davomida barqaror ishlashi mumkin boʻlgan minimal aktiv quvvat;
nosinxron generatsiyalovchi modul — yagona elektr energetika tizimiga nosinxron yoki tegishli elektronika yordamida ulangan hamda uzatish tizimiga, taqsimlash tizimiga, jumladan, berk taqsimlash tizimiga yagona ulanish nuqtasiga ega boʻlgan generatsiyalovchi qurilmalar yoki ularning jamlanmasi;
rostlashning minimal darajasi — ulanish shartnomasida koʻrsatilgan yoki Tegishli tizim operatori va Elektr stansiyasi operatori oʻrtasida kelishilgan, generatsiyalovchi modulning aktiv quvvatini nazorat qilish mumkin boʻlgan minimal koʻrsatkich;
sinxron generatsiyalovchi modul — generatsiya qilinayotgan kuchlanish chastotasi, generatorning aylanish chastotasi va tarmoq kuchlanishining chastotasi doimiy mutanosib boʻladigan, yaʼni sinxron holda elektr energiyasini generatsiya qiluvchi qurilmalarning umumiy jamlanmasi;
statizm — chastotaning turgʻun oʻzgarishini, chiqishdagi aktiv quvvatning foizlarda ifodalangan yakuniy turgʻun qiymatiga nisbati. Chastotaning oʻzgarishi nominal chastotaga nisbatan ifodalanadi, aktiv quvvatning oʻzgarishi tegishli chegaraga erishish vaqtidagi maksimal quvvatga yoki haqiqiy aktiv quvvatga nisbati bilan ifodalanadi;
Taqsimlash tizimi operatori — Oʻzbekiston Respublikasining muayyan hududi yoki tumanida elektr energiyasini taqsimlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Tegishli tizim operatori — bu barcha tizim operatorlarini, xususan, Uzatish tizimi operatori, Taqsimlash tizimi operatori va Berk taqsimlash tizimi operatorlarini nazarda tutuvchi umumiy atama, yaʼni Foydalanuvchi tarmogʻi ulangan tarmoqning vakolatli operatori. Elektr stansiyasi operatori yoki Foydalanuvchining ichki tarmoqlariga ulangan boshqa Foydalanuvchilar uchun ular Tegishli tizim operatori hisoblanadi;
Tizim operatori — Oʻzbekiston Respublikasining yagona elektr energetika tizimini real vaqt rejimlarida operativ (tezkor-dispetcherlik) boshqarish, uning ishonchli ishlashini taʼminlash, boshqa davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash, elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning isteʼmol qilinishiga taʼsir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda, uni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning har soatlik rejimlarini boshqaruvchi organ;
uzatish tizimi — elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, yirik isteʼmolchilar va taqsimlash tizimlari ulangan, elektr energiyasining hududlararo uzatilishini taʼminlovchi va qoʻshni davlatlar elektr energetika tizimlari bilan bogʻlangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoq xoʻjaligi obyektlari (elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalar) majmuasi;
Uzatish tizimi operatori — Oʻzbekiston Respublikasida uzatish tizimini ekspluatatsiya qilish va uni rivojlantirish faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki tashkilot;
uzlukli yuklama — shartnomaga binoan elektr energiyasi taʼminotchisi, Tizim operatori yoki Tegishli tizim operatori tomonidan cheklangan vaqt davriga oʻchirilishi mumkin boʻlgan maʼlum isteʼmolchilarning yuklamasi;
ulanish nuqtasi — ulanish shartnomasida koʻrsatilgan generatsiyalovchi modul, Isteʼmolchi tarmoqlari yoki taqsimlash tizimi tarmoqlarini uzatish tizimiga, shuningdek, taqsimlash va yopiq taqsimlash tizimlariga ulanish chegarasi (nuqtasi);
ulanish shartnomasi — elektr stansiyalari, Isteʼmolchilar yoki taqsimlovchi tizim qurilmalariga aniq texnik talablarni va tegishli ulanish nuqtasini oʻz ichiga oluvchi, Tegishli tizim operatori va Elektr stansiyasi operatori, Isteʼmolchi tarmoqlari operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori oʻrtasidagi shartnoma;
flikerlar — miltillash, elektr tarmogʻida yuklamaning tez yoki tez-tez oʻzgarishi yoxud boshqa sabablarga koʻra kuchlanishning tebranishi natijasida yuzaga keladigan holat. Bu holat yorugʻlikning miltillashiga olib keladi yoki sezgir uskunalarning ishlashiga taʼsir qiladi;
Foydalanuvchi — oʻz tarmoqlari orqali uzatish tizimiga ulangan yoki ulanishni rejalashtirgan, generatsiyalovchi modullarga ega boʻlgan tarmoqlari taqsimlash tizimiga ulangan yoki ulanishni rejalashtirgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
chastota yetakchisi — sinxron ishlash zonasidagi chastota barqarorligini taʼminlash uchun Tizim operatori tomonidan tayinlangan, boshqa Foydalanuvchilar harakatlarini muvofiqlashtirishga masʼul boʻlgan operator;
chastotaviy-sezuvchan rejim — chastotasining oʻzgarishiga javoban generatsiyalovchi modulning chiqishidagi aktiv quvvatni chastotani tiklashga uchun oʻzgartirishi;
chastotani rostlash — yagona elektr energetika tizimi chastotasini barqaror saqlab turish maqsadida belgilangan nuqtadagi chastotaning oʻzgarishiga javoban generatsiyalovchi modullar yoki elektr energiyasini saqlash tizimlarining chiqishdagi aktiv quvvatni, shuningdek isteʼmolchilarning oʻz yuklamasini rostlash qobiliyati;
chastotaning ortishidagi cheklangan chastotaviy-sezuvchan rejim — generatsiyalovchi modulning tizim chastotasini belgilangan qiymatdan yuqoriroq oʻzgarishiga javoban chiqishidagi aktiv quvvatning pasayishiga olib keladigan ish rejimi;
chastotaning pasayishidagi cheklangan chastotaviy-sezuvchan rejim — generatsiyalovchi modulning yagona elektr energetika tizimi chastotasini belgilangan qiymatdan pastroqqa oʻzgarishiga javoban chiqishidagi aktiv quvvatning ortishiga olib keladigan ish rejimi;
Elektr stansiyasi operatori — Elektr stansiyalariga ega boʻlgan yoki ular tomonidan oʻz elektr stansiyasini texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish sharti (O&M) bilan foydalanishga bergan jismoniy yoki yuridik shaxs, jumladan generatsiyalovchi modul operatori;
elektr tarmogʻi — elektr energiyasini uzatish yoki taqsimlash uchun xizmat qiluvchi bir-biri bilan bogʻlangan elektr tarmoqlari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari va ularning qurilmalari;
elektr energiyasini saqlash tizimi — elektr energiyasini saqlash, qayta uzatish va taqsimlash uchun akkumulyator batareyalari, mexanik saqlash tizimlari va gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalar majmuasi;
energetika tizimi stabilizatori — quvvat tebranishlarini soʻndirish uchun moʻljallangan sinxron generatsiyalovchi moduldagi kuchlanish avtomatik rostlagichining qoʻshimcha funksiyasi;
yuklama ostida kuchlanishni rostlagichi — kuchlanishni yuklama ostida, yaʼni transformatorning ishlash jarayonida oʻzgartirishga imkon beruvchi, kuch transformatoriga oʻrnatilgan qurilma;
yagona elektr energetikasi tizimi — elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi obyektlar, uzatish va taqsimlash tizimlari, elektr energiyasini saqlash obyektlari va ularning dispetcherlik boshqaruvi;
oʻz ehtiyojlarini qoplash rejimi — generatsiyalovchi modullarning oʻchirilishiga va ularning zaxira taʼminot manbalarining ulanishiga olib keluvchi tarmoq ichidagi buzilishlarda generatsiyalovchi modullarning oʻz ehtiyojlarini qoplash bilan bogʻliq ish rejimi;
oʻrnatish hujjati — 1000 V dan past kuchlanishli tarmoqlarga ulangan va “A” turdagi generatsiyalovchi modul yoki talab qilingan tavsifga ega boʻlgan elektr energiyasini isteʼmol qiluvchi qurilma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi va uning talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi tarkibiy hujjat;
oʻrnatma — boshqarish sxemalarida foydalaniladigan har qaysi parametr uchun belgilanadigan qiymat;
3. Mazkur Qoidalarda qoʻllaniladigan vaqtning barcha koʻrsatkichlari yoki vaqtga havolalar Oʻzbekiston Respublikasidagi standart vaqtga nisbatan (Universal muvofiqlashtirilgan vaqtdan besh soatga oldin keluvchi UTC+05:00) qoʻllaniladi.
2-bob. Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanishning umumiy shartlari
4. Uzatish tizimi operatori, uzatish va taqsimlash tarmoqlariga ulangan elektr qurilmalariga egalik qiluvchi va (yoki) ekspluatatsiya qiluvchi Taqsimlash tizimi operatorlari va Foydalanuvchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun texnik va texnologik tizimlarni oʻrnatishlari hamda ushbu tizimlarning boshqarish infratuzilmasini mazkur Qoidalar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va ishlab chiqaruvchilarning texnik hujjatlari talablariga muvofiq holatda tutishlari lozim.
5. Quyidagi oʻzaro ulanishlarda:
uzatish va taqsimlash tizimlari oʻrtasidagi ulanishlarda Uzatish tizimi operatori Tegishli tizim operatori, Taqsimlash tizimi operatori uzatish tizimi Foydalanuvchisi;
har bir Taqsimlash tizimi operatori elektr tarmoqlari ulangan boshqa elektr tarmoqlari uchun Foydalanuvchi, uning tarmoqlariga ulangan Tomonlar uchun Tegishli tizim operatori;
Berk taqsimlash tizimlari va elektr tarmogʻi operatorlari oʻrtasidagi ulanishlarda Berk taqsimlash tizimi operatori Tegishli tizimi operatoriga nisbatan Foydalanuvchi hisoblanadi.
6. Tegishli tizim operatori va Foydalanuvchilar oʻrtasidagi barcha bogʻlanishlar hisobga olish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ushbu tizimlar Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, boshqa qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, elektr energiyasi bozoridagi shartnomalar, shuningdek markaziy xarid qiluvchi bilan shartnomalar yoki elektr taʼminoti shartnomalari talablariga javob berishi shart.
II boʻlim. Uzoq muddatli rivojlantirishni rejalashtirish tartibi
1-bob. Uzoq muddatli rejalashtirishning tavsifi va maqsadi
7. Uzatish tizimini rivojlantirishni uzoq muddatli rejalashtirish (keyingi oʻrinlarda — uzoq muddatli rejalashtirish) Energetika vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan muvofiqlashtiriladi va kelgusi oʻn yillik istiqboldagi davrga rejalashtirishni oʻz ichiga oladi.
8. Uzoq muddatli rejalashtirishni tashkillashtirish Uzatish tizimi operatori tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarga asoslanadi:
elektr energetikasi sohasidagi va boshqa qonunchilik hujjatlariga;
elektr energetikasi sektorini rivojlantirish boʻyicha strategik hujjatlarga;
fuqarolar va infratuzilma xavfsizligiga;
ekologik siyosat va cheklovlarga;
uzatish tizimining iqtisodiy samaradorligiga.
9. Uzatish tizimini uzoq muddatli rejalashtirish jarayonida, uzatish tizimining barqaror ishlashini taʼminlash mezonlari, uni optimal rivojlantirish va barcha tegishli iqtisodiy koʻrsatkichlar hisobga olinishi lozim.
Bunda Uzatish tizimi operatori tomonidan dastlabki uch yil uchun uzatish tizimiga kiritiladigan investitsiyalar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni va rejalashtirilgan davr yakunigacha kutilayotgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan Uzatish tizimining investitsiya rejasi ishlab chiqiladi.
Uzoq muddatli rejalashtirish Uzatish tizimi operatori tomonidan Tizim operatori bilan birgalikda ishlab chiqiladi, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Regulator) bilan kelishiladi va Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
10. Uzoq muddatli rejalashtirishning asosiy maqsadi mavjud va yangidan ishga tushiriladigan uzatish tizimlarining barqaror ishlashini taʼminlashdan iborat boʻlib, quyidagilarni taʼminlaydi:
yagona elektr energetika tizimining xavfsiz, ishonchli va samarali ishlashini;
yakuniy isteʼmolchilar elektr taʼminotining yuqori darajadagi xavfsizligi va sifatini;
mavjud va yangidan ulanadigan Foydalanuvchilarning uzatish tizimiga diskriminatsiyasiz ulanishini;
barcha yangi Foydalanuvchilarning uzatish tizimiga samarali va tejamkor ulanishi imkoniyatini;
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, saqlash tizimlari va isteʼmol qiluvchi obyektlarning barqaror rivojlanishini;
yagona elektr energetika tizimidagi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash tizimlari va isteʼmolchilar obyektlarining samarali ishlashini.
11. Uzatish tizimini uzoq muddatli rejalashtirishning maqsadi — barcha mavjud va kelgusida ulanadigan Foydalanuvchilar, elektr energiyasi bozori ishtirokchilari va Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetika sektorining manfaatdor tomonlarini oʻz vaqtida xabardor qilish (maʼlumot berish)dan iborat boʻlib, quyidagilarni namoyon etadi:
uzatish tizimi konfiguratsiyasining istiqboldagi davr uchun batafsil sharhi;
uzatish tizimida rejalashtirilayotgan asosiy oʻzgarishlar, shu jumladan quriladigan, rekonstruksiya yoki demontaj qilinadigan uzatish tizimi obyektlarining hamda tizimlararo uzatish tarmoqlarining joylashish joyi va ularning asosiy koʻrsatkichlarini oldindan koʻrish.
2-bob. Uzoq muddatli rejalashtirish talablari va mezonlari
12. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishning dastlabki bosqichi rejalashtirish jarayonining chegaralarini belgilash hisoblanadi.
Bunda Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish uchun asos, bir tomondan rejalashtirish standarti va mezonlari, ikkinchi tomondan rejalashtirish jarayonining maqsadlaridan iborat boʻladi.
Rejalashtirish talablari va mezonlari Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining maqsad va vazifalariga bogʻliq holda shakllantirilishi zarur.
13. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining maqsadlari elektr energetika sektorini rivojlantirish strategiyasi bilan uzviy bogʻliqdir.
14. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi odatda bir nechta rivojlanish ssenariylarida, isteʼmol yuklamasi va generatsiyaning oʻzgarishlari uchun ishlab chiqiladi.
15. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishda quyidagi standartlar va rejalashtirish mezonlari hisobga olinadi:
a) “n-1” xavfsizlik mezoni — yagona elektr energetika tizimining har qanday individual uzatish, generatsiya yoki isteʼmolchi elementining toʻsatdan yoʻqolishiga (oʻchishiga) toʻliq chidamli (turgʻun) boʻlishi;
b) yagona elektr energetika tizimining ishonchliligi — yagona elektr energetika tizimining koʻp martalik oʻchirishlarga javobi (reaksiyasi) rejadagi qiymatlarga muvofiq boʻlishi;
v) qisqa tutashuv mezoni — uzatish tizimining barcha elementlarida qisqa tutashuv darajalarini uskunalarning loyihaviy parametrlari chegaralarida ushlab turish;
g) turgʻunlik mezoni:
statik turgʻunlik mezoni — uzatish tizimini mazkur Qoidalarda belgilangan ruxsat etilgan chegaralarda ekspluatatsiya (kuchlanish, chastota, aktiv va reaktiv quvvat oqimlari) xavfsizligini taʼminlaydigan darajada rejalashtirish;
dinamik turgʻunlik mezoni — oʻtkinchi jarayonlarida uzatish tizimining barqarorligi;
d) tarmoqqa yetkazib beriladigan elektr energiyasining sifati:
kuchlanish barqarorligi mezoni — bu uzatish tarmogʻining uzatish tizimidagi kuchlanish diapazonlarini III va XI boʻlimlarida oldindan belgilangan qiymatlar va vaqt chegaralarida ushlab turish imkoniyati;
kuchlanishning sinusoidasi shakllari sifati mezoni (garmonika va flikerlar) — garmonika va flikerlarning taʼsirini hisobga olgan holda uzatish tizimida kuchlanishni talab etilgan sifatini taʼminlash.
16. Rejalashtirishning alohida talablari va mezonlaridan foydalanilishi va ularning taʼsiri Oʻzbekiston Respublikasi yagona elektr energetika tizimining strategik maqsadlariga bogʻliq holda oʻzgarishi mumkin.
2-bob. Rivojlantirish rejalari va prognozlar
1-§. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish tartibi
17. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi har yili yangilab borish tartibida oʻn yil muddatga ishlab chiqiladi. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi kelgusi oʻn yillik davr uchun har yili 31-dekabrga qadar ishlab chiqiladi (yangilanadi).
18. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini vaqt meʼyorlari mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqiladi.
19. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish va uni yangilash jarayonida Vazirlik quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish va yangilash jarayonini doimiy monitoringi;
elektr energetika sohasini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va strategik rivojlantirish rejalari boʻyicha zarur dastlabki maʼlumotlarni taqdim qilinishi;
taklif etilayotgan Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi boʻyicha ichki jamoatchilik maslahatlashuvlarini oʻtkazish;
Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining qabul qilinishi.
20. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish jarayonida Uzatish tizimi operatori quyidagilar uchun javobgardir:
Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi ishlab chiqish jarayonini umumiy muvofiqlashtirishga;
Uzatish tizimi operatori tomonidan ushbu faoliyat uchun vakolat berilgan loyiha tashkiloti va Tizim operatori bilan uzviy hamkorlikda tadqiqot modellari va ssenariylarini ishlab chiqish va uygʻunlashtirish;
Tegishli tizim operatorlari, Tizim operatori va Vazirlikdan olingan dastlabki maʼlumotlarni umumlashtirish, tekshirish va qayta ishlash;
oʻz resurslari hamda Foydalanuvchilardan dastlabki zarur maʼlumotlarni yigʻish;
Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining yakuniy loyihasini tayyorlash uchun zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish;
elektr energetika sektorida ichki muhokamalarni oʻtkazish va taklif etilayotgan Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish;
Vazirlik va Regulatorga taqdim etish uchun Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining yakuniy takliflarini tayyorlash.
21. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish jarayonida Foydalanuvchilar oʻzlariga tegishli qurilmalarning haqiqiy va rejadagi parametrlari boʻyicha dastlabki maʼlumotlarni taqdim etish uchun javobgardirlar.
22. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi quyidagilardan iborat tarkibda shakllantiriladi:
a) rejalashtirish talablari va mezonlari, shu jumladan rejalashtirishdagi taxminlar;
b) uzatish tizimidagi mavjud aktivlar, ularning holati va oʻrtacha yoshining dastlabki tahlili;
v) talab (isteʼmol) prognozi — oʻtgan davr (tarixiy) maʼlumotlari, elektr energetika tizimidagi mavjud va yangi Foydalanuvchilar tomonidan kiritilayotgan resurslar hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarning strategik rejalari;
g) generatsiya prognozi — generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasiga muvofiq mavjud va rejalashtirilgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
d) elektr energetika tizimi balansini baholash natijalari;
e) quyidagilarni oʻz ichiga olgan uzatish tizimining barqarorligini baholash:
rejalashtirilgan davrdagi uzatish tizimining mavjud holati va zarur koʻrsatkichlarning texnik-iqtisodiy tahlili asosida aniqlangan uzatish tizimini optimal rivojlantirish varianti;
uzatish tizimining asosiy obyektlarini xatlovdan oʻtkazish natijasi — qurilishi, rekonstruksiya qilinishi/taʼmirlanishi yoki ekspluatatsiyadan chiqarilishi lozim boʻlgan asosiy obyektlarning ustuvorligiga qarab guruhlangan va rejalashtirilgan tadbirlarni yakunlanish yillari koʻrsatilgan roʻyxat;
uzatish tizimining yordamchi uskunalari infratuzilmasini rivojlantirish rejasi (telekommunikatsiya tizimi, maʼlumotlarni boshqarish tizimi, SCADA/EMS, oʻlchash tizimi, axborot texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash va boshqa tizimlar);
j) uzatish tizimining (birlamchi, ikkilamchi va yordamchi uskunalar) yangi, rekonstruksiya qilinadigan (taʼmirlanadigan) va ekspluatatsiyadan chiqariladigan (demontaj qilinadigan) obyektlari koʻrsatilgan uzatish tizimini rivojlantirish boʻyicha kichik loyihalarning roʻyxati va ularning asosiy parametrlari;
z) rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilgan asosiy kichik loyihalarining xarajat va foydasi tahlili;
i) uzatish tizimining investitsiya rejasi kelgusi uch yilga ishlab chiqiladi, har yili yangilanib boriladi hamda taqsimlash tizimining investitsiya rejalari bilan uygʻunlashtiriladi. Uzatish tizimining investitsiya rejasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
investitsiya qoidalari, nomlanishi, turi va rejalashtirilgan faoliyatning qisqacha tavsifi;
tegishli generatsiya, isteʼmol yoki taqsimlash obyektlari bilan investitsiyalar, ishlar boʻyicha oʻzaro munosabatlar;
uskunalar, xizmatlar va ishlarning narxi;
investitsiya rejasini moliyalashtirishni amalga oshirish grafigi;
alohida investitsiyalarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslar;
joriy investitsiya loyihalarini borishi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
23. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining jamoatchilik muhokamalariga qoʻyilgan va tasdiqlangan loyihalari Uzatish tizimi operatori, Vazirlik va Regulatorning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
24. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq tamoyillar va yondashuvlar asosida ishlab chiqiladi.
25. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish uchun asosiy maʼlumotlar Vazirlik, Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladi.
Boshqa manbalardan olingan qoʻshimcha maʼlumotlardan ham foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, biroq ular Uzatish tizimi operatori tomonidan aniqlik va ishonchlilik jihatlaridan tekshirilgan boʻlishi lozim.
26. Foydalanuvchilar Uzatish tizimi operatori soʻrovi asosida Qoidalar talablariga muvofiq rejalashtirish maʼlumotlarini taqdim etishlari shart.
Uzatish tizimiga ulanishdagi cheklovlar yoki uning kechiktirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yangi isteʼmol quvvatini yoki generatsiya quvvatini aniqlashdagi har qanday kechikish yoki jiddiy xatoliklarga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini tayyorlash maqsadida Uzatish tizimi operatori va Tizim operatorlari tomonidan soʻnggi besh yil uchun quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
elektr energiyasi isteʼmoli (soatlik elektr energiyasi isteʼmol talabi va tigʻiz vaqtlardagi eng yuqori quvvat);
kelgusi oʻn yilga isteʼmolning shaxsiy prognozi;
Foydalanuvchilar isteʼmol prognozining umumiy maʼlumotlari;
elektr uzatish tarmoqlarining yuklanishlari;
kuch transformatorlari va kuchlanish profillarini koʻrsatish bilan xarakterli rejimlar uchun uzatish tizimining rejim sxemalari;
Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi maʼlumotlari;
elektr energetika tizimining simulyatsiya modellarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan Foydalanuvchilarning maʼlumotlari;
quvvat taqsimoti rejimlarini hisoblari boʻyicha takliflar va hokazolar.
28. Vazirlik Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishda quyidagilarni taqdim etadi:
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha makroiqtisodiy maʼlumotlar;
energetika sektori uchun ahamiyatli boʻlgan strategik rivojlanish maʼlumotlari;
mavjud yoqilgʻi resurslari hajmi va ulardan foydalanish strategiyasi bilan bogʻliq maʼlumotlar;
elektr energiyasi eksporti/importining uzoq muddatli strategiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
energetik balansning uzoq muddatli prognozlari va boshqa maʼlumotlar.
29. Foydalanuvchilar uzatish tizimini rejalashtirish jarayoni doirasida mazkur Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etadilar.
30. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish uchun maʼlumotlarni taqdim etuvchi barcha Tomonlar, oʻzlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning maxfiylik maqomini koʻrsatishlari shart.
Uzatish tizimi operatori tomonidan rivojlantirish rejasini ishlab chiqish uchun vakolat berilgan tashkilot (kompaniya) ushbu maʼlumotlardan foydalanishda maxfiylik shartlariga amal qilishi kerak.
2-§. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasini ishlab chiqish tartibi
31. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi Uzatish tizimi operatori tomonidan muntazam har yili yangilab borish asnosida kelgusi oʻn yil davrga ishlab chiqiladi.
32. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasini ishlab chiqish uchun maʼlumot mavjud operatorlar va Oʻzbekiston Respublikasining elektr energetika tizimidagi generatsiyalovchi obyektlar operatorlari tomonidan, shuningdek kelgusidagi yangi generatsiyalovchi obyektlarni rivojlantirishni rejalashtirayotgan davlat yoki investorlar hamda davlat darajasida amalga oshirilayotgan harakatlarning strategik rejalari Vazirlik tomonidan taqdim etiladi.
33. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasini ishlab chiqish uchun maʼlumotlar ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq taqdim etiladi.
34. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi mazkur Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq yondashuv va uslubiyotning asosiy elementlari asosida ishlab chiqiladi.
35. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining muddatlariga muvofiqlashtirish maqsadida har yili 1-iyulga qadar ishlab chiqiladi. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi mazkur Qoidalarga 5-ilovada bayon etilgan harakatlar va belgilangan muddatlarda ishlab chiqiladi.
3-§. Uzatish tizimi mosligining uzoq muddatli prognozini ishlab chiqish tartibi
36. Uzatish tizimini rivojlantirish va Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejalari asosida uzatish tizimi tizimining uzoq muddatli moslik prognozini (keyingi oʻrinlarda — LT-SAF) har yili yangilab borish asosida kelgusi oʻn yilga ishlab chiqiladi.
LT-SAF elektr energetika tizimining quvvat balansini doimiy ushlab turish va uzilishlarsiz yoki minimal uzilishlar bilan oxirgi isteʼmolchilar elektr taʼminoti xavfsizligini taʼminlash qobiliyatining prognozidir.
Tizim operatori LT-SAF ishlab chiqilishi va doimiy yangilab borilishi uchun uchun masʼul hisoblanadi.
37. LT-SAF ni baholash talab (isteʼmol) prognozi, Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi, Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi, yoqilgʻi mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, elektr energetika tizimini barqaror boshqarish zaxirasi talablari, elektr energiyasi bozorining prognozlari, tizimlararo bogʻlanishlarning ishlash qobiliyatlari va boshqa maʼlumotlarga asoslangan.
38. LT-SAF asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
a) uzatish tizimining mosligi — bu uzatish tizimining oldindan belgilangan, rejalashtirilgan qiymatlar chegarasida uzatish tizimining ekspluatatsiya parametrlarini ushlab turish va uzatish tizimida quvvatning uzatilishini taʼminlash qobiliyati boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzatish — uzatish tizimining, har qanday vaqt va ekspluatatsiyaning barcha rejimlarida, generatsiyalovchi obyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini toʻliq hajmda oʻtkazish qobiliyati;
isteʼmolchilarni va taqsimlash tarmoqlarining elektr taʼminoti — uzatish tizimining, har qanday vaqt va ekspluatatsiyaning barcha rejimlarida, uzatish tizimiga ulangan barcha isteʼmolchilar va taqsimlash tarmoqlarini elektr taʼminoti uchun yetarli darajadagi oʻtkazish qobiliyati;
tizimlararo bogʻlanishlarning oʻtkazish qobiliyatini qoʻllab-quvvatlash — uzatish tizimi, elektr energiyasi eksporti (importi) uchun qoʻshni elektr energetika tizimlari bilan tizimlararo bogʻlanishlarni qoʻllab turish va (yoki) kelgusida kengaytirish imkoniyatining mavjudligi;
b) generatsiyaning mosligi — har qanday vaqt va ekspluatatsiyaning barcha rejimlarida import bilan birgalikda talabni toʻliq qondirish va generatsiyalovchi quvvatlarning yetarliligini taʼminlash imkoniyati:
quvvat balansi — har qanday vaqt va ekspluatatsiyaning barcha rejimlarida generatsiya va import bilan isteʼmol talabi va eksport oʻrtasidagi muvozanatini taʼminlash;
yagona elektr energetika tizimini muvozanatlash — yagona elektr energetika tizimida quvvat balansini taʼminlash va tizimlararo bogʻlanishlardagi chastotani rostlashni ushlab turish uchun muvozanatlash zaxiralarining zaruriy hajmini taʼminlash.
39. Uzatish tizimi mosligining prognozini ishlab chiqishda mazkur Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq mezon asosida ishonchlilik boʻyicha energetik balansdan yuqori zaxiraning va yagona elektr energetika tizimida boshqariladigan zaxiralarni, berilgan hajmning istalgan darajasini doimiy ravishda taʼminlagan holda, elektr energetika tizimidagi yuklama (maksimal quvvat va elektr energiyasi isteʼmoli talabi) mahalliy generatsiya va import hisobiga toʻliq qoplanadi.
40. LT-SAF Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi va Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasidan farqli ravishda, uzatish tizimi mosligi tahlili bilan bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining energetika sektorida generatsiya va isteʼmolni rivojlantirish rejalarini amalga oshirish dinamikasining tahlilini ham oʻz ichiga oladi.
41. LT-SAF uchun asosiy dastlabki maʼlumotlar quyidagilar:
isteʼmol prognozi (umumiy elektr energiyasi isteʼmoli, yuklamaning namunaviy grafiklari va kunlik maksimal isteʼmol);
yangi generatsiyaning prognoz koʻrsatkichlari (oʻrnatilgan quvvat, quvvat koeffitsiyenti va ekspluatatsiyaga kiritish sanasi);
elektr energetika tizimida mavjud generatsiyalovchi modullarni ekspluatatsiyadan chiqarish rejalari.
42. Uzatish tizimining moslik meʼyori elektr energetika tizimi ishining eng muhim parametrlari boʻyicha belgilangan meʼyorlarini saqlagan holda, yakuniy isteʼmolchilarning elektr taʼminotidagi xavfsizlik darajasi hisoblanadi.
Elektr taʼminotining xavfsizlik darajasini aniqlashda foydalaniladigan hajmiy koʻrsatkichlar elektr taʼminotining uzluksizligi bilan bogʻliq va elektr energetika tizimining ishlay olmasligi tufayli yakuniy isteʼmolchilarga yetkazib berilmagan elektr energiyasining umumiy hajmini belgilovchi “ENS” (yetkazib berilmagan energiya) bilan belgilanadi.
III boʻlim. Ulanish qoidalari
1-bob. Ulanish qoidalarining maqsadi
43. Ulanish qoidalari barcha Foydalanuvchilarni uzatish tizimiga ulash, jumladan ularning oldin ulangan elektr qurilmalarini ulanish nuqtalari oʻzgarganda, mavjud qurilmalarning quvvatlari ortishi yoki yangi ishga tushiriladigan quvvatlarini uzatish tizimiga ulash tartibi va texnik talablarini belgilaydi. Qoidalar Foydalanuvchilar qurilmalarini tarmoqdan uzish va qayta ulash tartibini ham oʻz ichiga oladi.
44. Ulanish qoidalarning asosiy maqsadi — bu uzatish tizimiga ulanish uchun aniq va batafsil maʼlumotlar toʻplamini taqdim etish va elektr stansiyalari uchun taqsimlash tarmoqlariga ulanish, uzatish tizimiga yoki taqsimlash tarmoqlariga, barcha ulangan Tomonlar tarafidan uzatish tizimining belgilangan talablariga toʻliq rioya qilgan holda, diskriminatsiyasiz kira olishini taʼminlashdir.
45. Mazkur Qoidalar va undan keyingi ulanish boʻyicha barcha tartib va uslubiyotlar yagona elektr energetika tizimidagi generatsiyalovchi obyektlar, elektr energiyasini saqlash tizimlari va Isteʼmolchilar infratuzilmalarini rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb etish maqsadida Uzatish tizimi operatori tomonidan eʼlon qilinib boriladi va ommaviy foydalanishda boʻladi. Ularda uzatish tizimiga ulanish tartiboti, texnik talablar va xarajatlar keltiriladi.
46. Ulanish shartlari talablari quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
a) barcha Foydalanuvchilar uchun ulanishning umumiy shartlari;
b) generatsiyalovchi modullarni ulash shartlari:
barcha ishlab chiqaruvchilarga tegishli ulanish shartlari,
faqat sinxron generatorlar uchun ulanish shartlari,
faqat qayta tiklanuvchi energiya manbalariga tegishli ulanish shartlari;
v) Isteʼmolchilarga tegishli ulanish shartlari;
g) Elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun ulanish shartlari.
47. Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori va barcha (avvaldan ulangan va kapital taʼmirlash yoki mavjud ulanish infratuzilmasini kengaytirishdan keyin ulanishni, ulanish nuqtalarini oʻzgartirish yoki quvvatlarini oʻzgartirishni rejalashtirgan) Tomonlarga hamda kelgusida uzatish tizimiga ulanishni rejalashtirayotgan barcha Foydalanuvchilarga qoʻllaniladi.
48. Barcha Tomonlar Qoidalarning mazkur boʻlimi talablari va shartlarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarishlari hamda uni samarali amalga oshirilishini taʼminlashlari shart.
2-bob. Uzatish tizimiga ulanishning umumiy tartibi
1-§. Uzatish tizimiga ulanishning umumiy tartibining asosiy tashkil etuvchilari
49. Ulanish tartibi Foydalanuvchining qurilmalarini uzatish tizimiga ulash jarayonini belgilaydi. Quyidagilar uzatish tizimiga ulanish umumiy tartibining asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi:
ulanishga talabnoma kiritish;
ulanish boʻyicha tadqiqot oʻtkazish;
Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida ulanish boʻyicha tadqiqot (loyiha)ning texnik yechimini kelishish;
ulanishni maʼqullash;
ulanish toʻgʻrisida shartnoma;
ulanish nuqtasida infratuzilmaning qurilishi;
sinashlar va ekspluatatsiyaga kiritish;
kuchlanish berish.
2-§. Uzatish tizimiga ulanish uchun talabnoma kiritish
50. Foydalanuvchi, Uzatish tizimi operatoriga tarmoqqa ulanishga yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish uchun ulanish tartibining birinchi qadami sifatida soʻrov (talabnoma) yuboradi.
51. Talabnoma, soʻralayotgan ulanishni baholash uchun Uzatish tizimi operatoriga zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi va uning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan shaklda taqdim etilishi lozim.
52. Oʻrnatilgan quvvati 1 MW dan katta boʻlgan Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan talabnomani Uzatish tizimi operatori va Tizim operatori besh kun davomida koʻrib chiqadi va Foydalanuvchiga oʻzlarining birgalikdagi xulosasi bilan birga loyiha tashkiloti tomonidan ulanish boʻyicha tadqiqot oʻtkazish ishlarini boshlashga rozilik beradi.
Foydalanuvchi taqsimlash tizimiga ulanmoqchi boʻlsa, talabnoma Taqsimlash tizimi operatoriga kiritiladi. Taqsimlash tizimi operatori besh kun davomida talabnomani qayta ishlaydi va oʻz xulosasi bilan birga Uzatish tizimi operatori va Tizim operatoriga kiritadi.
3-§. Uzatish tizimiga ulanish boʻyicha tadqiqot oʻtkazish
53. Foydalanuvchilar uchun tarmoqqa ulanishning potensial yechimlari hamda koʻrib chiqilgan har bir yechim uchun texnik shartlar mazkur Qoidalar va tarmoqqa ulanish tadqiqoti asosida ishlab chiqiladi.
54. Tarmoqqa ulanish tadqiqotini oʻtkazish Uzatish tizimi operatori tomonidan bunday faoliyatni bajarishga tegishli vakolat berilgan loyiha tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha tashkilotlari roʻyxati Tizim operatori bilan kelishilgan holda Uzatish tizimi operatori tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
55. Tarmoqqa ulanish tadqiqotini oʻtkazish boʻyicha barcha xarajatlar talabnoma kiritgan Foydalanuvchi tomonidan qoplanadi.
56. Tarmoqqa ulanish tadqiqoti soʻralayotgan ulanishni tarmoqning ishonchliligiga taʼsirini baholashni oʻz ichiga oladi va tanlangan texnik yechim obyektni tarmoqqa ulashga kelishish uchun qoʻyilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
57. Tarmoqqa ulanish tadqiqotini tayyorlash uchun zarur boʻlgan dastlabki maʼlumotlar mazkur Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq taqdim etiladi. Uzatish tizimi operatori yoki Tizim operatori Foydalanuvchidan tarmoqqa ulanish talabnomasida keltirilgan maʼlumotlardan tashqari Tarmoqqa ulanish tadqiqotini tayyorlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni ham soʻrashi mumkin.
58. Tarmoqqa ulanish tadqiqotini tayyorlash Foydalanuvchi tomonidan barcha soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilganidan keyin bir yuz yigirma kundan oshmaydi.
59. Tarmoqqa ulanish tadqiqoti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tarmoqqa ulanish uchun texnik yechimlar tahlili;
tarmoqqa ulanish nuqtasi infratuzilmasining texnik xarakteristikalari;
Foydalanuvchiga qoʻyiladigan texnik talablar;
Foydalanuvchiga qoʻyiladigan ekspluatatsiya talablari;
tarmoqqa ulanish infratuzilmasini qurilishi xarajatlarini baholash va boshqalar.
60. Tarmoqqa ulanish tadqiqotini amalga oshiruvchi tarmoq loyiha kompaniyasi barcha zaruriy tahlillarni (elektr energiyasi oqimlari, xavfsizlik, reaktiv quvvatni boshqarish, qisqa tutashuv toklari, statik va dinamik turgʻunlik, elektr energiyasi sifati) oʻtkazadi.
Bunda uzatish tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatmasdan, obyektning normal ishiga zarar yetkazmasdan, avval oʻrnatilgan chegaralar doirasida, obyektning ulanishi va ekspluatatsiyasini taʼminlash uchun uzatish yoki taqsimlash tizimining ekspluatatsiya parametrlari tekshiriladi.
61. Tarmoqqa ulanish tadqiqotida ulanish boʻyicha taklif etilgan variantlar tasdiqlangan Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi bilan uygʻunlashtiriladi.
62. Tarmoqqa ulanish tadqiqotida uzatish yoki taqsimlash tizimiga ulash uchun loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish vaqtida ulanadigan uskunalar (qurilma) va ishlar koʻrsatiladi.
63. Loyiha tashkiloti ishlab chiqilgan texnik yechimlarni Uzatish tizimi operatori va Tizim operatoriga kelishish uchun kiritadi.
64. Uzatish tizimi operatori yoki Tizim operatori Tarmoqqa ulanish tadqiqotini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha rejalashtirilayotgan ulanish tizimining chegaraviy parametrlarini yoki Foydalanuvchining elektr qurilmalarni ulashga sarflanadigan xarajatlar ortishini taqozo etsa, ular mazkur sabablarni koʻrsatgan holda elektr energetika tizimiga ulanishni rad etishga haqli.
65. Loyiha tashkiloti keltirilgan sabablarni inobatga olib tegishli tuzatishlarni kiritib yoki muqobil yechimlarni ishlab chiqib, kelishish uchun qayta kiritadi. Bunda qayta kiritish muddati oʻttiz kundan oshmaydi.
66. Uzatish tizimi operatori va Tizim operatori qayta kiritilgan Tarmoqqa ulanish tadqiqoti natijalarini oʻn kun ichida kelishib beradi. Kelishilgan texnik yechimlar Foydalanuvchiga keyingi bosqichlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladi.
67. Podstansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari va (yoki) transformatorlarning yuklanish darajasi maksimal qiymatiga yetgan boʻlsa Texnik shart berish toʻxtatiladi.
Foydalanuvchi oʻz hisobidan transformator yoki elektr uzatish tarmoqlarini oʻzgartirish taklifini berishi mumkin.
Bu holatda Tarmoqqa ulanish izlanishi transformatorni oʻzgartirishni oʻz ichiga olishi kerak boʻladi.
4-§. Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida ulanish uchun texnik yechimni kelishish va texnik shart berish
68. Foydalanuvchi Tarmoqqa ulanish tadqiqotida keltirilgan texnik yechimlardan oʻziga eng maʼqul boʻlganini tanlaydi va ushbu yechim boʻyicha Texnik shart olish uchun Uzatish tizimi operatoriga soʻrov yuboradi.
69. Uzatish tizimi operatori Foydalanuvchidan murojaat kelib tushgandan soʻng Tizim operatori bilan birgalikda Tarmoqqa ulanish tadqiqoti natijalarini va ulanishni Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi bilan mutanosibligini koʻrib chiqadi.
Koʻrib chiqish natijalari koʻra Foydalanuvchining qurilmalarini tarmoqqa ulash boʻyicha Texnik shart loyihasini tayyorlaydi va uni Tizim operatori bilan kelishadi.
Texnik shart berish muddati Foydalanuvchidan ariza kelib tushganidan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmasligi shart, bunda Tizim operatori tomonidan Texnik shartni kelishib berish uzogʻi bilan uch ish kunida amalga oshiriladi.
Koʻrib chiqish natijalariga koʻra avval qayd etilmagan uzatish tizimining chegaraviy parametrlarini oʻzgarishiga yoki uning xavfsizligiga taʼsir koʻrsatadigan sabablar aniqlangan taqdirda Uzatish tizimi operatori ushbu sabablarni koʻrsatgan holda Texnik shart berishni orqaga surishi mumkin.
70. Uzatish tizimi operatori tomonidan ulanishga texnik shartlarni berish rad etilishi yuzasidan Foydalanuvchi mazkur Qoidalar va amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan shikoyat kiritishi mumkin.
71. Isteʼmol quvvati 10 MW dan yuqori boʻlgan Isteʼmolchilar qurilmalarini uzatish tizimiga ulash uchun beriladigan Texnik shartlar Vazirlik bilan kelishiladi.
72. Texnik shart quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yangi ulanadigan yoki avvaldan ulangan Foydalanuvchiga qoʻshimcha ravishda ruxsat etilgan (ishlab chiqarish/isteʼmol) nominal quvvat miqdori va quvvat koeffitsiyentini;
tarmoqqa ulanish nuqtasi (nuqtalari);
quvvat uzatish yoki tashqi elektr taʼminoti sxemasi;
qisqa tutashuv toklarining hisoblangan qiymatlari;
releli himoyasi va avariyaga qarshi avtomatika tizimlariga talablar;
monitoring/nazorat va aloqa vositalariga talablar;
oʻlchashlar va oʻlchash vositalariga talablar;
elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlariga qoʻyilgan talablar;
dispetcherlik boshqaruvi iyerarxiyasi (dispetcherlik talablari);
avtomatik ulanish/oʻchirish/qayta ulanish shartlarini, ularni interfeyslarini, Foydalanuvchi Tizim operatorining avtomatika boʻyicha talablari bajarilishini taʼminlash uchun uskunalarni (qurilma) oʻrnatish joylari va ularning interfeyslari uchun talablar;
stabillashtiruvchi va elektr energiyasi sifatini nazorat qilish qurilmalarini oʻrnatishga talablar;
avariya vaziyatlarida elektr qurilmalarni himoya avtomatikasiga yoki ularni oʻchirishga boʻlgan talablar;
ekspluatatsiya talablari (aktiv quvvat, chastota va kuchlanishni rostlash);
loyihalashtirish va belgilangan ishlarni bajarishda texnik shartning amal qilish muddati.
5-§. Elektr tarmogʻiga ulanishni kelishish
73. Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori va Foydalanuvchi birgalikda Tarmoqqa ulanish tadqiqoti natijalariga koʻra Texnik shartda berilgan texnik yechimga asosan quyidagilarni kelishadi:
tarmoqqa ulanish uchun bajarilishi zarur boʻlgan ishlar;
ulanishni amalga oshirish uchun majburiy shart sifatida bogʻlangan tarmoqlar va tizimlarni kengaytirish hamda mustahkamlash yuzasidan bajarilishi zarur boʻlgan ishlar;
tarmoqqa ulanayotgan quvvat;
ulanishga texnik shartda yuqorida koʻrsatilgan texnik talablar;
Foydalanuvchining obyektiga boʻlgan ekspluatatsiya talablari.
74. Tarmoqqa ulanish tadqiqotini oʻtkazish va Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida tadqiqot (loyihalash) boʻyicha texnik yechimlarni muvofiqlashtirish natijasida Uzatish tizimi operatori Texnik shart berilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida tegishli Foydalanuvchining uskunalarini (qurilma) tarmoqqa ulanishi kelishilganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi.
75. Tarmoqqa ulanishni kelishish toʻgʻrisidagi qaror oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Tarmoqqa ulanish tadqiqoti natijalarini va tanlangan texnik yechim;
ulanish infratuzilmasini qurish va bogʻlangan tizimlardagi belgilangan ishlarni amalga oshirish hamda qurilmalarga qoʻyiladigan texnik talablar;
tarmoqdan foydalanish shartlari;
ulanish (belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun sarflanadigan) xarajatlarini baholash.
76. Uzatish tizimi operatori tarmoqqa ulanishni kelishish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa yoki qabul qilingan qaror mazkur Qoidalarga muvofiq boʻlmasa, Foydalanuvchi Vazirlikka murojaat qilishga haqli.
77. Tarmoqqa ulanish infratuzilmasining qurilishi ruxsat berilgan sanadan boshlab ikki yil davomida yoki texnik shartda boshqa muddat belgilangan boʻlsa ushbu belgilangan muddatda boshlanmagan boʻlsa, texnik shart va tarmoqqa ulashni kelishish toʻgʻrisidagi qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
6-§. Ulanish shartnomasi
78. Ulanish shartnomasi Uzatish tizim operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida imzolanadi hamda uzatish tizimiga yakka tartibda ulanishda texnik, yuridik va iqtisodiy talablarni tartibga soladi.
79. Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchi ulanish shartnomasini tuzishda taqdim etiladigan xizmatlarining miqdori va sifati mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlaydi.
80. Barcha Foydalanuvchilar ulanish boʻyicha bir xil talablarga amal qiladilar va ulanish shartnomasini tuzishda oʻzlarining uskunalari (qurilma) mazkur Qoidalarda belgilangan qoidalarga, texnik talablarga, tartiblarga, texnik spetsifikatsiyalarga rioya etilishini tasdiqlashlari shart.
81. Ulanish shartnomasi yagona elektr energetika tizimiga ulanish infratuzilmasini qurish va undan foydalanishning quyidagi jarayonlarini qamrab oladi:
texnik loyiha hujjatlarini tayyorlash;
qurilish jarayoni;
tarmoq ulanish infratuzilmani qurilishi;
sinashlar, ekspluatatsiyaga kiritish va nazorat (inspeksiya);
ulanish infratuzilmasidan foydalanishga ruxsatnoma;
ulanish va aloqa infratuzilmasini ekspluatatsiya qilish tartibi.
82. Ulanish shartnomasi quyidagilarni belgilaydi:
Tarmoqqa ulanish tadqiqoti natijalari va uzatish tizimiga ulanish boʻyicha kelishuvga muvofiq Foydalanuvchini ulash uchun tarmoq infratuzilmasini;
Tegishli tizim operatori va Foydalanuvchi obyektlari oʻrtasida asosiy mansublik chegaralarini;
Foydalanuvchining elektr tarmoqlariga ulanish infratuzilmasini qurish boʻyicha majburiyatlarini;
loyiha hujjatlarini tasdiqlash tartibi,
ulanish infratuzilmasi xarajatlarini toʻlash boʻyicha shartlar;
Tomonlarning boshqa oʻzaro huquq va majburiyatlari.
83. Uzatish tizimi operatori Foydalanuvchiga, tarmoqqa ulanishni kelishish haqida qaror qabul qilingandan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmagan holda ulanish shartnomasini taklif qilishi shart.
84. Foydalanuvchi uchun loyihalashtirish, qurilish-montaj, sinash-sozlash va kelishilgan oʻrnatmalarni ekspluatatsiyaga kiritishda texnik shart talablariga rioya etish majburiydir.
7-§. Tarmoqqa ulanish nuqtasida infratuzilmaning qurilishi
85. Foydalanuvchi tomonidan ulanish shartnomasiga muvofiq berilgan soʻrovga asosan Uzatish tizimi operatori tomonidan bunday faoliyatni bajarishga vakolat berilgan loyihalashtirish tashkiloti tasdiqlangan texnik shartga muvofiq uzatish tizimiga ulash loyihasini ishlab chiqadi.
86. Loyihalashtirish tashkiloti tarmoqqa ulash loyihasini Foydalanuvchi bilan kelishganidan soʻng, Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori hamda Nazorat qiluvchi organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Loyiha hujjatlari yuqoridagi barcha organlar tomonidan kelishilgandan soʻng tasdiqlash uchun Uzatish tizimi operatoriga qayta kiritiladi.
87. Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori va Nazorat qiluvchi organ ulanish loyihasini oʻttiz kun muddatda koʻrib chiqadi va shu muddat ichida kelishadi yoki asoslarni keltirgan holda rad etadi.
88. Ulanish loyihasini rad etilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
ulanish loyihasini mazkur Qoidalar talablariga javob bermasligi;
Uzatish tizimi operatori tomonidan berilgan texnik shartdan chetlashishlar aniqlanganda;
loyihaning amaldagi texnik reglamentlar va qoidalarga yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq emasligi.
89. Boshqa sabablar boʻyicha Ulanish loyihasini kelishishni rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
90. Ulanish loyihasini rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilganidan soʻng, kelishish uchun qayta kiritiladi.
Takroran koʻrib chiqish ulanishning qayta koʻrib chiqilgan loyihasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmaydi.
91. Ulanish loyihasi, barcha tomonlar bilan kelishilganidan soʻng uch kun ichida, Uzatish tizimi operatori tomonidan tasdiqlanadi.
92. Ulanish nuqtasiga bogʻlangan tarmoqlar va tizimlarni kengaytirish hamda mustahkamlash uchun bajarilishi zarur boʻlgan ishlar Foydalanuvchi mablagʻlari hisobidan, Uzatish tizimi operatori tomonidan vakolat berilgan pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
93. Ulanish nuqtasi infratuzilmasining qurilishi ulanish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda yakunlanishi shart.
94. Vakolatli nazorat organi tomonidan ishlar tugatilganligi toʻgʻrisida Dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng Ulanish nuqtasi infratuzilmasining qurilish ishlari yakunlangan hisoblanadi.
8-§. Sinash-sozlash va ishga tushirish
95. Elektr tarmoqlariga ulanish infratuzilmasining qurilishi yakunlangandan soʻng mazkur Qoidalarning IX va X boʻlimlari talablariga muvofiq sinash-sozlash va ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi.
96. Sinash-sozlash va ishga tushirish ishlari Foydalanuvchining xodimlari tomonidan Uzatish tizimi operatori va Nazorat qiluvchi organ vakillarining ishtirokida ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan bajariladi.
97. Sinash-sozlash va ishga tushirish ishlari Uzatish tizimi operatori va Nazorat qiluvchi organ vakillari tomonidan natijalar tasdiqlangan va sinashlar va ishga kiritish sozlash ishlari boʻyicha bayonnomalar tasdiqlanganidan soʻng yakunlanadi.
9-§. Elektr taʼminotini berish
98. Qurilish-montaj, sinash-sozlash ishlari yakunlangandan soʻng Foydalanuvchi Nazorat qiluvchi organga va Tegishli tizim operatoriga uzatish tizimiga ulanish uchun tayyorligini tekshirish boʻyicha murojaat qiladi.
99. Nazorat qiluvchi organ va Tegishli tizim operatorining vakillari murojaat qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Foydalanuvchi bilan birgalikda texnik shartning bajarilishi, yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan obyektlarini qurilish-montaj va ekspluatatsiyaga kiritishda tegishli meʼyor va qoidalar talablarining bajarilganligi, qurilmalarni ekspluatatsiya qilish uchun tegishli xodimlarning va ekspluatatsiya hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
100. Tekshirish oʻtkazish kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan namunaviy shakldagi qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnoma tuziladi, bir nusxasi Foydalanuvchiga yana bir nusxasi Tizim operatoriga yuboriladi.
101. Tekshirish dalolatnomasida eʼtirozlar yoki kamchiliklar mavjud boʻlmaganida besh ish kuni ichida Tegishli tizim operatori Foydalanuvchining qurilmalariga Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi beradi.
102. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Qoidalar va boshqa texnik hujjatlar talablarga rioya etilmasligi, qurilish-montaj va sinash-sozlash ishlarini amalga oshirishda tegishli meʼyorlar va qoidalarga amal qilinmaganligi yoki ulardan chetlashishi, tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlarning va ularga qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda zarur boʻlgan asbob-uskunalarning mavjud emasligi, ekspluatatsiyaga oid zarur hujjatlarning yetarli boʻlmaganda elektr qurilmalariga elektr taʼminotini berish rad etiladi.
103. Mazkur Qoidalarning 102-bandida keltirilmagan sabablar boʻyicha Foydalanuvchi qurilmalarini ekspluatatsiyaga kiritish uchun Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi berishni rad etish taqiqlanadi.
104. Rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan soʻng, Foydalanuvchining qurilmalarini ekspluatatsiyaga kiritish uchun ikkinchi bor murojaat etilgan kundan uch ish kuni ichida tegishli Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi beriladi.
105. Qayta koʻrib chiqish jarayonida birinchi bor rad etishda koʻrsatilmagan sabablarni keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
106. Foydalanuvchining qurilmalari ekspluatatsiyasi uchun Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi Foydalanuvchiga berilgan kuni yuboriladi.
107. Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi olingandan soʻng Foydalanuvchi oʻzining qurilmalarini tarmoqqa ulash uchun Tegishli tizim operatori va Tizim operatoriga tasdiqlangan ishga tushirish sxemasi bilan birga ishga tushirish dasturini kelishish va tasdiqlash uchun kiritadi.
3-bob. Tarmoqdan uzish (uzilish), oʻchirish va qayta ulash
1-§. Ixtiyoriy uzilish
108. Foydalanuvchilar oʻz ixtiyoriga koʻra uskunalarining uzatish tizimidan chegaralanmagan vaqtga uzilishini talab qilishga haqli.
109. Foydalanuvchilar oʻzlarining ixtiyoriy uzilish qarorlari toʻgʻrisida yozma ravishda Tegishli tizim operatori va Tizim operatorini uzilishdan kamida olti oy oldin xabardor qilishi shart.
110. Ixtiyoriy uzilishni soʻrayotgan Foydalanuvchi, uzilish va ekspluatatsiyadan chiqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
111. Uzatish tizimi operatori va Tegishli tizim operatori ekspluatatsiyadan chiqarish tadbirlarini oʻtkazadi va uzilish tadbirlari taʼsir etishi mumkin boʻlgan boshqa Foydalanuvchilarni xabardor qiladi.
2-§. Majburiy ravishda uzish yoki ajratish
112. Uzatish tizimi operatori quyidagi holatlarda Foydalanuvchi obyektlarini uzatish tizimidan uzish yoki oʻchirish qarorini qabul qiladi:
Vazirlik yoki Nazorat qiluvchi organning uzatish tizimidan uzish yoki oʻchirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
Tizim operatorining koʻrsatmasi;
favqulodda vaziyat va holatlarda (vaqtincha);
ulanish shartnomasi talablariga muvofiq;
uzatish tizimi obyektining oʻchishiga olib kelgan ushbu tizim miqyosidagi avariya vaziyatida (vaqtincha).
113. Uzatish tizimi operatori uzilish va ajratishlarning barcha holatlarida tekshiruv oʻtkazishi va shundan soʻng tegishli Foydalanuvchiga yuqoridagi harakatlarga majbur qiluvchi holatlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart.
114. Foydalanuvchilarga oldindan xabardor qilmasdan yoki ogohlantirmasdan, majburiy ravishdagi quyidagi uzilishlar uchun kompensatsiya toʻlanmaydi:
inson salomatligi va obyektlarning xavfsizligiga zarar yetkazilishi muqarrar boʻlgan vaziyatning oldini olishda;
elektr stansiyalari yoki tarmoqqa ulangan obyektlarda roʻy bergan avariyalarda;
Elektr stansiyalari operatorlari tomonidan Tizim operatori yoki Tegishli tizim operatorining topshiriqlarini bajarmaslik holatlarida;
elektr energiyasi taʼminotchisidan koʻrsatmalar olinganda;
Tegishli tizim operatoriga bogʻliq boʻlmagan va Uzatish tizimi operatorining biron bir qasddan qilinmagan harakatlarini yoki qoida buzilishi natijasi hisoblanmaydigan boshqa holatlarda.
115. Uzatish tizimi operatori Vazirlik va Regulator tomonidan keyingi harakatlar toʻgʻrisida zarur qarorlarni qabul qilish uchun tegishli hisobotni shakllantiradi va ularga taqdim etadi.
116. Isteʼmolchilar elektr energetika tizimining himoyasiga taalluqli boʻlgan quyidagi talablarga rioya qilishlari shart:
yuklamani majburiy oʻchirish;
chastotaning pasayishida yuklamani oʻchirish.
3-§. Elektr taʼminotini tiklash boʻyicha majburiyatlar
117. Uzatish tizimi operatori quyidagi holatlarda Tizim operatori bilan kelishgan holda maqbul narxlarda va imkon qadar qisqa muddatlarda Foydalanuvchining elektr taʼminotini tiklaydi:
Uzatish tizimi operatori Foydalanuvchining manbadan uzilishiga sabab boʻlgan avariya vaziyati bartaraf etilganda va bu Tizim operatori tomonidan tasdiqlansa;
Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalar, qonunchilik hujjatlari yoki ulanish shartnomasiga muvofiq manbadan uzish uchun sabablar amalda mavjud emasligiga asoslangan dalilga ega boʻlsa;
Taʼminotchi ulanishni tiklash toʻgʻrisida koʻrsatma bersa.
4-bob. Barcha Foydalanuvchilar uchun umumiy ulanish shartlari
1-§. Chastota boʻyicha talablar. Chastotaning ogʻishidagi turgʻunlik
118. Oʻzbekiston Respublikasining uzatish tizimida chastotaning ogʻishi normal ishlash rejimlarida ± 0,2 Nz, maksimal ruxsat etilgan ogʻishi ± 0,4 Nz gacha chegaralarda qolishi shart.
119. Barcha Foydalanuvchilar chastotaning 47,0 Nz — 52,0 Nz diapazonida tarmoqqa ulangan holda qolish imkoniyatiga ega boʻlishi shart.
120. Chastotaning ogʻish darajasiga bogʻliq holda barcha Foydalanuvchilar quyidagi vaqt davomida tarmoqqa ulangan holda qolishlari kerak:
47,0 Nz ≤ f < 48,0 Nz chastotalar oraligʻi uchun, kamida 15 daqiqa;
48,0 Nz ≤ f < 49,0 Nz chastotalar oraligʻi uchun, kamida 30 daqiqa;
49,0 Nz ≤ f < 51,0 Nz chastotalar oraligʻi uchun, cheklanmagan;
51,0 Nz ≤ f ≤ 52,0 Nz chastotalar oraligʻi uchun, kamida 30 daqiqa.
121. Uzatish tizimida chastota 47,0 Nz dan pasayganda yoki 52,0 Nz dan koʻtarilganda barcha Foydalanuvchilar 0,3 soniyadan ortiq boʻlmagan vaqt davomida tarmoqdan uzilishi zarur.
2-§. Kuchlanishga talablar. Kuchlanishning ogʻishlaridagi barqarorlik.
122. Barcha Foydalanuvchilar 220 kV va undan past kuchlanishli tarmoqlarga ulanish nuqtasida kuchlanish darajasining oʻzgarishida quyidagi vaqt davomida tarmoqqa ulangan holda qolishlari kerak:
85% Unom < U ≤ 90% Unom kuchlanish oraligʻida kamida 30 daqiqa;
90% Unom < U ≤ 110% Unom kuchlanish oraligʻida cheklanmagan;
110% Unom < U ≤ 115% Unom kuchlanish oraligʻida kamida 30 daqiqa.
123. Barcha Foydalanuvchilar 500 kV va undan yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ulanish nuqtasida kuchlanish darajasining oʻzgarishida quyidagi vaqt davomida tarmoqqa ulangan holda qolishlari kerak:
90% Unom < U ≤ 95% Unom, kuchlanish oraligʻida kamida 30 daqiqa;
95% Unom < U ≤ 105% Unom kuchlanish oraligʻida cheklanmagan;
105% Unom < U ≤ 110% Unom kuchlanish oraligʻida kamida 30 daqiqa.
124. Mazkur Qoidalarning 122 va 123-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan talablar uzatish tizimining istalgan ulanish nuqtasida har qanday Foydalanuvchi tomonidan bajarilishi shart boʻlgan talablar hisoblanadi.
Tizim operatori kuchlanish tebranishlari yuqori yoki davomiyligi uzoq boʻlgan ulanish nuqtasida boshqa, yanada qatʼiy talablarni oʻrnatishga haqli.
125. Qisqa tutashuv natijasida uzatish tizimida yuzaga kelgan kuchlanishning pasayib ketishida Foydalanuvchining obyekti quyidagi shartlarga muvofiq uzatish tizimiga ulangan holda qolishi kerak:
ulanish nuqtasida kuchlanish 0 V gacha tushsa, qurilma 0,15 soniya davomida ulangan holda qolishi kerak;
ulanish nuqtasida kuchlanish nominal qiymatdan minimum darajadan pasaysa, uskuna 1,5 soniya davomida ulangan holda qolishi kerak;
ulanish nuqtasida kuchlanish minimum daraja teng yoki undan yuqori boʻlsa, qurilma nosozlik bartaraf qilingunga qadar ulangan holda qolishi kerak;
kuchlanishning qiymatlarining 0 foizdan 90 foizgacha nominal kattaliklari uchun vaqt Qoidalarga 8-ilovaga muvofiq chiziqli interpolyatsiya bilan aniqlanadi.
126. Uzatish tizimidagi kuchlanish yuqori boʻlgan holatda Foydalanuvchining obyekti quyidagi shartlarga muvofiq uzatish tizimiga ulangan holda qolishi kerak:
50 millisoniyagacha vaqt davomida, ulanish nuqtasida kuchlanish nominal qiymat 120 foizga teng yoki undan past boʻlsa, uskuna ish holatida saqlanadi;
50 millisoniyadan 1000 millisoniyagacha vaqt davomida, mazkur Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq chiziqli interpolyatsiya asosida aniqlanuvchi qiymatdan past yoki unga teng boʻlgan kuchlanishda uskuna ish holatida qoladi.
3-§. Qisqa tutashuvlarni bartaraf etish
127. Uzatish tizimida, kuchlanishning barcha darajalari uchun qisqa tutashuvlarni bartaraf etish vaqti Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilanadi va Tizim operatori bilan kelishiladi.
Uzatish tizimining faqat shikastlanish yuz bergan oʻsha elementinigina selektiv oʻchirilishini taʼminlash uchun, himoyaning ishga tushish vaqti uskunaning ishga kiritish vaqtida oʻrnatiladi.
128. Himoyaning birinchi pogʻonasi ishlashi bilan uzilishi lozim boʻlgan elektr uzatish tarmoqlarida uzoq muddatli qisqa tutashuvlarni bartaraf etish vaqti (qisqa tutashuvning oʻtish qarshiligiga katta yuqori taʼsiri bundan mustasno) quyidagilardan yuqori boʻlmasligi kerak:
500 kV kuchlanishli elektr tizimida 100 ms;
220 kV kuchlanishli elektr tizimida 100 ms;
110 kV kuchlanishli elektr tizimida 150 ms.
129. Uzatish tizimida uzoqdagi yoki qoʻshni shinadagi shikastlanishlar masofaviy himoyaning ikkinchi pogʻonasi bilan oʻchirilishi kerak.
130. Asosiy himoya chiqarilgan holatda masofaviy himoyada tezlashtirish kiritilganda oʻchirish vaqti quyidagilardan yuqori boʻlmasligi lozim:
500 kV elektr uzatish tizimida 350 millisoniya;
220 kV elektr uzatish tizimida 500 millisoniya;
110 kV elektr uzatish tizimida 500 millisoniya;
131. Kuch transformatorlaridagi shikastlanishlar 100 millisoniyadan kech boʻlmagan vaqtda, ichki shikastlanishlardan himoyani ishga tushirish bilan bartaraf etilishi lozim (differensial himoya, yerga tutashuvdan himoya yoki transformatorning gaz himoyasi).
132. Elektr energetika tizimining barqarorligini va uskunalarning xavfsizligini taʼminlash uchun kuchlanish darajasi 110 kV va undan yuqori boʻlgan shinalar tizimlari uchun nosozliklarni (shikastlanish) tezda bartaraf etish uchun maxsus himoya tizimlari oʻrnatiladi.
Shinalardagi nosozliklarni bartaraf etish vaqti bir xil kuchlanishli elektr tarmoqlarida nosozliklarni (shikastlanishlarni) bartaraf etish vaqtidan oshmasligi shart.
4-§. Elektr energiyasi sifatiga qoʻyiladigan talablar
133. Foydalanuvchining qurilmalarini loyihalashtirish va joylashtirish ularni ekspluatatsiya qilish vaqtida uchinchi shaxslarning elektr energiyasi sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi hamda maʼlumot va signallarni uzatilishiga taʼsir qilmasligi kerak.
Foydalanuvchi ulanish nuqtasida kuchlanish flikerlarini hosil boʻlishini minimumga olib kelishi shart.
134. Tizim operatorining asoslangan tahliliga koʻra, uzatish tizimining ishi uchun xavf tugʻdiruvchi hamda barqaror boʻlmagan (uzlukli) isteʼmol yoki generatsiya qiluvchi qurilmalarga ega boʻlgan Foydalanuvchilar flikerlar egri chizigʻini qurishlari va kelishishlari shart.
Qisqa muddatli flikerlarning rejalashtirilgan taʼsir darajasi 0,8 dan oshmasligi, uzoq muddatli flikerlar rejalashtirilgan taʼsir davomiyligi 0,6 dan oshmasligi kerak.
135. Foydalanuvchi tok va kuchlanishning yuqori garmonikalarini generatsiyasining ruxsat etilgan chegaralarini qoniqtirishi lozim.
136. Elektr tarmogʻiga ulanish nuqtasidagi nominal kuchlanishga va Foydalanuvchining nominal quvvatiga bogʻliq ravishda yuqori garmonikalarni generatsiyasining ruxsat etilgan chegaralari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
137. Tarmoqqa ulangandan soʻng, Foydalanuvchining qurilmalari tomonidan yuqori garmonikalar boʻyicha oʻrnatilgan mezonlarning bajarilishi tok va kuchlanishning yuqori garmonikalarini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.
Foydalanuvchi uskunalari generatsiyalayotgan yuqori garmonikalarning belgilangan chegaralarga muvofiqligi, vakolatli sinash laboratoriyasining sinash bayonnomasi orqali tasdiqlanadi. Uskunalar elektromagnit mosligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan texnik vositalarning elektromagnit mosligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga javob berishi lozim.
138. Elektr stansiyasining qurilishi yakunlanganidan soʻng tok va kuchlanish yuqori garmonikalarining ruxsat etilmagan darajalari hali ham mavjud boʻlsa, Uzatish tizimi operatori va Tizim operatori, Foydalanuvchidan yuqori garmonikalarni tarmoqqa generatsiyasini kamaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrishni talab etishga haqli.
139. Alohida garmonikalarning maksimal darajasi Tegishli tizim operatori tomonidan, kuchlanishning har bir darajasi uchun belgilanadi.
Foydalanuvchiga qoʻyiladigan talablarga koʻra, bir hafta davomida normal ekspluatatsiya sharoitlarida ulanish nuqtasidagi kuchlanishning har bir alohida garmonikasining 10 daqiqalik samarali qiymatlarining 95 foizi Qoidalarga 10-ilovada keltirilgan qiymatlardan kichik yoki teng boʻlishi kerak. Normal ekspluatatsiya sharoitlarida yuqori kuchlanishli uzatish tizimidagi umumiy garmonik buzilish 3 foizdan oshmasligi shart.
140. Normal ish rejimida uzatish tizimi fazalarining teskari ketma-ketlik kuchlanishini maksimal tashkil etuvchisi 2 foizdan past darajada qolishi kerak. Rejali oʻchirishlar sharoitida 4 foiz maksimal qiymat bilan qisqa muddatli faza boʻyicha siljishga yoʻl qoʻyiladi.
5-§. Himoyaga boʻlgan talablar
141. Uzatish tizimi operatori va Tizim operatori Foydalanuvchi obyektlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda tarmoqni himoyalash uchun zarur himoya sxemasi va oʻrnatmalarini (sozlamalarini) koʻrsatadi.
142. Foydalanuvchi, ishlab chiqaruvchining talablariga va tavsiyalariga muvofiq oʻzining generatsiyalovchi moduli/uskunalarini himoyalash bilan bogʻliq boʻlgan himoya sxemalarini mustaqil ravishda ishlab chiqadi.
143. Foydalanuvchining obyektlarini himoyalash uchun zarur boʻlgan himoya sxemalari va elektr tarmogʻini himoyalash uchun zarur boʻlgan himoya sxemalari Tegishli tizim operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida koordinatsiya qilinishi va kelishilishi lozim.
144. Ichki shikastlanishlardan himoyalash sxemalari va oʻrnatmalari (sozlamalari) Foydalanuvchining faoliyatini tahdid ostiga qoʻymasligi zarur.
145. Foydalanuvchining elektr himoyasi uzatish tizimi xavfsizligini, Foydalanuvchi va Uzatish tizimi operatori xodimlarining sogʻligʻiga, jamoatchilikka hamda Foydalanuvchi obyektlariga zararni kamaytirishni eʼtiborga olgan holda ekspluatatsiyaviy boshqaruvdan ustuvorlikka ega boʻlishi lozim.
146. Himoyalash sxemalari elektr tarmogʻiga ulanishga kelishishda koʻrsatib oʻtilgan Tegishli tizim operatori va Tizim operatorining talablariga muvofiq tashkillashtiriladi va quyidagi jihatlarni qamrab olishi mumkin:
tashqi va ichki qisqa tutashuv;
nosimmetrik yuklama (fazalarning teskari ketma-ketligi);
ulanish nuqtasidagi koʻtarilgan (pasaygan) kuchlanish;
generatorning klemmalarida koʻtarilgan (pasaygan) kuchlanish;
tizimlararo tebranishlar;
ishga tushirish toki;
elektr uzatish tarmogʻi himoyasi;
blok transformatorning himoyasi;
asosiy himoyaning nosozligi va taqsimlovchi qurilmaning ulanmalarini noselektiv ishlab ketishi, oʻchmay qolishi holatida zaxira himoyasi;
chastota oʻzgarishining tezligi.
147. Foydalanuvchi quyidagi ustuvorlikda (eng yuqoridan eng pastgacha) oʻzining himoyalash va boshqarish qurilmalarini tashkillashtiradi:
Foydalanuvchining obyektlarini himoyalash;
tarmoqni himoyalash;
avariyaga qarshi avtomatika tizimi bilan kelishtirilganlik;
chiqish aktiv quvvatini rostlash (faqat generatorlar uchun).
148. 110 kV kuchlanishli tarmoqlarga Foydalanuvchining obyektlarini ulashda himoyaga boʻlgan namunaviy talablar Uzatish tizimi operatori tomonidan ishlab chiqiladi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. 220 kV va 500 kV kuchlanishli tarmoqlarga ulanishda himoyaga boʻlgan talablar har bir holat uchun alohida korreksiya qilinadi.
6-§. Real vaqt rejimidagi aloqa va maʼlumotlar almashinuviga talablar
149. Uzatish tizimi operatorining talablariga muvofiq, barcha Foydalanuvchilar real vaqt rejimidagi oʻlchash vositalariga ega boʻlishi kerak. Real vaqtdagi oʻlchashlarga taalluqli talablar muayyan Foydalanuvchi uchun Uzatish tizimi operatori tomonidan tarmoqqa ulanish shartnomasida belgilab beriladi.
150. Muayyan turdagi Foydalanuvchilar avariyalarni qayd etish va oʻz tizimlarini dinamikada oʻzini tutishini monitoring qilish qurilmalariga ega boʻlishi lozim. Ushbu obyekt quyidagi parametrlarni qayd etishi kerak:
kuchlanish;
elektr toki;
aktiv va reaktiv quvvat;
chastota;
tok va kuchlanish vektor kattaliklarning qiymati va faza burchaklari;
energetika tizimi quvvat stabilizatori va kuchlanishni avtomatik rostlagichi uskunalari monitoringi va ishlash statistikasi;
kuch transformatorida kuchlanishni avtomatik rostlagichining holati;
taqsimlovchi qurilmalarning va avariya signallarining holati.
151. Barcha Foydalanuvchilar aktiv va reaktiv quvvat hisoblagichlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ushbu hisoblagichlarning aniqligiga texnik talablar vakolatli tashkilotlar tomonidan belgilanadi, ammo ular 0,2 dan past sinfda boʻlmasligi kerak.
7-§. Masofadan boshqarish markazi va monitoringga talablar
152. Uzatish tizimi operatori Tizim operatorining talabiga koʻra Elektr tarmogʻiga ulanishga kelishishda Foydalanuvchidan oʻzining dispetcherlik boshqaruvi markazini belgilashga soʻrov berishi mumkin.
Foydalanuvchining boshqaruv markazi uzluksiz ish rejimida boʻlishi lozim. Masofadan boshqarishga taalluqli ravishda, Foydalanuvchini obyektlarining har bir boshqaruv markazi Tizim operatorining tegishli hududiy, mintaqaviy dispetcherlik boshqaruvi markaziga boʻysunishi kerak.
153. Foydalanuvchi, oʻzining boshqaruv markazidan quyidagilarni masofadan boshqarishni taʼminlashi lozim:
35 — 500 kV kuchlanishli avtomatik oʻchirgichlarni, ajratkichlarni hamda transformatorlarning kuchlanish rostlagichlari;
transformatorning past kuchlanish tomonidagi avtomatik oʻchirgichlar.
154. Foydalanuvchining boshqaruv markazi quyidagilar bilan yetarlicha jihozlangan (ulanishni kelishishda belgilanadi) boʻlishi kerak:
aloqa vositalari (xususiy yoki ijaraga olingan liniyalar, optik tolali kabel, radioreleli, yuqori chastotali aloqa, GSM, elektron pochta va hokazo);
maʼlumotlarni masofadan uzatish uchun kommunikatsiya qurilmalari;
himoya qurilmalarini oʻqish va parametrlarini oʻzgartirish uchun kommunikatsiya qurilmalari;
kuzatuv, nazorat va dispetcherlash qurilmalariga (tizimlariga) funksional talablar.
155. 110 kV dan quyi kuchlanishli, oʻrnatilgan quvvati 1 MW dan yuqori boʻlgan generatsiyalovchi modullarga ulangan taqsimlash yoki Berk taqsimlash tizimi operatorlari boshqaruv markazlari va (yoki) obyektni boshqarish markazi Tizim operatorining boshqaruv markaziga umumiy generatsiya haqida maʼlumot uzatish uchun zarur qurilmalarga ega boʻlishi kerak.
156. Uzatish tizimi operatori Foydalanuvchi va Tizim operatori belgilagan boshqaruv markazi oʻrtasidagi masofadan boshqarish va monitoring tizimi boʻyicha talablarni texnik shart berish/ulanishni kelishish jarayonida belgilab beradi.
157. Barcha Foydalanuvchilar eng kamida quyidagi parametrlarni masofadan boshqarish va monitoring qilishga imkoniyat berishlari kerak:
ulanish nuqtasidagi tok kuchi, kuchlanish va chastotasi;
aktiv quvvat va uning yoʻnalishi;
reaktiv quvvat va uning yoʻnalishi;
yuqori kuchlanishli oʻchirgichlar va ajratgichlarning holati.
Real vaqt rejimida uzatilishi shart boʻlgan maʼlumotlarga qoʻyiladigan talablar mazkur Qoidalarga 11-ilovada batafsil bayon etilgan. Ushbu talablar tarmoqqa ulanish vaqtida Uzatish tizimi operatori tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
5-bob. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar uchun ulanish shartlari
1-§. Barcha ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladigan talablar
158. Generatsiyalovchi modullar chastotaning oʻzgarish tezligi ±2 Nz/s yoki undan kamroqni tashkil etganda tizimiga ulangan holda qolishga imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. Chastotaning oʻzgarish tezligi ±2 Nz/s dan ortgan holatlarda generatsiyalovchi modullar 1,25 soniyadan keyin tarmoqdan uzilishi mumkin.
159. Tarmoqda kuchlanish va chastotaning turgʻun rejimdagi ogʻishlarida, generatsiyalovchi modullar Qoidalarga 12-ilovada keltirilgan ulanish nuqtalarida kuchlanish darajalari boʻyicha ajratilgan qiymatlarga mos keladigan aktiv quvvatni generatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
160. Generatsiyalovchi modullar har qanday ish rejimida va har qanday ishchi nuqtadan Tizim operatori talab qilgan chegaraviy qiymatgacha chiqishdagi aktiv quvvatni cheklash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Talab etilgan qiymat Tizim operatori tomonidan ulanish nuqtasi uchun berilishi va ayni vaqtda ishda mavjud boʻlgan tegishli generatsiyalovchi modulning chiqishidagi aktiv quvvatning foiz qiymatiga mos kelishi lozim.
Chiqishdagi aktiv quvvatni chegaraviy qiymatgacha cheklash, generatsiyalovchi modulni tarmoqdan uzmasdan, generatsiyalovchi modulning bir daqiqadagi oʻrnatilgan quvvatidan eng kichik 10 foizli qadamlar bilan amalga oshirilishi kerak.
161. Sinxron generatsiyalovchi modul, shuningdek, elektr stansiyalar parkidagi ishlab chiqarish modullari chastotaning ortishi bilan cheklangan chastotaviy-sezuvchan rejimga (LFSM-O), mazkur Qoidalarga 13-ilovaga muvofiq chastotaning haddan tashqari koʻtarilishi vaqtida chiqishdagi aktiv quvvatni kamaytirish (pasaytirish)ga qodir boʻlishi kerak. Chastotaning haddan tashqari koʻtarilishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
s — statizm;
∆f — Chastotaning ogʻishi;
∆fp — yuqori darajali tartibga solishni faollashtirish chastotasi, yaʼni past chastotada;
∆P — aktiv quvvatni oʻzgarishi;
Pn — sinxron generatsiyalovchi modulning aktiv quvvati, yaʼni quvvat parki modullari uchun ulanish nuqtasidagi joriy aktiv quvvat.
2-§. Sinxron generatorlarga qoʻllaniluvchi ulanish shartlari
162. Yuklamani oʻzgarish tezligi, turbogeneratorli modullar uchun bir daqiqada 4% Pnom dan va gidrogeneratorli modullar uchun bir daqiqada 30% Pnom dan kamni tashkil etmasligi kerak.
Ushbu oʻzgarishlar vaqtida aktiv quvvatning chiqishdagi barqaror qiymati texnik minimum va nominal quvvat oʻrtasidagi barcha ishchi nuqtalarda taʼminlanishi kerak.
3-§. Birlamchi rostlashga talablar
163. Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi kombinatsiyalashgan elektr stansiyalardan tashqari, nominal oʻrnatilgan quvvati 50 MW ga teng yoki undan yuqori boʻlgan har bir generatsiyalovchi modul, birlamchi rostlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
164. Nominal aktiv quvvati 50 MW dan kam boʻlgan har bir generatsiyalovchi modul Tizim operatori bilan kelishuvga muvofiq birlamchi rostlash imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.
165. Birlamchi rostlash qoʻllaniladigan barcha generatsiyalovchi modullarga quyidagi talablar qoʻllaniladi:
birlamchi rostlanuvchi diapazon nominal aktiv quvvatning ±2 foizdan kam boʻlmasligi kerak;
aktiv quvvat xarakteristikasi — birlamchi boshqarish qurilmasining chastotasi 4 — 6 foiz diapazonda rostlanishi kerak;
birlamchi rostlashning ishga tushish vaqti — tashqi taʼsir sodir boʻlgandan soʻng, 2 soniyagacha birlamchi rostlashga buyruq beruvchi, tashqi taʼsir sodir boʻlgandan soʻng maksimum 15 soniyada birlamchi rostlashning toʻla hajmidan 50 foiz yoki kamroq quvvatni jalb qilishga buyruq beruvchi, birlamchi rostlashning toʻla hajmidan 50 foizdan 100 foizgacha quvvatni jalb qilishni talab etuvchi tashqi taʼsirlarda birlamchi rostlashni ishga tushirish vaqti 15 dan 30 soniyagacha diapazonda chiziqli bogʻliqlikdan aniqlanadi;
ekspluatatsiyaviy sozlama — chastota darajasini kvaziturgʻun rejimdan ± 200 mNz ga ogʻishlarida birlamchi zaxira toʻliq jalb qilinishi kerak;
birlamchi zaxirani jalb qilish davomiyligi 15 daqiqadan kam boʻlmasligi lozim;
chastota rostlagichning sezmaslik zonasi ± 10 mNz dan oshmasligi kerak;
oʻlchash aniqligi 10 mNz dan past yoki teng boʻlishi lozim;
birlamchi rostlashning sezmaslik (oʻlik) zonasi 0 dan ± 20 mNz gacha chegaralarda boʻlishi kerak;
birlamchi rostlash generatorining aylanish chastotasini oʻlchash davri 0,1 soniyadan oshmasligi lozim;
kuzatish davriyligi 1 soniyani (tavsiya etiladi), maksimal 10 soniyani tashkil etishi kerak.
166. Generatsiyalovchi modul birlamchi rostlash rejimida ishlash imkoniyatiga ega boʻlsa, u birlamchi rostlashda (yoqish/oʻchirish) ishtirok etish uchun, uning holati haqida Uzatish tizimi operatorining dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA) tizimida signal yuborish uchun tegishli qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi va birlamchi rostlashni faollashtirish va faolsizlantirish uchun Uzatish tizimi operatoridan boshqaruvchi signal olishi lozim.
4-§. Ikkilamchi rostlashga talablar
167. Nominal quvvati 20 MW ga teng yoki undan katta (Pnom ≥ 20 MW) boʻlgan har bir gidrogeneratsiyalovchi modul ikkilamchi rostlash imkoniyatiga ega boʻlishi va nominal quvvatining 30 foiz miqdorida (0,3 Pnom) rostlashning minimal diapazonini taʼminlashi kerak.
168. Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarishga moʻljallangan generatsiyalovchi modullardan tashqari nominal quvvati 150 MW ga teng yoki undan katta (Pnom ≥ 150 MW) boʻlgan har bir turbogeneratorli modul ikkilamchi rostlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak, rostlashning minimal hajmi koʻmirda ishlovchi turbogeneratorlar uchun nominal quvvatining 15 foiz (0,15 Pnom) ni va gaz yoki boshqa yoqilgʻida ishlovchi turbogeneratorlar uchun 25 foiz (0,25 Pnom) ni tashkil etishi kerak.
169. Ikkilamchi rostlash imkoniyatiga ega boʻlgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari Uzatish tizimi operatorining avtomatik boshqaruv (SCADA) tizimiga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
ikkilamchi rostlashni amalga oshirishda generatsiyalovchi modulning maksimal va minimal quvvat;
ikkilamchi rostlash ishga tushishida aktiv quvvat tebranishining oʻzgarishi;
generatsiyalovchi modulning bazaviy quvvati;
generatsiyalovchi modul ikkilamchi rostlash qurilmasi holati (yoniq/oʻchiq);
generator ishtirokining ikkilamchi rostlashdagi ulushini hisoblash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
170. Ikkilamchi rostlashda ishtirok etadigan generatsiyalovchi modul va elektr energiyasini saqlash tizimi Uzatish tizimi operatorining avtomatik boshqaruv (SCADA) tizimidan operativ rejimda quyidagi maʼlumotlarni olish imkoniyati ega boʻlishi kerak:
ikkilamchi rostlash buyrugʻining holati (ikkilamchi rostlash yoniq/oʻchiq), ikkilamchi rostlash uchun joriy talab etiladigan quvvat;
generatsiyalovchi modul ulangan uzatish tizimidagi taqsimlash qurilmalarining holati;
generatsiyalovchi modul ulangan uzatish tizimi qurilmalarida kuchlanish, chastota, aktiv va reaktiv quvvat oqimlarining joriy qiymatlari.
5-§. Uchlamchi rostlashga talablar
171. Barcha gidrogeneratorli modullarning uzatish tizimi bilan sinxronlanish vaqti 15 daqiqadan kam boʻlishi kerak.
172. Qaytariluvchi sikllar bilan suvni nasos rejimida koʻtarish va tushirish orqali generator rejimida ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan gidro elektr stansiyalar, yaʼni gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalar agregatlarining uzatish tizimi bilan sinxronlanish vaqti (ikkala ishlash rejimi uchun ham) 15 daqiqadan kam boʻlishi kerak.
173. Bugʻ-gaz qurilmalarining barcha generatsiyalovchi modullarining uzatish tizimi bilan sinxronlanish vaqti 30 daqiqadan kam boʻlishi kerak.
174. Har bir generatsiyalovchi modul aktiv quvvatni chegaralangan (kamaytirilgan) ishlab chiqarish rejimida ishlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Texnik minimum deb nomlanuvchi, generatorning barqaror ishlashi kafolatlangan generatsiyaning minimal darajasi quyidagi qiymatlarga mos kelishi lozim:
gidrogeneratorlar uchun — Pmin ≤ 0,45 Pnom;
koʻmirda ishlaydigan turbogeneratorlar uchun — Pmin ≤ 0,7 Pnom;
gaz yoki mazutda ishlaydigan turbogeneratorlar uchun — Pmin ≤ 0,4 Pnom;
aralash siklli generatorlar uchun:
gaz turbinasi uchun — Pmin ≤ 0,4 Pnom,
bugʻ turbinasi uchun — Pmin ≤ 0,8 Pnom;
boshqa turdagi generatorlar uchun Pmin ≤ 0,8 Pnom.
6-§. Kuchlanishni rostlashga talablar
175. Generatsiyalovchi modul mazkur Qoidalarga 14-ilovaga muvofiq diapazonlarda kuchlanishni rostlash imkoniyatiga ega boʻlishi shart. Generatsiyalovchi modul birlamchi yoki ikkilamchi rostlashda ishtirokidan qatʼiy nazar, kuchlanishining normal qiymatlari chegarasida uzluksiz, kuchlanishning normal qiymatlari diapazonidan tashqarida boʻlganda vaqtinchalik kuchlanishni rostlash imkoniga ega boʻlishi kerak.
176. Kuchlanish normal ishchi kuchlanish diapazonidan pasayganda generator kuchlanishni normal ishchi diapazoni chegarasidan pasaygan har bir foizi uchun qoʻzgʻatish tokini kamida 2 foizga koʻtarishi bunda qoʻzgʻatish tokini maksimal 200 foiz kattalikkacha oshirish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Qoʻzgʻatish tokining oshirilishi kuchlanish pasayib ketganidan soʻng 20 millisoniyadan kechikmasdan boshlanishi va kuchlanish normal ishchi diapazoniga qaytganidan soʻng kamida 500 millisoniya davom etishi, lekin kuchlanish tushib ketgan vaqtdan boshlab 10 soniyadan oshmasligi kerak.
7-§. Uzatish tarmoqlaridagi qisqa tutashuvlarda dinamik turgʻunlik
177. Kuchaytiruvchi transformatorning yuqori kuchlanish tomonidagi qisqa tutashuvning quvvati generatorning nominal quvvatidan olti barobar yoki undan koʻproq boʻlsa, turgʻunlikning buzilishi natijasida generatsiyalovchi modulni oʻchib qolishini oldini olish uchun uzatish tizimidagi himoya tizimi qisqa tutashuvlardan 150 millisoniyadan kechikmasdan oʻchirilishini taʼminlashi kerak. Ushbu vaziyatda generatorning oʻz ehtiyojlari boshqa manbaga oʻtkazilmaydi deb taxmin qilinadi.
8-§. Kichik taʼsirlardagi dinamik turgʻunlik
178. Uzatish tizimida kichik taʼsirlardagi aktiv quvvat oqimlarining tebranishlari generatorni tarmoqdan oʻchishiga yoki himoya qurilmalari ishlab aktiv quvvat generatsiyasini pasayishiga olib kelmasligi kerak.
9-§. Generatorni oʻz ehtiyojlarni taʼminlashga oʻtkazish
179. Nominal quvvati 100 MW dan yuqori boʻlgan turbogeneratorli modul hamda oʻrnatilgan quvvatidan qatʼiy nazar barcha gidrogeneratorlar chastota yoki kuchlanishni ruxsat etilgan chegaralardan ogʻishida quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishi kerak:
oʻz ehtiyojlarini taʼminlash rejimiga qayta ulanishga;
kuchlanish yoki chastotaning ogʻishi sababli vujudga kelgan oʻchishdan soʻng 15 daqiqa davomida tarmoqqa qayta ulanishga.
180. Generatsiyalovchi modulni oʻz ehtiyojlarini qoplash rejimiga qayta ulash imkoni, himoyani ishlab ketish sxemasiga muvofiq uzatish tizimining ishini buzilishi holatida ham taʼminlanishi kerak.
181. Energoblokni oʻz ehtiyojlarini qoplash rejimiga oʻtkazilgandan keyin turbogeneratorli modul mazkur rejimda kamida 60 daqiqa ishlash qobiliyatini saqlashi lozim.
10-§. Noldan ishga tushirish qobiliyati
182. Toʻliq oʻchishdan soʻng oʻzgaruvchan tok tarmogʻidan uzilgan generatsiyalovchi modulning tashqi elektr taʼminot manbaisiz maxsus zaxira energiya manbai vositasida qayta ishga tushishi hamda kuchlanish va chastotani ushlab turishi, yaʼni noldan ishga tushirish qobiliyati uzatish tizimiga ulanish jarayonida kelishiladi va tegishli ulanish shartnomasida roʻyxatga olinadi.
183. Generatsiyalovchi modulni noldan ishga tushirishni qobiliyati elektr energetika tizimining qisman yoki toʻliq oʻchganidan keyin uni tiklash uchun Tizim operatorining soʻroviga boʻyicha taʼminlanishi lozim.
184. Generatsiyalovchi modulni ushbu rejimda ishlashi kamida 15 daqiqa davomida taʼminlanishi kerak.
11-§. Alohida ishlash imkoniyati
185. Generatsiyalovchi modulni alohida ishlash imkoniyati uzatish tizimiga ulanish jarayonida kelishilishi va tegishli ulanish shartnomasida roʻyxatga olinishi kerak.
186. Generatsiyalovchi modulning alohida ishlash imkoniyati, elektr energiyasi qisman yoki toʻliq oʻchgandan keyin elektr energetika tizimini tiklash uchun Tizim operatorining talabi boʻyicha taʼminlanishi lozim.
187. Alohida ishlash imkoniyati bor generatsiyalovchi modul, oʻz ehtiyoji quvvatidan yuqori va ushbu generatsiyalovchi modulning nominal quvvatidan past quvvat ishlab chiqarish bilan ihotalangan tarmoqda sinxron ishlashi lozim. Alohida ishlash rejimi kamida olti soatni tashkil etishi shart.
188. Generatsiyalovchi modul alohida ishlash rejimida boʻlsa, u nominal qiymatning 10 foiz darajasigacha generatsiyani tez oʻzgartirish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
12-§. Generatorlarning turgʻunligi
189. Quvvati 200 MW dan yuqori boʻlgan turbogeneratorlar hamda nominal quvvati 100 MW dan yuqori boʻlgan gidrogeneratorlar energetika tizimi stabilizatori (PSS) bilan jihozlanishi kerak.
190. Tizim operatori quyidagilarni inobatga olib, elektr energetika tizimining quvvat stabilizatori uchun sozlamalarni belgilaydi:
qurilma tebranishlarga olib kelmaydigan oʻzgarishlarga javob bermaydi;
quvvat stabilizatori qurilmasining chiqish signali kuchlanishni rostlagichining kirish signalini ±10 foiz diapazonini chegarasidan oshmaydi;
boshqa generatsiyalovchi modullarda aylanma tebranishlarni olib kelmaydi.
6-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga qoʻllaniladigan ulanish shartlari
1-§. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining turlari
191. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida generatsiyalovchi modullarni ulash uchun texnik talablar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy nominal quvvatiga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:
“A” turi — oʻrnatilgan quvvati 1 kW dan 50 kW gacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
“B” turi — oʻrnatilgan quvvati 50 kW dan 500 kW gacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
“C” turi — oʻrnatilgan quvvati 500 kW dan 20 MW gacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
“D” turi — oʻrnatilgan quvvati 20 MW dan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari.
2-§. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari aktiv quvvatini rostlashga talablar
192. Past kuchlanishli tarmoqlarga ulangan qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi generatsiyalovchi modullar ulash nuqtasida, oʻrta va yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ulangan qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi generatsiyalovchi modullar har bir blok transformatorining past kuchlanish tomonida oʻchish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
193. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulashga yoʻl qoʻyilmaydi. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga Uzatish tizimi operatori bilan kelishilgan holda Tarmoqqa ulanish tadqiqoti va ulanish shartnomasiga muvofiq faqat mavjud yoki yangi podstansiya yoxud taqsimlash qurilmalarini qurish orqali ulanishga ruxsat etiladi.
194. “A” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari tarmoqdan avtomatik tarzda uziladi va qayta ulanadi.
195. “B”, “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalar oʻzlari ulangan tarmoq operatori yoki Tizim operatori tomonidan istalgan vaqtda masofadan oʻchirilishi yoki ularning chiqishdagi aktiv quvvatini cheklash imkoniyatini beruvchi vositalarga ega boʻlishi shart.
196. “A” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari tarmoqdagi nosozlik sababli oʻchirgan/oʻchirilgan boʻlsa, u normal ekspluatatsiya sharoitlari tiklangandan keyin 5 daqiqadan ortmagan davr davomida tarmoqqa avtomatik tarzda qayta ulanishi mumkin. Ulanishni kechiktiruvchi vaqt relelarini oʻrnatilishi va ularning sozlamalari Tegishli tizim operatori bilan kelishiladi.
197. “B”, “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari tarmoqdagi nosozlik sababli oʻchirilgan boʻlsa, unda qayta tiklanuvchi energiya manbalari faqat Tegishli tizim operatori yoki Tizim operatorining ruxsati bilan tarmoqqa qayta ulanishi mumkin.
198. Tashqi sabablar taʼsirida (tabiat hodisalari, ob-havo) oʻchgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ushbu sabab bartaraf etilgandan soʻng Tizim operatoriga xabar bergan holda tarmoqqa avtomatik tarzda qayta ulanishi mumkin.
199. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari tarmoqdan tashqi sabab taʼsirida yoki tarmoqda avariya vaziyati sodir boʻlgunga qadar tashqi taʼsir boʻyicha oʻchgan boʻlib, yagona elektr energetika tizimining ekspluatatsiya sharoitlari normal holatga qaytgan boʻlsa ham ushbu qurilmalarni avtomatik tarzda qayta ulanishi mumkin emas. Ularning qayta ulanishiga faqat Tizim operatori koʻrsatmasi berilganidan soʻng ruxsat etiladi.
200. “A” va “B” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari tarmoqdan ichki nosozlik sababli uzilgan (oʻchirilgan) boʻlsa, nosozliklar bartaraf etilgandan keyin Tegishli tizim operatori bilan kelishilmasdan qayta ulanishi mumkin.
201. Sinxron generatsiyalovchi modul, shuningdek, “B”, “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari Qoidalarga 15-ilova va 161-bandida koʻrsatilgan formula bilan aniqlangan statik maʼlumotlarga muvofiq past chastotada aktiv quvvatni oshirish imkoniyatini beradigan darajada jihozlanadi.
202. Elektr energetika tizimini muvozanatlash uchun yetarli zaxirani yaratish maqsadida Tizim operatori Uzatish tizimi operatori bilan birgalikda oʻrnatilgan quvvati 10 MW dan katta boʻlgan “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻrnatilgan quvvatning 30 foiz miqdorida elektr energiyasini saqlash tizimlarini oʻrnatishni talab qilish huquqiga ega.
203. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bir daqiqada nominal aktiv quvvatini umumiy oʻrnatilgan quvvatining 25 foizga pasaytirish imkoniga ega boʻlishi shart.
204. Generatsiyalovchi modullar aktiv quvvatni oshirishni faollashtirish uchun statik chegara va chastotaning ogʻishi tizimlararo ishlash shartlariga muvofiq 2-12 foizgacha, yaʼni 49,8 Nz dan 49,5 Nz gacha oraliqda ishlash imkoniyatini beradigan uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Tizim operatori chastota ogʻishining oʻrnatilgan statik chegarasini aniqlaydi va bu qiymat vaqt oʻtishi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
205. Generatsiyalovchi moduli past chastotali rejimlarda oʻzining ishlab chiqarishining texnik maksimal darajasiga qadar barqaror rostlashni taʼminlashi kerak. Ushbu rostlashda ishlash davomida generatsiyalovchi modul birlamchi va ikkilamchi rostlashga jalb etilmaydi va ushbu funksiya uchun javob bermaydi.
206. Elektr stansiyasi operatori yuqori chastotali rejimlarda rostlashga reaksiyaning haqiqiy tezligi toʻgʻrisida Tizim operatorini xabardor qilishi kerak.
Bu reaksiya vaqti 2 soniyadan sekinroq boʻlsa, Elektr stansiyasi operatori Tizim operatoriga texnik jihatdan reaksiya vaqti bundan tezroq boʻlishi mumkin emasligini isbotlashi kerak boʻladi.
207. Chastota 49 Nz dan pasayganda aktiv quvvatning kamayishi chastotaning har 1 Nz qisqarishi uchun toʻla quvvatning (chastota 50 Nz boʻlgandagi toʻliq quvvat) 2 foizdan oshmaydi.
208. Oʻrnatilgan quvvati 5 MW dan katta boʻlgan “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari, Tizim operatori va uning hududiy boʻlinmalariga chiqishdagi aktiv quvvatni cheklashni masofadan boshqarish imkoniyatini taqdim etishi lozim.
209. Oʻrnatilgan quvvati 5 MW dan katta katta boʻlgan “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari chastotani rostlash uchun ikkilamchi rostlash va pastga qarab tez uchlamchi rostlashda ishtirok etish uchun jihozlangan boʻlishi shart.
Ular Tizim operatorining dispetcherlik boshqaruvi markaziga barcha zarur maʼlumotlarni uzatish va boshqaruv signallarini almashishning barcha zarur vositalarini oʻrnatishlari kerak.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari tomonidan ushbu yordamchi xizmatlarning koʻrsatilishi Uzatish tizimi operatori bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi va ushbu shartnoma bilan tartibga solinadi.
3-§. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun kuchlanishni rostlash talablari
210. Tegishli tizim operatorining talabi boʻyicha “A” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulanish nuqtasida induktiv xarakterda 0,95 hamda sigʻim xarakterda 0,95 quvvat koeffitsiyentini rostlash diapazonini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlishi talab etiladi.
211. Elektr tarmoqlariga ulangan “B” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kuchlanishini rostlash, ulanish nuqtasidagi ishchi kuchlanishni Tegishli tizim operatori tomonidan belgilanadigan oʻrnatmalardan foydalanib taʼminlanadi. Ushbu qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun ishchi kuchlanish oʻrnatmasi quyidagilar orqali tanlanadi:
oʻrnatma qiymatini kelishish;
kuchlanishning tegishli reja-grafigini tuzish;
oʻrnatma qiymatini operativ (onlayn) berish.
212. Oʻrnatma qiymatini operativ (onlayn) berilganda, ishchi kuchlanish oʻrnatmasi uchun tegishli yangi talablar ulanish nuqtasida bir daqiqa davomida oʻrnatilishi kerak.
213. “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari kuchlanishni ushlab turish, reaktiv quvvatni ushlab turish rejimlarida yoki quvvat koeffitsiyentini saqlash rejimida reaktiv quvvatni avtomatik rostlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
214. Barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kuchaytiruvchi yoki kuch transformatori generatsiyalovchi modulning xususiyatlari bilan mutanosib ravishda (rostlash diapazoni va qadami) kuchlanish rostlagichlari bilan jihozlangan boʻlishi shart. “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kuchaytiruvchi yoki kuch transformatorlari kuchlanishni yuklama ostida kuchlanish rostlagichi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
215. Isteʼmolchi qurilmalarining tarkibiga kiruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari, isteʼmolchilar uchun Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari yoki ihotalangan tarmoqlar uchun Uzatish tizimi operatori tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq kuchlanish boʻyicha talablarni qondirishi lozim.
216. “A” turdagilaridan tashqari barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kuchlanishni rostlash imkoniyati ekspluatatsiya sxemalarining texnik holati bilan chegaralanadi.
217. Kuchlanishni ushlab turish rejimida ishlash uchun “C” va “D” turlardagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari 0,01 n.b.dan ortiq boʻlmagan qadam bilan, 0,95 — 1,05 n.b diapazonda, 0,5 foizdan ortiq boʻlmagan qadamda, 2 — 7 foiz eng kichik oʻzgarish qiyaligi bilan tarmoq bilan reaktiv quvvat almashish orqali ulanish nuqtasidagi kuchlanishni saqlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Ulanish nuqtasida kuchlanish qiymati uning berilgan qiymatiga teng boʻlganida, generatsiyalovchi modulning chiqishidagi reaktiv quvvati nolga teng boʻlishi kerak.
218. Oʻrnatma 0,5 foizdan ortiq boʻlmagan qadam bilan tarmoqning oʻrnatilgan kuchlanishidan 1 n.b. da noldan ±5 foizgacha diapazonda tanlanadigan sezmaslik zonasi bilan yoki usiz ishlashi mumkin.
219. “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kuchlanishning pogʻonali oʻzgarishlaridan soʻng, 30 soniya davomida chiqishdagi reaktiv quvvatni oʻzgartirishni 90 foizga yetkazish va 60 soniya davomida maksimal reaktiv quvvatdan 5 foizdan ortiq boʻlmagan qadam bilan oʻzgarish qiyaligiga muvofiq qiymatlargacha tiklanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
220. Reaktiv quvvatni ushlab turish rejimida, “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari istalgan diapazonda, reaktiv quvvatni, toʻla reaktiv quvvatdan ± 5 MVar yoki ± 5 foiz (qaysi koʻrsatkichdan foydalanilishiga qarab) qadamlarda, ulanish nuqtasidagi reaktiv quvvatni toʻla reaktiv quvvatdan 5 MVar yoki 5 foiz aniqlik chegaralari bilan (qaysi koʻrsatkich kichikligiga qarab) nazorat qilgan holda, reaktiv quvvatni berilgan qiymatini chiqarib berishga qodir boʻlishi kerak.
221. Quvvat koeffitsiyentini rostlash rejimida “C” va “D” turlardagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ulanish nuqtasida mazkur Qoidalarga 16-ilovada koʻrsatilgan diapazon chegaralarida, 0,01 dan oshmagan qadam bilan quvvat koeffitsiyentini ushlab turish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Chiqishdagi aktiv quvvat toʻsatdan oʻzgargandan keyin Tizim operatori, talab qilingan quvvat koeffitsiyentiga erishish uchun vaqt oraligʻini va quvvat koeffitsiyentini yoʻl qoʻyilgan qiymatini koʻrsatishi kerak. Yoʻl qoʻyilgan quvvat koeffitsiyentining ogʻishi, unga mos keluvchi reaktiv quvvatning yoʻl qoʻyilgan qiymati bilan ifodalanadi.
Yoʻl qoʻyilgan reaktiv quvvat yoki mutlaq qiymat bilan yoki “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining maksimal reaktiv quvvatiga nisbatan foizda ifodalanishi kerak.
222. Tizim operatori reaktiv quvvatni rostlash rejimlarining yuqoridagi uchta variantidan va ular bilan bogʻliq oʻrnatmalardan qaysi biri qayta tiklanuvchi energiya manbalarining tegishli generatsiyalovchi moduliga qoʻllanilishi kerakligini hamda tegishli oʻrnatmani masofadan turib berish uchun qanday qoʻshimcha uskuna zarurligini koʻrsatishi kerak.
4-§. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun reaktiv quvvat boʻyicha talablar
223. Ushbu qoidalarning 14, 16 va 17-ilovalarida keltirilgan diagrammalar “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari kuchlanishni/reaktiv quvvatni ushlab turish uchun minimal texnik imkoniyatlarini xarakterlaydi.
(223-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 850-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 09/26/850/0011-son)
Generatsiyalovchi modulning reaktiv quvvati va uni rostlash qobiliyati toʻliq foydalanilishi lozim.
Generatsiyalovchi modulning reaktiv quvvati elektr energetika tizimining kuchlanishini rostlash ehtiyojlarini qondira olmasa, qayta tiklanuvchi energiya manbalarida markazlashtirilgan reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar oʻrnatilishi kerak va zarur boʻlsa reaktiv quvvatni dinamik kompensatsiyasi qiluvchi qurilmalari oʻrnatilishi kerak.
Ushbu qurilmalar oʻrganish natijalari asosida va tegishli Foydalanuvchining tarmoqqa ulanishi uchun texnik shartlarga muvofiq oʻrnatilishi kerak.
224. “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari, Qoidalarga 16-ilovada koʻrsatilganidek, reaktiv quvvatning maksimal quvvatga + 0,4 dan — 0,4 gacha boʻlgan diapazonini xarakterlovchi reaktiv quvvat kattaligini taʼminlagan holda, maksimal qiymatdan past chiquvchi aktiv quvvat uzatish bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Maksimal quvvatdan past chiquvchi aktiv quvvat uzatish bilan ishlashda (P < Pmax) “S” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻzlarining P-Q/Pmax xarakteristikasining istalgan ishchi nuqtasida reaktiv quvvatni taʼminlashlari shart.
Ushbu qayta tiklanuvchi energiya manbalarining barcha bloklari texnik jihatdan foydalanishda boʻlsa (ular texnik xizmat koʻrsatish yoki nosozligi sababli ishdan chiqarilmagan boʻlsa), aks holda texnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda reaktiv quvvat kamroq boʻlishi mumkin.
225. “C” va “B” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻzlarining P-Q/Pmax tavsifi chegaralarida, Tegishli tizim operatoridan olingan va ulanish shartnomasida koʻrsatilgan vaqtinchalik talablarga muvofiq, istalgan ishchi nuqtada talab etilgan qiymatlargacha oʻtish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
5-§. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun qisqa tutashuv toklari boʻyicha talablar
226. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining nosinxron generatsiyalovchi modullari kuchlanishi pasayib ketgan vaqtda elektr tarmogʻi kuchlanishini qoʻshimcha reaktiv tok bilan qoʻllab turishi lozim. Buning uchun elektr tarmogʻi kuchlanish qayta tiklanuvchi energiya manbalari generatsiyalovchi modulining kuchlanishining amaldagi qiymatidan 10 foizdan koʻproq pasayib ketganida, kuchlanish rostlagichi mazkur Qoidalarga 17-ilovadagi grafikda koʻrsatilganidek sozlanishi kerak.
Yagona elektr energetika tizimida turli turdagi generatsiyalovchi texnologiyalardan foydalanilishini inobatga olgan holda, Tizim operatori nosinxron qayta tiklanuvchi energiya manbalariga har bir alohida ulanish nuqtasi uchun reaktiv tok oqimini ushlab turish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
227. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari tarmoqda tashqi taʼsirlar sodir boʻlgandan soʻng 40 millisoniyadan kechikmay (ishga tushirish vaqti) zarur reaktiv quvvatni yetkazib berish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Bu qayta tiklanuvchi energiya manbalari ichidagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskunalarning klemmalaridagi kuchlanishni oʻlchash imkonini beradi.
Zarurat boʻlganida qayta tiklanuvchi energiya manbalari nominal tokning 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda reaktiv quvvat chiqarish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
228. Kuchlanish ruxsat etilgan diapazon chegaralarida tiklanganidan soʻng berilgan xarakteristikaga muvofiq yana 500 millisoniya davomida kuchlanishni ushlab turishi lozim.
Kuchlanish tiklanganidan soʻng oʻtish tiklanish jarayonlari 300 millisoniyadan soʻng yakunlanishi kerak.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari generatsiyalovchi modullari ulanish nuqtasidan nisbatan uzoqda joylashib, bu kuchlanishni ushlab turishda samarasiz boʻlsa, Tizim operatori ulanish nuqtasidagi kuchlanish pasayishini oʻlchashni hamda ulanish nuqtasidagi kuchlanishni oʻlchangan koʻrsatkichga bogʻlik holatda qoʻllab turilishini soʻraydi.
6-§. Shamol elektr stansiyalari uchun maxsus talablar
229. Shamol generatsiyalovchi moduli Tizim operatoriga operativ rejimda quyidagi qoʻshimcha maʼlumotni taqdim etishi kerak:
amalda ishlayotgan shamol generatorlarining soni;
ishlamayotgan shamol generatorlarining soni va sababini (shamolning kuchli (kuchsiz) tezligi, buzilishi, taʼmirlash).
230. Shamol generatsiyalovchi moduli, Uzatish tizimi operatori va Tizim operatorining texnik boshqaruv tizimlariga quyidagi meteorologik maʼlumotlarni operativ rejimida uzatish imkoniyatiga ega holda jihozlangan boʻlishi lozim:
oʻrnatilgan balandlikdagi shamolning tezligi va yoʻnalishi;
havo harorati va atmosfera bosimi, 735 — 1060 mbar diapazonda.
7-bob. Isteʼmolchilar uchun ulanish shartlari
231. Uzatish tizimiga ulangan uzlukli yuklamani ekspluatatsiya qiluvchi yoki yuklamani rostlashda ishtirok etuvchi Isteʼmolchilar va (yoki) Taqsimlash tizim operatorlari qurilmalardagi haqiqiy yuklama toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tizim operatoriga taqdim etish boʻyicha texnik imkoniyatga ega boʻlishlari kerak.
232. Uzlukli yuklamani ekspluatatsiya qiluvchi yoki yuklamani rostlashda ishtirok etuvchi Isteʼmolchilar va (yoki) Taqsimlash tizimi operatorlari Uzatish tizimi operatorining SCADA tizimidan operativ rejimda quyidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak:
yuklamani oʻchirish uchun buyruq holati (yoqish/oʻchirish buyrugʻi);
oʻchirishning talab etilgan hajmi (rostlash sxemasida boshqaruvchi signal);
Isteʼmolchi obyektiga ulangan taqsimlash qurilmasining ulanish holati;
Isteʼmolchi obyektiga ulangan uzatish qurilmalarida kuchlanish, chastota, aktiv va reaktiv quvvat oqimlarining joriy qiymatlari.
233. Uzatish tizimiga va (yoki) Taqsimlash tizimi operatorlari tarmoqlariga ulangan Isteʼmolchilar Tizim operatorining masofaviy harakati yoki talabiga muvofiq tarmoqdan uzilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Uzatish tizimi operatori tarmoqqa ulanish shartnomasida avtomatik oʻchirish uskunalari uchun talablarni belgilashi mumkin.
234. Uzatish tizimiga va (yoki) Taqsimlash tizimi operatorlari tarmoqlariga ulangan Isteʼmolchilar past chastotali rejimlarda yuklamani tushirish (pasaytirish) orqali elektr energetika tizimini himoya qilish maqsadida oʻz isteʼmolning bir qismini avtomatik tarzda “past chastotali” uzib qoʻyish imkoniyatini taʼminlab berishi lozim.
Tizim operatori past chastota va chastotaning oʻzgarish tezligi kombinatsiyasiga asoslangan oʻchirish impulsini belgilashi mumkin.
235. Uzatish va (yoki) taqsimlash tizimiga ulangan Isteʼmolchilar Tizim operatori bilan oʻzlarining obyektlari uchun himoya sxemalari va sozlamalarini kelishib olishlari kerak.
Himoyaga qoʻyiladigan minimal talablar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tashqi va ichki qisqa tutashuv toklaridan himoya qilish;
uzatish tizimiga ulanish nuqtasida oʻta kuchlanish va kuchlanishning tushishidan himoya qilish;
oʻta yuklanish va chastota tushishdan himoya qilish;
kommutatsiya uskunalaridagi nosozliklardan himoya qilish;
zaxira himoyasi.
236. Isteʼmolchilar uzatish tizimiga ulanish nuqtasida induktiv xarakterda 0,95 hamda sigʻim xarakterda 0,95 chegaralarida quvvat koeffitsiyenti ushlab turilishini taʼminlashi lozim.
8-bob. Elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun ulanish shartlari
1-§. Elektr energiyasini saqlash tizimlarining ulanishi uchun umumiy shartlar
237. Ushbu bobda keltirilgan talablar yagona elektr energetika tizimiga ulangan, oʻrnatilgan quvvati 500 kW va undan yuqori boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun qoʻllaniladi.
238. Qoidalarning III boʻlim 4-bobida keltirilgan umumiy talablar elektr energiyasini saqlash tizimi uchun ham qoʻllaniladi.
239. Sinxron generator tarmoqlari orqali yagona elektr energetika tizimiga ulangan elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun sinxron generatsiyalovchi modullarga qoʻyiladigan talablar tatbiq etiladi.
240. Nosinxron generatsiyalovchi modul (qayta tiklanuvchi energiya manbalari) yoki elektrotexnika qurilmalari (invertorlar) orqali yagona elektr energetika tizimiga ulangan elektr energiyasini saqlash tizimlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalariga qoʻyiladigan talablar tatbiq etiladi.
Har bir elektr energiyasini saqlash tizimi isteʼmol rejimi (quvvat isteʼmol qilish)da ishlayotgan vaqtida va past chastotali isteʼmoldan avtomatik tarzda oʻchirish sxemasining ishga tushishidan avval injeksiya (quvvat ishlab chiqarish) rejimiga avtomatik oʻtish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Tizim operatori ushbu imkoniyatning tavsiflaridan kelib chiqib, elektr energiyasini saqlash tizimining avtomatik tarzda isteʼmol rejimidan ishlab chiqarish rejimiga oʻtishi uchun zarur boʻlgan vaqtni belgilaydi.
241. Elektr energiyasini saqlash tizimi uchun optimal ish maydoni mazkur Qoidalarga 18-ilovaga muvofiq boʻlishi shart.
242. Elektr energiyasini saqlash tizimi mazkur Qoidalarga 19-ilovaga muvofiq ulanish nuqtasida uzilishsiz kuchlanish pasayishiga bardosh berishi kerak.
243. Chastota oʻta ortishida sodir boʻlganda, isteʼmol rejimida ishlayotgan (aktiv quvvatni yutuvchi) elektr energiyasini saqlash tizimlari mazkur Qoidalarga 20-ilovaga muvofiq chastotaning ortishidagi cheklangan chastotaviy-sezuvchan rejim (LFSM-O) xarakteristikasiga asosan isteʼmol quvvatini oshirishi kerak.
Har bir elektr energiyasini saqlash tizimi qoʻshimcha ravishda Tizim operatori koʻrsatmasiga asosan qabul qilinayotgan (isteʼmol) aktiv quvvatni tez toʻxtatish imkonini beruvchi kirish portiga ega boʻlishi kerak.
244. Chastota pasayganida elektr energiyasini saqlash tizimining reaksiyasi mazkur Qoidalarga 21-ilovaga muvofiq holda chastotaning pasayishidagi cheklangan chastotaviy-sezuvchan rejimi (LFSM-U) xarakteristikasiga mos kelishi kerak.
Tizim operatori elektr energiyasini saqlash tizimining ayrim texnologiyalari uchun isteʼmol rejimidan ishlab chiqarish rejimiga yoki aksincha oʻtish uchun zarur boʻlgan vaqtni, isteʼmol va ishlab chiqarish rejimidagi quvvatni pasaytirish imkoniyatini hisobga oladi.
245. Aktiv quvvatni maksimal darajada ishlab chiqarish va isteʼmol qilishda elektr energiyasini saqlash tizimi mazkur Qoidalarga 22-ilovaga muvofiq toʻliq ish diapazonida ulanish nuqtasida reaktiv quvvat ishlab chiqarish va uni isteʼmol qilish imkoniyatiga ega boʻlishi shart.
246. Elektr energiyasini saqlash tizimlari maksimal aktiv quvvat ishlab chiqarishda mazkur Qoidalarga 23-ilovaga muvofiq toʻliq ish diapazonida ulanish nuqtasida reaktiv quvvat ishlab chiqarish va isteʼmol qilish imkoniyatiga ega boʻlishi shart.
2-§. Elektr energiyasini saqlash tizimlarida reaktiv quvvat boshqaruvi
247. Elektr energiyasini saqlash tizimlari ulanish nuqtasida mazkur Qoidalarda belgilangan darajadagi reaktiv quvvat bilan taʼminlash va qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Reaktiv quvvatni rostlash quyidagicha amalga oshiriladi:
belgilangan oʻrnatmani oʻzgartirish boʻyicha koʻrsatma olinganidan soʻng 2 soniya qoʻllaniladi;
belgilangan oʻrnatmani yangi qiymatga oʻzgartirish boʻyicha koʻrsatmalar olgandan soʻng 2 soniya ichida boshlanadi;
yangi oʻrnatmani oʻrnatish 30 soniya ichida yakunlanadi.
248. Reaktiv quvvat boshqaruvi quyidagilar yordamida sozlanadi:
maksimal xatolik nominal reaktiv quvvatning 5 foizdan oshmasligi kerak, bunda aniqlik 1 daqiqa davomida oʻlchanadi;
aniqlik nominal reaktiv quvvatning 5 foizga teng yoki undan yuqori boʻladi.
3-§. Elektr energiyasini saqlash tizimlarida quvvat koeffitsiyenti nazoratiga talablar
249. Elektr energiyasini saqlash tizimlari ulanish nuqtasida aktiv va reaktiv quvvatni quvvat koeffitsiyenti boʻyicha taʼminlashi va qabul qilish (quvvat koeffitsiyentini boshqarish) imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Quvvat koeffitsiyentini rostlash quyidagilarga javob berishi kerak:
belgilangan qiymatni oʻzgartirish boʻyicha koʻrsatmalar olinganidan soʻng 2 soniya ichida oʻzgartirish buyrugʻini bajarish;
yangi oʻrnatmaga sozlashda belgilangan qiymatni oʻzgartirish boʻyicha koʻrsatmalar olgandan soʻng 2 soniya ichida sozlashni boshlash;
yangi oʻrnatmaga sozlash boʻyicha belgilangan qiymatni oʻzgartirish yuzasidan buyruq olgandan soʻng 30 soniya ichida yakunlash.
250. Quvvat koeffitsiyentini boshqarish quyidagilar bilan rostlanadi:
maksimal xatolik elektr energiyasini saqlash tizimlarining nominal reaktiv quvvat qiymatining ± 2 foizni tashkil qilishi kerak, bunda aniqlik 1 daqiqa davomida oʻlchanadi;
aniqlik 0,01 teng yoki undan yuqori boʻlishi kerak.
4-§. Elektr energiyasini saqlash tizimlarida kuchlanish nazorati
251. Elektr energiyasini saqlash tizimlari reaktiv quvvat taʼminlash va qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlishi va shu bilan ulanish nuqtasida barqaror va doimiy kuchlanishni saqlab turishi kerak.
Kuchlanishni rostlash belgilangan qiymatning 90 foizni 1 soniya ichida va qolgan 10 foizni belgilangan qiymatni oʻzgartirish boʻyicha koʻrsatma olgandan keyin 5 soniya ichida bajarishga qodir boʻlishi kerak.
Kuchlanishni rostlash quyidagilar yordamida sozlanadi:
maksimal xatolik nominal reaktiv quvvatning ±5 foizini tashkil etishi kerak, bunda aniqlik 1 daqiqa davomida oʻlchanadi.
0,5 foiz yoki undan yuqori pasayish uchun ruxsat etiladi. Bunda pasayishni 2 — 7 foiz oraligʻida sozlash imkoniyati boʻlishi kerak.
sezmaslik zonasi uchun qadam oʻlchami, 220/400 kV kuchlanish uchun 0,25 foiz va 132/150 kV kuchlanish uchun 0,5 foizdan oshmasligi kerak boʻlgan Uref ning ±5 foiz oraligʻida oʻrnatilishi va belgilangan kuchlanishni rostlash nuqtasiga nisbatan nosimmetrik boʻlishi kerak.
normal ish kuchlanish diapazonida Tegishli tizimi operatori tomonidan belgilangan sozlama.
5-§. Elektr energiyasini saqlash tizimlarining boshqaruv qobiliyati
252. Elektr energiyasini saqlash tizimlari aktiv quvvatini Tegishli tizim operatori tomonidan ekspluatatsiyaga kiritishda oldindan belgilangan qiymatlarga rostlashga imkon beruvchi boshqarish va himoya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
253. Himoya tizimi Tegishli tizim operatoridan olingan koʻrsatmaga javoban ishlab chiqarish va isteʼmol rejimlarida elektr energiyasini saqlash tizimlarining aktiv quvvatini bir yoki bir nechta oldindan belgilangan nuqtalarga rostlashi kerak.
Elektr energiyasini saqlash tizimlari ishlab chiqarish va isteʼmol rejimida kamida beshta sozlanishli boshqaruv darajasiga ega boʻlishi kerak, ular quyidagi darajalarga oʻrnatiladi, Tegishli tizim operatori tomonidan boshqasi nazarda tutilmagan boʻlsa:
nominal quvvatning 70 foiz;
nominal quvvatning 50 foiz;
nominal quvvatning 40 foiz;
nominal quvvatning 10 foiz;
uzilmagan holda, nominal quvvatning 0 foiz.
254. Mazkur Qoidalarning 253-bandga muvofiq boshqarish imkoniyati 1 soniya ichida boshlanishi va 10 soniya ichida toʻliq amalga oshirilishi kerak.
255. Tugallangan yoki uzluksiz sozlashning aniqligi 1 daqiqa davomida oʻlchangan belgilangan qiymatdan 1 foizdan koʻp chetga chiqmasligi kerak.
256. Elektr energiyasini saqlash tizimlari yoki ushbu tizimlar boshqa obyektning bir qismi boʻlgandagi himoyaga qoʻyiladigan talablar va tegishli sozlamalar tarmoqqa ulanish nuqtasida butun obyekt uchun belgilanadi.
Uzatish tizimi operatori va (yoki) Taqsimlash tizimi operatori Elektr energiyasini saqlash tizimlari operatori bilan kelishilgan holda turli xil himoya sozlamalariga ruxsat berishi mumkin.
257. Elektr energiyasini saqlash tizimlarida himoya va boshqarish funksiyalariga quyidagi tartibda ustunlik berilishi kerak:
tarmoq va elektr energiyasini saqlash tizimlarini himoya qilish;
tegishli hollarda sintetik inersiya;
chastotali boshqarish (aktiv quvvatni rostlash);
quvvatni cheklash;
quvvat gradiyentining cheklanishi.
258. Elektr energiyasini saqlash tizimlarining qurilmalari quvvat tebranishini dempfirlashni amalga oshirishga imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Quvvat tebranishini dempfirlash quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) elektr energiyasini saqlash tizimlari tomonidan generatsiyalanuvchi aktiv quvvatning tebranishi 0,1 Nz dan 50Nz gacha boʻlgan chastotalarda joriy elektr energiyasi ishlab chiqarishning ± 0,5 foizdan yoki isteʼmolning ± 0,25 foizdan oshmasligi lozim;
b) mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan chegaradan oshib ketadigan quvvat tebranishlari chegaradan oshib ketgandan keyin 180 soniya ichida chegara qiymatlarigacha dempfirlanishi kerak;
v) quvvat tebranishlarini dempfirlash xususiyati kuchlanish va chastotalar uchun normal ishchi diapazondagi hamda vaqt bilan cheklangan ishchi kuchlanish diapazonidagi barcha kuchlanishlarga taalluqlidir;
g) talablar ulanish nuqtasida va elektr energiyasini saqlash tizimlaridan tashqarida sodir boʻlgan ayrim hodisalardan keyin normal, barqaror sharoitlar uchun qoʻllaniladi va tekshiriladi.
Elektr energetika tizimida takroriy hodisalar sodir boʻlganda, elektr energetika tizimidagi oxirgi hodisadan keyin 180 soniya ichida quvvat tebranishlarini chegara qiymatlarigacha dempfirlanishi kerak.
259. Quvvati 1 MW dan yuqori boʻlgan barcha elektr energiyasini saqlash tizimlari qurilmalari birlamchi rostlash, ikkilamchi rostlash, tez uchinchi darajali rostlash va noldan ishga tushirish xizmatlarini taqdim etishi shart.
260. Qoʻshimcha xizmatlarni taqdim etishda ishtirok etadigan barcha elektr energiyasini saqlash tizimlari qurilmalari mantiqiy interfeys (kirish porti) bilan jihozlangan boʻlishi kerak, shunda u kirish porti orqali olingan koʻrsatmalarga javob bera oladi.
Tegishli tizim operatori ushbu funksiyani masofadan boshqarish uchun uskuna/qurilmalarga talablarni belgilashga haqli.
261. Elektr energiyasini saqlash tizimlari qurilmalari Uzatish tizimi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori va Tizim operatorining boshqaruv markaziga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak:
tarmoqqa ulanishning avtomatik oʻchirgichi — holati;
elektr energiyasini saqlash tizimlari avtomatik oʻchirgichi — holati;
aktiv quvvatni oʻlchash va boshqarish — holati (yoqilgan/oʻchirilgan) va boshqaruv signallari;
reaktiv quvvatni oʻlchash va boshqarish — holati (yoqilgan /oʻchirilgan) va boshqaruv signallari;
quvvat koeffitsiyentini oʻlchash va boshqarish — holati (yoqilgan /oʻchirilgan) va boshqaruv signallari;
ishlab chiqarish va isteʼmol rejimida rejalashtirilgan aktiv quvvat;
ulanish nuqtasida oʻlchangan kuchlanish;
kuchlanishni boshqarish (yoqilgan/oʻchirilgan), boshqarishni pasayishi;
himoya tizimlari maʼlumotlari;
toʻxtatish/ushlab turish signali.
IV boʻlim. Operativ rejalashtirish
1-bob. Operativ rejalashtirishning maqsadi va qoʻllash doirasi
262. Uzatish tizimida operativ rejalashtirish — Tizim operatori tomonidan barcha operatorlar va Foydalanuvchilar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiriladigan, bir kundan bir yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olgan, real vaqt rejimidagi operativ tadbirlarga tayyorgarlik jarayonidir. Ushbu jarayonning vaqt oraligʻi yil, mavsum, oy, hafta va kundan iborat.
263. Operativ rejalashtirish turli vaqt oraligʻida yagona elektr energetika tizimining operativ xavfsizligi, xodimlar va jihozlarning xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha holatlarni oldindan baholash orqali real vaqt rejimida uzatish tizimining xavfsiz, barqaror va samarali ishlashini taʼminlash.
264. Operativ rejalashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
yakuniy isteʼmolchilar elektr taʼminotining yuqori ishonchliligini taʼminlash;
mavjud resurslarni optimallashtirish hamda yagona elektr energetika tizimi va Foydalanuvchilarga tegishli obyektlarni samarali ishlashini tashkil etish.
265. Operativ rejalashtirish quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
oʻchirishlar (tanaffuslar)ni rejalashtirish;
xavfsizlikni baholash (isteʼmol va ishlab chiqarish prognozi, quvvat zaxirasini baholash va uzatish tizimining muvofiqligini baholash);
rejalashtirish (kundalik ish rejalari, grafiklar ishlab chiqish).
2-bob. Uzatish tizimidagi oʻchirishlarni boshqarish
1-§. Oʻchirishlarni boshqarishdagi umumiy shartlar
266. Uzatish tizimidagi oʻchirishlarni boshqarishni rejalashtirish, Tizim operatori tomonidan uzatish tizimining barcha obyektlarida rejali oʻchirishlarni muvofiqlashtirish, rejalashtirilmagan oʻchirishlarni amalga oshirish va majburiy oʻchirishlar bilan bogʻliq vaziyatlarni hal etishni oʻz ichiga oladi.
267. Oʻchirish va taʼmirlash ishlarini tashkil etish uskunalarni ishlab chiqaruvchilarining tavsiyalari, shuningdek alohida turdagi uskunalar uchun ichki qoidalarga muvofiq amalga oshirilib, quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
oʻchirish va texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarini ishlab chiqish;
oʻchirish tadbirlarini rejalashtirish va unga tayyorlash;
rejalashtirilgan ishlarni bajarish va ekspluatatsiyaga kiritish;
uskunalarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarining sifatini baholash;
qabul qilish tadbirlari.
268. Barcha turdagi texnik xizmat koʻrsatish va (yoki) taʼmirlash ishlarining muddati va davomiyligi ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalari, uskunaning foydalanganlik muddati va haqiqiy texnik holatini va oʻzgarib turuvchi ish sharoitlarini hisobga olgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ularni soz va ishga yaroqli holatda saqlash zarurati bilan belgilanadi.
Muayyan turdagi uskunalar uchun Taʼmirlash qoidalarida qoʻshimcha talablar belgilanadi.
2-§. Rejali oʻchirishlar
269. Rejali oʻchirishlar uzatish tizimidagi obyektlarning (elektr uzatish tarmoqlari, kabel liniyalari, podstansiyalar, kuch transformatorlari) taʼmirlash va (yoki) texnik xizmat koʻrsatish ishlarini olib borish uchun tashkil etiladi.
270. Uzatish tizimidagi barcha rejali oʻchirishlar ishlab chiqarish quvvatlari va taqsimlash tarmoqlaridagi oʻchirishlar bilan maksimal tarzda muvofiqlashtirilishi kerak.
Oʻchirishlarni muvofiqlashtirishdan asosiy maqsad yakuniy isteʼmolchilarni elektr taʼminotida uzilishlar muddatini qisqartirish, yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlarini saqlab qolgan holda bajariladigan tadbirlarning samaradorligini taʼminlash.
271. Uzatish tizimidagi har qanday ishlarni bajarishda, jumladan uzatish obyektlarini oʻchirishda normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq barcha xavfsizlik choralari koʻrilishi shart.
272. Texnik xizmat koʻrsatish/taʼmirlash ishlarini bajarish va ekspluatatsiyaga kiritish uchun uskuna va obyektlarni oʻchirish tegishli oʻchirish rejasida belgilangan muddatlarda va uzatish tarmoqlarining mansublik darajasi boʻyicha masʼul dispetcherlik xizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
273. Oʻchirishlarni rejalashtirish, amalga oshirish, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish Tizim operatorining “Uzatish tizimida oʻchirishlarni boshqarish tartibi” hujjatiga binoan amalga oshiriladi.
274. Oʻchirishlarni rejalashtirishni muvofiqlashtirish yillik, oylik va kunlik oraliqlarda amalga oshiriladi.
275. Elektr energetika tizimi obyektlarining yillik oʻchirish rejasi (keyinchalik matnda — Yillik oʻchirish rejasi) joriy yilda keyingi kalendar yilining 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan muddatlarda, choraklik, oylik va haftalik davrlar kesimida zarur boʻlgan oʻchirishlar uchun tuziladi.
276. Yillik oʻchirish rejasi uzatish tizimidagi quyidagi oʻchirish rejalari asosida ishlab chiqiladi:
tizimlararo elektr uzatish tarmoqlarining oʻchirish rejasi — ushbu reja qoʻshni elektr energetika tizimlari operatorlari bilan kelishilgan boʻlishi lozim;
uzatish tizimiga ulangan generatsiya obyektlari qurilmalarining oʻchirish rejasi — generatsiya obyektlari operatorlari oʻzlarining oʻchirish rejalarini Tizim operatoriga taqdim etadilar;
uzatish tizimiga ulangan elektr energiyasini saqlash tizimlarining oʻchirish rejalari;
toʻgʻridan-toʻgʻri uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchilar qurilmalarining oʻchirish rejasi — Isteʼmolchilar obyektlari operatorlari oʻchirish rejalarini Tizim operatoriga taqdim etadilar;
taqsimlash elektr tarmoqlaridagi oʻchirish rejasi — Taqsimlash tizimi operatorlari uzatish tizimi bilan chegaralardagi oʻz uskunalarining oʻchirish rejalarini Tizim operatoriga taqdim etishlari talab etiladi.
Barcha Foydalanuvchilar Yillik oʻchirish rejasini Tizim operatoriga yilning 15-sentabr sanasigacha taqdim etishlari shart.
277. Tizim operatori Yillik oʻchirish rejasini ishlab chiqadi. Yillik oʻchirishlarning taklif etilayotgan rejasini ishlab chiqishda Tizimi operatori Foydalanuvchilarning tegishli takliflarini inobatga oladi hamda uzatish tizimi obyektlarida oʻchirishlarni samarali tashkil etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Yillik oʻchirish rejasining dastlabki loyihasini joriy yilning 1-oktabr sanasiga qadar Foydalanuvchilarga yuboradi.
278. Foydalanuvchilar joriy yilning 1-noyabr sanasigacha kiritilgan Yillik oʻchirish rejasi loyihasi yuzasidan Tizim operatoriga oʻz taklif va mulohazalarini taqdim etadilar.
279. Tizim operatori Yillik oʻchirish rejasi boʻyicha Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan taklif va mulohazalarni oʻrganib chiqadi va imkon qadar inobatga oladi. Zaruratga koʻra qulay yechim topish maqsadida Foydalanuvchilar bilan muzokaralar oʻtkazadi.
Muzokaralar jarayonida umumiy kelishuvga erishilmagan masalalar boʻyicha yakuniy qarorni Tizimi operatori qabul qiladi. Tomonlar bilan kelishilgan Yillik oʻchirish rejasi Tizim operatori tomonidan joriy yilning 1-dekabr sanasigacha qabul qilinadi.
280. Tizim operatori Yillik oʻchirishlar rejasini barcha operatorlar va Foydalanuvchilarga ishda qoʻllash uchun, Vazirlik va Nazorat qiluvchi organga maʼlumot uchun taqdim etadi.
281. Yillik oʻchirish rejasi qabul qilinganidan keyin unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar ushbu rejani qabul qilishda qoʻllanilgan tartib asosida kiritiladi.
282. Foydalanuvchilar Yillik oʻchirish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarini Tizim operatoriga oʻzgartirish kiritish muddatidan oʻttiz kun avval taqdim etishlari lozim.
283. Yilning birinchi oyi uchun oylik oʻchirish rejasi Yillik oʻchirish rejasi bilan baravar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
284. Kelgusi oylik oʻchirishlar rejalari Yillik oʻchirish rejasiga asosan va Tizim operatori tomonidan qabul qilingan rejaga oʻzgartirish kiritish zarurati hamda Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan soʻrovlar asosida ishlab chiqiladi.
285. Oylik oʻchirish rejalari kunlik oʻchirish rejalari kesimida tuziladi.
286. Foydalanuvchilarning oylik oʻchirish rejasi boʻyicha takliflari Tizim operatoriga tegishli oy boshlanishidan kamida qirq besh kun oldin yuborilishi kerak, takliflar Yillik oʻchirish rejasi bilan birga taqdim etiladigan yilning birinchi oyi uchun oʻchirish rejasi bundan mustasno.
287. Oylik oʻchirish rejasi tegishli oy boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tuziladi.
Tizim operatori oylik oʻchirish rejasini ushbu tadbirlarni amalga oshirish boshlanishidan kamida yigirma besh kun oldin Foydalanuvchilarga taqdim etadi.
288. Oylik oʻchirish rejalari, Tizim operatori tomonidan asosli sabablar mavjudligida va ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi barcha Tomonlar va Foydalanuvchilarning talabiga binoan yoki ularning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Oʻzgartirishlar, oʻzgartirish kiritish uchun sabab boʻlgan holat yuzaga kelgan vaqtdan boshlab, oʻchirish rejasi qabul qilingan oyning oxirigacha boʻlgan davrga taalluqli hisoblanadi.
289. Foydalanuvchilar kelgusi oy boshlanishidan kamida 2 hafta oldin Tizim operatoriga oylik oʻchirish rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida murojaat yuborishlari mumkin.
290. Kunlik oʻchirish rejalari oylik oʻchirish rejalari asosida tuziladi va soatlik oʻchirishlar rejalari kesimida taqdim etiladi.
291. Oylik oʻchirish rejalariga muvofiq belgilangan oʻchirishlar rejalari boshlangan oʻchirishlar muddatini uzaytirish boʻyicha yoki oʻchirishlarni kechiktirish boʻyicha tasdiqlangan talabnomalar, Tizim operatori dispetcherlik xizmatining oʻzgartirishlar yuzasidan talabnomalari, shuningdek avariya tiklash ishlarini olib borish yuzasidan talabnomalari asosida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
292. Asosli sabablarga koʻra elektr uzatish tizimining maʼlum obyektida rejalashtirilgan ishlar kunlik oʻchirish rejasida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki yakunlanmagan boʻlsa, Foydalanuvchi Tizim operatoriga yangi oʻchirish muddatini maʼlum qilishi kerak.
Yangi oʻchirish muddati qabul qilingan oʻchirish rejalariga zid kelmasligi kerak.
Oʻchirishlarning kechiktirilgan yoki uzaytirilganlari boʻyicha yangi muddatlarini belgilash masʼuliyati Tizim operatori va Foydalanuvchining zimmasiga yuklatiladi.
293. Uzatish tizimi obyektining rejalashtirilgan oʻchirish tadbirlarini bajarish uchun Tizim operatori muvofiqlashtirish va tasdiqlash boʻyicha ichki tartiblarga amal qiladi.
Tizim operatori oʻchirishdan kamida uch kun oldin rejalashtirilgan tadbirlar natijasida tizimida oʻzgarish kutilayotgan Foydalanuvchilarni oʻchirish boshlanishi va davomiyligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
294. Rejalashtirilgan oʻchirish tadbirlarini bajarish maqsadida Foydalanuvchilar Tizim operatoriga belgilangan shakldagi oʻchirish talabnomasini yuborishlari lozim.
295. Foydalanuvchilar kelgusi haftaga rejalashtirilgan oʻchirishlar toʻgʻrisidagi xabarnomani joriy haftaning chorshanba kuni soat 10:00 gacha Tizim operatoriga yuborishlari kerak.
Favqulodda vaziyat sodir boʻlgan holda, rejadan tashqari oʻchirish boʻyicha shoshilinch tadbirlarni bajarish uchun Foydalanuvchi zudlik bilan Tizim operatoriga xabar berishi lozim.
296. Kelgusi haftaga rejalashtirilgan oʻchirishlarni bajarish uchun ruxsat Tizim operatori tomonidan Foydalanuvchilarga, joriy haftaning payshanba kuni soat 15:00 gacha, rejadan tashqari (avariya) ishlar uchun zudlik bilan, xabar olinganidan keyin 60 daqiqadan kechiktirmasdan berilishi kerak.
297. Rejalashtirilgan oʻchirish tadbirlari yakunlanganidan soʻng, obyektni ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin, Tizim operatori oʻchirish natijasida elektr taʼminoti rejimiga taʼsir qiladigan barcha Foydalanuvchilarni xabardor qiladi.
298. Oʻchirishlar uchun rejalashtirilgan ishlar yakunlanganidan soʻng Foydalanuvchining obyektini ekspluatatsiyaga kiritish Tizim operatorining dispetcheri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
3-§. Rejadan tashqari oʻchirish
299. Rejadan tashqari oʻchirish — bu rejali oʻchirishlar rejalarida koʻrsatilmagan, favqulodda vujudga kelgan vaziyat sababli bajarilishi lozim boʻlgan va navbatdagi oʻchirish rejasida belgilangan muddatda bajarishga kechiktirilishi mumkin boʻlmagan oʻchirishlar.
300. Uzatish tizimidagi Tomonlardan biri rejadan tashqari oʻchirishga ruxsat soʻrayotgan boʻlsa va bu oʻchirish boshqa rejali oʻchirishlarga yoki Foydalanuvchilarga taʼsir etmasa, Tizim operatori soʻralayotgan oʻchirishni Oʻchirishlar rejasiga kiritadi.
301. Soʻralayotgan rejadan tashqari oʻchirish boshqa rejali oʻchirishlar yoki Foydalanuvchilarning elektr taʼminoti rejimiga taʼsir etsa, Tizim operatori, ushbu oʻchirishni amalga oshirishini osonlashtirish maqsadida ushbu Foydalanuvchilar bilan muzokaralar oʻtkazadi.
302. Foydalanuvchining obyekti rejadan tashqari oʻchirishni talab qilgan taqdirda, tegishli Foydalanuvchi zudlik bilan Tizim operatoriga oʻchirish sababini, rejalashtirilgan sanasi va boshlanish vaqtini, shuningdek oʻchirish davomiyligini koʻrsatib, rejadan tashqari oʻchirishga talabnoma yuborishi kerak.
303. Tizim operatori rejadan tashqari oʻchirish toʻgʻrisidagi talabnomani olganidan soʻng zudlik bilan uni koʻrib chiqadi, mazkur holatning uzatish tizimiga va boshqa Foydalanuvchilarga boʻlgan taʼsirini tahlil qiladi hamda talabnoma yuborgan Tomonga mazkur rejadan tashqari oʻchirishni bajarish uchun eng maqbul yechim toʻgʻrisida xabar beradi.
4-§. Majburiy oʻchirish
304. Majburiy oʻchirish — bir zumda yoki juda qisqa vaqt ichida sodir boʻladigan, Tizim operatori nazoratidan tashqarida sodir boʻladigan oʻchish.
305. Majburiy oʻchirish Foydalanuvchi obyektiga taʼsir koʻrsatgan holda Tizim operatori, hodisa hamda zarur tafsilotlar bilan birga, oʻchirishning kutilayotgan davomiyligi haqida zudlik bilan xabardor qilishi shart.
306. Majburiy oʻchirish uzatish tizimi obyektlariga taʼsir koʻrsatsa, Tizim operatori, hodisa toʻgʻrisida zarur tafsilotlar bilan birga, oʻchirishning kutilayotgan davomiyligi haqida tegishli Foydalanuvchilarni zudlik bilan xabardor qilishi kerak.
307. Uzatish tizimi obyektlarining majburiy oʻchirilishi taqsimlash tizimi yoki bevosita ulangan Foydalanuvchining elektr taʼminotidagi cheklanishiga yoki generatsiyalovchi obyektdan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzata olmaslikka olib kelsa, Tizim operatori tegishli Foydalanuvchi (Foydalanuvchilar)ni majburan oʻchirish sabablari toʻgʻrisida va oʻchirish davomiyligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilishi lozim.
308. Majburiy oʻchirishga olib kelgan vaziyatlar bartaraf etilgandan soʻng va ajratish taʼsir qilgan qurilmalarning ishlash qobiliyati tiklangandan keyin Foydalanuvchi uskunasini ekspluatatsiyaga kiritish jarayoni faqat Tizim operatorining vakolatli dispetcherlik markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
309. Foydalanuvchi uskunasini majburiy oʻchirishga olib kelgan sabablar bartaraf etilgandan soʻng va oʻchirishlar taʼsir qilgan qurilmalarning ishlash qobiliyati tiklangandan keyin Tizim operatori oʻchirishlar elektr taʼminoti rejimiga taʼsir etgan Foydalanuvchilarni uzatish tizimlari tegishli qurilma va uskunalarining ulanishi yuzasidan xabardor qiladi.
3-bob. Elektr energetika tizimi ishonchliligini baholash
1-§. Elektr energetika tizimi ishonchliligini baholashning umumiy shartlari
310. Elektr energetika tizimining muvofiqligini baholash Tizim operatori tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat boʻlib, u elektr energetika tizimining muhim parametrlarini baholashni taʼminlaydi va baholash amalga oshiriladigan vaqt oraligʻida elektr energetika tizimi faoliyatining muvofiqligi tahlilini taqdim etadi.
311. Operativ rejalashtirish doirasida elektr energetika tizimining muvofiqligini baholash, kunlik yangilab borish bilan, mavsumiy asosda muntazam ravishda oʻtkaziladi. Istisno tariqasida (qattiq qurgʻoqchilik, yoqilgʻi taʼminotida uzilishlar, ekstremal ob-havo sharoitlari va b.) elektr energetika tizimining muvofiqligini baholash qisqaroq vaqt davomida amalga oshirilishi mumkin.
312. Elektr energetika tizimining muvofiqligini baholash natijalari (yil, mavsum, oy, maʼlum vaqt oraliqlari uchun) Tizim operatori tomonidan eʼlon qilinuvchi, uzatish tizimi muvofiqligining prognozi hisoblanadi.
2-§. Isteʼmol prognozi
313. Operativ rejalashtirish nuqtai nazaridan isteʼmol prognozi elektr energetika tizimining yillik, oylik va kunlik elektr energiyasiga boʻlgan talabi prognozini oʻz ichiga oladi.
Isteʼmol prognozi shuningdek, aktiv quvvatni maksimal va minimal isteʼmolining, reaktiv quvvatni maksimal va minimal isteʼmolining prognozini hamda namunaviy yuklama grafiklarini, jumladan: mavsumiy, oylik, haftalik, ishchi, dam olish va bayram kunlari hamda isteʼmol darajasi yuqori yoki past boʻlgan kunlarni oʻz ichiga oladi.
314. Isteʼmol prognozi Foydalanuvchilar maʼlumotlari va isteʼmol bilan bogʻliq oʻtgan davr maʼlumoti asosida ishlab chiqiladi.
315. Foydalanuvchilarning quyidagi toifalari isteʼmol prognozi maʼlumotlari (kunlik/soatlik isteʼmol, aktiv va reaktiv quvvat, eng yuqori quvvat, yuklama grafiklari)ni Tizim operatoriga taqdim etishlari shart:
elektr uzatish tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan isteʼmolchilar;
taqsimlash tarmogʻining uzatish tizimiga ulanishining barcha nuqtalaridagi umumiy isteʼmoli uchun har bir Taqsimlash tizimi operatori;
berk taqsimlash tarmogʻining uzatish tizimiga ulanishida energiya (quvvat) balansi uchun har bir Berk taqsimlash tizimi operatori;
uzatish tizimidan oʻz isteʼmolini qisman qoplash uchun Foydalanuvchi Elektr stansiyalari operatorlari;
elektr energiyasini saqlash tizimlari operatorlari.
316. Barcha Foydalanuvchilar Tizim operatoriga oʻz elektr energiyasi isteʼmolining prognozlarini quyidagi muddatlarda taqdim etishlari lozim:
oylik isteʼmol prognozi — kelgusi oy uchun har oyning 20-sanasigacha;
har haftalik isteʼmol prognozi — kelgusi hafta uchun har haftaning toʻrtinchi kuni soat 12:00 gacha;
kundalik isteʼmol prognozi — keyingi kun uchun har bir ish kunida soat 09:00 gacha;
dam olish (bayram) kunlarida — barcha dam olish (bayram) kunlari va keyingi birinchi ish kunigacha;
elektr energiyasining nazarda tutilmagan tanqisligi, fors-major holatlar, ekstremal iqlim sharoitlari, yoqilgʻi yetkazib berishdagi muammolar boʻlgan taqdirda, Tizim operatorining soʻrovi boʻyicha, belgilangan muddatda.
317. Barcha Foydalanuvchilar yillik isteʼmol prognozlarini tegishli hujjatlar bilan vakolat berilgan organga yillik va koʻp yillik prognozlarni kelgusi yil uchun har yili 1-oktabrgacha taqdim etadi.
318. Foydalanuvchilarning yillik elektr energiyasi isteʼmol prognozlari kamida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
umumiy yillik isteʼmolining oylar kesimidagi taqsimoti (kW·h);
kutilayotgan har oylik aktiv quvvatning minimal va maksimal isteʼmoli miqdori (kW);
isteʼmolchi tomonidan yuklamani rostlash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqilganligi (qiymati va muddatlari);
reaktiv quvvat isteʼmoli miqdori (kVar).
319. Foydalanuvchilarning oylik elektr energiyasi isteʼmol prognozlari kamida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
umumiy har oylik isteʼmolining kunlik taqsimoti (kW·h);
haftalik va kunlik aktiv quvvatning minimal va maksimal isteʼmoli miqdori (kW);
isteʼmolchi tomonidan yuklamani rostlash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqilganligi (qiymati va muddatlari);
reaktiv quvvatni soatlik isteʼmoli miqdori (kVar).
320. Foydalanuvchilarning haftalik elektr energiyasi isteʼmol prognozlari kamida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
umumiy haftalik isteʼmolini har soatlik taqsimoti (kW·h);
aktiv quvvatning prognoz qilingan minimal va maksimal isteʼmoli miqdori (kW);
isteʼmolchi tomonidan yuklamani rostlash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqilganligi (qiymati va muddatlari);
reaktiv quvvatni soatlik isteʼmoli miqdori (kVar).
321. Foydalanuvchilarning kunlik elektr energiyasi isteʼmolining prognozlari haftalik prognozlar maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi, bunda maʼlumotlar faqat maʼlum bir kun uchun yangilanadi.
322. Mazkur boʻlimda koʻrsatilgan elektr energiyasi isteʼmolining prognozlari har bir Foydalanuvchi uchun elektr energiyasining umumiy isteʼmoli, shuningdek tegishli Foydalanuvchining uzatish tizimiga ulangan har bir nuqtasi boʻyicha umumiy isteʼmoli sifatida keltirilishi lozim.
323. Har bir Foydalanuvchi oʻzining elektr energiyasi isteʼmoli prognozida prognoz qilinadigan davrda amalga oshiriladigan yangi (joriy yoki rejalashtirilayotgan) rivojlanish loyihalari bilan bogʻliq elektr energiyasi isteʼmoli miqdorining oʻzgarishini hisobga olishi kerak.
324. Tizimi operatori elektr energiyasi isteʼmoli prognozlarini olishda, taqdim etilgan prognozni asossiz deb hisoblasa, ushbu Foydalanuvchini xabardor qilgan holda, u tomondan taqdim etilgan prognozni rad etishi mumkin.
325. Foydalanuvchilar Tizimi operatorining eʼtirozlarini qabul qilishlari, elektr energiyasi isteʼmolining qayta koʻrib chiqilgan prognozini taqdim etishlari yoki asoslantirilgan holda eʼtirozni rad etishlari, shuningdek oʻzlarining dastlabki elektr energiyasi isteʼmoli prognozini tasdiqlashlari mumkin.
326. Foydalanuvchilar elektr energiyasi isteʼmoli prognozlarini oʻzgartirishlari va ushbu prognozning oʻzgartirilgan variantini belgilangan muddatlardan avval taqdim etishlari mumkin.
3-§. Generatsiya (ishlab chiqarish) prognozi
327. Generatsiya (ishlab chiqarish) prognozi operativ rejalashtirish nuqtai nazaridan yillik, oylik va kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish prognozini oʻz ichiga oladi, mavjud maksimal va minimal aktiv quvvat ishlab chiqarish prognozini, reaktiv quvvatni maksimal va minimal isteʼmoli, uzatilishi hamda aktiv quvvat ishlab chiqarilishining: mavsumiy, oylik, haftalik va kunlik namunaviy grafiklarini yaratishni koʻzda tutadi.
328. Generatsiya prognozi Uzatish tizimi operatori tomonidan, Foydalanuvchilar maʼlumotlari, ishlab chiqarishning oʻtgan davr maʼlumotlari va rejalashtirilgan oʻchirishlarga muvofiq generatsiyalovchi modullarning mavjudligi va majburiy oʻchirishlarning oʻtgan davr maʼlumotlari asosida ishlab chiqiladi.
329. Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari va elektr energiyasini saqlash tizimlari quyidagi muddatlarda barcha generatsiyalovchi modullar boʻyicha generatsiya va mavjud quvvat prognozlarini taqdim etishlari kerak:
generatsiyaning yillik prognozi — kelgusi yil uchun har yili 1-oktabrgacha;
generatsiyaning oylik prognozi — kelgusi oy uchun har oyning 20-sanasigacha;
generatsiyaning haftalik prognozi — kelgusi hafta uchun har hafta payshanba kuni soat 12:00 gacha;
generatsiyaning kunlik prognozi — keyingi kun uchun har bir ish kunida soat 09:00 gacha;
dam olish (bayram) kunlarida — barcha dam olish (bayram) kunlari va keyingi birinchi ish kuni uchun.
330. Generatsiya va mavjud quvvatning yillik prognozi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
har bir generatsiyalovchi moduli va elektr energiyasini saqlash tizimining, oʻchirish grafiklari va majburiy oʻchirishlarining oʻtgan davr koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda rejalashtirilgan maksimal va minimal quvvati (kW);
elektr stansiyalari va har bir generatsiyalovchi modul boʻyicha hamda elektr energiyasini saqlash tizimlarining oylik rejalashtirilgan elektr energiyasining ishlab chiqarishi (kW·h);
har bir generatsiyalovchi modul va elektr energiyasini saqlash tizimining reaktiv quvvat (kVar) ishlab chiqarish imkoniyati.
331. Generatsiya va mavjud operativ quvvatning oylik prognozlari quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
har bir generatsiyalovchi modul va elektr energiyasini saqlash tizimining ishdan toʻxtatish grafiklari va majburiy oʻchirishlarining oʻtgan davr koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda rejalashtiriladigan haftalik va kunlik maksimal hamda minimal quvvati (kW);
elektr stansiyalari va har bir generatsiyalovchi modul boʻyicha kunlik rejalashtirilgan elektr energiyasini ishlab chiqarilishi (kW·h);
ish kunlari va dam olish kunlari uchun generatsiyalovchi modul va elektr energiyasini saqlash tizimlarining namunaviy kundalik ishlab chiqarish jadvali (kW).
332. Generatsiya va mavjud quvvatining haftalik prognozlari oylik prognoz kabi bir xil faqat kun kesimidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
333. Generatsiya va mavjud quvvatining har kunlik prognozlari haftalik prognoz kabi faqat muayyan kun uchun yangilangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
334. Taqsimlash tizimi operatorlari, Berk taqsimlash tizimi operatorlari va uzatish tizimiga bevosita ulangan Isteʼmolchilar Uzatish tizimi operatoriga oʻzlarining tizimlariga ulangan yoki ularning hududida joylashgan taqsimlangan generatsiya va (yoki) elektr energiyasini saqlashning rejalashtirilayotgan jami va quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari lozim.
335. Ishlab chiqarish va mavjud operativ quvvatning prognozlari har bir Foydalanuvchi boʻyicha elektr energiyasini umumiy ishlab chiqarish va mavjud quvvati, shuningdek tegishli Foydalanuvchining uzatish tizimiga ulangan har bir nuqtasi boʻyicha jami elektr energiyasini ishlab chiqarish va mavjud quvvati sifatida koʻrsatilishi kerak.
336. Har bir Foydalanuvchi oʻzining ishlab chiqarish va mavjud quvvati prognozida yangi (joriy yoki rejalashtirilayotgan) ishlab chiqarish va elektr energiyasini saqlash tizimlarini rivojlantirish loyihalari yoki prognoz davrida amalga oshiriladigan ekspluatatsiyadan chiqarish rejalari bilan bogʻliq elektr energiyasini ishlab chiqarish va amaldagi mavjud quvvatidagi oʻzgarishlarni hisobga oladi.
337. Elektr energiyasi ishlab chiqarish va mavjud quvvat prognozlarini olishda Tizim operatori elektr energiyasi ishlab chiqarish va amaldagi quvvat prognozlarini olishda, taqdim etilgan prognoz asossiz deb hisoblasa, mazkur prognozni taqdim etgan Foydalanuvchini xabardor qilgan holda, ushbu prognozni rad etishga haqli.
338. Foydalanuvchilar Uzatish tizimi operatorining eʼtirozlarini qabul qilishlari hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish va amaldagi quvvatning qayta koʻrib chiqilgan prognozini taqdim etishlari yoki eʼtirozni asoslangan holda rad etishlari, oʻzlarining dastlabki elektr energiyasi isteʼmoli prognozini tasdiqlashlari mumkin.
339. Foydalanuvchilarga elektr energiyasi ishlab chiqarish va amaldagi quvvat prognozlarini oʻzgartirishga va ushbu prognozning oʻzgartirilgan variantini belgilangan muddatlardan avval taqdim etishga ruxsat beriladi.
4-§. Tizimlararo bogʻlanishlarning oʻtkazish qobiliyatini aniqlash
340. Tizim operatori qoʻshni elektr energetika tizimlar bilan transchegaraviy elektr uzatish imkoniyatini aniqlashga haqli va masʼul hisoblanadi. Bu imkoniyat yagona elektr energetika tizimida elektr energiyasining eksporti va importini hamda Oʻzbekiston Respublikasining uzatish tizimlari orqali qoʻshni elektr energetika tizimlariga yetkazib berilgan elektr energiyasini hisobini yuritishga xizmat qiladi.
341. Elektr uzatish tarmoqlarining oʻtkazuvchanlik imkoniyatini aniqlash Tizim operatori qoʻshni elektr energetika tizimlari operatorlari bilan oʻzaro hamkorlikda har bir tizimlararo elektr uzatish tarmoqlari va qoʻshni energetika tizimlarini bogʻlovchi tizimlararo barcha bogʻlovchi nuqtalari uchun quyidagi qiymatlarni aniqlaydi:
uzatiladigan quvvat chegarasi (UQCH) — hisoblash yoʻli bilan aniqlanadigan tizimlararo tarmoqlarning (tarmoqlar kesimida) oʻtkazish qobiliyatini maksimal qiymati boʻlib, ushbu qiymatdan ortib ketishish natijasida turgʻunlikning buzilishiga olib keladi, odatda ushbu qiymat termik chegaralardan kam boʻladi;
uzatishning ishonchlilik zaxirasi (UIZ) — bu Tizim operatori va boshqa qoʻshni tizimlar operatorlari tomonidan zarur favqulodda yordam koʻrsatish uchun foydalanishga moʻljallangan uzatiladigan quvvat chegarasining bir qismi;
maksimal ruxsat etilgan oʻtkazish qobiliyati (MREOʻQ) quyidagicha hisoblanadi: MREOʻQ = UQCH — UIZ:
mavjud oʻtkazish qobiliyati (MOʻQ) — qoʻshni elektr energetika tizimlarning tizim operatorlari oʻrtasidagi kelishuvlarga binoan hamda turli texnik va maʼmuriy shartlar asosida foydalanilishi mumkin boʻlgan transchegaraviy oʻtkazish qobiliyati.
342. Davlatlararo quvvat oʻtkazish qobiliyati — tizimlararo tarmoqlar yoki tizimlararo tarmoqlar toʻplami orqali real vaqt rejimdagi aktiv quvvat oqimlarini chegaraviy oʻtkazish qobiliyatidir, u vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turishi mumkin.
343. Transchegaraviy quvvat oʻtkazish qobiliyati quyidagi davrlar: mavsum, oy, hafta va kun uchun soatlar boʻyicha qiymatlar orqali belgilanadi.
344. Elektr uzatish tarmoqlarining transchegaraviy oʻtkazish qobiliyatiga quyidagi omillar asosiy taʼsir koʻrsatadi:
ichki uzatish tarmoqlarining oʻtkazish qobiliyati;
uzatish tizimi qurilmalarining ishchi holati;
qoʻshni elektr energetika tizimlari oʻrtasidagi elektr energiyasi tranzit oqimlarining hajmlari;
uzatish tizimi ishining xavfsizlik (n-1) mezoni;
uzatish quvvatlarining nosozliklari, ishdan toʻxtab qolishi, ob-havo sharoitlari va hokazolar bilan bogʻliq oʻtkazish qobiliyatining cheklovlari.
345. Tizim operatori transchegaraviy uzatish quvvatini aniqlash uchun yagona elektr energetika tizimida operativ rejalashtirishning prognoz va haqiqiy maʼlumotlariga asoslanadi.
Zaruratga koʻra tegishli yoʻnalishda va maʼlum vaqt davrida transchegaraviy oʻtkazish qobiliyatini aniqlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish yuzasidan Foydalanuvchilarga va boshqalarga murojaat qilishi mumkin.
346. Uzatish tizimi operatori oʻzining veb-saytida qoʻshni elektr energetika tizimlari bilan alohida chegaralar orqali tizimlararo oʻtkazish imkoniyati toʻgʻrisidagi haqiqiy maʼlumotlarni hamda elektr energiyasi eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish uchun tizimlararo bogʻlanishlarning oʻtkazish imkoniyatidan foydalanish qoidalarini eʼlon qiladi.
5-§. Xavfsizlikni baholash
347. Tizim operatori elektr energetika sohasidagi nazorat organi bilan birgalikda muntazam ravishda ekspluatatsiyaviy xavfsizlik tahlilini oʻtkazishi va elektr energetika tizimining ekspluatatsiyasi ishonchliligini talab etilgan darajada ushlab turish uchun zarur saʼy-harakatlarni amalga oshirishi shart.
348. Ekspluatatsiya xavfsizligi tahlilini oʻtkazish uchun Tizim operatori Uzatish tizimi operatori bilan birgalikda uzatish tizimining namunaviy modellarini ishlab chiqadi.
Mazkur namunaviy modellar yagona elektr energetika tizimi obyektlari boʻyicha tuzilmaviy axborot va maʼlumotlarni, jumladan boshqa tarmoqlar bilan bogʻlanishlarni va ulangan Foydalanuvchilarni oʻz ichiga olishi kerak.
Modellashtirish uchun maʼlumotlar muntazam ravishda yangilab borilishi lozim.
Tizim operatori maʼlumotlarni Foydalanuvchilardan soʻrab olishga haqli va tarmoqning oʻzaro bogʻlanish nuqtalarini koʻrib chiqishda uzatish tizimidagi boshqa operatorlar bilan hamkorlik qiladi.
349. Uzatish tizimining modellari SCADA tizimidan olingan maʼlumotlardan foydalanib, xavfsizlikni baholash mezonlari aniqlanadigan belgilangan vaqt oraliqlari uchun sozlanadi.
350. Maʼlumotlar Foydalanuvchilar va Tizim operatori tomonidan uzatish tizimi obyektlari uchun eng kamida umumiy isteʼmolning quyidagi rejimlari uchun (kun/vaqt) taqdim etilishi kerak:
qishki maksimum va minimum;
bahorgi maksimum va minimum;
yozgi maksimum va minimum;
kuzgi maksimum va minimum.
351. Ushbu Qoidalarning 349-bandida keltirilgan kelgusi yil uchun tahlil oʻtkazish rejimlari quyidagi asosiy maʼlumotlarga asoslangan boʻlishi kerak:
elektr energiyasiga boʻlgan talab, anʼanaviy generatsiyaning mavjudligi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kutilayotgan ishlab chiqarish (jumladan, taqsimlangan ishlab chiqarish boʻyicha jami qiymatlari);
elektr energiyasini saqlash tizimlarining mavjudligi va ularning rejalashtirish maʼlumotlari;
import-eksportning rejalashtirilayotgan hajmlari (ikkala yoʻnalishda ham chegaralararo oʻtkazish qobiliyati bilan taqdim etilgan);
uzatish tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha rejalashtirilgan ishlar va tegishli rejadagi yilda yangi obyektlarning ekspluatatsiyaga kiritilishi.
352. Xavfsizlik tahlilini oʻtkazishda uzatish tizimining aniq modellari shuningdek, tarmoq tuzilmalari yoki operativ rejimlardagi oʻzgarishlar, himoya tizimlari oʻrnatmalari, avariyaga qarshi avtomatika sxemasi, transformatorlarning yuklama ostida kuchlanishni rostlagichlari, podstansiyalar sxemalari va ish rejimlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga asoslaniladi.
353. Ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili Tizim operatori tomonidan quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
yillik tahlil — kelgusi yil uchun har yili oktabr oyi oxirigacha;
mavsumiy tahlil — har bir mavsum boshlanishidan bir oy oldin “bahor-yoz” mavsumi uchun 1-martgacha va “kuz-qish” mavsumi uchun 1-sentabrgacha;
oylik tahlil — kelgusi oy uchun har bir oyning 25 sanasigacha;
haftalik tahlil — kelgusi haftaning payshanba kuni;
kundalik tahlil — kelgusi kun uchun, har bir ish kuni soat 18:00 gacha, bayram va dam olish kunlari uchun — barcha kelgusi bayram kunlari va keyingi birinchi ish kuni.
354. Ekspluatatsiya xavfsizligi tahlilini oʻtkazish uchun Tizim operatori toʻliq sxema uchun Qoidalarning 1090-bandiga binoan belgilangan ekspluatatsiya sharoitlarini (kritik va turgʻun boʻlmagan) modellashtiradi va mazkur Qoidalarning XI boʻlim 2-bobiga muvofiq belgilangan ekspluatatsiyaviy xavfsizlik chegaralari (n-1) uchun muvofiqligini tekshiradi.
355. Uzatish tizimining asosiy elementlarini rejalashtirilgan oʻchirishlaridan oldin Tizim operatori tarmoqning umumiy modelidan foydalanib ekspluatatsiyaviy xavfsizlik tahlilini oʻtkazadi.
356. Ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili natijalariga binoan qoʻshni elektr energetika tizimlar operatorlarining tarmoqlari taʼsirga uchrashi kuzatilgan holda Tizim operatori ular bilan ekspluatatsiyaviy xavfsizlik tahlili natijalarini muhokama qiladi.
357. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash maqsadida Tizim operatori tomonidan yillik, oylik va haftalik ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili oʻtkazilishi kerak. Bunda quyidagi holatlar boʻyicha tahlillar oʻtkaziladi:
yagona elektr energetika tizimining nomutanosibligi va elektr energetika tizimi muvozanatini taʼminlash uchun zaxiraning mavjud emasligi;
ekspluatatsiyaviy xavfsizlik chegaralardan ortib ketadigan quvvat, oʻta yuklanishlar boʻyicha;
elektr uzatish tizimining tugunlaridagi yuqori/past kuchlanish;
elektr uzatish tizimida barqarorlik boʻyicha chegaralarning buzilishi;
qisqa tutashuv toklarining chegaraviy qiymatlari oʻzgarishi.
358. Potensial cheklovlar aniqlanganda, Tizim operatori ushbu Qoidalarning V boʻlim 3-bobi 4-paragrafiga muvofiq korreksiyalovchi tadbirlarni ishlab chiqadi.
359. Tizim operatori potensial cheklovlarni aniqlash hamda qoʻshni elektr energetika tizimlari operatorlari va Foydalanuvchilar bilan birgalikda korreksiyalovchi tadbirlarni amalga oshirish uchun bir kun oldin va joriy kun davomida ekspluatatsiya xavfsizligi tahlilini oʻtkazadi.
Tizim operatori elektr energiyasining haqiqiy isteʼmoli va ishlab chiqarilishi monitoringini oʻtkazishi va sezilarli farqlar (ogʻish) boʻlsa, ekspluatatsiyaviy xavfsizlik tahlilini yangilashi lozim. Ekspluatatsiyaning real vaqt rejimiga yaqinlanilganda elektr energetika tizimi holatini baholash qoʻllanilishi lozim.
360. Tizim operatori ekspluatatsiyaning barcha bosqichlarida baholash va ekspluatatsiyaviy xavfsizlikni tiklash uchun hisoblanadi.
Ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili uzatish tarmoqlarining konfiguratsiyasi va elektr energetika tizimining barqarorligi hamda dinamik turgʻunligini hisobga olishi kerak.
361. Ekspluatatsiya xavfsizligini tahlil qilishda Tizim operatori operativ rejalashtirish jarayonining quyidagi maʼlumotlaridan foydalanishi lozim:
elektr energiyasi isteʼmoli va ishlab chiqarilishi prognozi maʼlumotlari;
oʻchirishlarni rejalashtirish maʼlumotlari;
uzatish tizimini boshqarish uchun aktiv quvvat zaxirasining prognozi;
elektr energetika tizimining ishi toʻgʻrisida oʻtgan davr maʼlumotlari;
elektr energiyasini davlatlararo oqimining hisoblangan hajmlari;
elektr energetika tizimining xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan avariya vaziyatlari haqida xabarlar;
elektr energiyasini isteʼmoli va ishlab chiqarilishi prognoziga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan elektr energetika tizimidagi cheklovlar;
yoqilgʻi taʼminoti shartlari;
meteorologik holat prognozlari;
elektr energetika tizimining barqarorligi va xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari materiallari.
362. Tizim operatori, zaruratga koʻra, Foydalanuvchidan tegishli muddat uchun ekspluatatsiya xavfsizligi tahlilini oʻtkazish uchun yangilangan axborot taqdim etishi yoki avval taqdim etilgan axborotni tasdiqlashini talab etishi mumkin.
363. Ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili Tizim operatori tomonidan orttirilgan tajriba va oʻtgan davrdagi maʼlumotlarga asosan tanlab olingan, lekin quyidagilardan kam boʻlmagan holda, maʼlum ish soatlari uchun oʻtkazilishi kerak:
yillik ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili uchun — har bir oyning bir haftasidagi bir kunining bir soati;
mavsumi ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili uchun — mavsum davomida har haftaning bir kunining bir soati;
oylik ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili uchun — oyning bir kunining bir soati;
haftalik ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili uchun — har bir kunning tanlab olingan olti soati;
kundalik ekspluatatsiya xavfsizligi tahlili uchun — kelgusi kunning har bir soati.
364. Ekspluatatsiya xavfsizligi tahlilining natijalari boʻyicha Tizim operatori tomonidan tayyorlanadigan maʼlumotlar har bir tegishli davr (yil/oy/hafta/kun/soatlar) kesimida quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
elektr energiyasini tarmoqdagi va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi obyektlardagi oʻz ehtiyojlari uchun yoʻqotishlarini hisobga olgan holda isteʼmol qilish prognozlari;
mavjud aktiv quvvat ishlab chiqarish prognozlari;
elektr energetika tizimining ekspluatatsiya xavfsizligi chegaralari buzilishi mumkin boʻlgan ehtimoliy vaziyatlarning tahlili;
aktiv quvvat zaxiralarining yetarlicha taʼminlanmayotgan ehtimoliy vaziyatlarning tahlili;
yagona elektr energetika tizimining birlamchi va ikkilamchi zaxirasining yetarlicha taʼminlanayotgan ehtimoliy vaziyatlarning tahlili;
avariya vaziyatlari roʻyxatidagi avariya vaziyatlari sodir boʻlishi ehtimoli;
avariya vaziyatlari roʻyxatidagi avariyalar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tadbirlar;
Tizim operatorining xulosasiga koʻra elektr energetika tizimi va elektr taʼminoti xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa zarur maʼlumotlar.
365. Ekspluatatsiya xavfsizligi tahlilining natijalariga koʻra, Tizim operatori barcha prognoz qilingan rejimlar uchun tegishli davrdagi energobloklarning aktiv quvvati zaxiralari hajmlarini, chastotani rostlash (chastotani ushlab turish, tiklash va qoʻllab turish uchun zaxiralar) boʻyicha yordamchi xizmatlar hajmlarini, shuningdek, oʻzaro ulanish shartnomalariga muvofiq davlatlararo oqimlar boʻyicha kelishilgan ogʻishlarni saqlab qolish boʻyicha boshqa yordamchi xizmatlarning hajmlarini ham belgilaydi.
6-§. Tizimining operatsion barqarorligi prognozi (O-SAF)
366. Tizim operatori respublikadagi umumiy isteʼmolni qondirish va eksport-import majburiyatlarini bajarish uchun turli operativ rejimlarda aktiv quvvatning zarur zaxirasini taʼminlaydi va respublika yagona elektr energetika tizimida umumiy elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatini baholash orqali elektr energetika tizimi barqarorligi tahlilini oʻtkazadi.
367. Elektr energetika tizimi barqarorligini tahlil qilish va uzatish tizimining muvofiqligi prognozi Tizim operatori tomonidan turli prognozlarning natijalari, xususan yillik oʻchirish rejasi, isteʼmol prognozi, ishlab chiqarish prognozi, tizimlararo uzatish quvvatini aniqlash va elektr energetika tizimi barqarorligini baholash natijalari (O-SAF) asosida ishlab chiqiladi.
368. Ushbu Qoidalarning 367-bandida keltirilgan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, Tizim operatori moslikning ehtimoli, uning boʻlmasligi muddati hamda oqibatda yetkazib berilmaydigan elektr energiyasining kutilayotgan hajmini baholaydi.
369. Tizim operatori yiliga ikki marta elektr energetika tizimi xavfsizligining mavsumiy tahliliga mos keladigan rejimlarni hisobga olgan holda, kelgusi yoz va qish mavsumi uchun barqarorlik prognozi (O-SAF)ni amalga oshirishi lozim. Olingan natijalar yagona elektr energetika tizimining qishki va yozgi barqarorlik prognozi (O-SAF)da taqdim etiladi.
Hisobotlar Uzatish tizimi operatori va Tizim operatorining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi va Foydalanuvchilar oʻz ishlarini rejalashtirishlarida qoʻllanma sifatida foydalaniladi.
370. Tizim operatori generatsiyalovchi modullarning faoliyatida, yuklamalarda, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining koʻrsatkichlarida yoki tizimlararo uzatish quvvatlarida kutilayotgan barqarorlikka sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni aniqlaganda oʻzining barqarorlik prognozi (O-SAF) hisobotlarini yangilashga haqli.
371. Tizim operatori quyidagilarga asoslangan holda, kunlik vaqt oraligʻida elektr energetika tizimi barqarorligi tahlilini oʻtkazadi:
yuklama prognozi;
anʼanaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan generatsiya prognozi;
rejalashtirilgan oʻchirishlar roʻyxati;
mavjud aktiv quvvat zaxiralari;
tizimlararo chegaralardagi quvvatga mos elektr energiyasi importi va eksporti;
generatsiyalovchi modullar imkoniyatlari va ularning tayyorlik holati;
Foydalanuvchi obyektlarining isteʼmolini, ularning holati va mavjudligini hisobga olgan holda boshqarish imkoniyatlari.
372. Ushbu Qoidalarning 371-bandiga muvofiq oʻtkazilgan tahlillar natijasida Tizim operatori barqarorlik buzilganligi va ushbu holatning davomiyligi natijasida yetkazib berilmagan elektr energiyasi hajmini aniqlaydi.
Barqarorlik buzilgan va tiklanmagan boʻlsa, Tizim operatori Vazirlikni xabardor qiladi, barqarorlik buzilishi sabablarining tahlili, ushbu holatni bartaraf etish boʻyicha choralar yuzasidan oʻz takliflarini yuboradi.
4-bob. Kundalik ish jadvallari
1-§. Foydalanuvchilarning kunlik ish jadvallari
373. Tizim operatori respublika boʻyicha uzatish tizimidagi ishlarni rejalashtirish uchun javobgardir. Barcha Foydalanuvchilar Tizim operatorining mazkur boʻlimda belgilangan talablariga rioya qilishlari shart.
374. Tizim operatori uzatish tizimidagi ishlarni rejalashtirishni tegishliligi boʻyicha “Energiya” koordinatsion dispetcherlik markazining (keyingi oʻrinlarda — “Energiya” KDM) mintaqaviy boshqaruv markazi bilan bevosita hamkorlikda amalga oshiradi.
375. Uzatish tizimidagi kunlik ish jadvallari quyidagilar:
Foydalanuvchilarning kunlik ish jadval (grafik)lari;
Foydalanuvchilarning soatlik ish jadval (grafik)lari;
uzatish tizimining kunlik ish jadval (grafik)lari.
376. Barcha Foydalanuvchilar oʻzlarining kunlik ish jadval (grafik)larini Tizim operatoriga taqdim etishlari shart.
377. Foydalanuvchilarning kunlik ish jadvallari — alohida Foydalanuvchiga tegishli boʻlgan yoki uning tasarrufidagi obyektlar uchun elektr energiyasini ishlab chiqarish, isteʼmol qilish, elektr energiyasini saqlash tizimlarini zaryadlash va razryadlash, ichki va tashqi savdoning (eksport va import) soatlik rejasini oʻz ichiga oladi.
378. Kunlik ish jadvallari uzatish tizimiga ulanish nuqtasidan qatʼiy nazar butun uzatish tizimi uchun umumlashtiriladi. Transchegaraviy oqimlar qoʻshni energotizimlar operatorlari (“Energiya” KDM bilan bevosita hamkorlikda) bilan kelishiladi.
379. Tizim operatori kunlik ish jadvallarini taqdim etish shaklini belgilaydi va ularni taqdim etish tartibini (formati) oʻrnatadi. Kunlik ish jadvallarini taqdim etish shakli va uslubi, shuningdek boshqa zarur koʻrsatma va yoʻriqnomalar Tizim operatorining veb-saytida eʼlon qilinadi.
380. Tizim operatori kunlik ish jadvallarini taqdim etish uchun ixtisoslashtirilgan IT-platforma va Tizim operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida ajratilgan aloqa kanallaridan foydalanishi kerak.
Kunlik ish jadvallarini taqdim etish uchun zaxira manbai sifatida internetdan foydalangan holda elektron pochta orqali yuborilishi mumkin boʻladi.
381. Tizim operatori odatiy sharoitlarda, shuningdek axborot tizimi mavjud boʻlmagan holatlarda kunlik ish jadvallarini taqdim etish, tekshirish va tasdiqlash tartibini ishlab chiqadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
382. Kunlik ish jadvallarida asosiy vaqt oraligʻi bir soatni tashkil etadi.
383. Foydalanuvchilar keyingi kun uchun kunlik ish jadvallarini bir kun oldin soat 10:00 dan kechiktirmay Tizim operatoriga taqdim etadi.
384. Tizim operatori soat 10:30 ga qadar barcha kunlik ish jadvallari oladi va ularni oʻrnatilgan shaklga va talabga muvofiq taqdim etilganligi yuzasidan tekshiradi.
Foydalanuvchi kunlik ish jadvallarini oʻz vaqtida taqdim etmagan yoki notoʻgʻri taqdim etgan holda Tizim operatori tegishli Foydalanuvchi uchun namunaviy kunlik ish jadvallarini belgilaydi va unga ogohlantirish beradi.
Foydalanuvchi keyinchalik ham kunlik ish jadvallarini oʻz vaqtida taqdim etmasa yoki notoʻgʻri taqdim etsa, Tizim operatori Regulatorga shikoyat kiritishi va tegishli chora-tadbirlarni qoʻllashi mumkin.
385. Yagona elektr energetika tizimi boʻyicha barcha kunlik ish jadvallari oʻzaro mutanosib boʻlishi, yaʼni barcha kunlik ish jadvallarining yigʻindisi (ishlab chiqarish, isteʼmol qilish, eksport va import) nolga teng boʻlishi kerak. Soat 13:30 ga qadar Tizim operatori yondosh energotizimlar operatorlari bilan elektr energiyasi oqimlari saldosini va barcha kunlik ish jadvallari mutanosibligini tekshiradi.
386. Uzatish tizimidagi barcha kunlik ish jadvallari mutanosib boʻlgan holda, rejalashtirish grafiklarni tuzish jarayoni yakunlanadi. Tizim operatori kunlik ish jadvallarida maʼlum nomutanosibliklarni aniqlasa, tegishli Foydalanuvchilarga oʻz jadvallariga soat 14-00 gacha mos ravishda tuzatishlar kiritish yuzasidan tavsiya beradi. Qayta koʻrib chiqilgan kunlik ish jadvallari Tizim operatoriga belgilangan shakl va tartibda yuboriladi.
387. Qayta koʻrib chiqilgan kunlik ish jadvallarining mutanosibligi Tizim operatori tomonidan qayta tekshiriladi va natija qoniqarli boʻlsa, rejalashtirilayotgan kun uchun kunlik ish jadvallari tuzish jarayoni yakunlanadi. Kunlik ish jadvallarida kamchiliklar boʻlsa, ular rad etiladi.
388. Oʻrnatilgan quvvati 5 MW ga teng va undan katta boʻlgan har bir generatsiyalovchi modul uchun elektr energiyasini ishlab chiqarishning kunlik ish jadvallari bir soatlik rejalashtirish oraligʻiga boʻlingan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
har bir elektr stansiyaning jami va uning har bir generatsiyalovchi moduli uchun alohida aktiv quvvat;
har bir generatsiyalovchi modul uchun maksimal va minimal aktiv quvvat;
har bir generatsiyalovchi va gidroakkumulyatsiyalovchi (rostlovchi) elektr stansiyalar/qurilmalarning mavjudligi;
uzatish tizimidagi yakuniy isteʼmol;
elektr energiyasini ichki va (yoki) tashqi oqimlari.
389. Foydalanuvchilar va Taqsimlash tizimi operatorlarining (jumladan Berk taqsimlash tizim operatorlari) kunlik isteʼmol jadvallari bir soatlik rejalashtirish oraligʻiga boʻlingan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
jami aktiv quvvat isteʼmoli;
anʼanaviy generatsiyalovchi modullarning jami aktiv quvvat ishlab chiqarishi;
qayta tiklanuvchan energiya manbalari qurilmalarining jami aktiv quvvat ishlab chiqarishi;
boshqariladigan yuklamalarning jami aktiv quvvat isteʼmoli;
boshqariladigan yuklamalarning mavjudligi;
elektr energiyasini ichki va (yoki) tashqi savdosi.
390. Elektr energiyasini saqlash tizimlarining kundalik ish jadvallari bir soatlik rejalashtirish oraligʻiga boʻlingan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
jami aktiv quvvat isteʼmoli;
jami aktiv quvvat ishlab chiqarish;
boshqariladigan yuklamalarning aktiv quvvat isteʼmoli;
elektr energiyasini saqlash tizimlarining mavjudligi;
elektr energiyasini ichki va (yoki) tashqi savdosi.
391. Elektr energiyasi treyderlari oʻzlarining kundalik ish jadvallarida elektr energiyasining barcha ichki va tashqi savdolari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni taqdim etadi.
2-§. Foydalanuvchilarning kun ichidagi ish jadvallari
392. Foydalanuvchilarining kun ichidagi ish jadvallari — elektr energiyasi bozoridagi operatsiyalar yoki ularning qurilmalari mavjudligidagi oʻzgarishlar natijasida kundalik ish jadvallariga kiritiladigan oʻzgarishlardir.
Kun ichidagi ish jadvallari — elektr energiyasini ishlab chiqarish, isteʼmol, saqlash hamda ichki va tashqi savdosi boʻyicha kunda taqdim etilgan va tasdiqlangan ish jadvallaridagi oʻzgarishlardir.
393. Kun ichidagi jadvallar Tizim operatoriga rejalashtirish kuni, operatsiyalardan kamida ikki soat oldin taqdim etilishi kerak. Foydalanuvchilar kun ichidagi ish jadvallarini maxsus elektron platforma orqali ham yuborishlari mumkin.
394. Kun ichidagi ish jadvallari Tizim operatori tomonidan kunlik ish jadvallari kabi yondashuv asosida, taʼsir doirasidagi barcha operatsiyalar hamda ichki va tashqi ish jadvallarini muvozanatga keltirgan holda tasdiqlaydi.
3-§. Uzatish tizimining kundalik ish jadvallari
395. Tizim operatori Uzatish tizimi operatori bilan birgalikda, uzatish tizimining Foydalanuvchilari va transchegaraviy oqimlarning tasdiqlangan kunlik va kun ichidagi ish jadvallari asosida, tegishli qoʻshni energotizimlar operatorlari bilan kelishilgan holda, Uzatish tizimining kundalik ish jadvallarini ishlab chiqadi.
396. Tasdiqlangan kundalik ish jadvallardan foydalanib Tizim operatori yagona elektr energetika tizimida chastotani rostlash boʻyicha zaxiralarning mavjudligini va qoʻshni elektr energetika tizimlarining har biri bilan transchegaraviy oqimlar hajmini hisoblaydi.
397. Uzatish tizimining kundalik ish jadvallari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
quvvati 5 MW ga teng yoki undan yuqori boʻlgan barcha generatsiyalovchi modullari va quvvati 0,5 MW ga teng yoki undan katta boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimlarining aktiv quvvat ishlab chiqarish jadvali va ularning mavjudligi, bunda anʼanaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining generatsiyasi boʻyicha alohida jadval shakllantiriladi;
quvvati 5 MW gacha boʻlgan generatsiyalovchi modullar boʻyicha aktiv quvvat ishlab chiqarilishining umumlashtirilgan jadvali;
jami aktiv quvvat isteʼmoli jadvali;
boshqariladigan isteʼmol talabi va uning mavjudligi;
elektr stansiyalar va generatsiyalovchi modullar kesimida elektr energetika tizimidagi zaxiralarning mavjudligi;
qoʻshni elektr energetika tizimlar bilan transchegaraviy oqimlar;
har bir chegaralar aro bogʻlanishlarda ishonchlilik zaxirasi darajasi;
uzatish tizimidagi isroflarni baholash.
398. Tizim operatori kundalik xavfsizlikni baholash uchun uzatish tizimining kunlik rejasidan foydalanadi. Xavfsizlik tahlili taqdim etilgan kundalik ish jadvallari barqaror ishlash sharoitlarni taʼminlamasligini koʻrsatsa, Tizim operatori tegishli choralarni koʻradi.
5-bob. Oʻta yuklanishlar prognozi
399. Elektr energetika tizimidagi rejalashtirish tadbirlari tugatilganidan soʻng, lekin elektr energiyasi oqimlari jadvallari tasdiqlanishidan oldin, Tizim operatori uzatish tizimida elektr energiyasini ishlab chiqarish, isteʼmoli va tranzitining rejali hajmlarini taʼminlay olishga qodirligini tekshirish uchun oʻta yuklanishlar prognozi boʻyicha hisob-kitoblarni oʻtkazadi.
Hisob-kitoblar oʻtkazishdan maqsad — rejalashtirilgan kundagi ekspluatatsiya qilish davomida uzatish tizimining ayrim elementlari oʻta yuklanishi xavfini tekshirishdir.
Baholash, barqaror ish rejimi va “n-1” rejimlar uchun uzatish tizimining ayrim muhim elementlari yoʻqotilishi ehtimolidan kelib chiqib oʻtkaziladi.
400. Oʻta yuklanish prognozi hisob-kitoblari natijasi boʻyicha uzatish tizimida barqaror ish rejimlarida oʻta yuklanishlar kuzatilgan holda Tizim operatori uzatish tizimida yuz berishi mumkin boʻlgan oʻta yuklanishlarni bartaraf etish maqsadida taqdim etilgan va tasdiqlangan grafiklarga oʻzgartirishlar kiritishni talab qilishi mumkin. Foydalanuvchilar Tizim operatorining talabi boʻyicha oʻz jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari shart.
401. Tasdiqlangan jadvallarga oʻzgartirishlar kiritish imkoni boʻlmagan holda Tizim operatori dispetcherlarga barqaror ish rejimlarida oʻta yuklanishlar prognoz qilingan vaqt oraligʻida elektr energetika tizimining zaxiralarini ishga tushirishga koʻrsatma beradi.
402. Oʻta yuklanish prognozi boʻyicha hisoblashlar natijasiga koʻra uzatish tizimida “n-1” rejimlarida oʻta yuklanishlar aniqlansa, Tizim operatori dispetcherlarga, “n-1” operativ rejimi sodir boʻlish holatiga nisbatan zarur tadbirlarni rejalashtirish koʻrsatmasini beradi.
Standart choralar quyidagilardan iborat: generatsiyani va elektr energiyasini saqlash tizimlarini takroran dispetcherlash, eksport yoki import uzatmalarni qisqartirish, hamda yagona elektr energetika tizimi zaxiralarini ishga solish.
V boʻlim. Elektr rejimlarini boshqarish
1-bob. Elektr rejimlarini boshqarishning maqsadi va qoʻllash doirasi
403. Elektr rejimlarini boshqarish jarayoni uzatish tizimida asosiy faoliyat turlaridan biri boʻlib, faoliyatning qolgan turlari uning samarali ishlashiga xizmat qiladi va unga uzviy bogʻliqdir. Bu faoliyat operativ rejimda yoki ushbu rejimga juda yaqin vaqt oraligʻida, har qanday holatda operativ kun davomida bajariladi.
Elektr rejimlarini boshqarish, iyerarxik tartibda tashkil etilgan Tizim operatori va uning mintaqaviy hamda hududiy boʻlinmalari rahbarligi ostida, yagona elektr energetika tizimidagi elektr stansiyalar va podstansiyalarning tezkor xodimlari tomonidan, kunlik va kundalik ish sharoitida amalga oshiriladi.
404. Elektr rejimlarini boshqarishning asosiy maqsadi elektr energetika tizimining xavfsiz, barqaror va samarali ishlashini hamda jalb qilingan xodimlar va uskunalarning maksimal xavfsizligini taʼminlash bilan bir vaqtda yakuniy isteʼmolchilar elektr taʼminotining uzluksizligini taʼminlashdir.
405. Elektr rejimlarini boshqarishning vazifalari yagona elektr energetika tizimi ish samaradorligini taʼminlash, elektr energiyasi bozori faoliyatini yengillashtirish, qoʻshni mamlakatlar elektr energetika tizimlari bilan barqaror integratsiyani taʼminlash va parallel ish rejimlarini boshqarishdan iborat.
406. Qoidalarning mazkur boʻlimi Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori, barcha ishlab chiqaruvchilar, Isteʼmolchilar, elektr energiyasini saqlash tizimlari hamda taqsimlash va Berk taqsimlash tizimi operatorlari va uzatish tizimiga ulangan boshqa Foydalanuvchilarga taalluqli.
407. Mazkur boʻlim taalluqli boʻlgan barcha Tomonlar uning muvaffaqiyatli va samarali qoʻllanilishi uchun faol yordam berishlari shart.
2-bob. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi
1-§. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvining maqsadi va qoʻllash doirasi
408. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasining yagona elektr energetika tizimini iyerarxik va markazlashtirilgan tartibda operativ boshqarish faoliyati boʻlib, asosiy maqsadi yagona elektr energetika tizimidagi yakuniy isteʼmolchilar elektr taʼminotining uzluksizligi, ishonchliligi va sifatini taʼminlashdan iborat.
409. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi jarayoni operativ (real vaqt rejimida) yoki real vaqtga yaqin rejimda elektr energetika tizimining xavfsiz ishlashini taʼminlash maqsadida Tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi. Tizim operatori tezkor-dispetcherlik boshqaruvi jarayonida muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi “Energiya” KDM va boshqa qoʻshni tizim operatorlari bilan birgalikda quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:
elektr energiyasining rejalashtirilgan oʻzaro almashinuvlarini operativ rejimda monitoring qilish;
elektr energiyasining davlatlararo va ichki mintaqalararo oqimlarini nazorat qilish;
Tegishli tizim operatori va Elektr stansiyalari operatori bilan birgalikda yagona elektr energetika tizimi obyektlariga texnik xizmat koʻrsatish dasturini amalga oshirish;
Foydalanuvchilarga aktiv/reaktiv quvvatni rostlash va (yoki) boshqa tizim xizmatlari uchun koʻrsatmalar berish;
Isteʼmolchilarga isteʼmolni rostlashga oid koʻrsatmalar berish;
Tegishli tizim operatorlari bilan birgalikda tarmoqlardagi oʻta yuklanishlar muammosini hal etish;
operativ ishonchlilikning tegishli darajasini saqlab turish;
kutilmagan, favqulodda yoki rejalashtirilmagan vaziyatlarning sodir boʻlishi bilan bogʻliq masalalar yechimini topish.
410. Dispetcherlik jarayoni toʻliq Tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi. Tizim operatori elektr energetika tizimini funksional iyerarxiyasi doirasida alohida Tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi, dispetcherlik boshqaruvi jarayoni uchun operativ reglamentlar majmuasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda unga rioya qiladi.
411. Oʻzbekiston Respublikasi yagona elektr energetika tizimida dispetcherlik boshqaruvi markazlashtirilgan tartibda Tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Mintaqaviy dispetcherlik boshqarmalari mintaqaviy uzatish tarmoqlarining va oʻzining masʼullik zonalarida ulangan, Tizim operatorining boshqaruvi ostida boʻlgan va toʻliq boʻysunuvidagi Foydalanuvchilarining ishini muvofiqlashtiradi.
2-§. Dispetcher koʻrsatmalari
412. Dispetcher koʻrsatmalari bu Tizim operatorining operativ xodimlari tomonidan turli Foydalanuvchilarga beriladigan operativ koʻrsatmalaridir.
413. Berish usuliga koʻra dispetcher koʻrsatmalari quyidagicha boʻlishi mumkin:
avtomatik — SCADA/EMS va (yoki) chastotani va quvvatni avtomatik boshqarish tizimi orqali beriladi;
qoʻlda — operativ, dispetcherlar tomonidan aloqa vositalari orqali beriladi.
414. Boshqaruv taʼsiri turiga koʻra dispetcher koʻrsatmalari quyidagicha boʻlishi mumkin:
bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) — masofadan boshqariladigan vositalardan foydalangan holda yoki avtomatik yoki qoʻlda;
bilvosita — boshqaruvning masofadagi uchastkasida navbatchi operatorlar orqali.
415. Uzatish tarmoqlaridagi uskunalarga bogʻliq holda koʻrsatmalar quyidagi tarzda berilishi mumkin:
elektron — maʼlumotlar almashish va aloqa uchun IT-vositalardan foydalangan holda;
yozma — faks yoki elektron pochta orqali;
ogʻzaki — telefon, radio va boshqa aloqa vositalari yordamida.
3-§. Dispetcherlik koʻrsatmalarini berish va qabul qilish tartibi
416. Koʻrsatmalar mazkur Qoidalarga muvofiq beriladi.
417. Qaror qabul qilish va koʻrsatma berishda Tizim operatori quyidagi omillarni hisobga olishi kerak:
elektr energiyasining rejadagi va haqiqiy isteʼmoli oʻrtasidagi farq;
aktiv quvvatlarning transchegaraviy oqimlarining reja grafiklari va haqiqiy koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farq;
balanslovchi xizmat koʻrsatuvchilaridan olingan balanslovchi quvvat va elektr energiyasi mavjudligi toʻgʻrisidagi rasmiy xabarnomalar;
generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarining deklaratsiya qilingan quvvatidagi oʻzgarishlar;
uzatish tizimi konfiguratsiyasidagi oʻzgarishlar;
uzatish tizimiga ulanish nuqtalariga taʼsir koʻrsatuvchi taqsimlash tarmoqlari topologiyasi (mavjud uskuna/qurilmalarning joylashuvi)dagi oʻzgarishlar;
parallel ishlash, isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish ishonchliligi va sifatini taʼminlovchi generatsiyalovchi quvvatlar zaxiralarining tegishli toifalari mavjudligi;
elektr stansiyalari yoki uzatish tarmoqlari podstansiyalarining shinalaridagi kuchlanish grafiklariga rioya etilishi;
aktiv quvvatning zarur zaxirasini taʼminlash maqsadida uzatish tizimiga ulangan elektr stansiyalari shinalari yoki uzatish tizimi podstansiyalari shinalaridagi kuchlanish grafiklarini oʻzgartirish zarurati;
issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun aralash sikldan ishlovchi generatorlarning ish grafiklaridagi oʻzgarishlar;
elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanadigan generatsiyalovchi modullarning ish grafiklaridagi oʻzgarishlar;
elektr energiyasini tizimlar oʻrtasidagi almashuvlarning reja grafiklaridagi oʻzgarishlar;
uzatish tizimiga ulangan elektr energiyasini saqlash tizimlarining zaryadlash/razryadlash jadvallarining oʻzgarishi;
elektr energetika tizimida avariya holatlarining sodir boʻlishi;
ekspluatatsiyaga taalluqli reglament va hujjatlar jumladan, xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnomalar asosida beriladigan koʻrsatmalar;
isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilish xavfining ehtimoli;
elektr energetika tizimi ishining sifatiga va ishonchliligiga taʼsir etuvchi boshqa omillar.
418. Ekspluatatsiyaning normal sharoitlarida beriladigan koʻrsatmalar generatsiyalovchi modullarning bayon qilingan texnik xarakteristikalariga muvofiq boʻlishi kerak.
419. Elektr energetika tizimining ishonchliligi va parallel ishlash sifatining pasayishiga olib keladigan holatlar (avariyalar) sodir boʻlganda yoki avariya sodir boʻlish ehtimoli yuzaga kelganda, Tizim operatori quyidagi vakolatga ega:
elektr energiyasi bozori ishini toʻxtatish va (yoki) toʻxtatib turish uchun koʻrsatma berish (elektr energiyasi sotish yoki sotib olish boʻyicha savdo);
yagona elektr energetika tizimining barqarorligi, ishonchliligi xavf ostida ekanligini, shuningdek yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlari pasayishi mumkinligi kutilayotganligini aniqlasa, elektr energiyasini ishlab chiqarish, isteʼmol qilish, saqlash tizimlarini zaryadlash (razryadlash) va elektr energiyasini almashishning rejadagi hajmlarini oʻzgartirish yoki cheklovlar kiritish.
420. Tizim operatori mazkur Qoidalarning 419-bandida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirsa, u holda Tizim operatori audit oʻtkazilishi uchun oʻz harakatlari tafsilotlari va sabablarini qayd etib boradi.
421. Tizim operatori istalgan Foydalanuvchi yoki Regulatorning asoslangan soʻroviga koʻra yozma ravishda hisobot taqdim etishi shart.
422. Koʻrsatmalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
sinxronlash/qayta sinxronlash boʻyicha koʻrsatmalar;
tizim xizmatlarini faollashtirish;
taʼmirga/taʼmirdan chiqarish uchun oʻchirib-ulash amallarini bajarish;
zaxira rejimi yoki ish rejimiga oʻtkazish;
aktiv/reaktiv quvvat boʻyicha koʻrsatmalar berish;
elektr energetikasi obyektlari (stansiyalar) va uzatish tarmoqlari podstansiyalari uchun kuchlanishlar grafiklari;
uzatish tizimiga ulanish nuqtalari bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarini oʻtkazish va ekspluatatsiya davomida xavfsizlikni taʼminlash qoidalari;
avariyani bartaraf etish boʻyicha tezkor tadbirlar;
elektr energetika tizimini operativ boshqarish bilan bogʻliq boshqa tadbirlar.
423. Koʻrsatmalar, tushunmovchiliklar va xatoliklar ehtimolini kamaytirish maqsadida, aniq va loʻnda berilishi shart.
424. Tizim operatori koʻrsatmalarning avtomatik yozib olinishi va foydalanish uchun qulay boʻlgan elektron shaklda saqlanishini taʼminlaydi.
Koʻrsatmalar kamida ikki yil saqlanishi shart.
Istalgan Foydalanuvchi va (yoki) elektr energiyasi ulgurji bozorining ishtirokchisi ushbu maʼlumotning kerakli qismidan foydalanish maqsadida soʻrab olishga haqli.
Maʼlumotdan foydalanishga ruxsat, Tizim operatorining roziligi bilan, Regulator yoki Vazirlik koʻrsatmasiga binoan taqdim etiladi.
425. Koʻrsatmalarning muvaffaqiyatli qabul qilinganligi darhol tasdiqlanishi shart.
426. Koʻrsatma bergan shaxs uning toʻgʻri qabul qilganligini tasdiqlashi lozim. Koʻrsatmalarni bajarish faqat tasdiqlash qoniqarli baholangandan soʻnggina boshlanadi.
427. Aloqa boʻlmagan hollarda harakatlar Tizim operatori tomonidan ishlab chiqilgan maxsus yoʻriqnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda:
manfaatdor tomonlar aloqani tiklash boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
generatsiyalovchi modullar aktiv quvvat, kuchlanish va chastotaning qiymatlarini amaldagi soʻnggi grafiklarga muvofiq ushlab turishlari lozim;
zaruratga koʻra yangi aloqa kanallari tashkil etiladi, bu haqda manfaatdor Tomonlar oʻzaro xabardor qilinadi.
4-§. Dispetcher koʻrsatmalariga rioya etish
428. Dispetcher koʻrsatmalari quyidagi hollarda asoslangan hisoblanadi:
koʻrsatmalar berilgan Tomonning texnik jihatdan chegaralanganligiga muvofiq boʻlsa;
mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga zid boʻlmasa;
oʻrnatilgan tartib, shuningdek berish va qabul qilish tartib-qoidalari asosida ishlab chiqilgan boʻlsa;
tegishli vaqt davriga muvofiq boʻlsa.
429. Barcha Foydalanuvchilar Dispetcher koʻrsatmalariga belgilangan muddatda, aniq javob berishlari hamda oʻz majburiyatlarini mazkur Qoidalarning V boʻlimi 3-bob 2-paragrafiga muvofiq bajarishlari shart.
430. Elektr stansiyalari operatorlari Tizim operatorining koʻrsatmalariga amal qilishlari shart.
Koʻrsatmalarning bajarilishi insonlarning (xodimlarning) sogʻligʻi va hayoti yoki uskunalarning xavfsizligiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, generatsiyalovchi modullarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar zudlik bilan Tizim operatoriga bunday sharoitlar mavjudligi toʻgʻrisida xabar berishlari kerak.
Bunday holatda Tizim operatori koʻrsatmani bekor qilishi yoki unga oʻzgartirish kiritishi lozim.
431. Istalgan vaqtda va qandaydir sababga koʻra Foydalanuvchining Tizim operatori tomonidan berilgan joriy koʻrsatmani bajarish imkoniyati boʻlmasa, Foydalanuvchi bu haqda Tizim operatorini darhol xabardor qilishi shart.
432. Foydalanuvchi koʻrsatmalarga rioya etish imkoniyatiga ega emasligi toʻgʻrisida Tizim operatorini xabardor qilmagan holatda va shu vaqtda Tizim operatori Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatmalarning bajarilmayotganligini qayd etsa, Tizim operatori elektr energetika tizimi ishi va xavfsizligiga salbiy taʼsirlarni oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan barcha zarur choralarni qoʻllashga haqli.
433. Tizim operatori tomonidan Foydalanuvchining koʻrsatmalarga rioya etmayotganligi aniqlangan taqdirda ushbu Foydalanuvchi darhol xabardor qilinadi va unga koʻrsatmalarni zudlik bilan bajarish yuzasidan farmoyish yuboriladi.
434. Foydalanuvchi tomonidan bir operativ kun davomida 1 ta koʻrsatma toʻliq bajarilmagan taqdirda, koʻrsatmalar bajarilmagan deb hisoblanadi va Tizim operatori tomonidan rasmiy ogohlantirish beriladi hamda koʻrsatmani bajarmaslik sabablari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot taqdim etish boʻyicha soʻrov yuboriladi.
435. Rasmiy ogohlantirish olgan Foydalanuvchi Tizim operatori dispetcherining barcha kelgusi koʻrsatmalarini bajarish majburiyatini oladi.
436. Foydalanuvchi texnik sabablarga koʻra Tizim operatori dispetcherining koʻrsatmalarini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmasa, u yozma ravishda murojaat etishi hamda koʻrsatma koʻrsatkichlarini oʻzgartirish va mos ravishda koʻrsatmaga tuzatishlar kiritishni talab qilishi kerak.
437. Foydalanuvchi bir kalendar yili ichida ikki marta koʻrsatmalarga rioya etmaganligi toʻgʻrisidagi rasmiy ogohlantirish olsa, Tizim operatori bu haqda Vazirlik va Regulatorni xabardor qilishi hamda tegishli choralar koʻrishni talab qilishi kerak.
5-§. Tizim operatorining vazifa va majburiyatlari
438. Tizim operatori yagona elektr energetika tizimining ishonchli, barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash hamda uning ruxsat etilgan chegaralar doirasida ishlash samaradorligi uchun javobgardir.
439. Tizim operatori ushbu Qoidalarning 438-bandida koʻrsatilgan talablarning va yagona elektr energetika tizimining ishonchliligi, xavfsizligi hamda sifati boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish majburiyati oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashi lozim.
440. Tizim operatori barcha holatlarda, ushbu Qoidalarning 438 va 439-bandlari talablarini bajarish maqsadida, zarur harakatlarni amalga oshirishga haqli, biroq, asosli soʻrov berilganda ushbu harakatlari borasida tushuntirish berishga majbur. Tizim operatori har qanday holatni oldindan baholagan holda oqilona va ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi shart.
441. Elektr energetika tizimida elektr taʼminotining ishonchliligi, barqarorligi, xavfsizligi va sifati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini faqat istisno holatlaridagina xavf ostiga qoʻyilishi mumkin.
Tizim operatori talablarga rioya etilmaganligi yoki chetga chiqishlarga olib kelgan holatlarni batafsil tushuntirishi shart.
Bunday istisnolarga, boshqa vaziyatlar bilan bir qatorda, quyidagilar kiradi va bu bilan cheklanmaydi:
favqulodda vaziyatdan soʻng — elektr energiyasi taʼminoti toʻliq uzilgandan keyingi tiklash jarayoni;
yirik avariyadan soʻng — yagona elektr energetika tizimini yirik avariyadan soʻng tiklash jarayonining dastlabki 30 daqiqasi davomida.
3-bob. Barqaror rejimlarda tezkor-dispetcherlik boshqaruvini tashkillashtirish
1-§. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvini tashkillashtirishning umumiy shartlari
442. Real vaqt (operativ) rejimlarida yagona elektr energetika tizimida muvozanatni taʼminlash kunlik grafiklar asosida amalga oshiriladi. Generatsiyalovchi modullar operatorlari normal ish rejimlarida generatsiya va aylanuvchi zaxiraning belgilangan kunlik grafiklariga rioya qilishlari kerak.
443. Elektr energiyasi va quvvati isteʼmolchilariga aktiv quvvat isteʼmolining belgilangan soatlik grafigidan ortishiga ruxsat etilmaydi.
444. Elektr energiyasini saqlash tizimlari aktiv quvvatni isteʼmol qilish va ishlab chiqarishda belgilangan (soatlik) grafiklardan tashqariga chiqmasligi (ortishi yeki kamayishi) kerak.
445. Parallel ishlash rejimlarini boshqarish kunlik grafik bilan belgilanadigan elektr energiyasi va quvvatning davlatlararo oqimlari balansini taʼminlash asnosida amalga oshiriladi.
2-§. Mustaqil nazorat
446. Generatsiyalovchi modullar va (yoki) elektr energiyasini saqlash tizimlari operatorlari elektr energiyasi yetkazib berish shartnomalariga asosan aktiv va reaktiv quvvat ishlab chiqarish hamda qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha kunlik grafikka muvofiq oʻz miqdoriy majburiyatlari bajarilishini mustaqil nazorat qiladilar.
447. Generatsiyalovchi modullar va (yoki) elektr energiyasini saqlash tizimlari elektr energetika tizimiga meʼyoriy hujjatlar va elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar talablariga javob beruvchi sifatdagi elektr energiyasi va quvvat yetkazib berilishini mustaqil nazorat qilishlari shart.
448. Elektr energiyasi isteʼmolchilari va elektr energiyasini saqlash tizimlari tasdiqlangan kunlik grafiklarga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarilishini, shuningdek, quvvat va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarilishini mustaqil ravishda nazorat etib borishlari kerak.
449. Qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchilar, qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar shartlariga rioya etilishini mustaqil nazorat qilishlari lozim.
450. Muvozanatlash bozori ishtirokchilari oʻzlariga tegishli obyektlarning ishini qayd etilgan texnik parametrlarga muvofiq ishlashini mustaqil nazorat qiladilar.
3-§. Muvozanatlash mexanizmlari
451. Tizim operatori yagona elektr energetika tizimida generatsiya va isteʼmol oʻrtasidagi balansni taʼminlash uchun doimo mavjud generatsiya quvvatlaridan foydalanishi kerak.
Tizim operatori qoʻshni tizimlararo quvvat oqimlarining kelishilgan grafiklarga rioya qilgan holda saqlab turilishini taʼminlashi lozim.
452. Qoʻshni tizimlar bilan transchegaraviy quvvat oqimlarining kelishilgan grafiklaridan chetga chiqish miqdorlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi yagona elektr energetika tizimida quvvat ogʻishining ruxsat etilgan diapazoni ± 50 MW ni tashkil etadi.
Bu diapazon xalqaro shartnomalarga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin. Aktiv quvvat balansini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralarga qaramay elektr energetika tizimida quvvatning jami ogʻishi belgilangan qiymatdan ortiq boʻlsa, Tizim operatori transchegaraviy quvvat oqimlarini grafik boʻyicha kelishilgan qiymatlargacha tiklash boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
453. Tizim operatori mazkur Qoidalarning 452-bandida belgilangan ruxsat etilgan chegara doirasida, qoʻshni tizimlar bilan quvvat almashinuvini rejadagi qiymatlardan oshmasligini taʼminlash bilan bir qatorda, qoʻshni mamlakatlar energetika tizimlari operatorlari bilan ikki tomonlama imzolangan shartnomalarga muvofiq eksport-import qiymatlarini belgilangan chegaralardan oshirmaslik majburiyatini oladi.
Ushbu chegaralardan biri buzilgan holatlarda Tizim operatori quvvat oqimlarini grafik boʻyicha kelishilgan koʻrsatkichlargacha qaytarish uchun zarur choralarni koʻrishi, jumladan yuklamani yoki generatsiyalovchi modullarni avtomatik oʻchirishdan foydalanishi kerak.
454. Tizim operatori oʻz vazifalarini dispetcherlik koʻrsatmalarini berish orqali bajaradi, bunda uning avtomatik boshqaruv tizimidan chiquvchi boshqarish signallaridan tarkib topgan quyida keltirilgan maqsaddagi koʻrsatmalar berish orqali bajaradi:
mazkur Qoidalarning 452-bandida belgilangan quvvat ogʻishlari va 453-bandida belgilangan qoʻshni tizimlar oʻrtasidagi quvvat oqimlariga ruxsat etilgan chegaralari doirasida aktiv quvvat balansini taʼminlash;
generatsiyani avtomatik boshqarish tizimiga ulangan generatsiyalovchi modullar uchun aktiv quvvat boʻyicha oʻrnatmalarni tasdiqlash;
aktiv quvvatni rostlash zaxiralarini faollashtirish;
oldindan belgilangan Foydalanuvchilarni oʻchirish.
4-§. Oʻta yuklanishlarni boshqarish. Uzatish tizimining oʻtkazish qobiliyati boʻyicha cheklovlari
455. Oʻta yuklanishlarni boshqarishdan maqsad Foydalanuvchilarga elektr energiyasini uzatishda belgilangan oʻtkazuvchanlik qobiliyati boʻyicha shartlarga maksimal darajada rioya qilgan holda elektr energetika tizimining ishonchli ishlashini taʼminlash hisoblanadi.
456. Elektr energetika tizimi ish rejimlarini real vaqtda operativ boshqarish jarayonida Tizim operatori tizimlararo va ichki elektr uzatish tarmoqlarining maksimal oʻtkazish qobiliyatiga nisbatan haqiqiy yuklanishlarini kuzatishi kerak.
Bunda Tegishli tizim operatorlari tomonidan elektr uzatish tarmoqlarining maksimal oʻtkazish qobiliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar Tizim operatoriga taqdim etiladi.
457. Uzatish tizimining oʻtkazish qobiliyatini pasayishiga olib keluvchi oʻta yuklanish fakti aniqlanishi yoki sodir boʻlish xavfi qayd etilishi bilan Tizim operatori Tegishli tizim operatorlari bilan birgalikda ushbu holatni bartaraf etish va uzatish tizimining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini toʻliq qayta tiklash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
458. Uzatish tizimida oʻta yuklanishlar quyida keltirilgan bir yoki bir nechta sabablarga koʻra sodir boʻlishi mumkin:
Foydalanuvchilar oʻrtasida rejali quvvat almashinuvlarini kelishish jarayonida uzatish tizimining maksimal quvvat uzatish chegaraviy parametrlariga rioya etmaslik natijasida;
uzatish tizimi elementining avariyaviy oʻchishida;
uzatish tizimidagi generatsiyalovchi modulning avariyaviy oʻchishida;
uzatish tizimida yuklamaning avariyaviy oʻchishida;
qoʻshni davlat elektr energetika tizimida yoki tizimlar oʻrtasidagi bogʻlanishlarda nosozliklar sodir boʻlganda.
459. Kunning har qanday vaqtida uzatish tizimida oʻta yuklanishlar yuzaga kelishi ehtimoli aniqlangan holda Tizim operatori tomonidan ushbu holatni bartaraf etish boʻyicha barcha zarur choralar koʻriladi.
460. Oʻta yuklanishlarni bartaraf etish boʻyicha koʻriladigan tadbirlar Tizim operatori tomonidan ularning samaradorlik darajasiga koʻra belgilanishi va uzatish tizimida avariyalar sodir boʻlishi xavfini kamaytirish maqsadida zudlik bilan bajarilishi shart. Bu tadbirlarga quyidagilar kirishi mumkin:
uzatish tizimida elementlarni qayta ulash;
uzatish tizimining konfiguratsiyasini oʻzgartirish;
qayta dispetcherlashni amalga oshirish;
kelishuvlarini oʻtkazish;
nasos rejimda ishlayotgan gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalarni oʻchirish;
qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisidagi kelishuvga asosan isteʼmolchilar yuklamasini pasaytirish;
zaxiradagi generatsiya quvvatlarini yoki elektr energiyasini saqlash tizimlarini kiritish;
Foydalanuvchilar oʻrtasida rejalashtirilgan elektr energiyasi almashuvlarini qisqartirish yoki toʻliq bekor qilish.
461. Foydalanuvchilar oʻrtasida rejalashtirilgan elektr energiyasi almashuvlarini qisqartirish yoki toʻliq bekor qilish boshqa samarali qayta tiklash tadbirlarini bajarish mumkin boʻlmagan hollarda qoʻllanishi mumkin.
462. Tizim operatori barcha Foydalanuvchilarga maksimal imkon darajasida teng munosabatda boʻlishi va toʻla shaffoflikni taʼminlagan holda oʻta yuklanishlar bartaraf etilguncha elektr energiyasining rejali almashuvlarini quyidagi tartibda qisqartirishi yoki toʻliq bekor qilishi kerak:
birinchi navbatda oʻta yuklanishlarni bartaraf etishga sezilarli taʼsir etuvchi elektr energiyasining rejali almashuvlari;
oʻta yuklanishlarni bartaraf etish boʻyicha oʻzaro teng taʼsirga ega Foydalanuvchilar oʻrtasidagi mutanosib ravishda elektr energiyasining rejali almashuvlarini qisqartish.
463. Transchegaraviy quvvat oqimlarini qisqartirish yordamida oʻta yuklanishlarni bartaraf etish tadbiri oʻta yuklanishlarni bartaraf etish boʻyicha qolgan barcha tadbirlar samara bermagan hollarda yagona elektr energetika tizimining xavfsizligini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi.
464. Oʻta yuklanishlarni boshqarish boʻyicha tadbirlar elektr energetika tizimidagi qoʻshimcha xizmatlar hisoblanadi. Tizim operatori oʻta yuklanishlarni bartaraf etishda oʻziga yoki Uzatish tizimi operatoriga tegishli boʻlmagan resurslarni jalb etsa, bu tadbirlarni qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosida va bozor qoidalarida koʻzda tutilgan xaridlar tartibiga muvofiq amalga oshirishi kerak.
5-§. Elektr energiyasini ishlab chiqarish (generatsiya)dagi avariyalarni bartaraf etish
465. Generatsiyada avariya sodir boʻlgan holda yoki sodir boʻlish ehtimoli aniqlangan vaziyatda, Uzatish tizimi operatori va muvozanatlash bozorida ishtirok etuvchi xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha imzolangan shartnomalar asosida, birlamchi va ikkilamchi zaxiralar avtomatik tarzda yoki Tizim operatori koʻrsatmasiga binoan ishga tushiriladi.
466. Generatsiyada yuzaga kelgan avariyani birlamchi va ikkilamchi zaxiralardan foydalanish orqali bartaraf etish imkoni boʻlmasa (etilmasa), Tizim operatori muvozanatlash boʻyicha xizmatlar bozorida zaxira quvvatlarini yetkazib berish boʻyicha takliflari qabul qilgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlariga aktiv quvvat ishlab chiqarishni oshirish boʻyicha koʻrsatma beradi.
467. Generatsiyada avariya sodir boʻlgan holda oʻta yuklanishlarni boshqarish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarning asosiy maqsadi elektr energetika tizimini imkon qadar qisqa vaqt, yaʼni 30 daqiqadan oshmagan muddatlarda xavfsizlik meʼyorlariga muvofiq normal ekspluatatsiya rejimlariga qaytarishdan iborat. Aks holda Tizim operatori avariya rejimini eʼlon qilish, avariya rejimlarini boshqarish shartlariga muvofiq tizimli koʻrsatmalar berish va elektr energetika tizimini himoyalash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.
4-bob. Avariya rejimlarida operativ-dispetcherlik boshqaruvini tashkillashtirish tartibi
1-§. Avariya rejimlarini operativ boshqarish
468. Yagona elektr energetika tizimida avariyalarni aniqlash, oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda Tizim operatori mazkur Qoidalarning XI boʻlimi talablariga va boshqa namunaviy koʻrsatmalarga rioya qilishi kerak.
469. Elektr energetika tizimida avariya xavfi aniqlanganda Tizim operatori mazkur Qoidalarning XI boʻlim 3-bobiga muvofiq yagona elektr energetika tizimi boʻyicha xabarnoma chiqaradi.
470. Avariya vaziyatlari yuzaga kelishida Tizim operatori mazkur Qoidalarning XI boʻlim 4-bobiga muvofiq elektr energetika tizimi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ushbu tadbirlar Tizim operatori tomonidan berilgan va mazkur Qoidalarning 419-bandida koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatmalar asosida amalga oshiriladi.
471. Elektr energetika tizimi yoki uning bir qismi toʻliq yoki qisman oʻchganda, Tizim operatori mazkur Qoidalarning XI boʻlim 6-bobiga muvofiq elektr energetika tizimini tiklash chora-tadbirlarini qoʻllaydi.
472. Elektr energetika tizimini normal ish rejimi tiklangandan soʻng, Tizim operatori barcha Foydalanuvchilarni mazkur Qoidalarning 468-bandiga muvofiq berilgan avariya rejimi bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
2-§. Operativ boshqarishda fors-major holatlar
473. Elektr energetika tizimini boshqarishdagi fors-major holatlarga quyidagilar kiradi:
respublika yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan eʼlon qilingan fors-major holatlari;
elektr energetika tizimida Regulator yoki Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan fors-major holatlarning alohida vaziyatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi yagona elektr energetika tizimi ishiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan va tegishli ravishda yuqorida taʼriflangan fors-major holatlarga olib keladigan qoʻshni mamlakatlar elektr energetika tizimidagi hodisalar.
474. Fors-major holatlar toʻgʻrisida rasmiy eʼlonga qoʻshimcha ravishda, Tizim operatori elektr energetika tizimidagi fors-major holatlar vujudga kelganligini eʼlon qilishi shart va ushbu eʼlonda kamida quyidagilarni koʻrsatishi lozim:
fors-major holatining boshlangan vaqti;
fors-major holatining kutilayotgan taʼsiri davomiyligini;
fors-major holatda elektr energetika tizimining ishlash rejimi;
fors-major holatda ayrim Foydalanuvchilarga nisbatan alohida talablar, agar bunday talablar mavjud boʻlsa.
475. Fors-major holatda Tizim operatori mazkur Qoidalar va bozorni qoidalari hamda shu kabi barcha amaldagi qonunchilik hujjatlariga amal qilishni toʻxtatib turish zarur deb hisoblasa, ularni toʻxtatib turib, elektr energetika tizimini fors-major holatlar uchun belgilangan uslublarga muvofiq boshqarishga haqli.
476. Fors-major holatlarda Tizim operatorining barcha koʻrsatmalari soʻzsiz bajarilishi shart, Bunda inson hayoti, atrof muhit sharoitlarini yomonlashuviga olib kelishi, qurilmalar yoki uskunalarga zarar keltirishi mumkin boʻlgan holatlar istisno qilinadi. Bunday holatlarda Tomonlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisida Tizim operatorini darhol xabardor qilishi kerak.
477. Fors-major vaziyatlar bartaraf etilganidan yoki yakunlanganidan soʻng Tizim operatori elektr energetika tizimining normal ishchi holatini tiklash boʻyicha barcha choralarni koʻradi. Fors-major holat yoki uning oqibatlari va boshqa bir sabablarga koʻra tez tiklanish imkoni boʻlmasa, Tizim operatori barcha Foydalanuvchilarga normal ish rejimini tiklash muddatlari toʻgʻrisida xabar beradi.
5-bob. Elektr energetika tizimini muvozanatlash
1-§. Elektr energetika tizimini muvozanatlashning umumiy shartlari
478. Elektr energetika tizimini muvozanatlash bu ulanish shartlarida belgilangan elektr energetika tizimi parametrlarining sifat talablariga muvofiq aktiv quvvatni uzluksiz rostlash yoʻli bilan aktiv quvvat oqimlarini va (yoki) chastotani belgilangan diapazonlar chegaralarida saqlab turish jarayoni hisoblanadi.
479. Tizim operatori elektr energiyasiga boʻlgan yalpi isteʼmol talabi va chiquvchi quvvat oqimlari jadvallaridan (eksport) iborat boʻlgan umumiy talab etiladigan quvvat hamda amaldagi generatsiya quvvatlari va qoʻshni tizimlardan kiruvchi (import) oqimlarni inobatga olingan umumiy mavjud quvvat oʻrtasidagi doimiy muvozanatlash uchun javobgardir.
480. Uzatish tizimida muvozanatlash quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
avtomatik rostlash tizimi boshqaruvida ishlaydigan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini avtomatik boshqarish;
Tizim operatoriga qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatuvchi generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini dispetcherlash;
Tizim operatoriga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatmaydigan, lekin yagona elektr energetika tizimini muvozanatlashda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini dispetcherlash;
isteʼmolni rostlash boʻyicha tadbirlarni qoʻllash;
tizimlar oʻrtasidagi elektr energiyasi almashinuvini (qoʻshni davlatlar tizim operatorlari bilan) operativ ish rejimlarda boshqarish.
481. Yagona elektr energetika tizimida talab etiladigan rostlash quvvati boshqarish maydoning xatoligi (BMX) bilan belgilanadi va quyidagi formula asosida aniqlanadi, u quyidagiga teng:
BMX = ∆P + K ∆f,
Ushbu formulada:
∆P — elektr energetika tizimidagi quvvat ogʻishi (operativ rejimdagi barcha quvvat almashuvlari yigʻindisi va qoʻshni elektr energetika tizimlari bilan rejadagi barcha quvvat almashuvlari yigʻindisi oʻrtasidagi farq), [MW];
Koeffitsiyent K — tizimlararo birlashma tomonidan har bir elektr energetika tizimi uchun belgilanadigan va ushbu elektr energetika tizimidagi chastotani ogʻishini belgilovchi kattalik, [MW/Nz];
∆f — chastotaning ogʻishi (chastotaning rejadagi va haqiqiy qiymati oʻrtasidagi farq), [Nz].
482. Tizim operatorining elektr energetika tizimini boshqarish infratuzilmasi quyidagi ish rejimlarida elektr energetika tizimini muvozanatlashni taʼminlash imkoniga ega boʻlishi kerak:
chastotani rostlashni boshqarish rejimi — bunda Tizim operatori mavjud chiqish aktiv quvvatini oʻzgartirish yoʻli bilan elektr energetika tizimining faqat chastotasini boshqaradi (BMX = K * ∆f);
aktiv quvvat balansini boshqarish rejimi — bunda Tizim operatori qoʻshni elektr energetika tizimlari bilan quvvat almashish grafigidan quvvat ogʻishini maksimal darajada nolga yaqin saqlab turgan holda aktiv quvvat balansini nazorat qiladi (BMX = ∆P);
chastota va aktiv quvvat oqimlarini rostlash — Tizim operatori quvvat ogʻishi va chastota ogʻishini maksimal nolga yaqin saqlab turgan holda ham chastotani, ham aktiv quvvat balansini bir vaqtda rostlaydi (BMX = ∆P + K*∆f).
483. Tizim operatori yagona elektr energetika tizimining ekspluatatsiya qilish sharoitlaridan kelib chiqib, Foydalanuvchilarga turli boshqarish uslublarini qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar berishga haqli. Ushbu koʻrsatmalar Foydalanuvchilarga, zarur hollarda oʻzlarining rostlash uskunalarini hamda tegishli telekommunikatsiya va oʻlchash vositalari sozlamalarini oʻzgartirishga imkon berilishini hisobga olgan holda, oldindan yuborilishi kerak.
2-§. Chastotani rostlash rejimi
484. Chastotani rostlash rejimi butun elektr energetika tizimida, xususan elektr energetika tizimining tizimlararo bogʻlanishdan mustaqil tarzda ishlaganda yoki elektr energetika tizimi qismining birlashgan energetika tizimidan ajralgan holdagi ish rejimlarida qoʻllaniladi.
Ushbu ish rejimida elektr energetika tizimini boshqarishning barcha vositalari elektr energetika tizimida faqat chastota ogʻishidan keyingina ishlashi lozim.
485. Chastotani rostlash rejimida Foydalanuvchilarning chastotani boshqarish boʻyicha xizmatlar taqdim etishda ishtirok etishi shart. Chastotani rostlash qoʻshimcha xizmat hisoblanadi va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida taqdim etiladi.
486. Tizim operatori elektr energetika tizimini ekspluatatsiyasiga boʻlgan texnik talablar asosida chastotani rostlashga jalb etilishi lozim boʻlgan Foydalanuvchilarni belgilash huquqiga ega.
487. Chastotani rostlash — chastotani avtomatik rostlash va chastotani qoʻlda rostlashdan iborat. Elektr energetika tizimida chastotani rostlash quyidagilar orqali taʼminlanadi:
chastotani avtomatik rostlash qurilmalari bilan jihozlangan generatsiyalovchi modullar ishlab chiqarishini avtomatik boshqarish;
elektr energiyasini saqlash tizimlarini (zaryadlash/razryadlashni) avtomatik boshqarish;
isteʼmol yuklamasini avtomatik rostlash;
generatsiyalovchi modullarni dispetcher koʻrsatmalari asosida qoʻlda boshqarish;
elektr energiyasini saqlash tizimlarini (zaryadlash/razryadlashni) dispetcher koʻrsatmalari asosida qoʻlda boshqarish
isteʼmol yuklamasini qoʻlda boshqarish.
488. Chastotani rostlash mazkur Qoidalarning III boʻlimi va ulanish shartnomasiga muvofiq chastotani rostlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak boʻlgan barcha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari tomonidan taʼminlanishi shart.
Ushbu generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari chastotani rostlash boʻyicha xizmatlar taqdim etish uchun Tizim operatori koʻrsatmalariga muvofiq chastotaviy-sezuvchan rejimda ishlashlari shart.
489. Chastotani avtomatik boshqarishni taʼminlaydigan barcha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari doimiy avtomatik chastotaviy-sezuvchan rejimda ishlashi kerak.
Tizim operatori generatsiyalovchi modullarga texnik nosozliklar yuz berganida yoki tegishli uskunani beqaror ishlagan holatida chastotaviy-sezuvchan boʻlmagan rejimda vaqtinchalik ishlashiga ruxsat berishi mumkin.
490. Chastotani qoʻlda rostlashni taʼminlaydigan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari chastotaviy-sezuvchan rejimda ishlashlari shart emas, ammo ular Tizim operatorining koʻrsatmasida belgilangan chiquvchi aktiv quvvat oʻrnatmasiga amal qilishlari shart.
491. Generatsiyalovchi modullar operatorlari va elektr energiyasini saqlash tizimlari operatorlari chastotani oʻzgartirish boʻyicha avtomatik rostlagichining harakatini yoki chiqishdagi aktiv quvvatini qoʻlda rostlash boʻyicha Dispetcher koʻrsatmasini faqatgina xodimlar, stansiya yoki jamoat xavfsizligiga tahdid mavjud boʻlgandagina bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqlidir.
492. Chastotani rostlash diapazoni — bu generatsiyalovchi modulning ikkala yoʻnalishda, yuqoriga va pastga chastotani rostlash uchun mavjud boʻlgan aktiv quvvati.
Ushbu diapazon chastota rostlashda ishtirok etuvchi generatsiyalovchi modullar nominal aktiv quvvatining kamida ±5 foizni tashkil etishi kerak.
493. Chastotani boshqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi yagona elektr energetika tizimida oʻz tarkibiga aylanuvchi zaxirani va tez ishga tushuvchi generatsiyalovchi modullar zaxirasini oluvchi minimal zaxiraning umumiy quvvati eng kamida elektr energetika tizimidagi eng katta generatsiyalovchi modul quvvatiga mos kelishi kerak va imkon qadar butun elektr energetika tizimi boʻyicha bir tekis taqsimlanishi lozim.
494. Chastotani avtomatik rostlash mazkur Qoidalarning 487-bandida belgilangan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari tomonidan doimiy ravishda 49,80 — 50,20 Nz diapazonda taʼminlanishi kerak.
Yagona elektr energetika tizimining hafta davomida 8 soat 24 daqiqagacha 49,60-50,40 Nz diapazonda ishlashiga ruxsat etiladi.
495. Chastotani avtomatik rostlash mazkur Qoidalarning 487-bandida belgilangan Tizim operatorining soʻrovi boʻyicha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari tomonidan 47,20 — 49,60 Nz diapazonlarda va istisno holatlarda alohida generatsiyalovchi modullarning xavfsizlik boʻyicha cheklovlariga zid boʻlmasa 50,50 — 52,00 Nz diapazonlarda (qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq) taʼminlanishi kerak.
496. Generatsiyalovchi modullarning chastotasini qoʻlda rostlash Tizim operatorining chastotaning ogʻishiga javoban chiqishdagi aktiv quvvatini oʻzgartirishga nisbatan talablarini bajarish bilan taʼminlanadi.
Bunday xizmat mazkur Qoidalarning 492 va 493-bandlarida belgilangan chastotani avtomatik boshqarish bilan bir xil shartlarda va diapazonlarda taqdim etiladi.
497. Chastota oʻzgarishi bilan bogʻliq chastotani boshqarishni amalga oshiruvchi har bir qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi operatorlar chiqishdagi aktiv quvvatining taʼsir javob tezligini oʻzgartirish darajasi ishonchliligi qoʻshimcha xizmatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomaning shartlariga muvofiq boʻlishi kerak.
3-§. Aktiv quvvat balansini rostlash rejimi
498. Aktiv quvvat balansini rostlash rejimi operativ rejimda quvvat ogʻishlarini rostlash tamoyiliga asoslanadi.
Tizim operatori aktiv quvvat balansini rostlashni barcha haqiqiy transchegaraviy quvvat oqimlarini jami rejadagi quvvat oqimlariga nisbatini nazorat qilgan holda amalga oshiradi.
499. Aktiv quvvat boʻyicha balansni boshqarish aktiv quvvat balansini avtomatik rostlash va aktiv quvvat balansini qoʻlda rostlashdan tashkil topadi.
Elektr energetika tizimida aktiv quvvat balansini quyidagilar orqali taʼminlanadi:
generatsiyalovchi modullar aktiv quvvatini avtomatik rostlash orqali;
elektr energiyasini saqlash tizimlarini avtomatik zaryadlash/razryadlash;
isteʼmol yuklamasini avtomatik rostlash vositalari orqali;
generatsiyalovchi modullarni Dispetcher koʻrsatmalari asosida qoʻlda boshqarish orqali;
isteʼmol yuklamasini qoʻlda rostlash orqali;
isteʼmolchilar tomonida yuklamani boshqarish boʻyicha tadbirlar orqali;
Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimi tarkibiga kiruvchi va parallel ishlash shartnomasining tomonlari hisoblanuvchi tashqi elektr energetika tizimlar orqali;
boshqa tashqi bogʻliq boʻlgan Tomonlar bilan hamkorlikda.
500. Aktiv quvvatni rostlash bu qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan Tizim operatoriga ixtiyoriy taqdim etiladigan xizmat.
501. Tizim operatori yagona elektr energetika tizimi ishiga boʻlgan texnik talablarga asoslangan holda aktiv quvvatni rostlash boʻyicha xizmatlarni taqdim etish boʻyicha Foydalanuvchilarni tanlashga haqli.
502. Aktiv quvvat balansini avtomatik rostlash yuklama chastotasini ikkilamchi avtomatik boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchilar tomonidan taʼminlanadi.
Yuklama va chastotani avtomatik ikkilamchi rostlash uchun foydalaniluvchi mavjud boʻlgan infratuzilma kiruvchi signallar, ishlab chiqarish, aktiv quvvat balansini boshqarish signallarini uzatish va qabul qilish hamda qayta ishlash uchun qoʻllaniladi (Dispetcherlik markazlaridagi va generatsiyalovchi qurilmalaridagi barcha rostlagichlar “quvvatni rostlash rejimi”ga sozlanadi, yaʼni ACE=ΔP).
503. Aktiv quvvat balansini rostlash boʻyicha xizmatlar qoʻshni energetika tizimlari tomonidan tezkor yordam ularning tizim operatorlari va Tizim operatori oʻrtasida qarama-qarshi savdolar (counter trading) oʻtkazish, tizimlar oʻrtasidagi bogʻlanishlar boʻyicha quvvat almashish grafiklarini qayta rejalashtirish va boshqa shakllarda taqdim etilishi mumkin.
504. Aktiv quvvat balansini avtomatik rostlash xizmatlarini taqdim etuvchi barcha qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchilar aktiv quvvat ogʻishlari boʻyicha uzluksiz avtomatik rostlash rejimida ishlashlari lozim.
505. Aktiv quvvat balansini qoʻlda rostlash xizmatlarini taqdim etuvchi barcha qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchilar Tizim operatori dispetcherlik xizmatining tegishli yoʻriqnomalariga muvofiq, chiqishdagi aktiv quvvatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi soʻroviga oʻz vaqtida javob berishi shart.
506. Aktiv quvvat balansini boshqarish diapazoni — bu qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchilarni aktiv quvvat balansini boshqarish uchun ikkala yoʻnalishda, yaʼni yuklamani oshirish va yuklamani pasaytirish uchun mavjud boʻlgan aktiv quvvat diapazoni hisoblanadi.
Ushbu diapazon aktiv quvvat balansini rostlashda ishtirok etuvchi qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchilarning nominal aktiv quvvatidan kamida ±10 foizni tashkil qilishi kerak.
507. Elektr energetika tizimida aktiv quvvat balansini rostlash uchun jami umumiy zaxira vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi va Tizim operatori tomonidan turli ish oraliqlari uchun belgilanishi kerak.
Aktiv quvvat balansini nazorat qilish uchun umumiy zaxira yigʻindisi kamida rostlashning yuqori diapazoni uchun elektr energetika tizimidagi eng katta generatsiyalovchi modulning quvvatiga va rostlashning quyi diapazoni uchun elektr energetika tizimidagi eng katta yuklamaga teng boʻlishi kerak.
508. Qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchilarning aktiv quvvat balansini qoʻlda rostlashi, quvvat ogʻishida Tizim operatorining generatsiyalovchi modulning aktiv quvvatini oʻzgartirish boʻyicha koʻrsatmasini bajarish orqali taʼminlanadi.
509. Quvvat ogʻishida aktiv quvvat balansini boshqarishni amalga oshirayotgan har bir qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi tomonidan aktiv quvvat yetkazib berish hajmi, aktiv quvvat ishlab chiqarishni oʻzgartirish tezligi va aktiv quvvat ishlab chiqarish barqarorligi qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻzda tutilgan tartibda amalga oshirilishi kerak.
510. Isteʼmolni avtomatik va qoʻlda rostlashda, shuningdek aktiv quvvat balansini boshqarish rejimida qoʻllaniladigan isteʼmolchi yuklamasini rostlash choralari Qoidalarning XI boʻlimi 4-bobida belgilangan elektr energetika tizimini himoyalash choralari bilan bir xil tuzilmaga asoslanadi.
6-bob. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlash
1-§. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlashning maqsadi, mezonlari va talablari
511. Uzatish tizimida kuchlanish grafiklarini rostlashni amalga oshirish bilan kuchlanishni rostlash va reaktiv quvvat oqimlarini rostlash bilan reaktiv quvvatni rostlash bir-biriga bogʻlangan va oʻzaro bogʻliq jarayon boʻlib, ularni kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlash deb nomlanuvchi yagona jarayon sifatida koʻrish mumkin.
512. Elektr energetika tizimida kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Tizim operatori tomonidan ishlab chiqilgan elektr energetika tizimidagi kuchlanish grafiklariga qatʼiy rioya qilish;
uzatish tizimidagi kuchlanish darajasini tegishli uskunalarning texnik parametrlari bilan belgilanuvchi chegaralarida taʼminlash;
aktiv quvvatning yoʻqolishlarini qisqartirishga erishish maqsadida reaktiv quvvat oqimlarini cheklash;
uzatish tizimida kuchlanish darajasini ushlab turish va shu orqali butun elektr energetika tizimining barqarorligini va xavfsizligini taʼminlash uchun yetarlicha reaktiv quvvat yetkazib berish.
513. Uzatish tizimida kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlash Tizim operatori tomonidan quyidagilardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
generatsiyalovchi modullar, jumladan anʼanaviy va qayta tiklanuvchi;
elektr energiyasini saqlash tizimlari;
uzatish tizimida kuchlanishni rostlash vositalari va qurilmalaridan;
uzatish tizimiga ulangan Foydalanuvchilar tomonidan boshqariluvchi kuchlanishni rostlash qurilmalaridan.
514. Oʻzbekiston Respublikasining elektr uzatish tizimida kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlash boʻyicha operativ tadbirlar mazkur Qoidalar va boshqa texnik hujjatlar, shu jumladan Yagona elektr energetikasi tizimida kuchlanish va reaktiv quvvatni rostlash yoʻriqnomasi asosida bajarilishi kerak.
515. Elektr energetika tizimining uzatish tarmoqlariga ulanish nuqtalaridagi kuchlanish darajasini ushlab turishga asosiy talab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari bilan belgilanadi hamda quyidagi diapazonlarda taʼminlanadi:
kuchlanishning normal ogʻishi berilgan qiymatdan ±5 foizdan oshmasligi;
kuchlanishning maksimal ogʻishi berilgan qiymatdan ±10 foizdan oshmasligi;
avariya vaziyatlaridagi chastota pasayishi davomida minimal kuchlanish chastotaning har 1 Nz ga pasayishiga toʻgʻri proporsional ravishda 1 foizga pasayishi.
516. Kuchlanish darajasiga nisbatan alohida talab bu quyidagilardan iborat boʻlgan uzatish tizimida maksimal yoʻl qoʻyilgan kuchlanishdir:
500 kV kuchlanish pogʻonasi uchun — 525 kV;
220 kV kuchlanish pogʻonasi uchun — 252 kV;
110 kV kuchlanish pogʻonasi uchun — 126 kV.
517. Uzatish tizimining koʻpchilik tugunlari uchun bazaviy kuchlanish — bu nominal kuchlanishdir, biroq Tizim operatori elektr energetika tizimining xususiyatlari, uzatish tizimining tegishli qismidagi reaktiv quvvat balansi va ekspluatatsiyaning umumiy shartlariga bogʻliq ravishda boshqa qiymatlarni berishi ham mumkin.
518. Kuchlanishning normal tebranishlari davomiyligi chegarasi yoʻq.
519. Mazkur Qoidalarning 516-bandida belgilangan kuchlanishning maksimal ogʻishiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilangandek kunlik vaqtning 5 foizdan oshmagan muddat davomida yoʻl qoʻyiladi.
520. Chegaraoldi podstansiyalarda kuchlanishning talab etilgan darajalari qoʻshni davlatlar energotizimlari operatorlari bilan kelishilishi lozim boʻlgan qiymatlar hisoblanadi va qoida boʻyicha tizimlararo birlashma toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatiladi.
Chegaraoldi podstansiyalardagi ishchi kuchlanish imkon boricha berilgan qiymatlarga yaqin ushlab turilishi lozim. Ushbu qiymatlar elektr energetika tizimining qolgan qismiga taʼsir qilmasa, operativ rejimda belgilangan kuchlanish chegaralaridan farqli boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
521. Tizim operatori Qoidalarning mazkur boʻlimi talablari va sanab oʻtilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida elektr energetika tizimida kuchlanishni rostlash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqishi lozim. Ushbu yoʻriqnoma reaktiv quvvatni rostlashga taalluqli nizomlarni ham oʻz ichiga olishi kerak.
522. Uzatish tizimining asosiy tarmoqlarining oʻta yuklanishlar natijasida yuzaga keladigan uzatish tarmoqlarining oʻtkazuvchanlik imkoniyati pasayishi, ulardagi yoʻqotishlarning ortishini minimallashtirish maqsadida reaktiv quvvat manbasiga (isteʼmolchiga) yaqin joyda reaktiv quvvat kompensatsiya qilinishi va muvozanatlanishi kerak. Bunga bogʻliq ravishda uzatish tizimining tugunlarida generatsiyalanuvchi va isteʼmol qilinuvchi reaktiv quvvat oʻrtasidagi muvozanat doimo ushlab turilishi zarur.
523. Elektr tarmoqlarida reaktiv quvvat oqimlari ekspluatatsiya sharoitlaridan kelib chiqib minimal darajada ushlab turilishi shart.
524. Tizim operatori uzatish tizimi obyektlaridagi kuchlanish va reaktiv quvvatning muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
uzatish tizimiga bevosita ulangan shuntlovchi reaktorlar va kondensator batareyalarni yoqish/oʻchirish;
elektr uzatish tarmoqlarini yoqish/oʻchirish;
transformator va avtotransformatorlarning yuklama ostida kuchlanishni rostlagichlarini oʻzgartirish;
sinxron va statik kompensatorlarning ish rejimi va berilgan kuchlanishini oʻzgartirish.
525. Birlashgan energetika tizimining ish rejimiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ekspluatatsiya sharoitlariga bogʻliq ravishda yoki kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlash boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisida tizimlar oʻrtasidagi shartnoma asosida qoʻshni davlatlar elektr energetika tizimlari operatorlari normal ish rejimlarida va (yoki) avariya vaziyatlarida almashuv uchun reaktiv quvvatning hajmi haqida kelishib oladilar.
2-§. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlash jarayonini rejalashtirish
526. Tizim operatori kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlashni quyidagi mezonlar asosida rejalashtiradi:
uzatish tizimi tugunlaridagi kuchlanishning yoʻl qoʻyilgan chegaralari;
uzatish tizimi boʻyicha va qoʻshni elektr energetika tizimilar bilan chegara orqali reaktiv quvvat oqimining yoʻl qoʻyilgan kattaliklari;
elektr energetika tizimi turgʻunligi boʻyicha zaxira;
uzatish tizimida aktiv quvvatning minimal isrofi.
527. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlashni rejalashtirish natijasi — bu kuchlanishni/reaktiv quvvatni birlamchi va ikkilamchi rostlash maqsadlari uchun reaktiv quvvatni zaruriy zaxiralarini taʼminlashni optimallashtirish hisoblanadi.
528. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) rostlashni rejalashtirish uchun Tizim operatori toʻliq va mutlaq javobgardir.
3-§. Kuchlanish (reaktiv quvvat) grafiklari
529. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) birlamchi rostlash uzatish tizimining tugunlari uchun kuchlanish yoki reaktiv quvvatning oldindan berilgan grafiklari asosida amalga oshiriladi.
Kuchlanish (reaktiv quvvat) grafiklari — kuchlanish (reaktiv quvvat)ni rostlash rejimidan foydalanilishiga bogʻliq ravishda reaktiv quvvatni generatsiyalash (isteʼmol qilish)ning berilgan qiymatlarining roʻyxati.
530. Tizim operatori, har oyning 20-sanasidan kechiktirmagan holda, kelgusi uch oy uchun uzatish tizimiga muayyan nazorat (ulanish) nuqtalarida kuchlanishning (reaktiv quvvatning) berilgan qiymatlarini oʻz ichiga oluvchi kuchlanish grafiklarini tuzishi va ularni barcha tegishli subyektlarga taqdim etishi kerak.
531. Kuchlanish (reaktiv quvvat) grafigi har hafta yangilanishi mumkin va Tizim operatori yangilangan grafikni barcha tegishli tomonlarga taqdim etadi.
532. Elektr energetika tizimi yoki uning biror qismi ishidagi kutilmagan, oldindan aytilmagan va toʻsatdan boʻlgan oʻzgarishlar holatida yoki favqulodda vaziyatda Tizim operatori kuchlanish (reaktiv quvvat) grafigini har kuni yangilab borishi yoki oʻzgartirilgan grafikka muvofiq dispetcherlik koʻrsatmasini berishi mumkin.
533. Tizim operatori Foydalanuvchilar tomonidan kuchlanish grafiklariga va oʻzi tomonidan berilgan kuchlanishni/reaktiv quvvatni rostlashga taalluqli koʻrsatmalariga rioya etilishini nazorat qiladi.
534. Koʻrsatmaga rioya etmaslik holatida, Tizim operatori oʻz majburiyatlarini bajarmagan Foydalanuvchi hisobidan kuchlanish (reaktiv quvvat)ni rostlashning boshqa vositalarini (qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisida shartnoma asosida) jalb qilish huquqiga ega.
535. Elektr stansiyalari operatorlari oʻz generatsiyalovchi modullarining uzatish tizimiga ulanish nuqtasidagi kuchlanish darajasini kuchlanish grafigiga muvofiq ushlab turish uchun javobgardirlar. Ushbu talab ularning uskunalariga ishlab chiqarish zavodlari tomonidan belgilangan texnik chegaralar doirasida bajarilishi kerak.
536. Taqsimlash tizimi operatorlari va uzatish tizimiga bevosita ulangan Isteʼmolchilar ulanish nuqtasida quvvat koeffitsiyentini (cos φ) mazkur Qoidalarning III boʻlimiga va (yoki) ulanish shartnomasiga muvofiq oldindan belgilangan chegaralarda saqlab turish orqali ulanish nuqtasida reaktiv quvvat oqimlarining minimal qiymatlarini saqlab turishlari lozim.
4-§. Kuchlanish (reaktiv quvvat)ni birlamchi (avtomatik) rostlash
537. Kuchlanish (reaktiv quvvat)ni birlamchi rostlash bu kuchlanishni (reaktiv quvvatni) uzatish tizimida avtomatik (operativ ish rejimida) rostlash hisoblanadi va quyidagilar orqali taʼminlanadi:
generatsiyalovchi modullarning kuchlanishni rostlash qurilmalari;
transformatorlarning yuklama ostida kuchlanishni rostlagichlari;
reaktiv quvvatning statik kompensatorlari.
538. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) birlamchi rostlash, rostlash qurilmalarini kuchlanish (reaktiv quvvat)ning berilgan qiymatlariga koʻra avtomatik ishlashiga asoslanadi va faqat kuchlanishni oʻlchash qurilmasi va boshqarishning qayta aloqasidan tarkib topgan, kuchlanishni (reaktiv quvvatni) birlamchi rostlash boʻyicha rostlovchi uskuna tomonidan taʼminlanadi.
539. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) birlamchi rostlashni taʼminlovchi barcha Tomonlar, kuchlanishni (reaktiv quvvatni) birlamchi rostlash uchun rostlovchi uskunalar majmuasini oʻrnatishlari va ularga xizmat koʻrsatishlari shart.
Ushbu talab boshqaruv signallarini va (yoki) kuchlanish (reaktiv quvvat)ning oʻrnatmalarini uzatish uchun foydalaniladigan aloqa kanallariga ham tatbiq qilinadi.
5-§. Kuchlanish (reaktiv quvvat)ni ikkilamchi (qoʻlda) rostlash
540. Kuchlanishni (reaktiv quvvatni) ikkilamchi rostlash — bu uzatish tizimida kuchlanishni (reaktiv quvvatni) qoʻlda (avtomatik boʻlmagan) rostlash hisoblanadi va quyidagilar yordamida taʼminlanadi:
generatsiyalovchi modullarning chiqishidagi reaktiv quvvatini rostlash;
transformatorlarning yuklama ostida kuchlanishni rostlagichlari;
sinxron kompensatorlar;
statik kompensatorlar;
shuntlovchi reaktorlar;
kondensator batareyalar;
elektr uzatish tarmoqlarini kommutatsiyalash.
541. Kuchlanish (reaktiv quvvat)ni ikkilamchi rostlash faqat Tizim operatorining toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshiriladi va ekspluatatsiya davomida ishga solinadi. Mazkur Qoidalarning 540-bandiga qoʻshimcha ravishda, rostlash quyidagi yoʻllar orqali ham amalga oshiriladi:
kuchlanishni pasaytirish — Tizim operatorining nominal kuchlanishni berilgan foizga pasaytirish boʻyicha koʻrsatmasiga asosan;
yuklamani favqulodda oʻchirish — Tizim operatorining koʻrsatmasi boʻyicha yuklamani qoʻlda oʻchirish.
542. Tizim operatori va kuchlanish (reaktiv quvvat)ni ikkilamchi rostlashda ishtirok etuvchi stansiyalarni ekspluatatsiya qiluvchi barcha Foydalanuvchilar, oʻz uskunalarining hamma vaqt operativ rejim va ulanish shartlariga muvofiq kuchlanish (reaktiv quvvat)ni ikkilamchi rostlash talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlashlari lozim.
6-§. Kuchlanish (reaktiv quvvat)ni oflayn rejimda boshqarish
543. Kuchlanish (reaktiv quvvat)ni oflayn rejimda boshqarish bu kuchlanishni (reaktiv quvvatni) avtomatik va qoʻlda rostlash orqali uzatish tizimida reaktiv quvvat oqimlari va kuchlanish grafiklarining muvofiqligini taʼminlash uchun qoʻllaniluvchi choralar va harakatlar majmui.
544. Kuchlanish (reaktiv quvvat)ni oflayn rostlash ish grafikdan tashqari amalga oshiriladi va quyidagilar bilan bogʻliq boʻladi:
transformatorning qoʻzgʻatishsiz qayta ulash qurilmasi holatini oʻzgartirish;
kuchlanishsiz turgan kondensator batareyalarini qayta ulash;
kuchlanishsiz turgan shuntlovchi reaktorlarni qayta ulash.
7-bob. Qoʻshimcha xizmatlar
1-§. Qoʻshimcha xizmatlarning tavsifi va turlari
545. Qoʻshimcha xizmatlar bu yagona elektr energetika tizimini turgʻun va xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun Tizim operatori tomonidan foydalaniladigan Foydalanuvchilarning harakatlari.
546. Yagona elektr energetika tizimida quyidagi qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladi:
elektr energetika tizimini muvozanatlash — bu aktiv quvvat (yuklama) va chastotani rostlash;
kuchlanish (reaktiv quvvat)ni rostlash;
noldan ishga tushirish.
2-§. Aktiv quvvat (yuklama) va chastotani mustaqil tarzda avtomatik rostlash
547. Chastotani mustaqil ravishda avtomatik rostlash (jumladan, birlamchi rostlash) — bu chastota ogʻishiga javoban generatsiyalovchi modul va elektr energiyasini saqlash tizimlarining chiqishdagi aktiv quvvatini avtomatik rostlashi hisoblanadi.
548. Birlamchi rostlash — bu qoʻshimcha xizmat hisoblanadi va qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma asosida taqdim etiladi.
549. Birlamchi rostlash chastotaning kvazi-turgʻun qiymati ± 100 mNz dan ortiq ogʻishi holatidan soʻng darhol ishga tushishi va 30 soniyadan kechikmay toʻlaqonli ishlashi lozim.
550. Birlamchi zaxira — bu avtomatik tarzda Oʻzbekiston yagona elektr energetika tizimi tomonidan chastotani tiklash uchun zarur boʻlgan harakatlarni bajarish uchun yetarli boʻlgan ishchi zaxira qiymati.
551. Barcha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari ekspluatatsiya davomida doimiy ravishda birlamchi rostlashni taʼminlashga qodir boʻlishlari shart.
Tizim operatori tomonidan berilgan yengillik shartlariga binoan ushbu majburiyatdan ozod qilingan holatlar bundan mustasno.
552. Chastota va aktiv quvvat oqimini birlamchi avtomatik rostlashni taʼminlovchi barcha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari doimiy chastotaviy-sezuvchan rejimda ishlashlari shart.
Generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari tegishli uskunalarining texnik nosozligi yoki barqaror ishlamasligi holatida Tizim operatori ularga chastotaviy-sezgir rejimda ishlamasliklariga vaqtinchalik ruxsat berishi mumkin.
553. Generatsiyalovchi modul operatoriga va (yoki) elektr energiyasini saqlash tizimi operatoriga faqatgina xodimlar, stansiya va jamiyat xavfsizligiga tahdid mavjud boʻlgan hollarda birlamchi avtomatik rostlashni bekor qilish ruxsat beriladi.
554. Tizim operatori birlamchi avtomatik rostlashda ishtirok etuvchi barcha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun bir kun oldin chastota oʻrnatmalarini taqdim etadi.
555. Maxsus attestatsiyadan oʻtgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarining birlamchi avtomatik rostlashda ishtirok etishi majburiy hisoblanadi.
556. Tizim operatori elektr energetika tizimi ekspluatatsiyasiga qoʻyiladigan texnik talablardan kelib chiqib, birlamchi rostlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi Foydalanuvchini tanlashga haqli.
557. Tizim operatori birlamchi rostlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchilar faoliyati monitoringini quyidagi ekspluatatsiyaviy parametrlar boʻyicha amalga oshiradi:
rostlash diapazonining mavjudligi — qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada kelishilgan rostlash diapazoni istalgan vaqtda mavjud boʻlishi kerak;
ishga kiritish vaqti — chastota ogʻishiga javob qaytarish vaqti mazkur Qoidalarning 549-bandi talablariga va (yoki) qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan yoʻl qoʻyilgan chegaralarga muvofiq kelishi kerak;
foydalanilgan rostlash quvvati — jalb etilgan birlamchi rostlash zaxirasi qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boʻlishi kerak;
xizmat koʻrsatishning ishonchliligi — birlamchi rostlash, ikkilamchi rostlashning tegishli hajmi bilan almashtirilmaguncha faol holda qolishi kerak.
3-§. Aktiv quvvat (yuklama) va chastotani markazlashtirilgan holda avtomatik rostlash
558. Aktiv quvvat (yuklama) va chastotani markazlashtirilgan holda avtomatik rostlash (ikkilamchi rostlash) bu elektr energetika tizimida yoki uning biror qismida ikki tomonlama maqsadni oʻzida namoyon etuvchi generatsiyaning markazlashgan avtomatik boshqarish funksiyasidir. Bunga quyidagilar kiradi:
elektr energetika tizimida aktiv quvvat balansini imkon qadar rejalashtirilgan qiymatlarga yaqin taʼminlash;
elektr energetika tizimidagi buzilishlar (nosozliklar) natijasida chastotaning sezilarli ogʻishi holatlarida chastotani tiklash va buning natijasida birlamchi rostlash qobiliyatini tiklash.
559. Ikkilamchi va uchlamchi darajali rostlash uchun umumiy majburiy zaxira quyidagi ikki xil usulda hisoblanadi:
ehtimollik asosida;
mumkin boʻlgan eng katta nomutanosiblik (disbalans) asosida.
560. Ehtimollik usuliga koʻra oldingi oʻn ikki oydan kam boʻlmagan davr uchun 15 daqiqalik oʻrtacha odatiy(doimiy) buzilishlar (nosozliklar) uchun zaxiraning qiymati (ACEo1) quyidagi tenglamaga koʻra hisoblanadi:
ACEo1=ACE + aFRRact + FRRact + RRact + IGCC + aFRRxb + mFRRxb + RRxb
bu yerda:
ACEo1 — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida uzatish tizimining maʼlum qismidagi buzilishlarning (ogʻishlarining) oʻrtacha qiymati;
ACE — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida uzatish tizimining maʼlum qismidagi buzilishlarning (ogʻishlarining) oʻrtacha statistik qiymati;
aFRRact — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida ikkilamchi rostlashga kiritilgan aktiv quvvatning oʻrtacha qiymati;
mFRRact — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida uchlamchi rostlashga kiritilgan aktiv quvvatning oʻrtacha qiymati;
Rract — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida rostlash qismidagi almashtirish zaxirasining faollashtirilgan oʻrtacha qiymati;
IGCC — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida rostlash uchun platforma orqali faollashtirilgan oʻrtacha quvvat;
aFRRxb — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida ikkilamchi rostlash uchun tizimlararo faollashtirilgan (qabul qilingan yoki uzatilgan) oʻrtacha quvvat;
mFRRxb — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida buzilish (nosozlik) chegarasida uchlamchi rostlashda faollashtirilgan oʻrtacha quvvat;
RRxb — 15 daqiqalik vaqt oraligʻida boshqa rostlovchi quvvat bilan zaxiradan almashtirilgan oʻrtacha quvvat.
561. Zarur ikkilamchi va uchlamchi zaxira (ACEo1) qiymatlari oraligʻidan eng yuqori qiymatning 1 foiz qiymatini olib tashlash va qolgan eng yuqori qiymatni qabul qilish orqali aniqlanadi.
562. Ikkilamchi va uchlamchi rostlashlarning umumiy zaxira qiymatlari yil davomida rostlash ogʻishlarining 99 foizini qoplashi kerak. Shunga koʻra birinchi navbatda quvvatni faollashtirish uchun zarur zaxira hisoblab chiqiladi, soʻngra xuddi shunday metodologiya asosida quvvatni pasaytirish uchun zaxira hisoblanadi.
563. Mumkin boʻlgan eng katta nomutanosiblik usuli bu nazorat zonasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eng katta oqim nomutanosibligini aniqlashdir. Ular yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eng katta salbiy va ijobiy nomutanosibliklar uchun alohida aniqlanadi.
564. Zarur boʻlgan umumiy ikkilamchi va uchlamchi rostlashning zaxira qiymati yuqoridagi ikki usulda hisoblanganda, aniqlangan eng yuqori qiymatlar qabul qilinadi. Hisoblar quvvatni oshirish va pasaytirish uchun alohida amalga oshiriladi.
565. Energiyani boshqarish tizimining (EMS) avtomatik dispetcherlik boshqaruv tizimida yoki chastota va quvvatni avtomatik boshqaruv tizimida tegishli shartnoma asosidagi modul(blok)lar ishlayotgan boʻlsa umumiy ikkilamchi va uchlamchi rostlash zaxirasining qiymati kamayishi mumkin.
566. Mumkin boʻlgan eng katta nomutanosiblik qiymatlari ehtimollik usuli bilan hisoblangan qiymatlardan katta boʻlsa, bu ikki qiymat orasidagi farqqa mos keladigan zaxira quvvati qoʻshni boshqaruv modullari bilan shartnomalar asosida taʼminlanadi.
567. Elektr energetika tizimi uchun chastota va aktiv quvvat oqimlarini ikkilamchi rostlash zaxirasining minimal qiymati mazkur Qoidalarga 24-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
568. Tizim operatori yagona elektr energetika tizimining ekspluatatsiya qilish shartlariga bogʻliq ravishda, kunlik yoki soatlik davrlar uchun ikkilamchi zaxiraning turli qiymatlarini aniqlashi kerak.
569. Ikkilamchi rostlash barcha texnik talablarga muvofiq boʻlgan va Tizim operatoridan bunday xizmatlarni koʻrsatish uchun dastlabki attestatsiyadan oʻtgan generatsiyalovchi modullar tomonidan amalga oshiriladi.
570. Ikkilamchi avtomatik rostlashni taʼminlab beruvchi barcha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari ushbu xizmatlarni shartnomalarda belgilangan muddatlarda toʻliq koʻrsatishlari shart. Tizim operatori tomonidan berilgan yengillik shartlariga koʻra ushbu majburiyatdan ozod qilingan holatlar bundan mustasno.
571. Tizim operatori ikkilamchi rostlashni boshqarish boʻyicha signallarni shakllantirish va ikkilamchi avtomatik rostlashda ishtirok etuvchi generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlariga uzatish majburiyatini oladi.
Ikkilamchi avtomatik rostlashda ishtirok etuvchi generatsiyalovchi modullarning majburiyatlari doimiy amal qilish rejimida ikkilamchi rostlash signallariga samarali, aniq va ishonchli javob qaytarishdan iborat.
572. Tizim operatori ikkilamchi rostlashda ishtirok etayotgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarining ishini nazorat qilishga va taqdim etilayotgan xizmat sifati qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan koʻrsatkichlardan past boʻlsa, istalgan vaqtda ushbu xizmatni toʻxtatishga haqli.
573. Tizim operatori ikkilamchi rostlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchilarning quyidagi ekspluatatsiya parametrlarini nazorat qiladi:
rostlash diapazonining mavjudligi — qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada kelishilgan rostlash diapazoni istalgan vaqtda mavjud boʻlishi kerak;
xizmatni ishga tushirish vaqt — turtkilar sodir boʻlgan holatda va (yoki) qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq ikkilamchi rostlash zaxirasi belgilangan vaqt oraligʻida ishga tushirilishi kerak;
xizmat koʻrsatish barqarorligi — qachon ikkilamchi rostlash generatsiyalovchi modul yoki yuklamaning ishdan chiqishini kompensatsiya qilish uchun foydalanilganda, ikkilamchi rostlash tegishli miqdorda uchlamchi rostlash bilan almashtirilmaguniga qadar ishda qolishi lozim.
javob qaytarish vaqti — boshqarish signallarining kechikish vaqti qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan yoʻl qoʻyilgan chegaralarga muvofiq boʻlishi, lekin 2 daqiqadan oshmasligi kerak.
xizmat koʻrsatish sifati — uzatiladigan boshqaruv quvvati egri chizigʻi boshqarish signali egri chizigʻiga imkon qadar yaqin boʻlishi kerak. Boshqarish signalining quvvati amplitudasidan 5 foizgacha ogʻishiga yoʻl qoʻyiladi.
574. Mazkur Qoidalarning 572-bandida keltirilgan holat yuzaga kelgan taqdirda Tizim operatori ikkilamchi rostlash boʻyicha boshqa xizmat koʻrsatuvchidan ikkilamchi rostlash xizmatlari koʻrsatishga qoʻshimcha soʻrov berishga haqli.
4-§. Aktiv quvvat va chastotani qoʻlda rostlash
575. Aktiv quvvat va chastotani qoʻlda rostlash (uchlamchi rostlash) yagona elektr energetika tizimida aktiv quvvat balansini yoki Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimida ishchi chastotani tiklash maqsadida amalga oshiriladigan, generatsiyalovchi modul oʻrnatmasini yoki Foydalanuvchilar uskunalarining yuklanishini qoʻlda oʻzgartirish hisoblanadi.
576. Uchlamchi rostlash quyidagilardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
elektr energetika tizimidagi generatsiyalovchi modullar;
elektr energetika tizimida Dispetcher tomonidan boshqariladigan (Isteʼmolchilar) yuklamalar;
elektr energetika tizimidagi elektr energiyasini saqlash tizimlari;
boshqa (qoʻshni) elektr energetika tizimlar.
577. Tizim operatori turli ish rejimlari uchun oʻzi tomondan belgilanadigan, lekin mavjud ikkilamchi rostlash bilan birga elektr energetika tizimidagi quyidagilarni tashkil topgan yoʻqotilishi mumkin boʻlgan eng katta generatsiyalovchi modullar quvvatidan kam boʻlmagan elektr energetika tizimida uchlamchi rostlash boʻyicha xizmatlarning yetarli hajmini taʼminlash uchun javobgar:
elektr energetika tizimidagi eng katta generatsiyalovchi modul quvvati;
podstansiya shinalarining oʻchishi natijasida generatsiyalovchi quvvatlarning yoʻqotilishi mumkin boʻlgan eng katta quvvati.
578. Ekspluatatsiyaga kiritish vaqti va davomiyligiga qarab uchlamchi rostlash quyidagicha farqlanadi:
tez uchlamchi rostlash;
sekin uchlamchi rostlash.
579. Tez uchlamchi rostlash zaxirasi uni ishga tushirgan vaqtdan boshlab 15 daqiqadan kechiktirmay toʻliq mavjud boʻlishi va ikkilamchi rostlash zaxirasini boʻshatish imkonini berishi kerak.
Tez uchlamchi rostlash qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida taqdim etilishi lozim. Tez uchlamchi rostlash zaxirasi istalgan vaqtda mavjud boʻlishi shart.
Qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisidagi tegishli shartnomada boshqa vaqt davomiyligi qayd etilmagan boʻlsa tez uchlamchi rostlash sakkiz soat davomida barqaror boʻlishi kerak.
580. Elektr energetika tizimida “yuksizlantirish” uchun chastota va aktiv quvvatga tegishli tez uchlamchi rostlash zaxirasining hajmi elektr energetika tizimining umumiy shinasiga ulangan eng katta yuklamaning yoʻqotilishini qoplashga yetarli boʻlishi kerak.
5-§. Elektr energetika tizimida ulanmagan quvvat zaxirasi
581. Elektr energetika tizimining ulanmagan quvvat zaxirasi (sekin uchlamchi rostlash) tez uchlamchi rostlashni boʻshatish va uzoq muddatda quvvat va chastota balansini barqarorlashtirish uchun moʻljallangan.
U ishga tushish vaqtidan boshlab sakkiz soatdan keyin toʻliq ishga tushgan boʻlishi kerak.
Qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qirq sakkiz soatdan kam boʻlmagan vaqt mobaynida barqaror (ish holatida) boʻlishi kerak.
582. Elektr energetika tizimida quvvatni ishga tushirish, “yuklash” rejimidagi sekin uchlamchi rostlash zaxirasining hajmi elektr energetika tizimidagi eng katta quvvatli generatsiyalovchi modulning yoʻqotilishini qoplash uchun yetarli boʻlishi kerak.
583. Elektr energetika tizimida pastga qarab, “yuksizlantirish” rejimidagi sekin uchlamchi rostlash zaxirasining hajmi elektr energetika tizimining umumiy shinasiga ulangan eng katta yuklama yoʻqotilishini qoplash uchun yetarli boʻlishi kerak.
584. Tizim operatori uchlamchi rostlash xizmatlarini koʻrsatuvchi Foydalanuvchilarning quyidagi ekspluatatsiya parametrlarini monitoring qiladi:
rostlash zaxirasining mavjudligi — qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada kelishilgan boshqariladigan rostlash zaxirasining doimiy mavjudligini;
xizmatni faollashtirish vaqti — ishga tushish vaqti mazkur Qoidalarning 579-bandiga va (yoki) qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan vaqtga muvofiqligini;
xizmat barqarorligi — disbalans holati boshqa usullar bilan qayta rostlanmaguncha uchlamchi rostlash amalda qolishini taʼminlash;
taqdim etilayotgan xizmatlar sifati;
talab etiladigan boshqarish quvvatiga nisbatan maksimal xatolik 10 foizdan, ruxsat etiladigan kechikish oraligʻi — 15 soniyadan koʻp boʻlmasligi.
6-§. Vaqtni boshqarish (kuzatib borish)
585. Tizim operatori elektr energetika tizimida vaqtni boshqarish (kuzatib borish) jarayonini muvofiqlashtirish uchun masʼul. Bunda Tizim operatori chastotani koordinatsiya qiluvchi tizim operatoridan chastota boʻyicha topshiriq oladi va sinxron vaqtga kerakli tuzatish kiritish uchun chastotaviy-sezuvchan rejimda ishlayotgan barcha Foydalanuvchilar oʻrtasida sinxron vaqtni tarqatadi.
586. Tizim operatori umumiy chastota sozlamalarining berilgan qiymatini faqatgina birlashgan energetika tizimidan ajralganda yoki elektr energetika tizimi qisman yoki toʻliq oʻchgan holatlardagina oʻzgartirishga haqli.
587. Foydalanuvchilar Tizim operatori koʻrsatmalariga muvofiq chastota boʻyicha oʻrnatmalarga doimiy rioya qilishga masʼuldirlar.
7-§. Kuchlanish va reaktiv quvvatni rostlash
588. Tizim operatori, boshqa Tomonlarni jalb etish orqali kuchlanish va reaktiv quvvatni rostlash imkoniyatini yaratish maqsadida rostlashning ushbu turlarini taqdim etuvchi Foydalanuvchilarga quyidagi Dispetcherlik koʻrsatmalarini beradi:
generatsiyalovchi modullarga va (yoki) kuchlanishni birlamchi rostlashni taʼminlovchi har qanday boshqa Tomonga kuchlanish boʻyicha oʻrnatmani;
generatsiyalovchi modullarga va (yoki) reaktiv quvvatni birlamchi rostlashni taʼminlovchi har qanday boshqa Tomonga reaktiv quvvat boʻyicha oʻrnatmani;
generatsiyalovchi modullarga va (yoki) kuchlanishning ikkilamchi rostlashni taʼminlovchi har qanday boshqa Tomonga berilgan kuchlanishni tiklash va ushlab turish boʻyicha koʻrsatmalarni;
generatsiyalovchi modullarga va (yoki) reaktiv quvvatning ikkilamchi rostlashni taʼminlovchi har qanday boshqa Tomonga berilgan reaktiv quvvatni ishlab chiqarish/isteʼmol qilish boʻyicha koʻrsatmalarni.
589. Generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari Ulanish shartlariga muvofiq kuchlanish va reaktiv quvvatni rostlash imkoniyatiga ega boʻlishlari shart.
590. Generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari quyidagilarni bajarishlari shart:
kuchlanishning reja grafiklariga muvofiq, kelishilgan chegaralarda elektr uzatish tizimiga nazorat (ulanish) nuqtalarida kuchlanish grafiklariga rioya qilish;
kuchlanishning rejali grafigini oʻzgartirish boʻyicha dispetcherlik koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
avariya vaziyatlari vujudga kelganda, kuchlanish (reaktiv quvvat)ning berilgan grafigiga rioya qilish maqsadida reaktiv quvvatni oshirish boʻyicha dispetcherlik koʻrsatmalarini bajarish. Bu sinxron generatorlarning texnik xarakteristikalarini buzmasdan generatsiyalovchi modulning aktiv quvvatini pasaytirilishini talab qilishi mumkin;
dispetcherning berilgan kuchlanishni ushlab turish rejimidan reaktiv quvvatni ushlab turish rejimiga oʻtish boʻyicha koʻrsatmalarini operativ bajarish;
generatsiyalovchi modullar ishchi holatda doimiy oʻrnatilgan sinxron generatorlar va elektr energetika tizimi stabilizatorlarining qoʻzgʻatishini avtomatik rostlash;
berilgan kuchlanish grafiklariga rioya qilinishi ustidan avtomatik nazoratni amalga oshirish.
591. Generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari oʻz texnik parametrlariga, aktiv va reaktiv quvvat tavsifiga hamda Uzatish tizimi operatori bilan Ulanish shartnomasiga muvofiq, kuchlanish va reaktiv quvvatni birlamchi va ikkilamchi rostlashni taʼminlashlari shart.
592. Generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari tomonidan kuchlanish va reaktiv quvvatni birlamchi va ikkilamchi rostlash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishdagi tadbirlar generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarining chiqishidagi aktiv quvvatni qisqarishiga olib kelmasa, pullik xizmat koʻrsatmasligi va ularga tovon puli toʻlanmasligi kerak.
593. Tizim operatori Dispetcherining kuchlanish va reaktiv quvvatni rostlashni taqdim etish borasidagi koʻrsatmalari generatsiyalovchi modul va elektr energiyasini saqlash tizimlarining aktiv quvvati ishlab chiqarishini qisqarishiga olib kelsa kompensatsiya qilinishi kerak.
Generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun tegishli toʻlov amalga oshirilishi lozim.
Mazkur toʻlov qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisidagi tegishli shartnomaga va bozor qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
594. Barcha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlariga kuchlanish va reaktiv quvvatni taʼminlash uchun qoʻyiladigan majburiy talablardan tashqari, qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq shunday xizmatlar har qanday boshqa Foydalanuvchilar tomonidan ham Tizim operatoriga taqdim etilishi mumkin.
8-§. Noldan ishga tushirish
595. Noldan ishga tushirish bu elektr energetika tizimini qisman yoki toʻliq oʻchishiga olib kelgan yirik avariyalar yuz bergandan soʻng yagona elektr energetika tizimida tiklash tadbirlari.
Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichi — tashqi elektr taʼminotisiz ekspluatatsiyaga kiritish imkoniyatiga ega boʻlgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini ishga tushirish.
596. Noldan ishga tushirish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari mazkur qoʻshimcha xizmatni taqdim etish uchun oʻz resurslarini (obyektlari boshqaruvini) Tizim operatoriga taqdim etishlari lozim.
597. Elektr energetika tizimini tiklash rejasida ishtirok etish uchun tanlab olingan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarining “noldan ishga tushirish” qobiliyati yuzasidan har yili kamida bir marta sinash oʻtkazilishi kerak.
8-bob. Operativ dispetcherlik aloqasi tizimlariga talablar
598. Elektr energetika tizimini operativ boshqarishda samarali va ishonchli aloqani taʼminlash Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori va barcha Foydalanuvchilar uchun majburiydir.
599. Mazkur Qoidalarning 598-bandi talablarini bajarish uchun Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori va boshqa barcha Foydalanuvchilar aloqa kanallari, texnologik va dispetcherlik aloqalari uchun foydalaniladigan kanallarning zaxirasini ham normal, ham avariya rejimlari uchun toʻliq taʼminlashlari lozim.
600. Operativ rejimda ishlash uchun foydalaniladigan aloqa kanallari umumiy foydalanish uchun moʻljallanmagan va umumiy foydalanishdagi aloqa kanallaridan jismonan ajratilgan boʻlishi shart.
Ajratilgan aloqa vositalaridan foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda umumiy foydalanishdagi aloqa vositalaridan operativ rejimda ishlash uchun foydalanish mumkin.
601. Real vaqt (operativ) rejimida maʼlumot almashuvga qoʻyiladigan umumiy talablar — maʼlumotlar almashuvi eng yuqori ustuvorlik bilan,barcha axborot almashinuvi nuqtalari oʻrtasidagi yuqori ishonchlilikka ega boʻlgan, ajratilgan (ijaraga olingan) tarmoqdan (optik tolali, yuqori chastotali, radio-releli aloqa qurilmalari yoki umumiy foydalanishdagi aloqa tarmogʻi) foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
602. Elektr energetika tizimining operativ ish rejimida tarmoqning har qanday nuqtasi oʻrtasidagi maʼlumot uzatilishining kechikishi 1 soniyadan oshmasligi kerak.
603. Aloqa kanali orqali uzatish tezligi 64 kbit/s dan kam boʻlmasligi shart.
604. Maʼlumot uzatishning har bir yoʻnalishi uchun tayyorlik koeffitsiyenti 99,5 foizdan past boʻlmasligi kerak.
605. Operativ rejimda ovozli aloqaga qoʻyiladigan umumiy talablar Qoidalarning 670-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
606. Dispetcherlik markazlari operativ rejimda ovozli maʼlumotlarni almashish uchun maxsus dispetcherlik aloqasi kommutatorlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
607. Tizim operatori, uning hududiy boʻlinmalari, Uzatish tizimi operatori, Taqsimlash tizimi operatori, Berk taqsimlash tizimi operatori, Elektr stansiyalari operatorlari va boshqa navbatchi xodimlar oʻrtasidagi barcha ovozli aloqa ikkala tomonda ham uzluksiz yozilib borilishi kerak.
608. Yozuvlar arxivlanishi va kamida besh yil saqlanishi kerak.
609. Barcha Tomonlar operativ rejimda ekspluatatsiya maqsadida foydalanadigan aloqa vositalariga texnik talablar Uzatish tizimi operatori va Tizim operatorlari tomonidan belgilanadi.
610. Real vaqt rejimida operatsiyalarni (tadbirlarni) amalga oshirishda ishtirok etuvchi Tomonlar koʻrsatilgan maqsadlarda foydalaniladigan aloqa vositalarining operatori boʻlib, ular tegishli obyektlardan foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish va modernizatsiya qilish uchun javobgardirlar.
611. Operativ rejimda foydalaniladigan aloqa vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va (yoki) ularni yangilash umumiy zaxiralanganlik va ishonchlilikni pasaytirmasligi kerak.
VI boʻlim. Koʻzda tutilmagan holatlarni koʻrib chiqish, yengilliklar berish va maʼlumot almashinuvi boʻyicha umumiy talablar
1-bob. Koʻzda tutilmagan holatlarni koʻrib chiqish tartibi va qoidalar talablarini bajarish imkoniyatiga taʼsirlar
612. Asoslangan sabablarga koʻra mazkur Qoidalar doirasida hisobga olish mumkin boʻlmagan holatlar yuzaga kelsa, Tegishli tizim operatori zudlik bilan qabul qilinishi lozim boʻlgan harakatlar yuzasidan barcha taʼsir koʻrgan Tomonlar, Vazirlik va Regulator bilan muhokama oʻtkazadi.
Tegishli tizim operatori va Tomonlar oʻrtasidagi mavjud vaqt davomida kelishuvga erishilmasa, Tegishli tizim operatori xolis operator sifatida harakat qilib, tegishli choralarni belgilaydi hamda oʻz qarori va uni qabul qilish sabablari haqida qisqa muddatda tegishli Tomonlar, Vazirlik va Regulatorni xabardor qiladi.
613. Tegishli tizim operatori qarorlar qabul qilishda boshqa Tomonlar fikrini va har qanday holatda xolis Tomonning fikrini inobatga oladi.
614. Koʻzda tutilmagan hodisadan soʻng Tegishli tizim operatori barcha koʻzda tutilmagan holatlar va har qanday qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan koʻrib chiqilishi uchun Tizim operatori, Vazirlik va Regulatorga taqdim etadi.
Vazirlik Regulator bilan kelishgan holda ushbu holat yuzasidan qaror qabul qiladi.
615. Tomon fors-major holatlar sababli mazkur Qoidalarda belgilangan majburiyatlarini bajara olmasa, u buning sabablarini, ushbu sabablarning fors-major holatlari deb hisoblanishi uchun asosni, davom etish muddatini batafsil bayon etib, ushbu holat taʼsiriga uchrayotgan Tomonlar, Vazirlik va Regulatorga xabarnoma yuboradi.
616. Har qaysi Tomon uchun fors-major holati bu ushbu Tomonning nazorat doirasidan tashqarida boʻlgan hamda ushbu Qoidalar shartlarining bajarilmasligiga olib keluvchi har qanday holat hisoblanadi.
Tomonlar xodimlari yoki yetkazib beruvchilarining xodimlari ishtirokidagi ish tashlashlar, lokautlar yoki boshqa ish tashlashlardan tashqari, muqobil yetkazib beruvchilar mavjud boʻlganida, Tomonlarning xarid qilish boʻyicha bitimlaridagi kamchiliklar tufayli elektr energiyasi, yoqilgʻi, transport, uskunalar yoki boshqa tovarlar yoki xizmatlardagi yetkazib berishda kelib chiqqan uzilishlar yoki har qanday yetkazib beruvchi tomonidan toʻlovlar bilan bogʻliq muammolar sababli yetkazib berish amaliyotini rad etish fors-major holatlari boʻlib hisoblanmaydi.
617. Fors-major holatlarida Tomonlarning majburiyatlar toʻxtatiladi.
618. Fors-major holatlari yetti kundan ortiq davom etayotgan barcha vaziyatlarda, daʼvo qiluvchi Tomon barcha taʼsirga uchrayotgan Tomonlarga va Vazirlikka har yettinchi kun yakunida oʻz majburiyatlarini bajara olmasligi sabablarini hamda ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan harakatlarining natijalari, holatni fors-major deb hisoblanishiga asoslarni, shuningdek, davom etish muddati haqida maʼlumot beruvchi bildirgi (xabarnoma) yuboradi.
619. Tomonlardan biri fors-major holati haqidagi daʼvoni asossiz deb hisoblasa, u ishni Vazirlikka koʻrib chiqish uchun kiritishi mumkin. Vazirlik Regulator bilan kelishgan holda ushbu holat yuzasidan qaror qabul qiladi. Vazirlik majburiyatlarga rioya etmaslik sabablari fors-major holatlari yoki fors-major holatlariga bogʻliq emas deb hisoblasa, daʼvo qilgan Tomon oʻz majburiyatlaridan ozod deb hisoblanmaydi.
2-bob. Belgilangan talablar boʻyicha istisnolar
620. Vazirlik Tegishli tizim operatori yoki Foydalanuvchining murojaati boʻyicha yangi va mavjud boʻlgan generatsiyalovchi modullar yoki Isteʼmolchi tarmoqlari uchun mazkur Qoidalarning bir yoki bir nechta bandlari talablarini yengilroq yoki tatbiq etmaslik boʻyicha istisnolarni (keyingi oʻrinlarda yengillik) taqdim etishni koʻrib chiqadi va berish mumkin deb topsa, oʻz xulosasi bilan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Bu holatda, ushbu Qoidalarning XII boʻlimida koʻzda tutilgan oraliq davrdagi vaziyatlar bundan mustasno.
Yengillik berish mezonlari Vazirlik tomonidan asoslantiriladi.
621. Yengilliklar elektr energetika tizimini rivojlantirish konsepsiyasi, uzatish tizimini rivojlantirish rejalari ijrosini samarali tashkil etish va (yoki) yagona elektr energetika tizimi barqarorligi va ishonchli ishlashini taʼminlash hamda isteʼmolchilar elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida ushbu tizimning cheklangan qismlarini (zaif nuqtalari) rivojlantirish maqsadida taqdim etiladi.
622. Foydalanuvchilar obyektlarida joylashgan uskunalar va qurilmalarga nisbatan Qoidalarning bir yoki bir nechta bandlari talablariga doir yengillik berilishini soʻrashlari mumkin. Bunda quyidagilarni oʻz ichiga soʻrovnoma Tegishli tizim operatoriga taqdim etiladi:
Foydalanuvchi yoki potensial Foydalanuvchining identifikatsiya maʼlumotlari va qayta aloqa uchun masʼul shaxs;
yengillik berilishi soʻralayotgan tizimning batafsil tavsifi;
yengillik soʻralayotgan mazkur Qoidalarning talablariga havolalar va soʻralayotgan yengillikning batafsil tavsifi;
tegishli tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslab berish va mazkur Qoidalarning XII boʻlim, 2-bobida koʻzda tutilgan tartibdagi xarajat va foydaning tahlili;
soʻralayotgan yengillikning boshqa Foydalanuvchilarga salbiy taʼsir koʻrsatmasligining isboti.
623. Talablar boʻyicha yengillik berishga soʻrov yuborilgandan keyin ikki hafta davomida Tegishli tizim operatori Foydalanuvchiga soʻrov qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligini tasdiqlaydi.
Tegishli tizim operatori soʻrovni toʻlaqonli emas deb hisoblasa, Foydalanuvchi, soʻrov qaytarib olingan vaqtdan boshlab bir oy davomida qoʻshimcha talab qilingan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Foydalanuvchi ushbu muddat davomida soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etmasa, u holda yengillik toʻgʻrisidagi soʻrov chaqirib olingan deb hisoblanadi va Vazirlikka quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi hisobot taqdim etiladi:
dastlabki soʻralgan yengillik, jumladan Foydalanuvchi taqdim etgan barcha axborotni oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar;
qoʻshimcha soʻralgan maʼlumot tasnifi;
soʻrovning chaqirib olingan deb tan olinishi uchun asos.
624. Tegishli tizim operatori boshqa operatorlar bilan birgalikda yengillik berish boʻyicha xarajat va foydaning tahlilini baholaydi.
Yengillik berish uchun soʻrov “C” va “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga, elektr energiyasini saqlash tizimlariga yoxud quvvati 100 MW ga teng yoki undan yuqori boʻlgan Isteʼmolchini taqsimlash tizimiga, jumladan berk taqsimlash tizimiga ulanishida soʻralayotgan boʻlsa, Tegishli tizim operatori baholashni Uzatish tizimi operatori bilan birga olib boradi.
625. Tegishli tizim operatori yengillik berish uchun soʻrov olingan vaqtdan boshlab bir oy davomida Vazirlikka yengillik berish soʻrovi va oʻtkazilgan baholash hisobotini taqdim etadi.
626. Vazirlik yengillik berish uchun soʻrov olgan vaqtdan boshlab bir oy davomida ushbu soʻrovni oʻrganib chiqadi. Vazirlik Foydalanuvchidan yoki boshqa jalb etilgan Tomonlardan qoʻshimcha maʼlumotlarni talab etsa, ushbu muddat yana bir oyga uzaytirilishi mumkin. Yangi muddat toʻliq maʼlumotlar olingan kundan boshlab hisoblanadi.
627. Foydalanuvchi va potensial operator Vazirlik tomonidan soʻralgan maʼlumotlarni soʻrov berilgan kundan boshlab koʻpi bilan ikki oy davomida taqdim etadi. Foydalanuvchi ushbu muddat davomida soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etmasa soʻrov rad etiladi.
628. Vazirlik oʻrganish natijalariga koʻra yengillik berish uchun asoslangan taklifni tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Vazirlik Mahkamasi tomonidan yengillik berilganda, uning davomiyligi ham belgilanadi.
629. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining yengillik berish qarori haqida Foydalanuvchini va barcha tegishli tomonlarni xabardor qiladi.
630. Yengillik berish uchun shart-sharoitlar va asosiy sabablar dolzarbligini yoʻqotganda, Vazirlik yengillik berish toʻgʻrisidagi hujjatni muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi mumkin.
631. Vazirlik taqdim etilgan yoki rad etilgan barcha yengilliklarning reyestrini yuritadi. Reyestr quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yengillik taqdim etilayotgan yoki rad etilayotgan talablar;
yengillikning mazmuni;
yengillikni taqdim etish yoki rad etish sabablari;
yengillik taqdim etilish natijadorligi.
3-bob. Maʼlumot (axborot) almashinuvi boʻyicha umumiy shartlar
632. Maʼlumot (axborot) almashinuvi elektr energetika tizimining ishi, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarini amalga oshirish uchun muhim hisoblanadi.
Barcha Tomonlar ushbu Qoidalar va unga asosan qabul qilingan texnik reglamentlar hamda ulanish shartnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni belgilangan vaqt va sifatda taqdim etishlari shart.
Tizim operatori yoki Uzatish tizimi operatori tomonidan qoʻshimcha maʼlumotlar talab qilingan taqdirda, mazkur bob va Qoidalarning VII boʻlimi talablariga qatʼiy amal qilinadi.
633. Maʼlumot almashinuvi tegishliligi boʻyicha Uzatish tizimi operatori va Tizim operatorlari tomonidan tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi.
634. Mazkur Qoidalar talablariga binoan qabul qilingan, almashilgan yoki uzatilgan har qanday maxfiy (oʻz ichiga davlat sirini olmagan va qonunchilik bilan himoyalangan maʼlumotlar, keyingi oʻrinlarda — konfidensial) maʼlumot, mazkur Qoidalarning 635 — 637-bandlarida keltirilgan professional etika (kasbiy sir) obyekti hisoblanadi.
635. Professional etikaga rioya etish majburiyati mazkur Qoidalarning taʼsiri doirasidagi barcha shaxs, organ va tashkilotlarga taalluqli.
636. Oʻz majburiyatlarini bajarish davomida shaxslar, organlar yoki tashkilotlar tomonidan qabul qilingan konfidensial maʼlumotning, milliy qonunchilik yoki mazkur Qoidalarning boshqa nizomlari doirasida, zarar oldini olishga qaratilgan vaziyatlardan tashqari, uchinchi shaxs yoki organga oshkor etilishi man etiladi.
637. Mazkur Qoidalarga muvofiq konfidensial maʼlumotlarni oluvchi va tartibga soluvchi organlar, tashkilotlar va ularning xodimlari yoki shaxslar, ulardan milliy qonunchilikda hamda mazkur Qoidalarda belgilangan tartibga muvofiq faqat oʻz lavozim majburiyatlarini bajarish maqsadidagina foydalanishlari mumkin.
638. Maʼlumotlarning konfidensialligi maʼlumotni (axborotni) identifikatsiyalash bilan taʼminlanadi va quyidagi turlarga boʻlinadi:
“Umumiy foydalanish uchun” — konfidensiallik belgisi mavjud boʻlmagan maʼlumot, ushbu maʼlumotlar har qaysi Tomon uchun foydalanishga, jumladan jamoaviy foydalanish uchun ruxsat etilgan;
“Xizmat doirasida foydalanish uchun” — tegishli maʼlumot Foydalanuvchilarning (Tomonlarning) oldindan belgilangan guruhlari uchun foydalanishga ruxsat etilgan;
“Konfidensial” — oʻzaro maʼlumot almashinuvchi tomonlar oʻrtasida, tashkilotning vakolatli vakillari tomonidan foydalanishga ruxsat berilgan maʼlumotlar.
639. Barcha manfaatdor tomonlar konfidensial maʼlumotlarni qayta ishlash va ulardan foydalanishda ushbu maʼlumotlardan notoʻgʻri foydalanish, ruxsat etilmagan holatlar hamda oshkor boʻlish xavfini oldini olishi shart.
640. Konfidensiallik quyidagi maʼlumotlarga taalluqli boʻlmaydi:
ushbu bandning buzilishidan tashqari, jamoatchilik uchun ochiq yoki ochiq boʻlishi shart boʻlgan maʼlumotlar;
maʼlumot beruvchi Tomondan taqdim etilguniga qadar Oluvchining qonuniy egaligida boʻlgan maʼlumotlar;
amaldagi qonunchilik hujjatlari yoki sud qarori bilan belgilangan Qabul qiluvchi tomonidan oshkor etilishi shart boʻlgan maʼlumotlar. Bunday maʼlumotlar oshkor qilinganda Qoidalarning 635-bandi talablari Qabul qiluvchiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
641. Konfidensiallik qoidalari, har qaysi Tomonga sud, davlat organlari va tashkilotlariga hamda Vazirlik va Regulatorga qonunchilikda belgilangan tartibda maʼlumot taqdim etilishiga taʼsir qilishi yoki majburiyatlarni cheklashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
642. Maʼlumotlar almashinishni samarali tashkil etish uchun Uzatish tizimi operatori va Tizim operatorlari hamda Foydalanuvchilar oʻrtasida maʼlumotlarni boshqarish va ularning konfidensialligi boʻyicha ushbu Qoidalarda aniqlik kiritilmagan yoki batafsil bayon etilmagan masalalar boʻyicha oshkor qilmaslik toʻgʻrisidagi bitimlar tuzishlari mumkin.
VII boʻlim. Maʼlumotlarni boshqarish
1-bob. Maʼlumotlarni taqdim etish
643. Barcha Foydalanuvchilar mazkur Qoidalar talablariga muvofiq, maʼlumotlarni Tizim operatori va Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan sifat, miqdor va muddatlarda taqdim etishlari shart.
644. Tizim operatori va Uzatish tizimi operatori ham mazkur Qoidalar talablariga muvofiq maʼlumotlarni belgilangan sifat, miqdor va muddatlarda taqdim etishga majbur.
645. Foydalanuvchilar taqdim etishi lozim boʻlgan maʼlumotlar quyidagi toifalar boʻyicha guruhlanadi:
loyiha maʼlumotlari — obyektning yagona elektr energetika tizimiga ulanishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar (tadqiqot maʼlumotlari, loyiha, ulanish nuqtasi tafsilotlari, texnik parametrlar va hokazo);
roʻyxatga olish maʼlumotlari (har bir ulanish shartnomasida koʻrsatilgan) — Tizim operatori va Uzatish tizimi operatoriga uzatish tizimiga ulanishda taqdim etiladigan va ekspluatatsiya davomida toʻldirib (yangilab) boriluvchi maʼlumotlar;
rejalashtirish maʼlumotlari — Tizim operatori va Uzatish tizimi operatoriga uzoq muddatli va operativ rejalashtirish maqsadlari (rivojlanish rejalari, foydalanishdan chiqarish rejalari, grafiklar va hokazo) uchun taqdim etiluvchi maʼlumotlar;
operativ maʼlumotlar — ekspluatatsiya davomida, real vaqt va unga yaqin rejimda Tizim operatoriga, shuningdek Tegishli tizim operatorlariga taqdim etiluvchi maʼlumotlar (real vaqt rejimidagi oʻlchashlar, statuslar, xavf-xatar signallari va hokazolar);
sarhisob maʼlumotlar — turli xil hisobga olish va tahlil maqsadlari uchun (hisoblagichlar koʻrsatkichlari, hodisalarning yozuvlari, hisobotlar va hokazolar) ekspluatatsiyadan keyin taqdim etiladigan maʼlumotlar.
646. Asosiy maʼlumotlar roʻyxati Qoidalarga 3 va 11-ilovalarga muvofiq taqdim etiladi.
2-bob. Maʼlumot almashish
1-§. Maʼlumotlar almashuvchi Tomonlar
647. Yagona elektr energetika tizimi doirasida maʼlumotlar almashish jarayonida ishtirok etuvchi Tomonlar roʻyxati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Uzatish tizimi operatori;
Tizim operatori;
Taqsimlash tizimi operatori / Berk taqsimlash tizimi operatori;
Foydalanuvchilar;
boshqa Tomonlar (davlat muassasalari, ilmiy muassasalar, professional assotsiatsiyalar, keng jamoatchilik va hokazolar);
tashqi Tomonlar (oʻzaro bogʻliq hamkorlar, assotsiatsiyalar va hokazo).
648. Maʼlumotlar almashish jarayonini maʼlumotlarga ega boʻlgan tomon Maʼlumotlar operatori, maʼlumotlarni taqdim etayotgan tomon maʼlumotlarni Yetkazib beruvchi, maʼlumotlarni oluvchi tomon maʼlumotlarni Oluvchi, maʼlumotlarni taqdim etuvchi tomon Maʼlumotlardan Foydalanuvchilar hisoblanadi.
649. Maʼlumotlar almashish jarayonini muvofiqlashtirish va monitoring qilish maqsadida, shuningdek axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va ofis jihozlari moddiy-texnik taʼminotini uygʻunlashtirish uchun maʼlumot almashish koordinatori (keyingi oʻrinlarda — Koordinator) tayinlanadi.
650. Koordinatorning majburiyati va javobgarligi:
maʼlumotlar almashish monitoringi, muvofiqlashtirish va nosozliklarni bartaraf qilish;
maʼlumotlar almashinuvi uchun axborot texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish, uning dasturiy taʼminoti, unga xizmat koʻrsatish (umumiy darajada mavjud boʻlsa, rasmiy veb-portal, global tarmoq yoki unga aynan boʻlgan umumiy platforma);
maʼlumotlar almashishning telekommunikatsiya taʼminoti infratuzilmasini yaratish va unga xizmat koʻrsatish;
maʼlumotlar almashish formatlarini, Foydalanuvchilar uchun yoʻriqnomalar ishlab chiqish va tarqatish.
651. Koordinator vazifasini Uzatish tizimi operatori yoki u tomonidan tayinlangan boʻlinma yoki ushbu vazifani bajarish uchun maxsus tayinlagan Tomon bajaradi.
2-§. Maʼlumotlar almashish roʻyxati
652. Maʼlumotlar almashish jarayonida maʼlumotlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
individual maʼlumot — faqat bir Tomonga tegishli boʻlgan maʼlumot;
umumiy maʼlumot — umumiy individual (shaxsiy) maʼlumotlarni va barcha boshqa maʼlumotlarning birlashtirilishi natijasida olingan maʼlumotlar toʻplami;
prognoz maʼlumoti — kelgusi davrga taalluqli barcha maʼlumotlar;
real vaqt rejimidagi maʼlumot — joriy davrga taalluqli barcha operativ maʼlumotlar;
retrospektiv (tarixiy) maʼlumotlar — oʻtgan davr ga taalluqli barcha maʼlumotlar.
653. Almashish uchun maʼlumotlar roʻyxati Qoidalarga binoan, shuningdek Tomonlar oʻrtasida ikki tomonlama (koʻp Tomonlama) kelishilgan tartibda belgilanadi.
654. Almashish lozim boʻlgan maʼlumotlar quyidagi funksional guruhlar/maʼlumotlar turlari boʻyicha ajraladi:
a) real vaqtdagi quvvat oqimlari, quyidagilar kabi:
generatsiya quvvatini uzatish;
quvvat isteʼmoli;
uzatish tizimi va uning uzellaridagi quvvat oqimlari;
transchegaraviy quvvat oqimlari.
b) elektr energetika tizimi tugunlaridagi kuchlanish profillari;
v) real vaqt rejimidagi operativ vaziyatlar, koʻrsatkich signallari va xavf-xatar signallari;
g) operativ rejalashtirish maʼlumotlari, quyidagilar kabi:
texnik xizmat koʻrsatishning rejalashtirilgan maʼlumotlari;
xavfsizlikni baholash maʼlumotlari;
prognoz maʼlumotlari;
yagona elektr energetika tizimi zaxiralarini baholash maʼlumotlari;
oʻta yuklanishlari (quvvat oʻtkaza olmaslik, cheklovlar) prognoz maʼlumotlari va h.k.
d) elektr energiyasini hisobga olish maʼlumotlari, quyidagilar kabi:
yakuniy grafiklar;
tizim xizmatlarini taqdim etish haqida haqiqiy maʼlumotlar;
dispetcherlik jurnali maʼlumotlari;
hisoblagich koʻrsatkichlari va hokazolar.
e) umumiy maʼlumotlar, quyidagilar kabi:
operativ tadbirlardan keyingi tahliliy maʼlumotlar;
tadqiqotlar natijasi boʻyicha maʼlumotlar;
operativ boʻlmagan boshqa maʼlumotlar almashinuvi;
boshqa maʼlumotlar.
655. Maʼlumotlarni har bir alohida guruhlari (turlari) bilan almashuvchi Tomonlar taqdim etadigan maʼlumotlarni almashish matritsasi Koordinator tomonidan Tizim operatori va Uzatish tizimi operatori bilan birga ishlab chiqiladi va har yili qayta koʻrib chiqiladi.
656. Maʼlumotlar almashish matritsasidagi barcha oʻzgarishlar manfaatdor Tomonlar bilan kelishiladi, uygʻunlashtirish jarayoni Koordinator tomonidan muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi.
3-§. Maʼlumotlar almashish shakllari
657. Maʼlumotlar almashish shakllari mazkur Qoidalar va boshqa tartiblar bilan belgilanadi.
658. Maʼlumotlar almashish shakllari belgilanmagan boʻlsa, ular Koordinator tomonidan belgilanadi.
659. Barcha maʼlumotlar almashish formatlari davlat tilida ishlab chiqiladi, transchegaraviy maʼlumot almashish uchun foydalaniluvchi va har bir tegishli chegara oldi (xorijiy) Tomonlar uchun ikki tilda tayyorlanadi.
660. Maʼlumotlar almashish formatlari maʼlumotlarni avtomatik qayta ishlash imkoniyatini maksimal darajada taʼminlab beradigan shaklda ishlab chiqiladi.
661. Ovozli aloqa uchun odatda ishlab chiqiladigan va tegishlicha qoʻllaniladigan formatning alohida turi bu yagona elektr energetika tizimini boshqarishga taalluqli aloqa uchun foydalaniladigan mahalliy tilda oldindan belgilangan yoki ikki tildagi asosiy atamalar lugʻatidir.
4-§. Maʼlumotlar almashish chastotasi
662. Maʼlumotlar almashish chastotasi maʼlumotlarni toʻplash, tayyorlash va almashish davriyligidan iborat. Maʼlumotlar almashish chastotasidan barcha jalb etilgan Tomonlar (maʼlumotlar almashish boʻyicha hamkorlar) foydalanadi.
663. Tomonlar oʻrtasida maʼlumotlar almashish, avvaldan belgilangan yoki kelishilgan shakl va vaqt grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
664. Yuqori ustuvorlikka ega maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida almashishni taʼminlash uchun, Koordinator tomonidan belgilangan va barcha manfaatdor Tomonlar bilan kelishilgan maʼlumotlarning har bir toʻplamiga maʼlumotlar bilan almashish chastotasi (MACH) belgisi qoʻyiladi. Bunda mazkur Qoidalarning 654-bandning:
“a”, “b” va “v” kichik bandlaridagi real vaqtdagi operativ maʼlumotlar — yuqori ustuvorlik va toʻliq zaxiralash bilan almashiladi;
“g” kichik bandidagi operativ rejalashtirish maʼlumotlari — oʻrta darajadagi ustuvorlik va toʻliq zaxiralash bilan almashiladi;
“d” kichik bandidagi elektr energiyasini hisobga olish maʼlumotlari — past darajadagi ustuvorlik va qisman zaxiralash bilan almashiladi;
“e” kichik bandidagi umumiy maʼlumotlar — past darajadagi ustuvorlik va zaxiralashsiz almashiladi.
5-§. Kommunikatsiyalarga talablar
665. Real vaqtdagi operativ boshqaruv maʼlumotlari almashinuvni eng yuqori ustuvorlikka ega maʼlumotlar almashishning barcha nuqtalari orasidagi, ajratilgan va yuqori ishonchlilikka ega zaxira tarmogʻiga ega boʻlgan tarmoqdan (xizmat koʻrsatish liniyasi boʻlishi mumkin, masalan, ipak tolali optik aloqa kabeli) foydalanib amalga oshiriladi.
666. Rejalashtirish va prognoz maʼlumotlari almashinuvi qayta yuklash oʻtkazish qobiliyatini rejalashtirish va transchegaraviy taqsimlash uchun pastroq ustuvorlikdagi ajratilgan liniyadan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Zaxira opsiyasi sifatida elektron pochta va (yoki) maxsus dasturiy taʼminotdan foydalaniladi.
667. Boshqa operativ rejalashtirish maʼlumotlari almashinuvi elektron pochta va (yoki) maxsus dasturiy taʼminotdan hamda elektron pochta mavjud boʻlmasa va maʼlumot almashishga yuqorida koʻrsatilgan talablar ushbu maqsadlar uchun foydalanishga yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan holatlardagina past ustuvorlikdagi ajratilgan tarmoqlardan foydalanib amalga oshiriladi.
668. Elektr energiyasini hisobi boʻyicha maʼlumotlar almashinuvida faksni zaxira imkoniyati kabi qoʻllash bilan, faqat elektron pochta va (yoki) maxsus dasturiy taʼminotdan foydalaniladi.
669. Umumiy maʼlumotlar almashinuvi kelishilgan holda elektron pochta, faks, pochta va boshqa aloqa vositalari orqali amalga oshiriladi.
670. Tizim operatsiyalari va boshqarish jarayonlari doirasida ovozli aloqa uchun quyidagi telekommunikatsiya vositalaridan foydalaniladi:
muntazam (odatiy) ovozli aloqa (elektr energetika tizimining normal ishlash sharoitlarida) — real vaqt rejimida rejimda maʼlumotlar almashish uchun va (yoki) ijaraga olingan, umumiy foydalanishdagi aloqa liniyalari va (yoki) mobil telefon aloqasidan tashqari, alohida ajratilgan liniya;
avariyaviy ovozli aloqa (elektr energetika tizimini shovqinlar va (yoki) elektr energiyasini qisman yoki toʻliq oʻchgan sharoitlarida) — dispetcherlik va (yoki) zaxira dispetcherlik xonasida joylashgan faqat ushbu maqsadlar uchun ajratilgan liniya, ijaraga olingan umumiy foydalanishdagi liniya va shuningdek faqatgina ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mobil aloqa vositalari.
3-bob. Maʼlumotlarni qayta ishlash
1-§. Maʼlumotlarni tekshirish va validatsiya
671. Maʼlumotlar operatori va (yoki) maʼlumotlar Yetkazib beruvchisi, Oluvchiga va (yoki) maʼlumotlar Foydalanuvchisiga maʼlumotlarni yuborishdan avval ularni tekshirishi va validatsiya tadbirlarini oʻtkazishi shart. Tekshirilgan yoki validatsiyalangan maʼlumotlar tegishli shartlarga muvofiq tarzda belgilanadi.
672. Verifikatsiya yoki validatsiya tadbiri muvaffaqiyatsiz boʻlgan holatda, verifikatsiya yoki validatsiya shartlari qondirilmaguncha, maʼlumotlar qayta ishlanadi. Maʼlumotlarni tekshirish yoki validatsiya takroriy rad etilgan holatda masʼul subyekt ushbu maʼlumotlarni qayta ishlashni toʻxtatadi.
673. Koordinator tekshirish yoki validatsiya jarayonlarining monitoringi va muvofiqlashtirishda yordam koʻrsatishga masʼuldir. Bunda Koordinator, ushbu jarayonning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida, natijalarni qayta ishlash uchun maʼlumot almashishini kuzatib borishga haqli.
2-§. Maʼlumotlarni yozish, saqlash va arxivga kiritish
674. Har bir maʼlumot Oluvchi, Yetkazib beruvchi va maʼlumotlardan Foydalanuvchi, konfidensiallik qoidalari buzilmaguniga yoki xavf ostida qolmaguniga qadar, oʻz tadbirlari doirasida olgan maʼlumotlarini yozish, saqlash va arxivlashtirishi mumkin.
Ushbu band maʼlumotlar almashish jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan kelishilmagan boʻlsa, Koordinatorga nisbatan qoʻllanilmaydi.
VIII boʻlim. Xavfsizlik texnikasini taʼminlash boʻyicha tadbirlar
1-bob. Xavfsizlik texnikasini taʼminlashning maqsadi va qoʻllash sohasi
675. Uzatish tizimi operatori va har bir Foydalanuvchi oʻzlari uchun zarur (talab etiladigan) xavfsizlik qoidalarini joriy etishlari kerak, biroq ushbu qoidalar mazkur Qoidalarda berilgan umumiy talablarga muvofiq boʻlishi va qonunchilikka zid boʻlmasligi talab etiladi.
676. Mazkur boʻlimning maqsadi — uskunalar yoki qurilmalarda ish olib borish va (yoki) sinashlar oʻtkazish davomida xodimlarni tizim taʼsiridan himoya qilishning asosiy tamoyillariga erishish va umumiy tarmoq Foydalanuvchilarining ulanish nuqtasiga qadar yuqori kuchlanishli tarmoqlarida xavfsizlik choralarini koʻrishni talab qiladi.
677. Xavfsizlik tadbirlari Uzatish tizimi operatori yoki Foydalanuvchining uskunasi va (yoki) qurilmalarida ish olib borish va (yoki) sinashda hamda yondosh tizimlarni ajratish (izolyatsiya) va (yoki) yerga ulash zarurati tugʻilganda talab etiladi.
678. Xavfsizlik texnikasini taʼminlash boʻyicha tadbirlar quyidagilar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi:
Uzatish tizimi operatori;
Taqsimlash tizimi operatorlari;
tizimlari uzatish tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan Berk taqsimlash tizimi operatorlari;
Elektr stansiyalari operatorlariga, jumladan, taqsimlash tarmogʻiga ulangan generatsiyalovchi modullar operatorlari;
elektr energiyasini saqlash tizimlari;
uzatish tizimiga bevosita ulangan Isteʼmolchilar.
2-bob. Xavfsizlik tadbirlarini muvofiqlashtirish
1-§. Xavfsizlik menejmenti boʻyicha javobgarlik
679. Uzatish tizimi operatori va uzatish tizimida yuqori kuchlanishli uskuna yoki qurilmalarda ishlarni va (yoki) sinashlarni amalga oshiruvchi Foydalanuvchilarda xodimlar xavfsizligini taʼminlovchi va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida xavfsizlik qoidalari ishlab chiqilgan va xavfsizlik menejmenti tizimi joriy etilgan boʻlishi shart. Bunda barcha belgilangan talablar va koʻriladigan choralar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
680. Uzatish tizimi operatori, Taqsimlash tizimi operator va barcha Elektr stansiyalar operatorlari, Elektr energiyasini saqlash tizimlari operatorlari, Isteʼmolchilar operatorlari, jumladan, tarmoqlariga generatsiyalovchi modullar ulangan Berk taqsimlash tizimi operatorlari barcha tadbirlarda xavfsizlik boʻyicha amaldagi qonunchilikda belgilangan talablarga va mazkur Qoidalarga amal qilishlari shart.
2-§. Xavfsizlik menejmenti tizimi
681. Xavfsizlik menejmenti tizimi elektr tarmoqlarida yoki ularga ulangan qurilmalarda ish bajarayotgan yoki sinashlar oʻtkazayotgan barcha xodimlar salomatligi va xavfsizligini taʼminlash uchun amaldagi xavfsizlik texnikasi qoidalari va boshqa qoʻllanilishi lozim boʻlgan talablar, tartiblar hamda rioya qilinishi shart boʻlgan hujjatlar, shuningdek ushbu hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblarini belgilaydi.
Xavfsizlik menejmenti tizimi Uzatish tizimi operatori va boshqa Foydalanuvchilar tomonidan Qoidalar talablariga muvofiq tatbiq etiladi.
682. Xavfsizlik menejmenti tizimi bajariladigan ishlar yoki sinashlar hajmi boʻyicha soʻrovlarni va ularni qayd etishga doir nizomlarni, hamda ulanish nuqtasidagi xavfsizlikning tegishli choralari va xabardor qilishning talab etilgan muddatlarini oʻz ichiga olishi kerak.
3-§. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini qabul qilish tartibi
683. Umumiy ulanish nuqtasiga ega boʻlgan har bir Foydalanuvchi va Uzatish tizimi operatori ulanish shartnomasi imzolangan vaqtdan boshlab olti oy ichida, yangi ulanishni ekspluatatsiyaga kiritishdan kamida uch oy oldin elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari joriy etilganligi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni almashadilar va uni Nazorat qiluvchi organga taqdim etadilar.
Ulanishdan oldin Uzatish tizimi operatori ulanish nuqtasida ishlarni yoki sinashlarni amalga oshirishga ruxsat berish uchun Foydalanuvchining izolyatsiyalash va yerga ulashlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini qoʻllash tartibi bilan tanishib chiqishi va kelishishi kerak.
684. Ulanish nuqtalarida ekspluatatsiya chegarasi mavjud boʻlgan holda ishtirokchi Tomonlar xavfsizlik menejmenti tizimini qoʻllash tartibini birgalikda hal etadilar.
Barcha holatlarda qabul qilingan xavfsizlik menejmenti tizimi xavfsizlik choralarini belgilash va ularni qoʻllab turish imkonini berishi kerak, agar:
ishlar va (yoki) sinashlar yuqori kuchlanishli uskunalar va apparatlarda ekspluatatsiya chegaralari orqali olib borilganda;
boshqa Tomonning tizimi izolyatsiya qilingan va (yoki) yerga ulanganda.
685. Tomonlardan birining xavfsizlik menejmenti tizimini joriy etishida yoki xavfsizlik talablarida oʻzgarish boʻlganda, ushbu Tomon bu toʻgʻrisida barcha tegishli Tomonlarni qisqa muddatlarda xabardor qilishi zarur.
4-§. Xavfsizlik koordinatorlari
686. Uzatish tizimi operatori, shuningdek har bir Foydalanuvchi tarmoq chegarasida olib borilayotgan ishlarga oid xavfsizlik choralariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xavfsizlik masalalari boʻyicha koordinatorlarni tayinlashlari lozim.
Xavfsizlik boʻyicha koordinatorlar xavfsizlik menejmenti tizimini joriy etishni muvofiqlashtirish va ishlarni xavfsiz bajarish uchun javobgardir. Ular zarur xavfsizlik choralariga rioya etilishini taʼminlaydi.
Xavfsizlik choralari ulanish shartnomasida kelishilgan va boshqa Foydalanuvchilarga taʼsir koʻrsatadigan taʼmirlash ishlarini muddatida yakunlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq qayta ulash, izolyatsiyalash, yerga ulash, ishga ruxsat berish jarayonlari kiradi.
Foydalanuvchilar koordinator etib tayinlangan shaxslar joyiga yetib borgunga qadar oʻchirish, qayta ulash, xavfsizlik zanjirlarini hosil qilish ishlarini tezkorlik bilan bajarish uchun maxsus tayyorgarlik va bilimga ega boʻlgan operatorlar xizmatidan foydalanishlari mumkin. Xavfsizlik koordinatori xavfsizlik texnikasini muvofiqlashtirish ishlarining Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq olib borilishi uchun javobgar boʻladi.
687. Uzatish tizimi operatori tarmogʻida faqat maxsus bilimga ega boʻlgan va elektr energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini talablari asosida tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslargagina yuqorida koʻrsatilgan funksiyalarni bajarishiga ruxsat etiladi.
Xavfsizlik texnikasi boʻyicha oʻqitish va yoʻriqnomalar oʻtkazish uzluksiz va koʻp bosqichli boʻlishi lozim. Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchilar jarayonlarda ishtirok etuvchi (tegishli) barcha xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalari va xavfsizlik menejmenti tizimi talablariga rioya qilishga doir doimiy taʼlim olishi va attestatsiyadan oʻtkazilib borishi uchun javobgardir.
3-bob. Xavfsizlik texnikasini taʼminlash tartibi
1-§. Xavfsizlik texnikasini taʼminlashning umumiy shartlari
688. Uzatish tizimida yuqori kuchlanishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash va (yoki) sinashdan oʻtkazishni tashkil etish jarayonlaridagi xavfsizlikni taʼminlash amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Uzatish tizimida faoliyat yuritadigan Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori va barcha Foydalanuvchilar tomonidan ushbu Qoidalarga qatʼiy rioya etilishi shart.
Mazkur talablar Uzatish tizimi operatori yoki har qanday Foydalanuvchi tarmoqlari ichidagi ishlar va (yoki) sinashlarga, shuningdek, bir necha Tomonlar ishtirok etgan ulanish nuqtasidagi ishlarga va (yoki) sinashlarga tegishlidir.
689. Ishlarni xavfsiz bajarish tartib-qoidalarida almashlab ulash, izolyatsiyalash, yerga ulash, shuningdek, ishlarni bajarish va (yoki) sinashlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ruxsat berish tartiblari koʻrsatilishi kerak.
Shuningdek, ular ishlar va (yoki) sinashlar tugatilganidan soʻng uskuna ishga tushirishga tayyor boʻlgandagi rioya qilinishi zarur boʻlgan tartiblarni ham belgilashi lozim.
2-§. Xabardor qilish
690. Ulanish nuqtasida ishlarni va (yoki) sinashlarni olib borish bilan bogʻliq oʻchirishni kelishish uchun oʻchirish talab etilishidan kamida ikki hafta oldin boshqa Tomonlarga yozma ariza (xabarnoma) taqdim etilishi kerak.
Oʻchirish uchun ariza (xabarnoma) boshqa Tomonning texnik boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Arizani (xabarnomani) olgan Tomon soʻrov olingan vaqtdan boshlab bir hafta muddatda oʻchirishni bajarishga rozilik berishi yoki boshqa ish grafigini taklif etishi kerak.
691. Yuqorida koʻrsatilgan xavfsizlik choralarini koʻrishni talab etuvchi rejalashtirilmagan ishlar va (yoki) sinashlar amalga oshirilgan taqdirda, xavfsizlik choralari koordinatsiyasi telefon orqali tashkil qilinishi va barcha manfaatdor Tomonlarning roziligi bilan tegishli hujjat bilan tasdiqlanishi mumkin.
3-§. Xavfsizlik koordinatsiyasini amalga oshirish
692. Har bir ulangan Tomonlar uchun xavfsizlik koordinatori tomonidan xavfsizlik texnikasi boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
Ushbu hujjatlarda barcha tadbirlarni jumladan kommutatsiya, izolyatsiyalash, yerga ulash va ishlar va (yoki) sinashlar yakunlangandan keyin uskunaning ishlash qobiliyatini tiklash uchun bajariladigan tadbirlar ketma-ketligi belgilab beriladi.
693. Xavfsizlik texnikasi yuzasidan barcha tegishli hujjatlar bu boʻyicha soʻrov qilayotgan koordinator va xavfsizlik texnikasi tadbirlarini bajaruvchi koordinator tomonidan kelishiladi.
694. Barcha ishlarning xavfsiz bajarilishini taʼminlovchi tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar, jumladan kommutatsiyalash, izolyatsiyalash va yerga ulash tadbirlarini oʻz ichiga olgan shakllarda koʻrsatilgan ketma-ketlikka muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Rejadagi ishlar va (yoki) sinashlar yakunlangach, uskunaning dastlabki konfiguratsiyasiga qaytarish va ishga tushirish uchun yuqorida koʻrsatilgan ketma-ketlikka teskari ravishda texnikaviy tadbirlar amalga oshiriladi.
4-§. Ulanish nuqtasining har ikki tomonida ishlash
695. Xavfsizlik choralarini koʻrishda ulanish nuqtasining har ikki tomonida ham ishlar va (yoki) sinashlarni olib borish nazarda tutilgan boʻlsa, unda Tomonlar ushbu choralarni kelishishlari hamda ularning har biri boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlab, rasmiylashtirishlari lozim.
Har bir tomon tayyorlagan hujjat tarkibida boshqa tomon taqdim etgan hujjatga havola berilishi kerak.
Ishlashga ruxsat ulanish nuqtasining har ikki tarafidan ham berilgan boʻlsa, xavfsizlik texnikasi boʻyicha koordinatorlar ularni bir vaqtda bekor qiladilar.
5-§. Ihotalash (izolyatsiyalash) toʻgʻrisidagi kelishuv
696. Zanjir yoki qurilma oʻchirilgandan soʻng ikkala Tomonning xavfsizlik koordinatorlari ihotalash (izolyatsiyalash) tadbirlari bajarilishi kerak boʻlgan joyni kelishadilar. Mazkur kelishuv Tomonlar tarafidan yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
697. Ihotalash (izolyatsiyalash) joyi toʻgʻrisidagi kelishuvga erishilmagan holda ishlar toʻxtatiladi va ishlarni davom ettirish qatʼiy taqiqlanadi
6-§. Ihotalash (izolyatsiyalash)ni amalga oshirish
698. Xavfsizlik choralari kelishilgandan soʻng mazkur Qoidalarning VIII boʻlimi 4-bob 4-paragrafiga muvofiq, Tomonlar ihotalash boʻyicha tadbirlarni bajarishlari mumkin.
699. Tomonlar kelishilgan ihotalash tadbirlari amalga oshirilganligi haqida bir-birini xabardor qilishi, ihotalash nazarda tutilgan qurilma(lar)ni ulanish nuqtasigacha bir xilligiga amin boʻlishi va identifikatorini tasdiqlashi kerak. Tasdiqlashda quyidagilar koʻrsatiladi:
qurilmaning identifikatsiyasi, nomlanishi, nomenklaturasi, raqamlanishi va (yoki) har bir ihotalash nuqtasining holati;
ihotalash qanday holatda bajarilganligi, izolyatsiyalash qurilmasi orqali yoki jismoniy ajratish orqali;
ihotalalanganlik holatidan qatʼiy nazar izolyatsiyalash qurilmasi qayerda ishlatilganligi:
ihotalash (izolyatsiyalash)-kommutatsiya apparatlari kalitlari orqali amalga oshirilgan boʻlsa, kalitlarning maxsus seyfda saqlanishi, qulflanganligi;
ihotalash moslamalari manfaatdor Tomonning xavfsizlik texnikasi qoidalariga mos keluvchi nuqtasida oʻrnatilganligi yoki mahkamlanganligi;
ihotalashda jismoniy ajratishdan foydalaniladigan boʻlsa, bunday holatda Uzatish tizimi operatori yoki Foydalanuvchi tomonidan xavfsizlik texnika qoidalariga muvofiq jismoniy ajratish amalga oshirilganligi.
700. Ihotalashni tasdiqlash ikki tomonlama yozma ravishda qayd etilishi lozim.
7-§. Yerga ulashni kelishish
701. Tomonlar tarafidan izolyatsiyalash tasdiqlangandan soʻng soʻrov beruvchi xavfsizlik texnikasi tadbirlarini bajaruvchi koordinator ikkinchi Tomon xavfsizlik koordinatori tomonidan yerga ulashni bajarishga ruxsat soʻraydi.
Bunda yerga ulashni bajarish oldindan kelishilgan joyda amalga oshirilishi toʻgʻrisida ikki Tomonlama yozma shaklda hujjatlar rasmiylashtiriladi.
702. Yerga ulash nuqtasi boʻyicha Kelishuvga erishmagunga qadar ushbu tadbirlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
8-§. Yerga ulashni amalga oshirish
703. Ikkala Tomon xavfsizlik koordinatori kelishilgan nuqtada yerga ulashni bajaradi va yerga ulash muvaffaqiyatli oʻrnatilganligini tasdiqlaydi. Tomonlar soʻrov berayotgan xavfsizlik koordinatorining yuqori kuchlanishli uskunasini yerga ulash koʻzda tutilgan ulanish nuqtasigacha identifikatsiyasini ham tasdiqlaydi.
Tasdiqlashda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuqori kuchlanishli uskunaning identifikatsiyasiga tegishli maʼlumotlar, nomlanishi, nomenklaturasi, raqamlanishi;
yerga ulashning har bir nuqtasining joyi va turi.
Yerga ulash uskunalari quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:
qoʻzgʻalmas va yerga ulangan holatda zulfinlangan, yerga ulovchi qurilma saqlagich kalit bilan berkitilgan va ushbu kalit kalitlar uchun maxsus seyfda, ishonchli joyda saqlansa;
manfaatdor Tomonning xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq boshqa vositalar orqali bajarilsa va (yoki) mahkamlansa.
704. Yerga ulashni tasdiqlash ikki tomonlama qayd etilishi lozim.
9-§. Xavfsizlik texnikasi yuzasidan hisobotlar
705. Xavfsizlik koordinatorlari tomonidan bajariladigan barcha tadbirlar oʻzaro kelishilgan boʻlishi va Tomonlarning bir-birini xabardor etilishi, takroran soʻzma-soʻz qaytarilishi va yozma shaklda qayd etilishi lozim.
706. Har ikki Tomon xavfsizlik texnikasi boʻyicha zarur choralar koʻrilgan uskunaning identifikatsiyasini kelishib oladilar.
Soʻrov beruvchi xavfsizlik koordinatori tomonidan rasmiylashtiriladigan ishlarni olib borish uchun quyidagi asosiy talablarga javob beradigan hujjat taqdim etadi:
hujjat tushunarli va aniq boʻlishi kerak, unda hech qanday qoʻshimcha yozuvlar yoki toʻgʻrilashlarga yoʻl qoʻyilmaydi;
raqamlash Uzatish tizimi operatori yoki Foydalanuvchining ixtiyori boʻyicha amalga oshiriladi;
sanalar standart formatga “kk-oo-yyyy” ega boʻlib, vaqt 24 soatlik formatda va Oʻzbekiston Respublikasidagi vaqt standartiga mos boʻlishi;
familiyasi, ismi, otasining ismi bosh harflarda va lavozimini oʻz ichiga olishi;
hujjatda qurilma yoki uskunaning identifikatsiya maʼlumoti boʻlishi.
Ishlarni olib borish joyini kengaytirish talab etilsa, qoʻshimcha hujjat rasmiylashtirish mumkin.
10-§. Avtorizatsiyalash tartibi
707. Ish olib borish uchun tegishli ruxsatnoma imzolanib, ish joyini tayyorlashga ruxsatnoma olingan va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilgandan keyin ishga kirishish mumkin.
Soʻngra soʻrov beruvchi xavfsizlik koordinatori ishni avtorizatsiya qilishi, lekin sinash oʻtkazmasligi mumkin. Sinashlarni olib borish mazkur Qoidalarning VII boʻlim 4-bobi 11-paragrafida belgilangan tartibda olib boriladi.
Avtorizatsiyalash tartibi toʻlaligicha soʻrov beruvchi xavfsizlik koordinatoriga tegishli Tomonning ichki ishi hisoblanadi.
11-§. Sinashlarni oʻtkazish tartibi
708. Soʻrov yuborgan xavfsizlik koordinatori quyidagi tadbirlarning bajarilishi hamda yakunlanganiligi toʻgʻrisida yozma tasdiq olmagunicha, ushbu boʻlim qoʻllaniladigan sinashlarni oʻtkazishga ruxsat berishga haqli emas. Bunda:
xavfsizlik koordinatoridan izolyatsiyalash tadbirlari oʻtkaziladigan joydan boshqa nuqtalarda hech bir xodim ishlamayotgani, sinash oʻtkazmayotgani, ish olib borishga ruxsatnomada koʻrsatib oʻtilgan qurilma va uskunalarda ishlash va sinashlarni oʻtkazishga vakolat berilmaganligi toʻgʻrisida ishonch hosil qilmagunicha, shuningdek rejalashtirilgan sinash ishlari yakunlanmaguncha yoki bekor qilinmaguncha hamda soʻrov beruvchi xavfsizlik koordinatori ijrochi xavfsizlik koordinatorini barcha ishlar yakunlanganligi yoki bekor qilinganligi, shu bilan talablarning bekor qilinishi mumkinligi toʻgʻrisida xabardor qilmaguncha bunday ruxsatnomaga ega boʻlmaydi;
soʻrov beruvchi xavfsizlik koordinatori sinash yakunlanishi yoki bekor qilinishi bilanoq ijrochi xavfsizlik koordinatoriga boshqaruvni qaytaradi. Sinashdan oldin sinash maqsadlari uchun yerga ulagich olish zarur boʻlsa va ushbu yerga ulagich keyinchalik qayta oʻrnatilmasa, unda ushbu holat ikkala Tomon tarafidan qayd etiladi.
12-§. Tiklash tartibi
709. Ishlar va (yoki) sinashlar yakunlangandan keyin, soʻrov beruvchi xavfsizlik koordinatori ijrochi xavfsizlik koordinatoriga endilikda xavfsizlik choralari talab etilmasligi haqida xabar beradi.
710. Shundan soʻng har bir xavfsizlik koordinatori xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha kelishilgan texnik tadbirlarning bekor qilinishini yozma shaklda tasdiqlaydi va ularni bekor qiladi.
711. Xavfsizlik choralarini bekor qilish va almashtirish ketma-ketligi tasdiqlangan rejada koʻrsatilganidek amalga oshiriladi va har bir bosqichning hisoboti va bayonnomasi ularni qoʻllash uchun foydalaniladigan tafsilotlar bilan bir xil boʻladi.
712. Xavfsizlik koordinatorlaridan hech biri barcha yerga ulagichlar olib tashlanganligini oʻzaro tasdiqlamaguncha, xavfsizlik choralarining bir qismi hisoblangan izolyatsiyalashni olish toʻgʻrisida koʻrsatma berishga haqli emas.
713. Barcha yerga ulagichlar olib tashlanganligi tasdiqlangach, xavfsizlik koordinatori izolyatsiyani olib tashlashni mustaqil tashkillashtirishi mumkin boʻladi, bunda ushbu tadbirlarni amalga oshirish toʻlaligicha xavfsizlik koordinatorining ichki ishi hisoblanadi.
4-bob. Oʻzaro bogʻliq talablar
1-§. Xavfsizlik tadbirlari ishonchliligining yoʻqotilishi
714. Har qanday xavfsizlik tadbirlari biror bir sababga koʻra samarasiz boʻlsa, ijrochi xavfsizlik koordinatori soʻrov beruvchi xavfsizlik koordinatorini vujudga kelgan yoki kelish ehtimoli boʻlgan vaziyat haqida batafsil, sabablarini koʻrsatgan holda, darhol xabardor qilishi kerak.
2-§. Ekologik xavfsizlikni taʼminlash
715. Tomonlar obyekt xavfsizligi va ekologik xavfsizlikka oid meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilish hamda atrof-muhit muhofazasini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrilishi lozim.
716. Tomonlar obyektning har qanday hududiga xodimlar kirishidan avval ularni mazkur obyektga xos boʻlgan xavf-xatar haqida maxsus vositalar yordamida ogohlantirishi kerak.
Bunda vaqtinchalik yoki doimiy boʻlishi mumkin boʻlgan xavflarni inobatga olish lozim.
Ushbu xavflar ifloslanish yoki shu kabilarni oʻz ichiga olsa, xodimlar maxsus zararsizlantirish va himoya vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
717. Obyektlardagi barcha ishlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish hamda elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
3-§. Tekshiruvlar oʻtkazish
718. Ulanish joylaridagi Tomonlarning rahbariyati va xavfsizlik masalalari boʻyicha vakillari tomonidan tekshiruvlarni osonlashtirish choralari koʻrilishi kerak.
4-§. Boshqarish tizimlari tartibi
719. Tizim operatori va Foydalanuvchilar uskunalarning tizimli nazorati boʻyicha majburiyatlarni belgilovchi grafiklarni oʻzaro kelishadilar va yozma shaklda tasdiqlaydilar.
Ular faqat bitta Tomon bir vaqtning oʻzida uskuna yoki qurilmaning har qanday elementi uchun javobgarlikni zimmasiga olinishini kafolatlashi lozim.
5-§. Hujjatlarni tayyorlash tartibi
720. Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchilar Uzatish tizimi operatori uzatish tizimida yoki unga bogʻliq har qanday boshqa tizimda yuz bergan barcha ekspluatatsiya jarayonlarini qayd etuvchi tegishli hujjatlar tizimiga ega boʻlishlari hamda ish va (yoki) sinashlar vaqtida zarur xavfsizlik choralarini muvofiqlashtirishlari lozim.
721. Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchilar mazkur Qoidalarga muvofiq, xavfsizlikni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shu jumladan tegishli xabarlarning xronologik yozuvini va ish va (yoki) sinashlar uchun xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi batafsil axborotni oʻz ichiga olgan barcha hujjatlarni besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlashlari kerak.
6-§. Uzatish tizimi miqyosidagi xavfsizlik sxemalari
722. Uzatish tizimi operatori va tegishli Foydalanuvchi xodimlar tomonidan oʻz vazifalarini bajarishi uchun yetarli maʼlumot bilan taʼminlovchi sxemalar bilan almashishi lozim.
7-§. Aloqalar
723. Uzatish tizimi operatori aloqa vositalarining zaruratini asosli ravishda belgilab qoʻygan boʻlsa, boshqarish funksiyalarining xavfsiz va ishonchli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchilar oʻrtasida tegishli aloqa tizimlari oʻrnatilishi lozim.
724. Uzatish tizimi operatori oʻz tizimining xavfsiz va ishonchli ishlashini taʼminlash uchun zaxira yoki muqobil aloqani oʻrnatish zarur deb qaror qabul qilsa, unda bu vositalar tegishli Foydalanuvchilar bilan kelishilishi kerak.
725. Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchilar nazorat tadbirlarini samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash uchun telefon raqamlari roʻyxati bilan almashishadi.
726. Uzatish tizimi operatori va tegishli Foydalanuvchilar, qoʻshma operatsion talablar qoʻygan hollarda, tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimlarning 24 soatlik ishtirokini taʼminlaydilar.
5-bob. Operativ aloqa va oʻzaro hamkorlik
1-§. Umumiy qoidalar
727. Operativ aloqa Tizim operatori, Tegishli tizim operatori va Foydalanuvchilar oʻrtasidagi ishonchli aloqa tizimini yaratish va undan foydalanish tamoyillarini qamrab oladi.
728. Operativ aloqa tamoyillari quyidagi subyektlarga qoʻllaniladi:
Tizim operatori;
Uzatish tizimi operatori;
Taqsimlash tizimi operatori;
Berk taqsimlash tizimi operatori;
Elektr stansiyalari operatorlari;
uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchilar operatorlari;
Taqsimlash tizimi operatori tomonidan bu haqda xabardor qilinadigan, taqsimlash tizimiga ulangan isteʼmolchilar operatorlari.
2-§. Operativ faoliyat va hodisalar toʻgʻrisida xabar berish
729. Tegishli tizim operatorlari va Foydalanuvchilar bir-birlarini, operativ faoliyat va hodisalar toʻgʻrisida, mazkur paragrafda koʻrsatilgan tartib va uslublar bilan xabardor qilishlari lozim.
730. Tegishli tizim operatori tomonidan Foydalanuvchi tizimining ishida oʻzgarishlarga olib keluvchi operatsiya rejalashtirgan holda, Tegishli tizim operatori Foydalanuvchini qisqa muddatlarda xabardor qilishi kerak.
731. Foydalanuvchining elektr tarmoqlarida yoki generatsiyalovchi modulida rejalashtirilgan tadbirlari Tegishli tizim operatori tizimi ishining oʻzgarishiga olib kelishi ehtimoli boʻlsa, u bu haqda Tegishli tizim operatorini qisqa muddatlarda xabardor qilishi kerak.
Tegishli tizim operatori, shuningdek ushbu jarayonda ishtirok etadigan yoki unga jalb etiladigan boshqa Foydalanuvchilarni yoki elektr tarmoq operatorlarini ham xabardor qiladi.
732. Mazkur Qoidalarning 729 — 731-bandlariga muvofiq beriladigan xabarnomada ushbu holat bilan bogʻliq yuz berishi mumkin boʻlgan xavfli holat va uning oqibatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berilgan boʻlishi kerak. Oluvchilarga xavfni baholashga va yuz berishi mumkin boʻlgan holatlarni bartaraf etishga vaqt berish maqsadida ushbu xabarnomalar rejalashtirilgan tadbirlar bajarilishidan imkon qadar oldin taqdim etilishi kerak.
733. Yagona elektr energetika tizimida nosozlik, xodimlarning xatti-harakati bilan yoki uskuna va (yoki) boshqaruv apparaturasining nosozligi tufayli yuz berishi, ish yoki normal ekspluatatsiya sharoitlaridan ogʻishga olib kelgan rejalashtirilmagan hodisalar toʻgʻrisida yozma xabarnomani tayyorlash uchun vaqt yetarli boʻlmasa, unda hodisa yuz bergandan soʻng 30 daqiqa davomida ogʻzaki xabarnoma berilishi mumkin. Shundan soʻng ogʻzaki xabarnomani tasdiqlash uchun faks, elektron pochta, xat va (yoki) boshqa axborot tizimi orqali yozma bayonnoma yuborilishi talab etiladi.
3-§. Uzatish tizimi miqyosidagi sinashlar
734. Tegishli tizim operatorida yetarli asos boʻlsa, u istalgan vaqtda Foydalanuvchidan sinash oʻtkazishni talab qilishi va Foydalanuvchida ham asos boʻlsa, u istalgan vaqtda sinash oʻtkazishga ruxsat olishi mumkin.
735. Oʻtkaziladigan har qanday sinash faqatgina koʻrib chiqilayotgan shartlar bajarilishi mumkinligini tasdiqlash yoki rad etish maqsadida oʻtkaziladi.
736. Oddiy hollarda sinash oʻtkazilishi yuzasidan Tegishli tizim operatoriga soʻrov berayotgan Tomon, boshqa jalb etilayotgan Tomonni, noxush yoki avariya vaziyatlarining yoʻqligida, sinashning moʻljallanayotgan sanasi va vaqti haqida kamida ikki hafta oldin xabardor qilishi kerak. Rejadan tashqari holatlarda ushbu xabarnoma muddati 48 soatgacha qisqartirilishi mumkin.
737. Tegishli Tomon taklif etilayotgan sinash oʻtkazish vaqti va sanasini asoslanmagan deb hisoblasa, unda u sinashni koʻchirish haqida soʻrov yuborishi va soʻrov berayotgan Tomon bu soʻrovni qondirish uchun lozim boʻlgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish kerak.
738. Foydalanuvchi Tegishli tizim operatori yoki Uzatish tizimi operatorining sinashlar oʻtkazishni asoslanmagan muddatlarda talab qilmoqda deb hisoblasa, ushbu masala yuzasidan Vazirlikka murojaat etishi mumkin.
4-§. Sinashlarni oʻtkazish
739. Sinash Tegishli tizim operatori yoki uning nomidan buni amalga oshiruvchi vakillar nazorati ostida oʻtkazilishi kerak. Biroq, uskunasi sinashdan oʻtkazilayotgan Tomon barcha bosqichlarga toʻla jalb etilgan boʻlishi va sinashlar davomida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
5-§. Tadbirlar (operatsiyalar) va hodisalar toʻgʻrisida hisobotlar
740. Tegishli tizim operatorlari va Foydalanuvchilar oʻz tizimlarida boshqa Tomon tizimiga taʼsir koʻrsatgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan operatsiya va hodisalar toʻgʻrisida xabarnomalar chiqarishlari kerak.
Xabarnomalar, ularga qoʻyiladigan talablar cheklanmagan holda, quyidagi holatlarda beriladi:
chiqarilishi lozim boʻlgan operativ koʻrsatma, boshqa Foydalanuvchilarning tizimiga yoki uskunasiga taʼsir koʻrsatishi ehtimoli boʻlganda;
uskunaning oʻz nominal quvvatidan oshib ketishi kutilayotgan va xodimlar (odamlar) uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlganda;
ekspluatatsiyaning belgilangan meʼyorlardan ortishi xavfi mavjud boʻlgan;
himoyaning tasodifiy ishlab ketishining yuqori xavfi boʻlganda;
asosiy sinash, ishga tushirish va texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlganda.
741. Mazkur bobning talablariga muvofiq quyidagi turdagi xabarnomalarning nusxalari Tizim operatori va Vazirlikka taqdim etilishi lozim:
qurilma va (yoki) uskunaning qoʻlda yoki avtomatik tarzda oʻchirilishi;
kuchlanish bilan belgilangan meʼyor chegaralardagi keng tarqalgan muammolar;
chastotani belgilangan meʼyorlardan tashqari sezilarli holati haqida;
tegishli tizimning beqarorligi;
tegishli tizimning oʻta yuklanishi;
uzatish tizimining ishiga taʼsir qiluvchi aloqa tizimidagi jiddiy nosozliklar;
odamlar oʻlimi yoki jiddiy jarohatlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar.
742. Tegishli Tomon har qanday yuz bergan voqea yoki operatsiya toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi (berilgan har qanday savollarga javob beradi). Xabarnoma quyidagi shakllarda yuboriladi:
operatsiyani tavsiflash (lekin uning sababini koʻrsatish shart emas);
xabarnomani oluvchiga vujudga keladigan oqibatlarni va xavflarni oqilona koʻrib chiqish va baholash imkonini beradigan batafsil axborot;
operatsiya haqida xabar bergan shaxsning ismi va familiyasini koʻrsatilishi lozim.
743. Xabarnoma imkon qadar oldindan yuborilishi kerak. Rejalashtirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabardor qilish qabul qiluvchiga operatsiya oʻtkazilishi natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar va xavflarni oqilona koʻrib chiqish va baholashi uchun yetarli boʻlgan vaqt ichida yuborilishi kerak.
744. Tegishli tizim operatori va Foydalanuvchilar oʻzlarining tegishli tizimlarida boshqa Tomon tizimiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hodisalar xabarnoma yuborishlari lozim.
Hodisalar haqidagi xabarnomalar, talablarga cheklovlarisiz, quyidagilar uchun beriladi:
uskuna oʻzining nominal quvvatidan oshib ketgan boʻlsa va odamlar uchun xavf tugʻdirgan boʻlsa;
ekspluatatsiyaning har qanday beqaror sharoitlari uchun har qanday ogohlik signalizatsiyasi yoki indikatsiyasini ishga tushishida;
noqulay ob-havo sharoitlarida;
uskuna imkoniyatlaridagi vaqtinchalik oʻzgarishlar, shikastlanish yoki nosozlikda;
nazorat-oʻlchash uskunalari, aloqa va hisobga olish vositalarining shikastlanishi yoki nosozligida;
himoyani oʻz-oʻzidan ishlab ketishining yuqori xavfida;
yuklamani 100 MW yoki undan ortiq qiymatga, rejalashtirilmagan qisqarishida.
Hodisalar toʻgʻrisida darhol xabarnomalar berilishi kerak. Xabarnomalar va xabarnomalarga javoblar telefon orqali yuborilishi mumkin, lekin 30 daqiqa ichida yozma ravishda tasdiqlanishi kerak.
Tegishli Tomon har qanday boshqa hodisa yoki operatsiyadan qatʼiy nazar yuz bergan har qanday boshqa voqea haqida xabarnoma (berilgan har qanday savollarga javob) yuboradi. Xabarnomada:
hodisani tavsiflash (sababini koʻrsatish shart emas);
xabarnomani oluvchiga vujudga keladigan oqibatlarni va xavflarni oqilona koʻrib chiqish va baholash imkonini beradigan batafsil axborot berish;
hodisa haqida xabar bergan shaxsning ismini koʻrsatishi kerak.
6-§. Ogohlantirish
745. Uzatish tizimi operatori yoki Tegishli tizim operatori avariya holati yoki beqaror ekspluatatsiya sharoitlariga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday sabablar toʻgʻrisida xabardor boʻlsa, ularda bunday buzilishlar yoki beqaror ekspluatatsiya sharoitlari salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan barcha Foydalanuvchilarga ogohlantirish yuborishlari lozim.
746. Ogohlantirishda buzilishning ehtimoliy sabablari, jiddiylik darajasi va davomiyligi hamda ogohlantirish davrining davomiyligi koʻrsatiladi. Ogohlantirish quyidagi shaklda boʻlishi kerak:
bayonot “Ushbu ogohlantirish vaqti (xx:xx)”;
(.........) sababli (uu:uu) soatda buzilish sodir boʻlgan;
buzilishning ehtimoliy taʼsiri (.........) ;
buzilish taxminan (zz:zz) bir necha soat davom etadi;
Ushbu ogohlantirish, 2 (ikki) soat ichida yangilanmasa va uzaytirilmasa, avtomatik tarzda bekor qilingan hisoblanadi.
747. Quyidagi shartlar kamida Ogohlantirish uchun sabab sifatida koʻrib chiqilishi kerak:
Yagona elektr energetika tizimi xavfsizligining sezilarli pasayishiga olib keluvchi yoxud taʼminot nuqtasigacha (n-1) mezonini buzuvchi har qanday uzatish tizimining yoki uning biror komponentning, generatsiyalovchi modullarning ishdan chiqishi;
yuqori kuchlanishli yoki oʻrta kuchlanishli uskunalar bilan bogʻliq, yagona elektr energetika tizimining umumiy yuklamasiga yoki uning ishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin uzilishlar yoki xavflar. Bunday vaziyatlarda Tegishli tizim operatori yoki Elektr stansiyalari operatorlari ham Uzatish tizimi operatoriga ogohlantirish yuborishlari lozim;
generatsiyalovchi modullar bilan bogʻliq, uning ishlab chiqarishiga yoki yagona elektr energetika tizimining ishlashiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan uzilishlar yoki xavflar;
ishlash chegarasi belgilangan talabdan past boʻlgan sharoitlar;
kuchlanish yoki chastotaning ruxsat etilgan chegaradan chiqishi;
muhim voqea va sanalar (milliy bayramlarni oʻtkazish);
asosiy sinashlar;
baxtsiz hodisalar.
Ogohlantirish telefon orqali berilishi mumkin, lekin imkon qadar tezroq yozma shaklda tasdiqlanishi kerak.
Ogohlantirilgan barcha Tomonlar uni olganliklarini yozma shaklda tasdiqlashlari va har qanday hodisalar (koʻrsatkichlar) haqida xabar berishlari lozim.
6-bob. Yagona elektr energetika tizimidagi nosozliklar va hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, hisobotlarni yuritish va tekshiruvlar oʻtkazish
1-§. Yagona elektr energetika tizimidagi nosozliklar va hodisalar toʻgʻrisida xabar berish
748. Uzatish tizimining ishida yoki har qaysi Foydalanuvchining tarmogʻida sodir boʻlgan har qanday voqea yoki hodisalar Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq baxtsiz hodisa yoki texnologik buzilish tavsifiga mos kelsa, oʻrnatilgan tartibda tekshiriladi va yakuniy hisobotning nusxasi Vazirlik va Nazorat qiluvchi organga taqdim etiladi.
(748-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 850-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 09/26/850/0011-son)
749. Uzatish tizimidagi har qanday hodisa Foydalanuvchining tizimiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlsa yoki aksincha Foydalanuvchining tizimidagi hodisa uzatish tizimiga yoki boshqa Foydalanuvchining elektr tarmoqlariga sezilarli taʼsir koʻrsatgan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlsa, ushbu hodisa Uzatish tizimi operatori tomonidan Foydalanuvchi bilan kelishilgan holda muhim hodisa deb baholanadi.
750. Vazirlik oʻziga maʼlum boʻlgan har qanday hodisani, jumladan, har qanday qoidalarga muvofiq tekshirilgan hodisani muhim hodisa ekanligini aniqlash va mazkur Qoidalarning talablariga binoan tekshiruv oʻtkazish uchun koʻrsatma berishi mumkin. Tekshiruvlar Nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkaziladi.
751. Mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 6-bobi 6-paragrafi talablariga muvofiq dastlab xabar berilgan, muhim hodisa deb baholanuvchi holatlar, ular muhim hodisalar sifatida belgilangandan soʻng mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 7-bobi talablariga muvofiq xabar berilishi va tekshirilishi lozim.
Bunga yagona elektr energetika tizimi miqyosidagi sezilarli nosozliklar hisoblanuvchi, hamda mazkur Qoidalarning X boʻlimi 8-bobi talablariga muvofiq avariya vaziyatlari kabi qaraluvchi qisman yoki toʻliq oʻchishlar kiradi. Tegishli hollarda barcha hisobotlarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan turkumlanishga rioya etilishi kerak.
(751-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 850-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 09/26/850/0011-son)
752. Mazkur Qoidalarning 749-bandi talablari yirik avariyalar toʻgʻrisida xabar berishni istisno qilmagan holda, quyidagi oqibatlarga olib keladigan va olib kelishi mumkin boʻlgan yirik avariyalarni ham oʻz ichiga oladi:
qurilma va (yoki) uskunani qoʻlda yoki avtomatik tarzda ishlashi;
belgilangan meʼyorlardan tashqari kuchlanish;
belgilangan meʼyorlardan tashqari chastota;
yagona elektr energetika tizimining beqarorligi;
yagona elektr energetika tizimining ishlashiga taʼsir qilgan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan aloqadagi jiddiy uzilish.
753. Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchi mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 7-bobining talablarini taʼminlash uchun shaxslarni va (yoki) aloqa nuqtalari va aloqa kanallarini belgilashi kerak. Bunday shaxslar yoki aloqa nuqtalari va aloqa kanallari mazkur Qoidalarning boshqa boʻlimlarida belgilangani kabi boʻlishi mumkin.
Tayinlangan shaxslar, aloqa nuqtalari va aloqa kanallariga taalluqli har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchi bir-birlarini darhol yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
754. Foydalanuvchiga Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 7-bobi 5-paragrafi talablariga binoan xabar bergan va keyinchalik Uzatish tizimi operatori tomonidan muhim hodisa deb belgilangan boʻlsa, jalb etilgan Foydalanuvchiga mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 7-bobi 2-paragrafi talablariga muvofiq yozma hisobot taqdim etiladi.
755. Foydalanuvchiga mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 6-bobi 5-paragrafi talablariga asosan xabar berilgan va keyinchalik Uzatish tizimi operatori tomonidan muhim hodisa deb baholangan boʻlsa, jalb etilgan Foydalanuvchiga mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 7-bobi 2-paragrafi talablariga muvofiq yozma hisobot taqdim etiladi.
756. Barcha holatlarda yakuniy hisobotni ishlab chiqish, uni tegishli Tomonlarga, jumladan Vazirlikka taqdim etish uchun javobgarlik Uzatish tizimi operatorining zimmasida boʻladi.
2-§. Muhim hodisa toʻgʻrisida hisobot shakli
757. Hisobot yozma shaklda boʻlishi, quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 6-bobi 5-paragrafiga muvofiq taqdim etilgan xabarnomaning tasdigʻi;
mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 6-bobi 5-paragrafiga muvofiq Muhim hodisa boʻyicha batafsil tushuntirish yoki bayonot;
xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab Muhim hodisaga tegishli boʻlgan har qanday qoʻshimcha axborot.
758. Hisobot kamida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
muhim hodisa roʻy bergan sana, vaqti va uning davomiyligi;
muhim hodisa sodir boʻlgan joy;
bevosita ishtirok etgan uskuna va (yoki) qurilma;
tekshirilayotgan muhim hodisaning qisqacha taʼrifi;
yoʻl qoʻyilgan taqdirda, toʻgʻrilovchi amallar boʻyicha xulosalar va tavsiyalar.
759. Talab etilishi mumkin boʻlgan boshqa tafsilotlar:
isteʼmol yuklamasi va (yoki) generatsiyaning MW lardagi uzilishlari va uzilishlarning davomiyligi;
generatsiyalovchi modulning chastota xarakteristikasi (muhim hodisa sodir berganidan soʻng amalga oshirilgan tuzatish, MW larda);
generatsiyalovchi modulning MVar dagi samaradorligi (muhim hodisa yuz bergandan soʻng chiqish quvvatini oʻzgarishi);
ishga qayta tushirishning taxminiy yoki haqiqiy vaqti va sanasi;
hodisadan keyingi holatning foto suratlari;
roʻyxatga olish jurnalida qayd etilgan, voqea va holatlardan keyingi hamda avariya vaziyatlaridagi qayta ulagichlarning holatlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar;
ilgari istalgan shaklda qayd etilgan har qanday tegishli xabarning nusxalari (transkriptlari).
3-§. Hisobotni taqdim etish muddatlari
760. Mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 6-bobi 5-paragrafida koʻzda tutilgan birlamchi xabarnoma taqdim etilganidan soʻng yozma hisobot bir oy ichida taqdim etilishi lozim.
761. Qoidaga koʻra Uzatish tizimi operatori tegishli Foydalanuvchidan yuzaga kelgan bu kabi har qanday muhim hodisa toʻgʻrisidagi axborot olingan vaqtdan boshlab toʻrt soat davomida dastlabki yozma hisobotni soʻrab oladi. Bundan keyin Foydalanuvchi hodisaning sababini tekshirishi va barcha zaruriy choralarni koʻrishi kerak. Rasmiy yozma hisobot mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 7-bobi 2-paragrafi muvofiq uch ish kuni davomida taqdim etilishi lozim.
762. Uzatish tizimida muhim hodisa sodir boʻlgan boʻlsa, unda Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 7-bobi 2-paragrafiga muvofiq Foydalanuvchining rasmiy yozma hisobotini olgan vaqtdan boshlab uch ish kuni davomida bundan zarar koʻrgan Foydalanuvchilarga tegishli hisobotni taqdim etishi lozim.
Foydalanuvchiga muhim hodisa yuzaga kelganligi toʻgʻrisida xabar berish uchun uch ish kunidan koʻproq vaqt talab etilsa, u tegishli tekshiruvlarni olib borish uchun Uzatish tizimi operatoridan qoʻshimcha muddat soʻrashi mumkin.
4-§. Birgalikda tekshiruv oʻtkazish tartibi
763. Muhim hodisa eʼlon qilingan va hisobot taqdim etilgan boʻlsa, zarar koʻrgan Tomon yoki Tomonlar birgalikda tekshiruv oʻtkazish haqida yozma ravishda murojaat qilishlari mumkin.
764. Tekshirish guruhining tarkibi tekshirilishi lozim boʻlgan muhim hodisaga tegishli barcha manfaatdor Tomonlar bilan kelishilishi lozim.
Kelishuvga erishilmagan taqdirda qaror Vazirlik tomonidan qabul qilinadi.
765. Birgalikdagi tekshiruv oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan shartlar va tartiblar hamda barcha boshqa masalalar Tomonlar tarafidan birgalikdagi tekshiruv vaqtida kechiktirilmasdan kelishilishi lozim.
Birgalikdagi tekshiruv, muhim hodisa yuzaga kelgandan soʻng, imkon qadar tezroq boshlanishi va oʻn ish kuni davomida yakunlanishi kerak.
Hisobot Uzatish tizimi operatori tomonidan tekshiruv guruhi nomidan zarar koʻrgan tegishli Tomonlarga va Vazirlikka keyingi uch ish kuni davomida taqdim etiladi.
766. Mazkur hisobot yakuniy hisobot deb hisoblanmasa, holatlar va sharoitlar haqida Uzatish tizimi operatori zarar koʻrgan tegishli Tomonlar va Vazirlikka xabar berishi lozim.
Tegishli Tomon, yakuniy hisobotni tayyorlashning kechikishiga eʼtiroz bildirsa, Vazirlik toʻliq va yakuniy hisobot taqdim etilish muddatini belgilaydi.
767. Tekshirish guruhi aʼzolari biron bir masala boʻyicha kelisha olmasalar, bu hisobotda qayd etilishi lozim, shuningdek, koʻpchilikning hisoboti va kelishilmagan fikrlar alohida qayd etilishi kerak.
Hisobotning oʻrnatilgan muddatlarda va toʻliq tayyorlanishi uchun tekshiruv guruhi Raisi, alohida fikrga ega shaxslar — hisobotning ushbu qismlarini tayyorlash uchun masʼul hisoblanadi.
7-bob. Qurilma va uskunalarning identifikatsiyasi
1-§. Identifikatsiyalashning maqsadi
768. Identifikatsiyalashning maqsadi quyidagilardan iborat:
barcha podstansiyalar, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi (stansiyalar) qurilmalar va ulanish nuqtalarini notoʻgʻri talqin qilinishini istisno qiluvchi xos (identifikatsiyalangan) nomlari va unikal qisqartmalari (abbreviaturalar) bilan belgilash zarurati;
Ulanish shartnomasi imzolangandan soʻng operatorlik chegaralaridagi podstansiyalardagi barcha uskunalar ekspluatatsiya qilish chegaralarida Tizim operatori tomonidan tasdiqlangan qurilmalar va uskunalarni identifikatsiyalash tizimiga ega boʻladi. Uzatish tizimining xavfsiz va samarali ishlashini, undagi inson omilini kamaytirish uchun Uzatish tizimi operatori hamda Foydalanuvchi uskunalarini va qurilmalarini identifikatsiyalashning umumiy tizimidan foydalanish;
uskuna va qurilmalarni identifikatsiyalash, uskuna va qurilmalarni mavjud identifikatsiya qilinishidagi oʻzgarishlar va yangi uskuna va (yoki) qurilmani identifikatsiyalash toʻgʻrisidagi xabarnoma berish uchun operator chegaralarida qabul qilinishi kerak boʻlgan majburiyatlar va tartiblar;
ulanish nuqtasidagi uskuna va qurilmaning identifikatsiyasi mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan ulanish tartibiga muvofiq, ekspluatatsiya qilish chegarasiga ega boʻlgan, har bir maydoncha uchun tayyorlangan ekspluatatsiya sxemasiga kiritilishi.
2-§. Tomonlarning xos nomlari va qisqartma (abbreviatura)lari
769. Xavfsizlik va ekspluatatsiyaning samaradorligi taʼminlash maqsadida barcha Tomonlar — podstansiyalar, elektr stansiyalari va uzatish elektr tarmoqlariga ulangan ulanish nuqtalari yoki ularning qismlarini tashkil etuvchi barcha obyektlarning nomlari notoʻgʻri talqin qilinishi mumkin emasligi va barcha qisqartma (abbreviatura)lar Tomonlar uchun unikal boʻlishi muhim.
770. Barcha yuqori kuchlanishli Tomonlar toʻgʻrisidagi asosiy axborotlar Uzatish tizimi operatori tomonidan yuritilishi va yangilanib borishi lozim boʻlgan maʼlumotlar bazasining reyestrida mavjud boʻlishi kerak.
771. Foydalanuvchi yangi Tomonni uzatish elektr tarmogʻiga ulashni rejalashtirgan boʻlsa, chalkashlikning oldini olish uchun yangi Tomonning nomi qisqa fursatda Uzatish tizimi operatori bilan kelishilishi kerak.
Tomonning nomi kelishilishi bilanoq, Uzatish tizimi operatori ushbu Tomon uchun unikal qisqartma (abbreviatura)ni taqdim etishi lozim.
3-§. Uskuna va qurilmaning identifikatsiyasi
772. Barcha Tomonlar uchun uskuna va qurilmaning identifikatsiyasi mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
4-§. Yangi uskuna (qurilma)
773. Foydalanuvchi qurilmasini tarmoqning ekspluatatsiya chegarasiga ega boʻlgan qismiga oʻrnatmoqchi boʻlsa, unda qabul qilinishi lozim boʻlgan uskuna va qurilmaning identifikatsiya maʼlumotlari toʻgʻrisida ushbu qismdagi boshqa Tomonlarni xabardor qilishi kerak.
774. Xabarnoma tegishli Tomonlarga yozma ravishda yuboriladi va taklif etilayotgan yangi oʻrnatilayotgan qurilma va uning identifikatsiyasini oʻz ichiga oluvchi ekspluatatsiya sxemasidan tashkil topgan boʻladi.
775. Xabarnoma tegishli Tomonlarga, qurilmani oʻrnatish rejalashtirilgan sanadan kamida 8 (sakkiz) oy oldin yuborilishi kerak.
776. Xabarnomani oluvchilar uskuna va qurilmaning taklif etilayotgan identifikatsiyasi qabul qilinganligi yoki qilinmaganligi, identifikatsiya belgilarining boshqa uskuna va qurilmalarning identifikatsiyasi bilan adashtirilmasligini tasdiqlab, xabarnoma olgan vaqtdan boshlab 1 (bir) oy muddatda yozma ravishda javob berishlari lozim. Ushbu taklif qabul qilinishi mumkin boʻlmasa, unda yozma javob orqali maqbul variant bayon qilinadi.
777. Tizim operatori va boshqa obyektlar oʻrtasida kelishuvga erishilmasa, Tizim operatori oqilona harakat qilib, ushbu obyektda qoʻllaniladigan uskuna va qurilmaning identifikatsiyasini belgilash huquqiga ega.
778. Foydalanuvchilar soʻroviga koʻra, mazkur Qoidalarning VIII boʻlimining 8-bobiga muvofiq uskuna va qurilmalarning identifikatsiyasi tafsilotlari bilan taʼminlanadi, bunda ularga ekspluatatsiya chegarasida oʻz uskuna va qurilmalarini identifikatsiyasini rejalashtirishda yordam beradi.
779. Uskuna va qurilmaning identifikatsiya tafsilotlari kelishilgandan soʻng maʼlumotlar bazasi reyestriga kiritish uchun Tizim operatori va Uzatish tizimi operatoriga taqdim etiladi.
780. Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori va har bir Foydalanuvchi uskuna va qurilmalarining identifikatsiyasi aks etgan aniq va bir maʼnoli markirovkasini ishlab chiqish va oʻrnatish uchun javobgar hisoblanadi.
5-§. Mavjud uskuna(qurilma)
781. Uzatish tizimining bir qismidagi har qaysi Tomon, shu jumladan Uzatish tizimi operatori, har qaysi boshqa Tomonning soʻrovi boʻyicha ekspluatatsiya chegarasiga ega boʻlgan obyektlardagi uskuna va qurilmalarning identifikatsiyasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.
782. Uzatish tizimi operatori va Foydalanuvchilar ekspluatatsiya chegarasiga ega boʻlgan qismlardagi uning uskuna va qurilmalarini identifikatsiyasi aks etgan aniq va bir maʼnoli markirovka ishlab chiqish va oʻrnatish uchun javobgardir.
6-§. Mavjud uskuna(qurilma)lardagi oʻzgarishlar
783. Uzatish tizimi operatori yoki Foydalanuvchi, ekspluatatsiya chegarasiga ega boʻlgan har qanday qismdagi oʻzining uskuna va qurilmasidan biridagi mavjud identifikatsiyani oʻzgartirishni talab qilsa yoki shunga xohish bildirsa, yuqorida koʻrsatilgan qoidalar faqat oʻzgarish kiritilayotganligini aks ettirish uchun zarur boʻlgan har qanday tuzatishlar asnosida qoʻllaniladi.
784. Foydalanuvchi uskuna va qurilmaning identifikatsiyasini oʻzgartirgan taqdirda ushbu Foydalanuvchi aniq va bir maʼnoli markirovkani taʼminlash va oʻrnatish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
785. Uzatish tizimi operatori oʻz uskunasi va qurilmasining identifikatsiyasini oʻzgartirgan hollarda, aniq va bir maʼnoli markirovkani ishlab chiqish va oʻrnatish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
7-§. Xizmat koʻrsatish boʻyicha majburiyat
786. Tomonlar notoʻgʻri talqin qilinishi mumkin boʻlgan nom yoki qisqartma (abbreviatura), raqamlash va (yoki) nomenklatura aks ettirilgan markirovkali apparatura va (yoki) qurilmani oʻz obyektida oʻrnatmasliklari yoki oʻrnatishga ruxsat bermasliklari kerak.
787. Hech qaysi Tomon ekspluatatsiya chegaraoldi qismlarida, boshqa Tomonning identifikatsiyasi bilan adashtirish mumkin boʻlgan, oʻsha qismdagi identifikatsiyaga ega boʻlgan apparatura va (yoki) qurilmani oʻrnatmasligi yoki oʻrnatishga ruxsat bermasligi, boshqa Tomonning yozma roziligisiz hech qaysi identifikatsiyani oʻzgartirmasligi lozim.
788. Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori yoki elektr energetika tizimidagi nazorat organi markirovkaning toʻgʻriligini tekshirish maqsadida tashrif buyurishi va bunday tekshirishlarni maʼlum bir davriylikda oʻtkazib borishi mumkin.
Markirovkaning toʻgʻriligi va belgilangan talablarga javob berishini taʼminlash Foydalanuvchining majburiyatidir.
IX boʻlim. Tegishli tizim operatorlari va Foydalanuvchilar obyektlari muvofiqligini baholash
1-bob. Muvofiqligini baholashning umumiy shartlari
789. Foydalanuvchilar uzatish tizimiga ulanish vaqtida, shuningdek taqsimlash tizimi, isteʼmolchi uskunalari yoki elektr stansiyalarining kelgusi ekspluatatsiyasi davomida oʻz tizimlarida mavjud uskuna va qurilmalarning Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda muvofiqligi tasdiqlangan boʻlishi va mazkur Qoidalar talablariga javob berishi uchun javobgardirlar.
790. Foydalanuvchilar ulanish vaqtida, muntazam ravishda va Foydalanuvchining tizimi mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlishiga sabab boʻluvchi har qanday hodisa sodir boʻlganda Tegishli tizim operatoriga va (yoki) Nazorat qiluvchi organga oʻz tizimlarining mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini namoyish qilishlari lozim. Zarur boʻlganda, oʻz qurilmalariga muvofiqlikni baholash organi tomonidan rasmiylashtirilgan yoki roʻyxatga olingan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin.
791. Ulanishda uskunalar va qurilmalarning talablarga muvofiqligi mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Nazorat qiluvchi organ tomonidan taqdim etilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnomaga binoan tasdiqlanadi.
792. Tizim operatoriga yordamchi xizmatlarni koʻrsatuvchi taqsimlash tizimiga ulangan generatsiyalovchi modullar va Isteʼmolchilarning talablarga muvofiqligi yuzasidan oʻtkaziladigan monitoringga Tegishli tizim operatorlari Uzatish tizimi operatorini jalb qiladi.
793. Takroriy rejaga yoki umumiy sxemaga muvofiq Tegishli tizim operatori Foydalanuvchidan obyektning talablarga muvofiqligi darajasiga taʼsir etuvchi har qanday holat — qurilmaning ishdan chiqishi, modifikatsiyasi oʻzgarishi yoki almashtirilishidan soʻng Qoidalar talablariga muvofiqligini baholash va modellashtirish sinashlarini amalga oshirishni talab qilishga haqli. Ushbu sinashlar Nazorat qiluvchi organ tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin.
794. Tegishli tizim operatori elektr tarmoqlari Foydalanuvchilarini oʻtkazilgan barcha sinash natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
795. Tegishli tizim operatoriga bogʻliq sabablarga koʻra uning tarmoqlarida Tizim operatori va Foydalanuvchi oʻrtasidagi kelishuvga asosan sinashlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan taqdirda Tegishli tizim operatori Qoidalarning X boʻlim 2-bobda koʻrsatilgan operativ bildirgini asossiz rad etmasligi kerak.
796. Tegishli tizim operatori taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlar roʻyxatini, shuningdek elektr tarmoqlari Foydalanuvchilari tomonidan muvofiqlikni baholash qoidalarining shaffof boʻlishini taʼminlashi lozim.
797. Muvofiqlikni baholash talablarini bajarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Foydalanuvchi tomonidan qoplanadi.
Foydalanuvchi Tizim operatori yoki Tegishli tizimi operatori tomonidan muvofiqlikni baholash va modellashtirish boʻyicha sinashlarni amalga oshirish asoslanmagan holatlarda talab qilinmoqda deb hisoblasa, ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilish uchun Vazirlikka murojaat etishi mumkin.
2-bob. Foydalanuvchilar uskunalarining muvofiqligi
1-§. Hujjatlar
798. Tegishli tizim operatori Foydalanuvchilardan taqdim etishni talab qiladigan maʼlumotlar quyidagi tasdiqlovchi dalillarni oʻz ichiga olishi shart:
uskuna elektr energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga va xavfsizlik, atrof muhitni himoya qilish va qurilish meʼyorlari talablariga muvofiqligi;
uskuna ulanish shartnomasi, ulanishga texnik shart va elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha kelishuvning barcha talablariga muvofiqligi;
elektr qurilmasini qurishda foydalanilgan barcha uskuna va qurilmalar muvofiqlikni baholash organi tomonidan muvofiqligi tasdiqlanganligi toʻgʻrisida tegishli hujjatlar.
799. Muvofiqlikni baholash va modellashtirilgan sinashlar amalga oshirishdan ozod qilingan ayrim Foydalanuvchilar amaldagi qonunchilik va mazkur Qoidalar talablariga binoan, istisno tariqasida yengillik berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
2-§. Chastota diapazoni
800. Uskunalar Qoidalarning 118 — 121-bandlari talablariga muvofiqligi koʻrsatilishi lozim. Foydalanuvchilar uchun muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishning oʻzi yetarli boʻladi.
3-§. Kuchlanishlar diapazoni
801. Uskunalarning mazkur Qoidalar 122 — 126-bandlari talablariga muvofiqligi koʻrsatilishi lozim. Muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishning oʻzi yetarli boʻladi.
4-§. Elektr energiyasining sifati
802. Uskunalarning mazkur Qoidalar 133 — 141-bandlari talablariga muvofiqligi koʻrsatilishi lozim.
Elektr energiyasining sifatini tasdiqlash uchun muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, bir vaqtning oʻzida ulanishi mumkin boʻlgan barcha qurilmalarning birgalikda ishlashdagi umumiy koʻrsatkichlari ushbu talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi dalil sifatida isteʼmolchilarga taqdim etilishi yetarli boʻladi.
803. Tegishli tizim operatorida qurilmalarning birgalikda ishlashdagi koʻrsatkichlari Qoidalar talablariga muvofiqligining isboti yuzasidan shubha hosil boʻlsa, u holda Tegishli tizim operatori oʻz xohishiga koʻra muvofiqlikni baholash va modellashtirilgan sinashlar amalga oshirish yoʻli bilan olingan qoʻshimcha dalillarni talab qilishga haqli.
5-§. Fazalarning nomutanosibligi
804. Qoidalarning 140-bandi talablariga muvofiqligi Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi berilgunga qadar, qurilmaning ulanishiga havola qilish asnosida koʻrsatilishi va X boʻlim 2-bobga muvofiq Yakuniy operativ bildirgi berilgunga qadar oʻlchash bilan tasdiqlanishi kerak.
6-§. Himoyaga qoʻyiladigan talablar
805. Qoidalarning 141 — 148-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi berilgunga qadar Tegishli tizim operatori tomonidan tegishli ishga tushirish sinashlarini amalga oshirish va qoʻllaniladigan sozlamalarning tasdigʻi orqali koʻrsatilishi lozim.
7-§. Aloqa va operativ rejimda axborot almashish
806. Qoidalarning 149 — 151-bandlari talablariga muvofiq, Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi berilgunga qadar muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar yoki koʻrik asosida tasdiqlanishi va Oraliq operativ bildirgi berilgunga qadar axborot almashish va operativ nazorat orqali tasdiqlanishi kerak.
3-bob. Generatsiyalovchi modullarning muvofiqligi
1-§. Barcha generatsiyalovchi modullar uchun umumiy qoidalar
807. Elektr stansiyalari operatorlari taqdim etishi lozim boʻlgan maʼlumot va hujjatlar roʻyxati quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Elektr stansiyalari operatori tomonidan muvofiqlikni baholash uchun taqdim etilishi zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar, hujjatlar va muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
generatsiyalovchi modulning tarmoqqa ulanishiga taalluqli texnik koʻrsatkichlari (xarakteristikalar) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
barqarorlik boʻyicha modellashtirishga qoʻyiladigan talablar — yagona elektr energetika tizimining statik va dinamik turgʻunlik tadqiqotlari;
tadqiqotlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarini taqdim etish muddatlari;
Qoidalarning IX boʻlim 3-bobi 4-5-paragraflarida bayon etilgan talablarga muvofiq kutilayotgan statik va dinamik koʻrsatkichlari (xarakteristikalar) namoyish etilishi uchun Elektr stansiyalari operatori tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar;
qurilmalar yoki asbob-uskunalar muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarini olish va ularni rasmiylashtirish shartlari va tartiblari;
Elektr stansiyalari operatorlariga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan tegishli uskunalarning muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish tartibi va shartlari, shu jumladan qoʻllanilish sohasi.
808. Tegishli tizim operatori sinashlar, modellashtirish hamda monitoring boʻyicha Elektr stansiyalari operatori va Tizim operatori oʻrtasidagi majburiyatlarning taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib boradi.
809. Oʻrnatilgan quvvati 50 kW gacha boʻlgan sinxron generatsiyalovchi modullar operatorlari tomonidan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda, ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik maʼlumotlar, sinash natijalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan hujjatlarini taqdim etiladi.
Bunday modullar uchun modellashtirish yoki test sinashlari amalga oshirish talab etilmaydi.
2-§. Oʻrnatilgan quvvati 50 kW dan yuqori boʻlgan sinxron generatsiyalovchi modullarni muvofiqligini modellashtirish koʻlami
810. Elektr stansiyalarining alohida generatsiyalovchi modullarini immitatsion modellashtirish mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini namoyish etishga qaratilgan boʻlishi lozim.
811. Muvofiqlikni modellashtirishga ushbu boʻlimda koʻrsatib oʻtilganlar minimal talablar belgilangan boʻlsada, Tegishli tizim operatori quyidagilarga haqli:
Elektr stansiyalari operatoriga mazkur Qoidalar va milliy qonunchilikda belgilangan talablariga zid boʻlmagan hamda ushbu sinashlar samarali ekanligi asoslab berilgan muvofiqlikni baholash va modellashtirilgan sinashlar amalga oshirishning muqobil imitatsiya shaklidan foydalanishga ruxsat berish;
Elektr stansiyalari operatori tomonidan muvofiqlikni baholash va modellashtirilgan sinashlar yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlar yetarli deb hisoblamagan taqdirda, mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bobi 4-5-paragraflarida talablariga binoan Elektr stansiyalari operatoridan sinashlar, modellashtirilgan sinashlarning imitatsiyasi va qoʻshimcha shakllaridan foydalanishni talab etish.
812. Elektr stansiyalar operatori Qoidalar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun elektr stansiyalarining har bir alohida generatsiyalovchi modul boʻyicha modellashtirish natijalari bilan hisobot taqdim etishi kerak.
Elektr stansiyalar operatori ushbu generatsiyalovchi modul uchun imitatsiyalangan model ishlab chiqishi va taqdim etishi lozim. Imitatsiya modellarining qisqacha mazmuni mazkur Qoidalarning IX boʻlimning 3-bobi 3-paragrafida keltirilgan.
813. Tegishli tizim operatori generatsiyalovchi modulning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini baholash maqsadida modellashtirish, imitatsiya modellari va amalga oshirilgan oʻlchashlar yuzasidan taqdim etilgan hisobotlar asosida oʻzining shaxsiy imitatsiya sinashlarini amalga oshirish yoʻli bilan tekshirish huquqiga ega.
3-§. Oʻrnatilgan quvvati 50 kW dan yuqori boʻlgan sinxron generatsiyalovchi modullar uchun muvofiqlikni modellashtirish koʻlami chegarasi
814. Tegishli tizim operatori yoki Tizim operatorining talabi boʻyicha Elektr stansiyalari operatori statik va dinamik rejimlar yoki elektr magnit oʻtish jarayonlarini modellashtirish orqali generatsiyalovchi modulning harakatini toʻgʻri aks ettiruvchi imitatsiya modellarini taqdim etishi lozim.
815. Tegishli tizim operatori mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bobi 4 va 5-paragraflarining talablariga muvofiq, Elektr stansiyalari operatoriga soʻralgan imitatsiyalangan modellashtirishni amalga oshirishi uchun tegishli tarmoqning barcha texnik maʼlumotlari va imitatsiya modelini taqdim etadi.
816. Elektr stansiyalari operatori tomonidan taqdim etilgan modellar mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bobi 6 — 8-paragraflarida koʻrsatilgan sinash natijalariga koʻra sinash mezonlari boʻyicha tekshirilgan boʻlishi shart.
Bunday tekshiruvlar Nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, tekshiruv natijalari haqida Tegishli tizim operatori yoki Tizimi operatorini xabardor qilishi kerak.
817. Elektr stansiyalari operatori tomonidan taqdim etilgan modellar tarkibidagi alohida komponentlarga koʻra quyidagi kichik modellardan tashkil topishi kerak:
oʻzgaruvchan tok generatori va birlamchi dvigatel;
tezlik va quvvatni boshqarish;
kuchlanishni rostlash, agar mavjud boʻlsa energetika tizimi stabilizatori (PSS) funksiyasi va qoʻzgʻatishni rostlash tizimi;
Tegishli tizim operatori va Elektr stansiya operatori oʻrtasida kelishilgan generatsiyalovchi modullarni himoyalash modellari;
Sinxron boʻlmagan (nosinxron) generatsiyalovchi modullar uchun oʻzgartirgichlarning modellari.
818. Tegishli tizim operatorining mazkur Qoidalarning 814-bandida keltirilgan soʻrovi Tizimi operatori bilan kelishilishi kerak. Mazkur soʻrov quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
modellar taqdim etilishi lozim boʻlgan format,
modelning tuzilmasi va tuzilish sxemalari boʻyicha hujjatlarni taqdim etilishi,
ulanish nuqtasidagi elektr tarmoqning ekvivalenti sifatida qisqa tutashuvning minimal va maksimal quvvatining baholanishi (MVA da ifodalanadi).
819. Elektr stansiyalari operatori zarur boʻlsa, Tegishli tizim operatori yoki Tizimi operatoriga generatsiyalovchi modullar ishining yozuvlarini taqdim etishi lozim.
Tegishli tizim operatori yoki Tizim operatori modellarning xarakteristikalarini ushbu yozuvlar bilan taqqoslash uchun soʻrov yuborishi mumkin.
4-§. Oʻrnatilgan quvvati 50 kW dan yuqori boʻlgan sinxron generatsiyalovchi modullar uchun muvofiqlikni modellashtirish
820. Aktiv quvvat ishlab chiqarishni modellashtirishga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
generatsiyalovchi modulning mazkur Qoidalarning 159 va 160-bandlari talablariga muvofiq toʻliq kuchlanish va chastota diapazonida aktiv quvvat ishlab chiqarish imkoniyati modellari (simulyatsiyasi) koʻrsatishi kerak;
modellashtirish, chastotaning pasayishi va oʻlik zonaning sozlamalarini hisobga olgan holda aktiv quvvat chastotaviy xarakteristikasining barcha diapazonini ishga tushirish uchun yetarli boʻlgan chastotaviy pogʻonalarni tuzish orqali amalga oshirilishi kerak.
821. Alohida ishlashni modellashtirishga nisbatan quyidagi talablar belgilanadi:
generatsiyalovchi modulni alohida ishlash rejimida mazkur Qoidalarning 185 — 188-bandlarida koʻrsatilgan talablardagi ishchi xarakteristikalar namoyish etilishi kerak;
generatsiyalovchi modul aktiv quvvatini, oʻzining avvalgi ishchi nuqtasidan har qanday yangi ishchi nuqtasigacha mazkur Qoidalarga 188-bandi va mos ravishda mazkur Qoidalarga 12-ilovada koʻrsatilgan chegaralarda chastotaning koʻtarilishi yoki pasayishi davomida alohida zonadan oʻchirmasdan kamaytirsa yoki koʻpaytirsa, imitatsiya modeli muvaffaqiyatli deb hisoblanadi.
822. Reaktiv quvvat ishlab chiqarishni modellashtirishga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) mazkur Qoidalarning 175 va 176-bandlari talablariga muvofiq, generatsiyalovchi modulning ilgarilovchi va kechikuvchi reaktiv quvvat bilan taʼminlash qobiliyati namoyish etilishi lozim;
b) quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda modellashtirish muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
generatsiyalovchi modulning imitatsiya modeli mazkur Qoidalarning 830-bandida keltirilgan reaktiv quvvat sinashlar natijasida muvofiqligi tasdiqlanganda;
mazkur Qoidalarning 175 va 176-bandlari talablariga muvofiqligi namoyish etilganida.
823. Quvvati 200 MW dan yuqori issiqlik va quvvati 100 MW dan yuqori gidrogeneratsiyalovchi modullarning quvvat tebranishlarini dempfirlash (yumshatish)ni boshqarish tizimini modellashtirishga nisbatan quyidagilar talab etiladi:
a) generatsiyalovchi modulning ish samaradorligi uning boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan (energetika tizimi stabilizatori (PSS) mazkur Qoidalarning 190-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlarga muvofiq aktiv quvvat tebranishlarini soʻndirishga (susaytirishga) qodir ekanligi namoyish etilishi (koʻrsatilishi) kerak;
b) sozlama faqat kuchlanishni avtomatik rostlagichining harakatlariga mos ravishda energetika tizimi stabilizatori (PSS) rostlagichlari harakatlari chiqishdagi aktiv quvvatni dempfirlashni yaxshilanishiga olib kelishi kerak;
v) quyidagi shartlar toʻliq bajarilgan taqdirda modellashtirish muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
energetika tizimi stabilizatorining (PSS) generatsiyalovchi modullarning aktiv quvvatining tebranishlarini Tizim operatori tomonidan belgilangan chastotalar diapazonida soʻndirishi. Ushbu chastota diapazoni, generatsiyalovchi modulning ish rejimidan va tarmoq tebranishidan yuzaga kelayotgan tebranishlarni oʻz ichiga olishi kerak;
generatsiyalovchi modul yuklamasini maksimal quvvatdan 1,0 n.b. dan 0,6 n.b.gacha keskin pasayishi generatsiyalovchi modulning aktiv yoki reaktiv quvvatlarining soʻnmaydigan tebranishlariga olib kelmasligi kerak.
5-§. “B”, “C” va “D” turdagi nosinxron generatsiyalovchi modullar uchun muvofiqlikni modellashtirish
824. Barcha “B”, “C” va “D” turdagi sinxron boʻlmagan (nosinxron) generatsiyalovchi modullar mazkur paragrafda keltirilgan talablarga muvofiq modellashtirish sinashlaridan oʻtkazishlari lozim.
Elektr stansiyasi operatori ushbu modellashtirish sinashlarining barchasini yoki bir qismini amalga oshirish oʻrniga Tegishli tizim operatoriga muvofiqlikni baholash organi tomonidan mazkur uskunalarga rasmiylashtirilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi mumkin.
825. Qisqa tutashuv tokini modellashtirishga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
mazkur Qoidalarning 226 — 228-bandlariga muvofiq, nosinxron generatsiyalovchi modulning qisqa tutashuv tokini hosil qilishni (inyeksiyasini) taʼminlash imkoniyati koʻrsatib berilishi lozim;
mazkur Qoidalarning 226 — 228-bandlariga talablariga muvofiqligi namoyish etilsa, modellashtirish muvaffaqiyatli deb hisoblanadi.
826. Chastotaning tebranishiga reaksiyani modellashtirishga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) mazkur Qoidalarning 201 — 209-bandlarida koʻrsatib oʻtilganidek nosinxron generatsiyalovchi modulni chastotaning barcha diapazonlarida aktiv quvvat ishlab chiqarish imkoniyati koʻrsatib berilishi kerak;
b) modellashtirish keskin oʻzgarish va oʻlik zona oʻrnatmalarini hisobga olgan holda, aktiv quvvatning chastotaviy xarakteristikasining butun diapazonini qamrab olish uchun yetarli chastotaviy pogʻonalarni modellashtirish orqali amalga oshirilishi lozim;
v) quyidagi holatlarda modellashtirish muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
nosinxron generatsiyalovchi modulning imitatsiya modeli mazkur Qoidalarning 835-bandida koʻrsatib oʻtilgan chastotaviy xarakteristikaga muvofiqligi boʻyicha sinashlar orqali muvofiqligi baholanganda;
mazkur Qoidalarning 192 — 209-bandlari talablariga muvofiqligi koʻrsatilganda.
827. Reaktiv quvvatni ishlab chiqarishni (saqlab turish imkoniyatini) modellashtirishga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) mazkur Qoidalarning 210 — 225-bandlari talablariga muvofiq, nosinxron generatsiyalovchi modullar ilgarilovchi va kechikuvchi reaktiv quvvatni taʼminlashga qodirligini namoyish etishi lozim;
b) quyidagi barcha shartlar bajarilsa modellashtirish, muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
nosinxron generatsiyalovchi modulning imitatsiya modeli, mazkur Qoidalarning 837-bandida koʻrsatib oʻtilgan reaktiv quvvat ishlab chiqarishini sinashlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanganda;
mazkur Qoidalarning 210 — 225-bandlari talablarga muvofiqligi koʻrsatilganda.
6-§. Oʻrnatilgan quvvati 50 kW dan yuqori boʻlgan sinxron generatsiyalovchi modullarni muvofiqlikka tekshirish
828. Aktiv quvvat ishlab chiqarish va chastotani rostlashni boshqarishga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) generatsiyalovchi modul chastotani rostlashni taʼminlashi uchun maksimal quvvat va rostlashning minimal darajasi oʻrtasida toʻliq ishchi diapazonda ishlab chiqarilayotgan aktiv quvvatni uzluksiz oʻzgartirishga texnik jihatdan qodir ekanligi (imkoniyati mavjudligi)ni namoyish etishi kerak. Belgilangan rostlash parametrlarini, shu jumladan statizm, oʻlik zona va chastota pogʻonalarni oʻzgartirishga javobi hamda chastotaning katta va tez ogʻishlarini oʻz ichiga olgan dinamik parametrlar tekshirilishi lozim;
b) sinashlar statizm va oʻlik zonani sozlamalarini eʼtiborga olgan holda, chastota oʻzgarishiga mos ravishda aktiv quvvat oʻzgarishi barcha diapazonlarda ishlashi uchun yetarlicha katta boʻlgan miqdorda ortishini hamda tegishli ishchi nuqtasidan chiqishdagi aktiv quvvatning haqiqiy oshirish yoki kamaytirish imkoniyatini modellashtirish orqali oʻtkazilishi shart. Zarurat boʻlganda chastota ogʻishining imitatsiya qilingan signallari bir vaqtning oʻzida qurilmaning tezlik va yuklama rostlagichi yoki boshqarish tizimining hisob boshlashiga bir vaqtda uzatilishi kerak;
v) quyidagilar bajarilsa modellashtirish, muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
aktiv quvvatni chastotaviy xarakteristikasini toʻliq diapazonini faollashtirish vaqti mazkur Qoidalarning 161-bandi talablaridan oshmasa;
chastota oʻzgarishiga javobdan soʻng soʻnmaydigan tebranishlar paydo boʻlmasa;
kechikishning boshlangʻich vaqti mazkur Qoidalarning 165-bandiga muvofiq boʻlsa;
tushib ketish va oʻlik zonasi oʻrnatmalari mazkur Qoidalarning 165-bandida koʻrsatilgan diapazondagi qiymatlardan ortmasa;
aktiv quvvatning chastotaviy xarakteristikasi sezuvchan emasligi har qanday tegishli ishchi nuqtada mazkur Qoidalarning 165-bandida koʻrsatib oʻtilgan qiymatlardan oshmagan taqdirda muvaffaqiyatli hisoblanadi.
829. Oʻz ehtiyojlarini qoplash rejimiga oʻtish boʻyicha oʻtkaziladigan sinashlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
generatsiyalovchi modulning yagona elektr energetika tizimidan uzilib, oʻz ehtiyojlarini qoplash uchun avtonom va barqaror ishlashning texnik imkoniyatlari koʻrsatib berilishi;
sinash generatsiyalovchi modulning yuklamani yoʻqotishidan (tushishidan) oldin maksimal aktiv quvvatida va nominal reaktiv quvvatda oʻtkazilishi;
Tegishli tizim operatori mazkur Qoidalarning 179 — 181-bandlari talablarini hisobga olgan holda qoʻshimcha shartlarni belgilash huquqiga ega;
tarmoqdan uzilish va oʻz ehtiyojlarini qoplash muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa hamda mazkur Qoidalarning 181-bandida koʻrsatilgan vaqt davomida oʻz ehtiyojlarini qoplash rejimida barqaror ishlashi namoyish etilsa va tarmoqqa qayta sinxronlash muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, sinash muvaffaqiyatli amalga oshirilgan hisoblanadi.
830. Reaktiv quvvat sinashiga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
generatsiyalovchi modulning mazkur Qoidalarning 175 va 176-bandlari talablariga muvofiq ilgarilovchi va kechikuvchi reaktiv quvvatni taʼminlash boʻyicha texnik imkoniyatlari koʻrsatilishi lozim;
generatsiyalovchi modul maksimal reaktiv quvvat bilan ham ilgarilash ham kechikish rejimida minimal barqaror ishlash rejimida maksimal quvvat chiqarishda va maksimal va minimal qiymatlar oraligʻida aktiv quvvat ishlab chiqarish ish rejimida bir soatdan kam boʻlmagan vaqt mobaynida ishlasa, sinash muvaffaqiyatli hisoblanadi. Bunda generatsiyalovchi modulning reaktiv quvvatning oʻrnatilgan yoki kelishilgan qiymatini har qanday diapazonga oʻtish imkoniyatlari namoyish etilishi kerak.
831. Noldan ishga tushirish imkoniyati sinashlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
noldan ishga tushish imkoniyatiga ega generatsiyalovchi modullar uchun oʻchishdan soʻng tashqi elektr taʼminoti manbalarisiz ishga tushirish boʻyicha texnik imkoniyati koʻrsatib berilishi lozim.
Tegishli tizim operatori tomonidan, Tizim operatori bilan kelishilgan cheklovlar chegarasida ishga tushirish vaqti saqlab berilsa, sinash muvaffaqiyatli oʻtkazilgan hisoblanadi.
832. Elektr stansiyalari operatori tegishli sinashni amalga oshirish oʻrniga, tegishli qurilmalarga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlaridan foydalanishi mumkin. Bunda qurilmaga berilgan muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya va sinash bayonnomalari Tegishli tizim operatoriga taqdim etilishi kerak.
7-§. “B”, “C” va “D” turdagi nosinxron generatsiyalovchi modullarning muvofiqligini baholash
833. “V”, “S” va “D” turdagi nosinxron generatsiyalovchi modullarga nisbatan chastota xarakteristikalariga muvofiqligi yuzasidan sinashlar amalga oshiriladi.
Elektr stansiyalari operatori tegishli sinashni amalga oshirish oʻrniga, muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida uskuna (qurilmalar)ning muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanishi mumkin.
Bunday holatda uskuna (qurilma)larga berilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlari Tegishli tizim operatoriga taqdim etiladi.
834. Chastota xarakteristikalarining sinashlari Tegishli tizim operatori tomonidan tanlangan boshqaruv sxemasi tanlovini aks ettirishi shart.
835. Chastota xarakteristikalarining sinashlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
nosinxron generatsiyalovchi modulning yagona elektr energetika tizimida chastota oʻzgarishi sodir boʻlganida chastotani rostlashni taʼminlash uchun uzluksiz aktiv quvvat ishlab chiqara olishining texnik imkoniyati namoyish etilishi kerak. Bunda statizm va oʻlik zonasi hamda dinamik parametrlari tekshiriladi;
sinash statizm va sezmaslik zonasini hisobga olgan holda, maksimal aktiv quvvatdan kamida 10 foizga oʻzgarishini keltirib chiqarishi uchun chastota pogʻonalarini imitatsiya qilish yoʻli bilan oʻtkazilishi lozim. Ushbu sinashni amalga oshirish uchun chastota ogʻishining imitatsiya qilingan signallari boshqaruv tizimiga bir vaqtda uzatiladi;
sinash dinamik va statik parametrlar boʻyicha mazkur Qoidalarning 192 — 209-bandlarida bayon etilgan talablarga mos boʻlgan holatda muvaffaqiyatli oʻtkazilgan hisoblanadi.
8-§. “C” va “D” turdagi nosinxron generatsiyalovchi modullarning qoʻshimcha sinashlari
836. Mazkur Qoidalarning IX boʻlimi 3-bobi 7-paragrafida belgilangan talablarga asosan amalga oshiriladigan sinashlarga qoʻshimcha ravishda Elektr stansiyasi operatorlari “C” va “D” turdagi nosinxron generatsiyalovchi modullarga nisbatan mazkur paragrafda koʻrsatib oʻtilgan talablar boʻyicha ham sinashlar amalga oshirishi lozim.
Elektr stansiyasi operatori tegishli sinashni amalga oshirish oʻrniga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlaridan foydalanishi mumkin. Bunday holatda qurilmaga berilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlari Tegishli tizim operatoriga taqdim etiladi.
837. Reaktiv quvvat sinashlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) nosinxron generatsiyalovchi modulning mazkur Qoidalarning 213 — 222-bandlari talablariga muvofiq ilgarilovchi va kechikuvchi reaktiv quvvatni taʼminlash boʻyicha texnik imkoniyatlari koʻrsatilishi;
b) sinash bir vaqtning oʻzida ilgarilovchi va kechikuvchi maksimal reaktiv quvvatda oʻtkazilishi lozim va quyidagi parametrlar tekshirilishi:
30 daqiqa davomida maksimal quvvatdan 60 foiz yuqori quvvatda ishlash;
30 daqiqa davomida maksimal ish samaradorligidan 30 — 50 foizga yuqori diapazonda ishlash;
60 daqiqa davomida maksimal ish samaradorligidan 10 — 20 foizga yuqori diapazonda ishlash;
v) quyidagi mezonlar bajarilganida, sinash muvaffaqiyatli hisoblanadi:
sinxron boʻlmagan (nosinxron) generatsiyalovchi modul ham ilgarilovchi ham kechikuvchi maksimal reaktiv quvvatda mazkur bandning b-kichik bandida koʻrsatilgan har bir parametr boʻyicha talab etilgan davomiylikdan kam boʻlmagan uzoq vaqt davomida ishlashi;
nosinxron generatsiyalovchi modulni reaktiv quvvatning kelishilgan yoki qabul qilingan diapazoni chegaralarida reaktiv quvvatning har qanday berilgan qiymatiga oʻta olish imkoniyatini namoyish etishi;
reaktiv quvvat diagrammasida belgilangan ish chegaralarda hech qanday himoyaviy harakat bajarilmaganida.
838. Kuchlanishni rostlash rejimi sinashiga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) nosinxron generatsiyalovchi modulning mazkur Qoidalarning 217 — 222-bandlari talablariga muvofiq, kuchlanishni rostlash rejimida ishlash imkoniyati namoyish etilishi kerak;
b) kuchlanishni rostlash rejimining sinashi davomida quyidagi parametrlar tekshiriladi:
mazkur Qoidalarning 217-bandiga muvofiq oʻzgarish qiyaligi va sezmaslik zonasi;
rostlash aniqligi;
tashqi aralashuvning yoʻqligi;
reaktiv quvvatni faollashtirish vaqti;
v) sinash quyidagi shartlar bajarilganida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan hisoblanadi:
rostlash hamda rostlanuvchi statizm va sezmaslik (oʻlik) zonasi diapazoni mazkur Qoidalarning 218-bandida koʻrsatib oʻtilgan yoki tanlangan parametrlarga mos kelishi;
mazkur Qoidalarning 217-bandiga muvofiq, kuchlanishni rostlashning sezmaslik darajasi 0,01 n.b. dan oshmaslik;
kuchlanishning pogʻonali oʻzgarishidan soʻng chiqish reaktiv quvvatining 90 foiz oʻzgarishiga mazkur Qoidalarning 219-bandida koʻrsatib oʻtilgan belgilangan vaqt va qiymatga erishish.
839. Reaktiv quvvatni rostlash rejimi sinashiga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) nosinxron generatsiyalovchi modulning mazkur Qoidalar 220-bandi talablariga muvofiq reaktiv quvvatni rostlash rejimida ishlash imkoniyati koʻrsatilishi;
b) reaktiv quvvatni rostlash rejimining sinashi reaktiv quvvatni saqlab turish imkoniyati sinashini qoʻshimcha ravishda toʻldirishi;
v) reaktiv quvvatni rostlash rejimining sinashi davomida quyidagi parametrlar tekshirilishi kerak:
reaktiv quvvat oʻrnatmasi va uning orttirmasi diapazoni;
rostlash aniqligi;
reaktiv quvvatni faollashtirish vaqti;
g) sinash quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
reaktiv quvvat oʻrnatmasi va uning orttirmasi diapazoni mazkur Qoidalarning 220-bandi talablariga muvofiqligi taʼminlansa;
rostlash aniqligi belgilangan shartlarga muvofiq boʻlsa.
840. Quvvat koeffitsiyentini rostlash rejimining sinashiga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) nosinxron generatsiyalovchi modulning mazkur Qoidalarning 221-bandiga muvofiq quvvat koeffitsiyentini rostlash rejimida ishlash imkoniyati koʻrsatilishi kerak;
b) quvvat koeffitsiyentini rostlash rejimining sinashi quyidagi parametrlarni oʻz ichiga olishi kerak:
quvvat koeffitsiyenti oʻrnatmalarining diapazoni;
rostlash aniqligini;
aktiv quvvatning pogʻonali oʻzgarishi hisobiga reaktiv quvvatning oʻzgarishi.
v) quyidagi barcha shartlar bajarilgan boʻlsa, sinash muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
quvvat koeffitsiyenti oʻrnatmasi va uning orttirmasi diapazoni mazkur Qoidalarning 221-bandi talablariga muvofiqligi taʼminlansa;
aktiv quvvatning pogʻonali oʻzgartirish natijasida reaktiv quvvatni faollashtirish vaqti, mazkur Qoidalarning 223-bandi talablariga muvofiq oʻrnatilgan qiymatlardan oshmasa;
rostlash aniqligi koʻrsatilgan qiymatlarga muvofiq boʻlsa.
841. Tegishli tizim operatori sinash oʻtkazish uchun mazkur Qoidalarning 838 — 840-bandlarida koʻrsatilgan 3 ta sinashlar shartlaridan faqat bittasini tanlashi mumkin.
4-bob. Uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tizimlari obyektlarining muvofiqligi
1-§. Taqsimlash tizimlari obyektlari muvofiqligini modellashtirishning umumiy shartlari
842. Taqsimlash tizimi operatorlari oʻzlarining uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tizimlarining mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini taʼminlashlari shart.
Talablar Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan yoki Uzatish tizimi operatori tizimini ekspluatatsiya qilish uchun moʻljallangan boʻlsa, ushbu talablarga muvofiq muqobil sinashlarni amalga oshirish yoki sinash natijalarini qabul qilish talablari Uzatish tizimi operatori bilan kelishilishi lozim.
843. Mazkur Qoidalarning IX boʻlimi 1 va 4-boblarida koʻzda tutilgan talablarga taʼsir qiluvchi har qanday ekspluatatsion hodisalar yoki nosozliklar, taqsimlash qurilmasi yoki tizimidagi toʻxtalishlar toʻgʻrisida Uzatish tizimi operatori va Tizim operatori toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita uchinchi Tomon orqali yuqorida keltirilgan holatlar sodir boʻlishidan soʻng darhol xabardor etilishi kerak.
844. Uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmalarining yoki taqsimlash tizimining mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini baholash boʻyicha rejalashtirilgan har qanday sinash jadvallari va ularni oʻtkazish tartibi Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan muddatlarda, ushbu tadbirlar boshlanishidan avval, Uzatish tizimi operatoriga taqdim etilishi kerak.
845. Uzatish tizimi operatori bunday sinashlarda ishtirok etishi va uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasi yoki tizimining ishini qayd etishi mumkin.
846. Uzatish tizimi operatori Nazorat qiluvchi organ bilan hamkorlikda uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasini yoki tizimining mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasi yoki taqsimlash tizimining butun ishlash muddati davomida baholashi mumkin.
Uzatish tizimi operatori baholash natijalari haqida Berk taqsimlash tizimi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorini xabardor qiladi.
847. Uzatish tizimi operatori, Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatoridan takroriy rejaga yoki umumiy sxemaga muvofiq, mazkur Qoidalar talablariga taʼsir etuvchi har qanday uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasining ishdan toʻxtashi, modifikatsiyasi yoki almashtirilishidan soʻng sinashlar yoki modellashtirishni oʻtkazishni talab etish huquqiga ega.
Sinashlar Elektr energetika sohasida Nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Uzatish tizimi operatori, Berk taqsimlash tizimi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorini ushbu sinashlarning natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak.
848. Uzatish tizimi operatori taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlar roʻyxatini hamda Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori tomonidan muvofiqlikni tasdiqlash jarayonida bajarilishi kerak boʻlgan talablarni barcha uchun shaffofligini taʼminlashi lozim.
Roʻyxat quyidagi maʼlumotlar, hujjatlar va talablarni oʻz ichiga oladi:
Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan barcha hujjatlar va muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
uzatish tizimiga ulangan, tarmoq ulanishiga yoki ekspluatatsiyasiga taalluqli boʻlgan taqsimlash qurilmasi yoki tizimining batafsil texnik maʼlumotlari;
statik va dinamik rejimlarni tadqiqot qilish uchun modellarga qoʻyiladigan talablar;
tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tizimli maʼlumotlarni taqdim etish muddatlari;
Mazkur Qoidalarning IX boʻlim, 4-bob, 3 — 5-paragraflari talablariga muvofiq kutilayotgan statik (barqaror) va dinamik holat xarakteristikalarni namoyish etish uchun Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatorining oʻrganishlari natijalari;
qurilmalarga berilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish hajmlarini oʻz ichiga olgan shartlar va tartiblar;
Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatorining muvofiqlikni baholash organi tomonidan uskuna (qurilma)larga berilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish shartlari va tartiblari.
849. Uzatish tizimi operatori talablarga muvofiqlik sinashlarini amalga oshirish, modellashtirish va monitoring qilish yuzasidan Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatorining majburiyatlarini belgilaydi hamda chop etilishini taʼminlaydi.
850. Uzatish tizimi operatori va Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori oʻrtasidagi kelishuv asosida amalga oshiriladigan muvofiqlik yoki modellashtirish yuzasidan sinashlarni Taqsimlash tizimi operatoriga taalluqli sabablarga koʻra oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, unda Taqsimlash tizimi operatori mazkur Qoidalarning X boʻlimi 2-bobida koʻrsatilgan operativ bildirgini asossiz rad etmasligi lozim.
851. Uzatish tizimiga ulangan Foydalanuvchi ishini imitatsiyali modellashtirish mazkur Qoidalarning talablari bajarilgan yoki bajarilmaganligini namoyish etishi kerak.
852. Modellashtirish quyidagi holatlarda oʻtkazilishi lozim:
uzatish tizimiga yangi ulanish talab etilganda;
qurilmalarni yanada takomillashtirish, almashtirish yoki modernizatsiya qilish tadbirlari amalga oshirilganda;
Tegishli tizim operatori tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilmaganligi aniqlanganda.
853. Mazkur Qoidalarda muvofiqlikni modellashtirishga belgilangan talablarning minimal ekanligiga qaramay, Uzatish tizimi operatori quyidagi huquqlarga ega:
Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatoriga mazkur Qoidalar va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini namoyish eta oladigan, samarali va toʻlaqonli deb hisoblangan muqobil modellashtirish (imitatsiyalar toʻplamini) oʻtkazishga ruxsat berish;
Uzatish tizimi operatori taqdim etgan maʼlumot IX boʻlimi 4-bobi 3 — 5-paragraflarining talablariga koʻra, mazkur Qoidalar talablariga muvofiqlikni namoyish etish uchun yetarli boʻlmagan holatlarda, Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatoridan qoʻshimcha ravishda yoki muqobil modellashtirish toʻplamlarini oʻtkazishni talab qilish.
854. Uzatish tizimiga ulangan Taqsimlash tizimi operatori, uzatish tizimiga ulangan har bir taqsimlash qurilmasi uchun alohida oʻtkazilgan modellashtirish natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi lozim. Taqsimlash tizimi operatori uzatish tizimiga ulangan har bir taqsimlash qurilmasi uchun kelishilgan imitatsiya modellarini ishlab chiqishi va taqdim etishi lozim.
Imitatsiya modellarining qisqacha mazmuni mazkur Qoidalarning IX boʻlimi 4-bobi 2-paragrafida koʻrsatib oʻtilgan.
855. Uzatish tizimi operatori modellashtirish, imitatsiyali modellar va muvofiqlikni baholash natijalari toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobotlar asosida shaxsiy modellashtirish oʻtkazish yoʻli bilan taqsimlash tizimining mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshirish huquqiga ega.
856. Uzatish tizimi operatori Taqsimlash tizimi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatoriga soʻralayotgan modellashtirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hajmda tarmoqning texnik maʼlumotlari va imitatsiya modelini taqdim etadi.
2-§. Taqsimlash tizimlari obyektlarining imitatsiya modeli
857. Uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tizimlari quyidagi 859 va 860-bandlarda belgilangan imitatsiya modellari yoki ekvivalent maʼlumotlarga tegishli talablarga javob berishi kerak.
858. Uzatish tizimi operatori statik va dinamik rejimlarda taqsimlash tizimining holatlarini (oʻzini tutishi) koʻrsatuvchi imitatsiya modellari yoki ekvivalent maʼlumotlarni talab etishi mumkin.
859. Uzatish tizimi operatori ushbu imitatsiya modellari yoki ekvivalent maʼlumotlarning tarkibi va shaklini belgilaydi, tarkib va shakl quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
statik va dinamik holatlar;
ulanish nuqtasida elektr magnit oʻtish jarayonlarini modellashtirish;
tuzilma va blokli sxemalar.
860. Dinamik modellashtirish maqsadlari uchun yuqoridagi 859-bandda koʻrsatib oʻtilgan imitatsiya modeli yoki ekvivalent maʼlumot quyidagi kichik modellarni yoki ekvivalent maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
quvvatni boshqarish;
kuchlanish nazorat qilish;
taqsimlash tizimi himoyasining modellari;
yuklamaning har xil turlari — texnik xarakteristikalari;
oʻzgartirgich modellari.
861. Uzatish tizimi operatori natijalarni modelda taqqoslash uchun uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tizimi qurilmalarida qayd etilgan maʼlumotlarni taqdim etishga boʻlgan talablarni belgilaydi.
3-§. Uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmalari uchun muvofiqlikni modellashtirish
862. Uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasining reaktiv quvvatni saqlab turish imkoniyatini modellashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yuklamaning va generatsiyaning turli rejimlarida reaktiv quvvat bilan almashinuvini hisoblash uchun uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tarmogʻidagi quvvatlar oqimini hisoblashning statik modelidan foydalanish;
eng kichik va eng katta reaktiv quvvat almashinuviga olib keluvchi, turgʻun minimal va maksimal yuklamalar va generatsiya sharoitlari uygʻunligi modellashtirishning bir qismi boʻlishi;
ulanish nuqtasidagi aktiv quvvat isteʼmolining maksimal qiymatining 25 foizidan kam boʻlgan oqimida reaktiv quvvat ishlab chiqarishni hisoblash modellashtirishning bir qismi boʻlishi.
863. Uzatish tizimi operatori ulangan taqsimlash tizimidan butun yagona elektr energetika tizimi manfaati uchun ulanish nuqtasida reaktiv quvvat almashinuvini boshqarishni talab etganda, Uzatish tizimi operatori reaktiv quvvatni boshqarish boʻyicha muvofiqlikni modellashtirish tartibi va uslubini belgilashi mumkin.
864. Natijalar quyidagi talablarga muvofiqlikni koʻrsatsa, imitatsiyali modellashtirish qoniqarli deb hisoblanadi:
a) Uzatish tizimi operatori uzatish tizimiga ulangan Taqsimlash tizimi operatori va boshqa Foydalanuvchilar birgalikdagi tahlil yoʻli bilan uzatish tizimining texnik yoki moliyaviy afzalliklarini isbotlaganda yoki Uzatish tizimi operatori muqobil qiymatlarni belgilagan vaziyatlarni istisno qilgan holda, reaktiv quvvat isteʼmol qilish va ishlab chiqarish uchun reaktiv quvvatning haqiqiy diapazoni quyidagilardan yuqori boʻlmasligi kerak:
reaktiv quvvat isteʼmolida isteʼmol qilinayotgan eng katta maksimal quvvatdan yoki ishlab chiqarilayotgan maksimal quvvatdan 33 foiz (quvvat koeffitsiyenti 0,95);
reaktiv quvvatni ishlab chiqarishda eng katta maksimal isteʼmol imkoniyatidan yoki maksimal ishlab chiqarish imkoniyatidan 33 foiz (quvvat koeffitsiyenti 0,95);
b) boshqa shart kelishilmagan boʻlsa, uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tarmogʻi aktiv quvvatning maksimal isteʼmol qilish imkoniyatining 25 foizidan kamroq oqimida ulanish nuqtasida reaktiv quvvatni ishlab chiqarmaydi (1 n.b. da berilgan kuchlanishda).
4-§. Uzatish tizimiga ulangan taqsimlash uskunalarida axborot almashinuvi talablariga muvofiqlikligini tekshirish
865. Uzatish tizimiga ulangan Uzatish tizimi operatori va Taqsimlash tizimi operatori oʻrtasida tezkor yoki davriy axborot almashinuvi uchun Uzatish tizimiga ulangan Foydalanuvchi texnik imkoniyatlarining mazkur Qoidalar IX boʻlimning 4-bobida belgilangan uzatuvchi taqsimlash tizimining axborot almashish talablariga javob berishi namoyish etilishi lozim.
866. Qurilmalarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar Uzatish tizimi operatori tomonidan taqdim etilgan holatda, mazkur Qoidalarning 865-bandida koʻzda tutilgan sinashlarning bir qismi oʻrnida foydalaniladi.
5-§. Uzatish tizimiga ulangan isteʼmolni oʻchirish va qayta ulash boʻyicha talablarga muvofiqligini tekshirish
867. Uzatish tizimiga ulangan Foydalanuvchilar mazkur Qoidalarning XI boʻlimi 5-bobida koʻrsatilgan oʻchirish va qayta ulanish talablariga javob berishi hamda quyidagi sinashlardan oʻtishi lozim.
868. Tarmoq ishida buzilish sababli tasodifiy uzilishdan soʻng qayta ulanish imkoniyatini sinashdan oʻtkazishga doir qayta ulash Uzatish tizimi operatori tomonidan ruxsat berilgan qayta ulash tartibiga asosan, maqbul avtomatlashtirish yordamida amalga oshirilishi kerak.
869. Sinxronlash sinashlarini amalga oshirish davomida, uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasining sinxronlash boʻyicha texnik imkoniyatlari namoyish etilishi kerak. Ushbu sinash sinxronlash qurilmalarining sozlamalarini tekshirish va kuchlanish, chastota, faza burchaklari diapazoni, kuchlanish hamda chastota ogʻishlari sinashlarni qamrab olishi kerak.
870. Masofadan oʻchirish sinashini amalga oshirishda, uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasini Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan va talab qilingan vaqt oraligʻida ulanish nuqtasida yoki nuqtalarida uzatish tizimidan masofadan oʻchirish boʻyicha texnik imkoniyati namoyish etilishi kerak.
871. Past chastotali talabni oʻchirish sinashlari davomida, uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasining Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan yuklamadan foizlarda oʻchirishning texnik imkoniyati mazkur Qoidalarning 1121 va 1122-bandlariga muvofiqligi namoyish etilishi kerak.
872. Chastota pasayishida oʻchirish relesining sinashlari davomida, uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasini nominal oʻzgaruvchan tokdan taʼminlanishi bilan ishlash imkoniyati namoyish etilishi kerak. Oʻzgaruvchan tokdan taʼminlanish parametrlari Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilanishi lozim.
873. Kuchlanishning pasayishida oʻchirish sinashlari davomida uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmasining mazkur Qoidalarning 1115-bandida koʻzda tutilgan yuklama ostida rostlash qurilmasining bitta taʼsirli rejimda bloklash bilan ishlashining texnik imkoniyatlari namoyish etilishi lozim.
874. Uskuna/qurilmaning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjati Uzatish tizimi operatoriga taqdim etilgan taqdirda, ushbu muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat yuqorida keltirilgan sinashlarning bir qismi sifatida qabul qilinishi mumkin.
5-bob. Uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilar uskunalarining muvofiqligi
1-§. Isteʼmolchilar uskunalari muvofiqligini modellashtirishning umumiy shartlari
875. Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchilar operatorlari isteʼmolchi uskuna (qurilma)larining muvofiqlik sinashlari mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga javob berishini taʼminlashlari kerak.
Isteʼmolchi operatori yoki yuklamani rostlash boʻyicha Tizim operatoriga xizmat koʻrsatuvchi Berk taqsimlash tizimi operatori isteʼmolchining uskuna (qurilma)larini mazkur Qoidalar talablarga muvofiqligini taʼminlashlari lozim.
876. Mazkur Qoidalarning talablari isteʼmol yoki berk taqsimlash tizimi tomonidan yuklamani rostlash boʻyicha Tizim operatoriga xizmatlar koʻrsatish uchun foydalaniluvchi bloklariga qoʻllanilsa, Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori, Tizim operatori bilan aloqa va Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni jamlash kabi vazifalarni uchinchi shaxslarga toʻliq yoki qisman yuklashlari mumkin.
Uchinchi shaxslar tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va mazkur Qoidalar talablariga ularning jami isteʼmolchilari yoki berk taqsimlash tizimlarining muvofiqligini namoyish etish huquqiga ega boʻlgan alohida Foydalanuvchilar sifatida qabul qilinadi. Tizim operatoriga yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar yoki berk taqsimlash tizimlari uchinchi shaxslar orqali birgalikda harakat qilishlari mumkin.
877. Majburiyatlar uchinchi shaxslar orqali bajarilayotgan boʻlsa, ularning joylashuv xususiyatlari hisobga olingan holda, faqat koʻrsatilayotgan xizmatlarning umumiy hajmidagi oʻzgarishlar haqida Tizim operatorini xabardor etish shart.
878. Talablar Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan boʻlsa yoki Uzatish tizimi operatori tizimini ekspluatatsiya qilish uchun moʻljallangan boʻlsa, muqobil sinashlar yoki ushbu talablarni bajarish yuzasidan sinashlar natijalarini qabul qilish talablari Uzatish tizimi operatori bilan kelishilishi kerak.
879. Mazkur boʻlimning 5-bobida koʻzda tutilgan talablarga rioya etilishiga taʼsir qiluvchi, uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi yoki taqsimlash tizimining yoki blokning texnik imkoniyatlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha har qanday rejalar toʻgʻrisida Tegishli tizim operatori tomonidan belgilangan muddatlarda, ushbu oʻzgartirish kiritilguniga qadar toʻgʻridan toʻgʻri yoki uchinchi shaxs orqali bilvosita Tegishli tizim operatoriga xabarnoma berilishi kerak.
880. Tegishli tizim operatori mazkur boʻlimning 1 va 5-bobida koʻzda tutilgan talablarga rioya etilishiga taʼsir koʻrsatuvchi har qanday ekspluatatsion hodisalar yoki isteʼmolchilarni ishdan toʻxtashi toʻgʻrisida, bunday hodisa yuz berishi bilan darhol toʻgʻridan toʻgʻri yoki uchinchi shaxs orqali bilvosita xabardor qilinishi lozim.
881. Har qanday rejalashtirilgan sinashlar grafiklari va isteʼmolchi yoki blokning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini sinashdan oʻtkazish tartibi Tegishli tizim operatoriga ular boshlangunga qadar Tegishli tizim operatori tomonidan belgilangan va tasdiqlangan muddatlarda yetkazilishi kerak.
882. Tegishli tizim operatori ushbu sinashlarda ishtirok etishi va isteʼmolchi uskuna (qurilma)si va blokining ishini qayd etishi mumkin.
883. Nazorat qiluvchi organ bilan birgalikda Tegishli tizim operatori isteʼmolchi uskuna (qurilma)larini yoki blokining, obyektning butun xizmat qilish muddati davomida mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini baholaydi.
Obyekt operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori ushbu baholashning natijalari haqida xabardor qilingan boʻlishi kerak.
Isteʼmolchi yoki berk taqsimlash tizimi tomonidan Uzatish tizimi operatoriga yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun foydalaniluvchi blokning muvofiqligi, Uzatish tizimi operatori va Tegishli tizim operatori bilan birgalikda va buni qoʻllash mumkin boʻlsa, yuklamani taqsimlashda ishtirok etuvchi Uchinchi shaxslar bilan kelishilgan holda baholanishi lozim.
884. Tegishli tizim operatori, Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatoridan qayta rejalashtirish, umumiy sxemaga binoan yoki muvofiqlikka taʼsir qilishi mumkin boʻlgan har qanday nosozlik, oʻzgartirish yoki qayta jihozlashdan soʻng muvofiqlikka tekshirish va modellashtirish yuzasidan sinashlar oʻtkazishini talab etishga haqli.
Sinashlar Nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Tegishli tizim operatori Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatorini sinash natijalari toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlaydi.
885. Tegishli tizim operatori taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni roʻyxatini, muvofiqlikni baholashni bir qismi sifatida Isteʼmolchilar yoki Berk taqsimlash tizimi operatori tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan talablarni barcha uchun ochiqlashi (eʼlon qilishi) shart.
Roʻyxat kamida quyidagi maʼlumotlar, hujjatlar va talablarni oʻz ichiga olishi kerak:
Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan barcha hujjatlar va muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchidan yoki tarmoqqa ulanishiga yoki ekspluatatsiyasiga aloqador blokdan talab etiluvchi batafsil texnik maʼlumotlar;
statik (barqaror) va dinamik rejimlarni tadqiq qilish uchun modellarga qoʻyiladigan talablar;
tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tizimli maʼlumotlarni taqdim etish muddatlari;
mazkur boʻlim 5-bobi 3 va 4-paragraflari talablariga muvofiq kutilayotgan statik (barqaror) va dinamik holat xarakteristikalarini namoyish etish maqsadida oʻtkazilgan Isteʼmolchi operatorining oʻrganish natijalari;
uskuna/qurilmalarni muvofiqligini baholash shartlari va tartiblari, jumladan roʻyxatdan oʻtkazish hajmlari;
Isteʼmolchi operatorining muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan uskuna/qurilmalarning tegishli muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlaridan foydalanish shartlari va tartiblari.
886. Tegishli tizim operatori talablar, modellashtirish va monitoring oʻtkazish yuzasidan sinashlar majburiyatlarini Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori, Tegishli tizim operatori va Uzatish tizimi operatori oʻrtasida taqsimlanishini chop etishi kerak.
887. Sinashlar sinashlari yoki modellashtirish, Tegishli tizim operatori yoki Uzatish tizimi operatoriga taalluqli sabablarga koʻra Tegishli tizim operatori va isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq oʻtkazilishi mumkin boʻlmasa, bunday holatda Tegishli tizim operatori mazkur Qoidalarning X boʻlim, 2-bobida koʻrsatib oʻtilgan operativ bildirgi asossiz rad etmasligi lozim.
888. Isteʼmolchi yoki isteʼmolchi chegaralarida yuklama quvvatini tez rostlash imkoniyatiga ega modulni yoki berk taqsimlash tizimini ishini imitatsiyali modellashtirishda mazkur Qoidalarning talablari bajarilishi namoyish etishi kerak.
889. Modellashtirish quyidagi holatlarda oʻtkazilishi lozim:
uzatish tizimiga yangi ulanish talab etilganda;
Uzatish tizimi operatorining aktiv quvvatni rostlash, yuklamaga tezkor taʼsir koʻrsatishini taʼminlash maqsadida isteʼmolchi yoki berk taqsimlash tizimi tomonidan foydalanilayotgan isteʼmolchining yangi uskunasini ulash boʻyicha shartnoma tuzilganda;
Uskuna (qurilma)larni yanada takomillashtirish, almashtirish yoki modernizatsiya qilish tadbirlari amalga oshirilganda;
tegishli operator tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilmaganligi taxmin qilinganda.
890. Mazkur Qoidalarda muvofiqlikni modellashtirishga tegishli talablar minimal darajada qoʻyilganligiga qaramasdan, Tegishli tizim operatori quyidagi huquqlarga ega:
isteʼmolchi operatoriga yoki Berk taqsimlash tizimi operatoriga isteʼmolchi uskunalarini, mazkur Qoidalar va qonunchilik hujjatlari talabalariga muvofiq ekanligini namoyish etish uchun ushbu imitatsiyalarning samarali va yetarli ekanligi holatida, imitatsiya modellarining muqobil toʻplamidan foydalanishga ruxsat berish;
mazkur boʻlimning 5-bob 3 va 4-paragraflarida belgilangan talablar boʻyicha, muvofiqlikka modellashtirishga taalluqli Uzatish tizimi operatoriga taqdim etilgan maʼlumotlar mazkur Qoidalarning talablarga muvofiqligini namoyish etish uchun yetarli boʻlmagan holatlarda, isteʼmolchi operatoridan yoki Berk taqsimlash tizimi operatoridan imitatsiya modellarining qoʻshimcha yoki muqobil toʻplamining oʻtkazilishini talab qilish.
891. Uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi operatori uzatish tizimiga ulangan har bir alohida isteʼmolchi uchun modellashtirish natijalari bilan hisobot taqdim etishi kerak.
Uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi operatori uzatish tizimiga ulangan ushbu isteʼmolchi uchun kelishilgan imitatsiya modelini ishlab chiqishi va taqdim etishi lozim. Imitatsiya modellariga talablar mazkur boʻlimning 5-bobi 2-paragrafida belgilangan.
892. Uzatish tizimi operatori modellashtirish, imitatsiya modellari, sinashlar, oʻlchashlar boʻyicha taqdim etilgan hisobotlar asosida shaxsiy modellashtirishni oʻtkazish orqali isteʼmolchining mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshirish huquqiga ega.
893. Uzatish tizimi operatori Isteʼmolchi operatoriga soʻralgan modellashtirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hajmda tarmoqning texnik maʼlumotlarini va imitatsiya modelini taqdim etadi.
2-§. Isteʼmolchilar qurilmalarining imitatsiya modeli
894. Uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi uskuna/qurilmalari imitatsiya modellari yoki ekvivalent maʼlumotlarga taalluqli mazkur Qoidalarning 896 va 897-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan talablarga javob berishi lozim.
895. Uzatish tizimi operatori isteʼmolchi uskuna (qurilma)larini statik va dinamik rejimlardagi holatini (oʻzini tutishi) koʻrsatib beruvchi imitatsiya modellarini yoki ekvivalent maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin.
896. Uzatish tizimi operatori ushbu imitatsiya modellari yoki ekvivalent maʼlumotlarning mazmuni va shaklini belgilaydi, ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
statik va dinamik rejimlar, jumladan 50 Nz ni tashkil etuvchisi;
ulanish nuqtasida elektr magnit oʻtish jarayonlarini modellashtirishni;
tuzilma va blokli sxemalarni.
897. Dinamik modellashtirish maqsadlarida ishlatiladigan, mazkur Qoidalarning 896-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan imitatsiya modeli yoki ekvivalent maʼlumotlar quyidagi kichik modellar yoki ekvivalent maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
quvvatni boshqarish;
kuchlanishni nazorat qilish;
uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchini himoya tizimining modellari;
yuklamani elektr texnik xarakteristikalari;
oʻzgartirgichning modellari.
898. Uzatish tizimi operatori modeldagi natijalar qayd etilgan maʼlumotlar bilan uzatish tarmoqlariga ulangan isteʼmolchi uskuna (qurilma)larining maʼlumotlarini qayd etishga boʻlgan talablarni belgilaydi.
3-§. Uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarning muvofiqligini modellashtirish
899. Uzatish tizimiga ulangan, mahalliy generatsiyalovchi moduli boʻlmagan isteʼmolchi uskuna (qurilma)larining reaktiv quvvatni saqlab turish imkoniyatini modellashtirishga nisbatan quyidagi holatlar qoʻllaniladi:
a) uzatish tizimiga ulangan va mahalliy generatsiyalovchi modulga ega boʻlmagan Isteʼmolchining uskuna (qurilma)lari ulanish nuqtasida reaktiv quvvati koʻrsatilishi kerak;
b) yuklamaning turli sharoitlarda reaktiv quvvat almashinuvini hisoblash uchun uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchining quvvat oqimlarini hisoblashning imitatsiya modelidan foydalaniladi. Ulanish nuqtasida eng kichik va eng katta reaktiv quvvat almashinuviga olib keluvchi minimal va maksimal yuklama shartlari imitatsiya modelining bir qismi boʻlishi lozim. Quyidagi vaziyatlar bundan mustasno:
texnik yoki moliyaviy afzalliklari Uzatish tizimi operatori va Isteʼmolchi operatori bilan hamkorlikdagi tahlili asosida isbotlagan holatlar;
muqobil qiymatlar Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilanganda;
v) agar natijalar reaktiv quvvatning isteʼmol va ishlab chiqarish uchun reaktiv quvvatning haqiqiy diapazoni quyidagilardan oshmasligi tasdiqlansa, modellashtirish qoniqarli deb hisoblanadi:
reaktiv quvvatni isteʼmolida eng maksimal isteʼmol imkoniyatidan yoki reaktiv quvvatni ishlab chiqarishda maksimal ishlab chiqarish imkoniyatidan 33 foiz (quvvat koeffitsiyenti 0,95);
reaktiv quvvat ishlab chiqarishda eng maksimal isteʼmol imkoniyatidan yoki maksimal ishlab chiqarish imkoniyatidan 33 foiz (quvvat koeffitsiyenti 0,95);
boshqasi kelishilmagan boʻlsa, uzatish tizimiga ulangan obyekt maksimal isteʼmol quvvatidan 25 foizdan kamroq aktiv quvvat oqimida ulanish nuqtasida reaktiv quvvat ishlab chiqarilmaydi (1 n.b. berilgan kuchlanishda).
900. Uzatish tizimiga ulangan, generatsiyalovchi modulga ega mahalliy isteʼmolchining reaktiv quvvat ishlab chiqarish imkoniyatini modellashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) Uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi uskuna (qurilma)sining imitatsiya modeli yuklamaning va generatsiyaning turli sharoitlarida reaktiv quvvat almashinuvini hisoblash uchun qoʻllanilishi;
b) ulanish nuqtasida eng kichik va eng katta reaktiv quvvatga olib keluvchi minimal va maksimal yuklamaning va generatsiya sharoitlarining uygʻunligi modellashtirishning bir qismi boʻlishi;
v) Uzatish tizimi operatori va uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori birgalikda oʻtkazgan tahlili natijalariga koʻra texnik va moliyaviy afzalliklar isbotlanganda yoki Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan vaziyatlarni istisno qilgan holda, natijalar reaktiv quvvat isteʼmoli va ishlab chiqarish uchun reaktiv quvvatning haqiqiy diapazoni quyidagilardan oshmasa, modellashtirish qoniqarli deb hisoblanadi:
reaktiv quvvat isteʼmolida eng maksimal isteʼmol imkoniyatidan yoki maksimal ishlab chiqarish imkoniyatidan 33 foiz (quvvat koeffitsiyenti 0,95);
reaktiv quvvat ishlab chiqarishda eng katta maksimal isteʼmol imkoniyatidan yoki maksimal ishlab chiqarish imkoniyatidan 33 foiz (quvvat koeffitsiyenti 0,95);
boshqa shart kelishilmagan boʻlsa, uzatish tizimiga ulangan obyekt aktiv quvvati maksimal isteʼmolining 25 foizdan (1 n.b da berilgan kuchlanishda) kamroq oqimidagi ulanish nuqtasida reaktiv quvvatni ishlab chiqarmaydi.
4-§. Isteʼmolchi uskunalari uchun yuklamaning aktiv quvvatini tezkor rostlash orqali muvofiqlikni modellashtirish
901. Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori tomonidan yuklamaning aktiv quvvatini tezkor rostlash imkoniyatini taʼminlashda foydalaniladigan Isteʼmolchi uskunasi modeli, chastotaning pasayishi yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilangan uskunaning aktiv quvvatini tezkor rostlash uchun quyidagi zarur texnik imkoniyatini namoyish etishi kerak:
uning yuklamasini kelishilgan qismi uchun chastotaning oʻzgarish tezligi kabi chora bilan bogʻliq aktiv quvvatning oʻzgarishi;
kelishilgan boshqaruv tizimini ishlash tamoyili va tegishli ekspluatatsiya parametrlari;
aktiv quvvatni tezkor rostlash uchun kelishilgan ishlab ketish vaqti.
902. Imitatsiyali modellashtirish, kelishilgan shartlarga muvofiqlikni namoyish etish sharti bilan yetarli deb hisoblanadi.
5-§. Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchilar uskunalarini axborot almashinuvi uchun muvofiqligini sinash
903. Uzatish tizimi operatori va uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori oʻrtasida operativ rejimda yoki davriy axborot almashinuviga nisbatan uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchining mazkur boʻlimning 4-bobida belgilangan axborot almashinuvi talablariga javob berish uchun texnik imkoniyati namoyish etilishi kerak.
904. Uskuna (qurilma)ning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari Uzatish tizimi operatoriga taqdim etilgan taqdirda, mazkur Qoidalarning 903-bandida koʻzda tutilgan sinashlarning bir qismi sifatida qabul qilinishi mumkin.
6-§. Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi uskunalarini oʻchirish va qayta ulanishi sinashlari
905. Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchilar mazkur Qoidalarning XI boʻlimi 5-bobida koʻrsatilgan oʻchirish va qayta ulanish talablariga javob berishlari kerak va quyidagi sinashlardan oʻtishi kerak.
906. Uzatish tizimidagi buzilish sababli tasodifiy oʻchirilishdan soʻng qayta ulanish imkoniyatini tekshirishda ushbu qayta ulanish Uzatish tizimi operatori ruxsati bilan takroriy ulanish tartibiga asosan amalga oshirilishi lozim, bunda avtomatlashtirish orqali qayta ulashni bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
907. Sinxronlash sinashlari davomida uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi uskunasining sinxronlashtirish boʻyicha texnik imkoniyatlari namoyish etilishi kerak.
Ushbu sinashlarda sinxronlash qurilmalarining sozlamalarini tekshirishi lozim.
Sinash kuchlanish, chastota, faza burchaklari diapazoni, kuchlanish va chastotaning ogʻishlari koʻrsatkichlarini qamrab olishi kerak.
908. Masofadan ajratish koʻrsatkichi boʻyicha sinash davomida, uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchining ulanish nuqtasida yoki uzatish tizimi nuqtalarida Uzatish tizimi operatori talab etgan vaqtda masofadan turib ajratilishi boʻyicha texnik imkoniyatlari namoyish etilishi lozim.
909. Oʻchirish relesining chastotani pasayishidagi sinashiga doir uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi uskunasining oʻzgaruvchan tokning kirish signalidan ishlashining texnik imkoniyati namoyish etilishi kerak.
Oʻzgaruvchan tok taʼminotini kirishi Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilanishi kerak.
910. Kuchlanishning pasayishidagi oʻchirish sinashlari davomida uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi uskuna (qurilma)ning mazkur Qoidalarning 1115-bandida koʻzda tutilgan talablarga binoan yuklama ostida rostlash qurilmasini bloklash yoʻli bilan bir marotabalik rejimda ishlashining texnik imkoniyatlari namoyish etilishi lozim.
911. Sinashlarning barchasi yoki baʼzilari oʻrniga uskuna (qurilma)ning muvofiqlikligini tasdiqlovchi hujjatlaridan foydalanish mumkin. Bunda ushbu hujjatlar Uzatish tizimi operatoriga taqdim etiladi.
7-§. Yuklamani aktiv va reaktiv quvvatini rostlash hamda uzatish cheklovlarini boshqarish uskunalarining muvofiqligini tekshirish
912. Yuklamaning oʻzgarishidagi sinashlar:
isteʼmolchi yoki berk taqsimlash tizimi tomonidan aktiv quvvatni rostlash, reaktiv quvvatni rostlash yoki Uzatish tizimi operatoridan yoʻriqnoma olgandan soʻng chastota va kuchlanishning koʻrsatilgan diapazonida kelishilgan vaqt davomiyligida uning isteʼmolini oʻzgartirish uchun quvvat uzatish cheklanishini boshqarish maqsadida Foydalaniluvchi uskuna (qurilma)larining texnik imkoniyati yakka tartibda yoki kompleks tartibida namoyish etishi lozim;
sinash koʻrsatmaga asosan yoki Uzatish tizimi operatoridan koʻrsatma olishni imitatsiyalash yoʻli bilan, shuningdek Isteʼmolchini yoki berk taqsimlash tizimining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini oʻzgartirish (korreksiya) orqali oʻtkazilishi lozim;
sinash mazkur Qoidalar talablariga muvofiq Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda qoniqarli deb hisoblanadi;
sinashlarning barchasi yoki baʼzilari oʻrniga Tegishli tizim operatoriga taqdim etilgan, uskuna (qurilma)ning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlaridan foydalanish mumkin.
913. Oʻchirish yoki qayta ulashda statik kompensator uskunalarni sinash:
Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori tomonidan yuklamaning aktiv quvvatini rostlash, reaktiv quvvatini rostlash yoki oʻchirishga yoki takroriy ulashga yoki barcha jarayonlarga boʻlgan soʻrovga javoban uzatish tizimi cheklovlarini boshqarishni taʼminlash uchun Foydalaniluvchi uskuna (qurilma)larni texnik samaradorligi, kompensator uskuna (qurilma)lari Uzatish tizimi operatoridan yoʻriqnomalar olinganidan soʻng, kelishilgan muddatlarda yakka tartibda yoki kompleks tartibda jamlangan holda uchinchi shaxslar tomonidan koʻrsatib berilishi lozim;
sinash Uzatish tizimi operatoridan koʻrsatma olinishini va statik kompensator uskunasining keyinchalik oʻchirilishini imitatsiya qilish hamda Uzatish tizimi operatoridan koʻrsatma olinishini va uskunani keyinchalik qayta ulanishini imitatsiyalash yoʻli bilan oʻtkaziladi;
sinash mazkur Qoidalar talablariga muvofiq, Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan hisoblanadi.
6-bob. Elektr energiyasini saqlash tizimlarining muvofiqligini tekshirish va ularni modellashtirish
1-§. Elektr energiyasini saqlash tizimlarining muvofiqligini tekshirish
914. Mazkur Qoidalarning 237-bandida keltirilgan barcha elektr energiyasini saqlash tizimlari mazkur bobda belgilangan tartibda muvofiqlik sinashlaridan oʻtkaziladi.
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari mazkur sinashlarning barchasi yoki bir qismi uchun Tegishli tizim operatoriga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.
915. Elektr energiyasini saqlash tizimlarini chastota oʻzgarishlariga reaksiyasini modellashtirishda quyidagilar talab etiladi:
a) chastotaning toʻliq diapazoni boʻyicha aktiv quvvat uzatish imkoniyatiga ega ekanligi namoyish qilinishi kerak;
b) modellashtirish, chastotaning pasayishi va oʻlik zonaning sozlamalarini hisobga olgan holda aktiv quvvat chastotaviy xarakteristikasining barcha diapazonini ishga tushirish uchun yetarli boʻlgan chastotaviy pogʻonalarni tuzish orqali amalga oshirilishi kerak
v) quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda modellashtirish muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
elektr energiyasini saqlash tizimlarining chastota oʻzgarishlariga reaksiyasini modellashtirish muvaffaqiyatli bajarilgan boʻlsa;
mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan talablar javob berishi namoyish etib berilganda.
916. Elektr energiyasini saqlash tizimlarining quvvat oqimlarini boshqarish, reaktiv quvvat va kuchlanishni nazorat qilish imkoniyatlarini modellashtirishda quyidagilar talab qilinadi:
a) mazkur Qoidalarning III boʻlimi 8-bobida talablariga muvofiq, saqlash tizimlarining ilgarilovchi va kechikuvchi reaktiv quvvat bilan taʼminlash qobiliyati namoyish etilishi lozim;
b) quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda modellashtirish muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
reaktiv quvvat sinashlar natijasida muvofiqligi koʻrsatilganda;
mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan talablar javob berishi namoyish etib berilganda.
2-§. Elektr energiyasini saqlash tizimlarining muvofiqlik sinashlari
917. Aktiv quvvat ishlab chiqarish va chastotani rostlash sinashlariga quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) elektr energiyasini saqlash tizimlari chastotani rostlashni taʼminlashi uchun maksimal quvvat va rostlashning minimal darajasi oʻrtasida toʻliq ishchi diapazonda ishlab chiqarilayotgan aktiv quvvatni uzluksiz oʻzgartirishga texnik jihatdan qodir ekanligi (imkoniyati mavjudligi)ni namoyish etishi kerak. Belgilangan rostlash parametrlarini, shu jumladan statizm, oʻlik zona va chastota pogʻonalarni oʻzgartirishga javobi hamda chastotaning katta va tez ogʻishlarini oʻz ichiga olgan dinamik parametrlar tekshirilishi lozim;
b) sinashlar statizm va oʻlik zonani sozlamalarini eʼtiborga olgan holda, chastota oʻzgarishiga mos ravishda aktiv quvvat oʻzgarishi barcha diapazonlarda ishlashi uchun yetarlicha katta boʻlgan miqdorda ortishini hamda tegishli ishchi nuqtasidan chiqishdagi aktiv quvvatning haqiqiy oshirish yoki kamaytirish imkoniyatini modellashtirish orqali oʻtkazilishi shart. Zarurat boʻlganda chastota ogʻishining imitatsiya qilingan signallari bir vaqtning oʻzida qurilmaning tezlik va yuklama rostlagichi yoki boshqarish tizimining hisob boshlashiga bir vaqtda uzatilishi kerak;
v) quyidagilar bajarilsa modellashtirish, muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
aktiv quvvatni chastotaviy xarakteristikasini toʻliq diapazonini faollashtirish vaqti mazkur Qoidalarning 161-bandi talablaridan oshmasa;
chastota oʻzgarishiga javobdan soʻng soʻnmaydigan tebranishlar paydo boʻlmasa;
kechikishning boshlangʻich vaqti mazkur Qoidalarning 165-bandiga muvofiq boʻlsa;
tushib ketish va oʻlik zonasi oʻrnatmalari mazkur Qoidalarning 165-bandida koʻrsatilgan diapazondagi qiymatlardan ortmasa;
aktiv quvvatning chastotaviy xarakteristikasi sezuvchan emasligi har qanday tegishli ishchi nuqtada mazkur Qoidalarning 165-bandida koʻrsatib oʻtilgan qiymatlardan oshmagan taqdirda muvaffaqiyatli hisoblanadi.
918. Reaktiv quvvat sinashiga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
saqlash tizimlarining mazkur Qoidalar talablariga muvofiq ilgarilovchi va kechikuvchi reaktiv quvvatni taʼminlash boʻyicha texnik imkoniyatlari koʻrsatilishi lozim;
saqlash tizimlari maksimal reaktiv quvvat bilan ham ilgarilash ham kechikish rejimida minimal barqaror ishlash rejimida maksimal quvvat chiqarishda va maksimal va minimal qiymatlar oraligʻida aktiv quvvat ishlab chiqarish ish rejimida bir soatdan kam boʻlmagan vaqt mobaynida ishlasa, sinash muvaffaqiyatli hisoblanadi. Bunda saqlash tizimi reaktiv quvvatning oʻrnatilgan yoki kelishilgan qiymatini har qanday diapazonga oʻtish imkoniyatlari namoyish etilishi kerak.
919. Noldan ishga tushirish imkoniyati sinashlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
noldan ishga tushish imkoniyatiga ega saqlash tizimlari oʻchishdan soʻng tashqi elektr taʼminoti manbalarisiz ishga tushirish boʻyicha texnik imkoniyatini koʻrsatib berilishi lozim;
Tegishli tizim operatori tomonidan, Tizim operatori bilan kelishilgan chegarada ishga tushirish vaqti saqlab berilsa, sinash muvaffaqiyatli oʻtkazilgan hisoblanadi.
920. Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori tegishli sinashni amalga oshirishni oʻrniga, talab etilayotgan muvofiqlikni tasdiqlash uchun qurilmalariga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlaridan foydalanishi mumkin. Bunda qurilmaga berilgan muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya va sinash bayonnomalari Tegishli tizim operatoriga taqdim etilishi kerak.
921. Kuchlanishni rostlash rejimi sinashiga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) elektr energiyasini saqlash tizimining mazkur Qoidalarning 251-bandi talablariga muvofiq, kuchlanishni rostlash rejimida ishlash imkoniyati namoyish etilishi kerak;
b) kuchlanishni rostlash rejimining sinashi davomida quyidagi parametrlar tekshiriladi:
mazkur Qoidalarning 251-bandiga muvofiq oʻzgarish qiyaligi va sezmaslik zonasi;
rostlash aniqligi;
tashqi aralashuvning yoʻqligi;
reaktiv quvvatni faollashtirish vaqti;
v) sinash quyidagi shartlar bajarilganida muvaffaqiyatli oʻtkazilgan hisoblanadi:
rostlash hamda rostlanuvchi statizm va sezmaslik (oʻlik) zonasi diapazoni mazkur Qoidalarning 251-bandida koʻrsatib oʻtilgan yoki tanlangan parametrlarga mos kelishi;
kuchlanishni rostlashning sezmaslik darajasi 0,01 n.b. dan oshmaslik;
kuchlanishning pogʻonali oʻzgarishidan soʻng chiqish reaktiv quvvatining 90 foiz oʻzgarishiga mazkur Qoidalarning 251-bandida koʻrsatib oʻtilgan belgilangan vaqt va qiymatga erishish.
922. Reaktiv quvvatni rostlash rejimi sinashiga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) elektr energiyasini saqlash tizimining mazkur Qoidalar 247-bandi talablariga muvofiq reaktiv quvvatni rostlash rejimida ishlash imkoniyati koʻrsatilishi;
b) reaktiv quvvatni rostlash rejimining sinashi reaktiv quvvatni saqlab turish imkoniyati sinashini qoʻshimcha ravishda toʻldirishi;
v) reaktiv quvvatni rostlash rejimining sinashi davomida quyidagi parametrlar tekshirilishi kerak:
reaktiv quvvat oʻrnatmasi va uning orttirmasi diapazoni;
rostlash aniqligi;
reaktiv quvvatni faollashtirish vaqti;
g) sinash quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
reaktiv quvvat oʻrnatmasi va uning orttirmasi diapazoni mazkur Qoidalarning 247-bandi talablariga muvofiqligi taʼminlansa;
rostlash aniqligi belgilangan shartlarga muvofiq boʻlsa.
923. Quvvat koeffitsiyentini rostlash rejimining sinashiga nisbatan quyidagi talablar qoʻllaniladi:
a) elektr energiyasini saqlash tizimining mazkur Qoidalarning 249-bandiga muvofiq quvvat koeffitsiyentini rostlash rejimida ishlash imkoniyati koʻrsatilishi kerak;
b) quvvat koeffitsiyentini rostlash rejimining sinashi quyidagi parametrlarni oʻz ichiga olishi kerak:
quvvat koeffitsiyenti oʻrnatmalarining diapazoni;
rostlash aniqligini;
aktiv quvvatning pogʻonali oʻzgarishi hisobiga reaktiv quvvatning oʻzgarishi.
v) quyidagi barcha shartlar bajarilgan boʻlsa, sinash muvaffaqiyatli deb hisoblanadi:
quvvat koeffitsiyenti oʻrnatmasi va uning orttirmasi diapazoni mazkur Qoidalarning 249-bandi talablariga muvofiqligi taʼminlansa;
aktiv quvvatning pogʻonali oʻzgartirish natijasida reaktiv quvvatni faollashtirish vaqti belgilangan qiymatlardan oshmasa;
rostlash aniqligi koʻrsatilgan qiymatlarga muvofiq boʻlsa.
924. Tegishli tizim operatori sinash oʻtkazish uchun yuqorida koʻrsatilgan sinashlar shartlaridan faqat bittasini tanlashi mumkin.
X boʻlim. Uzatish tizimi ishini tashkil etish
1-bob. Uzatish tizimi ishini tashkil etishning umumiy shartlari
925. Tizim operator real vaqt rejimida elektr energiyasiga boʻlgan talab va elektr energiyasini ishlab chiqarishni muvozanatlash, uzatish tizimida operativ tadbirlarni rejalashtirish va uzatish tizimining xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun javobgardir.
Operativ tadbirlarni bajarish davomida Tizim operatori barcha Foydalanuvchilar bilan operativ rejimda aloqada boʻladi.
Uzatish tizimi operatori uzatish tizimini loyihalashtirish, rivojlantirish, ishga tushirish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshirish orqali uzatish tizimining ishonchli va barqaror ishlashi uchun javobgardir.
926. Ushbu boʻlimning maqsadi — Uzatish tizimi operatori va Tizim operatorlari tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan tashkiliy tadbirlarning tafsilotlarini yoritishdan iborat va bunda ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi operativ funksiyalarga eʼtibor qaratish lozim:
tarmoqqa operativ ulanish, jumladan tayyor holatga keltirilgan yangi ulanishlarni amalga oshirish;
yagona elektr energetika tizimini barqaror sharoitda ekspluatatsiya qilish hamda uni avariya vaziyatlarida boshqara oladigan xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash.
927. Yagona elektr energetika tizimidagi avtomatika sxemalarining ekspluatatsiya jarayonida soz ishlashi, ushbu tizimning barqarorligini bildiradi.
928. Ushbu boʻlim Tizim operatori va Uzatish tizimi operatoriga, shuningdek zaruratga koʻra quyidagilarga ham qoʻllanadi:
Taqsimlash tizimi operatori;
tarmoqlari uzatish tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan Berk taqsimlash tizimi operatori;
Elektr stansiyalari operatorlari, jumladan taqsimlash tarmogʻiga ulangan generatsiyalovchi modullarga ega boʻlgan operatorlar;
elektr energiyasini saqlash tizimlari;
uzatish tizimiga bevosita ulangan Isteʼmolchilar.
2-bob. Tizim operatori va Uzatish tizimi operatorlarining funksiyalari
929. Uzatish tizimi operatori elektr energiyasidan oqilona foydalanish, xususan uzatish tizimidagi texnologik yoʻqolishlarni kamaytirish, generatsiya quvvatlarni samarali rejalashtirishni taʼminlovchi uzatish tizimini loyihalash, qurish, kengaytirish, xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilishga masʼuldir.
930. Loyihalash talablariga muvofiq Uzatish tizimi operatori Foydalanuvchilar tomonidan yagona elektr energetika tizimining avtomatikaga doir talablari bajarilishini taʼminlashi kerak.
931. Tizim operatori dispetcherlik va tarmoq boshqaruvi uchun markaziy dispetcherlik xizmati tomonidan mintaqaviy darajada dispetcherlik funksiyalarini nazorat qiladi va bunda mintaqaviy dispetcherlik xizmati uning koordinatsiyasi ostida faoliyat yurituvchi hududiy boshqaruv markazlarining dispetcherlik funksiyalarini nazorat qiladi.
932. Tizim operatori real vaqt rejimida yagona energetika tizimidagi har qanday faoliyat yuritayotgan (ulangan) Tomonlarning harakatlarini muvofiqlashtiradi va yagona elektr energetika tizimini yagona dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi, shuningdek, taqsimlash tizimlari va berk taqsimlash tizimlarining ham dispetcherlik boshqaruvini muvofiqlashtiradi.
Taqsimlash tizimi operatori tarmoqlari yagona elektr energetika tizimidan uzilsa, yaʼni alohida ishlayotgan boʻlsa, Taqsimlash tizimi operatori tarmoqlarini yagona energetika tizimiga qayta ulash amalga oshirilgunga qadar ajratilgan uchastka bilan bogʻliq barcha dispetcherlik faoliyatini amalga oshirishi lozim.
933. Taqsimlash tizimi operatori oʻz tarmogʻidagi barcha tarmoq operatsiyalarini boshqarish uchun javobgar hisoblanadi.
3-bob. Operativ bildirgilar
934. Tegishli tizim operatori oʻz tarmogʻiga yangi ulanishlar yakunlanganligi toʻgʻrisida operativ bildirgilar tartibi tafsilotlarini tushuntirib berishi va ular omma uchun ochiq boʻlishi kerak.
935. Elektr stansiyalari operatori, Isteʼmolchi operatori, Berk taqsimlash tizimi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori holatdan kelib chiqib, oʻz tizimlarini Uzatish tizimi operatoriga ulash boʻyicha mazkur Qoidalarning IX boʻlimida bayon etilgan talablar bajarilganligini maʼlum qilishi va Qoidalarning X boʻlimi 3-bobida yoki X boʻlim 3-bobi 2-paragrafida tavsiflangan operativ bildirgi berish tartibini muvaffaqiyatli bajarishi kerak
936. Taqsimlash tizimi operatori tarmogʻiga ulanishda Elektr stansiyasi operatori yoki tarmogʻida elektr stansiyasiga ega boʻlgan Berk taqsimlash tizimi operatori Taqsimlash tizimi operatoriga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi har bir modulni ulash uchun mazkur Qoidalarning X boʻlim 5-bobida belgilangan operativ bildirgi tartibini muvaffaqiyatli yakunlanganligi hamda ushbu Qoidalarning IX boʻlimida bayon etilgan talablar bajarilganligi koʻrsatib berishi kerak.
937. Uzatish tizimiga ulangan har bir yangi elektr stansiyasi, taqsimlash tarmogʻiga ulangan har bir yangi elektr stansiyasi, uzatish tizimiga ulangan har bir yangi elektr stansiyasi, uzatish tizimiga ulangan har bir yangi taqsimlash obyekti va uzatish tizimiga ulangan har bir yangi taqsimlash tizimining ulanishi haqidagi operativ bildirgi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi — Tegishli tizim operatori tomonidan Elektr stansiyasi operatori, Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatoriga ularga tegishli tarmoqqa elektr energiyasini berishdan avval yuboriluvchi bildirgi;
Oraliq operativ bildirgi — Tegishli tizim operatori tomonidan Foydalanuvchiga cheklangan vaqt oraligʻida elektr tarmogʻiga ulanishdan foydalangan holda tegishlicha generatsiyalovchi modul, isteʼmolchi yoki taqsimlash tizimini spetsifikatsiya va boshqa talablar boʻyicha sinashlarini boshlash uchun beriladigan bildirgi;
Yakuniy operativ bildirgi — Tegishli tizim operatori tomonidan Elektr stansiyalar operatori, Isteʼmolchi tarmogʻi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatoriga tegishli texnik tavsifga va talablarga javob berishini tasdiqlovchi, ularga elektr tarmogʻiga ulangan holda generatsiyalovchi modul, Isteʼmolchi qurilmalari, shuningdek, taqsimlash tizimlarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat beruvchi bildirgi.
4-bob. Generatsiyalovchi modullarni ulash
1-§. Oʻrnatilgan quvvati 50 kW yoki undan past “A” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va sinxron ishlab chiqaruvchi (generatsiyalovchi) modullarni operativ xabardor qilish
938. Har bir yangi generatsiyalovchi modulni ulanishi toʻgʻrisidagi operativ bildirgini berish tartibi oʻrnatish hujjatlari taqdim etish bilan boʻladi.
Elektr stansiya operatori Tegishli tizim operatoridan olingan oʻrnatish hujjatida zarur maʼlumotlarni toʻldirishi va uni Tizim operatoriga taqdim etilishini taʼminlashi kerak.
Bunda har bir generatsiyalovchi modul boʻyicha alohida oʻrnatish hujjati taqdim etiladi.
Tegishli tizim operatori zarur maʼlumotlarni Elektr stansiyasi operatorlari nomidan uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilishini taʼminlashi kerak.
939. Tegishli tizim operatori oʻrnatish hujjatining tarkibini belgilashi va ushbu hujjat quyidagi maʼlumotni oʻz ichiga olishi kerak:
ulanish amalga oshiriladigan joy;
ulanish sanasi;
uskunaning maksimal quvvati;
energiyaning birlamchi manbai turi;
obyektda oʻrnatilgan uskuna va qurilmalarga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqlikni baholash hujjatlari (muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat, sinash bayonnomalari)ga havola;
avval foydalanishda boʻlgan, muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat olinmagan uskuna va qurilmalarga doir maʼlumotlar (Tegishli tizim operatorining koʻrsatmasiga muvofiq taqdim etilishi lozim);
Elektr stansiyasi operatori va oʻrnatuvchi (montaj) tashkilotining aloqa maʼlumotlari.
940. Elektr stansiyasi operatori ekspluatatsiyadan chiqarilib, demontaj qilinayotgan generatsiyalovchi modullar haqida Tegishli tizim operatorini xabardor qilishi kerak.
Tegishli tizim operatoriga bunday xabarnoma uchinchi shaxslar tomonidan ham berilishi mumkin.
2-§. Quvvati 20 MW gacha boʻlgan generatsiyalovchi modullarni operativ xabardor qilish
941. Elektr stansiyasi operatori har bir yangi generatsiyalovchi modulni ulash toʻgʻrisida Tizim operatoriga operativ bildirgi beradi, bunda muvofiqlik toʻgʻrisidagi bayonnomani oʻz ichiga olgan generatsiyalovchi modul hujjati taqdim etiladi. Har bir generatsiyalovchi modul uchun alohida hujjat taqdim etiladi.
942. Generatsiyalovchi modul hujjati bu Elektr stansiyasi operatori tomonidan Tegishli tizim operatoriga taqdim etiluvchi generatsiyalovchi modulning mazkur Qoidalarda belgilangan texnik talablarga muvofiqlik bayonnomasi, shuningdek, zarur maʼlumotlar va boshqa tasdiqlovchi mezonlar muvofiqligini baholash natijalarini oʻz ichiga olgan hujjat.
943. Generatsiyalovchi modul hujjatining shakli va taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar Tegishli tizim operatori tomonidan belgilanadi va kamida quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Tegishli tizim operatori va Elektr stansiyasi operatori oʻrtasidagi ulanish nuqtasiga tegishli boʻlgan himoya va boshqa sozlamalar haqida kelishuvni tasdiqlovchi hujjatlar;
Uzatish tizimi operatori bilan kelishilgan holda Tegishli tizim operatori tomonidan belgilangan shakldagi muvofiqlik toʻgʻrisida bayonnoma;
Tegishli tizim operatori tomonidan belgilangan tartibdagi tarmoqqa ulanishga taalluqli boʻlgan generatsiyalovchi modulning batafsil texnik maʼlumotlari;
zaruratga koʻra generatsiyalovchi modullarga tegishli uskuna va qurilmalarga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bobi 3-paragrafiga muvofiq imitatsiya modellari;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bobi 6 — 8-paragraflariga muvofiq, Tegishli tizim operatori tomonidan talab etiladigan barqaror va dinamik xarakteristikalarning har bir holatini batafsil koʻrsatib beruvchi sinashlar, sinashlar davomida oʻlchangan qiymatlar asosida tayyorlangan hisobotlar;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 2-bobi 4 — 7-paragraflariga muvofiq, Tegishli tizim operatori tomonidan talab qilingan har bir holatni batafsil koʻrsatib beruvchi sinashlar asosida barqaror va dinamik xarakteristikalarni namoyish etuvchi tadqiqotlar.
944. Tegishli tizim operatori toʻliq va asoslangan generatsiyalovchi modul hujjatini qabul qilganidan soʻng, Elektr stansiyasi operatoriga Yakuniy operativ bildirgi taqdim etadi.
945. Elektr stansiyasi operatori Tegishli tizim operatori va Uzatish tizimi operatorini demontaj qilinayotgan generatsiyalovchi modullari toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak.
946. Tegishli tizim operatori “B” va “C” turdagi generatsiyalovchi modullarni ekspluatatsiyaga kiritilishi va ekspluatatsiyadan chiqarilishi haqida bildirgini elektron shaklda taqdim etadi.
947. Generatsiyalovchi modul hujjati Elektr stansiyasi operatori nomidan vakolatli organ tomonidan berilishi mumkin.
3-§. “D” turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va quvvati 20 MW va undan yuqori boʻlgan sinxron generatsiyalovchi modullarni operativ xabardor qilish
948. Elektr energiyasi taʼminoti haqida operativ bildirgi Tegishli tizim operatori va Elektr stansiyasi operatori oʻrtasidagi ulanish nuqtasiga tegishli himoya va boshqa sozlamalar haqida kelishuvlar yakunlanganda, buni tasdiqlovchi hujjatlar bilan Tegishli tizim operatoriga taqdim etiladi.
949. Elektr energiyasi taʼminoti haqida operativ bildirgi Elektr stansiyasi operatoriga belgilangan ulanish nuqtasida oʻzining ichki tarmogʻi va generatsiyalovchi modullarini elektr energiyasi bilan taʼminlash huquqini beradi.
950. Oraliq operativ bildirgi mazkur Qoidalarning X boʻlim, 3-bob, 3-paragrafining talabiga koʻra maʼlumotlar va oʻrganishlarni tahlil qilish jarayonini yakunida Tegishli tizim operatoriga taqdim etiladi. Tegishli tizim operatori tomonidan maʼlumotlar va tadqiqotlarni tahlil qilish uchun Elektr stansiyasi operatori unga quyidagilarni taqdim etadi:
Uzatish tizimi operatori bilan kelishilgan holda Tegishli tizim operatori tomonidan belgilangan shakldagi batafsil muvofiqlik toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Tegishli tizim operatori tomonidan belgilangan tarmoq ulanishga taalluqli boʻlgan generatsiyalovchi modul boʻyicha batafsil texnik maʼlumotlar;
zaruratga koʻra generatsiyalovchi modullarga tegishli uskuna va qurilmalarga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bob 3-paragrafi va Tegishli Tizim operatori talablarida belgilangan imitatsiya modellari;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bob 4-paragrafi talablariga muvofiq kutilayotgan barqaror va dinamik xarakteristikalarni koʻrsatib beruvchi tadqiqotlar;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bob 6 — 8-paragrafida koʻzda tutilgan tartibda rejalashtirilgan sinashlar haqida maʼlumotlar.
951. Oraliq operativ bildirgi Elektr stansiyasi operatoriga cheklangan vaqt davomida tarmoqqa ulanishdan foydalangan holda generatsiyalovchi modulni ekspluatatsiya qilish va elektr energiyasi ishlab chiqarish huquqini beradi.
952. Elektr stansiyasi operatori Oraliq operativ bildirgini saqlab turishi mumkin boʻlgan maksimal muddat 24 oyni tashkil etishi, Tegishli tizim operatori Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turishi muddatni qisqartirishi mumkin.
Elektr stansiyasi operatori belgilangan talablarga muvofiqligi boʻyicha ijobiy natijaga erishgan taqdirda, Oraliq operativ bildirgini saqlab turish muddatini uzaytirishi mumkin. Muddatni uzaytirish yuzasidan soʻrov yuborilganda hal etilmagan masala va muammolar aniq koʻrsatib berilishi lozim.
953. Elektr stansiyasi operatori Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turishi mumkin boʻlgan muddatni Qoidalarning VII boʻlimi 1-bobida boʻlimida belgilangan muddatdan tashqari uzaytirish imkoniyati ushbu operator tomonidan Tegishli tizim operatoriga mazkur Qoidalarning 951-bandida keltirilgan muddat yakunlanishidan oldin yengillik berish tartibiga muvofiq soʻrov yuborilgan taqdirda berilishi mumkin.
954. Yakuniy operativ bildirgi Tegishli tizim operatori tomonidan Oraliq operativ bildirgi holatida aniqlangan barcha nomuvofiqliklar bartaraf etilganidan soʻng va mazkur Qoidalarning X boʻlim 3-bob 3-paragrafi talabiga binoan maʼlumotlarni tahlil qilish jarayoni yakunlanganidan keyin taqdim etiladi.
955. Yakuniy operativ bildirgi Elektr stansiyasi operatoriga tarmoqqa ulanishdan foydalangan holda generatsiyalovchi modulni ekspluatatsiya qilish huquqini beradi.
956. Maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish maqsadida Elektr stansiyasi operatori Tegishli tizim operatoriga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
muvofiqlik toʻgʻrisida bayonnoma;
mazkur Qoidalarning 950-bandi “b”, “g” va “d” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan tegishli texnik maʼlumotlarni, imitatsiya modellarini va tadqiqotlarni yangilash, jumladan sinashlar vaqtida haqiqiy oʻlchangan qiymatlarni qoʻllash maʼlumotlari.
957. Yakuniy operativ bildirgi berilishi bilan bogʻliq nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, Tegishli tizim operatorining soʻroviga koʻra, unga mazkur Qoidalarning VI boʻlim 2-bobida keltirilgan tartibga muvofiq yengillik berilishi mumkin.
Bunda generatsiyalovchi modul yengillik berish talablariga muvofiq boʻlsa, Yakuniy operativ bildirgi Tegishli tizim operatoriga tomonidan beriladi.
Yengillik berish soʻrovi rad etilsa, Tegishli tizim operatori va Elektr stansiyasi operatori tomonidan nomuvofiqlik bartaraf etilib, Tegishli tizim operatori generatsiyalovchi modulni, mazkur qoidalar talablariga muvofiq deb topmagunicha, ushbu modulni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berishni rad etish huquqiga ega.
Tegishli tizim operatori va Elektr stansiyasi operatori aniqlangan nomuvofiqlikni belgilangan muddatlarda bartaraf etmasalar, yengillik berish soʻrovi rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirgi berilgan muddatdan olti oy kechikmasdan, masalani hal etish yuzasidan Vazirlikka murojaat etishlari mumkin.
958. Yakuniy operativ bildirgi berilgan Elektr stansiyasi operatori quyidagi holatlarda Tegishli tizim operatorini zudlik bilan xabardor qilishi kerak:
Obyektning faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi sezilarli modernizatsiya va yangilashda;
faoliyatining yoʻqotilishi kuzatilganida;
uskuna va qurilmalarning belgilangan talablarga rioya etilmasligiga olib keluvchi ishdan toʻxtab qolishida.
959. Elektr stansiyasi operatori mazkur Qoidalarning 958-bandida taʼriflangan holatlar uch oydan ortiq muddatda saqlanib qolishini asosli ravishda kutayotgan boʻlsa, Tegishli tizim operatoriga Cheklangan operativ bildirgi boʻyicha murojaat etishi lozim.
960. Cheklangan operativ bildirgi Tizim operatori tomonidan beriladi va aniq identifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi:
Cheklangan operativ bildirgi berilishini asoslovchi hal etilmagan masalalar;
kutilayotgan qaror boʻyicha majburiyatlar va muddatlar;
oʻn ikki oydan oshmasligi lozim boʻlgan maksimal amal qilishning muddatlari. Bunda Tegishli tizim operatorini qoniqtiradigan toʻliq muvofiqlikni taʼminlash boʻyicha sezilarli siljishga erishilganligi haqida asoslangan dalillar taqdim etilsa, birlamchi taqdim etilgan muddat uni uzaytirish imkoniyatini hisobga olgan holda qisqa boʻlishi mumkin.
961. Cheklangan operativ bildirgi berilgan obyektlarga nisbatan, uning amal qilish muddati davomida Yakuniy operativ bildirgining amal qilish muddati toʻxtatib turiladi.
962. Cheklangan operativ bildirgining amal qilish muddatini kelgusida uzaytirish, mazkur Qoidalarning VI boʻlim 2-bobida taʼriflangan cheklash tartibiga muvofiq Tegishli tizim operatoriga ushbu muddat tugaguniga qadar yengillik berish toʻgʻrisidagi soʻrovga koʻra berilishi mumkin.
963. Tegishli tizim operatori, Cheklangan operativ bildirgi kuchini yoʻqotganidan soʻng, generatsiyalovchi modulning ekspluatatsiyasiga ruxsat berishni rad etish huquqiga ega. Ushbu holatda Yakuniy operativ bildirgi avtomatik ravishda oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
964. Tegishli tizim operatori mazkur Qoidalarning 962-bandiga muvofiq Cheklangan operativ bildirgining amal qilish muddatini uzaytirilishiga ruxsat bermasa yoki mazkur Qoidalarning 963-bandiga muvofiq Cheklangan operativ bildirgi oʻz kuchini yoʻqotganidan soʻng generatsiyalovchi modulning ekspluatatsiyasiga ruxsatni rad etsa, Elektr stansiyasi operatori Tegishli tizim operatorining qarori toʻgʻrisidagi bildirgi olinganidan keyin olti oy muddat ichida masalani hal etish yuzasidan Vazirlikka murojaat etishi mumkin.
5-bob. Isteʼmolchi yoki taqsimlash tizimi qurilmalarini ulash
1-§. Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi
965. Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi Tegishli tizim operatori va Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori oʻrtasidagi ulanish nuqtasiga tegishli himoya va boshqa sozlamalar haqida kelishuvni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻz ichiga olgan tayyorgarlik ishlari yakunlanganida Uzatish tizimi operatori tomonidan taqdim etiladi.
966. Elektr taʼminoti berish toʻgʻrisida operativ bildirgi uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi yoki Taqsimlash tizimi operatoriga belgilangan ulanish nuqtasida oʻzining ichki tarmogʻi hamda yordamchi uskuna va qurilmalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash huquqini beradi.
2-§. Oraliq operativ bildirgi
967. Oraliq operativ bildirgi mazkur Qoidalarning X boʻlim 4-bobi talablariga muvofiq maʼlumotlar oʻrganish va tahlil qilish jarayoni yakunlanganidan soʻng Uzatish tizimi operatori tomonidan beriladi.
968. Oraliq operativ bildirgi uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi yoki Taqsimlash tizimi operatoriga tarmoqqa ulanishdan foydalangan holda cheklangan vaqt oraligʻida uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchi yoki uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tizimi uskuna (qurilma)larini ekspluatatsiya qilish huquqini beradi.
969. Maʼlumotlar oʻrganish va tahlil qilish maqsadida, Uzatish tizimi operatoriga uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori tomonidan quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
a) Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan shaklda muvofiqlik toʻgʻrisida bayonnoma;
b) Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan talabga asosan, tarmoqqa ulanishiga aloqador boʻlgan, uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi obyektining tizimiga ulangan taqsimlash uskuna va qurilmalarining toʻliq texnik jihatlari;
v) uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi obyektlari, uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmalari va taqsimlash tizimlariga tegishli uskuna (qurilma)larga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarini, ushbu hujjatlar muvofiqlikni tasdiqlashning bir qismi sifatida foydalanilsa;
g) mazkur Qoidalarning 970 va 972-bandlarida koʻrsatilgan va Uzatish tizimi operatori tomonidan talab qilingan imitatsiya modellari;
d) mazkur Qoidalarning IX boʻlim 4 va 5-boblarida belgilangan barqaror va dinamik xarakteristikalarni aniqlovchi tadqiqotlar natijalari;
e) mazkur Qoidalarning IX boʻlim 3-bob 6 — 8-paragraflariga binoan rejalashtirilgan sinashlar yuzasidan maʼlumot.
970. Uzatish tizimi operatori uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi tizimining yoki uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tizimining, yoki ikkala tizimning oʻzini barqaror va dinamik holatda tutishini koʻrsatib beruvchi imitatsiya modellarini yoki aynan oʻxshash boʻlgan maʼlumotlarning taqdim etilishini soʻrashi mumkin.
971. Uzatish tizimi operatori quyidagilarni oʻz ichiga olgan imitatsiya modellarining va aynan oʻxshash boʻlgan maʼlumotlar shakli va mazmunini belgilaydi:
50 Nz chastotali barqaror va dinamik rejimlar;
ulanish nuqtasida elektr magnit oʻtish jarayonlarini modellashtirish;
tuzilma va blokli sxemalarni.
972. Dinamik modellashtirish uchun mazkur Qoidalarning 971-bandida koʻrsatib oʻtilgan imitatsiya modellari yoki aynan oʻxshash boʻlgan maʼlumotlar quyidagi kichik modellar yoki aynan oʻxshash boʻlgan maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak:
quvvatni rostlash;
kuchlanishni rostlash;
uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi va uzatish tizimiga ulangan taqsimlash tizimi himoyasining modellari;
isteʼmolning turli turlari, yaʼni yuklamaning elektr texnik xarakteristikalari;
oʻzgartirgich modellari.
973. Uzatish tizimi operatori imitatsiya modellarini yoki aynan oʻxshash boʻlgan maʼlumotlarni taqqoslash va tahlil qilish uchun uzatish tizimiga ulangan Foydalanuvchilar yoki uzatish tizimiga ulangan taqsimlash qurilmalari xarakteristikalariga boʻlgan talablarni belgilaydi.
974. Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turishi mumkin boʻlgan maksimal muddat 24 oyni tashkil etishi mumkin.
Uzatish tizimi operatori Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turishi mumkin boʻlgan muddatni qisqartirish huquqiga ega.
Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori belgilangan talablarga muvofiqlikni taʼminlash boʻyicha sezilarli ijobiy natijalarga erishgan taqdirda Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turish muddatini uzaytirishga ruxsat beriladi. Muddatni uzaytirish yuzasidan soʻrov yuborilganda hal etilmagan masala va muammolar aniq koʻrsatib berilishi lozim.
975. Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori mazkur Qoidalarning 974-bandida belgilangan muddat tugashi bilan, Uzatish tizimi operatoriga mazkur Qoidalarning VI boʻlimi 2-bobida koʻrsatib oʻtilgan yengillik berish tartibiga muvofiq ushbu muddatdan oldin soʻrov yuborilgan boʻlsa, Oraliq operativ bildirgining amal qilishini saqlab qolishi mumkin.
3-§. Yakuniy operativ bildirgi
976. Yakuniy operativ bildirgi Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turishda aniqlangan barcha nomuvofiqliklar bartaraf etilganidan soʻng, mazkur Qoidalarning X boʻlim 4-bob 2-paragrafi talablariga binoan maʼlumotlarni tahlil qilish jarayoni yakunlanganidan keyin taqdim etiladi.
977. Yakuniy operativ bildirgi uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori tarmoqqa ulangan holda uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori obyektini ekspluatatsiya qilish huquqini beradi.
978. Maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish maqsadida uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki uzatish tizimiga ulangan Taqsimlash tizimi operatori Uzatish tizimi operatoriga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
muvofiqlik toʻgʻrisida batafsil xulosa;
mazkur Qoidalarning 969-bandining “b”, “g” va “d” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan tegishli texnik maʼlumotlarni, imitatsiya modellarini va tadqiqotlarni yangilash, jumladan sinashlar vaqtida haqiqiy oʻlchangan qiymatlarni qoʻllash maʼlumotlari.
979. Yakuniy operativ bildirgi berish bilan bogʻliq nomuvofiqlik aniqlansa, Uzatish tizimi operatoriga yuborilgan soʻrovga koʻra mazkur Qoidalarning VI boʻlim, 2-bobida belgilangan tartibga muvofiq yengillik berilishi mumkin. Bunda uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori yengillik berish qoidalariga javob bersa, Yakuniy operativ bildirgi tegishli Uzatish tizimi operatori tomonidan beriladi.
980. Yengillik berish soʻrovi rad etilsa, uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki uzatish tizimiga ulangan Taqsimlash tizimi operatori tomonidan nomuvofiqlik bartaraf etilib, tegishli Uzatish tizimi operatori uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorining uskuna va qurilmalarini mazkur Qoidalar talablariga muvofiq deb topmagunicha ushbu operatorlarning uskuna va qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish rad etiladi.
981. Uzatish tizimi operatori va uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki uzatish tizimiga ulangan Taqsimlash tizimi operatorining nomuvofiqlikni belgilangan muddatlarda bartaraf etmasa, yengillik berish soʻrovi rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirgi berilgan muddatdan olti oy kechikmasdan, har bir Tomon masalani hal etish yuzasidan Vazirlikka murojaat etishi mumkin.
4-§. Cheklangan operativ bildirgi
982. Yakuniy operativ bildirgi taqdim etilgan uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori quyidagi holatlar yuz bergandan soʻng 24 soatdan ichida Uzatish tizimi operatori va Tizim operatorini xabardor qilishlari shart:
obyektning faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi sezilarli modernizatsiya va yangilashda;
ish faoliyati tugatilganda;
uskuna va qurilmalarning tegishli talablarga rioya etilmasligiga olib keluvchi ishdan toʻxtab qolishida.
983. Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimlari operatori mazkur Qoidalarning 982-bandida taʼriflangan holatlar uch oydan ortiq muddatda saqlanib qolishini asosli ravishda kutayotgan boʻlsa, Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimlari operatori Uzatish tizimi operatoriga Cheklangan operativ bildirgi olish uchun murojaat etishi lozim.
984. Cheklangan operativ bildirgi Uzatish tizimi operatori tomonidan beriladi va quyidagi aniq maʼlumotlardan iborat boʻladi:
Cheklangan operativ bildirgi berilishini asoslovchi hal etilmagan masalalar;
kutilayotgan qaror boʻyicha majburiyatlar va muddatlar;
oʻn ikki oydan oshmasligi lozim boʻlgan maksimal amal qilishning muddatlari. Bunda, Uzatish tizimi operatorini qoniqtiradigan toʻliq muvofiqlikni taʼminlash boʻyicha sezilarli siljishga erishilganligi haqida asoslangan dalillar taqdim etilsa, birlamchi taqdim etilgan muddat uni uzaytirish imkoniyatini hisobga olgan holda qisqa boʻlishi mumkin.
985. Yakuniy operativ bildirgi berilgan obyektlarga nisbatan, uning amal qilish muddati davomida Oraliq operativ bildirgining amal qilishi toʻxtatib turiladi.
986. Cheklangan operativ bildirgining amal qilish muddatini kelgusida uzaytirish, mazkur Qoidalarning VI boʻlim 2-bobida koʻrsatib oʻtilgan yengillik berish tartibiga muvofiq Uzatish tizimi operatoriga ushbu muddat tugaguniga qadar yengillik berish toʻgʻrisidagi soʻrovga koʻra berilishi mumkin.
987. Uzatish tizimi operatori, uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorining uskuna va qurilmalarini ekspluatatsiyasiga ruxsat berishni Cheklangan operativ bildirgi kuchini yoʻqotishi bilan rad etish huquqiga ega.
Ushbu holatda Yakuniy operativ bildirgi avtomatik ravishda oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
988. Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalarning 986-bandiga muvofiq Cheklangan operativ bildirgining amal qilish muddatini uzaytirilishiga ruxsat bermasa yoki mazkur Qoidalarning 987-bandiga muvofiq Cheklangan operativ bildirgi oʻz kuchini yoʻqotganidan soʻng, uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorining uskuna va qurilmalarini ekspluatatsiyasiga ruxsat berishdan bosh tortsa, uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori Uzatish tizimi operatorining qarori toʻgʻrisidagi bildirgi berilganidan keyin olti oy muddat ichida masalani hal etish yuzasidan Vazirlikka murojaat etishi mumkin.
6-bob. Yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchilar va berk taqsimlash tizimlari uskunalarining ulanishi
1-§. Yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchilar va berk taqsimlash tizimlari ulanishida umumiy shartlar
989. Isteʼmolchi uskunalari yoki berk taqsimlash tizimlari uskunalari uzatish tizimiga bevosita ulangan boʻlsa, mazkur bobdagi talablar X boʻlim 4-bobida belgilangan talablarga qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
990. Tizim operatori tomonidan yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan Isteʼmolchi yoki berk taqsimlash tizimi uskunalari va qurilmalariga operativ bildirgi berish tartibi quyidagicha farqlanishi lozim:
1000 V dan past boʻlgan kuchlanishga ulangan Isteʼmolchi yoki berk taqsimlash tizimining uskuna (qurilma)lari;
1000 V dan yuqori boʻlgan kuchlanishga ulangan Isteʼmolchi yoki berk taqsimlash tizimining uskuna (qurilma)lari.
991. Uzatish tizimi operatoriga yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi har bir Isteʼmolchi yoki Berk taqsimlash tizimi operatori oʻzining yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun texnik loyihalar va ekspluatatsiya qilish talablarini bajarish imkoniyatining mavjudligi haqida Tegishli tizim operatoriga yoki Uzatish tizimi operatoriga toʻgʻridan toʻgʻri yoki uchinchi shaxs orqali bildirishi kerak.
992. Isteʼmolchi yoki Berk taqsimlash tizimi operatori yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻxtatilishi va (yoki) yuklamani rostlash xizmatini bajaruvchi uskuna (qurilma)ning ishdan olinishi haqida Uzatish tizimi operatorini ushbu qaror qabul qilinishidan avval toʻgʻridan toʻgʻri yoki uchinchi shaxs orqali xabardor qilishi kerak. Ushbu xabar Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan tarzda jamlanishi mumkin.
993. Uzatish tizimi operatori operativ bildirgi berish tartibiga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni aniqlashtiradi va ommaga taqdim etadi.
2-§. 1000 V va undan past kuchlanishli tarmoqqa yoki berk taqsimlash tizimiga ulangan Isteʼmolchi uskuna (qurilma)lari uchun tartiblar
994. 1000 V va undan past kuchlanishli tarmoqqa yoki berk taqsimlash tizimiga ulangan Isteʼmolchi uskuna (qurilma)lari uchun operativ bildirgi berish tartibi oʻz ichiga oʻrnatish hujjatlarini olishi kerak.
995. Oʻrnatish hujjatining namunasi va shakli Tegishli tizim operatori tomonidan Uzatish tizimi operatori bilan kelishilgan holda taqdim etilishi lozim.
996. Oʻrnatish hujjati asosida uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori Tegishli tizim operatori yoki Uzatish tizimi operatoriga toʻgʻridan toʻgʻri yoki uchinchi shaxs orqali maʼlumotlarni taqdim etishi kerak.
Ushbu maʼlumotni taqdim etish sanasi uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi tomonidan quvvat bozoridagi yuklamani rostlash taklifi kiritilgan sanadan oldinroq boʻlishi kerak.
Oʻrnatish hujjatlarida belgilangan talablar, yuklamani rostlash boʻyicha xizmatlar toifalari va turli xil ulanishlar oʻrtasida farqlanishi lozim.
997. Isteʼmolchilarning yuklamani rostlash imkoniyatiga ega boʻlgan har bir uskuna (qurilma)lari uchun alohida oʻrnatish hujjatlari taqdim etilishi lozim.
998. Isteʼmolchilarning alohida uskuna (qurilma)larining montaj hujjatlari va ulardagi maʼlumotlar Tegishli tizim operatori yoki Uzatish tizimi operatori tomonidan umumlashtirilishi mumkin.
999. Montaj hujjati quyidagilarni oʻz tarkibiga olishi lozim:
yuklamani rostlash imkoniyatiga ega Isteʼmolchi uskuna (qurilma)si tarmoqqa ulangan joy (nuqta);
yuklamani rostlash imkoniyatiga ega Isteʼmolchi uskuna (qurilma)sining maksimal quvvati;
Isteʼmolchi yuklamasini rostlash boʻyicha xizmatlari turlari;
yuklamani rostlash funksiyasiga taalluqli Isteʼmolchi uskuna (qurilma)sining muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat, muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlmasa aynan bir boʻlgan (ekvivalent) maʼlumotlar;
Isteʼmolchi operatori, Berk taqsimlash tizimi operatori yoki Isteʼmolchi va berk taqsimlash tizimining uskuna (qurilma)sini birlashtiruvchi uchinchi Tomonning aloqa uchun maʼlumotlari.
3-§. 1000 V va undan yuqori kuchlanishli tarmoqqa yoki berk taqsimlash tizimiga ulangan Isteʼmolchi uskuna/qurilmalari
1000. Isteʼmolchilar yoki 1000 V va undan yuqori kuchlanishga ulangan berk taqsimlash tizimi obyekti chegaralarida operativ bildirgi berish tartibiga yuklamani rostlash boʻyicha uskunaning hujjati kiritilishi kerak.
Tegishli tizim operatori Uzatish tizimi operatori bilan kelishgan holda yuklamani rostlash boʻyicha uskunaning hujjati tarkibini belgilaydi.
Ushbu hujjat tarkibida uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori uchun mazkur Qoidalarning IX boʻlim 1 va 5-bobida belgilangan muvofiqlik toʻgʻrisidagi talablar boʻlishi kerak.
Isteʼmolchi va berk taqsimlash tizimlari obyektlari uchun mazkur Qoidalarning IX boʻlimi 1 va 5-boblaridagi muvofiqlik talablari operativ bildirgi darajasigacha soddalashtirilishi hamda hajmi qisqartirilishi mumkin.
Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatori talab etilgan maʼlumotlarni Tegishli tizim operatoriga taqdim etishi lozim.
Isteʼmolchilar yuklamani rostlash imkoniyatiga ega har bir uskuna va qurilmalar uchun alohida yuklamani rostlash boʻyicha uskunaning hujjatini taqdim etishi lozim.
1001. Yuklamani rostlash boʻyicha uskunaning hujjati asosida Tegishli tizim operatori yuklamani rostlash boʻyicha Uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchi operatori yoki Berk taqsimlash tizimi operatoriga Yakuniy operativ bildirgi taqdim etadi.
4-§. Elektr energiyasini saqlash tizimlarini uzatish tizimiga ulash
1002. Elektr energiyasi taʼminoti haqida operativ bildirgi Tegishli tizim operatori va Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori oʻrtasidagi ulanish nuqtasiga tegishli himoya va boshqa sozlamalar haqida kelishuvlar yakunlanganda, bu haqda tasdiqlovchi hujjatlar Tegishli tizim operatoriga taqdim etiladi.
1003. Elektr energiyasi taʼminoti haqida operativ bildirgi Elektr energiyasini saqlash tizimi operatoriga belgilangan ulanish nuqtasida oʻzining ichki tarmogʻi va generatsiyalovchi modullarini elektr energiyasi bilan taʼminlash huquqini beradi.
1004. Oraliq operativ bildirgi mazkur boʻlim talabiga koʻra maʼlumotlar va oʻrganishlarni tahlil qilish jarayonini yakunida Tegishli tizim operatoriga taqdim etiladi.
1005. Tegishli tizim operatori tomonidan maʼlumotlar va tadqiqotlarni tahlil qilish uchun Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori unga quyidagilarni taqdim etadi:
Tizim operatori bilan kelishilgan holda Tegishli tizim operatori tomonidan belgilangan shakldagi batafsil muvofiqlik toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Tegishli tizim operatori tomonidan belgilangan tarmoq ulanishga taalluqli boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi boʻyicha batafsil texnik maʼlumotlar;
zaruratga koʻra elektr energiyasini saqlash tizimlariga tegishli uskuna va qurilmalarga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 6-bobi va Tegishli tizim operatori talablarida belgilangan imitatsiya modellari;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 6-bobi talablariga muvofiq kutilayotgan barqaror va dinamik xarakteristikalarni koʻrsatib beruvchi tadqiqotlar;
mazkur Qoidalarning IX boʻlim 6-bobida koʻzda tutilgan tartibda rejalashtirilgan sinashlar haqida maʼlumotlar.
1006. Oraliq operativ bildirgi Elektr energiyasini saqlash tizimi operatoriga cheklangan vaqt davomida tarmoqqa ulanishdan foydalangan holda saqlash tizimini ekspluatatsiya qilish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol qilish huquqini beradi.
1007. Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turishi mumkin boʻlgan maksimal muddat 24 oyni tashkil etishi mumkin, Tegishli tizim operatori Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turishi mumkin boʻlgan muddatni qisqartirish huquqiga ega.
1008. Elektr energiyasini saqlash tizimi belgilangan talablarga muvofiqligi boʻyicha ijobiy natijaga erishgan taqdirda, Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turish muddatini uzaytirishga ruxsat beriladi. Muddatni uzaytirish yuzasidan soʻrov yuborilganda hal etilmagan masala va muammolar aniq koʻrsatib berilishi lozim.
1009. Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori Oraliq operativ bildirgi holatini saqlab turishi mumkin boʻlgan muddatni Qoidalarning VI boʻlimi 2-bobida belgilangan muddatdan tashqari uzaytirish imkoniyati ushbu operator tomonidan Tegishli tizim operatoriga mazkur Qoidalarning 1007-bandida keltirilgan muddat yakunlanishidan oldin yengillik berish tartibiga muvofiq soʻrov yuborilgan taqdirda berilishi mumkin.
1010. Yakuniy operativ bildirgi Tegishli tizim operatori tomonidan Oraliq operativ bildirgi holatida aniqlangan barcha nomuvofiqliklar bartaraf etilganidan soʻng va mazkur Qoidalarning X boʻlim 5-bob 3-paragrafi talabiga binoan maʼlumotlarni tahlil qilish jarayoni yakunlanganidan keyin taqdim etiladi.
1011. Yakuniy operativ bildirgi Elektr energiyasini saqlash tizimi operatoriga tarmoqqa ulanishdan foydalangan holda generatsiyalovchi modulni ekspluatatsiya qilish huquqini beradi.
1012. Maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori Tegishli tizim operatoriga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
muvofiqlik toʻgʻrisida bayonnoma;
tegishli texnik maʼlumotlarni, imitatsiya modellarini va tadqiqotlarni yangilash, jumladan sinashlar vaqtida haqiqiy oʻlchangan qiymatlarni qoʻllash maʼlumotlari.
1013. Yakuniy operativ bildirgi berilishi bilan bogʻliq nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, Tegishli tizim operatorining soʻroviga koʻra, unga mazkur Qoidalarning VI boʻlim 2-bobida keltirilgan tartibda yengillik berilishi mumkin.
Bunda saqlash tizimi yengillik berish talablariga muvofiq boʻlsa, Yakuniy operativ bildirgi Tegishli tizim operatoriga tomonidan beriladi.
Yengillik berish soʻrovi rad etilsa, Tegishli tizim operatori va Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori tomonidan nomuvofiqlik bartaraf etilib, Tegishli tizim operatori saqlash tizimini, mazkur qoidalar talablariga muvofiq deb topmagunicha, ushbu modulni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berishni rad etish huquqiga ega.
Tegishli tizim operatori va Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori aniqlangan nomuvofiqlikni belgilangan muddatlarda bartaraf etmasalar, yengillik berish soʻrovi rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirgi berilgan muddatdan olti oy kechikmasdan, masalani hal etish yuzasidan Vazirlikka murojaat etishlari mumkin.
1014. Yakuniy operativ bildirgi berilgan Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori quyidagi holatlarda Tegishli tizim operatorini zudlik bilan xabardor qilishi kerak:
obyektning faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi sezilarli modernizatsiya va yangilashda;
ish faoliyati tugatilganda;
uskuna va qurilmalarning belgilangan talablarga rioya etilmasligiga olib keluvchi ishdan toʻxtab qolishida.
1015. Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori mazkur Qoidalarning 1014-bandida taʼriflangan holatlar uch oydan ortiq muddatda saqlanib qolishini asosli ravishda kutayotgan boʻlsa, Tegishli tizim operatoriga Cheklangan operativ bildirgi boʻyicha murojaat etishi lozim.
1016. Cheklangan operativ bildirgi Tizim operatori tomonidan beriladi va aniq identifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi:
Cheklangan operativ bildirgi berilishini asoslovchi hal etilmagan masalalar;
kutilayotgan qaror boʻyicha majburiyatlar va muddatlar;
oʻn ikki oydan oshmasligi lozim boʻlgan maksimal amal qilishning muddatlari. Bunda Tegishli tizim operatorini qoniqtiradigan toʻliq muvofiqlikni taʼminlash boʻyicha sezilarli siljishga erishilganligi haqida asoslangan dalillar taqdim etilsa, birlamchi taqdim etilgan muddat uni uzaytirish imkoniyatini hisobga olgan holda qisqa boʻlishi mumkin.
1017. Cheklangan operativ bildirgi berilgan obyektlarga nisbatan, uning amal qilish muddati davomida Yakuniy operativ bildirgining amal qilish muddati toʻxtatib turiladi.
1018. Cheklangan operativ bildirgining amal qilish muddatini kelgusida uzaytirish, mazkur Qoidalarning VI boʻlim 2-bobida taʼriflangan cheklash tartibiga muvofiq Tegishli tizim operatoriga ushbu muddat tugaguniga qadar yengillik berish toʻgʻrisidagi soʻrovga koʻra berilishi mumkin.
1019. Tegishli tizim operatori, Cheklangan operativ bildirgi kuchini yoʻqotganidan soʻng, saqlash tizimining ekspluatatsiyasiga ruxsat berishni rad etish huquqiga ega. Ushbu holatda Yakuniy operativ bildirgi avtomatik ravishda oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
1020. Tegishli tizim operatori mazkur Qoidalarning 1018-bandiga muvofiq Cheklangan operativ bildirgining amal qilish muddatini uzaytirilishiga ruxsat bermasa yoki mazkur Qoidalarning 1019-bandiga muvofiq Cheklangan operativ bildirgi oʻz kuchini yoʻqotganidan soʻng saqlash tizimining ekspluatatsiyasiga ruxsatni rad etsa, Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori Tegishli tizim operatorining qarori toʻgʻrisidagi bildirgi olinganidan keyin olti oy muddat ichida masalani hal etish yuzasidan Vazirlikka murojaat etishi mumkin.
7-bob. Qayta ulash tartibi
1-§. Qayta ulashda umumiy shartlar
1021. Uzatish tizimi operatori va uzatish tizimining barcha Foydalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq qayta ulash tartiblarini belgilab olishlari kerak.
Foydalanuvchilar Uzatish tizimi operatori bilan oʻz tarmoqlarini nazorat qilish boʻyicha shartnoma tuzmasalar, har bir Tomon majburiyatlarni zimmalariga olgan holda oʻz tarmogʻida barcha operativ qayta ulash faoliyatini boshqarish uchun shaxsiy boshqaruv markazini yaratishi shart.
1022. Qayta ulash boʻyicha barcha tadbirlar masʼul nazorat qiluvchi shaxsning bevosita rahbarligida harakat qiluvchi tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar tomonidan belgilangan tartibda bajarilishi kerak. Insonlar (xodimlar) sogʻligʻi va hayoti, uskuna va qurilmalarning xavfsizligi uchun bevosita xavf soluvchi favqulodda vaziyat va holatlar bundan mustasno.
2-§. Avariya vaziyatlarida qayta ulashlar
1023. Uzatish tizimi operatorining xodimlar, uskuna va qurilmalar xavfsizligi uchun bevosita xavf soluvchi tadbirlar va (yoki) vaziyatlarda tezkor tadbirlarni bajarish boʻyicha oʻqitilgan hamda maxsus koʻnikmalarga ega xodimlari quyidagi ishlarni bajaradi:
Uzatish tizimi operatorining boshqaruv markaziga yoki har qanday Foydalanuvchiga murojaat etmasdan uzatish tizimining uskuna va qurilmalarida operativ qayta ulashlarni bajarish;
Uzatish tizimi operatorining Boshqaruv markazidan dastlabki bildirgi olmasdan Foydalanuvchidan operativ qayta ulashni oʻtkazishni talab qilish.
1024. Operativ qayta ulashlar taʼsiri ostiga tushgan zanjirlarni tarmoqdan oʻchirish maqsadida ajratgichni ajratish bilan cheklanish lozim. Uzatish tizimi operatori yoki har qanday Foydalanuvchi tarmogʻining avariya holatiga tushgan biron bir qismi qayta ulash taʼsirida kuchlanish ostida boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
1025. Bunday avariya holatlarida Uzatish tizimi operatorining oʻqitilgan xodimlari va Foydalanuvchi oʻrtasidagi aloqa telefon orqali amalga oshiriladi va nomlanishlar almashuvini oʻz ichiga oladi. Foydalanuvchi oʻz uskuna va qurilmalarini operativ qayta ulash uchun barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
1026. Operativ qayta ulash yakunlangandan soʻng Uzatish tizimi operatorining oʻqitilgan xodimlari oʻtkazilgan operativ qayta ulash va uni oʻtkazish sababi toʻgʻrisida Uzatish tizimi operatorining Boshqaruv Markazini xabardor qilishi lozim.
1027. Bu kabi avariya holatlarida Foydalanuvchi xavfsizlikni taʼminlash nuqtai nazaridan (xodimlar yoki uskunaga taalluqliligi boʻyicha) operativ qayta ulashni rad etishga haqli va bu haqida birinchi navbatda Uzatish tizimi operatorining oʻqitilgan xodimlarini xabardor qilishi kerak.
1028. Xodimlar, uskunalar (qurilma)larni xavfsizligi uchun bevosita xavf tugʻdiruvchi yoki yuz bergan xavfni bartaraf etish uchun uzatish tizimidagi uskuna (qurilma)larda operativ qayta ulashlarni bajarishni talab etuvchi ishlar va (yoki) tadbirlarni oʻtkazish maqsadida Foydalanuvchi Uzatish tizimi operatorining Boshqaruv markazi bilan bogʻlanishi hamda uzatish tizimidagi uskuna (qurilma)larda operativ qayta ulashga soʻrov bilan murojaat etishi lozim.
1029. Bunday avariya holatlarida Uzatish tizimi operatorining Boshqaruv markazi va Foydalanuvchi oʻrtasidagi aloqa telefon orqali amalga oshiriladi va nomlanishlar almashuvini oʻz ichiga olishi lozim.
1030. Uzatish tizimi operatorining Boshqaruv markazi oʻzining uskuna (qurilma)lari hamda apparatlari operativ qayta ulashni kechirtirmasdan amalga oshirishi uchun barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
Talab etilgan operativ qayta ulash yakunlanganidan soʻng Foydalanuvchi oʻtkazilgan operativ qayta ulash haqida Uzatish tizimi operatorining Boshqaruv markazini xabardor qilishi lozim.
1031. Favqulodda vaziyatlarda Uzatish tizimi operatorining Boshqaruv markazi xavfsizlik nuqtai nazaridan (xodimlar yoki uskunaga taalluqliligi boʻyicha) operativ qayta ulashni rad etishi mumkin va bu haqda birinchi navbatda Foydalanuvchini xabardor qilishi zarur.
3-§. Rejali operativ qayta ulashlar
1032. Rejali operativ qayta ulashning barcha tartiblari qayta ulashlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan tarmoqni boshqarish uchun masʼul boʻlgan Boshqaruv markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Rejali operativ qayta ulashlarni rejalashtirishga soʻrovlar Boshqaruv markazining attestatsiyadan oʻtgan xodimlari tomonidan berilishi kerak.
Soʻrov oʻtkazilishi rejalashtirilgan qayta ulashlar va qayta ulashlarni amalga oshirilishi attestatsiyadan oʻtgan xodimlar hamda qayta ulashlarning xavfsiz bajarilishini taʼminlashga ruxsat beruvchi xavfsizlik texnikasi qoidalariga taalluqli zarur hujjatlar haqidagi batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
1033. Tezkor operativ qayta ulash talab etiladigan holatlardan tashqari, qayta ulashga soʻrov berayotgan shaxs, bu haqida kamida 24 soat oldin bildirgi berishi kerak.
Boshqaruv markazi tezkor operativ qayta ulashga soʻrovni maʼqullashi yoki uni rad etishi shuningdek boshqa olingan soʻrovlarni qondirish uchun soʻrovga oʻzgartirish kiritishni taklif qilishi mumkin.
Boshqaruv markazi qayta ulashlar oʻtkaziladigan biron bir zanjirda hech qanday sinashlar oʻtkazilmasligini kafolatlashi lozim.
1034. Barcha qayta ulashlar Boshqaruv markazining toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatmalari boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Koʻrsatmalar qayta ulashni amalga oshirish jarayonini belgilangan shaklda yozib olish va saqlanishini taʼminlovchi tizim orqali berilmayotgan boʻlsa, u holda koʻrsatma qabul qiluvchi tomonidan yozib olinishi va nazorat qiluvchi shaxsga tasdiqlash uchun oʻqib eshittirilishi kerak.
Har bir koʻrsatma berilgan vaqt va qayta ulashni bajarish vaqti yozib olinadi hamda nazorat qiluvchi shaxsga taqdim etilishi lozim.
1035. Xavfsizlik texnikasi boʻyicha har qanday hujjatlar berilishidan avval qayta ulash ishlari bajariladigan nuqtalar izolyatsiyalangan, izolyatsiya moslamalari qulf bilan qulflangan va ogohlantirish belgisi qoʻyilgan hamda har qanday kuchlanish berilishi ehtimolidan himoyalash uchun yerga ulangan boʻlishi kerak.
Imkon qadar izolyatsiya nuqtasi hamda asosiy yerga ulanishni taʼminlash vositasi hisoblanuvchi barcha taqsimlovchi qurilmalarning ishchi mexanizmlari oʻchirilgan boʻlishi kerak.
1036. Xavfsizlik texnikasi boʻyicha barcha hujjatlar Boshqaruv markazida roʻyxatga olinishi kerak.
1037. Xavfsizlik texnikasi boʻyicha hujjatlarni berish vakolatiga ega shaxs tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq xavfsiz ish joyini aniq belgilab berilishi kerak.
1038. Ishlarni olib borish joyida induksiyalangan kuchlanish vujudga kelishi xavfi mavjud boʻlgan holatlarda yoki ishlarni olib borish joyi asosiy yerga ulagichlar joylashgan joydan uzoqda boʻlsa, Xavfsizlik texnikasi boʻyicha hujjatlarni berish vakolatiga ega shaxs ishlarni olib borish joyida yordamchi yerga ulagichlarni qoʻllashi kerak.
Ushbu yordamchi yerga ulagichlar vakolatli shaxs tomonidan xavfsizlik texnikasi boʻyicha hujjatni oʻrganib chiqishdan oldin olib tashlanishi kerak.
1039. Xavfsizlik texnikasi boʻyicha hujjatlar toʻliq yopilib, bekor qilinmaguncha asosiy yerga ulagichlarni zanjirdan olib tashlash yoki qayta ulash taqiqlanadi.
1040. Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalarning X boʻlim 6-bob 4-paragrafida va 8-bobida batafsil koʻrsatib oʻtilgan tartibda xodimlarni oʻqitish va tegishli tarzda attestatsiyadan oʻtkazishni amaliyotga tatbiq etishi lozim.
Tarmoq Foydalanuvchilari oʻz xodimlari uchun ayni shunday oʻqitish va tegishli tarzda attestatsiyadan oʻtkazishni tartibini tatbiq etishi kerak.
4-§. Qayta ulashlardagi xatoliklar
1041. Operativ xodim qayta ulash operatsiyasini xato bajargan taqdirda, ushbu holatni tuzatishga urinishdan oldin mazkur holat haqida Boshqaruv markazini xabardor qilish zarur.
1042. Boshqaruv markazidagi nazorat qiluvchi masʼul shaxs, avtomatikaning ishlab ketishi va yuklamaning oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin vaziyatlarni inobatga olib, tegishli chora-tadbirlarni belgilashi kerak.
8-bob. Tizim operatori xodimlarini operativ tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish
1043. Tizim operatori real vaqt (operativ) rejimida yagona elektr energetika tizimi ishiga javob beruvchi oʻzining xodimlari va Tegishli tizim operatorlari uchun oʻquv dasturini ishlab chiqishi lozim.
1044. Tizim operatori tomonidan xodimlarni oʻqitish jarayoni va hajmi, bilim sinashini oʻtkazish maqsadida oʻtkaziladigan attestatsiya (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya) yuzasidan batafsil maʼlumot Vazirlikning soʻroviga koʻra taqdim etilishi lozim.
Tizim operatori dispetcherlik binolaridan tashqarida joylashgan va operativ rejalashtirish hamda yagona elektr energetika tizimini muvofiqlashtirish funksiyalarini bajaruvchi xodimlar uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak.
1045. Tizim operatori Nazorat organi bilan birgalikda oʻz oʻquv dasturlariga yagona elektr energetika tizimining asosiy elementlari, ishlash tamoyillari, ish jarayonlari, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish hamda favqulodda vaziyatlarni aniqlash va unga javoban chora koʻrish boʻyicha bilimlar kiritishi kerak.
Bu bilimlar elektr energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan avtomatika boʻyicha talablarni tatbiq etishning ekspluatatsiya oqibatlari haqidagi amaliy va nazariy qoʻllanmalarni oʻz ichiga olishi lozim.
1046. Tizim operatori shuningdek, oʻzi va boshqa operatorlarning dispetcherlik xizmatlari oʻrtasidagi oʻzaro ishlash boʻyicha trening mashgʻulotlari oʻtkazishni ham rejalashtirishi lozim va oʻz oʻquv dasturlariga avariya holatlarini aniqlash hamda ularga javob berish, zarur choralarni koʻrish boʻyicha mashgʻulotlarni ham kiritishi kerak.
1047. Tizim operatori Nazorat organi bilan birgalikda xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazadi.
1048. Barcha tegishli lavozimlar uchun mashgʻulotlarning batafsil mazmuni va oʻtkazish davriyligi oʻquv dasturida belgilanishi lozim. Ushbu oʻquv mashgʻulotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin bu bilan cheklanmaydi:
elektr energetikasi sohasining ixtisoslashgan yoʻnalishlari;
yagona elektr energetika tizimini ekspluatatsiyasi qilish vaqtida xodimlarni hamda uskuna (qurilma)larni xavfsizligini taʼminlash;
yagona elektr energetika tizimining barqaror va boshqa barcha rejimlarida ishlashi;
Taqsimlash tizimi operatori va uzatish tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan Foydalanuvchilar bilan birgalikdagi oʻqitish va tajriba almashish dasturlari.
1049. Tizim operatori generatsiyalovchi modullarni dispetcherlash boʻyicha hamda Uzatish tizimi operatorlari oʻrtasida hamkorlik va oʻzaro harakatlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishi kerak.
1050. Oʻquv mashgʻulotlari Tizim operatori darajasida real vaqtda va operativ rejalashtirish rejimini aks ettirgan holda oʻtkazilishi lozim.
1051. Tizim operatori Tegishli tizim operatorlarining barcha yangi operativ xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlari rejalarini tuzadi va oʻtkazadi.
Oʻquv mashgʻulotlari rejasi malaka oshirayotgan xodimning lavozimi va tajribasini inobatga olgan holda tuzilishi lozim.
Tegishli tizim operatorlari xodimlarining oʻquv rejalari toʻgʻrisidagi yozuvlar xodimlarning mazkur operator tizimidagi faoliyati davomida uch yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishi kerak.
1052. Oʻquv rejalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
boshlangʻich dastur, bunda Tizim operatori xodimlarini lavozimi darajasida ish joyida operativ rejimda oʻqitish va undan soʻng attestatsiya (bilim sinashi)dan oʻtkazish;
Tizim operatori xodimlarini operativ rejimda malakasini uzluksiz oshirib borish hamda xodimlarning davriy bilimlar sinashidan oʻtkazilishini kamida besh yilda bir marotaba amalga oshirish;
operativ rejalashtirish bilan bogʻliq ish joyida oʻqitish dasturi.
1053. Tizim operatori butun oʻquv jarayonini rejalashtirish, monitoring oʻtkazish va oʻquv dasturlarini muntazam yangilab borish uchun masʼul boʻlgan tajribali oʻquv mashgʻulotlari Koordinatorini tayinlaydi.
1054. Oʻquv mashgʻulotlari Koordinatori quyidagilar uchun masʼul:
Tizim operatori xodimlarini malakasi oshirish;
Tizim operatori xodimlarini operativ rejimda oʻqitish va attestatsiyadan oʻtkazish;
boshlangʻich va muntazam oʻqitib borishga tegishli hujjatlarni yuritish bilan bogʻliq jarayonlar;
Tizim operatori xodimlarini operativ rejimda attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni;
Tizim operatori xodimlarini operativ rejimda oʻqitish va attestatsiyadan oʻtkazish muddatini uzaytirish jarayoni;
elektr energetika sohasida faoliyat yurituvchi zarur amaliy va nazariy tajribaga ega mutaxassislarni hamda malakali ustoz va murabbiylarni jalb qilgan holda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish.
1055. Murabbiy sifatida faoliyat koʻrsatuvchi Tizim operatori xodimlari Uzatish tizimi operatori tomonidan roʻyxatga olinishi hamda ularning ish joyidagi ustozlik darajasi Tizim operatori xodimi sifatida qayta attestatsiyadan oʻtkazish bilan bir vaqtda koʻrib chiqilishi kerak.
1056. Tizim operatori yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish yoki yuklama modellari va bozordagi hamda yagona elektr energetika tizimidagi har qanday sezilarli oʻzgarishlarni inobatga olib oʻquv dasturlarini kamida yilda bir marta yoki oʻzgarayotgan operatsion rejimlar, ekspluatatsiya qoidalarini hamda tarmoq konfiguratsiyalari va xarakteristikalaridan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqishi va yangilashi kerak.
1057. Tizim operatori oʻqish jarayonining ishdan ajralgan va ajralmagan rejimdagi shakllari boʻlishini taʼminlaydi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqitish Tizim operatorining tajribali xodimi nazorati ostida oʻtkazilishi kerak.
Ishdan ajralgan rejimda taʼlim berish taʼlim berilayotgan mavqeyiga mos keluvchi tarmoqni modellashtirish tafsilotlari bilan dispetcherlikning haqiqiy qurilmalariga aynan oʻxshash boʻlishi lozim.
1058. Tizim operatori oʻquv mashgʻulotlarini Uzatish tizimi operatorlari orasidagi ish bilan bogʻliq operativ masalalarni yetarli darajada koʻrsatib berish, jumladan qoʻshni tarmoqlardan olingan tegishli maʼlumotlar bazasining kompleks modeliga asoslangan holda olib borilishini taʼminlashi kerak.
Tegishli holatlarda uzatish tizimiga ulanish nuqtasiga ega boʻlgan qoʻshni tizim operatorlari va Foydalanuvchilar mavqeyi modellashtiriladi yoki “oflayn” rejimida oʻqishda bevosita ishtirok etishi lozim boʻladi.
1059. “Oflayn” rejimida oʻqitish jarayoni keng qamrovli boʻlishi hamda oʻquv dasturlarida tizimlar, uskuna (qurilma)lardagi soʻnggi ishlanmalar, yangi texnologiyalar haqida tegishli maʼlumotlar aks etishi maqsadida Tizim operatori oʻzaro bogʻliq tizimlar operatorlari, ulanish nuqtasiga ega boʻlgan tarmoqlar Foydalanuvchilari bilan muntazam ravishda hamkorlik qilishi kerak.
1060. Tizim operatori vakili operativ rejimda ishlovchi xodimlariga lavozim yoʻriqnomalarida belgilangan vazifalarni kuzatuvchisiz bajarishlari uchun attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida hujjat berishi lozim.
1061. Tizim operatori operativ rejimda ishlovchi xodimlari uchun malaka darajasi va lavozim yoʻriqnomasi talablariga javob berishi yuzasidan attestatsiyadan oʻtish jarayonini belgilab berishi kerak.
Attestatsiyadan oʻtgan operativ rejimda ishlovchi Tizim operatorining xodimlariga tegishli guvohnoma beriladi, berilgan guvohnoma nusxasi Tizim operatorida saqlanishi lozim.
Attestatsiya jarayoni ogʻzaki va (yoki) yozma imtihon hamda oldindan belgilangan muvaffaqiyat mezonlari bilan birga amaliy koʻnikmalarni baholashdan iborat boʻlishi kerak. Attestatsiya natijalari Tegishli tizim operatorida saqlanishi lozim. Vazirlik soʻroviga koʻra Tizim operatori attestatsiya qaydnomalarini taqdim etishi kerak.
1062. Tizim operatori operativ rejimda ishlovchi har bir xodimiga berilgan Attestatsiyaning amal qilish muddatini roʻyxatdan oʻtkazishi kerak.
Attestatsiyaning maksimal amal qilish muddati Tizim operatori tomonidan belgilanishi va besh yildan oshmasligi kerak.
Attestatsiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar uni uzaytirish Tizim operatori tomonidan belgilangan mezonlarga, jumladan, Tizim operatori xodimlarining tajribasi, amaliy koʻnikmalari va doimiy ravishda oʻquv jarayonlaridagi ishtirokiga asoslanishi lozim.
1063. Tizim operatori xodimlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish jumladan, qoʻshni davlatlar uzatish tizimi operatorlari bilan muloqot qilishda zarur boʻlgan tillarni bilishi uchun xodimlarni oʻqitishi lozim.
1064. Tizim operatori har bir xodimini boshlangʻich oʻqitish jarayonida qoʻshni tizimlar bilan oʻzaro funksional moslik va ekspluatatsiya qilish masalalari boʻyicha hamda qoʻshni Uzatish tizimi operatorlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻquv mashgʻulotlari tajribasi va fikr-mulohazalari asosida oʻqitilishini taʼminlashi lozim.
Boshlangʻich oʻqitish jarayonining ushbu qismi yagona elektr energetika tizimini barqaror va boshqa turli rejimlarda oʻzaro kelishilgan holda ekspluatatsiya qilish masalalarini oʻz ichiga olishi kerak.
9-bob. Operativ xodimlarni joylarda operativ oʻqitish va attestatsiyadan oʻtkazish
1065. Uzatish tizimi operatori oʻz tizimidagi tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish vazifalarini amalga oshiruvchi operativ xodimlar uchun joylarda oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim.
Uzatish tizimi operatori tomonidan oʻtkazilayotgan oʻqitish va attestatsiya jarayonlari haqidagi batafsil maʼlumot Vazirlik soʻroviga asosan taqdim etilishi kerak.
1066. Uzatish tizimi operatori oʻz oʻquv dasturlariga yagona elektr energetika tizimi elementlari, ushbu tizimning faoliyat yuritishi, ishlash jarayonlari va tartiblaridan foydalanish boʻyicha zarur maʼlumotlarni, shuningdek kutilmagan va favqulodda vaziyatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan bilimlarni kiritishi kerak.
Bu bilimlar elektr energetika sohasida qonunchilik hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan avtomatika boʻyicha talablarni tatbiq etishni ekspluatatsion oqibatlari haqidagi amaliy va nazariy qoʻllanmalarni oʻz ichiga olishi kerak.
1067. Uzatish tizimi operatori operativ xodimlarining bilimlarini chuqurlashtirish va malakasini oshirish maqsadida joylarda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazadi.
Barcha tegishli lavozimlar uchun oʻquv mashgʻulotlarining batafsil mazmuni va oʻtkazish davriyligi oʻquv dasturida belgilanishi kerak.
Ushbu oʻquv mashgʻulotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin bu bilan cheklanmaydi:
elektr energetikasi sohasining ixtisoslashgan yoʻnalishlari;
yagona elektr energetika tizimini ekspluatatsiya qilish davomida xodimlarni hamda uskuna (qurilma)larning xavfsizligini taʼminlash;
yagona elektr energetika tizimining barqaror va boshqa barcha rejimlarida qayta ulash;
Taqsimlash tizimi operatori va uzatish tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan Foydalanuvchilar bilan birgalikdagi oʻqitish va tajriba almashish dasturlari.
1068. Tizim operatori tomonidan barcha yangi operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlarni oʻqitish yuzasidan dasturlar tayyorlashi va oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishi kerak.
Oʻquv mashgʻulotlari rejasi barcha yangi operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlarning lavozimi va tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.
Joylardagi yangi operativ va ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi xodimlarning oʻquv mashgʻulotlari rejalari toʻgʻrisidagi yozuvlar tegishli operativ tuzilma tomonidan xodimlarning mazkur operativ tuzilmadagi faoliyati davomida besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishi kerak.
1069. Joylarda tashkil qilinadigan oʻquv mashgʻulotlarini rejalashtirishda quyidagilarni inobatga olish kerak:
boshlangʻich dastur, bunda operativ va ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi xodimlarning lavozimi darajasida ish joyida operativ rejimda oʻqitish va undan soʻng attestatsiyadan oʻtkazish;
xodimlarning operativ rejimda malakasini uzluksiz oshirib borish;
davriy bilimlar sinashidan oʻtkazilishini kamida uch yilda bir marotaba amalga oshirish;
yagona elektr energetika tizimi xavfsizligi bilan bogʻliq ish joyida oʻqitish.
1070. Uzatish tizimi operatori oʻquv jarayonini rejalashtirish, monitoring oʻtkazish va oʻquv dasturlarini muntazam yangilab borish uchun masʼul boʻlgan tajribali Oʻquv mashgʻulotlari koordinatorini tayinlaydi.
1071. Oʻquv mashgʻulotlari Koordinatori quyidagilar uchun masʼul:
joylarda ish bajaruvchi xodimlar malakasi;
operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlarni operativ rejimda oʻqitish va attestatsiya (bilim sinashi)dan oʻtkazish;
boshlangʻich va uzluksiz oʻqitishga tegishli hujjatlarni yuritish bilan bogʻliq jarayonlar;
operativ va ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi xodimlarni attestatsiya (bilim sinashi)dan oʻtkazish jarayoni;
operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlarni oʻqitish va attestatsiya (bilim sinashi)dan oʻtkazish muddatini uzaytirish jarayoni;
elektr energetika sohasida faoliyat yurituvchi zarur amaliy va nazariy tajribaga ega mutaxassislarni hamda malakali ustoz va murabbiylarni jalb qilgan holda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish.
1072. Ustoz va murabbiy sifatida faoliyat koʻrsatuvchi operativ xodimlar Uzatish tizimi operatori tomonidan roʻyxatga olinishi hamda ularning ish joyidagi Ustoz va murabbiy darajasi Tizim operatori xodimi sifatida qayta attestatsiya (bilim sinashi)dan oʻtkazish bilan bir vaqtda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
1073. Oʻqitish dasturlari yangi texnologiyalar, bozor hamda yagona elektr energetika tizimidagi har qanday sezilarli oʻzgarishlarni inobatga olib, kamida yilda bir marta yoki oʻzgarayotgan operatsion rejimlar va ekspluatatsiya qoidalarini hamda tarmoq konfiguratsiyalari va xarakteristikalarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi va yangilanishi kerak.
1074. Uzatish tizimi operatori oʻqitish jarayoni ishdan ajralmagan holda va “oflayn” rejimda taʼlim olinishini taʼminlaydi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqitish ish joyida tajribali xodimning nazorati ostida oʻtkazilishi kerak.
Ishdan ajralgan rejimda taʼlim berish, imkon darajada taʼlim berilayotgan mavqeyiga mos keluvchi tarmoqni modellashtirish tafsilotlari bilan dispetcherlikning haqiqiy qurilmalariga aynan oʻxshash boʻlishi lozim.
1075. Uzatish tizimi operatori vakili operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlarga lavozim yoʻriqnomalarida belgilangan vazifalarni kuzatuvchisiz bajarishlari uchun attestatsiya oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berishi lozim.
1076. Uzatish tizimi operatori operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlar uchun malaka darajasi va lavozim yoʻriqnomalariga asosan bajarishi lozim boʻlgan vazifalarga koʻra attestatsiya jarayonini belgilab berishi kerak.
Attestatsiyadan oʻtgan operativ rejimda operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlarga tegishli guvohnoma beriladi, berilgan guvohnoma nusxasi Uzatish tizimi operatorida saqlanishi lozim.
Attestatsiya jarayoni ogʻzaki va (yoki) yozma imtihon hamda oldindan belgilangan ijobiy natija tamoyillariga asosan baholashdan iborat boʻlishi kerak.
Attestatsiya baholari natijalari tegishli operativ tuzilmada saqlanishi lozim.
Vazirlik soʻroviga koʻra Uzatish tizimi operatori attestatsiya qaydnomalarini taqdim etishi kerak.
1077. Uzatish tizimi operatori joylardagi operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi har bir xodimga berilgan attestatsiyaning amal qilish muddatini roʻyxatdan oʻtkazishi kerak.
Attestatsiyaning amal qilish muddati Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilanishi va besh yildan oshmasligi kerak.
Attestatsiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar uni uzaytirish Uzatish tizimi operatori tomonidan belgilangan mezonlarga, jumladan, joylardagi operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlarning yetarli amaliy tajribaga egaligi va oʻquv jarayonida doimiy ravishda ishtirokiga asoslanishi lozim.
1078. Uzatish tizimi operatori bir nechta boshqaruv markazlari nazoratiga ega boʻlgan hududlardagi operativ va ekspluatatsiya bilan shugʻullanuvchi xodimlarini boshlangʻich oʻqitish jarayonida qoʻshni davlatlar tizimlari bilan oʻzaro funksional moslik va ekspluatatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻqitilishini taʼminlashi lozim.
Ushbu oʻquv mashgʻuloti qoʻshni Uzatish tizimi operatorlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻquv mashgʻulotlari tajribasi va fikr-mulohazalariga asoslanishi kerak.
Boshlangʻich oʻqitish jarayonining ushbu qismi yagona elektr energetika tizimini barqaror va boshqa turli rejimlarda oʻzaro kelishilgan holda ekspluatatsiya qilish masalalarini oʻz ichiga olishi kerak.
XI boʻlim. Avariya vaziyatlari
1-bob. Avariya vaziyatlarini oldini olishning maqsadi va uning subyektlari
1079. Mazkur boʻlimda generatsiyalovchi modullar va yagona elektr energetika tizimining ekspluatatsiya cheklovlarini (chegaralarini) hisobga olgan holda qisqa muddatlarda yagona elektr energetika tizimida sodir boʻlgan toʻliq yoki qisman oʻchishlardan soʻng umumiy isteʼmolni tiklash hamda favqulodda va avariya vaziyatlarida bajarilishi talab etiladigan tadbirlar va majburiyatlar bayon etiladi.
1080. Boʻlimda himoyalash boʻyicha tadbirlar rejalari, himoyaga, jumladan chastotaning pasayishi/koʻtarilishidan himoyalashga, chastotani tushishida yuklamani oʻchirishdan himoyalashga, kuchlanishning ortishi/pasayishidan himoyalashga hamda aloqa va boshqarish vositalariga quyiladigan tashkiliy va texnik talablar koʻrsatib oʻtilgan.
Shuningdek, noldan ishga tushirish tartibi, jumladan noldan ishga tushirishni rejalashtirish, sinash hamda Tizim operatorining dispetcherlik markazi boshqaruvini yoʻqolishi holatlarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarni rejalashtirishga boʻlgan talablar belgilangan.
1081. Avariya vaziyatlarini oldini olishning maqsadi quyidagilarni taʼminlashdan iborat:
yagona elektr energetika tizimida yuz berishi mumkin boʻlgan favqulodda va avariya vaziyatlarining oldini olish va (yoki) rivojlanishiga toʻsqinlik qilish imkoniyatiga ega himoya tizimlarini joriy etish;
yagona elektr energetika tizimi toʻliq yoki qisman oʻchganidan soʻng uni qayta tiklash tartibi;
qayta tiklash rejalarini barcha ishtirok etuvchi Tomonlar bilan kelishish;
favqulodda va avariya vaziyatlari yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar uchun birlashgan energetika tizimi va qoʻshni tizim operatorlari bilan kelishilgan muvofiqlashtirish tartibi.
1082. Yagona elektr energetika tizimida jiddiy va keng miqyosli favqulodda va avariya vaziyatlari sodir boʻlganida yoki potensial jiddiy avariyalar kutilayotganda Tizim operatorining rahbariyatini xabardor qilish va ular tomonidan zudlik bilan holat boʻyicha tezkor qaror qabul qilishi, Foydalanuvchilar vakillarini zudlik bilan xabardor etish uchun 24 soat faoliyat yurituvchi zarur aloqa tarmoqlari va vositalari bilan taʼminlash talab etiladi.
Barcha tomonlar shunday aloqa vositalaridan foydalanishlari, bunday holatlarda 24 soat faoliyat yurituvchi zarur aloqa tarmoqlari va vositalarining mavjudligi (operativ foydalanishga tayyor ishchi holatda boʻlishi) doimiy nazorat qilib borilishi shart.
1083. Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori, Taqsimlash tizimi operatori, Elektr stansiyalari operatori, saqlash tizimlari operatori, jumladan taqsimlash tizimiga ulangan generatsiyalovchi modullar va saqlash tizimlari operatorlari hamda bevosita uzatish tizimiga ulangan Isteʼmolchilar mazkur boʻlim subyektlari hisoblanadi.
2-bob. Tarmoqning barqaror (turgʻun) ishlashi
1084. Uzatish tizimi favqulodda va avariya vaziyatlaridan tashqari, quyidagi shartlarga muvofiq uzluksiz ekspluatatsiya qilinishi kerak:
kuchlanishlar va oʻta yuklanishlarni Qoidalarning V boʻlimida belgilangan ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlariga rioya qilish va undan ogʻmasligini nazorat qilish;
tarmoq uskunalaridagi maksimal tok oqimlarini hamda tarmoqning alohida tugunlari va tomonlar oʻrtasidagi chegara (interfeys)larida kelishilgan qisqa tutashuv tokining maksimal qiymatlarini Qoidalarning V boʻlimida belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlash;
tarmoqda elektr energiyasini uzatishdagi yoʻqolishlarni kamaytirish hamda yagona elektr energetika tizimining barqarorligini oshirish uchun maksimal barqarorlashtirilgan va kuchlanishning yuqori grafiklari (profillari) bilan ishlash.
1085. Normal ekspluatatsiya sharoitida yagona elektr energetika tizimi quyidagi xarakteristikalarga ega boʻladi:
barcha isteʼmolchilar elektr energiyasi bilan taʼminlanadi;
uzatish tizimining barcha qismi (elementlari) uchun barcha ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlarga rioya etiladi;
“n-1” mezon barcha nuqtalarda taʼminlanadi.
1086. Yuqorida bayon etilgan talablarning bajarilishi barcha holatlarda yagona elektr energetika tizimining barqaror ishlashi va oʻta yuklanishlar taʼsirida boʻlmasligini taʼminlaydi.
Tizim operatori yagona elektr energetika tizimi xavfsizligi va barqarorligini taʼminlash maqsadida normal, favqulodda va koʻzda tutilmagan holatlar bilan bogʻliq ekspluatatsiyaga taʼsir etuvchi har qanday cheklovlarni aniqlash yuzasidan muntazam ravishda, shuningdek alohida holatlarda tadqiqotlar oʻtkazishi lozim.
Oʻrganish va sinashlar jarayonida aniqlangan jiddiy cheklovlar haqida Vazirlik xabardor qilinadi.
1087. Tarmoqning oʻta yuklanishi natijasida shikastlanishi mumkin boʻlgan barcha elementlari oʻta yuklanishdan himoya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Bunda, elementining qisqa muddatli oʻta yuklanishlarini inobatga olish va dispetcherlik harakati bilan tarmoqning oʻta yuklanish ostida qolishidan yuksizlantirish imkoniyatini yaratish maqsadida, ushbu elementlarni oʻchishidan oldin ogohlantiruvchi signal beruvchi himoya bilan taʼminlanishi lozim.
1088. Davlatlararo transchegaraviy tarmoqlar va bogʻlangan davlatlar chegaralaridagi tarmoqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzaro bogʻlanish toʻgʻrisidagi kelishuvlar shartlariga muvofiq taqdim etiladi.
1089. Uzatish tizimi operatori himoyani belgilangan talablarga muvofiq oʻrnatilishi va ekspluatatsiya qilinishini orqali elektr energetika tizimining xavfsiz ishlashini taʼminlashi lozim. Bunda bir nechta oʻxshash tasodifiy oʻchishlar hisobga olinishi hamda nosozliklarning kaskadli tarqalishini oldi olinishi kerak.
3-bob. Elektr energetika tizimidagi avariya vaziyatlari
1-§. Elektr energetika tizimida avariya vaziyatlarining tasnifi
1090. Mazkur Qoidalarning 1084-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlarning bajarilishida, ekspluatatsiya sharoitlari yagona elektr energetika tizimi chastotasi asosida belgilanadi.
Yagona elektr energetika tizimi chastotasi qiymatining diapazoniga muvofiq ekspluatatsiya sharoitlari quyidagilarga boʻlinadi:
normal ekspluatatsiya sharoiti: 49,8 Nz ≤ f ≤ 50,2 Nz;
ruxsat etilgan ekspluatatsiya sharoiti: 49,5 Nz ≤ f < 49,8 Nz va 50,2 Nz < f ≤ 50,5 Nz;
ekspluatatsiyaning kritik sharoiti: 47,5 Nz ≤ f < 49,5 Nz va 50,5 Nz < f ≤ 52,5 Nz;
ekspluatatsiyaning barqaror boʻlmagan (turgʻun boʻlmagan) sharoiti: f < 47,5 Nz va 52,5 Nz < f.
2-§. Avariya vaziyatlarini bartaraf etish
1091. Ishchi (birlamchi) zaxiraning yetarli (yoki mavjud) emasligi natijasida ekspluatatsiyaning kritik yoki barqaror boʻlmagan (noturgʻun) sharoiti yuzaga kelganda Tizim operatori va Foydalanuvchilar quyidagi shartlarga muvofiq favqulodda choralarni koʻrishlari kerak:
barcha Elektr stansiyalari operatorlari va elektr energiyasini saqlash tizimlari operatorlarini avariya vaziyati haqida xabardor qilish;
isteʼmol yuklamasini rostlash xizmatini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan Isteʼmolchilar operatorlari tomonidan yuklamani operativ rostlash xizmatlarini ishga tushirish;
past chastotali relelar orqali yuklamani avtomatik ravishda oʻchirish;
Tizim operatori tomonidan yoki uning rahbarligida yuklamani rejalashtirilgan yoki rejadan tashqari oʻchirish/qisqartirish.
1092. Tizim ajralib ketgan vaziyatda yagona elektr energetika tizimi chastotasini ruxsat etilgan chegaralarda ushlab turish va ihotalangan tarmoqlarning har birida ekspluatatsiyaviy xavfsizlikni saqlab turish uchun mazkur Qoidalarning 1091-bandiga muvofiq favqulodda choralar koʻrilishi mumkin.
1093. Oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida bitim tuzilgan qoʻshni elektr energetika tizimi operatori tizimida avariya vaziyati vujudga kelgan holatda Tizim operatori oʻzaro ulangan tarmoqlari orqali maksimal yordam koʻrsatishi kerak.
1094. Oʻzbekiston Respublikasining yagona elektr energetika tizimi uning bir qismi hisoblangan sinxron tizimdan uzilish faqatgina oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan qoʻshni elektr energetika tizimi operatorlari bilan kelishilganidan keyingina yakuniy tuzatish (tiklash) chorasi sifatida qabul qilinadi.
1095. Avariya vaziyatida Tizim operatori chastota ogʻishini bartaraf etadigan, keyinchalik yanada yomonlashishi oldini oladigan va barqaror ishlashni tezkor ravishda qayta tiklashga imkon beradigan harakatlarni amalga oshirishi kerak.
3-§. Generatsiyalovchi modullarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan avariyaviy tiklash tadbirlari
1096. Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori yagona elektr energetika tizimida avariya vaziyati yuzaga kelgani eʼlon qilingan taqdirda generatsiyalovchi obyektlarni, shuningdek elektr energiyasini saqlash tizimlarini dispetcherlash boʻyicha normal tartiblarni toʻxtatib turishlari lozim.
Avariya vaziyatlarida uzatish tizimi va taqsimlash tizimining ekspluatatsiyaviy xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Tizim operatori yoki taqsimlash tizimining ihotalangan qismida Taqsimlash tizimi operatori Elektr stansiyalari operatorlariga va (yoki) boshqa tarmoq Foydalanuvchilariga avariya toʻgʻrisida bildirgi berishi kerak.
1097. Avariya toʻgʻrisidagi bildirgi berilgach, Tizim operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorlari Elektr stansiyalari operatorlari va elektr energiyasini saqlash tizimlari operatorlariga yagona elektr energetika tizimini barqaror ekspluatatsiya holatiga qaytarishni taʼminlovchi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatma beradi.
Elektr stansiyalari operatori yoki elektr energiyasini saqlash tizimi operatori yagona elektr energetika tizimini barqaror ekspluatatsiya holatiga qaytarishni taʼminlovchi tadbirlarni amalga oshirish holatida boʻlmasa, bu haqida Tizim operatori yoki Taqsimlash tizimi operatorini asoslangan holda xabardor qilishi va yagona elektr energetika tizimini tiklash jarayonidagi oʻzining ishtiroki toʻgʻrisida kelishib olishi kerak.
4-bob. Elektr energetika tizimini himoyalash
1-§. Elektr energetika tizimini himoyalashni rejalashtirishning umumiy tamoyillari
1098. Murakkab va yopiq tarmoqlarda nosozlik (buzilish)lar qisqa vaqt oraligʻida keng tarqalishi, oddiy shikastlanish katta avariyaga olib kelishi ehtimoli yuqoriligi va ish davomida har qanday ehtiyot choralari koʻrilmasligi qisqa muddatli oʻta xavfli ekspluatatsiya sharoitlari yuzaga kelishini inobatga olib, elektr energetika tizimidagi nosozliklar parallel ravishda ishlaydigan qoʻshni davlat energetika tizimlariga salbiy taʼsirini minimallashtirish choralari koʻrilishi shart.
Bunda Tizim operatori va Uzatish tizimi operatori avariya vaziyatlarining maksimal oldini olish boʻyicha zarur ehtiyot choralarini koʻrishlari, samarali himoya tizimlari va himoyalash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari talab etiladi.
1099. Tizim operatori Oʻzbekiston Respublikasining yagona elektr energetika tizimi uning bir qismi hisoblangan sinxron bogʻlangan birlashgan energetika tizimining belgilangan talablar (kelishuvlar)ga muvofiq xavfsiz va barqaror parallel ishlashi uchun javobgar hisoblanadi.
Tizim operatori koʻriladigan barcha asosiy harakatlarini batafsil bayon etilgan himoya tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va “Energiya” KDM va qoʻshni elektr energetika tizimi operatorlari, Taqsimlash tizimi operatorlari va boshqa Foydalanuvchilar bilan kelishadi.
Ushbu himoyalash rejasida koʻzda tutilgan tadbirlar barcha Tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
1100. Himoyalash boʻyicha tadbirlar rejasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
turli vaziyatlarda qoʻllanilishi lozim boʻlgan choralar roʻyxati;
mazkur Qoidalarning VIII boʻlim 6-bob 6-paragrafi va VIII boʻlim 7-bobiga muvofiq yagona elektr energetika tizimi miqyosida ogohlantirishlar berish tartibi;
himoyalash tizimini tashkillashtirish tartib va tamoyillari;
texnik uskuna (qurilma)larga qoʻyiladigan talablar;
Tizimi operatori va Tomonlar (Foydalanuvchilar) oʻrtasida majburiyatlarni hamda javobgarlikning toʻgʻri va aniq taqsimlanishi.
2-§. Elektr energetika tizimini himoyalash
1101. Uzatish tizimi operatori uzatish tizimining talab (yetarli) darajasida himoyasini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi hamda uning toʻgʻri va uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun zarur tashkiliy va texnik talablarni belgilaydi.
Texnik xizmat koʻrsatish rejimlarini belgilashda Uzatish tizimi operatori Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetika sohasida qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.
3-§. Rele himoya tizimlari
1102. Avariya tarqalishi va kuchayishining oldini olish, elektr energetika tizimining har qanday elementiga taʼsir qiluvchi nosozliklarni tezkor bartaraf etish uchun himoya qurilmalari (vositalari) oʻrnatilishi lozim.
1103. Ushbu kontekstda himoya oʻz ichiga himoyalash signalizatsiyasi uskuna (qurilma)larini va ular bilan bogʻliq aloqa vositalarini oladi.
1104. Oʻtkinchi qisqa tutashuvlardan soʻng elektr tarmoqlarini tezkor qayta ulanishini taʼminlash uchun barcha zanjirlar elektr energetika sohasida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq avtomatik ulash uskuna (qurilma)lari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
1105. Har bir zanjirdagi himoyaning ishlash tezligi va soniga boʻlgan talablar mazkur Qoidalarning III boʻlimida batafsil taʼriflangan.
5-bob. Isteʼmolchilarda yuklamani rostlash
1-§. Isteʼmolchilarda yuklamani rostlash va oʻchiriladigan (rostlanadigan) yuklamalar
1106. Uziladigan (rostlanadigan) yuklamalar — bu oʻzining yuklamasidan elektr energetika tizimida muvozanatlashni, yaʼni isteʼmolni rostlash uchun foydalanishga rozilik bergan, odatda isteʼmol quvvati 1 MW dan kam boʻlmagan isteʼmolchilar va elektr energiyani saqlash tizimlari hisoblanadi.
2-§. Qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq isteʼmolchilar yuklamasini rostlash
1107. Isteʼmolchilar chastota rostlash yoki zaxirani taʼminlash uchun qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq oʻz yuklamasi boshqaruvini taqdim etishlari mumkin.
1108. Shartnomada oʻchirilishi mumkin boʻlgan yuklama miqdori, yuklamani cheklash mumkin boʻlgan vaqt davomiyligi hamda tegishli bildirgi (xabar) yuborilishi kerak boʻlgan muddat koʻrsatilishi lozim.
3-§. Isteʼmolchi bilan ixtiyoriy kelishuv sifatida
1109. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ulangan Isteʼmolchi Tizim operatoriga avariya vaziyatlarida yuklamani boshqarish uchun oʻzining yuklamasini boshqarish funksiyasidan foydalanishni taklif qilmoqchi boʻlsa, u mazkur Qoidalarning XI boʻlim 5-bobiga muvofiq bu haqda Tizim operatorini xabardor qilishi kerak. Ushbu holat ixtiyoriy kelishuv boʻlib, u uchun toʻlov qilinmaydi.
1110. Ixtiyoriy kelishuv (bitim) har yil yakuniga (dekabr) qadar Tizim operatoriga yozma koʻrinishda taqdim etilishi kerak.
Ushbu kelishuvda Isteʼmolchi kelgusi yil davomida Tizim operatorining koʻrsatmalari uning bildirgisida koʻrsatilgan parametrlarga muvofiq boʻlishi sharti bilan Tizim operatorining yuklamani boshqarish boʻyicha amal koʻrsatmalariga qilishini tasdiqlaydi.
Yangi mavsum har yili 1-yanvar sanasidan boshlanadi.
1111. Ixtiyoriy kelishuv quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
yuklamani qisqartirish imkoniyatining mavjud miqdori;
Tizim operatori tomonidan Isteʼmolchiga taqdim etishi lozim boʻlgan bildirgi;
foydalanish davriyligi, jumladan necha marotaba, qaysi muddatda yoki soni va muddatlari;
har bir alohida holat uchun yuklamani qisqartirish mumkin boʻlgan vaqtning davomiyligi;
kelishuvga muvofiq yuqorida koʻrsatib oʻtilgan yuklamani boshqarishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday vaziyatlar.
4-§. Ogohlantiruvchi bildirgilar
1112. Ixtiyoriy kelishuv (Bitim) doirasida mazkur Qoidalarning XI boʻlim 5-bob 2 va 3-paragraflari talablariga muvofiq amalga oshirilayotgan yuklamani oʻchirish bilan bogʻliq barcha tadbirlar oldindan kelishiladi, shu sababli hech qanday rasmiy ogohlantiruvchi bildirgilar talab etilmaydi.
5-§. Isteʼmolni tezkor rostlash
1113. Isteʼmolni tezkor rostlash — chastotani pasaytirilgan chastotali rele ishlaydigan darajagacha tushib ketishining oldini olish maqsadida generatsiyalovchi modullar yordamida chastotani birlamchi rostlashni taʼminlash uchun qoʻshimcha ravishda isteʼmolchilar yuklamasini tezkorlik bilan (bir lahzali) uzish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, yagona elektr energetika tizimining baʼzi nuqtalarida kuchlanishni umumiy pasaytirish imkoniyatidan foydalanib yuklamani kamaytirishdan ham foydalanish mumkin.
1114. Isteʼmolni tezkor (lahzalik) rostlash xizmatlari Isteʼmolchi obyektlari tomonidan yuklamani oʻzgarishi taʼsirida aktiv quvvat isteʼmolini pasaytirish yuzasidan qoʻshimcha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida koʻrsatiladi. Yagona elektr energetika tizimida chastotani dinamik modellashtirish va (yoki) yagona elektr energetika tizimi talablariga muvofiq Tizim operatori tomonidan belgilangan darajagacha tushib ketgan holatda, Isteʼmolchi obyektlari tomonidan aktiv quvvat isteʼmolini pasaytirish yuzasidan qoʻshimcha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida uning yuklamasi avtomatik tarzda oʻchiriladi.
1115. Isteʼmolni umumiy qisqartirish jarayonining bir qismi sifatida, yuklamani rostlash qurilmalari ishini boshqarishni amalga oshiruvchi kuchlanishni rostlash qurilmalariga, isteʼmolni lozim boʻlgan holatlarda kamaytirish uchun kuchlanishni 3 foiz, 5 foiz va 9 foizga pasaytirishga koʻrsatma berilishi kerak.
6-§. Isteʼmolchini majburiy oʻchirish
1116. Taqsimlash tizimi operatori, uzatish tizimiga ulangan har bir Berk taqsimlash tizimi operatori hamda uzatish tizimiga ulangan har bir Isteʼmolchi, har bir kalendar yilning oxirigacha (oktabr oyi) Tizim operatoriga kelgusi ekspluatatsiya yili uchun yozma ravishda ulanish nuqtasiga doir quyidagilarni taqdim etishi kerak:
jami yillik maksimal isteʼmoli;
5, 10, 15, 20, 25 va 30 daqiqa vaqt davomida qoʻlda oʻchirilishi mumkin boʻlgan, jami yillik maksimal isteʼmolning foizlardagi qiymati, bunda jami yillik maksimal isteʼmolning umumiy hajmidan kamida 60 foiz miqdorida oʻchirilishi lozim;
Tizim operatoridan koʻrsatma olinganidan soʻng dastlabki 5 daqiqada umumiy talabning kamida 20 foiz qoʻlda oʻchirilishi mumkinligini tasdiqlash.
1117. Taqsimlash tizimi operatori, uzatish tizimiga ulangan har bir Berk taqsimlash tizimi operatori hamda uzatish tizimiga ulangan har bir Isteʼmolchi jami yillik isteʼmoldagi maksimal isteʼmol quvvatining kamida 60 foiz miqdorini past chastotali relelar orqali avtomatik tarzda tarmoqdan oʻchirish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
Ushbu choralar bosqichma-bosqich chastotaning har bir darajasiga isteʼmolning maʼlum miqdorini tarmoqdan avtomatik oʻchirishni oʻz ichiga olishi kerak.
Tizim operatori chastotani har bir pasayish bosqichida oʻchirilishi lozim boʻlgan yuklamani nisbatini belgilaydi va tegishli Taqsimlash tizimi operatori bilan geografik joylashuviga bogʻliq ravishda yuklamani bosqichma-bosqich kamaytirishni taʼminlash uchun oʻchiriladigan fiderlarni kelishadi.
1118. Chastotaning pasayishida avtomatik oʻchirishga tushadigan Isteʼmolchilar Tegishli tizimi operatori va Tizim operatori tomonidan quvvatlarda alohida pogʻonalar (bloklar)ga boʻlinadi.
Elektr energetika sohasida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq elektr taʼminotining avtomatik tiklash sxemalari oʻrnatilgan boʻlsa, pogʻonalar (bloklar)ni taʼminlashning ikkala manbasi ham bir xil pogʻonalar (bloklar)da joylashgan boʻlishi kerak.
1119. Ushbu pogʻonalar (bloklar)ning soni, joylashuvi, oʻlchamlari va tegishli past chastota sozlamalari Taqsimlash tizimi operatori bilan kelishilganidan soʻng kelgusi har bir kalendar yilining (oktabr) oxiriga Tizim operatori tomonidan belgilanishi kerak.
Tizim operatori har yili har bir pogʻonalar (bloklar) holati boʻyicha tahlil oʻtkazadi va barcha geografik joylashuvlarni qamrab oluvchi kelishilgan tadbirlar grafigini tayyorlaydi.
1120. Taqsimlash tizimi operatori, uzatish tizimiga ulangan har bir Berk taqsimlash tizimi operatori hamda uzatish tizimiga ulangan har bir Isteʼmolchini alohida pogʻonalar (bloklar) boʻyicha tashkiliy tadbirlar barcha ulanish nuqtalarida har bir tarqatish tizimi kesimida bir xil kattalikdagi yuklamani tarmoqdan oʻchirishni taʼminlash uchun moʻljallanadi.
1121. Chastota (49,0), (48,8), (48,6), (48,4) Nz qiymatlari bilan belgilangan chastota darajalarigacha pasayib ketsa, isteʼmol yuklamasi past chastotali rele yordamida avtomatik tarzda tarmoqdan oʻchiriladi.
Tizim chastotasi 49,0 Nz gacha pasayib ketsa, yuklamaning 10 foizdan 20 foizgacha qismi avtomatik va majburiy tarzda tarmoqdan oʻchiriladi.
Chastotaning 49,0 Nz dan keyingi har bir pogʻonasida oʻchirilishi lozim boʻlgan yuklama hajmi uzatish tizimi Foydalanuvchilarining texnik talablarini hisobga olgan holda Tegishli tizim operatori va Tizim operatori tomonidan belgilanadi.
Chastota pasayishi natijasida oʻchishlar sodir boʻlsa, har yili isteʼmolchilarning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda elektr energiyasini oʻchirishlar teng va kamsitilmagan sharoitlarda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida aylanma (veyer) uslubidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
1122. Past chastotali rele yagona elektr energetika tizimi chastotasini berilgan (belgilangan) darajagacha tushib ketishi bilan 150 millisoniyalarda ishga tushish texnik imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Past chastotali relelarning sezuvchanligi 0,05 Nz dan oshmasligi kerak.
1123. Past chastotali relening ishlashi oʻchirish vaqtida elektr energiyasi taʼminotini tiklash uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlashiga toʻsqinlik qilishi kerak.
1124. Taqsimlash tizimi operatori, uzatish tizimiga ulangan har bir Berk taqsimlash tizimi operatori hamda uzatish tizimiga ulangan har bir Isteʼmolchi past chastotali relening avtomatik oʻchishi natijasida isteʼmolning qisqarishi toʻgʻrisidagi dastlabki tahlillarni Tizim operatoriga qisqa vaqt ichida taqdim etishi lozim.
Ogʻzaki axborot 10 daqiqa mobaynida hamda yozma tasdiqlash bir kun ichida taqdim etiladi.
1125. Chastotaning pasayishida elektr taʼminoti avtomatik oʻchirilgandan va chastota qayta tiklanganidan soʻng maʼlum muddat ichida isteʼmolchilarning katta qismining elektr taʼminotini tiklash imkoni yoʻq holatlarda, Tizim operatori Taqsimlash tizimi operatoriga boshqa isteʼmolchilarni qoʻshimcha qoʻlda oʻchirish va unga teng hajmdagi avtomatik tarzda oʻchirilgan isteʼmolchilar elektr taʼminotini tiklash topshirigʻini berishga haqli.
Ushbu harakatlardan asosiy maqsad, chastotaning keyingi pasayishlarini yuklamani avtomatik oʻchirish orqali toʻxtatib qolish (yoki bartaraf etish) hisoblanadi.
1126. Tizim operatori yagona elektr energetika tizimi sharoitlari chastotaning pasayib ketishi yuklamani avtomatik tarzda oʻchirilishiga olib kelishi mumkin deb hisoblasa, avtomatik tiklashning barcha sxemalarini oʻchirish haqida koʻrsatma beradi.
Chastota boʻyicha yuklamaning avtomatik oʻchishi sodir boʻlgandan soʻng, tizimida oʻchish sodir boʻlgan Taqsimlash tizimi operatori, uzatish tizimiga ulangan har bir Berk taqsimlash tizimi operatori hamda uzatish tizimiga ulangan har bir Isteʼmolchi Tizim operatori tomonidan taʼminotni qayta tiklash haqida tegishli koʻrsatma berilmaguniga qadar oʻchiq turgan qismga kuchlanish berishi mumkin emas.
1127. Chastota tiklanganidan soʻng Tizim operatori oʻchgan qismlarning elektr taʼminotini tiklash boʻyicha koʻrsatma beradi.
Taqsimlash tizimi operatori, uzatish tizimiga ulangan Berk taqsimlash tizimi operatori hamda uzatish tizimiga ulangan har bir Isteʼmolchi tomonidan oʻchgan qismlar (isteʼmolchilar)ning elektr taʼminoti imkon qadar qisqa muddatda tiklanishi va takroriy (qayta) ulash jarayoni Tizim operatori koʻrsatma berganidan soʻng 2 daqiqa ichida boshlanishi kerak.
1128. Uzatish yoki taqsimlash tizimining butun yoki bir qismida ishlab chiqarish quvvati va isteʼmol yuklamasi orasida doimiy nomutanosiblik (tanqislik) kuzatilayotgan boʻlsa yuklama (isteʼmol) aylanma (veyer) usuli yordamida qoʻlda oʻchiriladi.
1129. Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori va Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda yuklamani aylanma (veyer) usulida oʻchirish rejasini ishlab chiqishi kerak.
Aylanma (veyer) usulida oʻchirishni rejalashtirish mavjud quvvati jalb etilgan Tomonlar oʻrtasida bir maromda taqsimlanishini taʼminlash lozim.
Aylanma (veyer) usulida oʻchirishda Isteʼmolchilarning bir qismi ikki soatgacha boʻlgan muddatga oʻchirilishi mumkin, shundan soʻng ularning taʼminoti qayta tiklanishi va boshqa bir guruh isteʼmolchilarning taʼminoti oʻchirilishi kerak.
1130. Tizim operatori va Taqsimlash tizimi operatori yuklamani aylanma (veyer) usulida oʻchirish rejasiga, rejani amalga oshirish boshlanishidan avval ekspluatatsiya sharoitlaridan kelib chiqib, oʻzaro kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.
Tegishli tizim operatori har bir Foydalanuvchini elektr taʼminotidan turli vaqtda oʻchirilishi lozim boʻlgan yuklamaning umumiy hajmi toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak.
1131. Oʻchirish butun yagona elektr energetika tizimining yoki ihotalangan rejimda ishlayotganda ushbu tizimning bir qismini yaxlitligini himoyalash maqsadida amalga oshirilayotgan boʻlsa, mazkur oʻchirishlar Tizim operatorining nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Taqsimlash tizimining ihotalangan rejimda ishlayotgan qismida amalga oshirilayotgan oʻchirishlar Taqsimlash tizimi operatorining nazorati ostida amalga oshirilishi lozim.
1132. Zaxira taʼminotini avtomatik tiklash sxemalari qoʻllanilgan boʻlsa, ushbu sxemalar aylanma (veyer) usulida oʻchirish rejasini amalga oshirishdan avval oʻchirib qoʻyilishi kerak.
1133. Avariya vaziyati sodir boʻlgan vaqtda Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori va Taqsimlash tizimi operatori avariya vaziyati oqibatlari va davomiyligini cheklash uchun mumkin boʻlgan barcha imkoniyatlarni ishga solishlari kerak.
7-§. Ogohlantiruvchi bildirgilar
1134. Ogohlantiruvchi bildirgilardan tizimi mazkur Qoidalarning XI boʻlim 5-bob 5 va 6-paragraflari talablariga muvofiq yuklamani kamaytirish tadbirlariga mos ravishda undan foydalanish mumkinligi haqida xabardor qilish uchun foydalaniladi.
Generatsiya quvvatlari tanqisligi kuzatilsa yoki yuklamani rostlashni amalga oshirish uchun boshqa sabablar boʻlsa, Tizim operatori yuklamani rostlash haqida ogohlantiruvchi bildirgi orqali Taqsimlash tizimi operatorini ogohlantirishi lozim.
Avariya (favqulodda) vaziyatlari yuzaga kelganida Tizim operatori tomonidan favqulodda choralar koʻrilishi kerak boʻlgan va ogohlantirish xabarnomasini taqdim etish uchun yetarli vaqt boʻlmagan taqdirda, mazkur boʻlimning talablari qoʻllanilmaydi, biroq Tizim operatori sodir boʻlgan vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan bildirgini yuqorida qayd etilgan tashkilotlarga taqdim etadi (eʼlon qiladi).
1135. Zaruratga koʻra Tizim operatori tomonidan ogohlantirishning keyingi tizimi Taqsimlash tizimi operatorlariga Tizim operatorining koʻrsatmalarini bajarish uchun zarur deb hisoblagan tegishli tayyorgarlik choralarini koʻrishga imkon berish uchun kiritiladi.
1136. Barcha ogohlantirishlar kamida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
erishilishi lozim boʻlgan yuklama va (yoki) kuchlanishning pasayishi miqdori;
amalga oshirishning kutilayotgan vaqti;
qayta tiklanishning kutilayotgan vaqti.
1137. Mazkur Qoidalarning 1115-bandiga muvofiq kuchlanishni rostlash yoʻli bilan yuklamaning umumiy pasayishi holatida, amalga oshirilishi lozim boʻlgan har bir bosqich uchun Tizim operatori tegishli ogohlantiruvchi bildirgilar beradi.
Bunday bildirgilar yuqorida batafsil koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotni, shuningdek ushbu bildirgi butun yagona elektr energetika tizimiga taalluqli boʻlmasa, ogohlantiruvchi bildirgi taalluqli boʻlgan zonani oʻz ichiga oladi.
1138. Quyidagi tomonlar ogohlantiruvchi bildirgilarning nusxasini oladi:
bildirgi taalluqli boʻlgan Taqsimlash tizimi operatorlari;
Vazirlik.
1139. Mazkur Qoidalarning XI boʻlim 5-bob 6-paragrafida koʻrsatib oʻtilgan kelishuvlarga muvofiq yuklamani koʻzda tutilgan yoki rejalashtirilgan kamaytirish holatlarida Tizim operatori qizil ogohlantiruvchi bildirgi beradi. U yagona elektr energetika tizimiga taalluqli boʻladi.
1140. Qizil ogohlantiruvchi bildirgi yagona elektr energetika tizimiga taalluqli boʻlganligi va yuklamani oʻchirishni koʻzda tutganligi sababli, barcha Taqsimlash tizimi operatorlariga, Elektr stansiyalari operatorlariga, Foydalanuvchilarga va Vazirlikka yuboriladi.
1141. Barcha ogohlantiruvchi bildirgilar Tizim operatori tomonidan bekor qilmaguncha oʻz kuchida qoladi.
8-§. Sodir boʻlgan vaziyatlar (hodisalar) toʻgʻrisida hisobot
1142. Tizim operatori tomonidan ogohlantiruvchi bildirgi va (yoki) yuklamani qoʻlda pasaytirish haqida koʻrsatma bergan holatlarda, Tizim operatori vaziyat (hodisa)ga taalluqli tadbirlar tugagach, har qanday holatda zudlik bilan ikki kun ichida ushbu hodisa toʻgʻrisida qisqacha hisobot tayyorlashi va Vazirlikka taqdim etishi shart.
9-§. Isteʼmolchilarni ogohlantirish
1143. Dastlabki ishga tushirishdan keyin yuklamani aylanma (veyer) usulida oʻchirish rejalashtirilgan tadbir hisoblanadi va Isteʼmolchilar qachon va qancha vaqt davomida taʼminotdan uzilishi borasida xabardor qilingan boʻlishlari lozim.
Buning uchun masʼuliyat Taqsimlash tizimi operatoriga yuklanadi. Ushbu operatorlar yuklamani taqsimlash rejasiga binoan aylanma (veyer) usulida oʻchirish doirasida tegishli choralarni koʻrishlari kerak boʻladi.
Mazkur tadbirlardan tashqari, Foydalanuvchilarni ogohlantirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi, amma bu bilan cheklanmaydi:
ommaviy axborot vositalarida (gazeta, radio, televideniye) eʼlonlar;
Taqsimlash tizimi operatori ofislarida mavjud boʻlgan eʼlonlar;
Taqsimlash tizimi operatori, Uzatish tizimi operatori va (yoki) Tizim operatorining internet-saytlaridagi maʼlumotlar;
Isteʼmolchilarning roʻyxatga olingan himoyalanmagan qatlami uchun elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarnomalar.
10-§. Kompensatsiya
1144. Mazkur Qoidalarning XI boʻlim 5-bob 2-paragrafida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, mazkur Qoidalarning XI boʻlim 5-bobi koʻrsatmalariga muvofiq rejalashtirilgan va rejadan tashqari qoʻlda yoki avtomatik tarzda yuklamani oʻchirish uchun hech qaysi Tomonga kompensatsiya toʻlanmaydi.
6-bob. Elektr energetika tizimi ishini tiklash
1-§. Elektr energetika tizimi ishini tiklash tamoyillari
1145. Elektr energetika tizimi ishini tiklash, uni qisman yoki toʻliq oʻchishi holatida Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori yoki Taqsimlash tizimi operatori tomonidan oʻta qisqa muddatda minimal darajada nojoʻya taʼsirlarsiz va xavfsizlikni taʼminlagan holda barcha isteʼmolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash tamoyillariga amal qilishni koʻzda tutadi.
2-§. Elektr energetika tizimi ishini tiklashda ishtirok etuvchi Tomonlar
1146. Elektr energetika tizimi ishini tiklash tamoyillari quyidagi Tomonlarga nisbatan qoʻllaniladi:
Uzatish tizimi operatori va uzatish tizimiga ulanishi mumkin boʻlmagan ihotalangan taqsimlash tarmogʻining uchastkalariga doir Taqsimlash tizimi operatorlari;
uzatish tizimi toʻliq yoki qisman oʻchishdan keyin elektr energetika tizimi ishini tiklash bilan bogʻliq qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan noldan ishga tushirish imkoniyatiga ega boʻlgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari operatorlari.
3-§. Noldan ishga tushirish imkoniyatiga ega generatsiyalovchi modullar
1147. Tashqi taʼminot manbalardan foydalanishga zaruratsiz ekspluatatsiyaga qaytishi mumkin boʻlgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari Tizim operatori tomonidan noldan ishga tushirish imkoniyatiga ega sifatida roʻyxatga olinadi va ularning operatorlariga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzishni talab etishi mumkin.
Bunday murojaat kelib tushgan taqdirda, operatorlarning asossiz rad etishi taqiqlanadi va Vazirlikning koʻrsatmasiga binoan, qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha standart shartnoma tuzishga majbur.
Noldan ishga tushirish stansiyasidan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uzatish tizimini taʼminlash va isteʼmolchilarni elektr energiyasi taʼminoti uchun hamda boshqa generatsiyalovchi modullarni qayta ulash maqsadida foydalanishi mumkin.
1148. Noldan ishga tushirish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlarini taqdim etuvchi generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini tegishli uskunalari noldan ishga tushirish qobiliyatlarini tasdiqlovchi zarur ekspluatatsiya sinashlari oʻtkazilishi kerak.
1149. Elektr energetika tizimi ishini tiklash vositalari bilan taʼminlash zaruratiga koʻra ihotalangan elektr energetika tizimlari orasidagi birlashtiruvchi ulanishlar va uskunalar va (yoki) qurilmalardan foydalanilishi lozim.
1150. Uskunalarning noldan ishga tushirish imkoniyatlari kamida uch yilda bir marta muntazam ravishda joyida sinashdan oʻtkazilishi kerak.
4-§. Elektr energetika tizimi ishini tiklash rejasi
1151. Tizim operatori tomonidan zaruratga koʻra, noldan ishga tushirish imkoniyati bilan bogʻliq qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga kiritilgan generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini qamrab olgan yagona elektr energetika tizimi ishini tiklash boʻyicha batafsil reja ishlab chiqilishi va yangilanishi lozim.
1152. Tizim operatori boshqaruvi ostida Foydalanuvchilar tomonidan rioya etilishi kerak boʻlgan tiklashning umumiy strategiyasi ketma-ket quyidagi bosqichlarni nazarda tutadigan rejada belgilanishi kerak:
stansiyalarni noldan ishga tushirish uchun moʻljallangan bir necha ihotalangan tizimlarni yaratish;
mahalliy yuklamani generatsiyalovchi modullar va elektr energiyasini saqlash tizimlari orqali taʼminlash;
ushbu ihotalangan elektr energetika tizimlari ishlashini bir-biri bilan sinxronlashtirish;
butun elektr energetika tizimining normal (barqaror) ishlashini yakuniy toʻliq tiklash.
1153. Qabul qilinishi lozim boʻlgan tiklashning umumiy strategiyasini belgilab berishdan tashqari ushbu rejada quyidagi masalalar ham koʻrib chiqilishi lozim:
yagona elektr energetika tizimi ishini tiklashning ustuvor yoʻnalishlari;
yagona elektr energetika tizimi ishini tiklash uchun zarur boʻlgan uskunalar va (yoki) qurilmalar;
Tizim operatori koʻrsatmalariga amal qiluvchi yoki aloqa bir vaqtning oʻzida ishlamay qolganida ihotalash uchun mustaqil harakat qiluvchi generatsiyalovchi obyektlari, elektr energiyasini saqlash tizimlari, Taqsimlash tizimi operatorlari va boshqa Foydalanuvchilarga taqdim etilishi lozim boʻlgan rahbariy hujjatlar;
Hukumat, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqa.
1154. Tizim operatori yagona elektr energetika tizimini himoyalash rejasiga koʻra barcha choralar koʻrilganidan soʻng va yagona elektr energetika tizimi barqaror holatga kelganida belgilangan tadbirlar asosida tiklash jarayonini boshlaydi.
1155. Tizim operatori yagona elektr energetika tizimini bosqichma-bosqich barqaror holatda tiklash imkonini beruvchi tiklash uchun zarur boʻlgan tartiblarni ishlab chiqadi.
Bunday tartiblar hech boʻlmaganda imitatsiyali modellashtirish yoki muqobil hisob-kitoblar bilan tasdiqlanishi kerak.
1156. Tizim operatori elektr energiyasi uzilishidan soʻng yagona elektr energetika tizimining har bir komponentlari holatini bilishi shart, masalan yagona elektr energetika tizimining qayta tiklangan elementlari, ihotalangan va oʻchirilgan hududlar, ishini tiklashga tayyor oʻz ehtiyojlarini qoplash rejimdagi generatsiyalovchi modullar yoki elektr energiyasini saqlash tizimlari, oʻz ehtiyojini qoplashda qiyinchiliklarga duch kelgan va zudlik bilan tashqi manbalardan taʼminlanishi zarur boʻlgan noldan ishga tushirish imkoniyatiga ega boʻlgan modullar holati.
Tizim operatori har qanday holatlarda ham bunday maʼlumotlarni mavjudligini taʼminlovchi tartiblarni belgilashi kerak.
1157. Ishni tiklash bosqichida Tizim operatori tizimlararo tarmoqlarda aktiv va reaktiv quvvat oqimlarining kelishilgan chegaralarida ushlab turishni taʼminlashi kerak.
1158. Tizim operatori quyidagilarni belgilaydi (aniqlik kiritadi):
uning tarmogʻi bilan sinxron ishlaydigan boshqa uzatish tizimi operatori tarmogʻi holatini;
yagona elektr energetika tizimining bir qismi hisoblangan sinxron uchastkaning uzunligi va chegaralari, jumladan oʻzaro yordam toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan qoʻshni davlat uzatish tizimi operatorlari bilan kelishilgan uchastkaning hajmi va chegaralari;
oʻz nazorati zonasidagi mavjud quvvat zaxirasining holati (ihotalangan hududlarni hisobga olgan holda).
1159. Tizim operatori sinxron hudud darajasida belgilangan tamoyillarga muvofiq, jumladan uning hududidan uzoqdagi uchastkalarda ham Chastota yetakchisiga yordam berishi lozim.
1160. Elektr energiyasi taʼminotini tiklash jarayonida Tizim operatori 200 mNz maksimal ogʻish bilan chastotani 50 Nz ga tiklash maqsadida chastota yetakchisi bilan muvofiqlashtirgan holda isteʼmol va ishlab chiqarishni muvozanatlashi kerak.
1161. Tizim operatori chastota va zaxira chegaralari ogʻishlarini maksimal darajada kamaytirish uchun yuklamani ulash jarayonini bosqichma-bosqich rostlaydi.
Isteʼmolchilarda elektr energiyasi taʼminotini tiklash Tizim operatori tomonidan belgilangan uzatish tizimining maksimal yuklamasi hajmidan kelib chiqib, blokli yuklamalarni bosqichma-bosqich ulash orqali amalga oshiriladi.
1162. Tizim operatori Isteʼmolchilarni va taqsimlash tizimlariga ulangan generatsiyalovchi modullar qayta ulanishini Taqsimlash tizimi operatori bilan muvofiqlashtiradi.
Isteʼmolchilarni joyida va masofadan ulash Tizim operatori va Taqsimlash tizimi operatori oʻrtasida oldindan kelishilgan boʻlishi kerak.
Avtomatik qayta ulashdan saqlanish choralarini koʻrish talab etiladi.
1163. Yagona elektr energetika tizimi ishini tiklash holatida Tizim operatori, qoʻshni uzatish tizimi operatorlari bilan ulanishda, chastotaning avariyaviy ogʻishi natijasida (chastota yetakchisi koʻrsatmasi asosida) oʻchirilgan generatsiyalovchi modullarni va oʻzaro ulovchi zanjirlarning qayta ulanishini, ulanishga keyingi navbatda turgan isteʼmol quvvatini qoplash uchun muvozanatlash zaxirasini yetarli chegaralarini saqlagan holda ulanishini muvofiqlashtirishadi.
Tizim operatori chastotani oʻta rostlashdan qochish imkonini beruvchi shartlarga asosan qayta ulash va oʻchirish mezonlarini belgilashi lozim.
1164. Tizim operatori uzatish tizimini qoʻshni davlatlar tizimlari bilan qayta sinxronlashda qoʻshni davlatlar uzatish tizimi operatorlari bilan oʻzaro yordam toʻgʻrisida shartnomaga muvofiq qayta sinxronlash boʻyicha Chastota boʻyicha yetakchining koʻrsatmalariga rioya etishi kerak.
5-§. Elektr energetika tizimi ishini tiklash rejasini yangilash
1165. Tizim operatori uzatish tizimiga qoʻshimcha uskunalar va (yoki) qurilmalar ulanganda va baʼzi mavjud uskunalar va (yoki) qurilmalar ekspluatatsiyadan chiqarilganda Uzatish tizimi operatori bilan birgalikda elektr energetika tizimi ishini tiklash rejasini qayta koʻrib chiqadi va yangilaydi. Reja kamida ikki yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi va yangilab boriladi.
Tizim operatori uzatish tizimiga taʼsir etuvchi vaziyatlarni yoki boshqa oʻzgarishlarni hisobga olgan holda rejaga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
6-§. Yagona elektr energetika tizimi ishini tiklash rejasining qoʻllanilishi
1166. Elektr energetika tizimini tiklash rejasi qayta tiklash jarayonida ishtirok etuvchi Tomonlarga elektr energetika tizimini tez va xavfsiz tarzda toʻliq tiklashga erishish uchun yordam berish boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi.
1167. Elektr energetika tizimini tiklash rejasi generatsiyalovchi modul va (yoki) elektr energiyasini saqlash tizimining uskuna (qurilma)sining mavjudligiga, vaqt oʻtishi bilan ulardan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish ehtiyojlarini hisobga olgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Reja ushbu oʻzgarishlar sababli barcha mumkin boʻlgan qisman yoki toʻliq oʻchish ssenariylarini qamrab ololmasa, Tizim operatori elektr energetika tizimining holatini baholashi va elektr energetika tizimi ishini tiklashning yangi rejasini ishlab chiqishi kerak.
1168. Har bir elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, elektr energiyasini saqlash tizimlari, Taqsimlash tizimi operatori va Berk taqsimlash tizimi operatori elektr energetika tizimi ishini qayta tiklash jarayonida, hatto elektr energetika tizimi ishini tiklash rejasi tarkibidagi tafsilotlarga zid boʻlgan taqdirda ham, Tizim operatorining koʻrsatmalariga rioya etishi shart.
7-§. Elektr energetika tizimi ishini tiklash boʻyicha oʻqitish
1169. Har bir Tomon elektr energetika tizimi ishini tiklash rejasida ishtirok etish uchun jalb qilingan xodimlarining yetarli darajada oʻqitilganligi hamda yetarli malaka va tajribaga ega boʻlishini taʼminlashi shart.
1170. Elektr energetika tizimi ishini tiklash boʻyicha kompleks sinashlar oʻtkazish imkoniyati cheklangan, ammo amaliyotda kutilganga imkon qadar yaqin boʻlgan sharoitlarda qisman sinashlar muntazam ravishda oʻtkazilishi kerak.
Muntazam ravishda oʻtkazilishi kerak boʻlgan asosiy sinashlar quyidagi boʻlimlarda koʻrsatib oʻtilgan sinashlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Har qanday xarakterdagi barcha sinashlar uchun Tizim operatori sinashlarda ishtirok etuvchi Tomonlarga moviy rangdagi ogohlantiruvchi bildirgi (tashkiliy sinash oʻtkazilayotganligini va ishlaydigan va ishlamaydigan uskuna (qurilma)larga hech qanday oʻzgartirish kiritilmasligini bildiradi) beradi.
1171. Elektr energetika tizimi ishini tiklash jarayonida Tizim operatori, Uzatish tizimi operatori, Taqsimlash tizimi operatori va Elektr stansiya operatori va boshqalardan koʻplab xodimlarning jalb etilishi talab qilinadi.
Ular noldan ishga tushirishda generatsiyalovchi modullar va saqlash tizimlari ekspluatatsiyasida, yuklamani oʻchirish va ulash, baʼzi holatlarda tarmoqni qayta sinxronlashtirish vazifasini bajaradilar.
Jarayonga jalb etilgan ishtirokchilar oʻz majburiyatlari va masʼuliyatlarini toʻliq tushunishlari va ularni bajarish boʻyicha yetarli tajribaga ega boʻlishlari lozim.
Tizim operatori muntazam ravishda nazariy oʻquv mashgʻulot xonalarida mashqlarini oʻtkazadi, ushbu mashqlarda tegishli xodimlar favqulodda vaziyatlarda qoʻllaniladigan aloqa usuli bilan bogʻlanadi va ular oʻzlariga biriktirilgan uchastkalarga yoʻnaltiriladi hamda bunday vaziyatlarda ulardan nima kutilishini va oʻz vazifalarini qay yoʻsinda bajarishlari kerakligi haqida tushuntirishlar beriladi.
1172. Nazariy oʻquv mashgʻulotlarni oʻtkazish hamda ishni tiklash rejasining muhim elementlarini sinashdan oʻtkazish, shuningdek, elektr energetika tizimining toʻliq oʻchirilishi holatida uning ishini qayta tiklashda ishtirok etadigan xodimlarni oʻqitish imkoniyatini beradi.
Bu ularga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlarda qayerga borishlari, qanday qilib va qachon hamda kim bilan oʻzaro muloqotda boʻlishlari, oʻz vazifalarini qanday bajarish kerakligini tushunib yetishlariga imkon beradi.
1173. Elektr energetika tizimi ishini qayta tiklash uchun zarur boʻlgan barcha aloqa kanallari va aloqa tugunlari elektr taʼminoti toʻliq uzilib qolgan holatda ham ishlashda davom etishini tasdiqlash uchun muntazam sinashdan oʻtkazilishi va (yoki) tekshirilishi kerak.
Ushbu sinashlar oʻz ichiga elektr energiyasini saqlash tizimlari yaxshi holatda ekanligini va loyihada koʻrsatilgan vaqt davomida xizmat qilishini hamda zaxira dizel generatorlarini ishga tushirilishi va uskuna (qurilma)larga boʻlgan talabni qondira olishini tekshirishni oʻz ichiga oladi.
8-§. Markaziy boshqaruvning yoʻqotilishi
1174. Tizim operatorining boshqaruv markazi Tizim operatori tomonidan elektr energetika tizimini zarur xavfsizlik va ishonchlilik darajasida boshqarish imkoniyatini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.
Favqulodda (avariya) vaziyatlar sababli Tizim operatori boshqaruv markazi ishga yaroqsiz boʻlib qolsa, butun elektr energetika tizimining uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun Boshqaruv markazining funksiyalarini rejali tarzda bajarishning zaxira rejasi boʻlishi shart.
1175. Boshqaruv markazining funksiyalarini rejali tarzda bajarishning zaxira rejasi Tizim operatori tomonidan ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
boshqaruv markazining funksiyalari oʻtkazilishi kerak boʻlgan joy tafsilotlari va ushbu joydagi asosiy uskuna (qurilma)larni ekspluatatsiyaga oldindan tayyorlanganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot;
boshqaruv markazi funksiyalarini oʻtkazishni kelishish uchun avariyaviy aloqa uslublari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot;
bajarilishi kerak boʻlgan tadbirlarning va ularning kim tomonidan bajarilishini nazorat qilish roʻyxati;
boshqarish funksiyalarini oʻtkazish boʻyicha batafsil tartiblar.
1176. Boshqaruv markazining funksiyalarini rejali tarzda bajarishning zaxira rejasi uning ishga yaroqliligi, zarur joylarda kerakli maʼlumotlarning mavjudligi hamda rejada belgilangan tadbirlarni bajarish uchun xodimlar toʻliq tayyorlangan ekanligiga ishonch hosil qilish uchun muntazam ravishda kamida har ikki yilda bir marotaba toʻliq yoki qisman sinashdan oʻtkazilishi lozim.
9-§. Umumiy tizim miqyosida avariya vaziyatlarini birgalikda hal etish tartibi
1177. Umumiy tizim vaziyati (Umumiy birlashgan tizimlar miqyosidagi avariya vaziyati) — Tizim operatori fikriga koʻra qoʻshni (boshqa) tizimga sezilarli va (yoki) keng qamrovli taʼsir koʻrsatgan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan bir tomon tizimidagi avariya vaziyat.
1178. Umumiy tizim vaziyati sodir boʻlayotganida har bir Foydalanuvchi 24 soat davomida Tizim operatori va Tegishli tizimi operatori bilan telefon raqamlari va (yoki) boshqa xabar almashish kelishuvlarini yozma ravishda almashadi, ular orqali yoki oʻz tashkilotlari yoki boshqaruv vakillari nomidan majburiy qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Yangi Foydalanuvchilar uchun telefon raqamlari va (yoki) xabar almashishning boshqa vositalari ulanish shartnomasi imzolanganda taqdim etiladi. Taqdim etilgan maʼlumotlar yozma koʻrinishda boʻlib, uning tarkibidagi maʼlumot muntazam yangilanib turishi kerak.
1179. Tizim operatori kamida ikki yilda bir marta ushbu tartiblarni sinashdan oʻtkazishi kerak, bunda tarmoq Foydalanuvchisining rahbar xodimlaridan tegishli javob olish uchun sarflangan vaqt qayd etilishi lozim.
Tizim operatori ushbu sinash natijalari haqida Vazirlikka batafsil hisobot taqdim etadi.
1180. Favqulodda (avariya) vaziyatlar yuzaga kelganida quyidagi harakatlar amalga oshirilishi kerak:
vaziyat Foydalanuvchining tizimida sodir boʻlgan boʻlsa, ushbu Foydalanuvchi bu haqda Tizim operatorini xabardor qilishi kerak, bunda Foydalanuvchi taʼsir koʻrsatgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa Tomonni xabardor qilishi lozim;
vaziyat Uzatish tizimi operatori tizimida yoki oʻzaro bogʻlangan qoʻshni tomon tizimida sodir boʻlgan boʻlsa va Tizim operatori bu haqda oʻzaro bogʻlangan tomon tarafidan ogohlantirilgan boʻlsa, unda Tizim operatori taʼsirga uchragan yoki uchrashi mumkin boʻlgan Tomonlarni xabardor qiladi;
Tizim operatori Vazirlikka bildirgi yuboradi.
1181. Mazkur Qoidalarning 1180-bandiga muvofiq vaziyat toʻgʻrisida xabar berilganidan soʻng, Tizim operatori hodisaning umumiy tizim vaziyati ekanligini yoki yoʻqligini aniqlaydi va bunda Tizim operatori hodisani nazorat qilish va u bilan bogʻliq barcha masalalarni koʻrib chiqish uchun Umumiy tizim vaziyati markazini tashkil etishi mumkin.
1182. Tizim operatori imkon qadar qisqa vaqt ichida barcha tomonlarni Umumiy tizim vaziyati markazi tashkil etilganligi va uning telefon raqamlari va (yoki) xabar almashish tartibi (1178-bandga muvofiq oldin taqdim etilganlardan farq qilsa) toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak.
1183. Umumiy tizim vaziyati markazi tashkil etilgandan soʻng, umumiy birlashgan tizimda sodir boʻlgan vaziyatlarga bogʻliq tegishli tomonlarning yuqori rahbariyati vakillari oʻrtasida barcha aloqalar Umumiy tizim vaziyati markazi orqali amalga oshiriladi.
7-bob. Tiklash va himoyalashda qoʻllab-quvvatlash tizimlari va tadbirlari
1-§. Tiklash va himoyalash tizimlari uchun umumiy shartlar
1184. Kundalik ekspluatatsiya jarayonida qoʻllanishi shart boʻlmagan tiklash va himoya tizimlari faoliyati yagona elektr energetika tizimining muvaffaqiyatli ishlashiga bogʻliq. Tiklash va himoyalash tizimlarining zarur vaziyatlarda ishchi holatda boʻlishini taʼminlash yagona elektr energetika tizimini boshqarishning asosiy omilidir.
1185. Tiklash va himoyalash tizimlari mazkur Qoidalarning XI boʻlimi 1-bobida koʻrsatilgan barcha Tomonlar tarafidan joriy qilinishi kerak boʻlib, ularni joylashish nuqtalarida barcha zarur uskuna (qurilma)lar bilan taʼminlash boʻyicha javobgar Tizim operatorining qaroriga koʻra ular bilan taʼminlashni talab qilgan Tomonlar hisoblanadi.
Bunday uskuna (qurilma)larning uzluksiz ishlashini koʻrsatish uchun muntazam sinashlar talab qilinsa, Tomonlar ushbu sinashlarni oʻtkazishi va har yili (31-yanvar va 30-noyabr sanalarida) Tizim operatoriga yangilangan tekshirish va sinash hisobotlarini taqdim etishi kerak.
1186. Tizim operatori barcha tomonlar tarafidan taqdim etilgan tizimlarni zarur boʻlgan vaziyatlarda ishlashini taʼminlash uchun zaruriyatga asoslangan tekshirish va sinashlarni oʻtkazishi kerak.
2-§. Yordamchi uskuna (qurilma)lar
1187. Tizim operatori boshqaruv markazida oʻzining muhim tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan yordamchi generatorlar va uzluksiz taʼminlash manbalari taʼminotini va mazkur Qoidalarning XI boʻlim 6-bob 8-paragrafida koʻrsatib oʻtilgan favqulodda (avariya) vaziyatlarda boshqaruv markazi funksiyalari oʻtkaziladigan joyni belgilashi va ularni muntazam (har oyda) sinashdan oʻtkazilishini taʼminlashi lozim.
1188. Stansiyalarni noldan ishga tushirish imkoniyatini taʼminlash uchun zarur deb belgilangan Elektr stansiyalari operatorlari bunday qurilmalar, uskunalar va tizimlarning ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan yordamchi generator qurilmalari hamda uzluksiz taʼminlash manbalari bilan taʼminlashi zarur, shuningdek ular muntazam ravishda (har oyda) sinashdan oʻtkazilishi lozim.
1189. Barcha Tomonlar noldan ishga tushirishni boshlash joylari sifatida belgilangan va uzatish tizimiga ulanishning barcha nuqtalari hamda Uzatish tizimi operatori holatida uzatish tizimi chegaralaridagi generatsiyalovchi qurilmalar himoya tizimlarining toʻgʻri ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan yordamchi taʼminot bilan taʼminlashi zarur hamda ularni muntazam ravishda (har oyda) sinashdan oʻtkazishi kerak.
1190. Talab etiluvchi yordamchi taʼminlash manbalari-barcha xavfsiz boshqarish va ekspluatatsiyani taʼminlash uchun zarur boʻlgan hamda Qoidalarning XI boʻlim 7-bob 3 va 4-paragraflarida koʻrsatib oʻtilgan aloqa vositalari va maʼlumotlar almashinuvini qoʻllab turishni taʼminlashi talab etilgan uskuna (qurilma)lar hisoblanadi.
3-§. Aloqa vositalari
1191. Har bir Foydalanuvchi Tizim operatorining talablariga rioya etishi va Tizim operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida elektron pochta, yuborish boʻyicha koʻrsatmalar va boshqalar kabi maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash uchun tegishli kompyuter va tarmoq uskuna (qurilma)lari bilan taʼminlashi kerak. Uskuna (qurilma)lardan Foydalanuvchi faqat Tizim operatori bilan operativ aloqa uchun foydalanishi lozim.
1192. Har bir Foydalanuvchi mazkur Qoidalarning 1191-bandida koʻrsatib oʻtilgan kompyuter qurilmasining ishonchliligi va xavfsizligini maqbullashtirish, shu jumladan, tegishli uzluksiz yordamchi elektr taʼminoti uchun tegishli qurilmalarni bepul taqdim etish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi kerak.
1193. Har bir Foydalanuvchi Uzatish tizimi operatori bilan oʻzaro amal qiluvchi SCADA, oʻlchash uskuna (qurilma)lari, kompyuter va aloqa uskunalari hamda ular tomonidan uzatiladigan maʼlumotlarning ruxsatsiz (sanksiyalanmagan) kirishidan himoyalashi kerak.
1194. Taqsimlash tizimi operatori boshqaruv markazlari, 220 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlaydigan podstansiyalar, Tizim operatori tomonidan belgilangan generatsiyalovchi obyektlari va uzatish tizimiga ulangan Foydalanuvchilar uchun ikkita alohida aloqa yoʻnalishi talab etiladi.
1195. Aloqa vositalari Tomonlarning biri tarafidan ekspluatatsiya qilinayotgan aloqa tizimidan foydalansa, uning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan shunday yordamchi manbalar barcha tegishli tugunlarda qoʻllab turilishi lozim.
4-§. Maʼlumotlar almashinuvi
1196. Tomonlar Tizim operator va Uzatish tizimi operatori koʻrsatmalariga muvofiq va Vazirlik tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar almashinuvi mexanizmlarini oʻrnatishi kerak.
1197. Cheklanmagan holda, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ogohlantirish boʻyicha bildirgilar va hodisalari yoki avariyalar toʻgʻrisidagi xabarnomalar bilan almashish;
mazkur Qoidalarning 753, 1082 va 1178-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan masalalarni hal qilish boʻyicha shartnomalar tuzish.
1198. Tomonlar, zaruratga koʻra, shartnomalarning yangilanishini taʼminlashlari kerak.
1199. Tizim operatori har yili (oktabr oyida) soʻrov hamda har ikki yilda javob talab qiluvchi xabarlar yuborish orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlarning aniqligini sinashdan oʻtkazishi va tasdiqlashi kerak.
Tizim operatori ushbu sinash natijalari haqida Vazirlikka xabar beradi.
XII boʻlim. Oraliq (vaqtinchalik) tadbirlar
1-bob. Ulanish nuqtasida Qoidalar talablarining qoʻllanilishi
1-§. Yangi ulanishlar
1200. Ushbu Qoidalar talablari tasdiqlangan kundan olti oydan soʻng Tegishli tizim operatori tarmogʻiga amalga oshiriladigan barcha yangi ulanishlar uchun toʻliq qoʻllaniladi.
1201. Foydalanuvchilar ushbu avvaldan mavjud boʻlgan, ammo ushbu Qoidalar talablariga javob bermaydigan lekin ular ulangan vaqtda amalda boʻlgan talablarga toʻliq javob beradigan tarmoqlardan foydalanishlari mumkin.
1202. Tegishli hollarda yangi qurilmalarga ularni yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha shartnomalar imzolangan vaqtdagi elektr energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bersa, ushbu qurilmalarga amalda mavjud boʻlgan talablar qoʻllaniladi.
Talablar mazkur Qoidalar tasdiqlanganidan soʻng uch oy mobaynida shartnoma tuzilgan va ushbu shartnoma shartlari toʻgʻrisida Tegishli tizim operatori xabardor qilinganda tatbiq etiladi.
1203. Tegishli tizim operatoriga shartnoma tuzilgan va kuchga kirish sanasi, mazmuni, xarid qilinadigan, yigʻiladigan va oʻrnatiladigan uskuna (qurilma)larning texnik xarakteristikalari amalda boʻlgan talablarga toʻliq javob berishini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
2-§. Mavjud ulanishlar
1204. Mazkur Qoidalarning 1201 — 1203-bandlar talablariga muvofiq Foydalanuvchi tarmoqlari ushbu Qoidalar talablariga toʻliq javob bermagan holda Foydalanuvchi Qoidalar tasdiqlangan kundan keyin uch yil ichida barcha uskuna/qurilmalarning ushbu Qoidalar talablariga javob berishi choralarini koʻrishi kerak. Foydalanuvchilar uzluksiz ravishda oʻz tarmogʻini Qoidalar talablariga toʻliq yoki kamida 75 foiz muvofiqlashtirilishini taʼminlashi shart hisoblanadi.
1205. Mazkur Qoidalarni barcha Foydalanuvchilarga nisbatan toʻliq qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish jarayonida Uzatish tizimi operatori Foydalanuvchilarning qonuniy manfaatlarini eʼtiborga olishi kerak.
Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalarning baʼzi yoki barcha talablarining mavjud Foydalanuvchilarga qoʻllanilishi boʻyicha baholashni Vazirlik tomonidan oʻrnatilgan mezonlarga va mazkur Qoidalarda bayon etilgan jarayonga muvofiq har uch yilda oʻtkazadi.
2-bob. Xarajatlar va foydalarning tahlili
1-§. Xarajatlar va foydalarning sifat jihatidan aniqlash
1206. Mazkur Qoidalarda bayon etilgan har qanday talabni mavjud Foydalanuvchilarga qoʻllashdan avval, Tizim operatori va Uzatish tizimi operatori Foydalanuvchi bilan birga Qoidalarni toʻliq joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar va foydalarning sifat (texnik) jihatidan taqqoslama tahlilini oʻtkazadi.
1207. Ushbu taqqoslashda mavjud tizimlar yoki bozordagi muqobillar hisobga olinadi. Taqqoslash natijalari kutilayotgan foyda kutilayotgan xarajatdan ortiqligini koʻrsatgan holda, shuningdek Vazirlikdan qoʻshimcha tahlillarni oʻtkazishga rozilik olinsa, Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalarning XII boʻlimi 2-bob 2-paragrafiga muvofiq xarajat va foydalarning tahlilini oʻtkazishga kirishishi mumkin. Vazirlik tahlil natijalariga koʻra xarajatlar yuqori yoki foyda past deb hisoblasa, shuningdek sifat (texnik) jihatdan boshqa muqobillardan foydalanish mumkin deb hisoblasa Uzatish tizimi operatori bu yoʻnalishda harakatlarni toʻxtatadi.
2-§. Xarajat va foydaning miqdorini aniqlash
1208. Mazkur Qoidalarning XII boʻlimi 2-bob 1-paragrafi talablariga muvofiq amalga oshirilgan tayyorgarlik bosqichidan soʻng, Uzatish tizimi operatori ushbu tayyorlov bosqichining natijasida potensial foydani koʻrsatayotgan har qanday talab boʻyicha xarajat va foydaning miqdorini aniqlaydi.
1209. Tahlil yakunidan keyingi uch oy davomida Uzatish tizimi operatori tomonidan natijalar umumlashtirilib, quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobot tayyorlanadi:
kelgusidagi harakatlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar;
oʻtish davri uchun takliflar. Oʻtish davri muddati Vazirlikning ushbu talabni qoʻllash mumkinligi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan boshlab ikki yildan ortiq boʻlmasligi lozim;
tegishli tomonlarning takliflari.
1210. Muhokama oʻtkazilganidan soʻng olti oydan kechiktirmay Uzatish tizimi operatori oʻtkazilgan muhokamalar natijalari yuzasidan tushuntirishni oʻz ichiga olgan hisobot va koʻrib chiqilayotgan talabning qoʻllanishga molikligi yuzasidan taklif tayyorlaydi.
Hisobot va taklif Vazirlikka, barcha manfaatdor Foydalanuvchilarga va Tegishli tizim operatorlariga yetkaziladi.
1211. Uzatish tizimi operatori tomonidan Vazirlikka taqdim etiladigan takliflar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Foydalanuvchi tomonidan talablarning bajarilishini namoyish etish maqsadida operativ xabardor qilish tartibi;
Foydalanuvchining oʻziga xos xususiyatlarini va undagi mavjud uskuna (qurilma)larni oʻzgartirish, modifikatsiya/qayta jihozlashni samarali amalga oshirishdagi toʻsiqlarni hisobga olgan talablarga javob berishdagi oʻtish davri.
3-§. Xarajat va foyda tahlilining tamoyillari
1212. Foydalanuvchilar va Taqsimlash tizimi operatori, jumladan Berk taqsimlash tizimi operatori, Uzatish tizimi operatori tomonidan boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soʻrov olingandan keyin uch oy ichida tahlil oʻtkazishga koʻmak beradilar va zarur maʼlumotlarni taqdim etadilar.
1213. Uzatish tizimi operatori tahlilni quyidagi hisoblash tamoyillaridan biri yoki bir nechtasiga asosan bajaradi:
sof joriy qiymat, investitsiyalarning daromadliligi;
rentabellik darajasi;
oʻzini qoplash uchun zarur boʻlgan vaqt.
1214. Uzatish tizimi operatori elektr energiyasi taʼminoti ishonchliligini oshirish nuqtai nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy yengilliklarni miqdoriy baholaydi va u oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
modifikatsiyaning amal qilish muddati davomida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar ehtimolining shu bilan bogʻliq qisqarishi;
elektr energiyasi taʼminotidagi bunday yoʻqolishning ehtimoliy hajmi va davomiyligi;
elektr energiyasi taʼminotining bunday uzilishida har bir soatga toʻgʻri keladigan xarajatlar.
1215. Generatsiyalovchi modullarning operatorlari hisoblanuvchi, Foydalanuvchilarga taalluqli barcha tahlillarni oʻtkazishda Uzatish tizimi operatori elektr energiyasining ichki bozori, qoʻshni savdo va elektr energiyasining tiklanuvchi manbalari integratsiyasi uchun foydani miqdoriy jihatdan baholashi kerak, jumladan quyidagilarni:
barqaror chastota xarakteristikasi;
rostlovchi zaxiralar;
reaktiv quvvat bilan taʼminlash;
oʻta yuklanishlarni boshqarish;
himoya choralari;
u yoki bu talablarni amalga oshirish bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar;
imkoniyatlarni boy berish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiyada tegishli oʻzgarishlar bilan bogʻliq xarajatlar.
XIII boʻlim. Yakunlovchi qoidalar
1216. Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalar kuchga kirganidan keyin olti oydan kechiktirmasdan:
uzatish tizimiga ulanishning batafsil yoʻriqnomasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Tizim operatori bilan birgalikda yagona elektr energetika tizimida operativ ishlashidagi aloqa vositalariga yangi talablar va qoidalarni ishlab chiqish yoki mavjudlarini yangilaydi.
1217. Mazkur Qoidalar kuchga kirganidan keyin olti oydan kechiktirmasdan Tegishli tizim operatori, uzatish tizimidagi aktivlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Tegishli tizim operatori tarmoqqa ulanish natijasida balansga qabul qilgan qurilmalar haqidagi maʼlumotlarni chop etadi.
1218. Uzatish tizimi operatori mazkur Qoidalar kuchga kirganidan keyin olti oydan kechiktirmasdan ulanish infratuzilmasi boʻyicha ishlar birligiga toʻgʻri keladigan solishtirma xarajatlarni oʻz ichiga oluvchi xarajatlarni baholashning batafsil uslubiyotini ishlab chiqishi va Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etishi shart.
1219. Ushbu Qoidalarning 1216 — 1218-bandlarida keltirilgan hujjatlar tahlili oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va zaruratga koʻra yangilanib borilishi boʻyicha javobgarlikni Vazirlik oʻz zimmasiga oladi.
1220. Mazkur Qoidalar talablari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazirlik xulosasi asosida Tegishli tizim operatori yoki Foydalanuvchi tomonidan Qoidalar tasdiqlanguniga qadar amalda ekspluatatsiyada boʻlgan uskuna (qurilma)larga modernizatsiya jarayonlariga qoʻllanilishi mumkin.
Bunda xarajatlar va daromadlarning toʻliq tahlili natijalari Foydalanuvchi xarajatlari uning xarajatlaridan koʻproq ekanligini isbotlanishi kerak.
1221. Har bir Tegishli tizim operatori yoki Foydalanuvchi Qoidalarning istalgan boʻlimi yoki bandiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif berishi mumkin.
1222. Taklif Vazirlikka kiritiladi. Takliflar Vazirlik tomonidan asosli deb topilgan taqdirda Regulator bilan kelishiladi va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
1223. Qoidalar talablarini yoki oʻz majburiyatlarini bajarmaslik bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibida hal etiladi.
1224. Tegishli tizim operatori yoki Tizim operatorlari tomonidan mazkur Qoidalar talablarini yoki oʻz majburiyatlarini bajarmaslik harakatlaridan norozi Tomon Regulatorga daʼvo (shikoyat) yoʻllashi mumkin. Regulator daʼvoni olganidan soʻng ikki oy davomida aybdor tomonning litsenziyasini toʻxtatish yoki bekor qilish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Regulator qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrasa, daʼvoni koʻrib chiqish muddati yana ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Regulatorning qarori sud tartibida bekor qilinmagunicha majburiy kuchga egadir.
1225. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
1-ILOVA
Uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish tartibi

T/r

Harakatlar

Soʻnggi muddat

Izoh

1.

Uzatish tizimi operatori tomonidan Foydalanuvchilarga maʼlumotlar toʻplash uchun soʻrov yuborilishi

31-mart

Toʻgʻridan-toʻgʻri xatlar yuborish va oldindan belgilangan formatlardan foydalanish orqali Uzatish tizimi operatori sayti vositasida amalga oshirish

2.

Foydalanuvchilar tomonidan maʼlumotlarning Uzatish tizimi operatoriga taqdim etilishi

30-aprel

Uzatish tizimi operatori platformasiga yuklash

3.

Uzatish tizimi operatori va Vazirlik loyihalashtirish kompaniyasiga mavjud maʼlumotlarning taqdim etilishi

15-may

Vazirlik va Uzatish tizimi operatori oʻrtasida maʼlumotlarni ichki muvofiqlashtirish

4.

Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining “xomaki” loyihasini ishlab chiqishni yakunlash

15-avgust

Ishlab chiqish davomida Uzatish tizimi operatori, Tizim operatori va loyihalash kompaniyasi oʻrtasida muntazam maslahatlar oʻtkazish

5.

Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi loyihasi ishlab chiqishning (jumladan ichki muhokama/maslahatlar) yakunlanishi

30-sentabr

Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining “xomaki” loyihasi va elektr energetika sektoridagi ichki muhokama/maslahatlar natijasini umumlashtirish

6.

Yakuniy Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi (jumladan jamoatchilik bilan muhokama/maslahatlar) yakunlanishi

1-dekabr

Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining “xomaki” loyihasi va jamoatchilik bilan muhokama/maslahatlar natijasini umumlashtirish

7.

Uzatish tizimini rivojlantirish rejasining qabul qilinishi

31-dekabr

Vazirlik tomonidan qabul qilinishi

Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
2-ILOVA
Uzatish tizimini uzoq yillik rivojlantirish rejasini ishlab chiqish
USLUBIYOTI
1-bob. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi
1. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi (keyingi oʻrinlarda — Reja) kelgusi 10 yillik davr uchun ishlab chiqiladi va har yili yangilanib boriladi.
2. Reja uzatish tizimi va yagona elektr energetika tizimi faoliyatining barcha jihatlari boʻyicha batafsil maʼlumotlarni, jumladan yagona elektr energetika tizimi (uzatish tizimida) yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mavjud obyektlarni ekspluatatsiya, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash, eskirgan uskuna (qurilma)larni foydalanishdan chiqarish boʻyicha batafsil maʼlumotni oʻz ichiga oladi. Ushbu reja elektr energetika tizimi ekspluatatsiyasida foydalaniladigan oʻlchash, nazorat qilish, signalizatsiya va telekommunikatsiya vositalarini rivojlantirishni ham oʻz ichiga oladi.
3. Reja quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
rejalashtirish boʻyicha birlamchi prognoz maʼlumotlari (bir yil uchun prognoz qilingan isteʼmol hajmi va eng yuqori quvvat talabi, isteʼmolning tizim tugunlari boʻyicha taqsimlanishi, generatsiya qiluvchi quvvatlarining rejali tuzilmasi);
uzatish tizimi obyektlari, uskuna (qurilma)lar va ularning ekspluatatsiyaviy holatining tahlili natijalari;
rejalashtirilgan davr uchun texnik-iqtisodiy asosnomalar asosida aniqlangan uzatish tizimini rivojlantirishning eng maqbul varianti;
uzatish tizimida qurish, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish zarur boʻlgan obyektlar/uskunalarni yillar va ustuvorligi boʻyicha xatlov maʼlumotlari;
uzatish tizimi uchun yordamchi infratuzilmani rivojlantirish rejasi (telekommunikatsiya tizimi, maʼlumotlarni boshqarish tizimi, elektr energiyasini hisobga olish tizimi va boshqalar);
generatsiyaning yetarliligi baholash, tekshirish;
chastota va quvvat rostlash/boshqarish imkoniyatini tahlili;
kuchlanishni rostlash imkoniyatini tahlili;
barqarorlikni tahlili;
qisqa tutashuv toklarini tahlili.
4. Rejani ishlab chiqish uchun asosiy birlamchi maʼlumotlar quyidagilar:
butun rejalashtirish davri uchun isteʼmol (talab) prognozi;
butun rejalashtirish davri va undan keyingi davr uchun generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi, shu jumladan generatsiyalovchi modullarni ekspluatatsiyadan chiqarish, texnologik konservatsiya qilish yoki tugatish rejalari;
toʻgʻridan-toʻgʻri uzatish tizimiga ulangan yirik isteʼmolchilarning rejalashtirilgan integratsiyasi.
2-bob. Uzatish tizimini rivojlantirish jarayoni
5. Rejani ishlab chiqish uchun birlamchi maʼlumotlarning kelishilgan toʻplamini tayyorlanadi.
6. Turli manbalardan olingan maʼlumotlar oʻrtasida sezilarli tafovutlar boʻlgan taqdirda qabul qilingan maʼlumotlar toʻplamiga nisbatan tushuntirish berilishi zarur.
7. Rejani ishlab chiqishda avvalo uzatish tizimining joriy holatini tahlil qilish (obyektlarning ishga tushgan yili, ayrim elementlarining mavjud emasligi, kuzatilgan ortiqcha yuklamalar va sodir boʻlgan vaziyatlar, hodisalar tahlillari), shuningdek uzatish tizimi joriy holatining xavfsizligi va barqarorligi tahlili amalga oshiriladi.
8. Keyingi bosqichda uzatish tarmoqlarini, jumladan obyektlarning foydalanishga topshirilgan yillarini hisobga olgan holda, avvalgi rivojlanish rejalari asosida qurilishi davom etayotgan barcha obyektlar tahlil qilinadi.
Ushbu tahliliy maʼlumotlar asosida yangi elektr uzatish obyektlarini qurish, elektr uzatish tarmogʻining mavjud elementlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish uchun muqobil yechimlarning turli xil variantlari ishlab chiqiladi.
9. Jarayon, har bir variant boʻyicha taklif etilayotgan yechimlarni hisobga olgan holda, rejalashtirish davri yakunigacha takrorlanadi.
10. Har bir variant boʻyicha amortizatsiya, texnik xizmat koʻrsatish va yoʻqolishlar xarajatlari baholanadi va shunga koʻra iqtisodiy samaradorlik boʻyicha taqqoslanib, uzatish tizimini rivojlantirish uchun maqbul variant tanlanadi.
11. Elektr uzatishning yangi tizimlar aro tarmoqlarini rejalashtirish muntazam olib boriladigan tadqiqotlar va texnik-iqtisodiy asoslashlar asosida amalga oshiriladi. Uzatish tizimining ushbu elementlarining qurilishi toʻgʻrisidagi qaror qoʻshni davlat uzatish tizimlari operatorlari kelishiladi va birgalikda tadqiq etiladi.
12. Yillar kesimida tayyorlangan yakuniy Reja quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
yillar kesimida elektr tarmoq xoʻjaligining yangi obyektlarini qurish rejasi va ularni moliyalashtirish manbalari;
mavjud elektr tarmoq xoʻjaligining obyektlarini rekonstruksiyasi qilish hamda ularni moliyalashtirish manbalari;
yangi tizimlararo tarmoqlarning qurilishi.
13. Rejada tizimning ehtimoliy ortiqcha yuklamalari (yuklanishlari) kuzatilishi mumkin boʻlgan joylar tahlili va uning yechimlari bayon etilishi kerak (elektr uzatish elementlarining roʻyxati, tez-tez ortiqcha yuklamalar sodir boʻladigan elementlar).
Agar uzatish tizimidagi elektr uzatish tarmoqlariga yoki transformatorlarga taalluqli boʻlgan uskuna (qurilma)lar asosiy holat uchun yoki uzatish tarmogʻi elementlarining biri uzilishidan keyin cheklovlar kiritilishi belgilangan boʻlsa, Uzatish tizimi operatori ushbu uskuna (qurilma)lar boʻyicha maʼlumotlarni rejaga kiritadi.
3-bob. Uzatish tizimini investitsiya rejasi
14. Uzatish tizimi operatori uch yillik muddatga uzatish tizimini investitsiya rejasini ishlab chiqadi, uni taqsimlash tizimini investitsiya rejalari bilan muvofiqlashtiradi va har yili yangilab boradi.
15. Uzatish tizimini investitsiya rejasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
investitsiya shartlari va rejalashtirilayotgan faoliyatning qisqacha tavsifi bilan birga obyektning nomi, turi;
uskuna (qurilma)lar, xizmatlar va ishlarning narxi;
kelgusi uch yildagi har bir investitsiya loyihasini baholash;
investitsiya rejasi moliyalashtirishni amalga oshirish jadvali;
moliyalashtirish manbalari, resurslar;
tugallanmagan yoki amalga oshirilayotgan loyihalarning tahlili, ularni bajarilish holati.
4-bob. Rivojlantirishning maqsadlari va strategiyalari
16. Rejalashtirishning asosiy maqsadi belgilangan huquqiy majburiyatlariga muvofiq elektr energiyasi uzatish talablariga toʻliq javob beradigan xavfsiz, ishonchli, tejamkor va samarali uzatish tizimini yaratishdir. Bunda elektr energiyasi isteʼmolining rivojlanish tendensiyasi, yangi generatsiya quvvatlarni kiritish va eskirganlarini foydalanishdan chiqarish, elektr energiyasi va birlash energetika tizimida quvvati oqimlarini hisob olgan holda tizimning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini taʼminlash zarur.
17. Rejani ishlab chiqishda Uzatish tizimi operatori uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlarini va rivojlanishning turli ssenariylarini iqtisodiy samaradorligi jihatidan tahlil qiladi. Rivojlanish ehtiyojlari uzoq muddatli istiqboldagi baholashni oʻtkazish orqali aniqlanadi:
amaldagi texnik standartlar va qoidalarga uzatish tizimining mosligi baholanadi;
rivojlanishning har bir ssenariysining iqtisodiy koʻrsatkichlari tahlil qilinadi.
18. Uzatish tizimi operatori tarmoqning kutilayotgan yuklanishlarini qondiradigan rivojlanish variantlarini baholashda birinchi navbatda bir vaqtning oʻzida bir nechta ehtiyojlarini qondira oladigan ssenariyni koʻrib chiqadi. Agar buning imkoniyati boʻlmasa, rivojlanish ehtiyojlarining har biri uchun alohida ssenariy ishlab chiqiladi.
19. Rejada 500 va 110 kV kuchlanishli tizimlarni yana rivojlantirish, shuningdek bir vaqtning oʻzida 220 kV kuchlanishli tizimlarni xizmat qilish muddati yakunlanishi bilan bosqichma-bosqich ekspluatatsiyadan chiqarish koʻzda tutiladi.
Reja 220 kV kuchlanishli uzatish tarmoqlari koridorini saqlash hamda kelgusida 500 va 110 kV kuchlanishli uzatish tarmoqlarini mavjud yoʻnalishlarda maksimal qoʻllashni koʻzda tutadi. 220 kV kuchlanishli tarmoqlarni faqatgina boshqa yechimlar texnik va iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq emas deb topilgandagini joriy etishga ruxsat etiladi.
20. Muqobil yechimlarni koʻrib chiqishda Uzatish tizimi operatori uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlarini qondirish maqsadida har bir ssenariylarini samaradorligini tahlil qiladi.
21. Baʼzi holatlarda, yirik boshlangʻich sarmoyani talab etadigan, ammo uzoq vaqt davomida yuqori samaradorlikka koʻrsatkichlarini taʼminlaydigan va uzoq vaqt rivojlantirishni talab etmaydigan yechimlar tanlanishi mumkin.
Yirik moliyalashtirishga asoslangan yechimini uzoq vaqt davomida amalga oshirish zarur boʻlgan holatlarda, loyiha bir nechta bosqichlarga ajratib amalga oshirilishi mumkin.
5-bob. Rejalashtirish mezonlari
22. Tizimning barqaror ishlash sharoitlarda ekspluatatsiyasi elektr energetika sohasida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
23. Istiqboldagi holatlarni koʻrib chiqish davomida (masalan, keyingi 10 yil ichida) tizimning ayni bir qismida Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari yoki boshqa texnik hujjatlarda belgilangan texnik mezonlarning (talablarning) buzilishi ehtimoli vujudga kelganda tizimning ayni shu qismini rivojlantirish zarurati koʻrib chiqiladi. Ushbu texnik mezonlar quyidagilar:
kuchlanishning ruxsat etilgan ogʻishlari;
tizim elementlarining maksimal issiqlik yuklamasi;
tizim xavfsizligi (“n-1” xavfsizlik mezonlari);
tizimning barqarorligi;
qisqa tutashuv toklarining qiymatlari.
24. Tizim har qanday taʼsirlar, tarmoq, transformator yoki generatsiyalovchi modulning ishdan chiqishidan keyin ham belgilangan talablarga muvofiq barqaror ishlashi qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
25. Ushbu mezonlar har qanday tarmoq, transformator yoki generatsiyalovchi modulni kapital taʼmirlashga ham taalluqlidir. Tarmoqni mustahkamlash strategiyasini tanlashda talablarning buzilishini aniqlashda sharoitlarning keng koʻlamli hisobga olinadi.
26. Rivojlanish va investitsiya rejalarini ishlab chiqishda texnik mezonlarni hisobga olish orqali talablarga samarali va iqtisodiy muvofiqlikka erishish taʼminlanishi zarur.
27. Tizimni ekspluatatsiya qilish va tarmoqdagi nosozliklar yuzaga kelgan sharoitlarda oʻziga xos ekspluatatsiya qilish rejimlari boʻyicha quyidagi sinovlar oʻtkaziladi:
qishki maksimum;
qishki minimum;
yozgi maksimum;
yozgi minimum;
boshqa tizimga xos boʻlgan sinovlar.
28. Qishki maksimum prognoz qilingan maksimal yillik yuklamani nazarda tutadi. Qishki minimum qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan shamol va quyosh energiyasining yuqori yoki oʻrtacha integratsiyasini namoyon etadi.
29. Yozgi maksimum mart oyidan sentabr oyigacha ish kunlarining oʻrtacha maksimal isteʼmolini koʻrsatadi. Bunda, tarmoqning yozdagi umumiy yuklamasi qishdagi yuklamaga nisbatan pastroq boʻlganligi sababli, barcha tizimlar boʻyicha oʻta yuklanishlarga taalluqli boʻlmasligi mumkin.
30. Mart oyidan oktabr oyigacha amalga oshiriladigan kapital taʼmirlash tadbirlari sababli sodir boʻladigan uzilishlar tarmoqning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini pasaytirishi mumkin emas.
31. Yozgi minimum mutlaq yillik minimum hisoblanadi. Yozgi minimumni tahlil qilish past yuklama va shunga mos ravishda past ishlab chiqarish rejimlarini oʻz ichiga oladi. Bunda podstansiya shinalarida juda yuqori kuchlanishlarning vujudga kelishi ehtimoli nuqtai nazaridan koʻrib chiqilishi kerak.
32. Rejalashtirish nuqtai nazaridan, Ferranti samarasidan kelib chiqib, tarmoqlarning past yuklamali rejimlarida shunga oʻxshash ortiqcha kuchlanish vujudga kelishi mumkin boʻlgan kuchlanish/reaktiv quvvatni boshqarish boʻyicha eng yaqin generatsiya obyektlari tomonidan qoʻshimcha harakatlar zarurligi yoki podstansiyalarda reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish qurilmalarini oʻrnatilishini rejalashtirish zarur.
33. Tanlangan rivojlanish ssenariysi atrof-muhitga minimal taʼsir koʻrsatishi, shuningdek keng jamoatchilik va vakolatli muassasalar tomonidan kelishilishi kerak.
34. Uzatish tizimini va uning Foydalanuvchilarga taqdim etadigan imkoniyatlarni kengaytirilishi foydalanuvchilarining ehtiyojlarini toʻliq qoniqtirishi va Taqsimlash tizimi operatori bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kerak.
35. Quyidagi rasmda uzatish tizimini rivojlantirishning eng maqbul ssenariysini tanlash mezonlari koʻrsatilgan.
1-sxema. Rivojlanishning eng mos keluvchi ssenariysini tanlash mezonlari
6-bob. Uzatish tizimini rivojlantirishni rejalashtirish jarayoni
36. Uzatish tizimini rivojlantirishni rejalashtirish jarayoni dinamik xarakterga ega. Uzatish xizmatlariga talabi doimiy ravishda oʻzgarib boradi. Rivojlantirish rejasi ushbu jarayonning maʼlum bosqichida rivojlanish ehtiyojlarini (talablarni) hisobga olib, quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) Maʼlumotlarni yangilash: rejalashtirish jarayonida tizim va foydalanuvchi maʼlumotlarini koʻrib chiqish va yangilash hamda tizim modelini yaratish;
b) Kelgusidagi sharoitlarni baholash: energetika xavfsizligini oshirish, isteʼmolning oʻsishi, ishonchlilik, yangi generatsiya quvvatlarini tizimga ulanishi, samaradorlikni oshirish va/yoki infratuzilmaning jismonan va maʼnan eskirishi omillarini koʻrib chiqish, tahlil qilish va baholash.
Ushbu baholashda bir-biridan sezilarli darajada farq qiluvchi ssenariylarni oʻz ichiga oladi va ushbu ssenariylar tizim modeliga kiritiladi;
v) Kelgusidagi tizim ishini samaradorligini baholash: tizim modellari asosida tegishli talablarga muvofiq uzoq muddatli istiqbolda tizim ishi samaradorligi baholanadi. Bunda qoʻshimcha tadqiqotlarni (oʻrganishlarni) talab qilishi mumkin boʻlgan zaif joylar aniqlanadi.
Ushbu tadqiqotlar isteʼmol prognozi, ishlab chiqarishning turli ssenariylari, tranzitning turli darajalari va tizim barqarorligi omillarni baholashni oʻz ichiga oladi;
g) Tizimga ulanishga soʻrovlarni koʻrib chiqish: ishlab chiqaruvchilar yoki isteʼmolchilarni yoki taqsimlash tizimlarini bir qismini uzatish tizimiga ulash boʻyicha soʻrovlar koʻrib chiqiladi va tarmoqning holati hamda kelgusidagi ulanishga boʻlgan ehtiyojlar asosida tahlil qilinadi;
d) Rivojlantirishda ehtiyojni aniqlash: oldingi bosqichlar kelgusida tizimning ayrim qismlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan potensial muammolarni aniqlaydi va baʼzi holatlarda ushbu muammolar zudlik bilan hal etilishini talab etmaydi. Har bir muammo boʻyicha batafsil tahlil oʻtkaziladi va maʼlum bir vaqtda uzatish tizimining ayni shu qismida haqiqatan ham rivojlantirishga ehtiyoj mavjudligi yoki yoʻqligi aniqlanadi;
e) Rivojlantirish rejasining maqbul loyihasini tanlash: bir nechta ssenariylardan eng maqbuli tanlashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
texnik rejalashtirish mezonlariga (standartlar, qoidalar) muvofiqligi;
Elektr energetikasi sohasini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish dasturida belgilangan maqsadlarga muvofiqligi;
atrof-muhitga va butun jamiyatga minimal taʼsiri;
iqtisodiy samaradorligi;
amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqt;
uzatish tizimidagi oʻta yuklanishlarni generatsiya quvvatlari yordamida bartaraf etish qobiliyati;
kelgusida ehtiyojning hisobga olgandagi barqarorlikni taʼminlash darajasi;
uzatish tizimini boshqarish, himoya va texnik xizmat koʻrsatishga taʼsiri;
Taqsimlash tizimi operatori talablari bilan muvofiqligi;
taqsimlash tizimiga iqtisodiy va texnik taʼsirlari.
37. Yuqorida koʻrsatilgan omillarni hamda isteʼmol va ishlab chiqarish prognozlaridagi noaniqliklarni inobatga olgan holda tarmoqning barcha foydalanuvchilari uchun eng uzoq muddat foyda keltiradigan ishonchli yechimlar aniqlanadi.
38. Uzatish tizimini rivojlanishini rejalashtirish jarayoni biron bir cheklovlarga ega boʻlmaydigan tarmoqni yaratishga emas, balki ishlab chiqarish va isteʼmolning kelgusidagi oʻzgarishiga moslashuvchan dinamik, moslashuvchan va ishonchli tarmoqni yaratishni maqsad qiladi.
39. Rejani ishlab chiquvchi tomon uni energetika tizimini rivojlantirish ssenariylari bilan mutanosibligini, jumladan, elektr energiyasini isteʼmol qilish va boshqa energetika tizimlari bilan quvvat almashishning istiqboldagi rivojlantirilishi, generatsiya va uzatish tizimining ishonchliligini tahlil qilishi shart. Bunda turli dasturiy taʼminotlar va modellashtirishdan foydalaniladi.
40. Natijalar qoniqarli boʻlgan taqdirda reja energetika tizimini rivojlantirish ssenariylarini amalga oshirishni qoʻllab quvvatlaydi.
41. Natijalar qoniqarsiz boʻlgan taqdirda (oʻta yuklanishlar, belgilangan diapazondan kuchlanishni va qisqa tutashuv oqimi chegaralaridan oshib ketish va boshqalar aniqlanganda) uzatish tizimida qoʻshimcha tarmoqlar va/yoki yangi obyektlarni qurish talab etiladi. Shu asosida rivojlantirish rejasi qayta koʻrib chiqiladi.
42. Bundan tashqari ehtimoliy ishonchlilik indikatorlari, elektr energiyasi bilan yetarlicha taʼminlamaslik (ENS) yoki elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar vaqti (LOLE) tahlillari amalga oshiriladi. Ushbu koʻrsatkichlar elektr taʼminotini istalgan ishonchliligini va sifatini taʼminlash uchun oldindan belgilangan chegara qiymatlarida boʻlishi kerak.
43. “n-1” uzatish tizimining ishonchlilik mezonlariga muvofiqligini tekshirish klassik determinatsiyalangan yondashuvga asoslangan tahlil orqali amalga oshiriladi.
44. Elektr uzatish tizimi ishining tahlili amaldagi holat, kelgusi besh va oʻn yil uchun amalga oshiriladi. Tahlillar energetika tizimining uchta oʻziga xos (kritik) ekspluatatsiya rejimlari boʻyicha oʻtkaziladi:
yuklamaning qishki maksimum rejimi (qishki maksimum);
yuklamaning yozgi maksimum rejimi (yozgi maksimum);
yuklamaning yozgi minimum rejimi (yozgi minimum). Ushbu rejim joriy holat uchun tahlil qilinmaydi, balki faqat tarmoqning istiqboldagi holati boʻyicha tahlil qilinadi.
45. Dastlabki uch yil uchun ushbu barcha hisob-kitoblar kritik koʻrib chiqiladi. Bunda oʻta yuklanishlar, kuchlanish va chastotaning ogʻishlari hamda ularning aniq joylashuvi tekshiriladi. Har bir holatning sabablar predmeti sinchkovlik bilan tahlil qilinadi, tuzatish kirituvchi choralar qoʻllaniladi. Hisob-kitoblar ekspluatatsion xavfsizlikni baholash natijalari qoniqarli boʻlgunga qadar, yaʼni imitatsiya modeliga erishilmaguncha takrorlanib boriladi.
46. Uzatish tizimi foydalanuvchilarining obyektlaridagi qisqa tutashuv toklari rejani tayyorlash jarayonida hisoblab chiqiladi, agar generatsiya va uzatish tizimlarida kutilayotgan oʻzgartirishlarni kiritish sababli potensial jiddiy oʻzgarishlar kutilayotgan boʻlsa tegishli tuzatishlar kiritiladi yoki foydalanuvchilar bilan birgalikda muzokara oʻtkaziladi.
47. Kamida besh yilda bir marta uzatish tizimining har bir obyektida qisqa tutashuv toki oqimlarini tekshiriladi.
48. Qisqa tutashuv toki oqimlaringning qiymati elektr tarmoq xoʻjaligi obyektlarida va elektr uzatish tizimi foydalanuvchilarining obyektlarida mavjud boʻlgan oʻrnatilgan asbob-uskunalarni xavf ostiga qoʻyishi mumkin boʻlsa, Uzatish tizimi operatori tegishli choralarni koʻrishi va elektr uzatish tarmogʻi foydalanuvchilari bilan ularning obyektlarida qoʻllaniladigan choralarni kelishib olishi kerak.
49. Kelgusi oʻn yillik davr uchun rejani ishlab chiqish doirasida tizimning joriy holati boʻyicha hamda qishki maksimumni va yozgi minimumni hisobga olish orqali koʻrib chiqilayotgan 5 yil va 10 yil davrning yakuniga prognoz qilinuvchi holat boʻyicha qisqa tutashuv toklarining hisob-kitoblari amalga oshiriladi.
50. Qisqa tutashuv toklarini hisoblash PSS®E va “Power Factory” dasturiy taʼminotdan foydalangan holda IEC 60909 va boshqa texnik talablarga muvofiq bajariladi.
51. Qoʻshni davlatlar energetika tizimini imkon qadar aniq modellashtirish maqsadida hisob-kitoblar Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimning mavjud boʻlgan hududiy modelida amalga oshirish kerak.
52. Ushbu hisob-kitoblarda mazkur rivojlanish rejasida nazarda tutilgan davrda qisqa tutashuv toklari qiymatining oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha omillar hisobga olinishi lozim.
53. Tahlillarning asosiy natijalari boʻlib ishlab chiqarish ishonchliligining ehtimoliy koʻrsatkichlari orqali aks ettirilgan tizimning umumiy isteʼmolini taʼminlashdagi koʻrsatkichlari darajasi hisoblanadi:
LOLE (Load Loss Expectation — yuklama yoʻqotishning kutilayotgan ehtimoliyligi) — isteʼmol boʻyicha talablar qoniqtirilmagan bir yildagi soatlar (soat/yil);
LOLP (Load Loss Probability — yuklamaning yoʻqotilish ehtimoli) — isteʼmol talablari qoniqtirilmagan vaziyatlarning yuzaga kelish ehtimoli (%);
EENS (Expected Energy Not Delivered — elektr energiyasining kutilayotgan tanqisligi) — isteʼmolchilarga yetkazib berilmasligi kutilayotgan elektr energiyasining hajmi (MW).
54. Xavf darajasi chegara koʻrsatkichidan pastroq boʻlib qolganida, tizim uchun ortiqcha oʻrnatilgan quvvat yoki ortiqcha quvvatga (quvvat zaxirasi) muvofiq darajasi belgilanadi.
Aksincha xavf darajasi ruxsat etilgandan yuqori boʻlsa, u holda tizimda aniqlangan quvvatning yetishmovchiligi asosida maqbul darajagacha xavfni pasaytirish uchun qoʻshimcha quvvat kiritish koʻrib chiqiladi.
55. Rivojlantirish rejasini ishlab chiqishda oʻzgaruvchan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushiga nisbatan ularning tizimiga sezilarli taʼsirlarini baholash orqali uslubiyotda keltirilmagan qoʻshicha tahlillar oʻtkazilishi kerak.
56. Rejalashtirish amalga oshirilayotgan vaqtda tizimdagi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi rostlash zaxiralari belgilangan zaxiraning minimal miqdoridan yuqori ekanligi tekshiriladi.
57. Agar uchlamchi rostlash uchun kutilayotgan zaxira oʻrnatilgan miqdorga mos kelmasa, generatsiya va uzatishning ishonchliligini tekshirishda uning oʻrnini import bilan bosish variantlari koʻrib chiqiladi.
58. Kuchlanishni rostlash bilan bogʻliq boʻlgan potensial muammolar aniqlansa, Uzatish tizimi operatori oʻz vakolati doirasidagi zarur choralarni koʻradi va rejaga tegishli bandlarni kiritadi.
59. Uzatish tizimi operatori zaruratga koʻra, kamida besh yilda bir marta rejaga uzatish tizimining barqarorligini oʻrganish tahlillarini kiritishi kerak.
60. Barqarorlik tahlillari natijalari kuchlanishni avtomatik rostlash, birlamchi va ikkilamchi rostlash uskunalarining hamda himoya tizimlarining kamchiliklarini koʻrsatsa Uzatish tizimi operatori Foydalanuvchilar bilan birgalikda zaruriy choralarni koʻradi.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
3-ILOVA
Rejalashtirish maʼlumotlari
I. Elektr energiyasining isteʼmolini rejalashtirish
Elektr energiyasini isteʼmolchilari tomonidan quyidagi jadvalga muvofiq isteʼmol maʼlumotlari kelgusi besh yil va rejalashtirish davrining oʻninchi yili uchun taqdim etilishi majburiy.

1-jadval

Oy

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Pmax — quvvat (MW)

Elektr energiyasi isteʼmoli (mln kW·h)

Jami (mln kW·h)

Pmax — hisobot (kuzatuv) davri uchun maksimal aktiv quvvat miqdori.
Foydalanuvchi tomonidan oʻz ehtiyoji uchun elektr energiyasi ishlab chiqarilsa va tarmoqdan ham isteʼmol qilinsa, ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslari maʼlumotlari alohida taqdim etiladi.
II. Elektr energiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirish
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar tomonidan quyidagi jadvalga muvofiq ishlab chiqarish maʼlumotlarini kelgusi besh yil va rejalashtirish davrining oʻninchi yili uchun taqdim etishlari majburiy.

2-jadval

Oy

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Elektr energiyasi isteʼmoli (mln kW·h)

Jami (mln kW·h)

Elektr energiyasini ishlab chiqarish koʻrsatkichlari ulanish nuqtasida tizimga yetkazib beriladigan hajmni, yaʼni sof ishlab chiqarish maʼlumotlari taqdim etilishi kerak. Bunda umumiy ishlab chiqarishdan oʻz ehtiyojlari va oʻzining tizimidagi yoʻqotishlar chegirib tashlanadi.
III. Anʼanaviy elektr stansiyalari va ularning yordamchi uskunalari toʻgʻrisida taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar
1. Generatorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Nominal toʻla (qayd etilgan) quvvat (MVA);
Nominal aktiv quvvat (MW);
Quvvat koeffitsiyenti;
Stator choʻlgʻamlarining ulanishi;
Statorning nominal kuchlanishi (kV);
Statorning nominal toki (A);
Qoʻzgʻatishning nominal toki (A);
Nominal yuklamada qoʻzgʻatish kuchlanishi (kV);
Reaktiv qarshilikning manfiy (teskari) tashkil etuvchisi (n.b.);
Qarshilikning manfiy (teskari) tashkil etuvchisi (n.b.);
Reaktiv qarshilikning nol (gomoqutbli) tashkil etuvchisi (n.b.);
Qarshilikning nol (gomoqutbli) tashkil etuvchisi (n.b.);
Statorning siqib chiqishining reaktiv qarshiligi (n.b.);
Statorning qarshiligi (n.b.);
Boʻylama oʻq boʻylab sinxron reaktiv qarshilik (n.b.);
Koʻndalang oʻq boʻylab sinxron reaktiv qarshilik (n.b.);
Boʻylama oʻq boʻylab oʻtuvchi reaktiv qarshilik (n.b.);
Boʻylama oʻq boʻylab yuqori oʻtuvchi reaktivlik (n.b.);
Koʻndalang oʻq boʻylab oʻtuvchi reaktiv qarshilik (n.b.);
Koʻndalang oʻq boʻylab yuqori oʻtuvchi reaktiv qarshilik (n.b.);
Mexanik soʻnish (n.b.);
Aperiodik vaqt qisqa tutashuv tokining doimiy uzilishi (s);
Tʼdo — uzilgan statorda qoʻzgʻalish zanjirining boʻylama oʻtuvchi doimiy vaqti (s);
Tʼʼdo — boʻylama oʻq boʻylab uzilgan statorda qoʻzgʻalish zanjirining yuqori oʻtuvchi doimiy vaqti (s);
Tʼds — oʻramning qisqa tutashtirilishida boʻylama oʻq boʻylab oʻtuvchi doimiy vaqt (s);
Tʼʼds — boʻylama oʻq boʻylab qisqa tutashtirilgan statorda qoʻzgʻalish zanjirining yuqori oʻtuvchi doimiy vaqti (s);
Tʼqo — uzilgan birlamchi oʻramda koʻndalang oʻq boʻylab oʻtuvchi doimiy vaqt (s);
Tʼʼqo — koʻndalang oʻq boʻylab uzilgan statorda qoʻzgʻalish zanjirining yuqori oʻtuvchi doimiy vaqti (s);
Tʼqs — oʻramni qisqa tutashtirilishida koʻndalang oʻq boʻylab oʻtuvchi doimiy vaqti (s);
Tʼqs — oʻramni qisqa tutashtirilishida koʻndalang oʻq boʻylab oʻtuvchi doimiy vaqti (s);
Elektr generator qurilmaning inersiya koeffitsiyenti (s);
Tj — Inersiya koeffitsiyenti (s);
Generatorning ish (funksional) sxemasi;
Salt yurish va qisqa tutashuvga tekshirish egri chiziqlari.
2. Generatorni qoʻzgʻatish tizimi toʻgʻrisida maʼlumotlar
Nominal doimiy qoʻzgʻatish toki (A);
Doimiy tokni qoʻzgʻatishning nominal kuchlanishi (V);
Doimiy tokni qoʻzgʻatishning minimal kuchlanishi (V);
Doimiy tokni qoʻzgʻatishning maksimal kuchlanishi (V);
Qoʻzgʻatish tokini oʻzgartirishning maksimal qadami (A);
Minimal qoʻzgʻatish toki (A);
Qoʻzgʻatish turi (mexanik yoki statik);
Barcha bloklar uchun umumiy parametrlarga ega tuzilmaviy blok-sxema;
Qoʻzgʻatishni tezlatish haqida asosiy maʼlumotlar (koeffitsiyent, davomiylik);
Elektr himoya vositalari va ularning parametrlari.
3. Birlamchi (turbina) rostlagich
Turbina rostlagichining statik oraligʻi (diapazoni) (%);
Birlamchi rostlash oraligʻi (diapazoni) (% Pnom);
Sinov vositasining sezmaslik darajasi (mNz);
Barcha bloklar uchun parametrlar bilan tuzilmaviy blok-sxema;
4. Ikkilamchi rostlash uchun mahalliy asbob-uskunalar
Barcha bloklar uchun parametrlari koʻrsatilgan tuzilmaviy blok-sxema
5. Joyida (oʻz ehtiyoji uchun) isteʼmol
Generatorning quvvatiga bogʻliq holda taqsimlash qurilmasidagi (oʻz ehtiyoji uchun) isteʼmoli miqdori;
Generatorining oʻz ehtiyoji uchun tizimdan qabul qiladigan elektr energiyasi (quvvat bilan) miqdori.
6. Transformatorlar boʻyicha maʼlumotlar
Turi;
Yuqori kuchlanish tomoni:
nominal oʻrnatilgan quvvati (MVA);
nominal kuchlanish (kV).
1-past kuchlanish tomoni:
nominal oʻrnatilgan quvvati (MVA);
nominal kuchlanish (kV).
2-past kuchlanish tomoni:
nominal oʻrnatilgan quvvati (MVA);
nominal kuchlanish (kV).
Ulanishlar guruhi (vektor);
Rostlash turi;
Rostlash oraligʻi, rostlashning oraliq qadami (%);
Salt yurish toki (%);
Qisqa tutashuv kuchlanishi U12 (%);
Qisqa tutashuv kuchlanishi U23 (%);
Qisqa tutashuv kuchlanishi U13 (%);
Foydalanish darajasi (%);
Misdagi yoʻqolishlar (kW);
Temirdagi yoʻqolishlar (kW);
Nol ketma-ketlik (gomoqutbli) tizimida transformatorning koʻrinishi (joylashuvi) — elektr sxemasi;
Birlamchi va ikkilamchi choʻlgʻamli neytralni yerga ulanish usuli;
Elektr himoyalash va uning tavsif (xarakteristika)lari.
7. Elektr uzatish va kabel tarmoqlari boʻyicha maʼlumotlar
Nominal kuchlanish (kV);
Umumiy uzunlik (km);
Tizimlar soni;
Fazadagi oʻtkazgichlar soni;
Oʻtkazgich turi;
Yerga ulash simining turi (yerga ulash simi);
Toʻliq qarshilik (Ω);
Toʻliq reaktiv qarshilik (Ω);
Toʻliq reaktiv oʻtkazuvchanlik (S);
Nol (gomoqutbli) qarshilik (Ω);
Nol (gomoqutbli) reaktiv qarshilik (Ω);
Nol (gomoqutbli) reaktiv oʻtkazuvchanlik (S);
Elektr himoyalash va uning tavsif (xarakteristika)lari.
8. Avtomatik oʻchirgichlar boʻyicha maʼlumotlar
Nominal kuchlanish (kV);
Nominal tok (A);
Qisqa tutashuv tokining nominal oʻchirish qobiliyati (kA);
Nominal ishga tushirish toki (kA);
Oʻz oʻchirish vaqti (ms);
Umumiy oʻchirish vaqti (ms);
Oʻz yoqish vaqti (ms);
Umumiy almashtirish vaqti (ms).
9. Reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi uskunalar
Turi;
Nominal quvvati (MVar);
Nominal kuchlanishi (kV);
IV. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (shamol va quyosh elektr stansiyalari) va ularning yordamchi uskunalari toʻgʻrisida taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar
1. Shamol elektr stansiyalari (“B” turdagi) boʻyicha maʼlumotlar
“B” turdagi shamol elektr stansiyalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar (shamol elektr stansiyalari operatorlari) kamida quyidagi maʼlumotlarni (Uzatish tizimi operatori yoki Tizim operatoriga) taqdim etishlari shart.
Elektr stansiyasi va undagi uskunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (loyihalashtirish, stansiyani foydalanish (ekspluatatsiya)ga topshirishda taqdim etiladigan va rekonstruksiya jarayonlarida yangilanadigan asosiy konstruktiv va texnik parametrlar):
shamol elektr stansiyasi va undagi turbinalarning texnik parametrlari;
shamol elektr stansiyalarining tizimga ulanish nuqtasidagi uskuna/qurilmalarining texnik parametrlari;
Uzatish tizimi operatori yoki Tizim operatori tomonidan soʻraladigan imitatsiya modeli va tizim tahlili uchun zarur boshqa tegishli maʼlumotlar.
Tezkor rejalashtirish maʼlumotlari:
oylik/yillik elektr energiyasini ishlab chiqarish maʼlumotlari;
oylik/yillik elektr energiyasi isteʼmoli maʼlumotlari;
shamol elektr stansiyasi va uning tizimga ulanish nuqtalaridagi infratuzilmaga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha oylik/yillik rejalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Operativ maʼlumotlar:
quvvatni/energiyani oʻlchash maʼlumotlari (aktiv/reaktiv quvvat va elektr energiyasini tarmoqqa uzatish);
real vaqt rejimidagi maʼlumotlar:
aktiv va reaktiv quvvatning oqimlari;
holat haqida maʼlumotlar (uskuna/qurilmaning ishchi holatidaligi — Ha/Yoʻq).
ishchi holati haqida prognoz maʼlumotlar (qurilmaning ekspluatatsiya uchun tayyorligi haqida maʼlumot);
shamol tezligi va yoʻnalishi.
2. Shamol elektr stansiyalari (“C” va “D” turlari) boʻyicha maʼlumotlar
“C” va “D” turdagi shamol elektr stansiyalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar (shamol elektr stansiyalari operatorlari) kamida quyidagi maʼlumotlarni (Uzatish tizimi operatori yoki Tizim operatoriga) taqdim etishlari shart.
Elektr stansiyasi va undagi uskunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (loyihalashtirish, stansiyani foydalanish (ekspluatatsiya)ga topshirishda taqdim etiladigan va rekonstruksiya jarayonlarida yangilanadigan asosiy konstruktiv va texnik parametrlar):
shamol elektr stansiyasi va undagi uskunalarning texnik parametrlari;
shamol elektr stansiyalarining ichki taqsimlash uskuna/qurilmalari va podstansiyalarining texnik parametrlari;
shamol elektr stansiyalarining tizimga ulanish nuqtasidagi uskuna/qurilmalarining texnik parametrlari;
Uzatish tizimi operatori yoki Tizim operatori tomonidan soʻraladigan imitatsiya modeli va tizim tahlili uchun zarur boshqa tegishli maʼlumotlar.
Rejalashtirish maʼlumotlari:
uzoq muddatli istiqbolda rejalashtirish maʼlumotlari:
rejalashtirilayotgan shamol turbinalarini foydalanishga (ekspluatatsiya)ga topshirish/foydalanish (ekspluatatsiya)dan chiqarish yoki almashtirish;
yillik kutilayotgan elektr energiyasi ishlab chiqarish miqdorlari;
oʻz ehtiyoji uchun tizimdan elektr energiyasi isteʼmolining yillik koʻrsatkichlari;
imitatsiya modellarini tayyorlash uchun yangilangan maʼlumotlar;
tezkor rejalashtirish maʼlumotlari:
shamol elektr stansiyasi va uning tizimga ulanish nuqtalaridagi infratuzilmaga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha oylik/yillik rejalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
oylik/yillik elektr energiyasini ishlab chiqarish maʼlumotlari;
oylik/yillik elektr energiyasi isteʼmoli maʼlumotlari;
Operativ maʼlumotlar:
quvvatni/energiyani oʻlchash maʼlumotlari (aktiv/reaktiv quvvat va elektr energiyasini tarmoqqa uzatish);
real vaqt rejimidagi maʼlumotlar:
kuchlanish;
tok;
aktiv va reaktiv quvvat oqimlari;
transformatorning kuchlanishini rostlovchi almashlab ulagichning rostlash holati;
taqsimlovchi qurilma holati haqida maʼlumot;
avariya vaziyatlarining tanlangan yoki guruhlangan signallar;
holat haqida maʼlumotlar (uskuna/qurilmaning ishchi holatidaligi — Ha/Yoʻq);
ayni vaqtda ishlab turgan (foydalanishda boʻlgan) shamol turbinalarining soni;
ishlamayotgan shamol turbinalarining soni va ishlamayotganlik sabablari (shamolning kuchli va kuchsiz tezligi, qurilmaning nosozligi, taʼmirlash jarayonidaligi va h.k);
ishchi holati haqida prognoz maʼlumotlar (qurilmaning ekspluatatsiya uchun tayyorligi haqida maʼlumot);
boshqaruv tizimining taʼsirchanligi haqida maʼlumot (boshqaruv tizimlarining ishlash statistikasi);
meteorologik maʼlumotlar (agar shamol elektr stansiyalari turli hududlarda joylashgan boʻlsa, ushbu maʼlumotlar har bir hudud boʻyicha taqdim etilishi zarur):
shamol generatorlari oʻrnatilgan balandlikda shamolning tezligi;
shamolning yoʻnalishi;
havo harorati;
Atmosfera bosimi.
3. Quyosh elektr stansiyalari (“B”, “C” va “D” turlari) boʻyicha maʼlumotlar
“B”, “C” va “D” turdagi quyosh elektr stansiyalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar (quyosh elektr stansiyalari operatorlari) kamida quyidagi maʼlumotlarni (Uzatish tizimi operatori yoki Tizim operatoriga) taqdim etishlari shart.
Elektr stansiyasi va undagi uskunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (loyihalashtirish, stansiyani foydalanish (ekspluatatsiya)ga topshirishda taqdim etiladigan va rekonstruksiya jarayonlarida yangilanadigan asosiy konstruktiv va texnik parametrlar):
quyosh elektr stansiyasi va undagi uskunalarning texnik parametrlari;
quyosh elektr stansiyalarining ichki taqsimlash uskuna/qurilmalari va podstansiyalarining texnik parametrlari;
quyosh elektr stansiyalarining tizimga ulanish nuqtasidagi uskuna/qurilmalarining texnik parametrlari;
Uzatish tizimi operatori yoki Tizim operatori tomonidan soʻraladigan imitatsiya modeli va tizim tahlili uchun zarur boshqa tegishli maʼlumotlar.
Rejalashtirish maʼlumotlari:
uzoq muddatli istiqbolda rejalashtirish maʼlumotlari:
rejalashtirilayotgan quyosh elektr stansiyasini (yoki uning panellar seksiyasi) foydalanishga (ekspluatatsiya)ga topshirish/foydalanish (ekspluatatsiya)dan chiqarish yoki almashtirish;
yillik kutilayotgan elektr energiyasi ishlab chiqarish miqdorlari;
oʻz ehtiyoji uchun tizimdan elektr energiyasi isteʼmolining yillik koʻrsatkichlari;
imitatsiya modellarini tayyorlash uchun yangilangan maʼlumotlar;
tezkor rejalashtirish maʼlumotlari:
quyosh elektr stansiyasi va uning tizimga ulanish nuqtalaridagi infratuzilmaga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha oylik/yillik rejalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
oylik/yillik elektr energiyasini ishlab chiqarish maʼlumotlari;
oylik/yillik elektr energiyasi isteʼmoli maʼlumotlari.
Operativ maʼlumotlar:
quvvatni/energiyani oʻlchash maʼlumotlari (aktiv/reaktiv quvvat va elektr energiyasini tarmoqqa uzatish);
real vaqt rejimidagi maʼlumotlar:
kuchlanish;
tok;
aktiv va reaktiv quvvat oqimlari;
transformatorning kuchlanishini rostlovchi almashlab ulagichning rostlash holati;
taqsimlovchi qurilma holati haqida maʼlumot;
avariya holatlarning tanlangan yoki guruhlangan signallar;
holat haqida maʼlumotlar (uskuna/qurilmaning ishchi holatidaligi — Ha/Yoʻq);
ayni vaqtda ishlab turgan (foydalanishda boʻlgan) shamol turbinalarining soni;
ishlamayotgan shamol turbinalarining soni va ishlamayotganlik sabablari (shamolning kuchli va kuchsiz tezligi, qurilmaning nosozligi, taʼmirlash jarayonidaligi va h.k);
ishchi holati haqida prognoz maʼlumotlar (qurilmaning ekspluatatsiya uchun tayyorligi haqida maʼlumot);
boshqaruv tizimining taʼsirchanligi haqida maʼlumot (boshqaruv tizimlarining ishlash statistikasi);
meteorologik maʼlumotlar (havo harorati va atmosfera bosimi va boshqalar).
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
4-ILOVA
Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasini ishlab chiqish
USLUBIYOTI
1. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi isteʼmol (talab) prognozi bilan birgalikda uzatish tizimini rivojlantirish rejasining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasini ishlab chiqish uslubiyotining uzatish tizimini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish uslubiyotidan asosiy farqi — generatsiyani rivojlantirishning rejalashtirilishi elektr energetika tizimini modellashtirishga va elektr energetika tizimini rejalashtirishning dasturiy taʼminotidan (vositalar) foydalangan holda amalga oshiriladi.
3. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi elektr energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha rejalashtirish va yangi generatsiya quvvatlarini qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar mualliflari va Uzatish tizimi operatori tomonidan toʻplangan maʼlumotlar asosida ishlab chiqiladi.
4. Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasini tayyorlash uchun quyidagi manbalar birlamchi maʼlumotlardan foydalaniladi:
mavjud ishlab chiqarish kompaniyalari — elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, ularning yangi ishlab chiqarish obyektlarini qurish, rivojlantirish, tiklash yoki mavjud boʻlgan generatsiyalovchi modullarni qayta ulash rejalariga va eskirgan qurilmalarni ekspluatatsiyadan chiqarish rejalarini taqdim etadilar;
davlat tashkilotlari — yangi elektr stansiyalarni qurish yoki mavjud obyektni modernizatsiya/kengaytirish boʻyicha istiqbolli loyihalar reyestrini taqdim etadi;
Uzatish tizimi operatori — uzatish tizimiga ulanish uchun berilgan (yoki koʻrib chiqilayotgan) loyihalar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi;
Taqsimlash tizimi operatorlari — taqsimlash tizimlariga yangi generatsiyalovchi modullarni ulanishiga berilgan ruxsatnomalar va mikro va kichik generatsiya hamda isteʼmolchilarning oʻz ehtiyojlari uchun oʻrnatadigan generatsiya qurilmalari holati va istiqbollari boʻyicha oʻtkazilgan tahlil natijalarini taqdim etadi;
kichik quvvatli taqsimlangan generatsiyaning rivojlanishini prognoz qiluvchi tadqiqot tashkilotlari maʼlumotlari;
milliy yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning rivojlanishi prognozi, yoqilgʻi xarajatlari oshishini baholash natijalari, atmosferaga chiqarilayotgan (CO2) chiqindilar miqdori va narxlari boʻyicha tadqiqotlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari narxlarini va boshqa zarur makroiqtisodiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tadqiqotlar;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ragʻbatlantirish choralari.
5. Har bir loyiha turli xil texnik, tashkiliy, huquqiy/meʼyoriy va moliyaviy mezonlar boʻyicha tekshiriladi hamda yakuniy natijalari baholanadi.
6. Tarmoqqa ulanish tartibi quyidagi bir nechta bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
ariza (talabnoma) kiritish;
mutaxassis xulosasi;
ulanishni tekshirish;
ulanishga ruxsat olish;
ulanish infratuzilmasini loyihalash;
sinovlarni oʻtkazish;
ulash va ishga tushirish.
Ushbu nuqtai nazardan ulanishga talabnoma kiritilishi va ulanish imkoniyatining boshlangʻich oʻrganish bosqichida boʻlgan loyihalar erta bosqichda hisoblanadi.
7. Loyihani ishlab chiquvchilar oʻxshash bosqichlarda loyihani ishlab chiqishning turli jihatlarini qoʻllaydi, oldindan moliyalashtirish taʼminlanmaguncha qurilish loyihasi uchun ruxsatnoma berilmaydi yoki elektr stansiyasini qurilishi uchun ruxsatnoma olinmagunicha tizimga ulanish jarayoni ulanishni oʻrganish tartiblaridan tashqariga chiqilmaydi.
8. Quyidagi mezonlarni baholash orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalari quyidagicha tasniflanadi:
haqiqatdan yakunlangan — loyihaning ishlab chiqilishi yakunlangan yoki yakunlanishga yaqin, toʻliq moliyalashtirilgan, ruxsatnomalar olingan;
taxminan yakunlangan — loyihaning ishlab chiqilishi yakunlanmagan, biroq yakunlanishi aniq, muddatlari belgilanmagan;
taxminan yakunlanmagan — loyiha ishlab chiqish jarayoni kechiktirilgan bosqichda, baʼzi elementlar taʼminlanishga yaqin, ammo turli sabablarga koʻra bekor qilinishi mumkin;
yakunlanmagan — loyiha ishlab chiqishning juda erta bosqichida, tarmoqqa qayd etilgan ulanish (moliyaviy va huquqiy maqomning mavjud emasligi) toifalari boʻyicha tasniflanishi mumkin.
9. Loyihalar tayyorligining ushbu tasniflari keyinchalik generatsiyani rivojlantirishning turli ssenariylarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Rejalashtirish natijalari generatsiyani rivojlanishining turli ssenariylarini parallel baholash orqali tahlil qilinadi.
10. Ssenariylarni aniqlash Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi uslubiyotida qabul qilingan yondashuv bilan bir xil boʻlishi lozim. Quyidagi standart ssenariylari qoʻllaniladi:
Konservativ — ushbu ssenariy barcha generatsiyani rivojlanish rejalarining mavjud resurslarga asoslaniladi. Faqat kafolatlangan moliyalashtirish va tarmoqqa ulanish toʻgʻrisida bitim bilan haqiqatda yakunlangan loyihalarni oʻz ichiga oladi. Xuddi shunday yondashuv ekspluatatsiyadan chiqarishda qoʻllaniladi, faqat qatʼiy kelishuvlar inobatga olinadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari generatsiyasining rivojlanishi amaldagi (joriy) loyihalar va ragʻbatlantirish miqdori yoki energetika tizimining muvozanatlash imkoniyati boʻyicha kiritiluvchi cheklovlar bilan chegaralanadi;
Haqiqiy — ushbu ssenariyda, konservativ ssenariydagi maʼlumotlardan tashqari, yakunlanishi kutilayotgan, yangi generatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha loyihalari kiritiladi hamda ularga nisbatan ekspluatatsiyaga kiritish yillari mavjud boʻlgan maʼlumotlar va muhandis-loyihalashtiruvchilarning mulohazalari baholanadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi generatsiya loyihalari uchun Konservativ ssenariy roʻyxatidagi va ragʻbatlantirish boʻyicha real taxminlar hamda taqsimlash generatsiyasini baholash maʼlumotlari qoʻshimcha qilinadi. Ushbu ssenariyga mavjud maʼlumotlardan kelib chiqib, rejalashtirish davrining ikkinchi yarmida yoki oxiriga yaqin yakunlanishi mumkin boʻlgan loyihalar qoʻshimcha qilinishi mumkin;
Yashil — Qayta tiklanuvchi energiya manbalari integratsiyasining yuqori darajasi va energiya samaradorligini oshirish choralari. Ushbu ssenariydagi loyihalar roʻyxati anʼanaviy elektr stansiyalari uchun haqiqiy ssenariy roʻyxati bilan bir xil boʻlib, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asosidagi amalga oshirish mumkin boʻlgan barcha loyihalar kiritiladi. Ssenariyda energiya samaradorligini oshirishi boʻyicha chora-tadbirlar, mavjud ishlab chiqarish obyektlarini qayta jihozlash va taʼmirlash orqali amalga oshiriladi, bu oʻz navbatida ularning ishlab chiqarish quvvati va umumiy samaradorligini oshiradi.
11. Uzatish tizimi operatori rejalashtirilgan yilda har bir generatsiya quvvatining ekspluatatsiyaga kiritilishi va foydalanishdan chiqarilishi toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarni rejalashtirishning kelgusi har bir yil uchun ilova qilgan holda taqdim etadi.
12. Anʼanaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bazasida generatsiya obyektlari uchun alohida yoqilgʻi va texnologiyalarning turlari boʻyicha guruhlanadi. Jadval koʻrinishida rejalashtirish davridagi har bir yil uchun chastotani boshqarish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvati boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
5-ILOVA
Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasini ishlab chiqish tartibi

T/r

Harakatlar

Yakuniy muddat

Izoh

1.

Uzatish tizimi operatori tomonidan mavjud operatorlar va boʻlajak generatsiya operatorlariga maʼlumotlarni taqdim etish uchun soʻrov yuborish

1-yanvar

Toʻgʻridan-toʻgʻri xat bilan va Uzatish tizimi operatori saytida oldindan belgilangan formatlardan foydalangan holda

2.

Generatsiya operatorlari va boshqa operatorlar hamda Vazirlik Uzatish tizimi operatoriga maʼlumotlarni taqdim etish

15-fevral

Uzatish tizimi operatori platformasiga yuklash

3.

Uzatish tizimi operatori tomonidan Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi loyihasini tayyorlash hamda uni Vazirlikka va Regulatorga koʻrib chiqish uchun yuborish.

1-aprel

4.

Vazirlik va Regulator tomonidan Uzatish tizimi operatoriga Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasi yuzasidan sharhlar kiritilishi

15-aprel

5.

Uzatish tizimi operatori tomonidan Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasining yakuniy loyihasini ishlab chiqishi hamda uni Vazirlikka va Regulatorga yuborish.

1-may

Vazirlik Regulator bilan maslahatlashadi va Generatsiyani rivojlantirishning shartli rejasini loyihalashtirish kompaniyasiga yuborishdan avval tasdiqlaydi.

Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
6-ILOVA
Ishlab chiqarish quvvatlarining (generatsiyaning) mosligi mezoni
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
7-ILOVA
Tarmoqqa ulanish tadqiqoti uchun zarur boʻlgan
MAʼLUMOTLAR
Anʼanaviy elektr stansiyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektr energiyasini saqlash tizimi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalar va yakuniy Isteʼmolchilarni tarmoqqa ulanishini oʻrganish uchun quyida maʼlumotlar taqdim etiladi.
1. Anʼanaviy elektr stansiyalari uchun:
elektr stansiyasining toʻliq nomi;
generatorning nominal quvvati Pn [MW] — har bir generator uchun alohida maʼlumotlar taqdim etiladi;
turbinaning nominal quvvati Rpt [MW] — har bir turbina uchun alohida maʼlumotlar taqdim etiladi;
tasdiqlangan tarmoqqa ulanish quvvati [MW];
ulanish (ishga tushirish) rejalashtirilgan yil;
blok transformatorlarning umumiy soni;
obyekt joylashadigan manzil;
elektr stansiyasini joylashuvining tavsifi va grafik tasviri (tegishli shaklda taqdim etiladi — AutoCADda “dwg” geografik bogʻlash fayli);
konseptual yechim (mavjud boʻlsa);
oʻz ehtiyojlari uchun elektr energiyasi isteʼmoli [MW].
2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (shamol va quyosh elektr stansiyalari yoki parki) uchun:
elektr stansiyasi yoki parkining toʻliq nomi;
ulanish nuqtasida nominal quvvat (oʻzgaruvchan tok quvvati) P [MW];
Shamol elektr stansiyasining oʻrnatilgan aktiv quvvati Pinstmax [MW];
quyosh elektr stansiyasi invertorining maksimal oʻrnatilgan quvvati Pinstmax [MW];
ulanish (ishga tushirish) rejalashtirilgan yil;
elektr stansiyasining bir chiziqli (ichki, oʻrta kuchlanishli) sxemasi loyihasi;
tarmoq transformatorlarining umumiy soni;
obyektni joylashadigan manzili;
elektr stansiyasi yoki parkining joylashuvining tavsifi va grafik tasviri (tegishli shaklda taqdim etiladi — AutoCADda “dwg” geografik bogʻlash fayli);
konseptual yechim (imkoniyatga koʻra);
oʻz ehtiyojlari uchun elektr energiyasi isteʼmoli [MW];
elektr stansiyasi yoki parkining kamida uch yil davomida soatlik ishlab chiqarishini baholash maʼlumotlari (shamol tezligi, radiatsiya va boshqalarni oʻlchash asosida).
3. Elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun:
elektr energiyasini saqlash tizimining nomi;
elektr energiyasini saqlash texnologiyasining turi;
ulanish nuqtasidagi nominal quvvati — R [MW], maʼlumotlar ikkala (generatsiya/isteʼmol) rejimlar uchun ham taqdim etilishi kerak;
maksimal aktiv quvvat (oʻrnatilgan quvvat) — Pinstmax [MW];
maksimal saqlash hajmi (saqlash quvvati) — Einst [MWs];
ulanish (ishga tushirish) rejalashtirilgan yil;
saqlash tizimining bir chiziqli (ichki, oʻrta kuchlanishli) sxemasi loyihasi;
tarmoq transformatorlarining umumiy soni;
quvvatlantirish (zaryadlash) va quvvatsizlantirish (razryadlash) tezligi (C-rate);
obyektni joylashadigan manzili.
4. Uzatish tizimiga ulanadigan Taqsimlash tizimi operatori va yirik isteʼmolchilar uchun:
obyektning toʻliq nomi;
ulanish nuqtasida zarur quvvat R [MW];
ulanish rejalashtirilgan yil;
obyektning rejalashtirilgan bir chiziqli sxemasi;
tarmoq transformatorlarining umumiy soni;
obyektning joylashgan manzili;
elektr stansiyasi yoki parkining joylashuvining tavsifi va grafik tasviri (tegishli shaklda taqdim etiladi — autocadda “dwg” geografik bogʻlash fayli);
ulanish nuqtasida uch qutbli qisqa tutashuvning minimal quvvati miqdori;
konseptual loyiha (agar mavjud boʻlsa);
kamida bir yil davomida baholangan soatlik isteʼmoli.
5. Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalar uchun:
obyektning nomi;
ulanish nuqtasida oʻrnatilgan quvvat — R [MW], maʼlumotlar ikkala (generator/nasos) rejimlar uchun ham taqdim etilishi kerak;
maksimal aktiv (oʻrnatilgan) quvvat — Pinst [MW], maʼlumotlar ikkala (generator/nasos) rejimlar uchun ham taqdim etilishi kerak;
ulanish (ishga tushirish) rejalashtirilgan yil;
rejalashtirilgan bir qutbli oʻrnatish sxemasi;
blok transformatorlarning umumiy soni;
obyektning joylashgan manzili;
elektr stansiyasi yoki parkining joylashuvining tavsifi va grafik tasviri (tegishli shaklda taqdim etiladi — AutoCADda “dwg” geografik bogʻlash fayli);
konseptual loyiha (agar mavjud boʻlsa);
kamida bir yil davomida soatlik ishlab chiqarish va isteʼmolni baholash natijalari;
nasos va generator rejimlarida aktiv quvvatini rostlash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
8-ILOVA
Uzatish tizimida kuchlanish tushib ketishida Foydalanuvchilarga quyiladigan talablar
Umin — Foydalanuvchining obyekti uzatish tarmogʻiga ulangan holda qolishi kerak boʻlgan minimal ishchi kuchlanish.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
9-ILOVA
Yuqori kuchlanish holatlarida Foydalanuvchilarga quyiladigan talablar
Izoh:
Umaxmaksimal kuchlanish;
t — vaqt.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
10-ILOVA
Uzatish tizimidagi yuqori garmonikalar qiymatlari

3 ga boʻlinmaydigan toq garmonikalar

3 ga boʻlinadigan toq garmonikalar

Juft garmonikalar

Garmonika tartibi (h)

Garmonik kuchlanish (%)

Garmonika tartibi (h)

Garmonik kuchlanish (%)

Garmonika tartibi (h)

Garmonik kuchlanish (%)

5

2

3

2

2

1.4

7

2

9

1

4

0.8

11

1.5

21

0.2

8

0.4

13

1.5

21

0.2

8

0.4

17 ≤ h ≤ 49

1.2*17/h

21 ≤ h ≤ 45

0.2

10 ≤ h ≤ 50

0.19*10/h +0.16

Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
11-ILOVA
Real vaqt rejimida almashiladigan maʼlumotlar roʻyxati

Turi

Maʼlumotlarni tavsiflash

Birligi/Holati

1. Uzatish tizimi operatorining 500 kV, 220 kV va 110 kV kuchlanishli podstansiyalari va elektr uzatish tarmoqlari (foydalanuvchilar ulangan yacheykalari)

M

Faza toki

A (I0, I4, I8)

M

Uch fazali aktiv quvvat

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Uch fazali reaktiv quvvat

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Liniya kuchlanishi

kV (U04, U48, U08)

M

Chastota

Nz (daq.2 kasr)

M

Nosozliklarni aniqlash

km

S

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

C

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

C

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

C

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

A

Boshqaruv markazini tanlash

Yoqilgan/tanaffusda

A

Kuchlanish mavjudligi

Yoqilgan/tanaffusda

A

“ANY” ga berilgan buyurtma

Yoqilgan/tanaffusda

A

“APU” bloklanganligi

Yoqilgan/tanaffusda

A

Avtomatik qayta ulash muvaffaqiyatli

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoyaning 1-hududi — oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoyaning 2-hududi — oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoyaning 3-hududi — oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoyaning 4-hududi — oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Teskari yoʻnalishdagi masofaviy himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoyani qoʻzgʻatish darajasi — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoya 0 faza — qoʻzgʻatish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoya 4 faza — qoʻzgʻatish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoya 8 faza — qoʻzgʻatish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yerga tutashuvdan masofaviy himoya — qoʻzgʻatishdan himoya

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoya bloklangan

Yoqilgan/tanaffusda

A

Asosiy himoya 1-nosozlik

Yoqilgan/tanaffusda

A

Asosiy himoya 2-nosozlik

Yoqilgan/tanaffusda

A

Zaxira himoyasi-nosozlik

Yoqilgan/tanaffusda

A

boʻylama differensial himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Beqaror boʻylama differensial himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

boʻylama differensial himoya, 0 faza — qoʻzgʻatish

Yoqilgan/tanaffusda

A

boʻylama differensial himoya, 4 faza — qoʻzgʻatish

Yoqilgan/tanaffusda

A

boʻylama differensial himoya, 8 faza — qoʻzgʻatish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yerga tutashuvdan boʻylama differensial himoya — qoʻzgʻatish

Yoqilgan/tanaffusda

A

boʻylama differensial himoya — aloqada nosozligi

Yoqilgan/tanaffusda

A

boʻylama differensial himoya — bloklangan

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklanishdan himoya — oʻchirilgan

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklanishdan himoya 1 pogʻonasi — bloklangan

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklanishdan himoya 2 pogʻonasi — bloklangan

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklanishdan himoya 1 pogʻonasi — signalizatsiya

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklanishdan himoya 2 pogʻonasi — signalizatsiya

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklanishdan himoya 1 pogʻonasi — oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklanishdan himoya 2 pogʻonasi — oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yerga tutashuvdan yoʻnaltirilgan himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Tok boʻyicha oʻta yuklanishdan zaxira himoyasi — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yerga tutashuvdan zaxira himoyasi — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Nosozlikdan himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Almashlab ulagichning nosozligidan himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻchirgich qutblarining nosimmetriyaligi — ajratish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Tok boʻycha oʻta yuklanishdan himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yerga tutashuvdan himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Taʼminotda uzilish — signalizatsiya

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻchirish zanjirlarini 1-boshqarish — Oʻchirgichni boshqarish — signalizatsiya

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻchirish zanjirlarini 2-boshqarish — Oʻchirgichni boshqarish — signalizatsiya

Yoqilgan/tanaffusda

A

Avtomatik oʻchirgichning 1-bosqichida elegaz bosimining pasayishi — ogohlantirish signali

Yoqilgan/tanaffusda

A

Avtomatik oʻchirgichning 2-bosqichida elegaz bosimining pasayishi — bloklash

Yoqilgan/tanaffusda

A

Havo liniyasining boshqa tomonidan masofaviy himoya signallarini qabul qilish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Havo liniyasining boshqa tomonidan yerga tutashuvdan yoʻnaltirilgan himoya signallarini qabul qilish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Liniyaning boshqa tomoniga masofaviy himoya signallarini yuborish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Havo liniyasining boshqa tomoniga yerga tutashuvdan himoyaning yoʻnaltirilgan signallarini yuborish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoya — aloqada nosozligi

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yerga tutashuvdan yoʻnaltirilgan himoya — aloqada nosozligi

Yoqilgan/tanaffusda

A

Masofaviy himoya 2 darajali tezlanish — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yerga tutashuvdan yoʻnaltirilgan himoya tezlanishi — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Almashlab ulagich prujinalari — boʻshashgan

Yoqilgan/tanaffusda

A

Tokni hisobga olish zanjirlari — nosozlik

Yoqilgan/tanaffusda

A

Kuchlanishni hisobga olish zanjirlari — nosozlik

Yoqilgan/tanaffusda

A

Issiqlik himoyasi — signalizatsiya*

Yoqilgan/tanaffusda

A

Issiqlik himoyasi — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Kabelda moyning yuqori bosimi*

Yoqilgan/tanaffusda

A

Kabelda moyning past bosimi*

Yoqilgan/tanaffusda

A

Kabelda moy bosimi (umumiy)*

Yoqilgan/tanaffusda

A

Muftada moyning past bosimi*

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yakuniy oʻchirish**

Yoqilgan/tanaffusda

IM

Aktiv energiya (uzatish/qabul qilish)***

mln kW·h

IM

Reaktiv energiya (uzatish/qabul qilish)***

MVAr·h

* kabel (yer osti) aloqa liniyalarining signallari

** himoya funksiyalarini faollashtirish uchun guruhlangan signal, bundan keyin avtomatik qayta ulash boshlanmaydi va himoya funksiyalarining faollashishi oʻchirishga olib keladi.

*** uzatish tizimiga ulanish nuqtalarida energiya oʻlchovlari

2. Mos keladigan transformator yacheykalari bilan 500/x, 220/x va 110/x transformatorlar

M

Yuqori kuchlanish tomonidagi faza toki

A (I0, I4, I8)

M

Oʻrta kuchlanish tomonidagi faza toki

A (I0, I4, I8)

M

Past kuchlanish tomonidagi faza toki

A (I0, I4, I8)

M

Yuqori kuchlanish tomonidagi uch fazali aktiv quvvat

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Yuqori kuchlanish tomonidagi uch fazali reaktiv quvvat

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Oʻrta kuchlanish tomonidagi uch fazali aktiv quvvat

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Oʻrta kuchlanish tomonidagi uch fazali reaktiv quvvat

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Past kuchlanish tomonidagi uch fazali aktiv quvvat

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Past kuchlanish tomonidagi uch fazali reaktiv quvvat

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Yuqori kuchlanish tomonidagi liniya (chiziqli) kuchlanishi

kV (U04,U48, U08)

M

Oʻrta kuchlanish tomonidagi liniya (chiziqli) kuchlanishi

kV (U04,U48, U08)

M

Past kuchlanish tomonidagi liniya (chiziqli) kuchlanishi

kV (U04,U48, U08)

M

Shahobchalar almashlab ulagichi holati

Pozitsiya raqami

IM

Aktiv energiya (ishlab chiqarish/qabul qilish)*

MW·h

IM

Reaktiv energiya (ishlab chiqarish/qabul qilish)*

MVAr·h

S

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

C

Avtomatik oʻchirgich**

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

C

Ajratgich**

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

C

Yerga ulash qurilmasi**

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

A

Boshqaruv holatini tanlash

Joyidan/masofadan

A

Gaz releli (Buxgols) oʻchirgich — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Transformatorning gaz relesi (Buxgols) — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Differensial himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Yerga tutashuvdan cheklangan himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Korpus himoyasi — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Transformatorning boshqa himoyasi — uzib qoʻyish, oʻchirish***

Yoqilgan/tanaffusda

A

Kontakt termometri/Teplovizor — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Transformatorda ortiqcha bosim relesi — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

* Uzatish tizimiga ulanish nuqtasida oʻlchash.

** Signalizatsiya tizimiga ega transformator kameralarida kommutatsiya uskunalarini boshqarish signallari.

*** Oʻchirishga olib keladigan himoya funksiyalarining guruh signali

3. 500 kV, 220 kV i 110 kV kuchlanishli shina tizimlari va shina ulagich (biriktirgich)lari

M

Shina ulagichi orqali faza toki

A (I4)

M

Shinalar liniya kuchlanishi

kV (√3 U4 yoki U48)

M

Shinalar chastotasi

Nz (min.2 kasr)

A

Kuchlanish

Kuchoanish past, kuchlanish yoʻq

S

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

A

Shinalar differensial himoyasi — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Tok boʻyicha oʻta yuklanishdan himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Umumiy oʻchirish — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Avtomatik oʻchirigichning nosozligidan himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklamadan 1 darajali himoya — signalizatsiya

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklamadan 2 darajali himoya — signalizatsiya

Yoqilgan/tanaffusda

A

Oʻta yuklamadan 2 darajali himoya — uzib qoʻyish, oʻchirish

Yoqilgan/tanaffusda

4. Gidro va turbo generatorlar

M

Statorning faza toki

A (I4)

M

Statorning liniya kuchlanishi

kV (U48)

M

Rotorning faza toki

A (I4)

M

Uch fazali aktiv quvvat

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Uch fazali reaktiv quvvat

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Toʻliq uch fazali quvvat

MVA

M

Generatorning bazaviy aktiv quvvati

MW

M

Ikkilamchi rostlashning oʻzgarish tezligi

MW/min

M

Maqsadli aktiv quvvat

MW

M

Kuchlanish regulatorining statik holati

%

M

Ikkilamchi rostlashda maksimal aktiv quvvat

MW

M

Ikkilamchi rostlashda minimal aktiv quvvat

MW

M

Uchlamchi rostlashda maksimal aktiv quvvat

MW

M

Uchlamchi rostlashda minimal aktiv quvvat

MW

M

Elektrstansiyaning haqiqiy aktiv quvvat belgilangan oʻrnatmasi

MW

A

AGC (avtomatik ishlab chiqarishni boshqarish) holati*

Yoqilgan/oʻchirilgan

IC

AGC imrulslari*

Yuqori/pastki

A

Birlamchi boshqaruv holati

Yoqilgan/oʻchirilgan

A

Generatorning himoyadan oʻchirilishi-qoʻshma signal

Yoqilgan/tanaffus

S

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

SP

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasi

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

SP

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasi

kV

SP

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasi

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

SP

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasi

/

A

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

M

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

kV

M

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

M

Suvning past sathi

m

M

Suvning yuqori sathi

m

M

Yuqori (bosh)

m

M

Turbina sarfi

m3/s

M

Umumiy oqim

m3/s

M

Suv oʻtkazgichlar orqali toʻlib ketish

m3/s

M

Toʻliq toʻlish

m3/s

* faqat ikkilamchi rostlashda ishtirok etuvchi elektr stansiyalari uchun

5. Elektr stansiyalar isteʼmoli

M

Uch fazali aktiv quvvat

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Uch fazali reaktiv quvvat

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

S

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

6. Shamol elektr stansiyalari

M

Past kuchlanish tomonida — faza toki*

A (I0, I4, I8)

M

Past kuchlanish tomonida — aktiv quvvat*

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Past kuchlanish tomonida — reaktiv quvvat*

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Past kuchlanish tomonida — tizim kuchlanishi*

kV (U04,U48, U08)

M

Yuqori kuchlanish tomonida — tizim kuchlanishi*

kV (U04,U48, U08)

M

Shahobchalar almashlab ulagichi holati

Pozitsiya raqami

M

Kuchlanish regulatorining statik holati

%

M

Ikkilamchi rostlashda maksimal aktiv quvvat*

MW

M

Ikkilamchi rostlashda minimal aktiv quvvat*

MW

M

Uchlamchi rostlashda maksimal aktiv quvvat*

MW

M

Uchlamchi rostlashda minimal aktiv quvvat*

MW

M

Elektrstansiyaning haqiqiy aktiv quvvat belgilangan oʻrnatmasi

MW

A

AGC (avtomatik ishlab chiqarishni boshqarish) holati**

Yoqilgan /oʻchirilgan

IC

AGC imrulslari**

Yuqori/pastki

A

Birlamchi boshqaruv holati

Yoqilgan /oʻchirilgan

S

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosozlik

S

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosozlik

S

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosozlik

A

Transformatorni himoya orqali oʻchirish — jamlanma signal

Yoqilgan/tanaffus

M

Generatordan uch fazali aktiv quvvat

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Generatordan uch fazali reaktiv quvvat

MVar (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Shamol elektr stansiyalarining jami aktiv quvvati

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Shamol elektr stansiyalarining jami reaktiv quvvati

MVar (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Quvvat koeffitsiyenti

-

M

Ekspluatatsiyadagi shamol generatorlari soni

dona

M

Shamol tezligi pastligi sababli ishlamay qolgan shamol generatorlari soni

dona

M

Yuqori shamol tezligi tufayli ishlamay qolgan shamol generatorlari soni

dona

M

Boshqa sabablarga koʻra ishlamay qolgan shamol generatorlari soni (nosozlik, texnik xizmat koʻrsatish, sinov)

dona

M

Shamol generatori markazi balandligidagi shamol tezligi

m/s

M

Shamol yoʻnalishi

°

M

Havo harorati

°C

M

Havo bosimi

mbar

SP

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasi (jami, elektr stansiyalari kesimida)

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

SP

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasi

kV

SP

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasi (jami, elektr stansiyalari kesimida)

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

SP

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasi

M

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

kV

M

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

A

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

* Transformatorning past kuchlanishli tomoni, yaʼni shamol elektrstansiyalarini taqsimlash qurilmalari bilan ulanishidagi maʼlumotlar

** Faqat ikkilamchi rostlashda ishtirok etuvchi shamol stansiyalari uchun.

7. Quyosh elektr stansiyalari

M

Past kuchlanish tomonidagi faza toki*

A (I0, I4, I8)

M

Past kuchlanish tomonidagi uch fazali aktiv quvvat*

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Past kuchlanish tomonidagi uch fazali reaktiv quvvat*

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Past kuchlanish tomonidagi tizim kuchlanishi*

kV (U04,U48, U08)

M

Shahobchalar almashlab ulagichi holati*

Pozitsiya raqami

M

Kuchlanish regulatorining statik holati

%

M

Generatorning bazaviy aktiv quvvati

MW

M

Ikkilamchi rostlashning oʻzgarish tezligi**

MW/daq

M

Maqsadli aktiv quvvat**

MW

M

Ikkilamchi rostlashda maksimal aktiv quvvat**

MW

M

Ikkilamchi rostlashda minimal aktiv quvvat**

MW

M

Uchlamchi rostlashda maksimal aktiv quvvat

MW

M

Uchlamchi rostlashda minimal aktiv quvvat

MW

M

Elektrstansiyaning haqiqiy aktiv quvvat belgilangan oʻrnatmasi

MW

A

AGC (avtomatik ishlab chiqarishni boshqarish) holati**

Yoqilgan/oʻchirilgan

IC

AGC imrulslari**

Yuqori/pastki

A

Birlamchi boshqaruv holati

Yoqilgan/oʻchirilgan

S

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosozlik

S

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosozlik

S

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosozlik

A

Transformatorni himoya orqali oʻchirish-jamlanma signal

Yoqilgan/tanaffus

SP

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasi (jami, elektr stansiyalari kesimida)

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

SP

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasi

kV

SP

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasi (jami, elektr stansiyalari kesimida)

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

SP

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasi

M

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

kV

M

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

A

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

* Transformatorning past kuchlanishli tomoni, yaʼni quyosh foto elektr stansiyalarini taqsimlash qurilmalari bilan ulanishidagi maʼlumotlar

** Faqat ikkilamchi nazoratda ishtirok etadigan quyosh foto elektr stansiyalari uchun.

8. Uzatish tizimiga ulangan yakuniy isteʼmolchilar obyektlari

M

Past kuchlanish tomonidagi faza toki

A (I0, I4, I8)

M

Past kuchlanish tomonidagi uch fazali aktiv quvvat

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Past kuchlanish tomonidagi uch fazali reaktiv quvvat

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Past kuchlanish tomonidagi tizim kuchlanishi

kV (U04,U48, U08)

M

Shahobchalar almashlab ulagichi holati

Pozitsiya raqami

IM

Aktiv quvvat*

MW*h

IM

Reaktiv quvvat*

MVAr*h

S

Avtomatik oʻchirgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Ajratgich

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

S

Yerga ulash qurilmasi

Yoqilgan, oʻchirilgan, neytral, nosoz

A

Transformatorni himoya orqali oʻchirish — jamlanma signal

Yoqilgan/oʻchirilgan

* Elektr energiyasini uzatish tizimiga ulanish nuqtasidagi hisob-kitob.

9. Elektr energiyasini saqlash tizimlari

SP

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasi

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

SP

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasi

kV

SP

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasi

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

SP

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasi

A

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

A

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

A

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasining indikatsiyasi

Joyidan/masofadan

M

Aktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

MW (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Kuchlanishning belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

kV

M

Reaktiv quvvatining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

MVAr (“-” isteʼmol, “+” yetkazish)

M

Quvvat koeffitsiyentining belgilangan oʻrnatmasiga teskari aloqa maʼlumoti

M

Generatorning bazaviy aktiv quvvati

MW

M

Ikkilamchi rostlashning oʻzgarish tezligi

MW/daq

M

Maqsadli aktiv quvvat

MW

M

Kuchlanish regulatorining statik holati

%

M

Ikkilamchi rostlashda maksimal aktiv quvvat

MW

M

Ikkilamchi rostlashda minimal aktiv quvvat

MW

M

Uchlamchi rostlashda maksimal aktiv quvvat

MW

M

Uchlamchi rostlashda minimal aktiv quvvat

MW

A

AGC (avtomatik ishlab chiqarishni boshqarish) holati*

Yoqilgan/oʻchirilgan

IC

AGC imrulslari*

Yuqori/pastki

A

Birlamchi boshqaruv holati

Yoqilgan/oʻchirilgan

* faqat ikkilamchi rostlashda ishtirok etuvchi elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun

Izoh: Real vaqt rejimida maʼlumotlar almashinuvida quyidagi shartli belgilardan (qisqartma) foydalaniladi:
M — oʻlchov;
S — holat (status);
A — signal (ogohlantirish);
C — koʻrsatma;
IM — impuls oʻlchovlari;
SP — belgilangan oʻrnatma;
IC — impuls koʻrsatmasi.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
12-ILOVA
110 kV va undan past kuchlanishli shinalarga ulanishda generatsiyalovchi modullarning, tizim chastotasi oʻzgarishlarining turli diapazonlarida aktiv quvvat ishlab chiqarish qobiliyati

f

47,0 — 48,0 Nz

48,0 — 49,0 Nz

49,0 — 52,0 Nz

U

0,9 Unom — 1,15 Unom

P > 0,95 Pnom

P >0,975 Pnom

P = Pnom

0,85 Unom — 0,9 Unom

P> 0,875 Pnom

P> 0,875 Pnom

P> 0,875 Pnom

Bunda:
U — ulanish nuqtasidagi kuchlanish;;
f — elektr energetika tizimidagi chastota;
Pnom — generatsiyalovchi modulning nominal aktiv quvvati;
Unom — obyekt ulangan elektr tarmogʻining nominal kuchlanishi;
220 va 500 kV kuchlanishli shinalarga ulanishda generatsiyalovchi modullarning, tizim chastotasi oʻzgarishlarining turli diapazonlarida aktiv quvvat ishlab chiqarish qobiliyati

f

47,0 — 48,0 Nz

48,0 — 49,0 Nz

49,0 — 52,0 Nz

U

0,95 Unom — 1,1 Unom

P > 0,95 Pnom

P >0,975 Pnom

P = Pnom

0,90 Unom — 0,95 Unom

P> 0,875 Pnom

P> 0,875 Pnom

P> 0,875 Pnom

Bunda:
U — ulanish nuqtasidagi kuchlanish;;
f — elektr energetika tizimidagi chastota;
Pnom — generatsiyalovchi modulning nominal aktiv quvvati;
Unom — obyekt ulangan elektr tarmogʻining nominal kuchlanishi;
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
13-ILOVA
Elektr energetika tizimida chastotaning haddan tashqari koʻtarilishida aktiv quvvatni kamaytirish
Izoh:
∆P — aktiv quvvat oʻzgarishi;
Pn — sinxron generatsiyalovchi modulning aktiv quvvati yoki qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun ulanish nuqtasidagi joriy aktiv quvvat;
∆f — yagona elektr energetika tizimi chastotasi;
∆f/∆frchastota oʻzgarishi.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
14-ILOVA
Generatsiyalovchi modullarning kuchlanishni rostlashi
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
15-ILOVA
Past chastotada aktiv quvvatni oshirish
Izoh:
∆P — aktiv quvvat oʻzgarishi;
Pn — sinxron generatsiyalovchi modulning aktiv quvvati yoki qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun ulanish nuqtasidagi joriy aktiv quvvat;
∆f — yagona elektr energetika tizimi chastotasi;
∆f/∆fr — chastota oʻzgarishi.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
16-ILOVA
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining P-Q/Pmax xarakteristikasi
Izoh:
P — aktiv quvvat;
Q/Pmax — reaktiv quvvatning aktiv quvvatga nisbatan oʻzgarishi.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
17-ILOVA
Normal ish rejimida kuchlanishni rostlash va tashqi taʼsirlar sodir boʻlganda kuchlanishni ushlab turish tamoyili
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
18-ILOVA
Elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun optimal ish rejimi
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
19-ILOVA
Past kuchlanishli tarmoqlarga ulangan elektr energiyasini saqlash tizimlarining ish rejimi
Izoh:
V hudud chegarasida tarmoqqa ulangan holda qolish majburiy;
A va S hududlar chegaralarida tarmoqdan uzulishga ruxsat etiladi.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
20-ILOVA
Elektr energiyasini saqlash tizimlariga LFSM-O boʻyicha talablar
Izoh:
––– ishlab chiqarish rejimi (razryadlanish);
······ yuqori chastota
- - - isteʼmol rejimi (zaryadlanish);
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
21-ILOVA
Elektr energiyasini saqlash tizimlariga LFSM-U boʻyicha talablar
Izoh:
––– ishlab chiqarish rejimi (razryadlanish);
- - - isteʼmol rejimi (zaryadlanish);
······ yuqori chastota
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
22-ILOVA
Elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun reaktiv quvvatga boʻlgan talablar
Izoh:
R/Rn — aktiv quvvat oʻzgarishi;
Q/Pn — aktiv quvvat oʻzgarishiga mos ravishda reaktiv quvvat oʻzgarishi.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
23-ILOVA
Elektr energiyasini saqlash tizimining maksimal aktiv quvvat ishlab chiqarishidagi reaktiv quvvat
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga
24-ILOVA
Tizimda rostlash uchun zarur zaxiralar hajmini hisoblash
USLUBIYOTI
1-bob. Ikkilamchi rostlash zaxirasining zarur hajmini aniqlash
1. Yagona elektr energetika tizimida yuklama (aktiv quvvat)ni va chastotani rostlashning umumiy zaxirasi ikkilamchi rostlash (chastotani avtomatik rostlash zaxirasi — CHARZ) va uchlamchi rostlash zaxirasi (chastotani qoʻlda rostlash zaxirasi — CHQBZ) yigʻindisidan iborat.
2. Kelgusi yil uchun tizim boʻyicha ikkilamchi rostlashning umumiy talab etiluvchi zaxirasi oylar kesimida, yuklamani maksimal va minimal boʻlmagan davrlari uchun alohida hisoblanadi.
3. Yuklamaning maksimal davri — ish kuni, dam olish kuni yoki bayram kuniga bogʻliq boʻlmagan holda har kuni soat 06:00 dan 24:00 gacha, yuklamaning minimal davri — ish kuni, dam olish yoki bayram kuniga bogʻliq boʻlmagan holda, har kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha belgilanadi.
4. Yagona elektr energetika tizimi uchun ikkilamchi rostlashning zaruriy zaxirasini aniqlashda elektr energetika tizimining amaldagi yuklamani rostlash talablari (qayta tiklanuvchi energiya manbalarining integratsiyasi, isteʼmol va hokazolar) va Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimida rostlashning umumiy yoki boʻlinuvchi zaxiralarning kelishilgan choralarini eʼtiborga olish kerak.
5. Ikkilamchi rostlash zaxirasi quyidagi maʼlumotlar asosida hisoblanadi:
Tizimi operatori tomonidan taqdim etiladigan, oʻtgan 12 oy davomida elektr energetika tizimidagi har soatlik yuklama (isteʼmol) boʻyicha rasmiy maʼlumotlar;
isteʼmolning kutilayotgan (prognoz) oʻzgarishi asosida aniqlanuvchi isteʼmolning kutilayotgan oʻzgarish koeffitsiyentlari.
6. Ikkilamchi rostlash uchun zaxira quvvati kun (sutka) davomida yuklama maksimal va minimal davrlari uchun alohida, har oy hisoblanadi. Kelgusi yilning har oylik zaxiralarni hisoblash joriy yilning iyun oyi boshida amalga oshiriladi.
7. Ikkilamchi rostlashning zarur zaxiralarini quyidagi algoritm asosida hisoblanadi:
a) elektr energetika tizimida har soatlik yuklamalar toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlar maksimal yuklamaning oʻzgarish koeffitsiyentiga koʻpaytiriladi;
b) kelgusi kalendar yilning barcha oyi uchun quyidagilar hisoblanadi:
maksimal yuklama davri uchun isteʼmolning meʼyorlashtirilgan maksimal qiymatlari;
yuklama minimal davri uchun isteʼmolning oʻrtacha qiymatlari.
Maksimal va minimal yuklama davrlari uchun har oylik hisoblanuvchi qiymatlar quyidagi empirik formula orqali ikkilamchi rostlashning talab etiluvchi zaxirasini hisoblash uchun qoʻllaniladi
Bu yerda doimiy qiymatlar a=15 MW va b=150 MW ga teng.
2-bob. Maksimal yuklama davrlari uchun meʼyorlashtirilgan maksimal isteʼmolni aniqlash
8. Maksimal davrlarda ikkilamchi rostlash uchun zaruriy zaxira quvvatini aniqlash uchun maksimal yuklamaning meʼyorlashtirilgan qiymati qoʻllaniladi, u quyidagi algoritm boʻyicha har oy uchun hisoblab chiqiladi:
a) maksimal yuklamaning davri uchun har soatlik isteʼmol qiymatlari;
b) har soatlik isteʼmol qiymatlari kamayib borish tartibida saralanadi;
v) maksimal har soatlik isteʼmoldan minimal har soatlik isteʼmolga oʻtishda, quyidagi amaliyot bajariladi:
(n + k) joriy qiymat (n) va oraliq qiymat (k) orasidagi farq (r) kuzatiladi r = Ln — Ln+k ;
“r” farq oldindan belgilangan qiymatdan kam yoki teng boʻlsa, yuklamaning joriy qiymati (n) meʼyorlashtirilgan maksimal qiymatga teng boʻladi va amaliyot yakunlanadi;
Lmax = Ln.
kuzatilayotgan “r” farq oldindan belgilangan qiymatdan katta boʻlsa, hisob-kitoblar satrdagi keyingi qiymat boʻyicha takrorlanadi.
9. Koeffitsiyentlar qiymatlari:
k = 5 — farqni tashkil etuvchi yuklama qiymatlari orasidagi koʻrsatkich;
rmax = 10 MW — meʼyorlashtirilgan maksimal qiymatni aniqlash uchun qoʻllaniluvchi oldindan belgilangan qiymat.
3-bob. Yuklamaning minimal davrida meʼyorlashtirilgan maksimal isteʼmolni aniqlash
10. Minimal davrlarda ikkilamchi rostlash uchun zaruriy zaxira quvvatini aniqlash uchun maksimal yuklamaning meʼyorlashtirilgan qiymati qoʻllaniladi, u quyidagi algoritm boʻyicha oylar kesimida hisoblanadi:
maʼlum kalendar oyning minimal yuklama davri uchun har soatlik isteʼmol qiymatlari olinadi;
minimal yuklama davr uchun isteʼmolning oʻrtacha oylik qiymati barcha qiymatlarni umumlashtirish va ishtirok etuvchi qiymatlarning soniga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
Bu yerda:
L — minimal yuklama davri uchun oʻrtacha oylik qiymat;
Li — minimal yuklama davri uchun individual har soatlik isteʼmol qiymati;
n — kalendar oy uchun minimal yuklama davridagi soatlar soni.
11. Yuqorida taqdim etilgan ikkilamchi rostlashning zaxira qiymatlari faqat elektr energetika tizimidagi isteʼmolining (yuklamaning) oʻzgarishi asosida hisoblanadi va bu aniq determinatsiyalangan yondashuv hisoblanadi.
12. Elektr energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqarilishi integratsiyasining maʼlum darajasida, masalan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy generatsiyadagi hissasi 3 foizdan yuqori boʻlganida, koʻrsatkichlarga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarilishining ehtimoliy oʻzgarishini inobatga olgan holda tuzatish kiritilishi kerak.
4-bob. Uchlamchi rostlash zaxirasining zarur hajmini aniqlash
13. Yagona elektr energetika tizimida uchlamchi rostlash zaxirasining zarur hajmi tizimda mavjud generatsiyalovchi modullarning maksimal chiqishdagi quvvatini hisobga olgan holda aniqlanadi. Yaʼni bitta shinaga ulangan maksimal isteʼmol talabi hamda boshqa tizimlarning operatorlari bilan uchlamchi zaxirani birgalikda qoʻllanilishi va ular bilan almashinish toʻgʻrisidagi hududiy kelishuvlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
14. Ikkilamchi sozlash simmetrik ravishda rostlashni ± diapazoni bilan aniqlansa, uchlamchi rostlash yuqori va pastki rostlash uchun alohida aniqlanadi.
15. Uchlamchi rostlashning zarur zaxiralarini aniqlash uchun quyidagi boshlangʻich maʼlumotlardan foydalaniladi:
katta quvvatli generatsiyalovchi modullarning ulanish nuqtasidagi elektr energiyasi yetkazib berish (chiqishdagi quvvat) boʻyicha oʻtgan yillardagi maʼlumotlar;
yirik isteʼmolchilar va podstansiyalarda yuklamasi yuqori boʻlgan shinalar boʻyicha oʻtgan yillardagi maʼlumotlar;
sinxron zonadagi kelishilgan umumiy uchlamchi rostlash zaxiralari boʻyicha maʼlumotlar.
16. Eng katta quvvatli generatsiyalovchi modulni tarmoqdan uzilishini qoplash uchun elektr energetika tizimi boʻyicha uchlamchi rostlashning ortib boruvchi zaxirasi generatsiyalovchi modullarga texnik xizmat koʻrsatish dasturini hisobga olgan holda har oy hisoblanadi.
17. Qoidaga koʻra yuqoriga uchlamchi rostlashning zaxirasi kamida tizimidagi eng katta quvvatli generatsiyalovchi modulning yoʻqotilishi (ishdan chiqishi)ga teng boʻlishi kerak.
18. Pastlovchi uchinchi darajali rostlash zaxirasi kamida eng katta quvvatli isteʼmolchi yuklamasiga yoki bitta shinaga ulangan yirik isteʼmolchilar yuklamalari yigʻindisiga (uzatish tizimida bitta nosozlik sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eng katta yoʻqotish) teng boʻlishi kerak.
19. Ushbu qiymatlarga Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimida asosiy generatsiyalovchi modullarning tarmoqdan uzilishini qoplash uchun umumiy uchlamchi zaxira toʻgʻrisida kelishuvlarga (agar ular koʻzda tutilgan boʻlsa) muvofiq oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/338/0479-son; 05.01.2026-y., 09/26/850/0011-son)
Постановление
Кабинета Министров Республики Узбекистан
Об утверждении Правил пользования магистральными электрическими сетями
Премьер-министр Республики Узбекистан А. АРИПОВ
г. Ташкент,
15 июня 2024 г.,
№ 338