02.07.2024 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Koʻkdala ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublikada sabzavot-poliz ekinlarini yetishtirishda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish va ilm-fan yutuqlarini joriy etish boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global iqlimning keskin oʻzgarishi va suv resurslarining tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda ilm-fanni rivojlantirish, turli stress omillarga nisbatan chidamli eksportbop sabzavot va poliz ekinlari nav hamda va duragaylarini yaratish, resurs tejaydigan ilgʻor agrotexnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos eksportbop mahalliy sabzavot va poliz ekinlari navlarini yaratish, intensiv sabzavot va polizchilik tizimini yoʻlga qoʻyish, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini oʻzlashtirish va sugʻorish tizimini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy-taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) muassisligida “Koʻkdala ilmiy-tajriba stansiyasi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — Tajriba stansiyasi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumani D. Safarov hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi 495q, 509q konturlardagi sugʻoriladigan 14,0 gektar va Koʻkdala hududidagi 2874q, 2875q konturlardagi sugʻorilmaydigan (lalmi) 30,0 gektar yer maydonlarini ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va urugʻchilikni tashkil qilish maqsadida Tajriba stansiyasiga oʻttiz yil muddatga ijara huquqi asosida ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Tajriba stansiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining birlamchi urugʻchiligini tashkil etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli hamda sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan nav va duragaylarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishning zamonaviy resurs tejaydigan texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribalarni qoʻllagan holda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish va ularning hosildorligini oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarga tajriba stansiyasida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Tajriba stansiyani saqlash bilan bogʻliq xarajatlar 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida qoplanadi, 2025-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Tajriba stansiyasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni saqlash, shuningdek, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida oʻtkaziladigan tadqiqotlardan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tajriba stansiyasi Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanining “Torjilgʻa” MFY Maqsud Shayxzoda koʻchasidagi 45-uyda joylashgan Qarshi davlat universitetiga qarashli 1 qavatli yordamchi (oʻquv ustaxonasi) binosiga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Tajriba stansiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladigan yordamchi (oʻquv ustaxonasi) bino hamda ijara huquqi asosida ajratiladigan 44,0 gektar yer uchastkasini xatlovdan oʻtkazib, koʻchmas mulk obyektlarini kadastr hisobiga olinishi va kadastr yigʻmajildini shakllantirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasida “9 ta hududiy ilmiy-tajriba stansiyalari” blokidagi “9” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2024-y., 09/24/377/0464-son)