02.07.2024 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi subyektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sohada sug‘urta xizmatlarini faol joriy etish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi sug‘urta kompaniyalari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda tabiiy va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududlar uchun alohida xavf-xatarlarni hamda tabaqalashgan sug‘urta tariflarini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda adjaster, aktuar va syurveyer xizmatlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq tashkil etsin hamda ularning faoliyatini sertifikatlash, reyestrini yuritish va nazorat qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan birgalikda iqlim o‘zgarishiga oid tabiiy ofatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni doimiy shakllantirgan holda, sug‘urta kompaniyalari foydalanishi uchun ularning elektron platformalarga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta kompaniyalari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda bilim va ko‘nikmalarga ega tajribali agronomlarni qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalash jarayonlariga jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda ushbu subsidiyalar 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining hosilini sug‘urtalash xarajatlarining 50 foizini qoplashga subsidiyalar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab har yili Qishloq xo‘jaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan qishloq xo‘jaligi subyektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2024-y., 09/24/373/0465-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)