01.07.2024 yildagi PQ-241-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘llar va yo‘l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta’minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikadagi avtomobil yo‘llarini yaxshilash, ichki ko‘chalarni asfalt bilan qoplash va zamonaviy piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, bu maqsadlar uchun birgina 2023-yilda 15 trillion 295 milliard so‘m, jumladan “Tashabbusli budjet” loyihasi bo‘yicha 1 trillion 271 milliard so‘m ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yo‘llarning yaxshi holatda saqlanishini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha samarali mexanizmlar yo‘lga qo‘yilmaganligi joylarda asfalt qoplamasi va trotuarlarni nazoratsiz buzish hamda avvalgi ko‘rinishini tiklamasdan tashlab ketish holatlari ko‘payishiga sharoit yaratmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy mulk hisoblangan yo‘llar va yo‘l infratuzilmasini asrab-avaylash, shaharlar va boshqa aholi punktlariga zamonaviy qiyofa baxsh etish, shuningdek, bu borada fuqarolar va yuridik shaxslarning mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasida mahallalar, ko‘cha va yo‘llar, qishloq, tuman va shaharlarni ozoda holatda saqlash, ulardagi mavjud infratuzilmani asrab-avaylash, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga davlat organlari va tashkilotlari bilan bir qatorda har bir fuqaro va tashkilot birdek mas’ul ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasining amaldagi qonunchilikni belgilangan tartibda takomillashtirish orqali 2024-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida (keyingi o‘rinlarda — yo‘l obyekti) qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obyektini har qanday ko‘rinishda ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish (keyingi o‘rinlarda — qurilish va ta’mirlash ishlari) faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 5 kun muddatda ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma yo‘l obyektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bog‘liq yoki boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomada yo‘l obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yo‘l obyektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli ma’muriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirish ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga ko‘ra taqdim etilishi shart hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko‘rish mas’uliyati ruxsatnoma berilgan shaxs zimmasiga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma olmasdan turib yo‘l obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va ta’mirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qo‘ymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko‘rmaslik, shuningdek, qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘l obyektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yo‘l obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berish tartibini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma olmasdan turib yo‘l obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qo‘ymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko‘rmaslik, shuningdek, qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘l obyektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan qoidalar qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etilganidan so‘ng, yo‘l obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma “Litsenziya” axborot tizimida berilishi bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l obyektida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilganidan so‘ng uning avvalgi ko‘rinishini tiklamaslik holati yuzasidan ruxsatnoma bergan tashkilot yoki hududiy profilaktika inspektori ruxsatnomada nazarda tutilgan qurilish ishlarini amalga oshirish muddati tugagan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish va yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori yo‘l obyektini balansida saqlovchi mahalliy hokimliklar yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma olmasdan turib yo‘l obyektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo‘l obyektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo‘yicha tegishli dalillarni taqdim qilgan holda huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va Shaharsozlik kodeksi, shuningdek, amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bino va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilari o‘zlariga biriktirilgan yer uchastkasi va unga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlari uchun mas’ul ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas’uliyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p qavatli uylar hovlisi va atrofi, yo‘l hamda ko‘cha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy ko‘rinishini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l va ko‘cha chetlaridagi bo‘sh yerlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha dastur tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va samarali tashkil etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar joylarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalaridan kelib chiqib, hududlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda obodonlashtirish qoidalarining amaliyotda samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan, xususan fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan obodonlashtirish borasidagi majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgarlikni aniq belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlari boshchiligida hududiy ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida ishchi guruhlar tuzilib, ular zimmasiga yo‘llar va ko‘chalarga o‘zboshimchalik bilan to‘siq o‘rnatish holatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va bartaraf etish hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasini hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 1-sentabrga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga batafsil axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-241-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2024-y., 07/24/241/0461-son)