1-ILOVA
|
1. |
J. Xodjayev |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari |
|
2. |
B. Norqobilov |
— |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
3. |
B. Saidov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
4. |
A. Qosimov |
— |
qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
|
5. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari |
|
6. |
D. Adilov |
— |
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
|
7. |
B. Raxmatullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri |
|
8. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bosh direktorining oʻrinbosari |
|
9. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbari |
|
10. |
O. Boʻtayev |
— |
“Parrandasanoat” uyushmasi raisi |
|
11. |
S. Berdiyev |
— |
“Parrandasanoat” uyushmasi raisining maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi |
1a-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Hududlar nomi |
Parranda goʻshti ishlab chiqarish (ming tonna) |
Isteʼmol tuxumi yetishtirish (mln dona) |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
27 |
462,2 |
|
2. |
Andijon viloyati |
58,5 |
851,2 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
34,6 |
591,8 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
45 |
383,3 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
48,3 |
710,3 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
21,6 |
394,6 |
|
7. |
Namangan viloyati |
54,6 |
738,4 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
180 |
1 679,9 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
21,6 |
219,8 |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
47 |
682,1 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
160,3 |
1 770,1 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
77,1 |
811,7 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
24,3 |
704,6 |
|
Jami |
800 |
10 000 |
|
3-ILOVA
|
Respublika hududlari |
Tumanlar nomi |
Amalga oshiriladigan loyihalar quvvati (ming bosh) |
Qoʻshimcha parranda goʻshti ishlab chiqarish (tonna) |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Nukus |
250 |
3 750 |
|
Xoʻjayli |
200 |
3 000 |
|
|
Qashqadaryo viloyati |
Chiroqchi |
200 |
3 000 |
|
Koʻkdala |
200 |
3 000 |
|
|
Surxondaryo viloyati |
Muzrabot |
200 |
3 000 |
|
Termiz |
200 |
3 000 |
|
|
Xorazm viloyati |
Qoʻshkoʻpir |
200 |
3 000 |
|
Yangiariq |
200 |
3 000 |
|
|
Jami |
1 650 |
24 750 |
4-ILOVA
5-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddati |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Parrandachilik sohasini rivojlantirish yoʻnalishlari |
||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qaroriga asosan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirishga II bosqichda belgilangan 35 million AQSh dollar miqdoridagi mablagʻni parrandachilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga ajratish. |
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari |
2024-yil sentabr |
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, “Mikrokreditbank” ATB |
|
2. |
Respublika hududlarida “tayyor biznes” loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirish uchun “Parrandasanoat” uyushmasi taʼsischiligida “Parranda investment” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish. |
“Parrandasanoat” uyushmasi mablagʻlari |
2024-yil iyul |
“Parrandasanoat” uyushmasi, “Mikrokreditbank” ATB |
|
3. |
“Parrandasanoat” uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oylik ish haqi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda uyushmaning saqlash xarajatlarini qoplash. Bunda mazkur maqsadlar uchun 2024-yilda 10 mlrd soʻmgacha va 2025-2026-yillarda yiliga 7 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdordagi mablagʻlarni yoʻnaltirish. |
“Mikrokreditbank” ATB mablagʻlari |
2024 — 2026-yillarda |
“Mikrokreditbank” ATB, “Parrandasanoat” uyushmasi |
|
4. |
Parrandachilik sohasini 2025 — 2027-yillarda rivojlantirish strategiyasi loyihasini, shu jumladan tarmoqni raqamlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish uchun, tender asosida katta toʻrtlik konsalting kompaniyalaridan birini jalb etish. |
“Mikrokreditbank” ATB mablagʻlari |
2024-yil sentabr |
“Mikrokreditbank” ATB, “Parrandasanoat” uyushmasi |
|
5. |
Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash, raqobatbardoshligini oshirish hamda faoliyatini kengaytirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga soliq imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlarni kiritish. |
- |
2024-yil avgust |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi |
|
6. |
Davlat resurslariga va fermer xoʻjaliklaridan vaqtinchalik saqlashga qabul qilingan bugʻdoy hisobidan parrandachilik xoʻjaliklarining ehtiyoji uchun birja savdolari orqali alohida hajmlar sotish mexanizmini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil avgust |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
|
|
7. |
Parrandachilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini prognozlashtirish, ichki bozorlarda narxlar oshib ketishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni tahlil qilish va kuzatuv mezonlari nazarda tutilgan elektron axborot dasturi loyihasini ishlab chiqish. |
“Mikrokreditbank” ATB mablagʻlari |
2024-yil dekabr |
“Parrandasanoat” uyushmasi, “Mikrokreditbank” ATB |
|
II. Parrandachilikda genetik texnologiyalarni joriy etish |
||||
|
8. |
“Agroparranda klasteri” loyihasi doirasida respublikada goʻsht yoʻnalishidagi I tartibli reproduktor ota-ona galasini tashkil etish maqsadida xalqaro umumeʼtirof etilgan standartlarni va rivojlangan davlatlarda joriy etilgan parrandachilik faoliyatining eng yuqori namunalari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni joyiga borgan holda oʻrganish. |
Oʻz mablagʻlari |
2024-yil dekabr |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Mikrokreditbank” ATB |
|
9. |
Xalqaro tajribalar asosida respublikada I tartibli reproduktor ota-ona galasini qurish va yer uchastkalarini aniqlash uchun veterinariya va biologik xavfsizlik talablarini oʻrganish va tayyorlangan takliflarni Ishchi guruhiga kiritish. |
- |
2024-yil avgust |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi |
|
10. |
“Agroparranda klasteri” loyihasini amalga oshiruvchi tashabbuskor va xorijiy genetik kompaniyalari oʻrtasida goʻsht yoʻnalishidagi I tartibli reproduktor ota-ona galasini tashkil etish yuzasidan hamkorlik kelishuvlariga erishish. |
- |
2024-yil oktabr |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi |
|
11. |
Respublikada I tartibli reproduktor ota-ona galasini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishish yuzasidan xorijiy Hukumatlar va genetik kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
- |
2024-yil noyabr |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
12. |
Goʻsht yoʻnalishidagi parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasi (sanitariya zonasi bilan birgalikda) qurilishi uchun Zomin, Baxmal, Bulungʻur va Gʻallaorol tumanlari hududlaridan 200 gektar yer uchastkasini ajratish. |
- |
2024-yil sentabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Jizzax va Samarqand viloyatlari hokimliklari |
|
13. |
II tartibli reproduktor naslchilik korxonasi, parranda goʻshtini yetishtirish fermalari, zamonaviy kushxona va goʻshtni chuqur qayta ishlash hamda omuxta-yem ishlab chiqarish yirik komplekslarini qurish uchun Parkent va Ohangaron tumanlari hududidan 200 gektar yer uchastkasini ajratish. |
2024-yil sentabr |
Toshkent viloyati hokimligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Kadastr agentligi |
|