1-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Masʼullar |
|
Tadbirlar |
|
Muddat |
|
|
|
| ||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
“Inson” ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish markazi |
Xotin-qizlarning murojaati asosida soʻrovnoma oʻtkazgan holda ularning holatini baholaydi va zarur hollarda tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimlarining birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish va himoya orderini rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organiga xabar berish choralarini koʻradi. |
Tazyiq va zoʻravonlik hodisasi aniqlanishi bilan darhol | |||
|
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlar, jismoniy va yuridik shaxslar, ijtimoiy xodimlar, patronaj hamshiralari, “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda “1146” qisqa raqamli “ishonch telefoni” operatorlari |
Tazyiq va zoʻravonlik hodisasi toʻgʻrisida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismi telefon raqami — “102”ga xabar beradi. |
|||||
|
2-bosqich |
Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismi telefon raqami — “102” operatori |
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlar, jismoniy va yuridik shaxslar, ijtimoiy xodimlar, patronaj hamshiralarining tazyiq va zoʻravonlik hodisasi toʻgʻrisidagi murojaatni tegishli ichki ishlar organiga yoʻnaltiradi. |
Xabar kelib tushishi bilan darhol | |||
|
3-bosqich |
Hududiy ichki ishlar organi |
Murojaatni roʻyxatdan oʻtkazadi, hodisa boʻyicha profilaktika inspektorini biriktiradi va tegishli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazini xabardor qiladi. |
Xabar kelib tushishi bilan darhol | |||
|
4-bosqich |
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi |
Hodisa toʻgʻrisida xabardor qilinganidan soʻng ijtimoiy xodimni biriktiradi. |
Xabar kelib tushishi bilan darhol | |||
|
5-bosqich |
Ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori |
1. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash, ijtimoiy ish ochish, himoya orderini berish va zaruratga koʻra birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni koʻradi. 2. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari tuman (shahar) markaziy shifoxonalari shoshilinch qabul boʻlimining birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiriladi. |
Xabar kelib tushganidan soʻng 24 soat ichida | |||
|
6-bosqich |
Tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimi |
1. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini qabul qilib oladi. |
Xabar kelib tushishi bilan darhol | |||
|
2. Himoya orderi rasmiylashtirilgan va hududiy markazlarning chuqurlashtirilgan reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi va tibbiy xulosa rasmiylashtiradi. |
Uch sutka davomida | |||||
|
3. Tibbiy xulosani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga taqdim etadi. |
Tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan kunning oʻzida | |||||
|
7-bosqich |
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi |
1. Hududiy markazlarda mavjud boʻsh oʻrinlarning sonini oʻrganadi. 2. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun zarur boʻlgan hujjatlarni shakllantiradi. 3. Xotin-qizlarga tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tegishli hududiy markazga yuboradi hamda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini hududiy markazlarga joylashtirish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga murojaat qiladi. |
Tibbiy xulosa taqdim etilgan kunning oʻzida | |||
|
8-bosqich |
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) |
Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini hududiy markazlarga joylashtiradi. |
Murojaat kelib tushgan kunning oʻzida | |||
|
9-bosqich |
Hududiy markazlar |
1. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini qabul qilib oladi, xotin-qizlar bilan ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzadi va ularni boshpana (shelter) bilan taʼminlaydi. |
Qabul qilinishi bilan darhol | |||
|
2. Multidissiplinar guruh tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini kompleks baholaydi va yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturini ishlab chiqadi. |
5 ish kuni ichida | |||||
|
3. Yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatadi va natijasi boʻyicha maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritib boradi. |
Shartnomada belgilangan muddatda |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrining E. Alakuz koʻchasidagi 54-uy manzilida joylashgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi sobiq maʼmuriy binosini Markazga oʻtkazish hamda kapital taʼmirlash va obodonlashtirish. 2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va kasb-hunarga oʻrgatish xonalarini tashkil etish va zarur jihozlar bilan taʼminlash. 3. Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun Markaz hududiga kirish joyida maxsus xona qurish. |
2024-yil 30-sentabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
2. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Andijon viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Markazga tegishli yer maydonida kasbga tayyorlash xonasi uchun qoʻshimcha bino qurish. 2. Kasbga tayyorlash xonasini zarur jihozlar bilan taʼminlash. 3. Markaz hududini obodonlashtirish. |
2024-yil 30-sentabr |
Andijon viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
3. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Buxoro viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Buxoro viloyati Kogon shahrining “Turkiston” mahallasi Vatanparvar koʻchasidagi 4-uy manzilida joylashgan Kogon shahar prokuraturasining sobiq maʼmuriy binosini Markazga oʻtkazish. 2. Markaz binosini taʼmirlash va Markazda maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish. |
2024-yil 30-sentabr |
Buxoro viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
4. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Jizzax viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Markaz binosini rekonstruksiya qilish, shu jumladan, bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish. |
2024-yil 31-iyul |
Jizzax viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
2. Markaz kutubxonasini zarur mebel jihozlari, shu jumladan kitob javonlari va adabiyotlar bilan taʼminlash. |
2024-yil 30-sentabr | |||
|
5. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Namangan viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
Markaz hududida maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish. |
2024-yil 30-sentabr |
Namangan viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
6. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Navoiy viloyati Navoiy shahrining Meʼmorlar koʻchasidagi 2-uy manzilida joylashgan Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasiga tegishli binoni Markazga oʻtkazish. 2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va kasb-hunarga oʻrgatish xonalarini tashkil etish va zarur jihozlar bilan taʼminlash. |
2024-yil 30-sentabr |
Navoiy viloyati hokimligi, Mudofaa vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
7. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Samarqand viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Markaz binosini zamonaviy talablar asosida taʼmirlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2. Markaz binosini taʼmirlash boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar (loyiha)ni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritish. |
2024-yil 30-iyun |
Samarqand viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
3. Kelishilgan loyiha asosida binoni taʼmirlash. |
2024-yil 31-dekabr | |||
|
8. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Sirdaryo viloyati Guliston shahrining Taraqqiyot mahallasi Xondamir koʻchasidagi 19-uy manzilida joylashgan Asab kasalliklari dispanserining sobiq binosini Markazga oʻtkazish va taʼmirlash. 2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish. |
2024-yil 30-sentabr |
Sirdaryo viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
9. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Markaz binosini taʼmirlash hamda hududini obodonlashtirish. 2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish. 3. Markaz binosini ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻiga ulash. |
2024-yil 30-sentabr |
Surxondaryo viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
10. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Fargʻona viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Markaz binosini joriy taʼmirlash va markaz yotoqxonasini zarur mebellar va boshqa jihozlar bilan taʼminlash. 2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlov xonasini tashkil etish. |
2024-yil 30-sentabr |
Fargʻona viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
11. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
Markaz binosini rekonstruksiya qilish hamda bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish. |
2024-yil 30-sentabr |
Toshkent viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
12. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
Markazda maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish. |
2024-yil 30-sentabr |
Xorazm viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
13. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qashqadaryo viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
1. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining Shoʻrtan MFY Nasaf koʻchasidagi 1b-uy manzilida joylashgan Qashqadaryo viloyati hokimligiga tegishli binoning boʻsh turgan qismini Markazga oʻtkazish va joriy taʼmirlash. 2. Markaz hududida maxsus jihozlangan kasbga tayyorlov xonasini tashkil etish. 3. Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun Markaz hududiga kirish joyida maxsus xona qurish. |
2024-yil 30-sentabr |
Qashqadaryo viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
14. |
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent shahar hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash. |
Markazda maxsus jihozlangan kasbga tayyorlov xonasini tashkil etish. |
2024-yil 30-sentabr |
Toshkent shahri hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |