| | | | | |
| 1. | Sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, alohida koʻriladigan ishlar boʻyicha ariza (shikoyat)lardan, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi ishlar boʻyicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek, sudlarning hujjatlardan nusxalar berganligi uchun: | |||
| a) | daʼvo arizalaridan — daʼvo bahosi eng kam ish haqining: | | ||
| | 20 baravarigacha boʻlganda | daʼvo bahosining 5 foizi miqdorida; | ||
| | 20 dan 40 baravarigacha boʻlganda | daʼvo bahosining 10 foizi miqdorida; | ||
| | 40 dan 80 baravarigacha boʻlganda | daʼvo bahosining 15 foizi miqdorida; | ||
| | 80 baravaridan koʻp boʻlganda | daʼvo bahosining 20 foizi miqdorida; | ||
| b) | davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotgan tomonidan undiriladi) | eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida; | ||
| v) | nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan | eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida; | ||
| | takroriy nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan | eng kam ish haqining 120 foizi miqdorida; | ||
| | nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk boʻlingan holda | boj 1-bandning “a” kichik bandiga muvofiq daʼvo bahosi boʻyicha belgilanadi; | ||
| g) | bedarak yoʻqolganligi va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan | eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida; | ||
| d) | uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish toʻgʻrisidagi va mulkka oid boʻlmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa daʼvo arizalaridan | eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida; | ||
| e) | alohida koʻriladigan ishlar boʻyicha ariza (shikoyat)lardan | eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida; | ||
| j) | sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan | daʼvo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar boʻyicha esa — talashilayotgan summadan hisoblab chiqariladigan stavkalar miqdorida; | ||
| | j�noiy ish boʻyicha fuqarolik daʼvolaridan | daʼvo bahosining 10 foizi miqdorida; | ||
| z) | sudlarning qarorlari, hukmlari, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun | hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida. | ||
2. |
Xoʻjalik sudlariga beriladigan daʼvo arizalaridan va xoʻjalik sudining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalaridan: | |||
| a) | mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan, daʼvo bahosi: | |||
| | 1 mln. soʻmgacha boʻlganda | daʼvo bahosining 3 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda; | ||
| | 1 mln. soʻmdan ortiq, 10 mln. soʻmgacha boʻlganda | daʼvo bahosining 2 foizi miqdorida; | ||
| | 10 mln. soʻmdan ortiq boʻlganda | daʼv? bahosining 1 foizi miqdorida; | ||
| | qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan | daʼvo bahosining 1 foizi miqdorida; | ||
| b) | mulkka oid boʻlmagan tusdagi daʼvo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xoʻjaliklarining, xususiy korxonalar, qoʻshma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid boʻlmagan daʼvo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; | ||
|
v) |
bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalardan | eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida; | ||
| g) | xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar boʻyicha daʼvo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; | ||
| d) | xoʻjalik sudlarining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalardan | birinchi instansiyada koʻrib chiqish uchun ariza berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar boʻyicha esa talashilayotgan summadan hisoblar; | ||
| e) | xoʻjalik sudi qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan xoʻjalik sudlari tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun | hujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida. | ||
4. |
Notarial idoralarning hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullarning fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) notarial ishlarni bajarganliklari uchun, shuningdek notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berganlik uchun, mazkur organlarning bitishuvlar, arizalar loyihalarini tuzib berganliklari, hujjatlar va ulardan koʻchirmalar tayyorlab berganliklari uchun: | |||
| a) | uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida; | ||
| b) | kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish, renta olish, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqalarga berish va hadya qilish shartnomalarini: | |||
| | mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uchun | 1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida; | ||
| | boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga tasdiqlaganlik uchun | 1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida; | ||
| | xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kim oshdi savdosi orqali sotilganda shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | 1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida; | ||
| Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi) va dala hovlilar uchun stavka turar joy maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi. Garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlar uchun stavka umumiy maydondan kelib chiqib hisoblab chiqiladi. | ||||
| v) | garov, kafillik shartnomalarini va mikromoliyalashtirishni hamda ipoteka kreditini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida; | ||
|
g) |
banklar bilan qarz oluvchilarning kredit boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish toʻgʻrisidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun | eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida; | ||
| d) | baholanadigan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | shartnoma summasining 1,0 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining kamida 20 foizi miqdorida; | ||
| e) | mulkni boʻlish shartnomalarini, kafillik shartnomalarini (ushbu bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan hollardan tashqari) va baholanmaydigan boshqa bitishuvlarni tasdiqlaganlik uchun: | |||
| | jismoniy shaxslar uchun | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida; | ||
| | tomonlardan biri yuridik shaxs boʻlgan taqdirda | eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida; | ||
|
j) |
nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini tugatganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida; | ||
|
z) |
vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida; | ||
|
i) |
merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun: | |||
| | birinchi navbatdagi vorislarga | meros summasining 0,1 foizi miqdorida; | ||
| | ikkinchi navbatdagi vorislarga | meros summasining 0,5 foizi miqdorida; | ||
| | qolgan vorislarga | meros summasining 2 foizi miqdorida; | ||
| Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida oʻtayotgan meros qilinayotgan mol-mulk summasi merosxoʻrlik tayinlangan kunda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli kadastr va koʻchmas mulk xizmati tomonidan belgilangan baholash maʼlumotlari hisobga olingan holda belgilanadi. | ||||
| k) | mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun quyidagi sxema boʻyicha boj undiriladi, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno: | |||
| Transport turi |
Foydalanish muddatiga qarab: | |||
|
3 yilgacha boʻlganda |
3 yildan ortiq boʻlganda |
7 yildan ortiq boʻlganda | ||
| 1. | Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi: | | | |
| a) | yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobus, traktor, oʻzi yurar mashina uchun | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida | eng kam oylik ish haqining 7 foizi miqdorida | eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida |
| b) | chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun | eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida | eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida |
| 2. | Bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiq uchun davlat boji stavkalari | eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida | eng kam oylik ish haqining 3 foizi miqdorida | eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida |
|
Izoh. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning koʻp summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi. | ||||
|
Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda: | ||||
|
k1) |
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida Vatanimizda ishlab chiqarilgan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilyerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undiriladi | | ||
| Izoh. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda boj shu bojning koʻp summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi. | ||||
| | Ushbu kichik bandda belgilangan stavka ishlab chiqaruvchining rasmiy dilyerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yil mobay�ida bitimlar sonidan qatʼi nazar yengil avtotransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlashda qoʻllaniladi | | | |
| | Er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar, tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar oʻrtasida avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalari rasmiylashtirishda boj ushbu bandning “k” kichik bandiga muvofiq undiriladi. | | | |
| l) | quyidagilarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “l1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno: | |||
| | ota-onalar, er-xotin va ularning ota-onalari, bolalar va ularning er-xotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “l1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno | eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida; | ||
| | avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslarning foydalanishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “l1” kichik bandida belgilangan hol�ar bundan mustasno | eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida; | ||
| | avtomototransport vositalarini boshqa shaxslar tasarruf etishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “l1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; | ||
|
l1) |
vatanimizda ishlab chiqarilgan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilyerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalaridan foydalanish va/yoki tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida undiriladi | | ||
| Izoh. Ota-onalar, er-xotin va ularning ota-onalari, bolalar va ularning er-xotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj ushbu bandning “l” kichik bandiga muvofiq undiriladi. | ||||
| m) | boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida; | ||
|
n) |
meros mulkni muhofaza qilish choralarini koʻrganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida; | ||
| o) | hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining toʻgʻriligini tasdiqlaganlik uchun | har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida; | ||
| p) | ijro xatlari yozib berganlik uchun | undiriladigan summaning 1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda; | ||
|
Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi boʻyicha ijro xatlari yozib berishda, lizing shartnomasida belgilangan toʻlanmagan toʻlovlar summasidan lizing shartnomasi muddati tugashigacha qolgan davrga lizing beruvchi daromadini chegirgan holda davlat boji undiriladi. | ||||
| r) | hujjatlarning nusxalari va ulardan koʻchirmalarning toʻgʻriligini tasdiqlaganlik uchun: | |||
| | jismoniy shaxslar uchun | har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida; | ||
| | yuridik shaxslar uchun | har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida; | ||
| | shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchun | har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida; | ||
| s) | hujjatlardagi yozuvlarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun: | |||
| jismoniy shaxslar uchun | eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida; | |||
| yuridik shaxslar uchun | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida; | |||
| t) | notarial idoralarda mavjud boʻlgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida; | ||
| u) | banklarda hisob raqamlari o�ishda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida; | ||
| f) | yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial ishlar bajarilganligi uchun, mazkur bandning “a” — “u” kichik bandlarida nazarda tutilganlar bundan mustasno | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida. | ||
|
Izoh. Notarial idoralar binosidan tashqarida bajariladigan notarial ishlar uchun davlat boji 2 baravar miqdorida undiriladi (ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning ishonchnomalarini notarial tasdiqlashdan tashqari), shuningdek ushbu ishlarni bajarish uchun joyga borish bilan bogʻliq amalda sarflangan xarajatlar toʻlanadi. | ||||
5. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirganlik uchun: | |||
| a) | nikohni qayd etganlik uchun | eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida; | ||
| b) | nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun: | | ||
| | voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotinlarning oʻzaro roziligi boʻyicha | er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida; | ||
| | agar er-xotin birinchi nikohda boʻlsa, sud qaroriga asosan | eng kam ish haqining 150 dan 300 foizigacha boʻlgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan); | ||
| | er-xotindan biri takroriy nikohda boʻlsa, sud qaroriga asosan | eng kam ish haqining 300 dan 400 foizigacha boʻlgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan); | ||
| v) | 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi uchun | eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida; | ||
| | 18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi uchun | eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida; | ||
| g) | tugʻilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik toʻgʻrisida, oʻlganlik haqida yozuvlarning oʻzgartirilganligi, ularga qoʻshimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun | eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida; | ||
| d) | fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun | eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida. | ||
6. |
Pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat, chet elga ketish va chet eldan kelish huquqini beradigan hujjatlarni berganlik uchun: | |||
| a) | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida; | ||
| b) | fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, shu jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini �erganlik yoki guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida; | ||
| v) | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga ketish huquqini beruvchi ijozat yozuvini qoʻyib berganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida; | ||
| g) | Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs milliy pasportiga yoki uning oʻrnini bosuvchi paytning oʻzida ketish va kelish vizasi berganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 80 foizi miqdorida; | ||
| d) | ketish va kelish huquqini beruvchi ilgari berilgan hujjatlarga biron-bir oʻzgartirish kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirish bundan mustasno) | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida; | ||
| e) | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar berganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida; | ||
| j) | chet el fuqarolariga, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida; | ||
| z) | chet el fuqarolariga, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan, “Oʻzbekiston Respublika?i?ing fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiton Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga yashash uchun berilgan yoʻqotib qoʻyilgan ruxsatnoma oʻrniga yangisini berganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida; | ||
| i) | yoʻqotib qoʻyilgan pasportlar va ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar oʻrniga yangisini berganlik uchun | mazkur bandning “a”, “b”, “e” kichik bandlariga muvofiq miqdorlarda. | ||
7. |
Boshqa ishlarni amalga oshirganlik uchun | |||
| a) | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish toʻgʻrisidagi arizalardan | eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida; | ||
| b) | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazganlik va chiqarganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida; | ||
| v) | chet el fuqarolarini, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy roʻyxatdan oʻtkazganlik va chiqarganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida; | ||
|
g) |
ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida. | ||
|
|
Adliya organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun: | |||
| | xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar | eng kam oylik ish haqining besh baravari va 500 AQSh dollari miqdorida; | ||
| | sugʻurta va auditorlik tashkilotlari, birjalar, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va xolding kompaniyalari) shaklidagi davlat boshqaruvi organlari, bozorlar | eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida. | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.11.1994 yildagi 533-son
Кучга кириш санаси
03.11.1994
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
|
Hujjat 29.02.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Davlat boji haqida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan davlat boji stavkalari tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Davlat boji haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Davlat bojining budjet daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan tegishli nazoratni taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son, “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-sentabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-noyabr,
533-son
Davlat boji
STAVKALARI
Oldingi tahrirga qarang.
(Davlat boji stavkalarining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-fevraldagi 35-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 59-modda)
Keyingi tahrirga qarang.