Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020 03.11.1994 yildagi 533-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Hujjat 24.06.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji haqida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan davlat boji stavkalari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Davlat boji haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojining budjet daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan tegishli nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son, “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-sentabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
533-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 3-noyabrdagi
533-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, alohida koʻriladigan ishlar boʻyicha ariza (shikoyat)lardan, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi ishlar boʻyicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek, sudlarning hujjatlardan nusxalar berganligi uchun:‎
a)‎‎‎ daʼvo arizalaridan — daʼvo bahosi eng kam ish haqining: ‎‎‎
20 baravarigacha boʻlganda‎ daʼvo bahosining 5 foizi miqdorida; ‎
20 dan 40 baravarigacha boʻlganda‎ daʼvo bahosining 10 foizi miqdorida; ‎
40 dan 80 baravarigacha boʻlganda daʼvo bahosining 15 foizi miqdorida; ‎
80 baravaridan koʻp boʻlganda daʼvo bahosining 20 foizi miqdorida; ‎
b)‎‎ davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotgan tomonidan undiriladi) eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida;
v)‎‎ nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan‎ eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;‎
takroriy nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan‎ eng kam ish haqining 120 foizi miqdorida‎;
nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk boʻlingan holda‎ boj 1-bandning “a” kichik bandiga ‎muvofiq daʼvo bahosi boʻyicha belgilanadi;
g)‎‎ bedarak yoʻqolganligi va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan‎ eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
d)‎‎ uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish toʻgʻrisidagi va mulkka oid boʻlmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa daʼvo arizalaridan eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
e)‎‎ alohida koʻriladigan ishlar boʻyicha ariza (shikoyat)lardan eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;‎
j)‎‎ sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan‎ daʼvo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar boʻyicha esa — talashilayotgan summadan hisoblab chiqariladigan stavkalar miqdorida; ‎
j�noiy ish boʻyicha fuqarolik daʼvolaridan daʼvo bahosining 10 foizi miqdorida;
z)‎‎ sudlarning qarorlari, hukmlari, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida.

‎‎‎‎‎2.‎

‎Xoʻjalik sudlariga beriladigan daʼvo arizalaridan va xoʻjalik sudining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalaridan:
a)‎‎ mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan, daʼvo bahosi:
1 mln. soʻmgacha boʻlganda‎‎‎ daʼvo bahosining 3 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda;‎‎‎
1 mln. soʻmdan ortiq, 10 mln. soʻmgacha boʻlganda‎‎‎‎ daʼvo bahosining 2 foizi miqdorida;‎‎‎
10 mln. soʻmdan ortiq boʻlganda‎‎‎‎ daʼv? bahosining 1 foizi miqdorida;‎‎‎
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan‎‎ ‎daʼvo bahosining 1 foizi miqdorida;‎‎
b)‎‎ mulkka oid boʻlmagan tusdagi daʼvo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xoʻjaliklarining, xususiy korxonalar, qoʻshma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid boʻlmagan daʼvo arizalaridan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v)‎

bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;
g)‎‎ xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar boʻyicha daʼvo arizalaridan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;‎‎
d)‎‎‎ xoʻjalik sudlarining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalardan birinchi instansiyada koʻrib chiqish uchun ariza berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar boʻyicha esa talashilayotgan summadan hisoblar;
e)‎‎ xoʻjalik sudi qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan xoʻjalik sudlari tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun hujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida.

‎3.‎

‎Garov shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, uning muddatini uzaytirganlik, roʻyxatga olganlik haqida guvohnoma berganlik, shuningdek, reyestrdan koʻchirmalar yuborganlik uchun:
a)‎‎ shartnomani roʻyxatga olganlik va garovni roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun‎ shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida;
b)‎‎ garov toʻgʻrisidagi shartnoma muddatining uzaytirilganligi uchun shartnoma summasining 0,2 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining besh baravaridan koʻp emas;
v)‎‎‎ reyestrdan koʻchirmalar berganlik uchun‎ eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

‎4.‎

‎Notarial idoralarning hamda posyolkalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)ning notarial ishlarni bajarganliklari uchun, shuningdek, notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berganlik uchun, mazkur organlarning bitishuvlar, arizalar loyihalarini tuzib berganliklari hamda hujjatlar va ulardan koʻchirmalar tayyorlab berganliklari uchun:
a)‎‎ uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun‎ eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida;
b)‎‎ kvartiralarni (kvartiralarning bir qismini), shu jumladan, xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar, dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, ayirboshlash, renta olish, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqalarga berish va hadya qilish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
mulkdorning eri yoki xotiniga, ota-onalariga, bolalariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillariga shartnoma summasining 1 foizi miqdorida, biroq bitishuv tuzilayotgan paytda tegishli ravishda texnik xatlov kadastr byurosi yoki koʻchmas mulk davlat kadastri xizmatlari tomonidan belgilangan xatlov bahosining 1 foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma summasining 10 foizi miqdorida, biroq bitishuv tuzilayotgan paytda tegishli ravishda texnik xatlov kadastr byurosi yoki koʻchmas mulk davlat kadastri xizmatlari tomonidan belgilangan xatlov bahosining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kimoshdi savdosi orqali sotilganda‎‎‎ ‎‎sotilish bahosining 15 foizi miqdorida;
v)‎‎ mol-mulkni garovga qoʻyish shartnomalarini tasdiqlaganligi uchun‎ shartnoma summasining 0,15 foizi miqdorida;

g)‎

banklar bilan qarz oluvchilarning kredit boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish toʻgʻrisidagi bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun‎‎‎ 1 eng kam oylik ish haqi;‎‎‎
d)‎‎ baholanadigan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun shartnoma summ??ining‎ 5 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 20 foizidan kam emas;
e)‎‎ mulkni boʻlish shartnomalarini, kafillik va baholanmaydigan boshqa bitishuv shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchun‎ eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
hech boʻlmaganda tomonlardan biri yuridik shaxs boʻlsa‎ eng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;‎

j)‎

nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini toʻxtatganlik uchun‎‎‎ eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;‎‎‎

z)‎

voyaga yetmagan bolalarga ota-onalar tomonidan aliment toʻlanishi haqidagi kelishuvni tasdiqlaganlik, unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini toʻxtatganlik uchun eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;‎‎‎

i)‎

ota-onalar tomonidan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalariga, mehnatga layoqatli voyaga yetgan bolalar tomonidan mehnatga layoqatsiz yordamga muhtoj ota-onalariga aliment toʻlash, er-xotinlar (sobiq er-xotinlar), qarindoshlar va boshqa shaxslarning bir-biriga taʼminot berish haqidagi kelishuvini tasdiqlaganlik, shuningdek unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini toʻxtatganlik uchun‎‎‎‎ eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;‎‎‎
k)‎‎ vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun‎ eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
l)‎‎ meros huquqi haqida guvohnoma berilganligi uchun:
birinchi navbatdagi merosxoʻrlarga meros summasining 0,3 foizi miqdorida;
ikkinchi navbatdagi merosxoʻrlarga meros summasining 1 foizi miqdorida;
qolgan merosxoʻrlarga meros summasining 2 foizi miqdorida;
Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida oʻtayotgan meros qilinayotgan mol-mulk summasi merosxoʻrlik tayinlangan kunda tegishli ravishda texnik xatlov kadastr byurosi yoki koʻchmas mulk davlat kadastri xizmatlari tomonidan belgilangan baholash maʼlumotlari hisobga olingan holda belgilanadi
m)‎‎ mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek, fuqarolar bilan korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida avtomototransport vositalarini oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun quyidagi sxema boʻyicha boj undiriladi:
Transport turi

Foydalanish muddati

3 yilgacha boʻlganda

3 yildan ortiq boʻlganda

7 yildan ortiq boʻlganda

1.‎‎ Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi:‎
a)‎‎ yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobuslar, traktorlar, oʻzi yurar mashinalar uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida‎ eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida‎ eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida‎
b)‎‎ chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun eng kam ish haqining 30 foizi miqdorida eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida
2. ‎‎ Bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiqlar uchun davlat boji stavkalari eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida‎

Eslatma. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning koʻp summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi.‎‎

Er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar oʻrtasidagi shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar oʻrtasidagi shartnomalar rasmiylashtirilayotganda belgilangan stavkaning 15 foizi miqdorida undiriladi.‎‎ ‎‎

Yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish sha?tnomalari rasmiylashtirilayotganda boj miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab oʻzgartiriladi va uning miqdori bitishuv qatnashchilarining xohishiga koʻra va davlat notariusining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” korxonalari tomonidan belgilanadi.‎‎ ‎‎

n)‎‎ er-xotinlarga nikohda yashagan vaqtlarida toʻplangan umumiy mol-mulkdagi ularning hissasiga qarab mulk huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
o)‎‎ mol - mulkdan (avtomototransport vositalaridan tashqari) foydalanish va tasarruf qilish huquqiga va kredit operatsiyalarini amalga oshirishga ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun:
mamlakat ichkarisida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
chet mamlakatda amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun eng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
p)‎ quyidagilarni tasdiqlaganlik uchun: ‎‎‎
ota-onalar, er-xotin va ularning ota- onalari, bolalar va ularning er-xotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida;
avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslarning foydalanishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida;
avtomototransport vositalarini boshqa shaxslar tasarruf etishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun‎‎ eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;‎‎‎
r)‎‎ boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
s)‎ meros mulkini muhofaza qilish choralarini koʻrganlik uchun eng kam ish haqining 30 foizi miqdorida;
t)‎‎ hujjatning bir tildan boshqa tilga tarjimasining toʻgʻriligini tasdiqlaganlik uchun har bir bet uchun qilingan eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
u)‎‎ ijro xatlari yozib berganlik uchun undiriladigan summaning 5 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 1 foizidan kam emas;
f)‎‎ hujjatlarning nusxalari va ulardan koʻchirmalarning toʻgʻriligini tasdiqlaganlik uchun: ‎‎‎
jismoniy shaxslar uchun har bir bet uchun eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun har bir bet uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchun har bir bet uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
x)‎‎ hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan, tarjimon imzosining haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchun eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
ts)‎ yuridik va jismoniy shaxslarning arizalarini boshqa yuridik shaxslarga yetkazganlik uchun hamda boshqa notarial ishlarni bajarganlik uchun, mazkur bandning “a” — “t” kichik bandlarida nazarda tutilganlardan tashqari eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
ch)‎ notarial idoralarda mavjud boʻlgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
sh)‎‎ banklarda schyotlar ochishda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida.

Izoh. Notarial idoralarning binolaridan tashqarida qilingan notarial ishlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, shuningdek, ana shu ishlarni bajarish uchun joylarga borish bilan bogʻliq qilingan xarajatlar ham toʻlanadi.


‎5.‎

‎Fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirganlik uchun:
a)‎‎ nikohni qayd etganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
b)‎‎ ni�ohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun: ‎‎
voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotinlarning oʻzaro roziligi boʻyicha er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida;
agar er-xotin birinchi nikohda boʻlsa, sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 150 dan 300 foizigacha boʻlgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
er-xotindan biri takroriy nikohda boʻlsa, sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 300 dan 400 foizigacha boʻlgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
v)‎‎ 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi uchun‎ eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida‎;
18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi uchun ‎‎eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida;‎
g)‎‎ tugʻilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik toʻgʻrisida, oʻlganlik haqida yozuvlarning oʻzgartirilganligi, ularga qoʻshimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
d)‎ fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida.

‎6.‎

‎Pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat, chet elga ketish va chet eldan kelish huquqini beradigan hujjatlarni berganlik uchun:
a)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
b)‎‎ fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, shu jumladan, ‎“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida‎;
v)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga ketish huquqini beruvchi ijozat yozuvini qoʻyib berganlik uchun‎ eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida‎;‎
g)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs milliy pasportiga yoki uning oʻrnini bosuvchi paytning oʻzida ketish va kelish vizasi berganlik uchun‎ eng kam oylik ish haqining 80 foizi miqdorida‎;‎‎
d)‎‎ ketish va kelish huquqini beruvchi ilgari berilgan hujjatlarga biron-bir oʻzgartirish kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirish bundan mustasno)‎ eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida‎;‎‎‎
e)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar berganlik uchun‎ eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida‎;‎‎‎‎
j)‎‎ chet el fuqarolariga, shu j�mladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi‎ Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida‎;‎‎‎‎‎
z)‎‎ chet el fuqarolariga, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga yashash uchun berilgan yoʻqotib qoʻyilgan ruxsatnoma oʻrniga yangisini berganlik uchun‎ eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida‎;‎‎‎‎‎‎
i)‎‎ yoʻqotib qoʻyilgan pasportlar va ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar oʻrniga yangisini berganlik uchun mazkur bandning “a”, “b”, “e” kichik bandlariga muvofiq miqdorlarda.

‎7.‎

Boshqa ishlarni amalga oshirganlik uchun
a)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish toʻgʻrisidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
b)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazganlik va chiqarganlik uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;
v)‎ chet el fuqarolarini, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy roʻyxatdan oʻtkazganlik va chiqarganlik uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

g)‎

ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida.


‎8.‎


‎Adliya organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun:‎‎
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar‎‎ eng kam oylik ish haqining besh baravari va 500 AQSh dollari miqdorida;‎‎‎
ustav fondi toʻliq xorijiy investorlar tomonidan shakllantiriladigan korxonalar‎‎‎ 2000 AQSh dollari miqdorida;‎‎‎
sugʻurta va auditorlik tashkilotlari, birjalar, bozorlar‎‎‎ eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida.‎‎‎
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyundagi 282-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 95-modda)
Keyingi tahrirga qarang.