Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020 03.11.1994 yildagi 533-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Hujjat 03.11.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji haqida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan davlat boji stavkalari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Davlat boji haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojining budjet daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan tegishli nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son, “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-sentabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
533-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 3-noyabrdagi
533-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, alohida koʻriladigan ishlar boʻyicha ariza (shikoyat)lardan, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi ishlar boʻyicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek, sudlarning hujjatlardan nusxalar berganligi uchun:‎
a)‎‎‎ daʼvo arizalaridan — daʼvo bahosi eng kam ish haqining: ‎‎‎
20 baravarigacha boʻlganda‎ daʼvo bahosining 5 foizi miqdorida; ‎
20 dan 40 baravarigacha boʻlganda‎ daʼvo bahosining 10 foizi miqdorida; ‎
40 dan 80 baravarigacha boʻlganda daʼvo bahosining 15 foizi miqdorida; ‎
80 baravaridan koʻp boʻlganda daʼvo bahosining 20 foizi miqdorida; ‎
b)‎‎ davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotgan tomonidan undiriladi) eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida;
v)‎‎ nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan‎ eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;‎
takroriy nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan‎ eng kam ish haqining 120 foizi miqdorida‎;
nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk boʻlingan holda‎ boj 1-bandning “a” kichik bandiga ‎muvofiq daʼvo bahosi boʻyicha belgilanadi;
g)‎‎ bedarak yoʻqolganligi va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan‎ eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
d)‎‎ uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish toʻgʻrisidagi va mulkka oid boʻlmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa daʼvo arizalaridan eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
e)‎‎ alohida koʻriladigan ishlar boʻyicha ariza (shikoyat)lardan eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;‎
j)‎‎ sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan‎ daʼvo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar boʻyicha esa — talashilayotgan summadan hisoblab chiqariladigan stavkalar miqdorida; ‎
j�noiy ish boʻyicha fuqarolik daʼvolaridan daʼvo bahosining 10 foizi miqdorida;
z)‎‎ sudlarning qarorlari, hukmlari, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida.

‎‎‎‎‎2.‎

‎Xoʻjalik sudlariga beriladigan daʼvo arizalaridan va xoʻjalik sudining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalardan:‎‎
a)‎‎ mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan‎ daʼvo bahosining 10 foizi miqdorida;
b)‎‎ mulkka oid boʻlmagan tusdagi daʼvo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarning aktlarini toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xoʻjaliklarining, yakka korxonalar, qoʻshma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid boʻlmagan daʼvo arizalaridan eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;‎
v)‎‎ xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi quyidagi nizolar boʻyicha: ‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan daʼvo arizalaridan‎‎ eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida;‎
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xoʻjalik sudlarida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan daʼvo arizalaridan eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;
g)‎‎‎ xoʻjalik sudlarining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalardan‎ nizoni birinchi instansiyada koʻrib chiqish uchun ariza berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar boʻyicha esa — talashilayotgan summadan hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida;
d)‎‎ xoʻjalik sudi qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan xoʻjalik sudlari tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida.

‎3.‎

‎Garov shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, uning muddatini uzaytirganlik, roʻyxatga olganlik haqida guvohnoma berganlik, shuningdek, reyestrdan koʻchirmalar yuborganlik uchun:
a)‎‎ shartnomani roʻyxatga olganlik va garovni roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun shartnoma summasining 0,3 foizi miqdorida;‎
b)‎‎ garov shartnomasi muddatini uzaytirganlik uchun shartnoma summasining 0,2 foizi miqdorida;
v)‎‎‎ reyestrdan koʻchirmalar berganlik uchun‎ eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

‎4.‎

‎Notarial idoralarning hamda shahar, tuman va qishloq boshqaruv organlarining notarial ishlarni bajarganliklari uchun, shuningdek, notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berganlik uchun, mazkur organlarning bitishuvlar, arizalar loyihalarini tuzib berganliklari hamda hujjatlar va ulardan koʻchirmalar tayyorlab berganliklari uchun:
a)‎‎ uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun‎ eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida;
b)‎‎ uy-joylar, kvartiralar (ularning bir qismi), chorbogʻlar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
er-xotinga, ota-onalarga, bolalarga, nabiralarga, buvilarga, buvalarga, mulk egasi va uning xotini (eri)ning tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillariga shartnoma summasining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 70 foizidan kam emas;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma summasining 10 foizi miqdorida;
v)‎‎ xususiylashtirilgan kvartiralarni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
er-xotinga, ota-onalarga, bolalarga, nabiralarga, buvilarga, buvalarga mulk egasi va uning xotini (er)ning tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillariga shartnoma summasining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 70 foizidan kam emas;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga‎ shartnoma summasining 20 foizi miqdorida;
xususiylashtirilgan kvartiralarni kimoshdi savdosida sotishda‎ sotish narxining 15 foizi miqdorida;
xususiylashtirilgan kvartiralarni almashtirish shartnomalarini tasdiqlashda shartnoma summasining 10 foizi miqdorida;
g)‎‎ mol-mulkni garovga qoʻyish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun‎ shartnoma summasining 0,5 foizi miqdorida;
d)‎‎ baholanadigan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining‎ 5 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 20 foizidan kam emas;
e)‎‎ mulkni boʻlish shartnomalarini, kafillik va baholanmaydigan boshqa bitishuv shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchun‎ eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
hech boʻlmaganda tomonlardan biri yuridik shaxs boʻlsa‎ eng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;‎
j)‎‎ vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun‎ eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
z)‎‎ merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun:‎
birinchi navbatdagi vorislarga‎ meros summasining 3 foizi miqdorida;
ikkinchi navbatdagi vorislarga‎ meros summasining 10 foizi miqdorida;
qolgan vorislarga‎ meros summasining 20 foizi miqdorida;
i)‎‎ mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek, fuqarolar bilan korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida avtomototransport vositalarini oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun quyidagi sxema boʻyicha boj undiriladi:
Transport turi

Foydalanish muddati

3 yilgacha boʻlganda

3 yildan ortiq boʻlganda

7 yildan ortiq boʻlganda

1.‎‎ Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi:‎
a)‎‎ yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobuslar, traktorlar, oʻzi yurar mashinalar uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida‎ eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida‎ eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida‎
b)‎‎ chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun eng kam ish haqining 30 foizi miqdorida eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida
2. ‎‎ Bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiqlar uchun davlat boji stavkalari eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida‎

Eslatma. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning koʻp summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi.‎‎

Er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar oʻrtasidagi shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar oʻrtasidagi shartnomalar rasmiylashtirilayotganda belgilangan stavkaning 15 foizi miqdorida undiriladi.‎‎ ‎‎

Yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab oʻzgartiriladi va uning miqdori bitishuv qatnashchilarining xohishiga koʻra va davlat notariusining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” korxonalari tomonidan belgilanadi.‎‎ ‎‎

k)‎‎ er-xotinlarga nikohda yashagan vaqtlarida toʻplangan umumiy mol-mulkdagi ularning hissasiga qarab mulk huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
l)‎‎ mol - mulkdan (avtomototransport vositalaridan tashqari) foydalanish va tasarruf qilish huquqiga va kredit operatsiyalarini amalga oshirishga ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun:
mamlakat ichkarisida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
chet mamlakatda amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun eng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
m)‎ avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun: ‎‎‎
er-xotinga, ota-onalarga, bolalarga, ularning er-xotinlariga, nabiralarga, aka-ukalarga, opa-singillarga eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
boshqa shaxslarga eng kam haqining 1 baravari miqdorida;
n)‎‎ boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
o)‎ meros mulkini muhofaza qilish choralarini koʻrganlik uchun eng kam ish haqining 30 foizi miqdorida;
p)‎‎ hujjatning bir tildan boshqa tilga tarjimasining toʻgʻriligini tasdiqlaganlik uchun har bir bet uchun qilingan eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
r)‎‎ ijro xatlari yozib berganlik uchun undiriladigan summaning 5 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 1 foizidan kam emas;
s)‎‎ hujjatlarning nusxalari va ulardan koʻchirmalarning toʻgʻriligini tasdiqlaganlik uchun: ‎‎‎
jismoniy shaxslar uchun har bir bet uchun eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun har bir bet uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchun har bir bet uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
t)‎‎ hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan, tarjimon imzosining haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchun eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
u)‎ yuridik va jismoniy shaxslarning arizalarini boshqa yuridik shaxslarga yetkazganlik uchun hamda boshqa notarial ishlarni bajarganlik uchun, mazkur bandning “a” — “t” kichik bandlarida nazarda tutilganlardan tashqari eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
f)‎ notarial idoralarda mavjud boʻlgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
x)‎‎ banklarda schyotlar ochishda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida.

Izoh. Notarial idoralarning binolaridan tashqarida qilingan notarial ishlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, shuningdek, ana shu ishlarni bajarish uchun joylarg� borish bilan bogʻliq qilingan xarajatlar ham toʻlanadi.


‎5.‎

‎Fuqarolik holati aktlarini qayd etganlik uchun, shuningdek, fuqarolik holati aktlarining qayd etilganligi haqidagi takroriy guvohnomalar shu hujjatlardagi yozuvlar oʻzgartirilib, toʻldirilib, tuzatish kiritilib va qayta tiklanib berilganligi uchun:
a)‎‎ nikohni qayd etganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
b)‎‎ nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun: ‎‎
voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotinlarning oʻzaro roziligi boʻyicha eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida;
agar er-xotin birinchi nikohda boʻlsa, sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 150 dan 300 foizigacha boʻlgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
er-xotindan biri takroriy nikohda boʻlsa, sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 300 dan 400 foizigacha boʻlgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
dom-daraksiz yoʻqolganlik yoki ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki jinoyat sodir qilganlik uchun kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
v)‎‎ familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligini qayd etganlik uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;
g)‎‎ tugʻilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik toʻgʻrisida, oʻlganlik haqida yozuvlarning oʻzgartirilganligi, ularga qoʻshimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
d)‎ fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida.

‎6.‎

‎Chet elga ketish va chet eldan kelish huquqini beradigan hujjatlarni berganlik uchun:
a)‎‎ fuqarolarga chet elga ketish huquqini beradigan pasportlar berganlik, ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik, shuningdek, chet elga ketish huquqini beradigan ijozat yozuvini qoʻyib berganlik uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;
b)‎‎ fuqaroligi boʻlmagan shaxsga chet elga ketish uchun guvohnoma berganlik yoki guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
v)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasidan ketishga viza berganlik yoki chet el pasportiga yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatga vizaning amal qilish muddatini uzaytirganlik va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga ketish vizasini berganlik uchun eng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
g)‎‎ chet el pasportiga yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatga ketish va kelishga viza berganlik yoki shu vizaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam ish haqining 80 foizi miqdorida;
d)‎‎ ketish va kelishga ilgari berilgan hujjatlarga biron-bir oʻzgartirish kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari) eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
e)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar berganlik uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
j)‎‎ chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga istiqomat uchun guvohnoma berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
z)‎‎ chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chet el pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlarni roʻyxatga olganlik yoki roʻyxatga olish muddatini uzaytirganlik hujjatlarini berganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
i)‎‎ chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga yangisini berganlik uchun‎ eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
k)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalardan ‎eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida;
l)‎‎ yoʻqotib qoʻyilgan chet el pasportlari va ularning oʻrnini bosuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish hujjatlari oʻrniga hujjat berganlik uchun mazkur bandning “a”, “b”, “e” kichik bandlariga muvofiq miqdorlarda;

‎7.‎

‎Boshqa ishlarni bajarganlik uchun:‎‎
a)‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini roʻyxatga olganlik va roʻyxatdan chiqarganlik uchun eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
b)‎‎ ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
v)‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chet el mamlakatlaridan yuborilgan pulni toʻlaganlik uchun, pensiyalar va alimentlardan tashqari yuborilgan pulning 10 foizi miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.