24.06.2024 yildagi 350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.07.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash jarayoniga xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini tatbiq etish va ushbu yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) va Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi (AQSh) oʻrtasida 2023-yil 28-noyabrda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish boʻyicha uch tomonlama Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik hamda Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi taʼsischiligida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz yuridik shaxs — muassasa shaklidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ijtimoiy himoya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, mazkur jarayonda Agentlik tizimidagi muassasalarga ilmiy-metodologik koʻmaklashadigan muassasa hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda ilmiy-tadqiqot ishlari, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Agentlik va Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari asosida kelishuvga koʻra tashkil etiladi hamda davlat tili yoki ingliz tilida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya va aholining ruhiy salomatligi sohasidagi muammolarni tadqiq etish hamda hal qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ish sohasida xalqaro standartlar talablariga mos keluvchi akademik tizimni joriy etish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya muammolarini hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya sohasida ish jarayonlarini tashkil etish metodologiyasini yaratishga koʻmaklashish orqali Oʻzbekistonda professional ijtimoiy ish tizimini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish muassasalari faoliyatiga uslubiy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Markaz rahbari Agentlik direktori tomonidan Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markaz xodimlari, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilar — Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xodimlar, jumladan, mahalliy professor-oʻqituvchilar — Agentlik tomonidan Markaz faoliyatiga jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Markaz rahbari va xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha mos ravishda Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti direktori va xodimlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Markaz faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan, ilmiy-oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarishdan hamda boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Markazni tashkil etish, uning moddiy-texnik va taʼlim bazasini shakllantirish, shuningdek, taʼmirlash-rekonstruksiya qilish, bino hamda inshootlarni zarur mebel, inventar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash, xorijdan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash va xizmat safarlarini moliyalashtirish Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy manzilidagi bino va inshootlarda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” MChJ — Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Zamon 3-tor koʻchasi 1-uy manzilidagi bino va inshootlarda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Markaz davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 28-avgustdagi 518-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Direktor oʻrinbosari

(Dastur koordinatori)

Moliya va buxgalteriya shuʼbasi

Dasturiy boʻlim

Mutaxassislar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni (texnik va xizmat koʻrsatuvi xodimlar bundan mustasno) — 15 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori bilan kelishilgan holda, qoʻshimcha ravishda mutaxassislar va ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarga jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish boʻyicha markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish

1.

Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar

1. Markazning ustavini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Markazni yillik va 3 yillik moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash.

3. Markazni kadrlar bilan taʼminlash.

4. Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zaruriyatga koʻra Markaz binosini moslashtirish.

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5. Kolumbiya universiteti bilan hamkorlikda Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2.

Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, Toshkent shahrida markaz ochish boʻyicha tashkiliy masalalarni ishlab chiqish maqsadida Kolumbiya universitetida maxsus boʻlim (unit)ni tashkil etish.

1. Kolumbiya universiteti vakillari bilan Kolumbiya universitetida maxsus boʻlim ochilishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Kolumbiya Universitetida maxsus boʻlimni tashkil etish va taʼminlash uchun dastlabki xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

3. Boʻlim faoliyatini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Kolumbiya universitetidagi maxsus boʻlim tomonidan grant mablagʻlari ajratish maqsadida arizalarni tayyorlash.

2024-yil avgust

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3.

Markaz faoliyati boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish

1. Markaz boʻyicha media-rejani ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan:

Markaz rasmiy veb-saytini va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini yaratish;

Axborot materiallarini (maqolalar va boshqalar) Markazning rasmiy veb-saytida va boshqa platformalarda joylashtirish;

turli ommaviy axborot vositalari orqali Markaz faoliyatini targʻib qilish.

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

OʻzMTRK

2. Markazning ochilish marosimini rejalashtirish (tadbir konsepsiyasini ishlab chiqish, taklif qilinganlar roʻyxatini tasdiqlash, tadbirni rejalashtirish va tayyorlash).

2024-yil avgust

3. Markazning ochilish marosimi.

2024-yil sentyabr

II. Ijtimoiy ish boʻyicha mintaqaviy forumni tashkil etish

4.

Jahon ijtimoiy ish kuniga bagʻishlangan ijtimoiy ish boʻyicha mintaqaviy forumni tashkil etish.

1. Forum shaklini aniqlash va uning konsepsiyasi hamda kun tartibini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Forumni tashkil etish.

2024-yil avgust

3. Forumni ommaviy va xalqaro yoritish.

2024-yil avgust-sentyabr

III. Markazning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha chora-tadbirlar

5.

Tadqiqot va innovatsiyalar yoʻnalishidagi chora-tadbirlar

1. Amaliy tadqiqot asoslarini yaratish.

2. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2024-2029-yillarga moʻljallangan tadqiqot va innovatsiyalar boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish, jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy sohada ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni modernizatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish;

fanlararo tadqiqotlar uchun metodologiya va salohiyatni oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha ishlaydigan oʻqituvchilar va tadqiqotchilar uchun moslashtirilgan loyihalar/dasturlarni ishlab chiqish;

ijtimoiy himoya sohasidagi mavzularga eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekiston va mintaqada ijtimoiy ish xizmatlarini rivojlantirish uchun grantlar olish uchun ariza berish;

bilim va tajriba almashish hamda saʼy-harakatlarni birlashtirish uchun yillik akademik forumlarni (mintaqaviy, submintaqaviy va xalqaro) tashkil etish;

ijtimoiy himoya sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va boshqalar.

2024-yil sentyabrdan boshlab

Xalqaro yoki donor tashkilotlar grantlari

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

6.

Taʼlim va treninglar yoʻnalishidagi chora-tadbirlar

2024-2026-yillarga moʻljallangan taʼlim va kadrlar tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

Xalqaro yoki donor tashkilotlar grantlari

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

7.

Muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar amaliyotini rivojlantirish.

1. Eng dolzarb ijtimoiy muammolarni tadqiqot va ilgʻor ilmiy-tadqiqot amaliyotining ustuvor yoʻnalishlari sifatida aniqlash.

2. Bolalarni himoya qilish, ruhiy salomatlik, zoʻravonlik, sogʻliqni saqlash, favqulodda vaziyatlarga javob berish, qashshoqlikni tugatish va shu kabi sohalarda ishlarni yaxshilash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, faol va moslashuvchan tavsiyalarni ishlab chiqish.

3. Tadqiqot boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan tadbirlarni amalga oshirish va baholash: tajriba-sinov hududlarda tadqiqotga asoslangan tadbirlarni amalga oshirish va natijalarni baholash.

4. Intervensiyalarni tarqatish: keng amaliyot bilan muvofiqlashtirish uchun muvaffaqiyatli va eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish.

5. Kasbiy standartlarni oʻrnatish.

6. Qoʻllab-quvvatlanadigan va malakali ishchi kuchini taʼminlash, murabbiylik dasturlari, kuchli nazorat va yetakchilik treninglari orqali amaliyotni oshirish.

7. Amaliyotdan xabardor qilish, dalillarga asoslangan aralashuvlarni birlashtirish va ularning taʼsirini doimiy ravishda baholash uchun texnologiya va tadqiqotlardan foydalanish.

8. Ijtimoiy ishchi kasbini qoʻllab-quvvatlovchi va tizimli muammolarni hal qiladigan jarayonlarni himoya qilish, ijtimoiy xodimlarni siyosat va qonunchilik jarayonlariga jalb qilish.

9. Madaniy kompetensiyani, xilma-xillikni va mijozlarga yoʻnaltirilgan yondashuvlarni amalda targʻib qilish, xizmatlarning inklyuziv boʻlishini va individual va jamiyat ehtiyojlariga moslashtirilganligini taʼminlash.

2024-yil sentyabrdan boshlab

Xalqaro yoki donor tashkilotlar grantlari

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Mahallalarda Markaz imkoniyatlarini kengaytirish

1. 2024 — 2029-yillarga moʻljallangan mahallalarning jamiyat imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha Harakatlar rejasini ishlab chiqish, bunda asosiy eʼtibor ushbu mahalliy hamjamiyatlarda salohiyatni oshirish, resurslarni safarbar qilish va barqaror rivojlanishga qaratilganligini taʼminlash. U quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin:

mahallalardagi muayyan muammolar va imkoniyatlarni aniqlash uchun jamiyat ehtiyojlarini har tomonlama baholash, aralashuvlar aniq maqsadli va taʼsirli boʻlishini taʼminlash;

ijtimoiy ishda mahallalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy ishning professional tizimini yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish;

oilani qoʻllab-quvvatlash xizmatlari, yoshlarni jalb qilish tashabbuslari va jamiyat salomatligi loyihalari kabi aniqlangan ehtiyojlarga javob beradigan ijtimoiy ish boʻyicha innovatsion dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

aholini ijtimoiy ish jarayonlarida faol ishtirok etishi, oʻzaro yordam va u�umiy masʼuliyat madaniyatini yuksaltirish uchun zarur boʻlgan koʻnikma va bilimlar bilan qurollantirish maqsadida mahallalarda seminarlar va oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga koʻmaklashish;

mahallalar doirasidagi ijtimoiy ish uchun infratuzilmani mustahkamlash, jamoat xizmatiga va qoʻllab-quvvatlashga yaxlit va professional yondashuvni taʼminlash uchun mahalliy rahbarlar, tashkilotlar va manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish;

amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qilish va baholash, rivojlanayotgan jamiyat ehtiyojlarini qondirish va mahallalar doirasidagi ijtimoiy ish amaliyotini doimiy ravishda takomillashtirishni taʼminlash uchun strategiyalarni kerak boʻlganda moslashtirish.

2025-yil yanvardan boshlab

Xalqaro yoki donor tashkilotlar grantlari

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Ijtimoiy birdamlik va xulq-atvorni oʻzgartirish yoʻnalishidagi chora-tadbirlar.

Nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari va tibbiyot xodimlari kabi salohiyatli ijtimoiy sheriklarni aniqlash va ular bilan faol hamkorlik qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va stigma, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va samarali muloqotga toʻsiqlar kabi asosiy muammolarni hal qilishga qaratilgan hamkorlik tarmogʻini yaratish;

ijtimoiy va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq boʻlgan stigmani kamaytirishga, jamoatchilik xabardorligini oshirishga va jamiyatning ijobiy meʼyorlarini ilgari surishga qaratilgan dalillarga asoslangan, madaniy jihatdan xatti-harakatlarni oʻzgartirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha keng qamrovli dasturlarni ishga tushirish, jamiyatda taʼlim, huquqiy targʻibot va bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash, barcha bolalar uchun xavfsiz va qoʻllab-quvvatlovchi muhitni taʼminlash;

ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni ragʻbatlantirish uchun xizmatlarning imkoniyat va koʻrinishini yaxshilash, jamiyat aʼzolari bilan samarali bogʻlanish va ularni jalb qilish uchun turli xil aloqa strategiyalari va platformalardan foydalanish, shu bilan qoʻllab-quvvatlash va yordam madaniyatini oshirish;

ijtimoiy oʻzgarishlar va rivojlanish natijalarini taʼminlash, jamiyat aʼzolarining oʻz ehtiyojlarini ifoda etish va barqaror aralashuvlarga hissa qoʻshish imkoniyatini beradigan tadbirlarga jalb qilish uchun rivojlanish uchun aloqa (C4D) strategiyalaridan foydalanish.

2025-yil yanvardan boshlab

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 28-avgustdagi 518-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahrining Mirobod tumani Yangi Zamon 3-tor koʻchasidagi 1-uy manzilida joylashgan binoning muayyan qismini Innovatsion markazga hamda telekanalga tekin foydalanish huquqi asosida 2024-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda joylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekanal Ijtimoiy himoya milliy agentligining buyurtmasiga koʻra oylik efir vaqtining 7 foiz qismiga ijtimoiy himoya sohasidagi hamda telekanal yoʻnalishiga zid boʻlmagan boshqa ijtimoiy axborot hisoblanadigan roliklarni bepul joylashtirilishini taʼminlasin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/350/0441-son; 04.07.2024-y., 06/24/98/0467-son)