Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2175-8]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 319-sonli ““Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-9, 19.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan ayrim vazirlik va idoralarning aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish sohasidagi funksiyalarini optimallashtirish toʻgʻrisida” farmonlari hamda 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-may,
121-son
Kelishildi:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2024-yil 2-may
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi S. SOXIBNAZAROV
2024-yil 13-may
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 17-maydagi 121-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Muqaddima “kompensatsiya” degan soʻzdan keyin “(bundan buyon matnda — kompensatsiya deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 1-bandda:
birinchi xatboshidan “(keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya deb yuritiladi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi orqali pensiya va nafaqalar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda — Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) orqali pensiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, ushbu Nizomning 1-bandi “e” va “z” kichik bandlarida keltirilgan imtiyozli shaxslar tomonidan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza berilganda, arizaga kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilish talab etilmasdan ushbu shaxslarning kompensatsiya olish huquqi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron koʻrinishdagi maʼlumotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining roʻyxati asosida aniqlanadi.”.
5. 11-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga nafaqa oluvchining nafaqa toʻlovi toʻxtatib turilgani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar kelib tushganida;”;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kompensatsiyani toʻlash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan kompensatsiyani toʻlashni tiklash toʻgʻrisida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan kundan boshlab tiklanadi.”.
6. 111-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga nafaqa oluvchining nafaqa toʻlovi toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar kelib tushganida;”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshisi deb hisoblansin.
7. 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda koʻrsatilgan toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Pensiya jamgʻarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.”.
8. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Kompensatsiyalarni tayinlash va toʻlash ustidan nazorat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)