20.06.2024 yildagi 344-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.06.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada aholini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror narxlarda uzluksiz va kafolatli taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qaroriga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik subyektlarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 32,8 mln AQSh dollari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 200 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar 2024-yil 1-iyulga qadar qaytarish sharti bilan tijorat banklariga foizsiz depozitga joylashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik subyektlarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 200 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni tegishli tijorat banklariga ularning soʻrovlariga asosan 2025-yil 1-iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga likvidli garov taʼminoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, guruch, shakar xomashyosi, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4 foiz stavkada ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2024-yil 1-iyulga qadar tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning talablaridan kelib chiqqan holda tegishli shartnomalarni qayta rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2024-y., 09/24/344/0435-son)