1-ILOVA
1-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bandligini va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 60 baravarigacha boʻlgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlar |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot; Ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar hisob-kitobi (smeta). |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Ijtimoiy yordam tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya* tomonidan har yili bir marta oʻtkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Bunda: “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish, shu jumladan ijtimoiy loyihalarni oʻtkazish vaqti, koʻrib chiqish va gʻolib loyihalarni tanlash tartibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir yilda bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam: jismoniy shaxslarga ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar, xomashyo yoki xizmatlar xarid qilib berish orqali ajratiladi; nodavlat tashkilotlarga ish oʻrinlarini yaratish, ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) koʻlamini kengaytirish, xomashyo xarid qilish, loyiha doirasida ishga qabul qilingan shaxslarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi. |
8. | Izoh: | “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida qatnashadigan ijtimoiy loyihalar quyidagi tartibda shakllantiriladi va koʻrib chiqiladi: har bir mahallada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar har yili yanvar oyi yakuniga qadar ushbu mahallada faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimga taqdim etiladi; jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda ijtimoiy xodim tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirish ijtimoiy loyihalar ushbu “mahalla yettiligi” tomonidan har yili fevral oyi yakuniga qadar koʻrib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi; tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya tomonidan har yili 25-martga qadar mahallalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan mahallalar kesimida har bir mahallada yashovchi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bitta loyiha gʻolib deb topiladi. Bunda mazkur pozitsiyaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarini doimiy ish joyi bilan taʼminlashga yoki ularni ijtimoiy faolligini oshirishga (tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sport bilan shugʻullanish, sanʼat va madaniy faoliyat bilan shugʻullanish) qaratilganligi; loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega boʻlish; loyihaning mahallani ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi; jismoniy va yuridik shaxslarning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha boʻyicha tajribaga egaligi; xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi toʻlashga qobiliyatliligi; ish bilan taʼminlash bilan bir qatorda malakasi yetarli boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi. |
2-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha; Jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narxlar doirasida. |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oila Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi; b) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan oilalar uchun — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlariga toʻgʻri kelganda. Bunda, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim; v) yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma)ga koʻra, tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha navbat kamida ikki oy va undan ortiq boʻlganda. Bunda navbat muddati avvalgi bir oyda navbati kelgan bemorlar sonidan kelib chiqib Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hisoblanadi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir yilda bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda: yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan amalga oshiriladi; yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi; yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazilganidan soʻng, Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar 3 ish kuni ichida Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkaziladi; Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi; Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi. |
9. | Izoh: | Mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi. Yordam oluvchilarning hisobi Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida alohida yuritiladi. |
3-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash | ||||||||||||||||||||||||||||||
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Oziq-ovqat mahsulotlari uchun — BHMning 1 baravari miqdorda; Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — BHMning 5 baravari miqdorda. | ||||||||||||||||||||||||||||||
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar. | ||||||||||||||||||||||||||||||
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - | ||||||||||||||||||||||||||||||
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi. | ||||||||||||||||||||||||||||||
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Oziq-ovqat mahsulotlari uchun — har chorakda bir marotaba; Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — bir yilda ikki marotaba. | ||||||||||||||||||||||||||||||
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam quyidagi shakllardan biri orqali koʻrsatiladi: oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilish uchun belgilangan qiymatdagi vaucher ajratiladi; 2025-yil 15-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni xarid qilish tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||
8. | Ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar roʻyxati:* | Oziq-ovqat mahsulotlari ROʻYXATI
Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar ROʻYXATI
|
4-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Ijara toʻlovining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha) |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Ijara shartnomasi nusxasi va ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnoma. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Olti oy davomida har oyda |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur kompensatsiya soliq organlarida hisobga qoʻyilgan ijara shartnomasiga muvofiq yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. |
5-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Uy-joyini taʼmirlash, shu jumladan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Uy-joyini taʼmirlash boʻyicha shartnoma nusxasi (yordam oluvchi uy-joyni taʼmirlash ishlarini oʻzi zimmasiga olgan taqdirda shartnoma talab etilmaydi). | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oila Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi; b) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan oilalar uchun — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlariga toʻgʻri kelganda. Bunda, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Faqat bir marotaba | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | 1. Mazkur yordam boʻyicha qurilish materiallari va taʼmirlash uchun mablagʻlar: a) shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga shartnomaga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan taqdim etiladi. Bunda: “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 15 foizigacha boʻlgan qismi ish haqi va boshqa xarajatlar uchun sarflanadi; shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” tomonidan uy-joyni taʼmirlash imkoni boʻlmagan taqdirda mazkur bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan tartibda yordam oluvchi “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida nazarda tutilgan mablagʻning 85 foizi miqdorida qurilish materiallarini elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali xarid qiladi. Taʼmirlash ishlarini boshlash uchun shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 30 foizi avans sifatida shartnomaga asosan oʻtkazib beriladi; b) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida uy-joyni taʼmirlash ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan taqdirda, yordam oluvchi “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida nazarda tutilgan mablagʻning 85 foizi miqdorida qurilish materiallarini elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali xarid qilishi mumkin. 2. Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” taʼmirlash ishlarini yakunlash “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi hamda taʼmirlash uchun qolgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi. Bunda nuqson dalolatnomasida koʻrsatilgan holatlar toʻliq bartaraf etilmaganda, taʼmirlash ishlari yakunlanmagan hisoblanadi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinmaydi. 3. 2025-yil 15-avgustga qadar qurilish materiallarini xarid qilish tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. | Ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar roʻyxati:* | Uy-joyini taʼmirlash uchun qurilish mahsulotlari ROʻYXATI
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. | Izoh: | a) Uy-joyni joriy taʼmirlash boʻyicha mablagʻlar fuqarolarga quyidagi hollarda ajratiladi: uy-joyining tom qismini taʼmirlash uchun; uy-joyining yashash xonalarini pol qismini taʼmirlash uchun; uy-joyining yashash xonalari va oshxonasining eshik va derazasi yoʻq yoki yaroqsiz holatda boʻlsa yangilash yoki taʼmirlash uchun; uy-joyining hammom yoki hojatxonasi mavjud boʻlmasa yoki taʼmirtalab boʻlsa, yangitdan qurish yoki taʼmirlash maqsadida ajratiladi. Shuningdek, faqat Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun uy-joyini issiqlik saqlovchi maxsus qoplamalar bilan qoplash hamda isitish tizimi uchun xarajatlar qoplab beriladi. Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi. Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatilgan holda uy-joyning foto surʼatlari ilova qilinadi; b) Ushbu yordam turar joyga nisbatan huquq belgilovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino inshootlar kadastr organlari tomonidan hisobga olingan hamda soliq organlari axborot tizimiga soliq toʻlovchi sifatida kiritilgan shaxslarga ham koʻrsatiladi; v) Mazkur yordam yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan uy-joylarni tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash yordamini olgan oila (shaxs)larga koʻrsatilmaydi. |
6-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Kommunal xarajatlarni qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 1 baravarigacha boʻlgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir yilda koʻpi bilan ikki marotaba kuz-qish mavsumida (1-oktabrdan 15-martga qadar) |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam boʻyicha mablagʻlar kommunal xizmatlar boʻyicha taʼminot korxonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi. |
7-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 5 baravarigacha boʻlgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (ariza beruvchi kommunal xizmat boʻyicha hisob raqamini koʻrsatiladi). |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir yilda koʻpi bilan ikki marotaba kuz-qish mavsumida (1-oktabrdan 15-martga qadar) |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Ushbu yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar kommunal xizmatlar boʻyicha taʼminot korxonalariga shartnomaga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi. |
8. | Izoh: | Ushbu pasportga muvofiq yordam miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining hamda tumanlar (shaharlar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin. |
8-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash | ||||||||||
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 2 baravarigacha (tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarda BHMning 3 baravarigacha) | ||||||||||
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar. | ||||||||||
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Yordam oluvchi yashayotgan mahalla tabiiy gaz taʼminoti bilan taʼminlanmaganligi toʻgʻrisidagi asoslovchi hujjat. | ||||||||||
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi; b) yordam oluvchi yashayotgan mahalla tabiiy gaz taʼminoti bilan taʼminlanmaganligi | ||||||||||
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Kuz-qish mavsumida | ||||||||||
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Ushbu yordam boʻyicha yordam oluvchi koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari: elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali; 2025-yil 15-avgustga qadar tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida xarid qilinadi. | ||||||||||
8. | Ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari:* | Koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari ROʻYXATI
| ||||||||||
9. | Izoh: | Mazkur pasportga muvofiq yordam miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining hamda tumanlar (shaharlar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin. |
9-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan uy-joylarni tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) Sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotnoma yoki Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 747-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni aniqlash va baholash boʻyicha ishchi guruh tomonidan tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va baholash boʻyicha tuzilgan dalolatnoma; b) Qurilish mahsuloti yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyekti va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oila Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi; b) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan oilalar uchun — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlariga toʻgʻri kelganda. Bunda, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Zaruratga koʻra, cheklanmagan marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | 1. Mazkur yordam boʻyicha qurilish materiallari va taʼmirlash uchun mablagʻlar: a) shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” shartnomaga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan taqdim etiladi. Bunda “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 15 foizigacha boʻlgan qismi ish haqi va boshqa xarajatlar uchun sarflanadi; Tiklash va taʼmirlash ishlarini boshlash uchun shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 30 foizi avans sifatida shartnomaga asosan oʻtkazib beriladi; b) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida uy-joyni taʼmirlash ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan taqdirda, “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida nazarda tutilgan mablagʻning 85 foizi qurilish materiallari yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi. 2. Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” taʼmirlash ishlarini yakunlash “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi hamda tiklash va taʼmirlash ishlari uchun qolgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi. Bunda nuqson dalolatnomasida koʻrsatilgan holatlar toʻliq bartaraf etilmaganda, taʼmirlash ishlari yakunlanmagan hisoblanadi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinmaydi. |
8. | Izoh: | a) Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi. Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatilgan holda uy-joyning foto surʼatlari ilova qilinadi; b) Ushbu yordam turar joyga nisbatan huquq belgilovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino inshootlar kadastr organlari tomonidan hisobga olingan hamda soliq organlari axborot tizimiga soliq toʻlovchi sifatida kiritilgan shaxslarga ham koʻrsatiladi. |
10-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Fuqarolarning, xususan bolalarning shaxsga doir hujjatlarini rasmiylashtirish uchun shaxslarning kelib chiqishini aniqlashga doir tadbirlar xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Toʻlanishi lozim boʻlgan ekspertiza xarajatlari doirasida |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimi nusxasi; b) odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Faqat bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam tegishli mablagʻlar vakolatli organning qaroriga muvofiq shaxsning kelib chiqishini aniqlashga doir tadbirlarni amalga oshiruvchi tashkilotning hisob raqamlariga oʻtkaziladi. |
11-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda. Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi. |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi. b) yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi; v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boʻlishi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Faqat bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. |
8. | Izoh: | Yordam oluvchi shaxslarga bir martalik toʻlov 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, 30 yoshdan katta boʻlgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan, biroq “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan shaxslar xotin-qizlar faoli yoki yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy muddatda “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritiladi hamda ularga bir martalik toʻlov amalda oshiriladi. |
12-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Koʻp xonadonli turar-joylarda pandus yoki koʻtarish moslamasini oʻrnatish xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 120 baravarigacha boʻlgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan koʻp xonadonli turar-joylarda yashovchi tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (bundan, vaqtincha aravachada harakatlanuvchilar mustasno). |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) tadbirkorlik subyekti va tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (vakili) oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi; b) pandus yoki koʻtarish moslamasini oʻrnatish toʻgʻrisida Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan xulosa. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Ushbu yordam murojaatchi koʻp xonadonli turar-joylarda lifti mavjud koʻp xonadonli turar-joylarda liftgacha boʻlgan birinchi qavatgacha qismiga, shuningdek, lifti boʻlmagan koʻp xonadonli turar-joylarning birinchi qavatgacha qismigacha (tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (vakili) turar-joyning birinchi qavatida yashovchi boʻlgan taqdirda) yashovchi tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (vakili) boʻlganda taqdim etiladi. a) fuqaro yashovchi koʻp qavatli xonadonning kirish qismiga pandus qilish xarajatlari qoplab beriladi; b) pandus qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda lifti mavjud koʻp xonadonli turar-joylarda liftgacha boʻlgan birinchi qavatgacha qismiga, shuningdek, lifti boʻlmagan koʻp xonadonli turar-joylarning birinchi qavatgacha qismigacha (tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (vakili) turar-joyning birinchi qavatida yashovchi boʻlgan taqdirda) koʻtarish moslamasini oʻrnatish. v) koʻtarish moslamasini oʻrnatish boʻyicha xulosa Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etiladi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Faqat bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Maxsus koʻtarish moslamasini oʻrnatish ishlari yakunlangandan soʻng, “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi. Koʻtarish moslamasining texnik xavfsizligi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilot texnik nazoratchisi xulosasi hamda koʻtarish moslamasi haqiqatda oʻrnatilganligi yuzasidan Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining ijobiy xulosasiga asosan, boshqaruv servis kompaniyasi (boshqaruv servis kompaniyasi boʻlmagan taqdirda mahalla fuqarolar yigʻini) balansiga oʻtkazilgandan soʻng, tegishli mablagʻlar tadbirkorlik subyektining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi. |
8. | Izoh: | Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi. Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyga pandus yoki koʻtarish moslamasi oʻrnatish zarurligi aniq koʻrsatilgan holda uy-joyga kirish qismining foto surʼatlari ilova qilinadi. |
2-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddati | |||
|
1-bosqich |
Fuqaro |
Ariza beruvchi onlayn shaklda yoki ijtimoiy xodim orqali murojaat qiladi. |
Xohishiga koʻra | |||
|
2-bosqich |
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi |
1. Ariza beruvchilarning ijtimoiy holati va muammolarini keys-menejment usulidan foydalangan holda aniqlaydi. |
1. Uch ish kunida | |||
|
2. Keys-menejment natijasida oilani “Temir daftar”ga kiritish boʻyicha xulosa qilinganda, tavsiyanoma shakllantiriladi va koʻrib chiqish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi. |
2. Bir ish kunida | |||||
|
3-bosqich |
“Mahalla yettiligi” |
1. Koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. |
1. Uch ish kunida | |||
|
2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida fuqaroni xabardor qiladi. |
2. Bir ish kunida |
3-ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Mexanizm |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Uquv-tarbiya muassasalari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joyga muhtoj sifatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritib boradi. |
Bolani muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish muddati tugashidan bir yil avval | |||
|
2-bosqich |
Agentlikning hududiy boshqarmalari |
1. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joy topadi va baholanishini tashkil etadi. |
1. Yil davomida | |||
|
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun belgilangan tartibda uy-joy sotib oladi. |
2. Uy-joy baholangandan keyin besh kun ichida | |||||
|
3. Uy-joy berish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. |
3. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola 18 yoshga toʻlgan yilda | |||||
|
3-bosqich |
Tuman (shahar) hokimligi |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga berilgan uy-joyga kirib yashashi uchun order beriladi. |
Qaror (buyruq)kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida | |||
|
4-bosqich |
Agentlikning hududiy boshqarmalari |
Tuman (shahar) hokimliklari uy-joyni berish boʻyicha orderda koʻrsatilgan uyni yetim bola nomiga belgilangan tartibda rasmiylashtirib beradi. |
Order olingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida | |||
2-ILOVA
|
Oʻzbekiston Respublikasi ___________________ viloyati hokimligi |
|||||
|
(yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi) |
|||||
|
___________ tumani (shahar) hokimligi |
|||||
|
Uy-joy ajratilganligi toʻgʻrisida |
|||||
|
ORDER |
|||||
|
Mazkur order “______” _________________ ________ yilda tugʻilgan |
|||||
|
_______________________(kun)___________(oy)____________(yil) |
|||||
|
____________________________________________________________________________________________ ga |
|||||
|
(F.I.O.) |
|||||
|
________________ kishidan iborat oilasi (oʻzi) uchun umumiy maydoni ________ kv.m |
|||||
|
boʻlgan ________ xonali uy-joyni ________________________________________________________________ |
|||||
|
mulk huquqi asosida rasmiylashtirish / qurish (rekonstruksiya qilish) |
|||||
|
maqsadida ______________________________________________________________________ asosida berildi. |
|||||
|
(buyruqni qabul qilgan organ, buyruq raqami va sanasi) |
|||||
|
Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari: ________________________________________. |
|||||
|
(seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan) |
|||||
|
Ajratilgan uy-joy manzili: _______________________________________________________________. |
|||||
|
(tuman (shahar), uy, xonadon raqami) |
|||||
|
Uy-joyning qiymati: _____________________________________________________________________. |
|||||
|
(summa soʻz bilan yoziladi) |
|||||
|
Order egasi bilan bir qatorda uy-joyga uning quyidagi oila aʼzolari ham birgalikda yashashi hisobga olingan. |
|||||
|
T/r |
Qarindoshlik darajasi |
F.I.O. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (seriyasi, raqami) |
Tugʻilgan sanasi |
|
|
1. |
turmush oʻrtogʻi |
||||
|
2. |
farzandlar |
||||
|
______________ tumani (shahri) hokimi |
______________________ |
||||
|
QR-kod |
(F.I.O.) |
||||
|
______________________ tumani (shahri) hokimi____________________20____ yil. |
|||||
|
“ |
|||||
|
5. |
Zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
”; |
|
“ |
|||||
|
10. |
Bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
|
”; |
|
“ |
|||||
|
12. |
Bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
|
”; |
|
“ |
|||||
|
17. |
Sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
”; |
|
“ |
|||||
|
18. |
Bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
|
”; |
|
“ |
|||||
|
41. |
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish. |
Hisob-kitobga koʻra |
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
”. |
4-ILOVA