07.05.2024 yildagi 4336-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish ishlarining amalga oshirilish holati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish ishlarining amalga oshirilish holati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etishni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek sohada raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, suv xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar va kompleks tadbirlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi qabul qilindi. Maʼmuriy islohotlar doirasida suv xoʻjaligini boshqarish boʻyicha yaxlit respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tizimi shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlarida suvdan foydalanishda samaradorlikni oshirish, suv resurslarini muhofaza qilish, suv xoʻjaligi sohasida energiyani tejovchi uskunalardan foydalanish, ayniqsa, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori bilan suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda 190 ta irrigatsiya va melioratsiya obyektida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan hamda 959,9 mlrd. soʻm mablagʻ sarflanib, belgilangan vazifalar toʻliq bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, irrigatsiya yoʻnalishida 392,9 km. kanal, 57,7 km. lotok, 19 ta gidrotexnika inshooti, 4,6 km. bosimli quvurlar, 2 ta koʻprik va 60 ta sugʻorish quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 9,1 km. suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida qirgʻoq himoya ishlari bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari melioratsiya yoʻnalishida 230,3 km. ochiq, 156,0 km. yopiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 6 ta vertikal drenaj qudugʻi, 59 ta gidrotexnik inshoot, 58 ta kuzatuv quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarining texnik holati yaxshilanib, 207,6 ming gektar maydonning suv taʼminoti va 105,7 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonining meliorativ holati yaxshilanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkazish maqsadida 2023-yilda 7 339 ta “Aqlli suv”, 2 578 ta “Dayver” va 271 ta nasos qurilmalari oʻrnatilib, 21 ta yirik suv xoʻjaligi obyektining boshqaruv jarayonlari avtomatlashtirilgan. Bunda suv isteʼmolchilari kesimida suvning hisobini va hisobotini yuritish, shuningdek ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun moʻljallangan “Suv hisobi” axborot tizimi yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2024-yilda 215 ta obyektda 1 880,0 mlrd. soʻmlik qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining buyurtmasi boʻyicha hamda Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 3 ta loyiha uchun 385,8 mlrd. soʻm, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ijroiya qoʻmitasining Nukus filiali buyurtmasi boʻyicha 1 ta irrigatsiya obyekti uchun 25 mlrd. soʻm ajratilib, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga tahlillar sohada ayrim kamchiliklar va hal etilishi lozim boʻlgan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yoʻnalishlariga ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmayapti. Ajratilgan mablagʻlar Xorazm, Fargʻona va Navoiy viloyatlarida bor-yoʻgʻi 15 — 25 foizga oʻzlashtirilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi obyektlarida “Aqlli suv” qurilmalari, dayver va nasos qurilmalari hamda avtomatlashtirish ishlari uchun zarur mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilmagan. Buning natijasida 2022-2023-yillarda suv oʻlchash postlarida “Aqlli suv” qurilmalarini oʻrnatish boʻyicha ishlar 49 foizga amalga oshirilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilgan 6 ta irrigatsiya obyekti oʻz vaqtida foydalanishga topshirilmagan. Bu esa hududlarda 145,0 ming gektar yer maydonining suv taʼminotini, shu jumladan 105,9 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonining meliorativ holatini yaxshilash imkoniyatini cheklamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda suv xoʻjaligi obyektlarida oʻrnatilgan raqamli qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy server qurilmasiga ulash orqali masofadan boshqarish yoki kuzatib borish, qurilmalarga masofadan texnik xizmat koʻrsatish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek sohada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosini ham yetarli deb boʻlmaydi. Bundan tashqari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida suv xoʻjaligi obyektlarini xususiy sektorga berish hamda investitsiyaviy majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish va sohadagi mavjud barcha axborot tizimlari maʼlumotlarini yigʻish, umumlashtirish hamda tahlil qilish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish ishlarining amalga oshirilish holati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish borasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yoʻnalishlariga ajratilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida va maqsadli oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda ishlarni belgilangan norma va talablar doirasida tashkil etish hamda ularning oʻz muddatida ishga tushirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda suv xoʻjaligi obyektlarida oʻrnatilgan raqamli qurilmalarni masofadan boshqarish, kuzatib borish, masofadan texnik xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobidan suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan samarali foydalanish hamda aholiga suvni tejovchi texnologiyalar samaradorligi haqida tushuntirish va targʻibot ishlarini samarali yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4336-IV-son