Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 7-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2000-10]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2024-yil 6-iyun,
5-son
Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 6-iyundagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;”.
2. 29-bandda:
yettinchi xatboshi “Obligatsiyalarning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini” degan soʻzlardan keyin “, shu jumladan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni (keyingi oʻrinlarda — yashil korporativ obligatsiyalar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish va muomalasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.”
3. 44-band quyidagi mazmundagi “i” va “k” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“i) Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari tashabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoxud Yevropa qimmatli qogʻozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) tomonidan roʻyxatdan oʻtgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan asos dasturi boʻyicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik toʻgʻrisidagi xulosa nusxasi, shuningdek yashil obligatsiyalarni chiqarish uchun asos dasturi (yashil korporativ obligatsiyalar uchun);
k) korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish maqsadi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy “yashil” taksonomiyasi va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi boʻyicha emitent rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).”
4. 1a-ilova quyidagi mazmundagi 16 — 18-bandlar bilan toʻldirilsin:
“16. Obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻgʻrisida maʼlumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun): ____________
17. Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻgʻrisida maʼlumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun): ________________
18. Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yashil korporativ obligatsiyalar uchun): ______________”.
5. 2b-ilova quyidagi mazmundagi 201 — 203 bandlar bilan toʻldirilsin:
“201. Obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻgʻrisida maʼlumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
202. Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻgʻrisida maʼlumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
203. Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 10/24/2000-10/0410-son)