Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL BENZINI ChAKANA NARXLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-oktabrdagi 509-sonli “Aholiga sotiladigan avtomobil benzini chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari narxlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 3-oktabridan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chakana narxi 1 litri uchun 4 soʻm miqdorida belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi belgilagan roʻyxatlar boʻyicha urush qatnashchilari va faxriylari, urush va mehnat nogironlariga oyiga belgilangan 50 litr avtobenzin chakana narxlarning 50 foizi darajasida imtiyozli narxlarda sotish normasi saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi benzinning yangi chakana narxlari preyskurantini tasdiqlasin va uni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin.
4. “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, uning joylardagi organlari avtomobil benzinini naqd pulga sotadigan avtomobil benzini quyish stansiyalaridagi avtomobil benzin qoldiqlarini 1994-yil 3-oktabrdagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar hamda qayta baholashdan tushgan mablagʻlarni oʻzlarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-sentabrdagi 443-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 1-oktabr,
493-son