Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3516]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-may,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 16-maydagi 9-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son (roʻyxat raqami 3363, 2022-yil 19-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 10/22/3363/0322-son, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son) buyrugʻi bilan tasdiqlangan Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalarida:
4 va 6-bandlardagi “Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish” degan soʻzlar “Transport nazorati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4 va 6-bandlardan “Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-son “Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 3376, 2022-yil 27-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3376/0682-son):
a) muqaddimadagi “2019-yil 19-apreldagi 337-son “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” degan soʻzlar “2023-yil 15-dekabrdagi 668-son “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) Nizomda:
15-band, 17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 19-bandning yettinchi xatboshisi, 31-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 32-bandning ikkinchi xatboshisi, 34 va 35-bandlardagi “Oʻztemiryoʻlnazorat” degan soʻzlar “Transport nazorati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish” hamda “filiallari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Transport nazorati” hamda “boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 10/24/3516/0397-son)