Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
qarori
“Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1989-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-son “Geografik obyektlarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 16-iyundagi 07-125 va 64-son qarori (roʻyxat raqami 1989, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 354-modda) bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-may,
5-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-may,
119-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2024-yil 25-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 20-maydagi 5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 6-maydagi 119-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma obodonlashtirish sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda sarflanadigan vaqt meʼyorlari va xizmat koʻrsatish hududlaridan kelib chiqqan holda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb yuritiladi) xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilaydi.”.
2. 3-banddagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovadagi “shahar tipidagi posyolkada” degan soʻzlar “shaharchada” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 10/24/1989-3/0394-son)