Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PAXTA TOLASI VA PAXTA TOZALASh SANOATI ChIQINDILARINI SoTISh NARXLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-sentabrdagi 373-sonli “Paxta mahsulotini sotish narxlari va budjet bilan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yil hosilidan boshlab “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining paxta tolasi va paxta tozalash sanoati chiqindilari (lint, momiq, oʻlik paxta)ning barcha isteʼmolchilari bilan hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻmga aylantirilgan jahon narxlarida amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 5 kun muddatda “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining jahon narxlarida sotiladigan paxta tolasi va paxta tozalash sanoati chiqindilari uchun respublika budjeti bilan hisob-kitoblari tartibiga oʻzgartirishlar kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 13-sentabr,
461-son