Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2022 22.03.1994 yildagi 153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2022
Hujjat 23.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar birlashmalarini DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda; )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmonining 12-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar, aksionerlik jamiyatlari va boshqalar), mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, 1994-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida davlat roʻyxatidan oʻtishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtmagan xoʻjalik birlashmalarining faoliyati noqonuniy hisoblanadi hamda ularning daromadi tegishli budjetga musodara qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat koʻrsatayotgan barcha xoʻjalik birlashmalarining 1994-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtishlarini taʼminlash majburiyatlarini yuklasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR hududidagi Nizomning 1-bandidan “birlashmalar” soʻzi chiqarib tashlansin (OʻzSSR, QT, 1991, 6-son, 19-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 22-martdagi
153-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-yil 15-16-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini nazarda tutadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 15-16 -son , 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslar birlashmalari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslar birlashmasi deyilganda qatnashchilari ikki yoki undan koʻp maʼmuriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan birlashma tushuniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlardagi yuridik shaxslar birlashmalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgust 347-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslar birlashmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza va belgilangan shakldagi roʻyxatga olish kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taʼsis shartnomasi va Ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis shartnomasi va ustav (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
(4-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yuridik shaxslar birlashmasini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxslar birlashmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun eng kam ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Olingan mablagʻning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolganlari respublika (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganda) yoki mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis hujjatlari oʻzgarganda yoki ularga qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmasi qayta tashkil etilganda qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi, buning uchun roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlangan summaning yarmi miqdorida davlat boji undiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarur hujjatlar ilova qilingan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza taqdim etilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-avgust 2001-yil 347-sonli qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotdi— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Faoliyat koʻrsatib turgan yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlgan taʼsis hujjatlari taqdim etilganligi munosabati bilan uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganda, roʻyxatga oluvchi bu haqda hisob-kitob operatsiyalarini toʻxtatish uchun mablagʻ bilan taʼminlovchi bankka maʼlum qiladi. Yuridik shaxslar birlashmasini tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-avgustdagi 2001-yil 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi roʻyxatga oluvchi organ sifatida yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan oʻzlarining taʼsis shartnomalari va ustavlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga rioya qilinmaganda (korxonalarning xoʻjalik faoliyatiga aralashish va boshqalar) roʻyxatga oluvchi organ birlashmadan iqtisodiy sud orqali eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarima undirib olishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvolar bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuridik shaxslar birlashmalari ulardan jarima undirib olingandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsa hamda taʼsis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqsa, roʻyxatga oluvchi organ ularni tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqlidir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki asosiy faoliyat turlarida oʻzgartishlar yuz bergan taqdirda, ular bir hafta muddatda roʻyxatdan oʻtkazgan organga qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuridik shaxslar birlashmalari vakolatli davlat organlarini oʻzlarining pochta manzillari oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik uchun yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)