Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar birlashmalarini, aksiyadorlik jamiyatlarini DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmonining 12-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yuridik shaxslar birlashmalarini, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar, aksionerlik jamiyatlari va boshqalar), mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, 1994-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida davlat roʻyxatidan oʻtishlari kerak.
Belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtmagan xoʻjalik birlashmalarining faoliyati noqonuniy hisoblanadi hamda ularning daromadi tegishli budjetga musodara qilinadi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat koʻrsatayotgan barcha xoʻjalik birlashmalarining 1994-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtishlarini taʼminlash majburiyatlarini yuklasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR hududidagi Nizomning 1-bandidan “birlashmalar” soʻzi chiqarib tashlansin (OʻzSSR, QT, 1991, 6-son, 19-modda).
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 22-mart,
153-son
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar birlashmalari aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslar birlashmalari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar birlashmalari va aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslar birlashmasi deyilganda qatnashchilari ikki yoki undan koʻp maʼmuriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan birlashma tushuniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlardagi yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yuridik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) yuridik shaxslar birlashmasi, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
b) taʼsis shartnomasi va Ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni;
taʼsis shartnomasi va Ustavning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari, tovar belgisi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
g) korxonaning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi mahalliy organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
d) yuridik shaxs birlashmasi, aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun belgilangan miqdorda yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
e) savdo va savdo-vositachilik korxonalari yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlardan tashqari oʻzlarida oʻz ustav faoliyatiga muvofiq savdo, omborxona maydonlari va asbob-uskunalar, shu jumladan, chakana savdo korxonalari — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni sotib olish yoxud ijaraga olish uchun mablagʻlari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yuridik shaxslar birlashmasi, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun eng kam ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Olingan mablagʻning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolganlari respublika (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganda) yoki mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
Taʼsis hujjatlari oʻzgarganda yoki ularga qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmasi, aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etilganda qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi, buning uchun roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlangan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda )
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarur hujjatlar ilova qilingan holda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza olingan paytdan boshlab 30 kundan kechikmay amalga oshiriladi. Davlat roʻyxatiga olganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga olingandan keyin 10 kun muddatda korxona joylashgan joydagi soliq organlariga maʼlum qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat hokimlarining adliya boshqarmalari davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlarining 1-ilovaga muvofiq reyestrini yuritadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Roʻyxatga olingan yuridik shaxs birlashmasi aksiyadorlik jamiyatiga roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi (2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Faoliyat koʻrsatib turgan yuridik shaxslar birlashmasi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlgan taʼsis hujjatlari taqdim etilganligi munosabati bilan uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganda, roʻyxatga oluvchi bu haqda hisob-kitob operatsiyalarini toʻxtatish uchun mablagʻ bilan taʼminlovchi bankka maʼlum qiladi. Yuridik shaxslar birlashmasi, aksiyadorlik jamiyatini tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda )
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi roʻyxatga oluvchi organ sifatida yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻzlarining taʼsis shartnomalari va ustavlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan taʼsis hujjatlariga rioya qilinmaganda (korxonalarning xoʻjalik faoliyatiga aralashish, ustavda nazarda tutilmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanish va boshqalar) roʻyxatga oluvchi organ birlashmadan xoʻjalik sudi orqali eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida jarima undirib olishga haqlidir.
Jarima respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvolar bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Agar yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari ulardan jarima undirib olingandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsalar hamda taʼsis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqsalar, roʻyxatga oluvchi organ ularni tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari qayta tashkil etilgan yoki ularning tuzilmasida, shuningdek faoliyat turlarida oʻzgartishlar yuz bergan taqdirda, ular bir hafta muddatda roʻyxatdan oʻtkazgan organga qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda )
Oldingi tahrirga qarang.
11. Yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari vakolatli davlat organlarini oʻzlarining pochta manzillari oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik uchun yuridik shaxslar birlashmalari aksiyadorlik jamiyatlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin bir yil oʻtgach aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis hujjatlarida maʼlum qilingan ustav jamgʻarmasini shakllantirish tugallanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamgʻarmasi shakllantirilmagan biroq belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiyaga aksiyadorlik jamiyatlari bundan buyon faoliyat koʻrsatishini maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori asosida 11-band bilan toʻldirilgan.)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur nizom xorijiy investitsiya ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlariga, shuningdek, davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlariga joriy etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda va 12-band deb hisoblangan)
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 22-martdagi 153-son qaroriga
1-ILOVA
1994-yil 22-martdagi 153-son qaroriga
1-ILOVA
| hududidagi xoʻjalik birlashmalarining | |||
|
REESTRI | |||
| Reyestr №________________ | Reyestr varaqasi__________________ | ||
| Xoʻjalik birlashmasining nomi_________________________________________ | |||
| _____________________________________________________________________ | |||
| _____________________________________________________________________ | |||
| Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana 199______yil “__________” ____________________ | |||
| | |||
|
Qayd etish № va reyestrga kiritilgan sana |
Faoliyat turi |
Xoʻjalik birlashmasining manzili |
Tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 22-martdagi 153-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 22-martdagi 153-son qaroriga
2-ILOVA
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI | |
|
Xoʻjalik birlashmasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida | |
|
GUVOHNOMA | |
| 199____yil “_____” __________________ | |
| Mazkur guvohnoma __________________________________________________da | |
|
(adliya organining nomi) | |
| Roʻyxatga olingan__________________________________________________ga | |
| berildi. | |
| Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana |
Reyestr |
| 199____yil “_____” __________________ | №_________ |
Keyingi tahrirga qarang.