18.05.2024 yildagi SQ-910-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yildagi faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bank tizimini isloh qilish borasidagi qaror va farmonlarida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank inflyatsiyani jilovlash hamda bank tizimining moliyaviy barqarorligini maqbul darajada taʼminlash, kelib chiqishi mumkin boʻlgan xatarlarning banklar kapitali va likvidligiga salbiy taʼsirlarini minimallashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzaro muvofiqlashgan pul-kredit va makroprudensial siyosat olib borgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda “nisbatan qatʼiy” pul-kredit sharoitlari taʼminlanib, ijobiy real foiz stavkalari shakllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, tijorat banklarida milliy valyutadagi depozitlar qoldigʻi 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, qariyb 170 trln soʻmni, jismoniy shaxslarning depozitlari qoldigʻi 1,4 barobarga oʻsib, 64 trln soʻmni, yuridik shaxslarning depozitlari qoldigʻi esa 1,2 barobarga oshib, 106 trln soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilining I choragidan boshlab inflyatsiya darajasi pasayib, 2023-yilning mart oyidan asosiy stavka 15 foizdan 14 foizga tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu chora-tadbirlar pul-kredit sohasidagi inflyatsiya darajasi oʻsishini jilovlashga imkon berdi. Natijada 2023-yil yakunlari boʻyicha inflyatsiya darajasi 5,3 foiz bandga pasayib, 8,5 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroprudensial choralar natijasida 2023-yil yakunlari boʻyicha bank tizimida tartibga soluvchi kapital miqdori 106 trln soʻmni va tavakkalchilikka tortilgan aktivlar 604 trln soʻmni, kapital yetarlilik koʻrsatkichi 17,5 foizni (minimal talab 13 foiz) tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun 251,4 trln soʻm yoki 2022-yilga nisbatan 24 foiz koʻp kredit mablagʻlari yoʻnaltirilib, jami kredit qoʻyilmalari qoldigʻi 497 trln soʻmga yetgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga ajratilgan kredit qoʻyilmalari qoldigʻi 2022-yilga nisbatan 47 foizga (148,2 trln soʻm), tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kredit qoʻyilmalari 15,3 foizga oʻsib, 348,5 trln soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tijorat banklari tomonidan 472 mingdan ortiq loyihaga jami 10 trln soʻmga yaqin imtiyozli kreditlar ajratilgan. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tijorat banklari tomonidan 472 mingdan ortiq loyihaga jami 10 trln soʻmga yaqin imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida banklar tomonidan aktivlar boʻyicha 13,1 trln soʻmlik qoʻshimcha zaxiralar yaratilgan hamda muammoli kreditlarni zaxiralar bilan qoplash darajasi 4 foizga oshib, 2024-yilning 1-yanvar holatiga 85 foizga yetgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankomatlar orqali bank kartalaridan muqobil foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Humo” va “Uzcard” bankomatlar tarmogʻi oʻzaro integratsiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil ilovalardan foydalanish, shuningdek, pul mablagʻlari bilan bogʻliq jarayonlarni amalga oshirishda mijozlarni biometrik identifikatsiyadan oʻtkazish va pul oʻtkazmalarini tasdiqlash boʻyicha qoʻshimcha xavfsizlik talablari joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganishlar Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish ishlari yetarli emasligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi “Aholi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-88-sonli qarorida belgilangan “Humo” va “Uzcard” toʻlov terminallari tizimini integratsiya qilish ishlari hisobot yili yakuniga qadar oxiriga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kartalaridan pul mablagʻlari noqonuniy yechilishining oldini olish va toʻlov tizimlari xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan bir qator taʼsirchan choralar koʻrilgan boʻlsa-da, fuqarolarning bank kartalaridan turli firibgarlik yoʻllari bilan mablagʻlarni oʻzlashtirish holatlariga barham berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlardagi muammoli kreditlarning undirilishi samaradorligi past boʻlib, ularning umumiy kredit portfelidagi ulushi 2022-yilda 3,6 foizni va 2023-yilda 3,5 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2024-yilda oʻtgan yilgi darajada saqlanib qolingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament nazorati doirasida oʻtkazilgan oʻrganishda Buxoro viloyatida muammoli kreditlar 2023-yilda 327,1 mlrd soʻmga (132 foizga) oʻsganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijroda boʻlgan 395,6 mlrd soʻm 3 oydan ortiq vaqt davomida undirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat tijorat banklarining garov mulki hisobidan balansiga olingan 162,4 mlrd soʻmlik 100 ta mol-mulkdan 161,1 mlrd soʻmlik 93 tasi bir yildan ortiq muddatdan buyon sotilmasdan turgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishi hisobiga xarid qilish uchun mahsulot va xizmatlarni taklif etuvchi “marketpleys” tizimida mahsulotlar oʻrtacha 23 foizga qimmat narxda sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 123 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatining faqat 58 tasida naqd pulda, 57 tasida esa plastik karta orqali xorijiy valyutani sotib olish imkoniyati yaratilgan, biroq bir vaqtda ham naqd pul, ham naqdsiz pul qabul qilish imkoniyatiga ega bankomatlar bilan taʼminlash choralari koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) narxlar barqarorligini taʼminlash hamda pul-kredit siyosati transmissiyasini takomillashtirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul-kredit sharoitlari ichki va tashqi makroiqtisodiy jarayonlarga mos holatda shakllanishini taʼminlash hamda iqtisodiyotda bazaviy inflyatsiya darajasini yillik 7-8 foizgacha pasaytirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy stavka boʻyicha qarorlarning iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga taʼsiri samaradorligini oshirish va pul bozorida ijobiy 3-4 foizlik real stavkalar shakllanishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inflyatsiyani pasaytirishga va uning prognoz koʻrsatkichlari doirasida jilovlashga qaratilgan kommunikatsion siyosatni muntazam takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank tizimi barqarorligini taʼminlashda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda makroprudensial siyosat choralarini kuchaytirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya sektorini baholash dasturi (FSAP) asosida kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish tizimining Bazel talablariga muvofiqligi yuzasidan baholash oʻtkazilishini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli ahamiyatga ega banklarning kredit, likvidlilik, operatsion va bozor xatarlariga bardoshlilik holatini risk-profilini baholash asosida davriy ravishda baholasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan prudensial meʼyorlarga rioya etilishi, aktivlar sifatining toʻgʻri tasniflanishi, ular boʻyicha zaxiralar yaratilishi hamda kreditlarning undirilishi holatini doimiy ravishda nazorat qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tizimining eng yirik 50 ta qarz oluvchi kredit tavakkalchiliklari va ularning banklar moliyaviy barqarorligiga taʼsirini oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda kengaytirish istagidagi xotin-qizlarga biznes loyihalarni sifatli ishlab chiqishda har tomonlama koʻmaklashish hamda kreditlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratib tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirib borsin va muammolarni tezkor hamda samarali hal qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) toʻlov tizimlari barqaror ishlashini taʼminlash va xizmatlar koʻlamini kengaytirish hamda pul mablagʻlari firibgarlik yoʻli bilan yechilishining oldini olishga qaratilgan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzcard” va “Humo” milliy toʻlov tizimlari toʻlov terminallari tarmogʻining oʻzaro integratsiyasini amalga oshirish hisobiga aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun har ikkala tizimdan muqobil foydalanish imkoniyatlarini yaratish ishlarini 2024-yil oxiriga qadar yakunlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan raqamli identifikatsiya qilish tizimi (Face ID) orqali identifikatsiyadan oʻtgan mijozlar koʻlami Markaziy bankda markazlashgan biometrik identifikatsiya tizimini joriy qilish hisobiga 2024-yil yakuniga qadar 1,3 barobarga (8,5 mln taga) oshishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosida joylarda oʻrnatilgan bankomat, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish kioskasi va avtomatlashtirilgan depozit mashinalari sonini 2024-yil boshidagi koʻrsatkichga nisbatan 1 ming donaga oshirgan holda yil yakuniga kelib, 27,7 ming donaga yetkazish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasi hamda bank siri maʼlumotlari firibgarlik maqsadlarida foydalanish uchun Internet tarmogʻidagi axborot resurslarida tarqatilishidan xabardor boʻlish hamda ularni monitoring qilish boʻyicha Markaziy bankda zamonaviy dasturiy vositalarni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlari doirasida shakllanishini taʼminlash maqsadida nomonetar omillarning inflyatsiyaga taʼsirini muntazam kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari salohiyati va unumdorligini hamda isteʼmol bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan choralarning natijadorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmining (maxsus eksportsiz) barqaror (yiliga 25 — 30 foiz) yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “marketpleys” tizimida ishtirok etadigan mahsulot yetkazib beruvchilarga qoʻyiladigan talablarni koʻrib chiqib, shaffof va ochiq mahsulotlar savdosini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda “marketpleys” tizimida mahsulotlar narxi asossiz oʻsishining oldini olish va hududdagi ichki bozor narxiga mutanosib boʻlishini platforma orqali nazorat qilish tizimini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda mavjud muammoli kreditlarni undirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ijroda boʻlgan banklar foydasiga undiruv bilan bogʻliq ishlar ijrosini taʼminlash choralarini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga davlat dasturlari doirasida kredit ajratilishi va ulardan samarali foydalanish holati ustidan doimiy deputatlik nazoratini oʻrnatib, dasturlar doirasida ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi, loyihalarning ishga tushirilishi borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmalari rahbari axborotini eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining barcha qoʻmitalari 2024-yil yakuniga qadar har chorakda joylarda yangi ish oʻrinlari yaratish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar, xotin-qizlar biznesini rivojlantirish kabi yoʻnalishlarga kreditlar ajratilishi va ularning maqsadli sarflanishi bilan bogʻliq muhim masalalarni taalluqliligi boʻyicha qoʻmitalar majlislarida muhokama qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov) mazkur Qaror ijrosi yuzasidan 2025-yilning 15-fevraliga qadar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-910-IV-son