20.05.2024 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob hamda nodir madaniy merosni asrab-avaylash, moddiy madaniy meros obyektlari hamda YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlar va hududlarni ishonchli muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, ulardan oqilona foydalanish hamda yurtimizda sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning oʻrni va ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi uch oy muddatda Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi faoliyatini toʻliq raqamlashtirish maqsadida elektron platforma ishlab chiqsin va uning ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi elektron platformaning egasi (buyurtmachisi) boʻlishi hamda mazkur elektron platformani ishlab chiqish, ishga tushirish va uni doimiy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-son qaroriga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

T.K. Kuziyev

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi

2.

I.Sh. Yusupov

“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi” direksiyasining Qashqadaryo viloyati restavratsiya markazi direktori, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

Sh.R. Pidayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti direktori, tarix fanlari nomzodi, tarixchi-arxeolog

4.

M.M. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Ya. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti direktori

5.

F.H. Usmonov

“Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi Muhandislik-konstruktorlik boʻlimi boshligi, loyiha bosh konstruktori

6.

M.N. Mumin-Axunova

“Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi Fargʻona vodiysi boʻyicha loyihalash boʻlimi boshligi, bosh arxitektor loyihachi

7.

X.T. Sultonov

“Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi Shaharsozlik, arxeologiya va arxitektura tarixi boʻlimi boshligʻi, arxeolog

8.

B.K. Raxmanov

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish muhandisligi texnologiyasi kafedrasi dotsenti

9.

A.E. Kuranov

“ARCHISAD ENGINEERING AND DESIGN” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh arxitektori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktoriga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda 3 nafargacha Kengash aʼzosini oʻzgartirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-son qaroriga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi toʻgʻrisida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish, shuningdek, Kengashda murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy madaniy meros obyektlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni ilmiy jihatdan koʻrib chiqish, ularni hal etish boʻyicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari, ularda rejalashtirilgan asrashga doir ishlarni obyektning tarixiy-madaniy ahamiyati hamda noyobligiga putur yetkazmagan holda texnologiya va materiallarning qoʻllanilishi boʻyicha tegishli xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarining oldini olish boʻyicha ilmiy-ekspertlik takliflarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy ahamiyatiga koʻra YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarni (hududlarni) ishonchli muhofaza qilish, ushbu hududlarda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini ularning umumbashariy bemisl qiymatiga salbiy taʼsir etmagan holda amalga oshirish boʻyicha ilmiy xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini (ularning qismlarini) tarixiy-madaniy ahamiyatidan kelib chiqib, Madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxatiga kiritish yoki undan chiqarish boʻyicha xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarining tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qiymatiga salbiy taʼsir qilmasligini taʼminlash maqsadida ulardan foydalanish maqsadlari va shartlarini tasdiqlash yoki yetarli darajada asoslantirgan holda tasdiqlashni rad etishga doir masalalar yuzasidan xulosalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari tarixiy-madaniy ekspertiza xulosalarini tasdiqlash, davlat sud ekspertizasi xulosalari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash amaliyotini koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazishga oid loyihalarga xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hamda tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) qurilish-montaj, obodonlashtirish hamda tarixiy-madaniy qiymatga ega boʻlmagan bino va inshootlarni buzish ishlari va yerdan foydalanish loyihalariga xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) boshqaruv rejalariga xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) qoʻriqlanadigan tegralari loyihalariga xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlariga ularning turi va joylashuvidan kelib chiqib, muhofaza belgilari namunalarini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kengashning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Agentlik tomonidan tashkil etiladigan hayʼat yigʻilishlarida va hududlardagi sayyor yigʻilishlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallarni vazirlik va idoralar, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlardan soʻrab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengashga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning yigʻilish kun tartibiga kiritilgan materiallarni adolatli va xolisona koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning yigʻilish kun tartibiga kiritilgan materiallarni koʻrib chiqishda madaniy meros obyektlari muhofazasi va saqlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO Umumjahon merosi markazining tavsiyalari va Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablari bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan hududlar va YUNESKO Umumjahon merosi hududlari tarixiy qiyofasini saqlab qolish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash xulosalarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kengash tarkibini tasdiqlash va uning faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash tarkibiga rais, uning oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarix, meʼmorchilik, moddiy madaniy meros sohasida ilmiy, amaliy tajribaga ega boʻlgan 9-11 nafargacha olim va yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi va tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlikning hududiy boshqarmalari huzurida Ilmiy-maslahat kengashlari tashkil etiladi va ushbu kengashlarning tarkibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash raisi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishlariga raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash nomidan hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kengashning samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning raisi boʻlmagan taqdirda, uning vakolatlari va majburiyatlarini rais oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash raisi oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais yoʻqligida Kengashning yigʻilishlarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kengashning vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash ishini samarali tashkil etish boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik direktorining tegishli buyrugʻiga asosan Agentlikning Kengash faoliyatiga masʼul xodimi Kengash masʼul kotibi vazifasini bajaradi va Kengash tarkibiga kirmaydi hamda ovoz berish vakolatiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash masʼul kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashda koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalar boʻyicha barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, Agentlik xodimlaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, kun tartibiga muvofiq Kengash sayyor yigʻilishi oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash sayyor yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini Kengash raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni Kengash yigʻilishi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida oldindan xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kengash yigʻilishining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Kengash aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga tanishtirilishini taʼminlaydi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning yigʻilishlari va kun tartibidagi masalalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish uchun Agentlikka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagi holatlarda Kengash raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolari Kengash tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibidan chiqish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik, shuningdek, jamiyatda oʻrnatilgan odob-axloq qoidalari hamda umumeʼtirof etilgan normalarni qoʻpol ravishda buzuvchi va Kengash aʼzosi nomiga dogʻ tushiruvchi hamda Kengash obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini uzrli sabablarsiz uch oydan ortiq muntazam ravishda bajarmaganda, shu jumladan, Kengash yigʻilishlarida ishtirok etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etilganda;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash aʼzolari uning yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

16. Kengash aʼzolari va kotibiga Agentlikning budjetdan tashqari Madaniy meros jamgʻarmasi hisobidan har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining uch baravari miqdorida haq toʻlanadi, Kengash aʼzolari tarkibiga kiritilgan Agentlik boshqaruv xodimlari bundan mustasno.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash yigʻilishlarida va Kengashda koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalar yuzasidan uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganligi yoki ovoz bermaganligi uchun Kengash aʼzolariga toʻlanadigan haqning 30 foizi toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bunda Kengashda koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalar yuzasidan Kengash yigʻilishlarida ketma-ket uch marta ishtirok etmaslik yoki ovoz bermaslik ularga belgilangan toʻlovlar toʻlanmasligi hamda aʼzolikdan chiqarish masalasini koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengash qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring yuritish va uning natijalarini tahlil qilish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqiy taʼsir choralari koʻrilishini taʼminlash Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kengash yigʻilishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash yigʻilishlarini Kengash raisi olib boradi, Kengash raisi qatnashmagan hollarda uning topshirigʻiga koʻra yigʻilishni rais oʻrinbosari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishlari bir oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengashning navbatdan tashqari yigʻilishi Kengash aʼzolarining uchdan bir qismining yozma murojaati yoki Agentlikning soʻrovi asosida chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

21. Kengash yigʻilishlarining kun tartibi, shuningdek, ularni oʻtkazish joyi va vaqti Kengash raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra rais oʻrinbosari tomonidan belgilanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt, sana, joy va kun tartibi Kengash aʼzolari eʼtiboriga yigʻilish boʻlishidan kamida uch kun oldin yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yigʻilishlar Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda (kvorum), vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Kengash yigʻilishi oʻn kun muddatdan keyin takroran oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kengash qarorlari yigʻilishda qatnashayotgan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, yigʻilishga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kengash aʼzolari ovoz berish jarayonida betaraf qolishga haqli emas. Kengash qaroridan rozi boʻlmagan Kengash aʼzolari oʻzining alohida fikrini bayon qilishga haqli.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishida ishtirok etish imkoni boʻlmagan holatlarda, uning aʼzosi yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri yigʻilishda koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kengash yigʻilishi qarorlarining mazmuni (sharhi) ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

25. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlar mavjud materiallar Kengashning yopiq yigʻilishlarida Kengashning vakolatli aʼzolari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kengash yigʻilishlariga boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari, ommaviy axborot vositalari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kengash yigʻilishlari onlayn, offlayn, sayyor yoki aralash shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

28. Kengash yigʻilishi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan Kengash aʼzolarining takliflari va Kengash raisining topshirigʻi asosida shakllantiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kengash yigʻilishida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kengash yigʻilishining bayonnomasi kotib hamda har bir Kengash aʼzosi tomonidan imzolanib, yigʻilishga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va tasdiqlangan kundan boshlab uch ish kunida Agentlikka, Kengash aʼzolariga hamda manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

30. Agentlik Kengashning qabul qilgan qaroriga qoʻshilmagan hollarda, Kengash qarorini olgan kundan boshlab oʻn kundan kechikmay unga asoslantirilgan taklif va eʼtirozini yozma shaklda taqdim etadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash Agentlik tomonidan berilgan taklif va eʼtirozlarni oʻn kun muddatda navbatdagi Kengash yigʻilishining kun tartibida koʻrib chiqadi va yakuniy qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kengash bayonnomalari Agentlik tomonidan roʻyxatga olinadi va saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kengashda koʻrib chiqish uchun kiritilgan barcha murojaatlar Agentlik tomonidan roʻyxatga olinadi va Kengash masʼul kotibiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

33. Kengash bayonnomalaridan koʻchirmalar alohida roʻyxatga olinadi va Kengash raisi tomonidan imzolanadi hamda Agentlik muhri bilan tasdiqlangan holda manfaatdor shaxslarga yuboriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kengash qarorlaridan norozi boʻlgan tomonlar 10 kun muddatda Kengash qarorlari ustidan Agentlikka shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Kengashda murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kengashda murojaatlar ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) Agentlikning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron axborot tizimi) orqali, jumladan quyidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektini davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritish va chiqarish;

moddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish;

aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini koʻrib chiqish;

moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazishga oid loyihalarni koʻrib chiqish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hamda tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) qurilish-montaj, obodonlashtirish va tarixiy-madaniy qiymatga ega boʻlmagan bino va inshootlarni buzish ishlari va yerdan foydalanish loyihalarini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Arizada kuyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan yeri, pochta manzili, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — ariza beruvchining FIO, JSHSHIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

loyihada koʻrsatilgan obyektning kadastr yigʻmajildi (agar mavjud boʻlsa);

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya madaniy meros obyektlarining muhofaza tegralarida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan arxeolog xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi majburiy hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning fasad qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va uning atrofining mavjud holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻcha razvyortkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirqim (razrez);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

bosh reja (M 1:500 masshtabda);

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalardagi mavjud holat rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ariza beruvchi murojaat qilgan kunning oʻzida ushbu murojaatni koʻrib chiqish va tegishli xulosa berish uchun Agentlikning budjetdan tashqari Madaniy meros jamgʻarmasiga quyidagi miqdorlardagi toʻlovni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlarini oʻtkazishga oid loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzishga oid loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — BHMning 1 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moddiy madaniy meros obyektini davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritish va chiqarish uchun — BHMning 50 %;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) moddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazishda respublika toifasidagi obyektlar uchun-BHMning 7 baravari, mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 4 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

d) aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini koʻrib chiqish va ularga xulosa berish uchun — BHMning 5 baravari.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlarini davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritish va chiqarish, shuningdek, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan loyihalar boʻyicha toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Murojaatchi tomonidan belgilangan toʻlov toʻliq toʻlanmaganligi murojaatni koʻrib chiqishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agentlik murojaat kelib tushganidan keyin bir ish kuni ichida arizani elektron axborot tizimi orqali tegishliligi boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy-maslahat kengashlari)ga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

42. Ilmiy-maslahat kengashlari ariza kelib tushganidan boshlab 7 ish kuni ichida (qushimcha oʻrganish talab etilganda 14 ish kunigacha) loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini hamda obyektni joyiga chiqqan holda oʻrganadi, taqdim etilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarida xato-kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, ularni bartaraf etishda maslahat hamda amaliy yordam koʻrsatadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-maslahat kengashlari oʻrganish natijalari yuzasidan oʻz xulosasini Kengashga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kengash murojaatni Ilmiy-maslahat kengashi xulosasi hamda quyidagilarga asosan koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy adabiyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO Umumjahon merosi markazining tavsiyalari va Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy meʼmorchilik maktablari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

44. Kengash Ilmiy-maslahat kengashi xulosasi kelib tushgandan boshlab 7 ish kuni ichida (qushimcha oʻrganish talab etilganda 14 ish kunigacha) arizada koʻrsatilgan masalalar boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi (xulosa beradi).

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kengash kotibi Kengashning tegishli qarori qabul qilingandan boshlab bir ish kuni ichida qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga elektron axborot tizimi orqali elektron shaklda yoki ariza beruvchining talabiga koʻra qogʻoz shaklida pochta orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Kengash faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Agentlik tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kengash faoliyatiga vazirlik va idoralarning boshqa mansabdor shaxslari, shuningdek, boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

48. Kengash faoliyati uning Nizomiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi Agentlik direktori tomonidan nazorat qilinadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashida murojaatlarni koʻrib chiqish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

(yuridik yoki jismoniy shaxs)

1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik) avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — AAT) orqali quyidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha murojaat qiladi:

moddiy madaniy meros obyektini davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritish va chiqarish;

moddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish;

aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini koʻrib chiqish;

moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari;

moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazishga oid loyihalar;

alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hamda tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) qurilish-montaj, obodonlashtirish va tarixiy-madaniy qiymatga ega boʻlmagan bino va inshootlarni buzish ishlari va yerdan foydalanish loyihalari.

1. Zaruratga koʻra

2. Murojaatni koʻrib chiqish va tegishli xulosa berish uchun zarur toʻlovlarni amalga oshiradi.

2. Murojaat qilgan kunning oʻzida

2-bosqich

Agentlik

Murojaat kelib tushganidan keyin Agentlikning Ilmiy-ekspert kengashi (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy-ekspert kengashi) kotibi arizani AAT orqali tegishliligi boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashlariga yuboradi.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Agentlikning hududiy boshqarmalari

1. Hududiy boshqarma huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi ariza kelib tushganidan keyin loyihaoldi, loyiha-smeta hujjatlarini va obyektni joyiga chiqqan holda oʻrganadi, taqdim etilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarida xato-kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, ularni bartaraf etishda maslahat hamda amaliy yordam koʻrsatadi.

2. Oʻrganish natijasi yuzasidan oʻz xulosasini Ilmiy-ekspert kengashiga yuboradi.

Ariza kelib tushgandan boshlab 7 ish kuni ichida

(qushimcha oʻrganish talab etilganda 14 ish kunigacha)

4-bosqich

Ilmiy-ekspert kengashi

1. Hududiy boshqarmaning Ilmiy-maslahat kengashi xulosasini puxta oʻrganib chiqadi.

2. Arizada koʻrsatilgan masalalar boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi (xulosa beradi).

Hududiy boshqarmaning ilmiy-maslahat kengashi xulosasi kelib tushgandan boshlab 7 ish kuni ichida

(qushimcha oʻrganish talab etilganda 14 ish kunigacha)

5-bosqich

Ilmiy-ekspert kengashi kotibi

Qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga AAT orqali elektron shaklda yoki ariza beruvchining talabiga koʻra qogʻoz shaklida pochta orqali yuboradi.

Qaror qabul qilingandan boshlab 1 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-son qaroriga

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorining 3-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek unga 5 va 6-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 22-apreldagi 209-son qaroriga ilovaning 13-bandi “g” va “d” kichik bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-dekabrdagi 1021-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlari va yuneskoning umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 15-ilovaning 1-bandi “g” kichik bandining yigirma ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 59-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga 4-ilovaning 74-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga 5-ilovaning 20-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga 4-ilovaning 102-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son; 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)