Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mamlakatda oʻtkazilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan quyidagi qarorlarga oʻzgartirishlar kiritilsin:
1. Oliy sud Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 22-son qarori:
9 va 10-bandlari chiqarilsin.
2. Oliy sud Plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qoʻllash haqida”gi 25-son qarori:
9-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Shuningdek jinoyatni ogʻirlashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi kvalifikatsiya belgisi mavjud boʻlgan holatlar” soʻzlari chiqarilsin.
3. Oliy sud Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 27-son qarori:
12-bandi chiqarilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi F. MUXITDINOVA
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi M. HASANOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-may,
6-son