Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunlarni ularga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalari bilan birgalikda toʻgʻri qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar berish zarurati tufayli, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga tuzatishlar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining:
a) 3-bandi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, FPK” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi “Davlat sud ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga, Adliya vazirining 2011-yil 2-martdagi 53-mx sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi hamda Sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 25-iyuldagi 227-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomalarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Qarorning rus tili matni 3-bandi “Konstitutsii, GPK” soʻzlaridan keyin “Postanovleniya Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 5-yanvarya 2011 goda “Ob utverjdenii tipovogo Polojeniya o poryadke provedeniya sudebnoy ekspertizi gosudarstvennim sudebno-ekspertnim uchrejdeniyem ili inim predpriyatiyem, uchrejdeniyem, organizatsiyey”, Instruksiy “O poryadke provedeniya sudebnoy ekspertizi v sudebnoekspertnix uchrejdeniyax Ministerstva yustitsii Respubliki Uzbekistan”, utverjdennoy prikazom ministra yustitsii Respubliki Uzbekistan ot 2-marta 2011 goda za № 53-mx i “O poryadke provedeniya sudebno-meditsinskix ekspertiz v sudebno-meditsinskix uchrejdeniyax Ministerstva zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan”, utverjdennoy prikazom ministra zdravooxraneniya ot 25-iyulya 2011 goda za № 277” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin:
b) 11-bandi birinchi xatboshisidagi “Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Otalikni belgilash haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan qonun hujjatlarining tatbiq etilishi toʻgʻrisida”gi 6-sonli qarorining 14 — 16-bandlari” degan jumla “Oliy sud Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 8-sonli qarorining 14-15-bandlari” degan jumla bilan almashtirilsin:
Qarorning rus tili matni 11-bandi birinchi xatboshisidagi “punktov 14 — 16 postanovleniya Plenuma Verxovnogo suda “O primenenii sudami zakonodatelstva pri rassmotrenii del ob ustanovlenii otsovstva” № 6 ot 01.06.2001 goda” degan jumla “punktov 14-15 postanovleniya Plenuma Verxovnogo suda “O primenenii sudami zakonodatelstva pri rassmotrenii del ob ustanovlenii otsovstva” № 8 ot 25.11.2011 goda” degan jumla bilan almashtirilsin:
v) 15-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassalarida sud ekspertizasini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomda” degan jumla “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomada” degan jumla bilan almashtirilsin.
Qarorning rus tili matni 15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Polojeniyem ob organizatsii proizvodstva sudebnix ekspertiz v ekspertnix uchrejdeniyax Ministerstva yustitsii Respubliki Uzbekistan” degan jumla “Instruksiyey o poryadke provedeniya sudebnoy ekspertizi v sudebno-ekspertnix uchrejdeniyax Ministerstva yustitsii Respubliki Uzbekistan” degan jumla bilan almashtirilsin.
g) 17-bandining birinchi xatboshisidagi birinchi jumla yangi tahrirda bayon etilsin:
“FPK 194-moddasining 2-qismiga koʻra, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi”.
Qarorning rus tili matni 17-bandi birinchi xatboshisidagi birinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Soglasno chasti 2 stati 194 GPK povtornaya ekspertiza naznachayetsya, kogda zaklyucheniye eksperta (komissii ekspertov) neobosnovanno ili ego pravilnost vizivayet somneniya libo priznani nedostovernimi dokazatelstva, polojennie v ego osnovu, ili bili suщestvenno narusheni protsessualnie pravila proizvodstva ekspertizi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-sonli “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “(“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 12-moddasi)” degan jumla “(“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 13-moddasi)” degan jumla bilan almashtirilsin.
Qarorning rus tili matni 3-bandining birinchi xatboshisidagi “(statya 12 Zakona “O fermerskom xozyaystve”)” degan jumla “(statya 13 Zakona “O fermerskom xozyaystve”)” degan jumlasi bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “, ishni mazmunan koʻrishni tiklash masalalari” jumlasi chiqarilsin.
Qarorning rus tili matni 3-bandi birinchi xatboshisidagi “,vozobnovleniye razbiratelstva po delu” jumlasi chiqarilsin.
Oliy sudi raisi Sh. GAZIYEV
Plenum kotibi v.b., Oliy sudi sudyasi O. XAYITOV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-oktabr,
16-son