Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. Zakirovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. Zakirov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. Zakirovning yozma javobida parlament soʻrovida qoʻyilgan savollarga yetarli darajada tushuntirish berilmaganligi qayd etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. Zakirov parlament soʻroviga joriy yilning 14-mayiga qadar qoʻshimcha ravishda javob bersin.
4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. Zakirovga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-aprel,
4323-IV-son