29.04.2024 yildagi 4310-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining 2023-yildagi hamda 2024-yilning birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2023-yildagi hamda 2024-yilning birinchi choragidagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha taʼsirchan parlament nazoratini olib borish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, parlament faoliyatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, davlat dasturlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlariga muvofiq tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita jami 10 ta qonun loyihasiga masʼul etib belgilangan boʻlib, ularning hammasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan. Mazkur qonunlarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, daraxtlar kesilishining oldini olish, jamoat joylarida yovvoyi hayvonlardan foydalanishni tartibga solish, chiqindilar bilan ishlash sohasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muhim masalalarning huquqiy asoslari aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan 3 ta qonun loyihasi, xususan, “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita qonunlar hamda Qonunchilik palatasi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilish holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganishga, davlat organlari rahbarlarining qonunlarga rioya etilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishga qaratilgan jami 22 ta parlament nazorati tadbiri oʻtkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilish holati Namangan va Samarqand viloyatlari,
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilish holati Qashqadaryo viloyati hamda “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilish holati Surxondaryo viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan hisobot davrida saylovchilar bilan tizimli muloqotni kuchaytirishga, joylarda mavjud muammolarni
oʻz vaqtida aniqlashga, ularni tezkorlik bilan bartaraf etishga ustuvor ahamiyat berilgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning jami 321 ta murojaati koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, sohaga
oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik mustahkamlangan. Xususan, Qoʻmitaning koʻrib chiqilayotgan davrdagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 2 597 marotaba yoritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili hali oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga aloqador davlat organlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish, ular bilan qonun loyihalarini ishlab chiqish borasida birgalikda ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning joylarda ijro etilish holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, shuningdek aniqlangan muammolar yuzasidan aholi fikrini oʻrganib, tegishli vazirlik
va idoralar bilan birgalikda yechim topish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tashabbusi bilan oʻtkazilgan parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy ravishda monitoring qilib borish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolarini qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlariga kengroq jalb etish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek qonun loyihalari boʻyicha fuqarolar tomonidan berilayotgan takliflarni bevosita ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining 2023-yildagi hamda 2024-yilning birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijro etilish holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun tashabbuskorligi borasida takliflarni koʻpaytirish, Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish hamda kelib tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni qonun loyihalarini maromiga yetkazishda hisobga olish boʻyicha ishlarni yanada kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohani rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va boshqa dasturlarning masʼul vazirliklar hamda idoralar tomonidan bajarilishi boʻyicha samarali parlament nazoratini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 16-apreldagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini olib borishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 4265-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari X. Gapporov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4310-IV-son