Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DOʻKONI” BOJXONA REJIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 27-fevralda 1317-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 29-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 523-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kuchga kirishi bilan “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (1997-y., 10-may, roʻyxat raqami 719-son).
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish rais oʻrinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklansin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
01-02/12-4-son
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 29-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 523-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
I. Umumiy qoidalar
1. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq belgilangan joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda sotuvga chiqariladi.
2. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilishi taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida sotilishi mumkin.
4. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo doʻkonlarida sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari yoʻlovchilarning xalqaro yoʻnalishlari uchun ochilgan aeroportlarda, portlarda, jismoniy shaxslar chegarani kesib oʻtishlari uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralari orqali oʻtkazish punktlarida taʼsis etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni hududi (savdo zallari, yordamchi binolar va ombor) bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.
7. Agar bojxona toʻlovlari toʻlanishi lozim boʻlsa, ularning toʻlanishi uchun javobgarlik boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi zimmasiga tushadi.
II. Boj olinmaydigan savdo doʻkoniga tovarlarning kelib tushishi va tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirish
8. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish joyi boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan bojxona organining faoliyat hududida boʻlishi mumkin.
9. Tovarlar boj olinmaydigan savdo doʻkoni omboriga bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi ishtirokida yoki uning xabardorligi ostida joylashtiriladi.
10. Tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga joylashtirish 1-ilovaga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
11. Bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir vaqtda yuk va tovar ishlab chiqarish hujjatlari (yukxatlar, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, fakturalar) taqdim etiladi.
12. Sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirganda tegishli sertifikatni taqdim etish talab qilinadi.
13. Tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirganda bojxona rasmiylashtiruvlari uchun bojxona yigʻimlari belgilangan tartibda undiriladi.
14. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga maʼlum qilinmagan tovarlarni saqlash va sotish uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va omboridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarni sotish
15. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi chegarasidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chakana tovarlarni erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlar erkin muomaladagi valyutada naqd pulga yoki kredit kartochkalari boʻyicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Quyidagilar boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar, shu jumladan olib chiqilishiga litsenziya talab etiladigan tovarlar, rangli va qora metallardan tayyorlangan yuksak darajada qayta ishlangan tayyor buyumlar bundan mustasno;
b) chakana sotish uchun oʻrab joylangan va bevosita isteʼmol qilish uchun tayyor boʻlgan 1 kilogrammdan ortiq boʻlmagan netto ogʻirligidagi oziq-ovqat mahsulotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
v) chakana sotish uchun oʻralgan dori-darmon vositalari (shu jumladan, provitaminlar, vitaminlar, gormonlar va antibiotiklar), agar ular vrachning retseptisiz (tayinlashuvisiz) sotilishi mumkin boʻlmasa;
g) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan, shuningdek qahrabodan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlar;
Keyingi tahrirga qarang.
d) Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlar;
e) boshqa davlat organlarining nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlar, ushbu organlarning ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda;
yo) jismoniy shaxslarning shaxsiy foydalanishi yoki isteʼmol qilishi uchun moʻljallanmagan tovarlar;
j) vazni ogʻir tovarlar (20 kilogrammdan ortiq ogʻirlikda) va oʻlchami katta tovarlar (uzunligi, kengligi va balandligi oʻlchamlari jami 200 santimetrdan ortiq boʻlganda).
Keyingi tahrirga qarang.
18. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida namunalar boʻyicha, oldindan buyurtma berish orqali, uyga olib borib berish bilan, toʻlov muddatini uzaytirish bilan, shuningdek, qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish bilan sotishga yoʻl qoʻyilmaydi (sotishdan oldingi tayyorgarlik, qadoqlashdan, namoyish qilishdan, qayta oʻrab berishdan va shunga oʻxshash ishlardan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkonining yordamchi binolaridan va omboridan sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlar bilan ularning saqlanishini taʼminlash uchun zarur operatsiyalarni, shuningdek, tovarlarni sotishga tayyorlash boʻyicha operatsiyalarni (oʻramlarni ochish, idishlardan boʻshatib olish va h.k.) amalga oshirishi mumkin.
21. Tovarlar saqlanishini taʼminlash operatsiyalari boj olinmaydigan savdo doʻkonining omborida, tovarlarni sotishga tayyorlash operatsiyalari esa boj olinmaydigan savdo doʻkonining ombori yoki yordamchi binolarida amalga oshiriladi. Mazkur operatsiyalar bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
22. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida sotiladigan tovarlar bojxona organi bilan kelishib olingan maxsus markirovkaga ega boʻlishi va chakana sotish uchun oldindan qadoqlangan boʻlishi kerak.
23. Boj olinmaydigan savdo doʻkonidan tovarlar sotib olinganda doʻkon xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarning yoʻl hujjatlariga buni qayd etib qoʻyadi.
Qayd etish shakli boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi tomonidan bojxona organi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Bojxona organi boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olingan tovarlarning haqiqatda olib chiqib ketilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxsning boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olgan tovarlarni almashtirish va ayirboshlash Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda, agar yangi tovar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilmayotgan boʻlsa, bunday tovar import boji va soliqlarga tortiladi, ularni undirish esa bojxona organlari zimmasiga yuklatiladi, Oʻzbekiston tovarlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni bunday tovarlarni sotib olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga sotish yoki boshqacha tarzda begonalashtirishda yoxud ana shunday tovarlardan ularning bojxona rejimiga muvofiq boʻlmagan holda foydalanganda, shuningdek, tovarlar yoʻqolganda yoki yetishmaganda boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi erkin muomalaga chiqarish yoki eksport bojxona rejimiga koʻra toʻlanishi lozim boʻladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashi kerak, lekin tovarlar falokatlar yoki yengib boʻlmas kuchlarning xatti-harakatlari oqibatida yoʻq boʻlib ketgan, qaytarib boʻlmaydigan darajada yoʻqolgan yoxud kamomad tabiiy ishdan chiqish natijasida yuz bergan yoki tashish va saqlashning normal sharoitida kamayib ketgan hollar bundan mustasno.
IV. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar hisobi
26. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimidagi tovarlar doʻkon egasi va bojxona organi tomonidan albatta hisobga olinishi kerak.
27. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni 2-ilovada keltirilgan shaklda hisobga olish daftarini yuritish orqali hamda avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda hisob-kitobini olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobga olish daftarlari va elektron baza maʼlumotlari kalendar yillari boʻyicha yuritiladi. Bunday daftarlar oldindan tikib qoʻyilgan, raqamlangan, broshyura holiga keltirilgan va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyat yuritayotgan hududda bojxona organi boshligʻining yoxud bojxona organi boshligʻi oʻrinbosarining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Oxirgi yozuv kiritilganidan keyin hisobga olish daftari, elektron shakldagi solishtirish uchun bojxona organiga beriladi. Solishtirib boʻlinganidan keyin hisobga olish daftari boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasiga qaytariladi va u yerda kamida uch yil saqlanadi. Hisobga olish daftari solishtirib boʻlinganidan keyin unga qoʻshimcha yozuvlar yoki tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bojxona organining roziligi bilan hisobga olish daftarining 2-ilovada keltirilgan namunaviy shaklini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi, lekin bunday shaklda ana shu namunada koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Bojxona organi bojxona yuk deklaratsiyasidan va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimidan foydalangan holda tovarlarni hisob-kitob qiladi.
29. Bojxona organi boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarida, yordamchi binolarida va omborida turgan tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishga haqlidir.
V. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi bilan bojxona organi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
30. Faoliyati doirasida boj olinmaydigan savdo doʻkoni ochilayotgan bojxona organi boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining fikrini hisobga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishgan holda boj olinmaydigan savdo doʻkonini ishlatish tadbirlarini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Tadbirlarda quyidagilar qayd etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona organining boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarini, yordamchi binolarini va omborini jihozlash;
doʻkonning ish rejimi;
boj olinmaydigan savdo doʻkonida sotiladigan tovarlarni markirovkalash usuli va shakli;
boj olinmaydigan savdo doʻkonidan tovarlar sotib olinganligi haqidagi qayd shakli;
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlarni hisobga olish shakli;
Keyingi tahrirga qarang.
boj olinmaydigan savdo doʻkoniga keltirilgan va sotilgan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni topshirish muddatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Mazkur tadbirlar ushbu Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlishi mumkin emas.
VI. Yakunlovchi qoidalar
33. Doʻkon egasi sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya etishi, savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turuvchi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarilishi uchun javobgardirlar.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalashda va ushbu rejim faoliyatining nihoyasiga yetkazilishida BYuDni toʻldirish tartibi
I. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash vaqtida BYuDni toʻldirish tartibi.
1. Deklarant tomonidan BYuD asosiy varagʻining quyidagi ustunlari va qoʻshimcha varaqlarning tegishli ustunlari toʻldiriladi:
1, 2, 3, 5, 6, 9, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 41, 42, 44, 46, 47, 54, A,V
3, 5, 6, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 31, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 41, 42, 44, 46, 47, 54, A, V ustunlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yilning 24-sentabrida tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning (keyingi oʻrinlarda — Yoʻriqnoma) (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834-son) uchinchi yoki oltinchi boʻlimlariga muvofiq toʻldiriladi.
1, 2, 9, 28, 30-ustunlarni toʻldirish quyidagi oʻziga xos jihatlarga ega:
1-ustun “Deklaratsiya turi”
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash ustunining birinchi boʻlinmasi quyidagicha koʻrsatiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va ushbu hududga olib kirilib, biron bir bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan (“erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimidan tashqari — IM40) tovarlarga nisbatan;
Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan — “EK”.
Ikkinchi boʻlinmasida bojxona rejimining asosiy kodi koʻrsatiladi — “72”.
Ustunning uchinchi boʻlimi toʻldirilmaydi.
2-ustun “Yuk joʻnatuvchi — eksportyor”
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va ushbu hududga olib kirilib, biron bir bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarga nisbatan, Yoʻriqnomaning 3-boʻlimiga muvofiq toʻldiriladi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga Oʻzbekiston tovarlarini joylashtirishda BYuDda korxonaning, tashkilotning va muassasaning nomi va manzili yoki shaxsning ism-sharifi, xamda jismoniy shaxsning pasportidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Qolgan maʼlumotlar Yoʻriqnomaning 2-boʻlimiga muvofiq toʻldiriladi.
9-ustun “Moliyaviy boshqarish boʻyicha javobgar shaxs”
Ushbu ustunda BYuDlarni toʻldirish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
28-ustun “Moliyaviy va bank toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”
Ushbu ustunda (har bir rekvizitlar yangi qatordan boshlanishi va har birining oldidan tartib boʻyicha raqam qoʻyilishi lozim).
1 — Boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining hisob raqami ochilgan bankning qisqacha nomlanishi va OKPO kodi, soʻmdagi hisob raqami.
2 — Boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining hisob raqami ochilgan bankning qisqacha nomlanishi va OKPO kodi, xorijiy valyutadagi hisob raqami.
30-ustun “Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish joyi”
Ushbu ustunda Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati uchun olingan litsenziya raqami koʻrsatiladi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni omboridagi tovarlar harakatini hisobga olish kitobi
|
T/r |
Doʻkonga kelib tushish sanasi |
BYuD raqami |
Tovarning qisqacha nomlanishi |
Tovarlar-ning statusi |
Yuk oʻrni va kelib tushgan ogʻirligi (kg.l.) |
Ombordan chiqarilgan sanasi |
Chiqarilgan yuk ogʻirligi |
Izoh |
| | | | | | | | | |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 102-modda; 2011-y., 3-son, 31-modda; 2012-y., 5-son, 49-modda, 39-son, 458-modda)