26.04.2024 yildagi 240-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida madaniyat, sanʼat hamda madaniy turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek, milliy qadriyat va anʼanalarni keng targʻib etishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Madaniyat vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati aholisining madaniyat va sanʼat muassasalariga oilaviy kelishini hamda maroqli va mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida “Shanba — madaniyat kuni” loyihasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining oʻziga xos urf-odatlari, anʼana va qadriyatlari, baxshichilik, dostonchilik, raqs, amaliy sanʼat va milliy hunarmandchiligini aholi, ayniqsa, yosh avlodga keng targʻib etishga qaratilgan “Surxon madaniyati kunlari” bayram tadbirlarini 2024-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba respublika boʻylab oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havaskorlik sanʼatining folklor ijrochiligi boʻyicha yosh avlod isteʼdodini erta aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha 2024-yildan boshlab “Ona zamin sadolari” respublika koʻrik-tanlovini anʼanaviy tarzda har ikki yilda bir marotaba Termiz shahrida oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Surxondaryo viloyatidagi barcha taʼlim tashkilotlarida ustozlar, oʻquvchi, talabalar, tarbiyalanuvchilarni mumtoz sanʼatimizning durdona asarlaridan bahramand qilish orqali yoshlarning milliy madaniy saviyasini oshirish maqsadida dars soatlaridan boʻsh (tanaffus) vaqtlarda “Musiqiy tanaffus” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Surxondaryo viloyatining har bir tuman va shaharlarida namunali shaklda faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan madaniyat markazlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatidagi madaniyat markazlarida havaskorlik ansambllari hamda ijodiy jamoalarni tashkil etishning 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatidagi folklor-etnografik, ashula va raqs ansambllarining 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan xorijiy gastrol safarlari rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Surxondaryo viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda hududdagi “Boysun”, “Shalola”, “Boychechak”, “Chor-qarsak”, “Bulbuli-goʻyo” kabi folklor-etnografik jamoalari, ashula va raqs ansambllarining xalqaro festivallarda ishtirok etishini qoʻshma chora-tadbirlar dasturini tasdiqlagan holda tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-avgustga qadar Termiz shahrida tashkil etilayotgan Etnoshaharcha hududida Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga Termiz shahar Madaniyat boʻlimida 5 ta shtat birligidan iborat doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Doʻmbira ustaxonasi va baxshichilik ekspozitsiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-noyabrga qadar mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan roʻyxat asosida har bir tuman va shaharda konsert-tomosha zallari, kutubxona, kinozal va toʻgarak xonalari mavjud boʻlgan bittadan namunali madaniyat markazlari faoliyatini mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil davomida hududning oʻziga xos nomoddiy madaniy merosini ilmiy oʻrganish asosida YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilishi mumkin boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalarini aniqlash va hujjatlashtirish maqsadida mahalliy folklor ekspeditsiyalarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar “Respublika baxshichilik sanʼati markazi” davlat muassasasida baxshichilik sanʼatining badiiy anʼanalarini saqlash maqsadida baxshilar tomonidan yaratilgan doston va termalarning “Oltin fondi”ni yaratsin va doimiy yangilab borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq folklor-etnografik, ashula va raqs ansambllarining 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan xorijiy gastrol safarlari rejasi asosida hududda faoliyat olib borayotgan ijodiy jamoalarni xorijiy gastrol safarlariga yuborilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shaharlarga biriktirilgan ijodiy maslahatchilarning tuman va shahar hokimliklari bilan faol hamkorligini yoʻlga qoʻysin hamda ularning joylarda samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda umumiy oʻrta taʼlim maktablari va madaniyat markazlarida barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan hamda yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻysin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Madaniyat vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat markazlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida toʻgaraklar faoliyatini belgilangan tartibda tashkil etish, toʻgaraklarni tegishli kadrlar bilan taʼminlash, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlarni muntazam oʻtkazishni yoʻlga qoʻysin hamda ularning mazmundorligini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilgan toʻgaraklarning toʻlaqonli faoliyat yuritishi va tadbirlar oʻtkazish uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablari binolaridan zarur xonalar ajratish va tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ularga oʻquvchi-yoshlar qatnovini tizimli yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) madaniyat markazlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarini zarur musiqa cholgʻulari va boshqa jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha masʼul etib Surxondaryo viloyati hokimligi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) umumiy oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarining tanaffus va dam olish vaqtlarida mutaxassislar tomonidan saralangan milliy musiqiy toʻplam asosida maqom kuylari muntazam qoʻyib berilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2024-yil yakuniga qadar tuman va shahar markaziy madaniyat markazlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har bir tuman va shahar markaziy madaniyat markazlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan bittadan havaskor teatr jamoasi, vokal cholgʻu ansambli, ashula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansamblini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra Surxondaryo viloyati tajribasi sifatida 2024-yil sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosida va xalqaro koʻrik-tanlovlarda 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan madaniyat markazlari toʻgarak ishtirokchilarining toʻgarak rahbarlari tegishlicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6, 4 va 2 baravari miqdorida Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan ijodiy toʻgaraklar, studiyalar va kurslardan tashqari toʻgarak ishtirokchilariga aniq fanlarni oʻrganish boʻyicha qoʻshimcha xizmat turlarini joriy etish hamda toʻgarak ishtirokchilarida kreativ va innovatsion fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida “STEAM — taʼlim” dasturi joriy etiladi va yangi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgarak ishtirokchilarining ishlarini ommalashtirish, targʻib qilish hamda sotuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻquvchi-yoshlarning ijodiy ishlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Art shop” elektron doʻkonlari orqali dunyo bozoriga olib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-yoshlari tomonidan ishlangan milliy qadriyatlarni targʻib etuvchi tasviriy va amaliy sanʼat asarlaridan eng saralarini sotib olish orqali hududda yangi quriladigan mehmonxonalarning dizayn-interyerlari bezatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan aholining kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish boʻyicha bolalar va kattalar uchun har bir madaniyat markazlarida kutubxonalar tashkil etiladi hamda mos ravishda adabiyotlar toʻplamlari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Surxondaryo viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 671-son qarori bilan tasdiqlangan Istirohat bogʻlari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan hududlarda mahalliy budjet, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan daromadlar hisobidan yangidan tashkil etiladigan tematik bogʻlar, xususan attraksionli hudud, yashil zonalar va jamoat parklarini tashkil etish boʻyicha yagona konsepsiya loyihasini ishlab chiqsin va tashabbuskorlarga taklif etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etiladigan tematik madaniyat va istirohat bogʻlarining namunaviy loyihalarini tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida madaniyat va istirohat bogʻlarini rivojlantirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sohaga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan viloyat, tuman (shahar) koʻzi ojizlar kutubxonalarini zarur jihozlar bilan taʼminlash va oʻz binosiga ega boʻlmagan koʻzi ojizlar kutubxonalarini hududdagi maqbul binolarga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Surxondaryo viloyati hokimligi Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri binosini 2027-yil yakuniga qadar qurib bitkazilishini taʼminlash choralarini koʻrsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining yangi binosini barpo etish uchun Termiz shahri markazidan belgilangan tartibda yer ajratish hamda teatr binosining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini Surxondaryo viloyati hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri binosining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlari uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha takliflarni 2024-yil 1-sentabrga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metsenatlik koʻmagi, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorda Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan bajarilishi belgilangan vazifalar xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining tegishli qarori asosida belgilangan tartibda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 923-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda sanʼat masalalari boʻyicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilar roʻyxatiga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov hamda Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Surxondaryo viloyati aholisining madaniyat va sanʼat muassasalariga oilaviy kelishini hamda maroqli va mazmunli dam olishlarini tashkil etish maqsadida “Shanba — madaniyat kuni” loyihasini amalga oshirish.

1. “Shanba — madaniyat kuni” loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Konsepsiya asosida madaniyat muassasalarida spektakllar, konsert-tomosha dasturlarini tayyorlash.

2024-yil iyul

3. Madaniy tadbirlarga aholining tizimli tashrifini tashkil etish.

Reja asosida muntazam

2.

Surxondaryo viloyatining oʻziga xos urf-odatlari, anʼana va qadriyatlari, baxshichilik, dostonchilik, raqs, amaliy sanʼat va milliy hunarmandchiligini aholi, ayniqsa, yosh avlodga keng targʻib etishga qaratilgan “Surxon madaniyati kunlari” bayram tadbirlarini 2024-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba respublika boʻylab oʻtkazish.

1. Vazirlar Mahkamasi bayoni loyihasini tayyorlash.

2. Surxondaryo viloyatining oʻziga xos madaniyati va sanʼatini targʻib etishga qaratilgan konsert-tomosha dasturlarini tayyorlash.

3. Konsert-tomosha dasturlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlonlar berish.

4. Tadbirlarni yuqori badiiy saviyada tashkil etish.

2024-yil iyun,

Bayonda belgilangan reja asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Havaskorlik sanʼatining folklor ijrochiligi boʻyicha har ikki yilda bir marta “Ona zamin sadolari” respublika koʻrik-tanlovini Termiz shahrida tashkil etish.

1. Koʻrik-tanlov nizomi loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil iyun

Madaniyat vazirligiga ajratilgan respublika budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Koʻrik-tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

3. Koʻrik-tanlovning respublika bosqichini yuqori saviyada tashkil etish.

Nizom asosida har ikki yilda

4.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab, Surxondaryo viloyatidagi barcha taʼlim tashkilotlarida mumtoz sanʼatimizning durdona asarlaridan bahramand qilish orqali oʻquvchi-yoshlarning milliy madaniy saviyasini oshirish maqsadida dars soatlaridan boʻsh (tanaffus) vaqtlarda “Musiqiy tanaffus” loyihasini amalga oshirish.

1. Musiqiy ketma-ketliklar va dasturlari roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Loyihani taʼlim muassasalarida muntazam amalga oshirish.

2024-yil sentabr oyidan boshlab muntazam

Taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

5.

Hududdagi “Boysun”, “Shalola”, “Boychechak”, “Chor-qarsak”, “Bulbuli-goʻyo” kabi folklor-etnografik jamoalar ashula va raqs ansambllarining xalqaro festivallarda ishtirok etishini taʼminlash.

1. Xalqaro folklor festivallar roʻyxatini shakllantirish.

2. Qoʻshma chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

3. Folklor jamoalarning xalqaro festivallarda ishtirok etishi boʻyicha moliyaviy hisob-kitoblarni ishlab chiqish va teng ulushlarda qoplab berish.

2024-2025-yillar reja asosida

Madaniyat vazirligiga ajratilgan respublika budjeti mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

6.

Termiz shahrida tashkil etilayotgan Etnoshaharcha hududida Doʻmbira ustaxonasi va baxshichilik ekspozitsiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Doʻmbira ustaxonasi moddiy texnik bazasini mustahkamlash.

2024-yil avgust

Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Doʻmbira ustaxonasi va baxshichilik ekspozitsiyasi uchun shtatlar ajratish.

2024-yil sentabr

3. Baxshichilik ekspozitsiya loyihasini tayyorlash va tasdiqlash.

2024-yil oktabr

4. Baxshichilik ekspozitsiyasini eksponatlar va maʼlumotlar bilan taʼminlash.

2024-yil oktabr

7.

Baxshichilik sanʼatining badiiy anʼanalarini saqlash maqsadida baxshilar tomonidan yaratilgan doston va termalarning “Oltin fondi”ni yaratish va doimiy yangilab borish.

1. Oʻzbekiston xalq baxshilari tomonidan ijro etilgan dostonlar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil dekabr

Madaniyat vazirligiga ajratilgan respublika budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

MTRK

(A. Djurabayev)

2. Baxshilar tomonidan ijro etilgan dostonlarni sifatli audio va video fonotekasini tayyorlash.

2025-yil fevral

3. Respublika baxshichilik sanʼati markazida baxshilar oltin fondini tashkil etish.

2025 — 2030-yillar

8.

Hududning oʻziga xos nomoddiy madaniy merosini ilmiy oʻrganish va YUNESKO roʻyxatiga kiritilishi mumkin boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalarini aniqlash va hujjatlashtirish maqsadida mahalliy folklor ekspeditsiyalar tashkil etish.

1. Folklor ekspeditsiyalar marshrutlarini belgilash.

2024-yil may

Madaniyat vazirligiga ajratilgan respublika budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

2. Ekspeditsiya guruhlarini shakllantirish va tadqiqotchilarni jalb etish.

2024-yil iyun

3. Ekspeditsiya uchun maxsus jihozlar xarid qilish.

2024-yil avgust

4. YUNESKO roʻyxatiga kiritilishi mumkin boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalarini hujjatlashtirish.

2024 — 2026-yillar reja asosida

9.

Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida toʻgaraklar faoliyatini belgilangan tartibda tashkil etish, toʻgaraklarni tegishli kadrlar bilan taʼminlash, umumtaʼlim maktablarida turli tadbirlar, koʻrik-tanlovlarni muntazam oʻtkazish, ularning mazmundorligini taʼminlash.

1. Amaliy chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil sentabr

Mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

2. Toʻgaraklarga madaniyat markazlari xodimlarini jalb etgan holda ijodiy toʻgaraklar sonini bir barobarga koʻpaytirish.

2024-2025-yillar,

chora-tadbirlar asosida

3. Har yili kamida 2 marotaba hisobot konsertlarini tashkil etish.

Muntazam

10.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan meʼyor asosida saralangan maxsus musiqiy toʻplam asosida maqom kuylari muntazam qoʻyib berilishini tashkil etish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini maxsus ixcham audio moslamalar bilan taʼminlash.

2. Maqom kuylaridan tashkil topgan maxsus toʻplamni tayyorlash.

3. Maqom kuylari ijro etilishini tashkil etish.

2024-yil iyun oyidan boshlab muntazam

Mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

11.

Madaniyat markazlarida musiqa ijrochiligi va ashula toʻgaraklarini maxsus oʻquv dasturlari asosida oʻqitilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Toʻgaraklar uchun maxsus mashgʻulotlar oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil sentabr

Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Oʻquv dasturlarini joriy etish boʻyicha toʻgarak rahbarlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2024-yil sentabr-oktabr

3. Oʻquv dasturlari asosida toʻgarak mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish.

Reja asosida

12.

Respublika va xalqaro koʻrik-tanlovlarida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan toʻgarak ishtirokchilarining toʻgarak rahbarlari tegishligi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6, 4 va 2 barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash tizimini joriy etish.

1. Toʻgarak rahbarlarini ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Toʻgarak rahbarlarini ragʻbatlantirib borish.

2024-yil sentabrdan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

13.

Madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan ijodiy toʻgaraklar, studiyalar va kurslardan tashqari toʻgarak ishtirokchilari uchun “STEAM — taʼlim” (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Art — sanʼat, Mathematics — matematika) dasturini joriy etish va yangi toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Yangi toʻgaraklarni tashkil etish boʻyicha tashabbuskorlar bilan shartnomalar imzolash.

2024-yil dekabrga qadar,

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy qilish.

2025-yil dekabr

14.

Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgarak ishtirokchilarining ishlarini ommalashtirish, targʻib qilish hamda sotuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻquvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Art shop” elektron doʻkonlari orqali dunyo bozoriga olib chiqish.

1. Ijodiy ishlarni saralab olish.

2. Elektron doʻkonlarni oʻrganish.

3. Ijodiy ishlarni elektron doʻkonlarga joylashtirish va sotish.

2024-yil iyun oyidan boshlab muntazam

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

15.

Madaniyat va sanʼat taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-yoshlarining milliy qadriyatlarni targʻib etuvchi tasviriy va amaliy sanʼat asarlaridan eng saralarini sotib olish orqali hududda yangi quriladigan mehmonxonalarning dizayn interyerlarini tashkil etish.

1. 2024 — 2030-yillarda qurilishi lozim boʻlgan mehmonxonalar manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2. Milliy qadriyatlarni targʻib etuvchi tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini tanlab olish tartibini tasdiqlash.

3. Mehmonxonalar dizayn interyerlarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2024 — 2030-yillar davomida

Homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Turizm qoʻmitasi

(U. Shodiyev),

Badiiy akademiya

(A. Nuriddinov)

16.

Aholining kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish boʻyicha bolalar va kattalar uchun har bir madaniyat markazlarida kutubxonalar tashkil etish.

1. Kutubxonalar tashkil etiladigan madaniyat markazlari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil iyun

Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Kutubxonalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2024-yil dekabr

3. Kutubxonalarni adabiyotlar bilan taʼminlash.

2024-2025-yillar

17.

Har bir tuman va shaharlarda konsert-tomosha zallari, kutubxona, kinozal va toʻgarak xonalari mavjud boʻlgan bittadan namunali madaniyat markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Madaniyat markazlarini tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov)

2. Mahalliy hokimliklar tomonidan mablagʻlar ajratish.

2024-yil iyul

3. Qurilish ishlarini amalga oshirish va yakunlash.

2024-yil oktabr

18.

Madaniyat markazlarini jihozlash meʼyorini ishlab chiqib tasdiqlash va shu asosida jihozlashni tashkil etish.

1. Madaniyat markazlarini jihozlash meʼyorini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyul

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Madaniyat markazlari moddiy-texnik bazasini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil avgust

3. Meʼyor asosida madaniyat markazlarini jihozlanishini taʼminlash.

reja asosida

19.

Madaniyat va sanʼat tashkilotlarini mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilgan musiqa cholgʻulari hamda tasviriy va amaliy sanʼat uskunalari, ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, badiiy yoritish uskunalari va mebel jihozlari bilan taʼminlash.

1. Madaniyat va sanʼat tashkilotlari moddiy-texnik bazasining taʼminlanganlik darajasini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil iyun

Mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish.

2024-yil iyul

3. Madaniyat va sanʼat muassasalarini musiqa cholgʻulari hamda tasviriy va amaliy sanʼat asbob-uskunalari, ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, badiiy yoritish uskunalari va mebel jihozlari bilan taʼminlash.

Avgust — dekabr

20.

Madaniyat markazlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini toʻliq joriy etish, kompyuter va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash.

1. Kompyuter jihozlariga boʻlgan ehtiyojni xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil iyun

Mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Kompyuter jihozlarini xarid qilish.

2024 — 2026-yillar

reja asosida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Surxondaryo viloyatining har bir tuman va shaharlarida namunali shaklda faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan madaniyat markazlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman va shahar nomi

Madaniyat markazi nomi

Qurilish turi

1.

Angor tumani

7-son madaniyat markazi

Yangi qurilish

2.

Bandixon tumani

9-son madaniyat markazi

Mukammal taʼmirlash

3.

Boysun tumani

11-son madaniyat markazi

Rekonstruksiya qilish

4.

Denov tumani

17-son madaniyat markazi

Yangi qurilish

5.

Jarqoʻrgʻon tumani

21-son madaniyat markazi

Mukammal taʼmirlash

6.

Muzrabot tumani

29-son madaniyat markazi

Mukammal taʼmirlash

7.

Oltinsoy tumani

32-son madaniyat markazi

Mukammal taʼmirlash

8.

Sariosiyo tumani

42-son madaniyat markazi

Rekonstruksiya qilish

9.

Termiz tumani

4-son madaniyat markazi

Mukammal taʼmirlash

10.

Termiz shahri

2-son madaniyat markazi

Rekonstruksiya qilish

11.

Uzun tumani

49-son madaniyat markazi

Mukammal taʼmirlash

12.

Sherobod tumani

52-son madaniyat markazi

Mukammal taʼmirlash

13.

Shoʻrchi tumani

58-son madaniyat markazi

Yangi qurilish

14.

Qiziriq tumani

65-son madaniyat markazi

Yangi qurilish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 240-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatidagi madaniyat markazlarida havaskorlik ansambllari hamda ijodiy jamoalarni tashkil etishning 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Oilaviy ansambl

Xor va vokal ansambl

Milliy cholgʻular ansambli

Dutorchilar ansambli

Maqom va baxshi jamoalari

Karnay-surnaychilar guruhi

Yillar kesimida

2024

2025

2026

2027

2024

2025

2026

2027

2024

2025

2026

2027

2024

2025

2026

2027

2024

2025

2026

2027

2024

2025

2026

2027

1.

Termiz shahri

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2.

Angor tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

3.

Boysun tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

4.

Denov tumani

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

5.

Jarqoʻrgʻon tumani

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

6.

Qiziriq tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

7.

Qumqoʻrgʻon tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

8.

Muzrabod tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

9.

Oltinsoy tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

10.

Sariosiyo tumani

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

11.

Termiz tumani

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

12.

Uzun tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

13.

Sherobod tumani

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

2

3

4

5

14.

Shoʻrchi tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

15.

Bandixon tumani

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi madaniyat markazlarida havaskorlik ansambllarini hamda ijodiy jamoalarni tashkil etish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 240-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatidagi folklor-etnografik, ashula va raqs ansambllarining 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan xorijiy gastrol safarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Ijodiy jamoaning nomi

Xorijiy davlat nomi

Masʼul ijrochilar

2024-yil

1.

Boysun tumani

“Boysun” folklor-etnografik jamoasi, “Shalola” ashula va raqs ansambli

Turkiya

Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Shoʻrchi tumani

“Bulbuli-goʻyo” va “Chanqovuz” folklor-etnografik jamoalari

Qatar

Madaniyat vazirligi

3.

Angor tumani

“Angor” va “Badash” folklor-etnografik jamoalari

Italiya Respublikasi

2025-yil

4.

Termiz shahri

“Jayxun” folklor-etnografik jamoasi

Xitoy Xalq Respublikasi

Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

Denov tumani

“Navnihol” va Muborak ashula va raqs ansambllari

Bolgariya Respublikasi

6.

Jarqoʻrgʻon tumani

“Oydinoy” va “Jarqoʻgʻon” folklor-etnografik jamoalari

Koreya Respublikasi

7.

Qumqoʻrgʻon tumani

“Oʻtov” va “Bobotogʻ gullari” folklor-etnografik jamoalar

Turkiya

Madaniyat vazirligi

2026-yil

8.

Qiziriq tumani

“Qoʻngʻirot” folklor-etnografik jamoasi

Ozarbayjon

Madaniyat vazirligi

9.

Muzrabod tumani

“Muzrabot chamani” folklor-etnografik jamoasi

Gretsiya

Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

Oltinsoy tumani

“Oqarbuloq tongi” va “Lola” ashula va raqs ansambllari

Singapur

2027-yil

11.

Sariosiyo tumani

“Zevari” va “Dashnaobod” folklor-etnografik jamoalari

Hindiston

Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Uzun tumani

“Ohu-voh” folklor-etnografik jamoasi, “Rayhon” ashula va raqs ansambli

Germaniya Federativ Respublikasi

13.

Sherobod tumani

“Chechalar” folklor-etnografik jamoasi, “Chaman” ashula va raqs ansambli

Ispaniya Qirolligi

Madaniyat vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu Rejada koʻrsatilgan jamoalarni xorijiy gastrol safarlariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 240-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 923-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda sanʼat masalalari boʻyicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo viloyati” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Surxondaryo viloyati

107.

Termiz shahri

Aziza Begmatova

Oʻzbekiston xalq artisti

Oʻzbekiston davlat drama teatri aktrisasi

108.

Angor tumani

Mahmud Namozov

Oʻzbekiston xalq artisti

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

109.

Boysun tumani

Lola Ahmedova

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

110.

Denov tumani

Madina Toʻxtayeva

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

Oʻzbekiston davlat drama teatri aktrisasi

111.

Jarqoʻrgʻon tumani

Samandar Alimov

Oʻzbekiston xalq artisti

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

112.

Qiziriq tumani

Sayyora Qoziyeva

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

113.

Qumqoʻrgʻon tumani

Usmonqul Azimov

Oʻzbekiston xalq shoiri

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

114.

Muzrabod tumani

Mansur Ravshanov

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri faxriy aʼzosi

115.

Oltinsoy tumani

Qahramon Rashidov

“Nihol” mukofoti sovrindori

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi sozandasi

116.

Sariosiyo tumani

Noroli Allandarov

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

“Dilrabo” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

117.

Termiz tumani

Sitora Riyayeva

“Nihol” mukofoti sovrindori

“Navbahor” ashula va raqs ansambli raqqosasi

118.

Uzun tumani

Muyassar Qaraqulova

-

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri direktori

119.

Sherobod tumani

Olmaxon Berdimurodova

-

Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori

120.

Shoʻrchi tumani

Sherzod Hurmatov

-

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyat boʻlinmasi direktori

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/240/0309-son)