Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
2000-yil 7-iyulda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
2000-yil 7-iyulda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisidagi Bitimning (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 15-moddasi qoidalariga asoslangan holda,
ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish, ular fuqarolarining sayohatlarini huquqiy tartibga solish maqsadida,
bir davlat fuqarolarining boshqa davlat hududida boʻlib turishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish istagida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar:
1-modda
Bitimning 2-moddasi boʻyicha:
Birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir Tomon davlatining fuqarolari, doimiy yashash joyidan qatʼi nazar, har bir 180 (bir yuz sakson) kalendar kunlik davr mobaynida jami 90 (toʻqson) kalendar kun ichida, basharti ularning boʻlib turish muddati Tomon davlatining Davlat chegarasini kesib oʻtgan paytdan boshlab 30 (oʻttiz) kalendar kundan oshmasa, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish)siz boshqa Tomon davlatining hududiga mazkur Bayonnomaning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan, ularning shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kiradilar, undan chiqib ketadilar, tranzit oʻtadilar, harakatlanadilar.”.
Ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir Tomon davlatining fuqarosi boshqa Tomon davlatining hududida 30 (oʻttiz) kalendar kundan ortiq boʻlib turgan taqdirda, ushbu fuqaro u boʻlib turgan Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq vaqtinchalik yashash uchun boʻlib turgan Tomon davlatining vakolatli organlaridan ruxsatnoma olishi (vaqtincha roʻyxatdan oʻtishi) lozim.”.
Uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarilsin.
2-modda
Bitimning 3-moddasi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olish (vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish) tartibidan ozod qilinadilar:”.
3-modda
Bitimning 4-moddasi quyidagi tahrirda bayon yetilsin:
“1. Boshqa Tomon davlatining hududida joylashgan Tomonlardan birining davlat obyektlariga xizmat koʻrsatish uchun boshqa Tomon davlati hududiga kiruvchi, undan chiquvchi va boʻlib turuvchi Tomonlar davlatlarining fuqarolarini Davlat chegarasi orqali oʻtkazish kelishilgan roʻyxatlar boʻyicha milliy pasportlar va xizmat guvohnomalari asosida amalga oshiriladi.
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan obyektlar roʻyxati mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kun ichida diplomatik kanallar orqali notalar almashinuvi bilan aniqlanadi.”.
4-modda
5-modda
Bitimning 11-moddasi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir Tomon davlatining fuqarolari boshqa Tomon davlatining hududida boʻlib turgan vaqtida uning qonunchiligiga rioya qilishlari lozim”.
6-modda
7-modda
Mazkur Bayonnoma Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalari bajarilganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma bildirishnoma olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Toshkent shahrida 2022-yil 22-dekabrda, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Matnlar oʻrtasida nomuvofiqliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Qozogʻiston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqishlari va harakatlanishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti.
4. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun).
5. Havo kemasi ekipaj aʼzosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida parvoz qilish vaqtida).
6. Hukumatlararo feldyeger xizmati xodimining shaxsiy guvohnomasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga
2-ILOVA
Qozogʻiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqishlari va harakatlanishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti.
2. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining xizmat pasporti.
3. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining pasporti.
4. Havo kemasi ekipaj aʼzosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida parvoz qilish vaqtida).
5. Qozogʻiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (faqat Qozogʻiston Respublikasiga qaytish uchun).
6. Hukumatlararo feldyeger xizmati xodimining shaxsiy guvohnomasi.