16.04.2024 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.03.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini ragʻbatlantirish, yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining “bazaviy meʼyorlari” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2024-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz isteʼmolchilari va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Statistika agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari oʻzgarishi munosabati bilan ayrim toifadagi isteʼmolchilarga taʼsirni yumshatishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Statistika agentligi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini qayta koʻrib chiqish va eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi toifadagi isteʼmolchilar (keyingi oʻrinlarda — ehtiyojmand oilalar) uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash boʻyicha vaqtincha kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestrga kiritilgan oilalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalar. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qoʻshimcha roʻyxatdagi ehtiyojmand oilalar soni tegishli mahalladagi Yagona reyestrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklari tegishli tuman (shahar) boʻyicha Yagona reyestrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmagan holda, mahallalar kesimidagi ehtiyojmand oilalarning qoʻshimcha roʻyxatiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, isitish mavsumida (noyabr — fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi AT “Xalq banki” bilan birgalikda noyabr oyida 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi isteʼmol uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz uchun — oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali toʻlab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun toʻlovlar oktabr oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ehtiyojmand oilalar roʻyxatini shakllantirish va ularga tabiiy gaz hamda elektr energiyasi xarajatlarining bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmol qilgan qismiga kompensatsiya 3-ilovadagi sxemaga muvofiq toʻlab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tomonidan ehtiyojmand oilalar roʻyxati toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida “Inson” ijtimoiy xizmat markazlariga taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrga qadar kompensatsiya toʻlovlari uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minimal isteʼmol xarajatlari miqdori oʻzgarishi munosabati bilan 2024-yil 1-mayga qadar eng kam pensiya va nafaqa miqdorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari AT “Xalq banki” bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga muvofiq 2024-yil 1-noyabrga qadar bank plastik kartasi mavjud boʻlmagan ehtiyojmand oilalar vakiliga bepul asosda plastik kartalar ochib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududgaztaʼminot” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyundan boshlab foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha oylik maʼlumot “bazaviy meʼyor” va undan ortiq hajmlar kesimida isteʼmolchilarga yuborilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha maʼlumotlarni Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimiga uzatilishini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, 2024-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlar 100 foiz oldindan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzenergoinspeksiya “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarni aniqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kuchaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Energetika vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda koʻmirning ulgurji va chakana narxlarini bozor tamoyili asosida shakllantirish boʻyicha takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yoqilgʻi-energiya resurslaridan nooqilona (noqonuniy) foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni joriy etish hamda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish va talon-toroj qilish uchun belgilangan tariflarga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyentni qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda aholi tomonidan energiya tejamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya bir hafta muddatda tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini oshirish, ehtiyojmand oilalarga toʻlanadigan kompensatsiya yuzasidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng qamrovli targʻibot-tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Energetika vazirligi ushbu qarorga muvofiq elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning yangi narxlari barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qarorining 1-bandi birinchi xatboshisi va 1-ilova 2024-yil 1-maydan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GRAFIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Isteʼmolchilar nomi

Oʻlchov birligi

Oʻlchov birligi uchun narxlar

(QQS hisobga olingan holda, soʻm)

2024-yil 1-maydan

2024-yil 1-iyundan

2025-yil 1-apreldan

I.

Elektr energiyasi

1.1.

Isteʼmolchilarning I va II guruhlari:

kVt soat

a) “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, budjet tashkilotlari, shuningdek, nasos stansiyalari isteʼmol qiladigan elektr energiyasining davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qismi uchun;

1 000

1 000

1 000

b) qolgan isteʼmolchilar uchun

900

900

1 000

1.2.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan aholi:

1.2.1.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 200 kVt soatgacha;

225

225

300

oyiga 201 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;

450

450

500

oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;

675

675

750

oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;

787,5

787,5

875

oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.

900

900

1 000

1.2.2.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 200 kVt soatgacha;

450

450

600

oyiga 201 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;

900

900

1 000

oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;

1 350

1 350

1 500

oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;

1 575

1 575

1 750

oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.

1 800

1 800

2 000

1.3.

Isteʼmolchilarning IV guruhi

900

900

1 000

II.

Tabiiy gaz

2.1.

Barcha isteʼmolchilar uchun (2.2. — 2.6. bandlardan tashqari)

kub metr

1 500

1 500

1 800

2.2.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek budjet tashkilotlari uchun

kub metr

1 800

1 800

2 000

2.3.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (shu jumladan, balansida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari mavjud boʻlgan yuridik shaxslar) uchun

1 500

1 800

2 500

2.4.

Issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari uchun

1 500

1 500

1 800

2.5.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda):

a) noyabr — fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 500 kub metrgacha;

650

650

1 000

oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha;

1 500

1 500

1 800

oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha;

1 950

1 950

2 100

oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha;

2 275

2 275

2 500

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori.

2 600

2 600

3 000

b) mart — oktabr oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 100 kub metrgacha;

650

650

1 000

oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha;

1 500

1 500

1 800

oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha;

1 950

1 950

2 100

oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha;

2 275

2 275

2 500

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori.

2 600

2 600

3 000

2.6.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda):

a) ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun

1 500

1 500

1 800

b) isitish uchun

1 100

1 100

1 400

III.

Maishiy ehtiyojlar uchun aholiga sotiladigan suyultirilgan gaz

kg

1 600

1 600

2 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun oʻrnatiladigan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oʻz ehtiyojidan ortiqcha qismini davlat tomonidan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ xarid qilishida II tarif guruhi isteʼmolchilari uchun belgilangan narx bazasi sifatida mazkur grafikning 1.1. bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan narxlar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAZAVIY MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Energiya resurslari

Oʻlchov birligi

Bir oylik bazaviy meʼyor

1.

Elektr energiyasi

kVt soat

200

2.

Tabiiy gaz (isitish mavsumida):
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida: oktabr — fevral oylari;

b) boshqa hududlarda: noyabr-fevral oylari.

kub metr

500

Tabiiy gaz (boshqa mavsumda):
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida: mart — sentabr oylari;

b) boshqa hududlarda: mart — oktabr oylari.

kub metr

100

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, mazkur bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bazaviy meʼyorlarning amal qilish muddatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 133-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/133/0207-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyojmand oilalar roʻyxatini shakllantirish va ularga tabiiy gaz hamda elektr energiyasi xarajatlarining bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmol qilgan qismiga kompensatsiya toʻlab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Ehtiyojmand oilalar roʻyxatini shakllantirish

1-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

“Inson” ijtimoiy xizmat markazi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) kiritilgan oilalarning dastlabki roʻyxatini shakllantiriladi va Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalar qoʻshimcha roʻyxati shakllantirish uchun Mahallalar uyushmasi tuman (shahar) boʻlimlari orqali “mahalla yettiligi”ga yetkazadi.

1-sentabrga qadar

2-bosqich

“Mahalla yettiligi”

Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalar qoʻshimcha roʻyxati shakllantiradi va Mahallalar uyushmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etadi.

Bunda, shakllantirilgan ehtiyojmand oilalar soni tegishli mahalladagi Yagona reyestrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.

Tuman (shahar) hokimliklari tegishli tuman (shahar) boʻyicha Yagona reyestrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmagan holda, mahallalar kesimidagi ehtiyojmand oilalar qoʻshimcha roʻyxatiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

1-oktabrga qadar

3-bosqich

Mahallalar uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi

Ehtiyojmand oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini umumlashtiradi hamda “Inson” ijtimoiy xizmat markazlariga oʻrganib chiqish uchun taqdim etadi.

15-oktabrga qadar

4-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmat markazi

Ehtiyojmand oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini Yagona reyestr orqali tekshirib chiqadi va yakuniy roʻyxatni Mahallalar uyushmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etadi.

Bunda, qoʻshimcha roʻyxatdagi oilalarning uy-joy va (yoki) avtotransport vositalari mavjudligi hamda daromadi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori talablariga muvofiq oʻrganiladi va ushbu mezonlarga mos boʻlmagan oilalar roʻyxatdan chiqariladi.

20-oktabrga qadar

5-bosqich

Mahalla uyushmasi

Ehtiyojmand oilalarning qoʻshimcha yakuniy roʻyxatini tuman (shahar) hokimligiga tasdiqlatib, “Inson” ijtimoiy xizmat markaziga taqdim etadi.

25-oktabrga qadar

6-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmat markazi

Taqdim etilgan qoʻshimcha roʻyxat va Yagona reyestrga kiritilgan oilalardan iborat kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar roʻyxatini shakllantiradi.

Bunda tabiiy gaz hamda elektr energiyasi xarajatlarining bazaviy meʼyordan yuqori isteʼmol qilgan qismiga kompensatsiya toʻlashda 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar-fevral oylarida bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar ham inobatga olinadi.

1-noyabrga qadar

II. Tabiiy gaz hamda elektr energiyasi xarajatlarining bazaviy meʼyordan yuqori isteʼmol qilgan qismiga kompensatsiya toʻlab berish

1-bosqich

Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

Bunda, arizada pasport maʼlumotlari, abonent raqami va telefon raqami koʻrsatiladi.

noyabr — mart oylarida

(har oyning 15-sanasiga qadar)

2-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmat markazi

Ehtiyojmand oilaning maʼlumotini Yagona reyestrga kiritadi.

Ariza berilgan oyning 25-sanasiga qadar

3-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududgaz-taʼminot” AJ

Ehtiyojmand oilaning elektr energiyasi va (yoki) tabiiy gaz isteʼmoli haqidagi maʼlumotlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va (yoki) “Hududgaztaʼminot” AJning tegishli axborot tizimlari orqali oʻrganadi.

Ariza berilgan oyning 27-sanasiga qadar

4-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ehtiyojmand oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini shakllantirib, AT “Xalq banki”ga yuboradi.

Ariza berilgan oydan keyingi oyning 5-sanasiga qadar

5-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya toʻlovi uchun zarur mablagʻlarni AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beradi.

har oyning 5 — 25 sanasiga qadar

6-bosqich

AT “Xalq banki”

Elektr energiyasi va (yoki) tabiiy gaz isteʼmolining bazaviy meʼyoridan oshgan qismi uchun belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovi bank plastik kartasi orqali toʻlab beradi.

Ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasiga qadar

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/204/0277-son; 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son; 03.03.2025-y., 09/25/133/0207; 02.04.2025-y., 09/25/194/0298-son; 10.04.2025-y., 09/25/215/0327-son; 01.01.2026-y., 09/26/848/0001-son; 15.05.2026-y., 09/26/243/0486-son)