25.03.2024 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrib chiqishning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalari bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining birinchi instansiya sudi qarori ustidan shikoyat berishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 3241, 32413-moddalariga muvofiq, birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqargan qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi quyidagilarga tegishli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga, uning qonuniy vakiliga, advokatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchiga, uning qonuniy vakiliga, advokatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokurorga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorning koʻchirma nusxasi uch kun mobaynida oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga, shuningdek, oʻzining iltimosiga koʻra, jabrlanuvchiga topshiriladi yoki yuboriladi. Qonuniy vakilga, advokatga, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga va prokurorga qarorning koʻchirma nusxasi ularning iltimosiga koʻra, topshiriladi yoki joʻnatiladi (MJtK 311-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunga koʻra, apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari nomiga yoʻllanadi, biroq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqargan sudga topshiriladi yoki joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha tegishlicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha tegishlicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha tegishlicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan ishlarni birinchi instansiyada koʻrib chiqish chogʻida chiqarilgan qaror ustidan shikoyat (protest) apellatsiya yoki kassatsiya tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. MJtK 3243-moddasiga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan sud qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qaror topshirilgan (elektron hujjat tarzida yuborilgan) yoki olingan kundan eʼtiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik, iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqish paytida shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida chiqarilgan sud qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) tegishlicha, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Iqtisodiy protsessual kodekslarida belgilangan tartib va muddatlarda beriladi (MJtK 315-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 32414-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunga koʻra, sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori qabul qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Biroq, MJtK 318-moddasiga koʻra, belgilangan muddatda apellatsiya shikoyati (protesti) berilishi maʼmuriy jazoni qoʻllash haqidagi (maʼmuriy qamoq bundan mustasno) qarorni toʻxtatib turishini inobatga olib, sud mazkur muddat oʻtgunga qadar uni ijroga qaratmay turishi lozim. Bunday holda qaror ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqarish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shikoyat (protest) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga binoan, uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddati maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida qaror chiqargan sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual harakatni amalga oshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar uzrli sabablar deb topilishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin, qilmishda jinoyat alomatlari aniqlanishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning kasalligi, oilaviy ahvoli (oila aʼzolarining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda apellatsiya shikoyati berishni istisno etgan yoxud jiddiy tarzda qiyinlashtirgan boʻlsa, uzrli holatlar deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtkazib yuborilgan hollarda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga asosan, agar uni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazilgan muddatni tiklashga haqli. Muddat tiklanganda kassatsiya instansiyasi sudi ish boʻyicha kassatsiya shikoyatini (protestini) umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud majlisida sudya tomonidan taraflarning ishtirokida koʻrib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Ajrimda muddatni oʻtkazib yuborishning sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyat (xususiy protest) qanoatlantirilganda, apellatsiya instansiyasi sudi ish boʻyicha apellatsiya shikoyatini (protestini) umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasining shikoyat (protest) berish muddatini tiklashni rad qilish haqidagi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat taftish instansiyasi tomonidan qanoatlantirilganda, ish kassatsiya instansiyasiga umumiy tartibda koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash bilan bir vaqtda ajrimda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ijro qilinmagan qaror ijrosini apellatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turish masalasini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. MJtK 3241-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlariga muvofiq, sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga shikoyat (protest) kelib tushgan kundan boshlab uch sutka ichida, sud tomonidan maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish tariqasidagi jazo chorasi qoʻllanilgan hollarda esa, shikoyat (protest) olingan kuni apellatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 32417-moddasining birinchi qismiga asosan ishni birinchi instansiyada koʻrib chiqqan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganligi toʻgʻrisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, uch kunlik muddatda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni (protestni) ish bilan birga apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilayotganligi toʻgʻrisida quyidagilarga xabar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarilgan shaxsga va uning qonuniy vakiliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchiga, uning qonuniy vakiliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya, kassatsiya protesti kiritgan prokurorga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bir vaqtning oʻzida shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasi yuborilib, apellatsiya instansiyasi sudiga eʼtiroz taqdim etish huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarga kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxasi yoki uning elektron nusxasi bilan qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali tanishish imkoniyati toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilib, oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud qarori ustidan shikoyat qilish uchun qonunda belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganda, apellatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) ish bilan birga birinchi instansiya sudiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. MJtK 3245, 32418-moddalariga muvofiq, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar apellatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatni, protest keltirgan prokuror, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror protestni qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qarori chiqarilgan shaxs, shuningdek, jabrlanuvchi oʻz advokatining shikoyatini qaytarib olishga haqli. Ayni paytda advokat, qonuniy vakil, tegishlicha, oʻziga nisbatan sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qarori chiqarilgan shaxsning yoki jabrlanuvchining roziligisiz oʻzining apellatsiya, kassatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) qaytarib olinganda, basharti ish boʻyicha boshqa shikoyat yoki protest boʻlmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ish boʻyicha apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunga koʻra (MJtK 3246-moddasi), maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish boʻyicha ishning toifasi va qoʻllanilgan maʼmuriy jazo chorasi turidan kelib chiqqan holda, turlicha muddatlar belgilangan. Jumladan, agar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishning umumiy muddati oʻn besh sutkani tashkil etsa, MJtK 512 — 519-moddalarida nazarda tutilgan ishlar boʻyicha berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish muddati ish bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran besh kunni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti), basharti qamoqqa olish tariqasidagi jazo chorasi oʻtalmagan yoki shaxs chiqarib yuborilmagan boʻlsa, shikoyat (protest) berilgan paytdan eʼtiboran bir sutka ichida koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishning umumiy muddati oʻn besh sutkani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qonunda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) koʻriladigan vaqt va joy haqida xabardor qilish majburiyati apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuklatilganligi sababli, ish materiallarida ular tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida maʼlumotlar mavjud boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor etilgan shaxslarning kelmaganligi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar va ishdagi boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyati berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) sud majlisida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha, ayni paytda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ish yuritish xususiyatlarini inobatga olgan holda koʻrib chiqadi (MJtK 3248-moddasining ikkinchi qismi va 32419-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishda apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlari bilan chegaralanmasdan ishda mavjud, shuningdek, sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni toʻliq hajmda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudida muhokama qilinganligi yoki yangidan taqdim etilganligidan qatʼiy nazar, tekshirish huquqini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrishda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudi qarorining qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud qarori, basharti u moddiy va protsessual qonunning barcha talablariga rioya etilgan holda chiqarilgan boʻlsa, qonuniy deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirilgan dalillar asosida chiqarilgan qaror asoslantirilgan deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qaror, basharti tayinlangan maʼmuriy jazo chorasi sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsiga oid maʼlumotlar inobatga olingan holda tayinlangan boʻlsa, adolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. MJtK 321-moddasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan sud qarori bekor qilinishi va oʻzgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan boʻlib, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, bu asoslarni qarorni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan sud chiqargan qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan ishni toʻliq boʻlmagan holda yoki bir tomonlama koʻrib chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror va sud tomonidan qoʻllanilgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun normalari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ish boʻyicha faktik holatlarga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilgan maʼmuriy jazo chorasining adolatsizligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalariga koʻra, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmay qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorini, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ (mansabdor shaxs) qarorini bekor qilish va ishni oʻsha organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorini oʻzgartirish yoki uni bekor qilib, yangi qaror chiqarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazo chorasini ogʻirlashtirmagan holda uni maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellatsiya, kassatsiya ish yuritishini tugatish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarori chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar ish holatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirilganligi, MJtK normalari jiddiy buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi, huquqbuzarlikni kvalifikatsiya qilishda moddiy qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilganligi, tayinlangan maʼmuriy jazo chorasi MJtK 30-moddasi talablariga muvofiqligi aniqlansa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgarishsiz qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror oʻzgarishsiz qoldirilganda apellatsiya instansiyasi sudi uning ijrosini MJtK 328-moddasiga muvofiq kechiktirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari sud qarorini oʻzgartirganda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik kvalifikatsiyasini maʼmuriy jazo chorasini oʻzgartirmagan holda oʻzgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik kvalifikatsiyasini maʼmuriy jazo chorasini yengillashtirgan holda oʻzgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy jazo chorasini MJtK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida oʻzgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash haqidagi MJtKning 34-moddasi talablari buzilgan holatlarda qonunga muvofiqlashtirib oʻzgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK Maxsus qismi muayyan moddasini yoki huquqbuzarlik epizodlarini chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy zarar miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek, huquqbuzarlik ashyolari toʻgʻrisidagi masalani hal qilishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari MJtK 33-moddasiga muvofiq, bunday qaror qabul qilinishi sabab va asoslarini koʻrsatgan holda, MJtK Maxsus qismi muayyan moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazoni yoki mazkur moddada nazarda tutilmagan boshqa jazoni qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ish boʻyicha MJtK 281, 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilganligini aniqlasa, basharti bu qabul qilingan qaror qonuniyligiga taʼsir etgan boʻlsa, sud qarorini, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ (mansabdor shaxs) qarorini bekor qiladi va ishni oʻsha organga (mansabdor shaxsga) qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. MJtK 278-moddasiga muvofiq, agar ishni koʻrib chiqish paytida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari huquqbuzarning harakatlarida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, birinchi instansiya sudi qarorini bekor qiladi va ish hujjatlarini asoslantirilgan qaror bilan birga prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov yoki surishtiruv organi ish hujjatlarini oʻrganib chiqish va tekshirish natijasi boʻyicha huquqbuzarning harakatlarida jinoyat alomatlari yoʻq degan xulosaga kelsa, maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish sudga jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror bilan birga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari, agar jabrlanuvchining, uning vakilining yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organning shikoyatini yoxud prokuror protestini koʻrib chiqish natijalariga koʻra, jazo chorasini ogʻirlashtirish yoki qilmishni MJtK Maxsus qismining ogʻirroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish zarurati bor degan xulosaga kelsa, qarorni bekor qiladi va yangi qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudlarga tushuntirilsinki, agar apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish paytida MJtK 271-moddasida (10, 101-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikni istisno qiluvchi holatlardan biri aniqlansa, birinchi instansiya sudining qarori bekor qilinishi, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish esa, tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 324-moddasining birinchi qismiga muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni tugatish orqali qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi toʻlab olib qoʻyilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek, ilgari qabul qilingan qaror bilan bogʻliq boshqa cheklashlarni bekor qilishga asos boʻladi. Narsani qaytarib berish imkoni boʻlmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun moʻljallangan boʻlsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi. Mazkur qoida MJtK 271-moddasining 5, 7, 9-bandlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni gʻayriqonuniy ravishda maʼmuriy qamoqqa olish natijasida unga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ish boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbari nomiga tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan bunday taqdimnoma maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish uchun masʼul organ (mansabdor shaxs) tomonidan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan hollarda ham kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarorni oʻqib eshittirganidan soʻng sud protsessi ishtirokchilariga uning mazmun-mohiyati va uning ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibini tushuntirishi shart boʻlib, bu holat sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarori oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarori ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining eʼtibori shunga qaratilsinki, qarorning koʻchirma nusxasi oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga uch kunlik muddatda yuborilishi (topshirilishi) lozim. Ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga esa, qarorning koʻchirma nusxasi ularning soʻroviga binoan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish kerakki, maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgan ish boʻyicha chiqarilgan qarorning koʻchirma nusxasi qarorni ijro etuvchi organga, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qaror qabul qilingan kunning oʻzidayoq yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishi holatini tahlil qilib borish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har yarim yilda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni apellatsiya tartibida koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2022-yil 14-maydagi 8-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son