Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Suv resurslarini boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2023-yil 15-martda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-996-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida”gi 3043-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 206-modda);
2023-yil 15-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1001-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 3044-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 207-modda);
2023-yil 15-martda qabul qilingan “QL-996 va QL-1001-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida”gi 3045-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 208-modda);
2023-yil 15-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 3046-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 209-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tegishli qonun loyihalarini maromiga yetkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-mart,
4136-IV-son