Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1131-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1131-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 22-fevralda kiritilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1131-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-mart,
4114-IV-son