Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik va hayvonot turlarini muhofaza qilish yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1105-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik va hayvonot turlarini muhofaza qilishni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
2. QL-1032, QL-1077 va QL-1105-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
3. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
4. “Sanoat namunalarini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-1136-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
5. “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-1137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
6. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1122-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
7. “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1132-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish ishlarining amalga oshirilish holati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-mart,
4183-IV-son