Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-1137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”)
(“Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-mart,
4189-IV-son