Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-15]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
112-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 4-martdagi 112-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 19-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 31-banddagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar Bilan almashtirilsin.
3. 72-banddagi “Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) kotibiyatini” degan soʻzlar “Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) kotibiyatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 102-banddagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini” degan soʻzlar “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 110-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitani” va “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitani” va “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 112-banddagi “Madaniyat va turizm vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi” degan soʻzlar “Madaniyat vazirligi hamda Sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 1-ilovada:
1) 2 005 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“2 006 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi;
2 006 1 0 Respublika mablagʻlari”;
2) 3 023 0 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 023 1 0 Respublika mablagʻlari”;
3) 3 027 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi huzuridagi Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi”;
4) 3 029 0 0 — 3 029 2 2 qatorlar chiqarib tashlansin;
5) 3 039 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi”;
6) 3 041 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”;
7) 3 041 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 042 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi”;
3 042 1 0 Respublika mablagʻlari”;
8) 3 046 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi”;
9) 3 060 2 1 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 061 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi;
3 061 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 062 0 0 Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi jamgʻarmasi;
3 062 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 063 0 0 Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 063 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 064 0 0 Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi;
3 064 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 065 0 0 Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi;
3 065 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 066 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi;
3 066 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 067 0 0 Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 067 1 0 Respublika mablagʻlari”;
10) 4 010 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“4 010 2 0 Hududiy mablagʻlar;
4 010 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
4 010 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”;
11) 4 019 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“4 020 0 0 Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi;
4 020 1 0 Respublika mablagʻlari;
4 020 2 0 Hududiy mablagʻlar;
4 020 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
4 020 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
4 021 0 0 Homiylik mablagʻlari boʻyicha budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi;
4 021 1 0 Respublika mablagʻlari;
4 021 2 0 Hududiy mablagʻlar;
4 021 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
4 021 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”.
8. 2-ilovada:
1) 3 422 219 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar”;
2) 3 422 300 qatordagi “agentligi” degan soʻz “markazlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 3 430 121 qatordagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 4-ilovada:
1) 7 011 207 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 011 208 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligini saqlash xarajatlari”;
2) 7 011 209 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 011 210 Davlat-xususiy sheriklik asosidagi xarajatlar;
7 011 211 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaning saqlash xarajatlari”;
3) 7 011 330 va 7 011 331 qatorlardagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 7 011 904 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 011 905 Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi xarajatlari”;
5) 7 018 443 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 018 444 Aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga ajratiladigan transfertlar;
7 018 445 Aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar hisobidan viloyatlar va Toshkent shahar budjetiga ajratiladigan transfertlar;
7 018 446 Aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar hisobidan tuman va shaharlar budjetiga ajratiladigan transfertlar”;
6) 7 019 910 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 019 911 Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlari”;
7) 7 033 700 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) kotibiyatlarini saqlash xarajatlari”;
8) 7 041 190 qator chiqarib tashlansin;
9) 7 041 902 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari”;
10) 7 041 902 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 041 903 Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligini saqlash xarajatlari”;
11) 7 042 102 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 042 103 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalarini saqlash xarajatlari;
7 042 104 “Biosifat” respublika markazi”;
12) 7 043 902 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 043 903 Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligini saqlash xarajatlari”;
13) 7 044 303 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 044 304 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalarini saqlash xarajatlari”;
14) 7 045 124 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 045 129 Mintaqaviy yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, joriy taʼmirlash va boshqa investitsiya xarajatlari”;
15) 7 047 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 047 301 Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining markaziy apparatini saqlash xarajatlari;
7 047 302 Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarini saqlash xarajatlari”;
16) 7 047 904 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”;
17) 7 049 995 qatordagi “Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi” degan soʻzlar Bilan almashtirilsin;
18) 7 049 996 qatordagi “Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 7 063 300 qator chiqarib tashlansin;
20) 7 069 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 069 100 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi”;
21) 7 072 303 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi xarajatlari”;
22) 7 085 400 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini saqlash xarajatlari”;
23) 7 089 100 qatordagi “Madaniyat va turizm vazirligi” degan soʻzlar “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 7 089 200 qatordagi “Madaniyat va turizm vazirligining” degan soʻzlar “Madaniyat vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 7 089 600, 7 089 601 va 7 089 602 qatorlardagi “Yoshlar siyosati va sport” degan soʻzlar “Sport” degan soʻz bilan almashtirilsin;
26) 7 091 200 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 091 300 Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiya xarajatlari”;
27) 7 094 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 094 200 Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi”;
28) 7 109 406 qatordagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 7 109 406 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 109 407 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi xarajatlari”.
10. 5-ilovada:
1) 42 99 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“42 99 980 Davlat-xususiy sheriklik asosidagi xarajatlar”;
2) 47 11 410 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“47 11 420 Davlat budjetidan pensiya toʻlovlari”;
3) 48 21 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“48 21 410 Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan toʻlovlar”.
11. 5a-ilovada:
1) 47 11 410 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“47 11 420 Davlat budjetidan pensiya toʻlovlari”;
2) 42 99 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“42 99 980 Davlat-xususiy sheriklik asosidagi xarajatlar”;
3) 48 21 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“48 21 410 Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan toʻlovlar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2024-y., 10/24/2146-15/0267-son)