Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3378-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 22-iyuldagi 13/02-22-24-son “Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan shaxs deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3378, 2022-yil 11-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/3378/0735-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-mart,
115-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2024-yil 14-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2024-yil 4-mart
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 10/24/3378-1/0265-son)