Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga ayrim turdagi jinoyatlar va harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1124-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga ayrim turdagi jinoyatlar va harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1124-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2024-yil 5-fevralda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga ayrim turdagi jinoyatlar va harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1124-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-fevral,
4043-IV-son