Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 4034-IV-sonli Qarori tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-fevral,
4067-IV-son