Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi QL-1123-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
2. “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi QL-1129-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
3. “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi QL-1086-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1115-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
5. “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni ikkilamchi ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1116-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish va ulardan samarali foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.X. Sharafutdinovga “Adolatli deputat” maqomini berish toʻgʻrisida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati K.Oʻ. Tojiyevga “Xalqparvar deputat” maqomini berish toʻgʻrisida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati E.V. Babenkoga “Mehnatkash deputat” maqomini berish toʻgʻrisida.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati S.V. Jabborovga “Faxriy deputat” maqomini berish toʻgʻrisida.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-fevral,
4083-IV-son