Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarining soliq munosabatlarida aniq huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 127-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1080-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 15-noyabrda kiritilgan “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarining soliq munosabatlarida aniq huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 127-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1080-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-fevral,
4024-IV-son