Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman):
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi hamda tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish;
murojaatlarda koʻtarilgan muammoli masalalarni chuqur tahlil qilish hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish orqali tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrsin.
4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-fevral,
4020-IV-son