13.02.2024 yildagi 4021-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Yoshlar parlamenti tomonidan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning mamlakatda olib borilayotgan islohotlar hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga koʻmaklashish, parlament hayotiga jalb qilish, huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga ustuvor vazifa sifatida qaralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorligi yoʻlga qoʻyilib, ularning fraksiya majlislarida ishtirok etib borishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida Yoshlar parlamenti tomonidan yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb etish hamda qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targʻib qilish masalalariga alohida eʼtibor berilgan. 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilgan qonun loyihalaridan 21 tasi yuzasidan 455 ta taklif tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotining muhim masalalarini yoshlar ishtirokida muhokama etishga, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari hamda siyosiy partiyalar fraksiyalari faoliyati toʻgʻrisida yoshlarni keng xabardor qilishga qaratilgan 2 210 ta tadbir oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan “Parlament va yoshlar”, “Qonun ijodkorligida yoshlarning oʻrni”, “Yoshlarga qonunchilikda qanday imtiyozlar bor?”, “Yosh olimlar ligasi”, “Yosh adolatchilar”, “Yosh akademiklar”, “Yosh ekologlar”, “Yosh siyosatchilar ligasi”, “Yoshlarga huquqiy koʻmak”, “Yoshlar huquqlari — eʼtiborda” kabi mavzularda oʻtkazilgan tadbirlarda 10 mingdan ziyod yoshlar qamrab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining hududlardagi uchrashuvlari, nazorat-tahlil tadbirlari va saylovchilar bilan muloqotlari jarayonida Yoshlar parlamenti aʼzolarining 61 marotaba bevosita ishtirok etishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Yoshlar parlamenti tomonidan davlat organlari bilan ham faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, uning 150 nafar aʼzosi 21 ta vazirlik va idoraga biriktirilgan. Buning amaliy natijasi oʻlaroq hisobot yilida 13 ta vazirlik va idorada amaliy uchrashuvlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda xorijdagi yoshlar hamda chet davlatlarning qonun chiqaruvchi organlari huzuridagi Yoshlar parlamentlari bilan hamkorlik koʻlami sezilarli darajada kengaygan. Yoshlar parlament aʼzolari 21 ta xalqaro tadbirda, shu jumladan 9 ta xorijiy davlatda oʻtkazilgan anjumanlarda ishtirok etgan. Belarus Respublikasi Milliy Assambleyasi huzuridagi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi huzuridagi Yoshlar parlamenti oʻrtasida hamkorlik uchrashuvlari oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti faoliyati haqida jamoatchilikni, ayniqsa yoshlarni keng xabardor qilish maqsadida uning aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 10 456-marta chiqish qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Yoshlar parlamentining hisobot davridagi faoliyatining tahlili bu borada eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan Yoshlar parlamentining Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan amaliy hamkorligini hamda qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil tadbirlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek talaba-yoshlar bilan ishlash, ularni oʻtkaziladigan tadbirlarga jalb etish qamrovini kengaytirish, oʻzaro amaliy hamkorlikni kuchaytirish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Sh. Joldasovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (M. Valiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining ishini samarali tashkil etish, Yoshlar parlamenti aʼzolarini Qonunchilik palatasi faoliyatiga yanada kengroq jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlarida Yoshlar parlamenti aʼzolarining faol ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining vazirlik va idoralar bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish ishlariga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti (Sh. Joldasova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish borasidagi ishlarini yanada jonlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolarining talaba-yoshlar bilan amaliy hamkorligini yanada kuchaytirish hamda oʻtkaziladigan tadbirlarga ularni yanada kengroq jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolari tomonidan oʻzlari biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari tomonidan yoshlar bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4021-IV-son