Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2022-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-910-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 2560-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 10, 987-modda);
2022-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 2561-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 10, 988-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-910-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-fevral,
3984-IV-son