Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3198-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi OʻRQ-898-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 24-oktabrdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 3198, 2019-yil 29-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/3198/4095-son) bilan tasdiqlangan Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-mart,
6-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 7-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 14-martdagi 6-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mutaxassis — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi davlat veterinariya inspektorlari yoki Qoʻmita tomonidan jalb etilgan mazkur soha ekspertlari.”.
2. Ilovaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2024-y., 10/24/3198-2/0230-son)