26.02.2024 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti hamda Global ekologik jamgʻarma ishtirokida “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va erni qayta tiklashga taʼsirini baholash dasturi” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublika boʻylab tanazzulga uchragan yerlarni va ekologik tizimlarni tiklash, bioxilma-xillikni muhofaza qilish hamda iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan keng qoʻlamli ishlar natijasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni uch baravarga kengaytirilib, mamlakatimizning umumiy maydoniga nisbatan 14,2 foizga yetkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini jalb qilish maqsadida nufuzli xalqaro tadbirlar, shu jumladan, Samarqand shahrida BMTning Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-yigʻilishi (CRIC-21) oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda iqlim oʻzgarishi, choʻllanish, yer degradatsiyasi, atmosfera havosining buzilishi, bioxilma-xillik keskin kamayishi salbiy oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishda kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrish taqozo etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global ekologik jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda — GEJ) tomonidan “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va erni qayta tiklashga taʼsirini baholash dasturi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 5 yil muddatga 5 992 661 AQSh dollari miqdorida grant ajratilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihani amalga oshirish uchun umumiy ijrochi va texnik yordam koʻrsatuvchi etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish davrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — FAO) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi masʼul ijro etuvchi organ sifatida faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bilan bogʻliq tadbirlarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, ularni amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, baholash va hisobotlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida tadbirlarga yoʻnaltiriladigan grantning maqsadli va tizimli sarflanishini nazorat qilish, shuningdek, sarflangan hamda oʻzlashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, sarflangan va oʻzlashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida hisobotlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan maʼlumotlarni har chorakda oʻzining rasmiy veb-saytida yoritib borish orqali Loyihaning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan Loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvni imzolasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Loyihani amalga oshirish uchun shartnoma asosida jalb qilinadigan mahalliy maslahatchi-ekspertlarning soni va ularga toʻlanadigan ish haqi miqdorini FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyihani 2024 — 2028-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish doirasida bajarilgan ishlar holati va oʻzlashtirilgan mablagʻlar yuzasidan hisobotlarni har chorakda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bilan bogʻliq tadbirlar masʼul vazirliklar va FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasidagi kelishuv doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun GEJning granti FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi orqali Loyihaning yillik budjetida tasdiqlangan miqdorda va muddatlarda tegishli vazirlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkazib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida hisobot yilida GEJning oʻzlashtirilmagan granti FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishilgan holda keyingi yilga toʻliq oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GEJ granti hisobidan xaridlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi. Bunda respublika hududidan tashqaridagi xaridlar FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GEJ granti hisobidan xarid qilingan asbob-uskunalar, qurilma va jihozlar Loyihani amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng mahalliy hamkor tashkilotlariga bepul oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Loyiha doirasidagi tadbirlarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini, xaridlarning ochiq va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, ularning ustidan doimiy nazorat oʻrnatish maqsadida “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash hamda idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash va ishchi guruhlarni tuzish vakolatlari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qarorning ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/102/0154-son)